Hilola Umarova
27.4K subscribers
1.64K photos
306 videos
1 file
472 links
👩‍💼Umarova Xilola Uktamovna
🇺🇿Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi tadqiqotchisi
Download Telegram
#Tabrik
#Наврўз
🍃🌺🍃

Aziz Vatandoshlar!

Sizni bugungi ayyom – Navro‘zi olam bilan chin qalbdan
samimiy muborakbod etaman.
 
Sizga mustahkam sog‘lik, oilalaringizga tinchlik-xotirjamlik va fayzu baraka tilayman.

Yurtimiz tinch, xalqimiz birdam bo‘lsin!

Hilola Umarova,
Prezident ta’lim muassasalari agentligi direktori


#Ayyom_muborak
🍃🌺🍃
#Bayram_shukuhi
#Наврўз
🍃🌺🍃

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda sharqona yangi yil - Navro’z ayyomi an’anaviy tarzda har yili keng nishonlanadi.

#Ayyom_muborak #Fotoreportaj

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Iqtiboslar

Prezident Shavkat Mirziyoyev birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida nutq so‘zladi.

Buyuk ipak yo‘lining markazida joylashgan yurtimiz qadimdan Osiyo, Yevropa va Afrika qitʼalarining karvon yo‘llari tutashgan hudud sifatida mashhur bo‘lgan.
Xitoy, Hindiston, Eron, Vizantiya, Misr kabi mamlakatlarda shakllangan sivilizatsiya va madaniyat namunalari aynan qadimgi Movarounnahr, hozirgi O‘zbekiston hududida uchrashib, bir-birini o‘zaro boyitib kelgan.

Biz “Buyuk o‘tmishdan – buyuk kelajak sari” tamoyili asosida iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishimizni jadal davom ettirmoqdamiz.
Bundan 5 yil avval biz Harakatlar strategiyasini qabul qilib, uning doirasida keng ko‘lamli demokratik islohotlarni amalga oshirish yo‘lini tanladik.

“Biz islohotlarimizning birinchi kunidan boshlab taʼlim va inson kapitalini rivojlantirishga alohida eʼtibor berib kelmoqdamiz.
So‘nggi 5 yilda mamlakatimizda 21 mingdan ortiq yangi maktabgacha taʼlim muassasalari tashkil etilib, ushbu maskanlarda tarbiya olayotgan bolalarimiz qamrovi avvalgi 27 foizdan 67 foizga ko‘tarildi.
Bundan tashqari, 200 ga yaqin yangi maktablar barpo etildi, 3 mingdan ortiq mavjud maktablar esa rekonstruksiya qilindi va to‘liq jihozlandi.

Shu o‘tgan qisqa davrda 82 ta yangi universitet va institut, jumladan, 23 ta xorijiy oliygoh tashkil etilib, oliy taʼlim dargohlarining umumiy soni 159 taga yetdi.
Natijada, maktab bitiruvchilarining oliy taʼlim bilan qamrov darajasini oldingi 9 foizdan 28 foizgacha yetkazishga erishildi va bu yo‘nalishdagi ishlarimiz davom ettirilmoqda.

Toshkent xalqaro investitsiya forumi davom etmoqda.
Nottingham Trent universiteti professorlari o‘qituvchilarimiz uchun seminar-treninglarni boshlashdi

Agentligimiz tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazi tomonidan ingliz tili o‘qituvchilari uchun xalqaro seminar-treninglar bo‘lib o‘tmoqda.

Aslida Nottingham Trent universiteti bilan hamkorligimizga ko‘p bo‘lmadi. 2021-yil noyabr oyida memorandum imzoladik va bugun loyihamiz ish boshladi.

Maʼlumki, yaxshi taʼlim har kimni o‘zgartirishi mumkin. Yaxshi o‘qituvchi esa hamma narsani o‘zgartirishi mumkin.

Shunday ekan biz taʼlim sifatini yaxshilash tarafdorimiz va shu maqsadda harakat qilyapmiz.

👉Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazining rasmiy sahifasi - https://t.iss.one/pmm_uz
🔰HAR KO‘NGILGA MEHR ULASHAYLIK

Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Toshkent shahridagi Prezident maktabi o‘qituvchi va o‘quvchilari tomonidan imkoniyati cheklangan bolalar uyida konsert dasturi tashkil etildi.

Konsert dasturida o‘quvchilar tomonidan kuylangan kuy-qo‘shiq va raqslar bolalarga shodlik ulashdi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube