Hilola Umarova
15.4K subscribers
1.46K photos
281 videos
444 links
👩‍💼Umarova Xilola Uktamovna
🇺🇿Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi tadqiqotchisi
Download Telegram
Aziz yurtdoshlar,
Qadrli hamkasblar!


Bugun yana bir muhim sana — 18-noyabr – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun yurtimiz miqyosida keng nishonlanmoqda.

Albatta, bayroq qadim-qadimdan xalqlarning mustaqilligi va ozodligi, tinchlik va barqarorlik timsoli boʻlib kelgan. Shu maʼnoda vatanimiz bayrogʻining oʻrni va qadri har birimiz uchun muqaddas va ulugʻdir.

Men ishonamanki, bugungi yosh avlod vakillari mamlakatimiz bayrogʻining yurtimiz suvereniteti va jahondagi mustaqil davlatlar orasidagi munosib oʻrnini belgilashdagi ahamiyatini yurakdan his qilishadi va faxrlanishadi.

Barchamizga bugungi milliy iftixor bayrami muborak boʻlsin.

Mustaqil Oʻzbekistonning davlat bayrogʻi doimo baland hilpirayversin.

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri
Ayni vaqtda Xorazm viloyati Tuproqqal’a tumanidamiz

Hududdagi maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati bilan tanishib, muammolarni o‘rganyapmiz. Sizlarga bugun ko‘rgan, yaqindan suhbatlashgan bir qancha insonlarimni tanishtirmoqchiman.

Birinchi suratdagi inson Shoira Jumaniyozova. Tuproqqal’a tumanidagi 11-sonli maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, bir yil ichida toifasini ikki marta ko‘tara olgan, birinchi toifali, 19 yillik tajribaga ega ustoz.

Ikkinchi suratdagi qahramonimiz Farida Sapayeva. Tumandagi 13-sonli maktabning ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi. Oliy toifali, 10 yillik tajribaga ega ushbu ustozimiz 8 yildan buyon mazkur maktabga Navoiy viloyatining Zarafshon shahridan kelib ishlaydi.

Uchunchi suratdagi inson Davronbek Boltayev, taniqli shaxmatchimiz Nodirbek Yoqubboyevning ustozlaridan biri. 39 yillik tajribaga ega matematika fani o‘qituvchisi bo‘lgan bu fidoyi inson Hazoraspdan Tuproqqal’aga qatnab ishlaydi.

To‘rtinchi rasmdagi yigitcha esa 8 yoshli Rishodbek. U Davronbek akaning umidli shogirdlaridan. Hali bor-yo‘g‘i 2-sinf o‘quvchi bo‘lishiga qaramasdan maktabdagi 1-11-sinflar o‘rtasidagi shaxmat bellashuvida hamda tuman musobaqasida 1-o‘rinni egallagan.

Bu insonlar birgina tumanning ikkita maktabida men uchratgan, suhbatlashgan insonlar. Qahramonlar oramizda!

Ishchi guruhning hududlar bo‘yicha o‘rganishlari esa davom etadi.

@hilola_umarova
Xushxabar! Nodavlat maktabgacha va maktab tashkilotlari barcha turdagi soliq va yig‘imlardan ozod qilinadi

“Ta’lim sohasida xususiy sektor ishtirokini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qaror bilan 2030-yil 1-yanvarga qadar nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari:

barcha turdagi soliq (bundan ijtimoiy soliq mustasno) va yig‘imlardan ozod qilinadi;

unda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan chet ellik o‘qituvchi va mutaxassislar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliq to‘lamaydi.

Shuningdek, 2030-yil 1-yanvarga nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining quyidagi O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan tovar jihozlariga bojxona to‘lovlari to‘lanmaydi (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar bundan mustasno):

zamonaviy o‘quv va laboratoriya uskunalari;
kompyuter texnikasi va dasturiy mahsulotlar;
o‘quv va ilmiy-metodik adabiyotlar, anjomlar va moddiy-texnik resurslar.

2025-yil 1-yanvardan boshlab:

nodavlat ta’lim tashkilotlariga doimiy jalb etiladigan pedagog xorijiy mutaxassislarga “A-2” o‘qituvchilar kirish vizalarini berish yo‘lga qo‘yiladi;

davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan xorijdan jalb qilingan mutaxassislarga mehnat qilish huquqini beruvchi tasdiqnoma berish yig‘im miqdori BHMning 30 baravaridan 1 baravarigacha kamaytiriladi.

@hilola_umarova
Президент Шавкат Мирзиёев Янгиҳаёт туманидаги Хушнуд маҳалласида бўлиб, ҳудуддаги ўзгаришлар билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев посетил махаллю Хушнуд Янгихаётского района и ознакомился с произошедшими здесь изменениями.

#Mirziyoyev #tanishuv #mahalla #bunyodkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президент Янгиҳаёт тумани Хушнуд маҳалласидаги бунёдкорлик ишларини кўздан кечирди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Rasmlardagi joy Surxondaryo viloyat bolalar kutubxonasining yangilangan binosi

Kutubxonaning 50 yildan oshiq vaqt avval qurilgan eski binosi o‘rnida joriy yilning iyul oyida mukammal ta'mirlash ishlari boshlangan edi. 1 milliard 455 million so‘m mablag‘ evaziga mazkur kutubxona bugun zamonaviy ko‘rinishga keltirildi.

Viloyat bolalar kutubxonasi fondi bugungi kunda 105 ming 400 nusxani, elektron adabiyotlar soni 10 ming 520 tani tashkil qiladi. Kutubxonaga joriy yilda 22 ming 400 nafar kitobxon a'zo bo'lgan. Manzilda adabiyotlarni saqlash, ma'lumot va bibliografiya, uslubiy, axborot resurslari va texnologiyalari, kitobxonlarga xizmat ko'rsatish, madaniy-ommaviy tadbirlar, maktablarga amaliy uslubiy yordam ko'rsatish hamda kitoblarni jamlash va katalog yaratish bo'limlari mavjud.

Ushbu zamonaviy va shinam kutubxonaning ochilishi hududdagi o‘quvchi-yoshlarimiz uchun katta sovg‘a bo‘ldi deyish mumkin.

@hilola_umarova