IMA | Buxoro hududiy bo'limi
330 subscribers
19K photos
562 videos
11 files
3.22K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Buxoro viloyati hududiy bo'lim rasmiy kanali.
Download Telegram
Forwarded from ZIKIROV SH
🔱Buxoro tumani ixtisoslashtirilgan maktabi

🏫Buxoro tumani ixtisoslashtirilgan maktabida Buxoro viloyati Ichki ishlar akademik litsey o'qituvchilari  tashrif buyurishdi.

🇺🇿 Ichki ishlar akademik litseyining sharti- sharoitlari, litseyga o'qishga kirish bo'yicha  targ'ibot tashfiqot ishlari olib borishdi.

⚜️Ta'lim rivojiga biz bilan hissa qoʻshing.
https://t.iss.one/BuxtumanPM
Forwarded from Qodirov Umid Buxoro Viloyati Qorakoʻl IMI
#Qorakol_tuman_IMI. Valeybol musobaqa
#14_yanvar_Vatan_himoyachilari_kuni

Qorakoʻl tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatda 10-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida 🇺🇿14- yanvar - Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan "Yangi O'zbekiston armiyasi - mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!" shiori ostida valeybol musobaqalari bo'lib o'tdi.


https://t.iss.one/PTMA_QORAKUL_IMI_UZ
Forwarded from Qodirov Umid Buxoro Viloyati Qorakoʻl IMI
#Qorakol_tuman IMI

Qorakoʻl tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida fan va sport to'garaklar tashkil etilgan.
 . https://t.iss.one/PTMA_QORAKUL_IMI_UZ
Forwarded from Farhod Fayziyev
G‘ijduvon tumanida tashkil etilgan “Hokim kubogi” sovrindorlari taqdirlandi!

Bugungi kunda Prezidentimiz tomonidan yosh avlodni aniq fanlarga qiziqtirish va ularning salohiyatini oshirishga qaratilgan bir qator muhim qarorlar va topshiriqlar berilmoqda.

Mazkur tadbirning ikkinchi choragi alohida shijoat bilan tashkil etilib, jami 3 mingga yaqin yoshlar ishtirok etdi. Diqqatga sazovor jihati shundaki, musobaqaga boshqa tumanlardan ham 150 nafardan ortiq iqtidorli o‘quvchilar qatnashib, o‘z salohiyatlarini namoyish etishdi.

Ayniqsa, Vobkent tumanining yosh iqtidorlari katta muvaffaqiyatga erishdi:
🏅 5 ta oltin medal
🥈 1 ta kumush medal
🥉 1 ta bronza medalni qo‘lga kiritdilar.

G‘oliblar G‘ijduvon tumani hokimligi tomonidan munosib ravishda taqdirlandi. Ushbu tadbir nafaqat yoshlarni fanlarga qiziqtirish, balki tumanlararo do‘stona musobaqalar orqali ularda yangi motivatsiya uyg‘otishga xizmat qilmoqda.

Yoshlarga ilhom va zafarlar tilaymiz!

https://t.iss.one/Vobkentixtisoslashtirilganmaktab