IMA | Buxoro hududiy bo'limi
306 subscribers
23.8K photos
702 videos
65 files
3.86K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Buxoro viloyati hududiy bo'lim rasmiy kanali.
Download Telegram
Forwarded from Peshku tuman ixtisoslashtirilgan maktab (rasmiy) (F.E.Jalilov (Peshku tuman IM))
#Peshku_tuman_IM
#Konstitutsiya_baxtimiz_qomusi

🔰Peshku tuman ixtisoslashtirilgan maktabida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya - baxtimiz qomusi” mavzusida madaniy-ma`rifiy tadbir bo`lib o`tdi. Tadbir Davlat madhiyasini jo‘r bo‘lib kuylash bilan boshlandi hamda Davlat bayrog`ini ko'tarish marosimi tashkil etildi.

❇️ Tadbirni kirish so`zi bilan Maktab direktori J.Abdurashidov ochib berdi. Tadbir davomida Konstitutsiyamizdagi moddalar bilan bog'liq sahna ko'rinishlari va chiqishlar o`quvchilarga bir olam zavq ulashdi.Shu bilan bir qatorda o'quvchilarimiz ijrosidagi Konstitutsiyamiz, Madhiyamiz sharafiga yangragan she'rlar, kuy-qo'shiqlar va raqslar, barchaga birdek manzur bo`ldi.

Shundan so'ng, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligi munosabati bilan o'tkazilgan insholar, diktantlar va rasmlar tanlovida faol ishtirok etgan o'quvchilar taqdirlandi.

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Facebook | Telegram
Forwarded from Peshku tuman ixtisoslashtirilgan maktab (rasmiy) (F.E.Jalilov (Peshku tuman IM))
#Peshku_tuman_IM
#Diktant
#Mening_Konstitutsiyam_32_yoshda

🔰Joriy yilning 6-dekabr sanasida Peshku tuman ixtisoslashtirilgan maktabida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligi munosabati bilan, ''Mening Konstitutsiyam 32 yoshda'' shiori ostida "Mening Konstitutsiyam va davlat tilim" mavzusida diktantlar olinib, o‘quvchi-yoshlarimizning asosiy qonunimiz, bosh qomusimizni o‘rganish, huquqiy madaniyatini o‘stirish borasida chora-tadbirlar rejasiga asosan ishlar amalga oshirildi.

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Facebook | Telegram
#sinf_soati

🏢 Qorovulbozor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 🇺🇿O'zbekiston Respublikasi  Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan " Konstitutsiya- erkin va farovon hayot garovi " mavzusida sinf soatlari bo'lib o'tdi.

IMA Qorovulbozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Telegram | Instagram  | Youtube  | Facebook
#yigitlar_yig'ilishi

🏢Qorovulbozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabida joriy yilning 5- dekabr kuni o'quvchi yigitlarga maktab rahbariyati tomonidan yig'ilish o'tkazildi.
O'quvchilarga odob - axloq qoidalari, yo'lda harakatlanish qoidalari, to'g'ri ovqatlanish tartibi tushuntirildi. Har bir sinfdan lider o'quvchi aniqlanib, ularga topshiriqlar berildi.

IMA Qorovulbozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Telegram | Instagram  | Youtube  | Facebook