Hilol dasturlari
13.6K subscribers
2.05K photos
117 videos
16 files
1.56K links
«Hilol dasturlari» haqida maʼlumot beruvchi sahifa

📲 Murojaat uchun: @hilol_support, @hilol_support_bot
📞 Telefon: +998 71 217-59-99
📨 Elektron pochta: [email protected]
🌐 Sayt: e-hilolnashr.uz
👉 Rasmiy sahifalarimiz: taplink.cc/hiloldasturlari
Download Telegram
#hikmat

«Hikmatlar» dasturi ustoz Anvar Ahmad tomonlaridan jamlangan hikmatlar asosida tuzilgan. Hozirda dasturga 10 mingdan ziyod hikmatlar joylangan. Ustozning "Hikmatlar-saodatga yetaklar" kitoblarini barcha sonini bitta shu dasturda o‘qib foydalanishingiz mumkin.

👉 Дастурни юклаш (Android)

👉 Дастурни юклаш (iOS)

@hiloldasturlari
#yangilik #chegirma

Abdulkarim Hasanning kitoblariga 50% chegirma.

«Kitobxonlik maktabi»
doirasida bugun Abdulkarim Hasanning kitoblari taqdimoti boʻlib oʻtadi. Shu munosabat bilan «Hilol eBook» dasturida muallifning kitoblariga 50% chegirma eʼlon qilamiz.

«Jamiyat tanasiga tushgan qurt», «Project management yoki loyihalar boshqaruvi» va «Elamakon yoki diyonat sayyorasiga yo'l» kitoblarini chegirma narxida xarid qilishingiz mumkin. 😊

👉 Dasturni yuklab oling

* Chegirma faqat bugun amalda. Foydalanib qoling!

@hiloldasturlari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xatchoʻp #yangi_kitob

Allohning himoyasida boʻlasiz!

Jundub ibn Sufyondan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Kim bomdod namozini oʻqisa, u Allohning zimmasidadir».
Imom Muslim rivoyati

«Bugun bomdod oʻqidingizmi?!» kitobidan

👉
Dasturni yuklab oling:

@hiloldasturlari
#xatchoʻp

1158-Savol

Assalomu alaykum, Shayx hazratlari! Savolim shundan iboratki, saharlik vaqtida kech uygʻonish sababli ogʻizni taqvimda belgilangandan 10-20 minut kechroq berkitsa boʻladimi? Javob uchun rahmat.

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym.

Kech uygʻongan odam saharlik qilmasdan, niyat qilib qoʻyaveradi. Agar biror narsa yesa ichsa, roʻzasi ochiladi.

Vallohu aʼlam

«Zikr ahlidan so'rang» 8-qism kitobidan

👉
Dasturni yuklab oling:

@hiloldasturlari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tafsirihilol #qoʻllanma

«Tafsiri Hilol» dasturida roʻyxatdan oʻtishni ushbu video qoʻllanmada koʻrib chiqamiz.

@hiloldasturlari
#xatchoʻp

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Kim ro‘zadorligini unutib qo‘yib, yesa yoki ichsa, ro‘zasini batamom qilsin. Uni Alloh yediribdi, ichiribdi, xolos», dedilar.
Beshovlari rivoyat qilganlar.

Termiziyning rivoyatlarida:

«Kim unutib yeb-ichsa, og‘zini ochib yubormasin. Bu Alloh uni rizqlantirgan rizq, xolos» deyilgan.

«Hadis va Hayot» Ro'za kitobidan

👉
Dasturni yuklab oling:

@hiloldasturlari
#xatchoʻp

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar:

«Alloh dedi: «Odam bolasining hamma amali o‘zi uchun, faqat ro‘za Men uchundir va uning mukofotini Men O‘zim berurman»

«Ruhiy tarbiya» Poklanish kitobidan

Yaqinlaringizga ulashing
☺️

👉 Dasturni yuklab oling:

@hiloldasturlari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tez_kunda #ramazon_kundaligi

🌙 Ramazon oyiga yangi dastur! «Ramazon kundaligi»

Ushbu dastur orqali siz Ramazon oyida tutilishi kerak boʻlgan roʻza, Qurʼoni Karim tilovati va zikrlarni qayd qilib borishingiz mumkin.

Shu bilan birga Ramazon oyining boshidan boshlab har kunlik virdlar hisobotini koʻrib, nazorat qilib borish imkoniyati bor.

Oyning oxirida esa oy davomida qancha roʻza tutganingiz, Qur'oni Karimdan necha pora oʻqiganingiz, qancha zikr qilganingiz, Asmaul husnadan nechta ism yodlaganingizni «Statistika» sahifasi orqali koʻrishingiz mumkin.

Shuningdek, dasturda roʻzaga oid muhim maʼlumotlar, roʻzaga oid savol-javob va testlar ham keltirilgan. Ulardan foydalanib dinimizning muhim ibodati - roʻza haqidagi ilmingiz yanada ziyoda boʻladi, degan umiddamiz.

👉 Yangiliklarni kuzatib boring: @hiloldasturlari

Yaqinlaringizga ulashish esdan chiqmasin 😊
#xatchoʻp

71-Savol

Assalomu alaykum. Ramazon oyi barchamizga muborak bo‘lsin! Savolim quyidagicha: ro‘zador taom tayyorlayotganda taomning mazasini (tuzini) bilish uchun tatib ko‘rsa bo‘ladimi? Oldindan rahmat.

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym!

Va alaykum assalom. Biror narsaning mazasini tatib ko‘rish yoki chaynash makruhdir. Faqatgina yosh bolaga ovqat chaynab berish zarurat yuzasidan bundan mustasno. Bu holatda o‘sha narsa ichkariga ketib qolib, ro‘zani buzish xavfi bor. Qolaversa, boshqalar ko‘rsa, ro‘za tutmagan ekan, degan tuhmatga qolish ham mumkin. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan bo‘lsa, tuhmat o‘rinlariga yaqinlashmasin» deganlar. Vallohu aʼlam

«Bilimsizlikning shifosi savol»
kitobining 1-juzidan.

Ushbu kitobni «Hilol eBook» dasturi orqali oʻqishingiz mumkin.

👉 Dasturni yuklab oling

@hiloldasturlari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#hilolebook #qoʻllanma

«Hilol eBook» dasturida kitob qanday xarid qilinadi?

Ushbu videoqoʻllanma orqali savolingizga javob olishingiz mumkin.

📱 «Hilol eBook» dasturini yuklab olish

👉 Murojaat uchun: @hilol_support_bot

@hiloldasturlari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#dastur

Allohni koʻp zikr qilish barcha oliymaqom insoniy sifatlarning yuzaga kelishi va bardavom boʻlishiga olib keladi. Allohni koʻp zikr qilishi har bir musulmon erkak va ayol uchun zaruriy amallardan sanaladi.

- Zikr Alloh taoloning muhabbatini hosil qildiradi;

- Zikr shodlik va sururni jalb qiladi
.

📖«Ruhiy tarbiya» kitobidan

«Zikr va duolar» dasturni yuklab olib, kuningizni zikrlar bilan band qiling! 😊

👉
Dasturni yuklab oling (Android)

👉 Dasturni yuklab oling (iOS)

@hiloldasturlari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#oltin_silsila #qoʻllanma

«Oltin silsila» dasturida kitobni qanday xarid qilish mumkin?

Ushbu videoqoʻllanma orqali savolingizga javob olishingiz mumkin.

@hiloldasturlari
Forwarded from Kitoblan
#maʼlumot

🌙 Ramazon oyida Qurʼoni Karimning maʼnolari tarjimasini oʻqiymiz!

Barchangizga tobora yaqinlashayotgan Ramazon oyi muborak boʻlsin!

«Kitoblan» jamoasi siz azizlar ushbu muborak oyni yanada mazmunli, esda qolarli tarzda oʻtkazishingizga oz boʻlsa-da hissamiz qoʻshilishini istagan holda loyiha doirasida keyingi oʻqiladigan kitob - Qurʼoni Karimning oʻzbekcha maʼnolar tarjimasi ekanini maʼlum qilamiz. 😊

Kitob har kuni 20 bet - 1 poradan oʻqiladi. Kunlik vazifalar odatdagidek sahifamizga joylab boriladi.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf mehnatlari mahsuli bo‘lmish Qurʼoni Karimning maʼnolari tarjimasi kitobini «Hilol Nashr» nashriyotidan boshqa doʻkonlarga qaraganda arzonroqqa xarid qilishingiz mumkin.

☝️ Shuningdek, «Tafsiri Hilol» elektron dasturi orqali xuddi shu kitobni elektron holatda bepul oʻqishingiz, audiokitobini esa hamyonbop narxda dasturning o‘zidan xarid qilib, tinglashingiz mumkin.

📖 Ramazon oyiga oz qoldi. Kitobni sotib olish uchun esa vaqt bor. Marhamat, ushbu muborak oyni avvalgi yillardan farqli ravishda biz bilan Qurʼoni Karimning ma'nolari tarjimasini mutolaa qilib o‘tkazing!

Kitobni buyurtma qilish uchun: @hilol_reception

Kitobni elektron nashrini oʻqish va tinglash uchun: @hilol_support

📚 @kitoblanuz — manzilimiz olis!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xatchoʻp

Qatoda hazratlari yil davomida Qurʼonni oʻqib yurib, har yetti kunda bir marta xatm qilardilar. Ramazon oyi kelganda esa har uch kunda bir marta toʻliq oʻqib chiqardilar. Ramazonning oxirgi oʻn kunlarida har kecha bir marta xatm qilardilar.

«Qur'on oshiqlari» kitobidan

Azizlar, siz ham shu yo'lda himmatingizni baland qiling
!

👉 Dasturni yuklab oling

Yaqinlaringizga ulashing! 😊

@hiloldasturlari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#hilolebook #qoʻllanma

«Hilol eBook» dasturida qanday login o'zgartirish mumkin?

Ushbu videoqoʻllanma orqali savolingizga javob olishingiz mumkin.

📱 «Hilol eBook» dasturini yuklab olish

👉 Murojaat uchun: @hilol_support_bot

@hiloldasturlari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xatchoʻp

Qurʼoni Karimni tilovat qilayotgan, Qurʼoni Karimni tinglayotgan kishilar doimo oʻzlarining boshlari ustidan sakiyna - farishtalar nozil boʻlib turishini unutmasliklari kerak. Oʻsha ulugʻ maqomga munosib boʻlmoqlik matlubdir.

«Hadis va Hayot» Qur'on fazilatlari kitobidan

Ushbu kitobni «Hilol eBook» dasturi orqali oʻqishingiz mumkin.

👉 Dasturni yuklab oling

@hiloldasturlari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tafsirihilol #qoʻllanma

«Tafsiri Hilol» dasturida asarning matni va audiosini qanday xarid qilish mumkin?

Ushbu videoqoʻllanma orqali savolingizga javob olishingiz mumkin.

📖 «Tafsiri Hilol» dasturini yuklab olish

👉 Murojaat uchun: @hilol_support_bot

@hiloldasturlari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xatchoʻp

Qurʼon oʻquvchilariga ulkan ajrlar beriladi.

Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Kim Allohning kitobidan bir harf oʻqisa, unga bir savob boʻlur. Har bir savob esa oʻn misliga koʻpaytirilur. Alif laam miym bir harf demayman. Balki alif bir harf. Laam bir harf. Miym bir harf", dedilar.

«Qur'on oshiqlari» kitobidan

Ushbu kitobni «Hilol eBook» dasturi orqali oʻqishingiz mumkin.

👉 Dasturni yuklab oling

@hiloldasturlari
#ramazon_kundaligi

🌙 Ramazon oyiga yangi dastur! «Ramazon kundaligi»

Ushbu dastur orqali siz Ramazon oyida tutilishi kerak boʻlgan roʻza, Qurʼoni Karim tilovati va zikrlarni qayd qilib borishingiz mumkin.

Shu bilan birga Ramazon oyining boshidan boshlab har kunlik virdlar hisobotini koʻrib, nazorat qilib borish imkoniyati bor. ☝️

Oyning oxirida esa oy davomida qancha roʻza tutganingiz, Qur'oni Karimdan necha pora oʻqiganingiz, qancha zikr qilganingiz, Asmaul husnadan nechta ism yodlaganingizni «Statistika» sahifasi orqali koʻrishingiz mumkin.

Shuningdek, dasturda roʻzaga oid muhim maʼlumotlar, roʻzaga oid savol-javob va testlar ham keltirilgan. Ulardan foydalanib dinimizning muhim ibodati - roʻza haqidagi ilmingiz yanada ziyoda boʻladi, degan umiddamiz.

🎉 Marhamat, dasturni yuklab oling! Ramazon oyini Ramazon oyi haqidagi yangi dastur bilan qarshi oling

👉 Dasturni yuklash (Android)

👉 Dasturni yuklash (iOS)

👉 Dasturda foydalanish qo'llanmasi

* Yaqinlaringizga ulashish esdan chiqmasin 😊

@hiloldasturlari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM