IMA | Buxoro hududiy bo'limi
324 subscribers
19.8K photos
611 videos
11 files
3.31K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Buxoro viloyati hududiy bo'lim rasmiy kanali.
Download Telegram
🏛 Qorovulbozor tuman ixtisoslashtirilgan maktab

☃️ Qorovulbozor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida  ''YANGI YILGA YANGICHA RUH BILAN'' deb nomlangan tadbir o'tkazildi.

🌲Tadbirda maktab o'quvchilari tomonidan turli xil ertak qahramonlarining  sahna ko'rinishlari, milliy hamda turli xil millatlarning raqslari va bayramona chiqishlar namoyish qilindi.

🎉Tadbirda  maktabning faol o'quvchilari hamda reytinggi yuqori bo'lgan sinf o'quvchilari estalik sovg'alar bilan taqdirlanishdi.

IMA Qorovulbozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Telegram | Instagram  | Youtube  | Facebook
#Kogon_tuman_IM
#Vatanparvarlik
"Vatanparvarlik oyligi" doirasida tadbirlar tashkil etilmoqda

Mamlakatimiz bo‘ylab yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni Vatan himoyasidek sharafli kasbga yo‘naltirish, o'quvchi-yoshlarni vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga qaratilgan targ'ibot tadbirlari bo'lib o'tmoqda.

26.12.2024 yil Milliy Gvardiya Kogon tuman Qo‘riqlash bo‘limi va Milliy Gvardiya Buxoro viloyat bo‘yicha boshqarmasi bolalar bilan ishlash bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida sportning kamondan otish turi bo‘yicha mahorat darsi va vatanparvarlik ruhida davra suhbati o‘tkazildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 👇
I Facebook I Telegram I
#Kogon_tuman_IM
#YANGI_YIL
🎄❄️🎄❄️🎄 Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 27.12.2024 yil - "Yangi yil muborak" shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi.

🎄“Yangi yil” bayrami tadbirida o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan Yangi yil bayrami bilan bog‘liq turli xil ertaklar va sahna ko‘rinishlari, qo‘shiq va raqslar, bellashuvlar va o'yinlar tashkil etildi. Tadbir davomida “San’at chegara oshib” hamda “Eng yaxshi yangi yil tabriknomasi” tanlovi g‘oliblari, sertifikatlar olgan o‘quvchilar maktab ma'muriyati tomonidan diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.
🎄🎄🎄Bayram tadbiri ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi!


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 👇
I Facebook I Telegram I
Forwarded from ZIKIROV SH
Yaqinlashib kelayotgan 2025-yilda!!! Xonadoningizga omad va baxt, Oilaviy quvonch va totuvlik hech qachon sizni tark etmasligini tilab qolaman. Hamisha Olloh nazarida bo'ling. Dasturxoningizga fayzu baraka bersin. Yurtimiz tinch osmonimiz musaffo bo'lsin. Umringiz uzun, qalbingiz hamisha porloq bo'lsin. 2025 - yilda qadringiz nondek aziz, qalbingiz qordek nafis bo'lsin. Hayotda shunday yashangki hamma sizga havas bilan boqsin. Yaqinlashib kelayotgan YANGI YILINGIZ muborak bo'lsin!!! Hurmat ila ZIKIROV SHOHRUHJON
Forwarded from Peshku tuman ixtisoslashtirilgan maktab (rasmiy) (Nafisa Bobomurodova Peshku IM)
#IELTS_2024_2025

YUTUQLARIMIZ

⚡️⚡️⚡️Peshku Tuman Ixtisoslashtirilgan maktabi 10-“B”sinf oʻquvchisi Nekmurodov Diyorbek ingliz tilidan XALQARO IELTS SERTIFIKATIni qoʻlga kiritdi.
🎗Test sinovi natijalari:🎗
Listening: 7.0
Reading: 6.5
Writing: 5.5
Speaking: 6.0
Overall Band: 6.5
Daraja:
B2

📌Yosh boʻlishiga qaramay,shunday yuqori choʻqqilarni zabt eta olgan oʻquvchimiz Diyorbek maktab jamoasi nomidan chin qalbdan tabriklaymiz. Va kelajakda amalga oshirishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan rejalariga omad tilaymiz!

💥Success is no accident. It is hard work, perseverance, studying, sacrifice and most of all, love of what you are doing or learning to do.💥

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Facebook | Telegram
#Rahbar va yoshlar uchrashuvi

Qorovulbozor tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 9-11-sinf o'quvchilari bilan birgalikda 99265-harbiy qismga sayohat uyushtirildi.
Sayohat davomida Mudofaa vazirligiga qarashli Qorovulbozor tumanida joylashgan harbiy qismda zamonaviy sport majmuasi foydalanishga topshirildi.

Majmuaning foydalanishga topshirilishi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda Mudofaa vazirligi qo‘shinlar qo‘mondoni Jur’at Yakubov, tuman hokimi O‘tkir Hamroyev, Buxoro harbiy prokurori o’rinbosari, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi direktori Akbar Fozilov, harbiy xizmatchilar, nuroniylar, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar avvalo kirib kelgan 2025-yil hamda yaqinlashib kelayotgan “14-yanvar – Vatan
himoyachilari kuni” bilan barchani samimiy muborakbod etishdi.


IMA Qorovulbozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Telegram | Instagram  | Youtube  | Facebook