IMA | Buxoro hududiy bo'limi
315 subscribers
20.5K photos
632 videos
65 files
3.39K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Buxoro viloyati hududiy bo'lim rasmiy kanali.
Download Telegram
#Peshku_tuman_IM
# eco_schools_Uzbekistan
# Eco_harakat_faollari.


🔰Ixtisoslashtirilgan ta‘lim muassasalari agentligi tizimidagi Peshku tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Eco harakat faollari maktab bioxilma-xilligini oshirish maqsadida gul ko‘chatlari ekishdi.
Bunda o‘quvchilar banan va turli xil ko‘chatlarni ekish, iqlimlashtirish, o‘stirish usullari bilan o‘rtoqlashishdi.

❇️Maktabimiz Eco-harakat faollariga kelgusidagi ishlariga omadlar tilaymiz.

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:👇
Facebook | Telegram
#Kogon_shahar_IM
To'garak jarayonlaridan lavhalar

❇️ Kogon shahar ixtisoslashtirilgan maktabda o'quvchilarning bo'sh vaqtlarini mazmunli va qiziqarli o'tkazish maqsadida to'garaklar muntazam olib borilmoqda.Joriy yilning 14-oktyabr sanasida o'tkazilgan to'garaklardan fotolavhalar.

❇️ Bunday to'garaklar o'quvchilarni hozirjavoblik va topqirlik sari undaydi.

📲Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram|Facebook
#Eco_Schools_Uzbekistan
#Jondor_IM
#Butunjahon_oziq_ovqat_kuni"

🍪🍿🥗15-oktabr "Butunjahon oziq-ovqat kuni" munosabati bilan,
🔰Zamin xalqaro jamoatchilik fondi tomonidan oziq-ovqat chiqindilarini kamaytirish va to‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha tasdiqlangan yo‘l xaritaga asosan,  maktab o‘quvchilari o‘rtasida ekologik madaniyatni oshirish maqsadida tanlov e'lon qilingan.
Jondor  tuman ixtisoslashtirilgan maktabining tabiiy yo‘nalishdagi  9-"B"sinf o‘quvchilari bilan " Oziq-ovqat chiqindilarini kamaytirish bo‘yicha qo‘llanma" mavzusida ochiq dars tashkil qilindi.

🏢Jondor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Instagram |Telegram |Facebook | You tube
#Kogon_shahar_IM
📍Olimpiadalar va tanlovlar

❇️ Kogon shahar ixtisoslashtirilgan maktabda joriy yilning 15 - oktyabr sanasida navbatdagi yig'ilish bo'ldi.Bu yig'lish jarayonida maktab direktori D.S.Adizova o'qituvchilarni 2024-2025-o'quv yilida Agentlik tizimidagi maktablar o'rtasida o'tkaziladigan olimpiada va tanlovlar bilan tanishtirdi.
📍Qizlar o'rtasida matematika olimpiadasi.
📍"Robo-Coding" olimpiadasi.
📍"Shaxmat-tafakkur" o'yini musobaqasi.
📍Ixtirochilikka qadam shular jumlasidandir.

❇️ Har bir tanlov va olimpiadalar jamoa bilan muhokama qilindi.
Maqsad: tanlovlarning va olimpiadalarning maktab bosqichini sifatli tashkil etib,shaffof o'tkazish.

📲Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram| Facebook
Forwarded from Gulmera Fayzulloyeva
#Qorovulbozor_tuman_IM
#Olimpiada_tanlovlar

🏢Qorovulbozor tuman ixtisoslashtirilgan maktabning pedagogik jamoasiga 2024-2025-o'quv yilida agentlik tizimidagi maktablar o'rtasida o'tkaziladigan olimpiada va tanlovlar xususida maktab rahbariyati tomonidan tushuncha berildi.

❇️O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentyabrdagi "Iqtidorli o'quvchilar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-346-sonli Qarori tanishtirildi.

❇️O'tgan o'quv yillardan farqli o'laroq, joriy o'quv yilida asosiy fan olimpiadasida ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning 1-bosqich g'oliblari joylashuvi bo'yicha 2-bosqichda ishtirok etishi ta'kidlandi.

IMA Qorovulbozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Telegram | Instagram  | Youtube  | Facebook