Hilola Umarova
25.8K subscribers
1.67K photos
321 videos
1 file
480 links
👩‍💼Umarova Xilola Uktamovna
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari
Download Telegram
#Saylov_2021

24-oktabr - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi munosabati bilan yurtimizga kelgan xorijiy kuzatuvchilar, jumladan:

🔸MDH davlatlarining ijtimoiy-siyosiy jarayonlari bo‘yicha Rossiyalik ekspert Aleksey Vlasov;
🔸 Yevropa Ittifoqi qoshidagi Avstriya xalqaro siyosat komissiyasi prezidenti Martina Fasslabend;
🔸Malayziya komissiyasining bola huquqlari komissari Noor Aziah Mohd Awal;
🔸O‘zbekiston-BAA parlamentlararo do'stlik qo‘mitasi hamraisi Nidal Muhammed bin Shirbak al Basti boshchiligidagi delegatsiya;
🔸Malayziyaning "TV ALHIJRAH" telekanali muxbiri Adi Akmal bin Sehrom;
🔸"Mangold Colsulting GmbX" kompaniyasi rahbari Klaus Mangold va xorijiy OAV vakillari tashrif doirasida Agentligimiz tizimidagi maktablarda bo‘lishdi.

✔️Mehmonlarni maktab hayoti hamda o'quvchilar tomonidan yaratilgan loyihalar bilan tanishtirdik. Ular O‘zbekistondagi ta'lim tizimidagi o'zgarishlar va yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlarni alohida e'tirof etishdi.

⚡️Xorijiy mehmonlarning tashrifi davom etmoqda.
⚡️⚡️⚡️Шавкат Мирзиёев Ўзбекистон Республикаси Президенти сайловида 80,1 фоиз овоз билан ғалаба қозонди.

https://t.iss.one/Rasmiy_xabarlar_Official
#InsonQadriUchun #InsonXavfsizligiUchun #InsonErkinligiUchun #Mirziyoyev

🇺🇿Bizning Prezidentimiz - Shavkat Miromonovich Mirziyoyev!

Batafsil 🌐

https://t.iss.one/Rasmiy_xabarlar_Official 💠

Muhammad Al-Xorazmiy axborot texnologiyalari maktabi matbuot xizmati.

Telegram |Facebook |Instagram |Web
PREZIDENT MAKTABLARI OCHILISHDA DAVOM ETMOQDA...

🔴 Bugun Andijon shahridagi Prezident maktabi o‘zining ilk o‘quvchilarini qabul qildi. Ushbu kun nafaqat o‘quvchilarimiz, balki ularning ota-onalari uchun ham esda qolarli kun bo'ldi deyish mumkin.

Abdurauf Fitrat aytganidek “Hayot yo‘lida birinchi masala - maktab masalasidir”. Shunday ekan, Prezidentimiz tashabbuslari bilan o‘quvchi-yoshlar uchun zamonaviy ta’lim standartlariga mos shunday maktablarning ochilayotgani katta voqeadir.

🔰Ushbu maktabga bu yil 9000 dan ziyod o‘quvchi hujjat topshirib, ulardan eng qobiliyatli va bilimli 144 nafari o‘quvchi qabul qilindi.
O'quvchilarga ta'lim berish uchun yurtimiz va xorijning eng yaxshi pedagoglarini jalb etdik.

Tadbirda Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov va jamoat faollari ham ishtirok etib, viloyatning iqtidorli yoshlariga o'z ezgu tilaklarini bildirishdi.

Barcha sharoit va qulayliklarga ega maskanda ta’lim olish baxti nasib etgan o‘quvchilarni tabriklaymiz va o‘qishlarida omad tilaymiz!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ахборот 24 | Андижон вилоятидаги Президент мактаби фойдаланишга топширилди
#27oct #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Фарзандим_Президент_мактаби_ўқувчиси

PREZIDENT MAKTABINING EGIZAK O‘QUVCHILARI

Hasanboy va Husanboy Sa'dullayevlar Xiva shahridagi Prezident maktabi 5-sinf o‘quvchilari. Bog'ot tumani Nurafshon shaharchasida istiqomat qiluvchi hunarmand Jur’at Egamberdiyev va o‘qituvchi Dilbar Rajabboyeva egizak farzandlarining ushbu maktabga tayyorgarlik yillari va hayajonlari haqida so'zlashdi.

🔸- Xorazmda ilk marotaba Prezident maktabi ochilganda farzandlarimning ham shu maktabda o‘qishini niyat qilgan edim. Tengdoshlari ko‘chada o‘ynayotgan bir paytda bolalarim dars qilib o‘tirishardi,-deydi Dilbar opa.

🔹- Egizak farzandimizning bir vaqtda o‘qishga kira olganidan xursandchiligim cheksiz,-deya ta’kidlaydi Jur’at aka.
————
Khasanboy and Khusanboy Sadullayev are 5th graders at the Presidential School in Khiva. Craftsman Jurat Egamberdiyev and teacher Dilbar Rajabbaeva, who live in Nurafshan town of Bagat district, spoke about the years of preparation and excitement of their twin children for this school.
#Prezident_maktablari

🔴Bugun Farg‘onadamiz...

Farg'ona shahridagi Prezident maktabi ham o‘zining ilk o‘quvchilarini qabul qilib, ish faoliyatini boshladi.

Farg‘ona viloyat hokimi, jamoatchilikning ilg‘or vakillari ham qatnashgan ushbu tadbirda iste'dodli yoshlarga omad va kelgusi o‘qish-ishlarida muvaffaqiyatlar tiladik.

Yoshlarimiz yaratilgan sharoitlardan foydalanib, chuqur bilimga ega bo‘lishlariga va kelajakda munosib kadrlar bo‘lib yetishishlariga ishonamiz.