Hilola Umarova
15.2K subscribers
1.45K photos
276 videos
441 links
👩‍💼Umarova Xilola Uktamovna
🇺🇿Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi tadqiqotchisi
Download Telegram
Qadrli hamkasblar,
hurmatli pedagoglar!


Avvalo barchangizni chinakam insoniylik, ezgu qadriyatlar, o‘zaro hurmat, mehr-saxovat ayyomi — Qurbon hayiti bayrami bilan samimiy tabriklayman hamda o‘zimning eng ezgu tilaklarimni bildirib qolaman.

Muhtaram Prezidentimiz boshchiligida mamlakatimizda Uchinchi Renesans davrining poydevori aynan ta’lim islohotlari asosida qurilayotganligi va bu jarayonda siz aziz hamkasblarimiz sidqidildan ishtirok etayotganingiz tizim yetakchisi sifatida meni juda xursand qiladi. Bu jarayonlarda sizlar bilan bir safda yelkama-yelka turib xizmat qilish men uchun ham faxr, ham ulkan mas’uliyatdir.

Shuni unutmasligimiz kerakki, ta’lim sohasi millatimiz yuksalishi hamda uning kelajak rivojida muhim rol o‘ynaydi. Bu haqiqatni barchangiz teran anglagansiz. Shu boisdan sizlarni hech ikkilanmay ana shu savobli ishlarning mohir muhandislari, deb atasam, mubolag‘a bo‘lmaydi.

Aziz do‘stlar, muhtaram ustozlar!

Barchangizni muqaddas Qurbon hayiti bayrami bilan yana bir bor muborakbod etaman. Oilangizga xotirjamlik, baxt va omad hamisha hamroh bo‘lishini tilayman.

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Эълон

📣 Diqqat, tanlov!

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan yuqori malakali davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari metodist-tarbiyachilari va tarbiyachilarni aniqlash hamda rag‘batlantirish maqsadida “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2024” tashkil etilmoqda.

Tanlovning tuman (shahar) bosqichi shu yilning 24-28-iyun kunlari bo‘lib o‘tadi, unda eng yuqori natijalarni qayd etgan tarbiyachilarimiz keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritishadi.

Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:

“Eng yaxshi metodist”;
“Yilning eng fidokor tarbiyachisi”;
“Eng yaxshi ijodkor-ixtirochi tarbiyachi”;
“Innovatsion va axborot texnologiyalarini qo‘llaydigan eng yaxshi tarbiyachi”;
“Eng yaxshi eko-targ‘ibotchi tarbiyachi”;
“Yangi O‘zbekistonda yangi avlod bolalarini ma’naviy kamolotga yetaklovchi eng yaxshi tarbiyachi”.

👉 Tanlov Nizomi va shartlari haqida batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1641

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli jurnalistlar, qadrli ustoz ijodkorlar!

Avvalo, sizlarni “27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” bayrami bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.

Kuni kecha Davlatimiz rahbari tomonidan yurtimiz jurnalistlari va ijod ahliga yoʻllangan bayram tabrigi, aytish mumkinki, siz ijodkorlarning mashaqqatli mehnatlaringizga berilgan yuksak mukofotdir.

Prezidentimiz oʻz tabrigida aytganidek, bugungi kunda matbuot ishi, jurnalistlar faoliyati nafaqat “toʻrtinchi hokimiyat”, balki mudofaa, xavfsizlik kabi hal qiluvchi sohaga aylanib bormoqda.

Aziz jurnalistlar!

Maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida amalga oshirilayotgan yangiliklar va oʻzgarishlarni xalqimizga sodda va xalqchil tilda tushuntirishdagi ijodiy hamkorligingizdan mamnunmiz.

Sizlarni yana bir bor kasb bayramingiz bilan samimiy qutlayman hamda ijodingizga ulkan muvaffaqiyat, shaxsiy hayotingizda baxt va omad tilab qolaman.

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri
Oʻtgan vaqt davomida maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida salmoqli ishlar amalga oshirildi, rejalarimiz qamrovi esa kundan-kun oʻsib bormoqda.

Mazkur jarayonlarni xalqimizga yetkazish, OAV va keng jamoatchilik vakillarining sohaga doir soʻrovlariga doimo “labbay” deb javob berib kelayotgan vazirlik va tizim tashkilotlari Axborot xizmatlari xodimlarining fidokorona mehnati biz uchun doimo qadrli.

Bayramingiz muborak boʻlsin, vazirligimiz Axborot xizmati jamoasi!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri
Qadrli yoshlar, ertamiz egalari!

Barchangizni bugungi katta bayram — 30 iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan samimiy tabriklayman.

Katta faxr va iftixor bilan ta’kidlashim o‘rinliki, so‘nggi yillarda mamlakatimiz yoshlari jonajon O‘zbekistonimiz kelajagini bunyod etishda faol ishtirok etib kelmoqda.

Ayniqsa, maktabgacha va maktab ta’limi sohasida olib borilayotgan islohotlar, yangi g‘oya va kreativ ta’lim dasturlarini amaliyotga joriy etishda tizimda faoliyat olib borayotgan minglab yosh pedagog va mutaxassislarning o‘rni katta.

Aziz yoshlar!

Bugungi kunda oldimizga qo‘yilgan sohadagi ulkan maqsadlarga erishishda g‘ayrat-shijoatli, intellektual salohiyati yuksak, har qanday vaziyatda ham hech ikkilanmay mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga o‘zida kuch va bilim topa oladigan sizlardek yosh yigit-qizlarga doimo suyanamiz hamda sizlarga to‘la ishonamiz.

Sizlarni yana bir bor bugungi katta shodiyona bilan qutlagan holda, barchangizga ulkan zafarlar, oldingizga qo‘ygan maqsadlarga yetishishingizda omad tilab qolaman.

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
Hurmatli ota-onalar, aziz oʻgʻil-qizlar!

Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarimizda oʻqish istagida boʻlgan yoshlarimizning safi yil sayin ortib borayotganligi bizni behad quvontiradi.

Bu yil mazkur maktablarda oʻqish istagini bildirgan oʻquvchilar soni 244 378 nafarni tashkil etdi.

Bunda Respublika miqyosida Prezident maktablariga bir o‘quvchi oʻrniga oʻrtacha 185 nafar, ijod maktablariga 15 nafar, ixtisoslashtirilgan maktablarga 20 nafar, tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarimizga 80 nafar, Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy maktabiga esa 145 nafar talabgor toʻgʻri keldi.

Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjatlar qabuli va imtihon jarayonlarini tashkil etish amaliyoti yildan yilga soddalashtirilib, takomillashtirilib borilmoqda.

Xususan, tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjat topshirgan talabgorlar uchun imtihonlar o‘z hududlari (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri)da o‘tkazildi. Bu orqali yurtdoshlarimizning vaqt va mablagʻlari tejaldi.

Hurmatli ota-onalar!

Farzandingizni ilm olishga boʻlgan ishtiyoqini qoʻllab-quvvatlayotganingiz tahsinga loyiq. Uchinchi Renessans vakillari aynan sizning oʻgʻil-qizlaringiz boʻlishi shubhasiz.

Ilmga chanqoq, zukko, bilimdon o‘g‘il-qizlarimiz!

Sizlar hayotingizdagi ilk masʼuliyatli va ayni damda juda hayajonli imtihonlarda oʻz bilimlaringizni sinovdan oʻtkazdingiz.

Har biringizni kelajakda dunyoning nufuzli universitetlari imtihonlarida ishtirok etib, muvaffaqiyat qozonishingizga tilakdoshman.

Hurmatli Prezidentimiz taʼkidlaganlaridek, Siz ozod va farovon yangi Oʻzbekiston, yangi Renessans bunyodkorisizlar. Hech qachon izlanishdan, intilishdan to‘xtamang!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
O‘z ustida tinimsiz ishlayotgan, yuqori natijalarni qo‘lga kiritayotgan ustozlarimiz soni kundan-kunga oshib bormoqda va bu juda quvonarli holat.

Xususan, joriy yilda xalqaro sertifikatga ega ustozlar soni o‘tgan yilgiga nisbatan 8178 nafarga oshgani bunga yaqqol dalildir.

Bu — shunchaki raqamlar emas, ular ortida jonkuyar ustozlarimizning ulkan mehnati yotibdi.

Ishonamanki, ushbu statistika bundan keyin ham faqat yuqorilaydi, keyingi yilda bundan ham balandroq natijalar qayd etamiz.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan oʻtkazilayotgan “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2024” tanlovi ayni qizgʻin pallasiga yetdi.

Oʻz bilim va malakasi bilan tanlovning tuman (shahar) hamda hududiy bosqichlaridan oʻtib kelgan 82 nafar maktabgacha taʼlim tizimi xodimlari Respublika bosqichi yoʻllanmalarini qoʻlga kiritishdi.

Albatta, tanlovning final jarayonlari ham qizg‘in oʻtishi shubhasiz. Eng muhimi, unda gʻolib boʻlgan metodist va tarbiyachilarning ish tajribasi mamlakatimiz boʻylab keng miqyosida ommalashtiriladi.

Tanlovning belgilangan 4 sharti boʻyicha sovrinli oʻrinlarni egallagan hamda oliy maʼlumotga ega boʻlmagan ishtirokchilar oliy taʼlim muassasalarining “Maktabgacha taʼlim” yoʻnalishiga oʻqishga kirish uchun maxsus tavsiyanoma bilan taqdirlanishadi.

Barcha ishtirokchilarga omad tilab qolamiz!
Yangi O‘zbekistonda xotin-qizlar taʼlimiga qaratilayotgan yuksak eʼtibor o‘zining ilk samaralarini ko‘rsatmoqda.

Andijon shahridagi 4-maktabning 10-sinf o‘quvchisi Rayyona Ibrohimovaning kuni kecha Germaniyaning Gyottengen shahrida o‘tkazilgan Xalqaro Nemis tili Olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritgani fikrimning yaqqol dalilidir.

Dunyoning 62 davlatidan kelgan 100 dan ortiq eng bilimdon yoshlar orasida peshqadam bo‘lish katta sharaf, albatta. Bugun Rayyona, uning onasi va ustozi bilan uchrashib, hammalarini ulkan yutuq bilan samimiy tabrikladik. Farzand muvaffaqiyatida aynan ota-onalarning xizmati beqiyos bo‘lgani uchun Rayyonaning onasiga Tashakkurnoma taqdim etdik.

Davlatimiz Rahbari taʼkidlaganlaridek, “Bitta qiz bolani oʼqitsak, butun oilani o‘qitgan bo‘lamiz”. Niyatimiz – Rayyona kabi iqtidorli yoshlarimiz safi yanada kengayaversin.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kuni kecha “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2024” tanlovi Respublika bosqichi gʻoliblarini taqdirlash marosimida qatnashdim.

Ishtirokchilarning yuz-koʻzidagi ishonch, oʻz kasbiga boʻlgan mehr-muhabbatini koʻrib, rosti mening ham quvonchim ortdi.

Tanlovning yakuniy bosqichida 82 nafar iqtidorli tarbiyachi 6 ta nominatsiya doirasida bellashdi. Natijalarga koʻra, har bir yoʻnalish boʻyicha 3 nafardan, jami 18 nafar ishtirokchi gʻoliblikni qoʻlga kiritishdi.

Barcha gʻolib tarbiyachi ustozlarimizni samimiy tabriklab qolaman.
Maktab bitiruvchilarining oliy oʻquv yurtlariga kirish oʻrtacha ball koʻrsatkichi besh yilda 69,8 balldan 78 ballga oshdi

Bilim va malakalarni baholash agentligi maʼlumotlariga koʻra, maktab bitiruvchilarining oliy oʻquv yurtlariga kirish oʻrtacha ballari soʻnggi besh yilda 69,8 balldan 78 ballga oshganligini koʻrishimiz mumkin (2020-yilda 69,8 ball, 2021-yilda 74,9 ball,2022-yilda 75,8 ball, 2023-yilda 76,1 ball, 2024 yilda 78 ball).

Ahamiyatli jihati, 2024-yilgi abituriyentlarga tegishli oʻrtacha ball 70,8 ni tashkil etgani holda, joriy yil maktab bitiruvchilarining oʻrtacha bali umumiy koʻrsatkichdan 7,2 ball yuqori.

Maksimal ballning 75 foizidan yuqorisini (141,75 + ball) egallagan 41 009 nafar abituriyentning 32 949 nafari yoki 80 foizi aynan joriy yildagi maktab bitiruvchilaridir.

Albatta, bizga bundan ham yuqori ko‘rsatkichlar kerak. Muhimi, raqamlarda ijobiy siljish bor. Hurmatli ustozlar va ota-onalar, kelgusi yillarda natijalar bundan-da yaxshi bo‘lishi uchun farzandlarimiz ta’limiga e’tiborni yanada kuchaytirishimiz zarur.