Hilola Umarova
15.3K subscribers
1.46K photos
282 videos
444 links
👩‍💼Umarova Xilola Uktamovna
🇺🇿Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi tadqiqotchisi
Download Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev yangilangan Respublika bolalar kutubxonasini borib ko'rdi

Prezident sharoitlarni ko‘zdan kechirdi, kitob o‘qiyotgan va chet tillarini o‘rganayotgan bolalar bilan muloqotda bo‘ldi.

Davlatimiz rahbari kutubxonani maktablar bilan samarali bog‘lab, 180 ming kitob fondidan ularni bahramand qilish, bu yerga ko‘proq yoshlarni jalb etish zarurligini ta’kidladi.

 Kutubxonaga avtotransport ajratish, yangi kitoblar sotib olish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tabriknoma

Aziz hamyurtlar!

Barchangizni mamlakatimiz mustaqilligining 32 yillik bayrami bilan chin dildan tabriklayman.

Yuksak faxr bilan aytishim lozim-ki, Davlatimiz rahbari boshchiligida yurtimizda olib borilayotgan sohaga doir islohotlarni amaliyotga joriy etishda sizlarning o‘rningiz va ishtirokingiz juda katta. Yoshlarning ertangi porloq va baxtli hayotini ta’minlash, ularning bilimli, yurtimizga sodiq va fidoyi insonlar bo‘lib voyaga yetishida har biringiz munosib mehnat qilmoqdasiz.

O‘tgan yillar davomida mamlakatimizda yoshlarga ilm cho‘qqilarini egallashlari, o‘zlarining aql-zakovatlari, ijodiy imkoniyatlarini namoyon etishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratildi.

O‘quvchilarimiz esa o‘z navbatida jahonning yetakchi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirib, xalqaro olimpiadalarda yuqori o‘rinlarni egallab, yaratilayotgan imkoniyatlarga munosib javob qaytarishmoqda. Albatta, bu natijalarga islohotlar amali yo‘lida astoydil harakatlar sabab erishmoqdamiz.

Qadrli va fidoyi hamkasblar!

Sizlarni va siz orqali barcha oila a’zolaringizni eng ulug‘, eng aziz shodiyona — mustaqilligimizning 32 yilligi ayyomi bilan yana bir bor samimiy muborakbod etaman.

Sizlarga mustahkam sog‘lik, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik va fayzu baraka tilayman. Yurtimiz taraqqiyoti va farzandlarimiz kamoloti yo‘lida olib borayotgan ishlaringizda katta muvaffaqiyatlar yor bo‘lsin!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
Hurmatli ta’lim tizimi xodimlari!
Aziz o‘quvchilar!


Avvalo, barchangizni yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan chin dildan tabriklayman.

So‘zim avvalida shuni aytishni istardim: bilim barcha eshiklarning kaliti, muvaffaqiyatning asosidir. Bugungi kunda yurtimizda ta'limga juda katta e'tibor qaratilmoqda va bularning barchasi barkamol avlodni tarbiyalab, yetishtirishga qaratilgan.

Yangi o‘quv yilida bolajonlarimizni ko'plab yangiliklar, xususan boshlang‘ich sinflar uchun ishlab chiqilgan yangi darsliklar kutib turibdi. Bularning bari, umuman sohada qilinayotgan har bir islohot yurtimiz ertasi bo‘lgan farzandlarimizning iqboli uchun amalga oshirilmoqda.

Zamon shiddat bilan rivojlanib bormoqda va ulkan marralarni zabt etishda maktab ta'limining o‘rni beqiyos. Bunda biz fidoyi va o'z ishining ustasi bo‘lgan ustozlarimizga suyanamiz.

Ta'til kunlarida biz pedagog-kadrlar uchun o'quv-seminarlar tashkil etdik va kasbiy rivojlanish darslarida o’zaro sohadagi yangiliklarni bo'lishishlariga zamin hozirladik. Zero, malakali o'qituvchi sifatli ta'limning boshida turadi.

Qadrli ustozlar,
aziz o’quvchilar!


Yangi o‘quv yilida sizga omad va zafar yor bo‘lishini tilayman.

Fanlarni chuqur o'rganib, yurt koriga yaraydigan farzand bo'lib yetishishingizga tilakdoshman!

Barchangizga muvaffaqiyat yor bo‘lsin!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri
Dilyorbek va Dilshodbeklarni hamda ularning ustozlarini Xalqaro informatika olimpiadasida yurtimiz tarixidagi ilk medallarni qo‘lga kiritganliklari bilan chin dildan tabriklayman!

❗️O‘quvchilarimiz Xalqaro informatika olimpiadasida ilk bora sovrindor bo‘lganliklari barchamizni quvontirdi.

⚡️ Qolaversa, yangi o’quv yilida yana bir xushxabarimiz bor! Ushbu Xalqaro olimpiada 2026-yilda ilk bora O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi!
Bugun mamlakatimizdagi barcha o‘quvchilarning yuz-ko‘zida quvonch, dilida hayajon — maktablarda yangi o‘quv yili boshlanmoqda.

Alohida ta’kidlab o‘tish lozim, joriy o‘quv yilining dastlabki kuni barcha maktablarda o‘zgacha shukuh va katta xursandchiliklar bilan o‘tmoqda. Ilk bor “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlarida ishtirok etayotgan 1-sinf o‘quvchilarining ko‘zlaridagi hayrat va hayajon esa ota-onalar, bobo-buvilarning sevinchiga ulanib ketgan.

“Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlarida davlatimiz madhiyasi sadolari ostida jonajon Vatanimiz bayrog‘ining baland ko‘tarilishi ham, aminmanki, murg‘ak yuraklarda katta faxr va iftixor uyg‘otdi.

Joriy o‘quv yilidan boshlab boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining xalqaro talablarga mos yangi darsliklar asosida tahsil olishi barcha uchun katta xushxabar bo‘ldi. O‘ylaymanki, ushbu darslik va qo‘shimcha o‘quv qo‘llanmalari ota-onalar, o‘qituvchilarga ham juda manzur bo‘lmoqda.

Buni “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlarida so‘z olgan pedagoglarning Davlatimiz rahbariga bildirgan minnatdorlik so‘zlaridan ham anglash mumkin.

⚡️Yangi o‘quv yili — yangi qadamlar barchamizga muborak bo‘lsin!
So‘nggi yillarda olib borilayotgan ochiqlik siyosati natijasida yurtdoshlarimizning ijtimoiy faolligi ham ortib bormoqda. Shu bois maktabgacha va maktab ta’limi tizimiga doir ijtimoiy tarmoqlar va bevosita vazirlikka kelib tushayotgan murojaatlar bizni yanada faol ish olib borishimizga undaydi.

Tan olishimiz kerak, joylarda o‘z muammosiga najot topa olmagan fuqarolar bugun shuncha yo‘l bosib vazirlikka kelishga majbur bo‘lmoqda. Agar muammo o‘z vaqtida o‘rganilib, fuqaroga to‘g‘ri tushuntirish berilganida bunday holat kuzatilmas edi.

Buni joriy yilning o‘tgan davri mobaynida maktabgacha va maktab ta’limi tizimiga doir vazirlikka kelib tushgan 30 mingdan ortiq murojaatlardan bilish mumkin.

❗️Ushbu raqamlarni hududlar kesimida tahlil qilganimizda eng ko‘p murojaat Qashqadaryo viloyati 3 797 ta (12 foiz), Toshkent shahri 3 564 ta (11,5 foiz), Surxondaryo 3 154 ta (10 foiz), Toshkent 3 067 ta hamda Samarqand viloyatlari - 2 838 ta (9 foiz) ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Kuni kecha vazirlikda hudud rahbarlari va ta’limga mas’ul barcha xodimlar ishtirokida
Hay'at yig'ilishi o‘tkazdik va unda ushbu hududlarni shartli ravishda “qizil hudud” deb e’lon qildik.

Yuqoridagi statistikani inobatga olgan holda tizimda oktabr oyini murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha “Dolzarb oylik” etib belgiladik va barcha murojaatlarni tahlil qilgan holda qonuniy ko‘rib chiqish va keyinchalik ham ushbu ishlarni tizimli davom ettirish to‘g‘risida topshiriq berildi.

Bundan tashqari murojaatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha vazirlikda maxsus “shtab” tashkil etilib, uning tarkibiga barcha tarkibiy bo‘linmalaridan tajribali mutaxassislar jalb qilinishi to‘g‘risida ko‘rsatma berdim.

Yig‘ilishda murojaatlarni qonun talablari asosida ko‘rib chiqishni o‘z vaqtida nazorat qilmaganligi uchun ayrim hudud rahbarlariga tegishli choralar ko‘rishga ham majburmiz.

Shu o‘rinda maktabgacha va maktab ta’limi tizimiga qarashli murojaatlarni qabul qilish bo‘yicha barcha hududiy boshqarma boshliqlarining maxsus botlari tashkil etilganligini, shuningdek “Vazirga murojaat” portali yo‘lga qo‘yilganligini yana bir bor eslatib o‘tmoqchiman.

Har bir murojaat ortida kimningdir taqdiri yotadi va shu bois biz uchun ularni o’z vaqtida qonun doirasida hal etish juda muhim.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirish maqsadida davlat-xususiy sheriklik asosida tadbirkorlar bilan keng hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Prezidentimiz tashabbuslari bilan tadbirkorlarga nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil qilish maqsadida imtiyozli shartlarda kreditlar ajratilishi yo‘lga qo‘yildi.

Natijada 2018–2023-yillar davomida davlat-xususiy sheriklik asosida 1657 ta nodavlat bog‘chalar tashkil qilinishi orqali 144 mingdan ortiq bolalar o‘rni yaratildi.

Davlat va xususiy sheriklik asosida bog‘chalar tashkil etgan tadbirkorlar tomonidan so‘nggi kunlarda mazkur imtiyozli kredit davrini uzaytirish bo‘yicha juda ko‘plab murojaatlar kelib tushdi. Ushbu tadbirkorlarning muammolarini hal qilish va ularni yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida bugun Prezidentimiz tomonidan imzolangan “Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni yanada qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori (PQ–316-son, 27.09.2023-y.) o‘z vaqtida qabul qilingani ayni muddao bo‘ldi.

Ushbu Qaror bilan 2018–2022-yillarda davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etgan tadbirkorlarning ajratilgan imtiyozli kreditlar bo‘yicha imtiyozli davr muddati 2024-yilning 1-oktabriga qadar uzaytirildi.
Imtiyozli kreditlarning tabaqalashgan foiz stavkalari va muddatlari tadbirkorlar uchun qulay shartlar asosida qayta belgilandi. Bunda kredit muddatlari uzaytirilib, foiz stavkalari kamaytirildi.

Shuningdek, mazkur qaror bilan davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish uchun tijorat banklarining mablag‘lari hisobidan kreditlar ajratilganda, ular bo‘yicha foiz stavkasining tabaqalashtirilgan foiz stavkalaridan oshadigan (asosiy stavkaning 1,75 baravarigacha) qismi Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan kompensatsiya qilinishi belgilandi.

Mazkur Qarorning imzolanishi Davlatimiz rahbari tomonidan ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarini yanada qo‘llab-quvvatlash, bolajonlarimizni maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirishga qaratilgan yana bir muhim qadam bo‘lib xizmat qilishi shubhasiz.

Shu o‘rinda ta’lim sohasi rivojiga hissa qo‘shayotgan barcha tadbirkorlarimizga faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilab qolaman.
Bugun barchamiz uzoq kutgan "Pedagogning maqomi to‘g‘risida"gi qonun Oliy Majlis Senati tomonidan ma'qullandi.

Mazkur Qonun ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan tarbiyachi, o‘qituvchi va murabbiylarning haq-huquqlarini, jamiyatdagi obro‘-e’tiborini yuksaltirishga, ular orqali farzandlarimiz tahsil olayotgan ta’lim dargohlaridagi ta’lim sifatini yaxshilashga, sog‘lom muhit yaratishga xizmat qilishi shubhasiz.

Davlatimiz rahbarining pedagoglarimiz faoliyatini himoya qilishga qaratilgan bir qator Qaror va Farmonlari mavjud bo‘lib, ular orqali pedagoglarni moddiy qo‘llab-quvvatlash, ularning haq-huquqlarini himoya qilish uchun shart-sharoit va huquqiy asoslar yaratilgan. Shunga qaramay, pedagoglarimizning nufuzini oshirish uchun ushbu Qonun juda muhim edi.

Qonun eng avvalo bugungi kunda juda ko‘p muhokamalarga sabab bo‘ladigan masala, pedagog xodimlarga o‘z kasbiy faoliyati bilan shug‘ullanishiga g‘ayriqonuniy ravishda aralashuvlardan himoyalanish huquqi berilayotganligi bilan ham ahamiyatga molik. Mana shu birgina jihat, ya’ni pedagog o‘z kasbiy faoliyatini amalga oshirish chog‘ida o‘z sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini himoya qilishi, pedagogning nufuzini yangi bosqichga ko‘taradi, deb o‘ylayman.

Fursatdan foydalanib yaqinlashib kelayotgan qutlug‘ sana bilan tabriklayman!
Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Ўқитувчи ва мураббийлар куни муносабати билан таълим-тарбия тизимида алоҳида ўрнак кўрсатган ходимлардан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида"ги Фармони

Указ Президента Республики Узбекистан "О награждении группы особо отличившихся работников сферы образования и воспитания в связи с Днем учителей и наставников"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tabriknoma

Aziz ustoz va murabbiylar, qadrli hamkasblar!

Har bir kun o‘qituvchi sha’niga sharaf qo‘shayotgan, ta’lim sifati, maktab masalasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylangan Yangi O‘zbekistonda siz bilan bir safda faoliyat olib borayotganimdan behad baxtiyorman.

Ustoz maqomi yanada ulug‘lanib, o‘qituvchi qadr-qimmatini yuksaltirish qonun bilan mustahkamlanayotgan shukuhli damlarda sizlarni bayram bilan qutlash menga cheksiz quvonch va iftixor bag‘ishlaydi.

Muhtaram muallimlar!

Siz har kuni millionlab bolalarga nafaqat ta’lim-tarbiya berasiz, balki ularga o‘z farzandlaringizdan ziyoda mehr-muhabbat ulashib, mamlakatimiz ertangi egalarini kamolga yetkazasiz.

Sizning ko‘z o‘ngingizda kelajak qad rostlaydi, Siz ko‘rsatgan ma’rifat yo‘lingiz avlodlarni nurafshon manzillarga yetaklaydi. Ana shunday mashaqqatli va sharafli kasb egasi bo‘lganingizning o‘zi taqdirning Sizga eng buyuk tortig‘i, Yaratganning siylovi desam yanglishmagan bo‘laman.

Ishonamanki, fidoyilik bilan yurtimizda ta’lim sifatini yuqori darajaga olib chiqib, Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, farzandlarimizni Vatanimizning taqdiri va kelajagi uchun mas’uliyatni zimmasiga olishga qodir qilib tarbiyalash yo‘lida bor kuch-g‘ayratingizni ayamaysiz.

Bayram bilan barchangizni yana bir bor samimiy qutlar ekanman, buyuk shoirning “muallim desalar meni qaniydi!” degan yuksak orzusi haqidagi mashhur satrlar xayolimdan o‘tyapti. Siz ana shunday buyuklar chinakam havas qiladigan maqomdasiz!

Bejiz jadid bobolarimiz ziyolilarni, o‘qituvchi-muallimlarni millat oydinlari deb atamagan. Siz navqiron nasllar ongu qalbini yoritib, ma’rifat ulashar ekansiz, jismingizga tuganmas kuch-quvvat, qalbingizga adoqsiz quvonch, xonadoningizga fayzu baraka, faoliyatingizga ulkan muvaffaqiyatlar doimo hamroh bo‘lishini tilayman!

Ustoz maqomi hamisha bugunidek sarbaland, bayramimiz boqiy bo‘lsin!

Ehtirom bilan,
Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ijtimoiy tarmoqlarda samarqandlik tadbirkor o‘z o‘qituvchisiga 2 xonali uy sovg‘a qilgani haqidagi xabarni o‘qib, rosti juda xursand bo‘ldim.

⚡️ Ustozlarni e’zozlash an’anaga aylanayotgani rost bo‘lsin!

O‘z o‘rnida, biz ham saxovatli yurtdoshimizga minnatdorlik bildirishni niyat qildik.
12 yildan buyon yilning 11-oktabr sanasi dunyo miqyosida “Xalqaro qizlar kuni” sifatida keng nishonlanadi.

BMT Bosh Assambleyasining 2011-yil 19-dekabrdagi rezolyutsiyasiga asosan joriy etilgan o‘ziga xos ushbu bayramda turli xalqaro tashkilotlar dunyo hamjamiyati e’tiborini qizlarning hayot tarzi, ularning qiziqishlari, ta’lim olish sharoitlariga qaratadi. Qizlarning huquq va erkinliklarini ta’minlash bilan bog‘liq holatlar o‘rganiladi va tahlil etiladi.

Aytish lozimki, O‘zbekistonda ham qizlarning ta’lim olishi, qiziqishlarini ro‘yobga chiqarish borasida barcha qonunchilik asoslari va munosib sharoitlar yaratilgan.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumta’lim muassasalarida tahsil olayotgan 6,4 mln nafar o‘quvchilarning 3,1 mln nafarini qizlar tashkil etadi.

⚡️Eng e’tiborlisi, vazirlik tizimidagi “Barkamol avlod” bolalar maktablarida 200 mingga yaqin o‘quvchi-qizlar o‘zlarini qiziqtirgan yo‘nalishlarda bilim va kasb-hunar o‘rganib kelishmoqda. Ushbu o‘quv maskanlarida qizlar kashtachilik, to‘quvchilik, pazandalik kabi yo‘nalishlar qatorida, robototexnika, IT va boshqa ko‘plab zamonaviy kasb va bilimlarga doir bilimlarini oshirishmoqda.

Bu ta’lim markazlarida qizlarni kasbga o‘qitish, iqtidorli qizlarning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan.

Aziz o‘quvchi-qizlar!

Fursatdan foydalanib, barchangizni ushbu muhim sana — qizlar bayrami bilan samimiy tabriklayman. O‘zbekona odob-axloq, go‘zallik va nafosat doimo sizlarga hamroh bo‘lsin!
O‘qish va izlanishdan hech qachon to‘xtamang!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM