Hilola Umarova
27.4K subscribers
1.64K photos
306 videos
1 file
472 links
👩‍💼Umarova Xilola Uktamovna
🇺🇿Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi tadqiqotchisi
Download Telegram
"Raqamli Avlod" jamoasi "Zamin Education" loyihasi doirasida Qarshi shahridagi 17-son maxsus maktab o'quvchilari uchun IT darslar tashkil etdi. Unda qatnashchilar egallagan bilimlari asosida aqlli shahar tamoyili bo'yicha o'z maktablari maketini ishlab chiqdilar. Shuningdek, turli dasturlardan foydalangan holda maxsus o'yinlar yaratdilar.

Shuningdek, jamoamiz a'zolari Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida ham bo'ldilar. U yerda yangi tashkil etilgan media va raqamli marketing darslari o'quvchilar tomonidan iliq kutib olindi. Endilikda ular mustaqil professional kameralardan foydalana oladilar, o'zlari videolarni montaj qiladilar hamda turli media loyihalar ishlab chiqa oladilar. Rassomchilikda qobiliyatli o'quvchilar maxsus planshetlarda illustratsiyalar chizishni juda tez o'rganib oldilar.

Shunday qilib, bu kabi loyihalarimiz respublikamiz bo'ylab davom etadi. Siz qaysi hududdansiz, bizning loyihalarimizni balki kelasi safar sizning viloyatingizga tashkil etarmiz!
________
Digital Generation Uzbekistan
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
8-dekabr — O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kun!

Har qanday davlatning bosh qonuni Konstitutsiya hisoblanadi.

Konstitutsiyani yaratish yo‘lidagi birinchi huquqiy qadam – o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishidir.

Qarshi shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Tabriknoma
#Konstitutsiya_29_yil

Aziz yurtdoshlar!

Har bir millatning qomusi, davlatchilik asosi uning Konstitutsiyasi hisoblanadi. Konstitutsiyamiz xalqimiz irodasi va tafakkurini o’zida aks ettiruvchi ko’zgudir.

Sizni O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi bilan samimiy muborakbod etaman. Xonadoningizga tinchlik, Vatanimiz ravnaqi yo’lidagi mehnatlaringizda zafarlar tilayman!

Hilola Umarova,
Prezident ta’lim muassasalari agentligi direktori
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
8-dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun.
⚡️Jizzax shahridagi Prezident maktabi jamoasi hamyurtlarimizni bayram bilan muborakbod etadi!

https://t.iss.one/JizzaxPrezidentMaktabi
#Madhiya_29_yilligi

Serquyosh hur o’lkam, elga baxt, najot,
Sen o’zing do’stlarga yo’ldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!

Oltin bu vodiylar – jon O’zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug’ xalq qudrati jo’sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!

Bag’ri keng o’zbekning o’chmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zo’r qanot!
Istiqlol mash’ali tinchlik posboni,
Haqsevar, ona yurt, mangu bo’l obod!

Oltin bu vodiylar – jon O’zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug’ xalq qudrati jo’sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!
___
10-dekabr - O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan kun!

Madhiya millatning g'ururi va iftixoridir. Unda boy o‘tmishimiz, milliy an’ana va qadriyatlarimiz, millatlararo totuvlik va birodarlik kabi umuminsoniy tuyg‘ular tarannum etilgan.

O'zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi qabul qilingan kun muborak bo'lsin!

Hilola Umarova,
Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktori
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2021- yil 7-dekabr 741- son qarori bilan Prezident ta'lim muassasalari agentligi huzurida Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazi tashkil etildi.

Mazkur markazning asosiy vazifalari va faoliyat yo'nalishlari:

🔸Agentlik tizimidagi rahbar va pedagog xodimlarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish, ularning malakasini oshirish kurslarini xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etish;
🔸xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda Agentlik tizimidagi ta'lim muassasalaridagi o'quvchilarning bilim va ko'nikmalarini baholash va sertifikatlash;
🔸Agentlik tizimidagi ta'lim muassasalari bitiruvchilarini yakuniy davlat attestatsiyasidan o'tkazish hamda milliy sertifikatlash tizimini ishlab chiqish va joriy etish
🔸ta'lim va ilmiy tadqiqot sohalariga doir innovatsion loyihalarni amalga oshirish va boshqalardan iborat.

Hujjat Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasida e'lon qilingan va 09.12.2021- yilda kuchga kirdi.
“DevFest 2021” tadbirining ochilish marosimidan so'ng, ayni vaqtda Google Developer Expert-Nav Singh bilan "Android 12dagi yangiliklar" mavzusida ochiq muloqot bo'lib o'tmoqda. Bizni kuzatib boring, oldinda sizni bir-biridan foydali suhbatlar kutmoqda.

Live: https://youtu.be/GW66lB_VJoA
_________
Digital Generation Uzbekistan
🔥 Началась регистрация на международный технологический конкурс Technovation Girls 2022 в Узбекистане!

Мы ищем активных девушек от 12 до 18 лет со всех регионов страны, которые хотят научиться:
разрабатывать мобильные приложения;
писать бизнес-планы и запускать социальные стартапы;
получить знания по искусственному интеллекту;
работать в команде;
снимать видео;
готовить презентацию проекта и выступать на публике;
узнать о Целях устойчивого развития.

🤩 У вас есть уникальная возможность стать техническими предпринимателями и лидерами нашей страны. При поддержке наставников-волонтеров, работая в дружной команде, вы сами создадите мобильные приложения, которые помогут решить социальные проблемы. Лучшие команды из Узбекистана могут пройти в финал международного конкурса.

🇺🇿 Крупнейший конкурс Technovation Girls проходит в Узбекистане с 2016 г.
• В 2017 году участницы команды Techno Squad, вместе с родителями поехали на финал Technovation Challenge в Сан-Франциско.
• В 2018 году команда Generation Z, представила Узбекистан на финале в Сан-Франциско.
• В 2021 году команда IT Ladies выступила на международном финале и показала свой проект, как Junior Regional Winner in Asia.

🔝 Вы можете стать следующими победителями! Участие в программе бесплатно. Знание английского обязательно. Для участия всем нужно зарегистрироваться на сайте международного конкурса: https://my.technovationchallenge.org/

___________________________________

🔥 O‘zbekistonda Technovation Girls 2022 xalqaro texnologik tanloviga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!

Biz mamlakatning barcha hududlaridan 10 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan quyidagilarni o‘rganishni xohlaydigan faol qizlarni izlayapmiz:
mobil ilovalarni yaratish;
biznes-rejalar yozish;
jamoada ishlash;
video tasvirga olish;
omma oldida chiqish qilish;
barqaror rivojlanish maqsadlari haqida bilish.

Mamlakatimizda texnologik tadbirkor va yetakchi bo‘lish uchun noyob imkoniyatga egasiz. Ko'ngilli murabbiylar ko'magida, do'stona jamoada ishlash orqali siz o'zingiz ijtimoiy muammolarni hal qilishga yordam beradigan mobil ilovalarni yaratasiz. O‘zbekistonning eng yaxshi jamoalari xalqaro tanlovning final bosqichiga yo‘llanma olishi mumkin.

🇺🇿 Eng yirik Technovation Girls tanlovi O'zbekistonda 2016 yildan beri o'tkazib kelinmoqda.
• 2017-yilda Techno Squad jamoasi aʼzolari ota-onalari bilan birgalikda San-Fransiskodagi Technovation Challenge finaliga yoʻl olishdi.
• 2018-yilda San-Fransiskoda bo‘lib o‘tgan finalda O‘zbekiston nomidan Generation Z jamoasi ishtirok etdi.
• 2021-yilda IT Ladies jamoasi xalqaro finalda ishtirok etib o‘z loyihasini "Junior Regional Winner in Asia" sifatida namoyish etdi.

🔝 Siz keyingi g'olib bo'lishingiz mumkin! Dasturda ishtirok etish bepul. Ingliz tilini bilish shart. Ishtirok etish uchun barcha xalqaro tanlov veb-saytida ro'yxatdan o'tishlari kerak, https://my.technovationchallenge.org/
#Dasturchilar_festivali
#DevFest_Tashkent_2021
#2_kun

GDG DevFest Tashkent 2021 dasturchilar festivalining ikkinchi kuniga start berildi.

Tadbir “Yangi O’zbekiston” universitetida bo’lib o’tmoqda.

👉Bizni
jonli efirda kuzating.