Hilola Umarova
26.1K subscribers
1.67K photos
321 videos
1 file
480 links
👩‍💼Umarova Xilola Uktamovna
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari
Download Telegram
#Xalqaro_hamkorlik

Bugun Agentligimizda Fransiya Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Aurelia Bushez bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

❗️Uchrashuv davomida Agentlik tizimidagi maktablarda fransuz tilini o'qitish bo'yicha hamkorlik qilish, Fransiyadan pedagog-kadrlarni jalb etish kabi hamkorlik masalalarini muhokama qildik.

✔️Uchrashuv davomida mehmonlarga Agentlik tizimidagi maktablar faoliyati haqida ma'lumot berik va kelgusidagi rejalarni belgilab oldik.
👍2
⚡️AGENTLIK TIZIMIDAGI JAMOATCHILIK BILAN ISHLASHGA MAS'UL XODIMLARNING ENG FAOLLARI ANIQLANDI!

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan 2022-yilning iyun oyida Agentlik tizimidagi maktablar va "Yangi O'zbekiston" universitetining Jamoatchilik bilan ishlashga mas'ul xodimlari faoliyati samaradorligi o‘rganildi.

❗️27 nafar mas’ul xodimdan 7 nafarining ish natijalari yuqori baholandi.

✔️Eng faol Jamoatchilikka mas'ul xodimlarni Agentlik jamoasi nomidan samimiy qutlaymiz!

👉Reyting natijalari bilan saytimizda batafsil tanishishingiz mumkin.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Imtihon_2022
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlaridan videolavha.
______
📍Videolavhada Toshkent shahrida bo'lib o'tayotgan imtihon jarayonlari aks etgan.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Agentligimizning ahil va shijoatli jamoasi bilan birgalikda yana bir marrani bosib o‘tdik.

Sizlarni mashaqqatli haftalikning muvaffaqiyatli yakuni bilan chin dildan tabriklayman!

O’tgan hafta davomida qariyb 360 ming nafar talabgor Prezident, ijod va yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarimizning kirish imtihonlarida o’z bilimlarini sinovdan o’tkazishdi.

Agentligimiz tizimidagi maktablar imtihonlari jarayonida mehnat qilgan fidoyi xodimlarimizning barchasiga va har biriga alohida minnatdorlik bildiraman.

Men doim ahil jamoamiz bilan faxrlanaman. Bundan keyingi ishlarimizda ham hamisha yuzimiz yorug‘ bo‘lsin!

Shu bilan birga barchani hayit bayrami bilan tabriklayman va oilangizga xotirjamlik va baraka tilayman!
Ўзбекистон халқига Қурбон ҳайити табриги

Поздравление народу Узбекистана с праздником Курбан хайит

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tabriknoma

Aziz yurtdoshlar!

Sizlarni shukronalik va mehr-oqibat ayyomi – Qurbon hayiti bilan chin qalbdan samimiy muborakbod etamiz.

Oilangizga tinchlik va xotirjamlik, dasturxonlaringizga to'kinlik hamda barcha ezgu orzu-niyatlaringizning ijobatini tilaymiz.

Ezgu ishlaringizda muvaffaqiyat va zafarlar yor bo'lsin!

Ayyom muborak!

Hilola Umarova,
Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktori
#Soʻragan_edingiz
#Qabul_2022

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad Al-Xorazmiy, Mirzo Ulug'bek va Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablarining manzili qayerda?

Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarning manzili va rasmiy telegram sahifalarining havolasi bilan tanishing:

👉
Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi manzili: Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Chingiz Aytmatov 1-tor ko'cha, 9-uy;

👉
Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi manzili: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Mirzo G'olib ko'chasi, 1-uy;

👉
Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi manzili: Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Maxtumquli 1-tor ko'chasi, 28-uy.
-------‐---------------------------------------------
⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

#Faxrimiz

Toshkent shahridagi Prezident maktab o‘quvchisi yuqori darajali xalqaro IELTS sertifikatiga ega bo‘ldi.

✔️Toshkent shahridagi Prezident maktabi 10-ʼʼBlueʼʼ sinf o‘quvchisi Behruz Erkinov IELTS dan 8 ballni qo‘lga kiritdi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Telegram | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Халқаро пресс-клубнинг “Қабул 2022/2023: очиқ, шаффоф ва коррупциядан холи" мавзуидаги сессияси

Ҳилола Умарова, Президент таълим муассасалари агентлиги директори:

Биринчи йили барча ҳудудларда 4 та президент мактаблари ташкил қилинган бўлса, ўтган йили барча вилоятларда президент мактаблари ташкил қилинди. Ўтган йили жами 100 мингга яқин талабгор ўқувчилар ҳужжатларини топширишди. Бу йили эса 300 мингдан ортиқ ўқувчилар ҳужжатларни топширдилар. Яъни талабгорлар йилдан йилга ошиб бормоқда.

TelegramFacebookInstagramYouTube
👍2
#Xushxabar

⚡️⚡️4 TA PREZIDENT MAKTABI XALQARO MAKTABLAR KENGASHIGA QABUL QILINDI!

Endi o‘quvchilarimizning chet eldagi TOP universitetlarda to‘liq grant yutish imkoniyati oshadi.

Agentligimiz tizimidagi Nukus, Xiva, Namangan va Toshkent shaharlaridagi Prezident maktablari CIS (Xalqaro maktablar kengashi) a’zoligiga qabul qilindi.

Xalqaro maktablar kengashi a'zosi bo'lish ta’lim muassasasining xalqaro darajada tan olinganligini bildiribgina qolmay, ushbu maktablarda o‘qiydigan o‘quvchilarning chet eldagi TOP universitetlarda to‘liq grant yutish imkoniyatini oshiradi.

❗️Muhimi, Xalqaro maktablar kengashi a’zoligiga o‘tish uchun maktablar guruhi sifatida ariza berish tashkilot tarixida ilk bora kuzatilmoqda.

🔴Ayni paytda 2021-yilda o‘z faoliyatini boshlagan 10 ta yangi Prezident maktabi mazkur tashkilot a’zoligiga o‘tish jarayonida.

Mazkur Kengash a'zoligi maktablar uchun nima beradi?

👉Bu haqda saytimizda batafsil o'qing.
#Imtihon_natijalari
#Prezident_maktablari

📣📣Prezident maktablarining 1-bosqich imtihon natijalari e’lon qilindi!

❗️Joriy yilning 1-iyul kuni o‘tkazilgan 1-bosqich imtihon natijalari e’lon qilindi.

👇Imtihon natijalarini quyidagicha aniqlashingiz mumkin:

1️⃣ Portal.piima.uz saytining "Qabul 2022" bo'limi "Natijalar" oynasidan ID raqamingizni kiritish orqali - https://portal.piima.uz/page/prezident-maktablari-natijalari

2️⃣Cambridge Assessment International Education tashkilotining rasmiy veb-sahifasi orqali: https://www.admissionstesting.org/campaigns/pre-selection-results-rqvqka5xqk/

✔️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Prezident_maktablari

PREZIDENT MAKTABLARIGA 1-BOSQICH KIRISH IMTIHONLARI NATIJALARINI ANIQLASH BO'YICHA YO'RIQNOMA

❗️1-bosqich test natijalarini portal.piima.uz saytining "Qabul 2022" bo'limi "Natijalar" oynasi Prezident maktablari natijalari orqali ko'rishingiz mumkin;

Saralash imtihon natijalarini qidirish tartibi.

1️⃣Talabgor topshirgan hududi bo‘yicha belgilangan *.pdf faylni oching.
2️⃣ Nomzodning natijasini bilish uchun qidirish tugmasini bosib (Ctrl+F), sizga taqdim etilgan maxsus ID raqamini tering va Enter tugmasini bosing.
3️⃣ Saralash bosqich imtihonlariga o‘tgan nomzodlar – jadvalning yuqori qismida ko‘k rangda belgilangan bo‘ladi.
4️⃣ Saralash bosqich imtihonlariga o‘ta olmagan nomzodlar esa – oq rang bilan belgilangan bo‘ladi.

Shuningdek, imtihon natijalarini quyidagi havola orqali ham bilib olishingiz mumkin: https://www.admissionstesting.org/campaigns/pre-selection-results-rqvqka5xqk/

👉 Batafsil ma'lumotni saytimizda o'qishingiz mumkin.