IMA | Buxoro hududiy bo'limi
327 subscribers
19.5K photos
574 videos
11 files
3.28K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Buxoro viloyati hududiy bo'lim rasmiy kanali.
Download Telegram
#Buxoro_shahar_2_son_IMI

⚡️ MEZONLARGA ASOSLANGAN BAHOLASH TIZIMI

🏢Buxoro shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati mas'ullari tomonidan o'zlariga biriktirilgan Buxoro shahridagi 8-, 32-, 34-umumta'lim maktabining pedagog xodimlariga Yangi baholash yuzasidan "Mezonlarga asoslangan baholash tizimi" mavzusida seminar-trening o'tkazildi.

Seminar ishtirokchilari yangi baholash mezonlari, o'quvchilarning bilim, ko'nikmalarini qachon va qanday baholash kerakligi hamda baholash platformasi bilan ishlash xususida bilimlarga ega bo'ldilar.



👉BIZNI KUZATIB BORING 👈
Forwarded from Peshku tuman ixtisoslashtirilgan maktab (rasmiy) (F.E.Jalilov (Peshku tuman IM))
#yangi_baholash_tizimi
#òquv_seminar

🔰 O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining 2023-yil 16-avgustdagi 248-son buyrug'i ijrosini ta'minlash maqsadida Peshku tumani ixtisoslashtirilgan maktabning Ma'naviyat va tarbiya ishlari bo'yicha direktor muovini F.Jalilov va biologiya fani o‘qituvchisi H. Qurbonovlar boshchiligida Romitan tumanidagi 10,11,16, 22-sonli umumiy o'rta ta'lim  maktablari o'qituvchilari uchun YANGI BAHOLASH TIZIMI bo‘yicha o‘quv amaliy seminar o'tkazildi. 

❇️ "Tajriba-sinov maktablarida bilimni baholashning yangi tartibini joriy etish" bòyicha maktab pedagogik xodimlariga muhim ma'lumotlar hamda tavsiyalar berildi.

🏢Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifamiz:
https://www.facebook.com/groups/916810355962248/?ref=share&mibextid=NSMWBT
https://t.iss.one/Peshku_PTMA
Forwarded from Садокат Фуpкатовна
#Shofirkon_IM
#Viloyat_ochiq_olimpiadasi

🏢 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi.

💥 Bugun, 15-sentabr kuni Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 5-6-sinf va 7-8-sinf oʻquvchilari matematika, 7-8-sinf oʻquvchilari fizika fanidan Al Xorazmiy xalqaro maktabi va Gʻijduvon tuman hokimligi hamkorligida tashkillashtirilgan " Buxoro ochiq olimpiadasi" ga yoʻl olishdi.


💥 Zukko va bilimdon oʻquvchilarimizga omad tilab qolamiz.

🏢 Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
https://t.iss.one/shofpiima