Forwarded from O'zbekiston 24 ǀ Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Forum yakuniga bag'ishlangan madaniy tadbir shukuhi ushbu videorolikda o'z aksini topgan.
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#Prezident_maktablari
✅Prezident ta'lim muassasalari agentligi rahbari Hilola Umarova Qarshi shahridagi Prezident maktabida bo'ldi.
🔸Tashrif davomida maktab o'quvchilari o'rtasida o'tkazilgan "Biz zo'ravonlikka qarshimiz" deb nomlangan rasmlar ko'rik tanlovining g'oliblari e'lon qilinib, Agentlik rahbari ularni diplom va sovg'alar bilan taqdirladi:
-- Ta'lim taraqqiyot asosi, bilimli yoshlar esa mamlakatning ertasi demakdir. Men sizlar bilan faxrlanaman, men sizlarga ishonaman. Bilim olish, yurtimiz taraqqiyotiga hissa qo'shish yo'lida shijoatingiz aslo so'nmasin. Zafar yor bo'lsin!
🔰Agentlik rahbari, shuningdek maktab jamoasi tomonidan tashkil etilgan "Oltin Fond" nomli jurnali taqdimotida ishtirok etib, mazkur tashabbusda faol qatnashgan o'quvchilarni alohida e'tirof etdi.

#Biz_bir_jamoamiz
#Ijod_maktablari
✅"Zamin" xalqaro jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabiga tashrif buyurdi. Bu yerda fondning “Zamin Creative” loyihasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
🔸Loyiha doirasida ijod maktabida mediasavodxonlik, dizayn, teatr san'ati yo'nalishlarida ijodiy studiyalar tashkil etilgan.
“Zamin Creative” loyihasi har bir inson o‘zaro muloqot qilish, ijodiy ko‘nikma va yangi kasblarni egallashi mumkin bo‘lgan inklyuziv muhit yaratishni maqsad qilgan.
📍 “Zamin Creative” studiyalari istiqbolda Toshkent, Namangan, Farg‘ona, Andijon, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ham ochilishi rejalashtirilgan.

3⃣-dekabr xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan Agentligimiz tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabi va Qarshi shahridagi 17-son maxsus (nogironligi bor) maktab o'quvchilari birgalikda "Dunyo" deb nomlangan dramatik lavha tayyorladilar.
Ushbu lavhani e'tiboringizga havola etamiz.

Forwarded from Digital Generation Uzbekistan
"Raqamli Avlod" jamoasi "Zamin Education" loyihasi doirasida Qarshi shahridagi 17-son maxsus maktab o'quvchilari uchun IT darslar tashkil etdi. Unda qatnashchilar egallagan bilimlari asosida aqlli shahar tamoyili bo'yicha o'z maktablari maketini ishlab chiqdilar. Shuningdek, turli dasturlardan foydalangan holda maxsus o'yinlar yaratdilar.
Shuningdek, jamoamiz a'zolari Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida ham bo'ldilar. U yerda yangi tashkil etilgan media va raqamli marketing darslari o'quvchilar tomonidan iliq kutib olindi. Endilikda ular mustaqil professional kameralardan foydalana oladilar, o'zlari videolarni montaj qiladilar hamda turli media loyihalar ishlab chiqa oladilar. Rassomchilikda qobiliyatli o'quvchilar maxsus planshetlarda illustratsiyalar chizishni juda tez o'rganib oldilar.
Shunday qilib, bu kabi loyihalarimiz respublikamiz bo'ylab davom etadi. Siz qaysi hududdansiz, bizning loyihalarimizni balki kelasi safar sizning viloyatingizga tashkil etarmiz!
________
Digital Generation Uzbekistan