IMA | Buxoro hududiy bo'limi
325 subscribers
19.6K photos
589 videos
11 files
3.29K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Buxoro viloyati hududiy bo'lim rasmiy kanali.
Download Telegram
#TASHRIF
# Peshku_IM

🔰O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI VAZIRI  H.U.UMAROVA Peshku tuman ixtisoslashtirilgan maktabiga tashrif buyurdilar.
❇️ Sohadagi olib borilayotgan ishlar va kelajakdagi rejalar bo‘yicha suhbatlashildi hamda tavsiyalar berildi.
❇️ Ushbu tashrif Peshku tuman ixtisoslashtirilgan maktab jamoasi uchun juda katta motivatsiya bo‘ldi!

🏢Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifamiz:
https://www.facebook.com/groups/916810355962248/?ref=share&mibextid=NSMWBT
https://t.iss.one/Peshku_PTMA
#qabul_2024
#ishchi_guruh

YANGI
OʻQUV YILIGA TAYYORGARLIK ISHLARI JOYLARGA BORIB OʻRGANILMOQDA

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh tizimdagi maktablar shart-sharoitlari bilan yaqindan tanishish, ularda aniqlangan kamchilik va muammolarni izchil bartaraf etish, xususan joylarda yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik ishlarini haqqoniy oʻrganish maqsadida hududlarda bo‘lmoqda.

Navbatdagi o‘rganishda Agentlikning Buxoro viloyati Jondor, Qorakoʻl va Olot tumanlaridagi ixtisoslashtirilgan maktablari shart-sharoitlari ko‘zdan kechirildi. Sohaga oid qonunchilik hujjatlari ijrosi doirasida yangi oʻquv yilidan STEM fanlarini ingliz tilida oʻqitishni tashkil etish boʻyicha ixtisoslashtirilgan maktablarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Shuningdek, taʼlim maskanlarida tashkil etilgan 2024/2025-oʻquv yili uchun hujjatlarni ONLAYN topshirishga koʻmaklashuvchi ishchi guruhlar faoliyati, kirish imtihonlari jarayonlari oʻtkazilishi belgilangan binolarning tayyorgarlik holati oʻrganildi.

Oʻrganish davomida Buxoro 2-son ixtisoslashtirilgan maktabining qurilish jarayonlari ham koʻzdan kechirildi.

Agentlik direktori oʻrganishlar natijasida aniqlangan kamchiliklarni tezkor bartaraf etish yuzasidan zarur topshiriq va koʻrsatmalar berdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Forwarded from Fayzulloyeva Gulmera Muxamatovna
DIQQAT, DIQQAT E'LON!!!

❇️QABUL TUGASHIGA 15 KUN QOLDI !

🔰 IXTISOSLASHTIRILGAN TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI QOROVULBOZOR tuman ixtisoslashtirilgan maktabida o`quvchilar qabuli boshlanganiga 5 kun bo'ldi (2024-2025 o'quv yili).

O‘quvchilar quyidagi sinflarga qabul qilinadi:
-5-6-sinf (aniq fanlar yo‘nalish);
8-10-sinf (aniq fanlar yo‘nalish);
-9-sinf (aniq va tabiiy yo‘nalishlarga).

Hujjatlar topshirish 1-iyundan 20-iyungacha ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Talab etiladigan hujjatlar:
1.Tug‘ilganligi to‘g‘risida guvohnoma nusxasi;
2. 3x4 hajmdagi fotosurat ;
3.Baholar tabeli tasdiqlangan nusxasi;
4.Ota-onaning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari.

Murojaat uchun:
+998 91 649 20 07
+998 97 081 96 00
+998 94 129 78 94

Hurmatli ota-onalar! Maktabda ta'lim olish MUTLAQO BEPUL !!!
Qabul jarayonida BEMINNAT XIZMAT !!!
FARZANDINGIZ KELAJAGIGA BEFARQ BOLMANG !!!

IMA Qorovulbozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabi:👇
Telegram | Instagram  | Youtube  | Facebook
Forwarded from Deleted Account
#TASHRIF
# Qorakoʻl tuman IMl

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta‘limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta‘lim muassasalari agentligi rahbari A.T. Ubbiyev Qorakoʻl tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga tashrif buyurdilar.
❇️ Sohadagi olib borilayotgan ishlar va kelajakdagi istiqbolli rejalar bo‘yicha suhbatlashildi hamda tavsiyalar berildi.
❇️ Ushbu tashrif va tashrif davomida bildirilgan ishonch va ijobiy fikrlar Qorakoʻl tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati jamoasiga yanada kuch va shijoat bagʻishladi,keyingi oʻquv yilida bundanda yuqori marralarni zabt etishga vaʼda berildi. https://t.iss.one/PTMA_QORAKUL_IMI_UZ