IMA | Buxoro hududiy bo'limi
315 subscribers
20.5K photos
632 videos
65 files
3.39K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Buxoro viloyati hududiy bo'lim rasmiy kanali.
Download Telegram
Forwarded from Oysara Davronovna
# Kogon_tuman_ IM
# So‘nggi_qo‘ng‘iroq 🔔

🔰Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida  ''So‘nggi qo‘ng‘iroq'' tadbiri o‘tkazildi.

❇️ Tadbirda Kogon  tuman hokimi o'rinbosari  Z.Z.Sharipov,Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi vakili R.I.Bakayeva ishtirok etishdi.
❇️ Kogon tuman hokimi o'rinbosari Z.Z.Sharipov maktab bitiruvchilarini hayot ostonasiga qo‘yayotgan ilk qadamlari bilan tabrikladi. Bitiruvchilarga Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning  yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi.
❇️R.I.Bakayeva pedagogik jamoaga Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi rahbari A.Ubbiyevning tashakkurnomasini tantanali ravishda topshirib, keyingi pedagogik ishlariga zafarlar tiladi.
❇️ Bitiruvchilar ustozlarga minnatdorchilik bildirib, Vatanimizga sodiq farzand bo‘lishga burchli ekanliklarini baralla aytishdi.
O'quv yili davomida har tomonlama namunali va  a'lo baholarda o'qigan o'quvchilar va ularning ota-onalari maktab ma'muriyati tomonidan taqdirlanishdi.

🏢 KTIM
🎤 matbuot xizmati
#Jondor_tuman_IM
#Ilm_saodat_kaliti

🏢Ixtisoslashtirilgan ta‘lim muassasalari agentligi tizimidagi Jondor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Ilm -saodat kaliti"  shiori ostida  so‘nggi qo‘ng‘iroq bayram tantanalari bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda  maktab rahbari Sh.K.Joniyev tomonidan davlatimiz rahbarining bitiruvchilarga yo‘llagan tabriklari o‘qib eshittirildi.

Tantanali tadbirda faxriy o‘qituvchilar, ota-onalar hamda maktabning bitiruvchi sinf o'quvchilari ishtirok etib, o‘quv yili sarhisob qilinib xorijiy oliygohlarga muddatidan avval talaba bo‘lgan bitiruvchilar, fan olimpiadalari g‘oliblari va o‘quv yili davomida a‘lo o‘zlashtirishi va  namunali xulqi bilan o‘rnak bo‘lgan  iqtidorli o‘quvchilar  taqdirlandilar.

🏢Jondor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Instagram |Telegram |Facebook | You tube
Forwarded from @Umidjon Sheraliyevich
#G'ijduvon_tuman_IM
#So’nggi_qo’ng’iroq_tadbiri

🔰 G'ijduvon tuman IMda 2023-2024 o’quv yilining eng esda qolarli tadbirlaridan bo’lgan “So’nggi qo’ng’iroq” bo’lib o’tdi. Tadbir davomida:

O’zining mashaqqatli mehnati bilan jonbozlik ko’rsatgan USTOZLAR;
O’z bilimi va tirishqoqligi bilan ajralib turuvchi O’QUVCHILAR;
Farzandining ta’lim-tarbiyasiga befarq bo’lmagan mas’uliyatli OTA-ONALAR taqdirlandilar.

Tadbir davomida:
📌 Ustozlarni madh etuvchi kuy-qo’shiqlar;
📌 Raqslar guldastasi
📌 Samimiy dil so’zlari tashrif buyurgan mehmonlarni xushnud ayladi.

IMA G'ijduvon tumani ixtisoslashtirilgan maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifasiga a'zo bo'ling: 👇
@pm_gijduvon