Hilola Umarova
15.3K subscribers
1.46K photos
285 videos
444 links
👩‍💼Umarova Xilola Uktamovna
🇺🇿Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi tadqiqotchisi
Download Telegram
O‘tayotgan hafta O‘zbekiston ta’lim sohasida ikkita yirik xalqaro tadbir bilan tarixda qoldi. 

Biri Samarqandda bo‘lib o‘tgan Turkiy davlatlar tashkiloti ta’lim vazirlarining uchrashuvi bo‘lsa, keyingisi Xivada kecha nihoyasiga yetgan Abu Rayhon Beruniy nomidagi birinchi xalqaro kimyo olimpiadasi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazilgan mazkur olimpiadada Germaniya, Turkiya, Ozarbayjon, Hindiston, Vyetnam, Jazoir, Braziliya, Belarus, Rossiya, Qozog‘iston, Ummon Sultonligi, Gruziya, Turkmaniston kabi davlatlaridan yuzdan ortiq o‘quvchilar o‘z bilimini sinovdan o‘tkazdi. Vatanimiz sharafini 16 nafar o‘quvchimiz munosib himoya qildi, deb faxr bilan aytishim mumkin.

Fursatdan foydalanib, olimpiadada g‘olib bo‘lgan, unda munosib ishtirok etgan va tashkil qilishga bosh-qosh bo‘lgan barchani g‘alaba bilan muborakbod etaman.

Xalqaro darajadagi nufuzli tadbirlarni tashkil etishda qatnashgan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi jamoasiga esa umumiy ishimizga qo‘shgan hissangiz uchun, hamkorlik va barcha sa’y-harakatlar uchun o‘zimning minnatdorligimni bildirib qolaman. Zero, katta kuch va mehnatsiz bu ishni uddalash qiyin bo‘lardi.
#Tabriknoma

Hurmatli yurtdoshlar, qadrli ta’lim sohasi fidoyilari!

Avvalo, barchangizni shukronalik, mehr-muruvvat, shodlik va xursandchilik ayyomi – muborak Qurbon hayiti bilan chin qalbimdan muborakbod etaman va sizlarga o‘zimning eng ezgu tilaklarimni bildiraman.

Barchamizga yaxshi ma’lumki, ushbu shukuhli kunlarda har bir vatandoshimiz oila a’zolari va yaqinlariga o‘zining eng ezgu tilaklarini bildirib o‘tadi. Qalbida ezgulik hissi mujassam har bir inson o‘zgalarga yaxshilik ulashishga oshiqadi.

Shu ma’noda Qurbon hayiti bugungi tinch va totuv kunlarimiz qadri, oilalarimiz totuvligi, dasturxonimiz to‘kinligi, turmushimiz farovonligini ko‘proq his qilishga undaydigan fayzli va barakotli ayyomdir.

Aziz vatandoshlar,

Barchangizni yana bir bor Qurbon Hayiti bayrami bilan chin qalbimdan qutlagan holda, sizlarga sihat-salomatlik, oilalaringizga tinchlik-xotirjamlik, baxt-saodat tilayman.

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
AZIZ YOSHLAR!

Sizlarni 30-iyun – Yoshlar kuni bilan chin dildan muborakbod etaman!

Siz – yurtimiz kelajagi, ishonchimizsiz!

Sizlar oʻz iqtidoringizni rivojlantirishingiz, sifatli taʼlim olishingiz uchun barcha imkoniyatlar eshigi ochiq.

Bunday imkoniyatlarni hech qachon qo‘ldan boy bermang. O‘qing, o‘rganing, izlaning, o‘z yutuqlaringiz bilan jamiyatimiz rivojiga hissa qo‘shing! Ilm olishdan, o‘z ustingizda ishlashdan hech qachon to‘xtamang!

Oldingizda turgan yuksak maqsadlaringizga erishishingizga tilakdoshman!

Yangi O‘zbekistonimizning  ravnaqi uchun xizmat qilish barchangizga nasib etsin.

Bayramingiz muborak, qadrli yoshlar!

Sizlarga cheksiz ishonch va hurmat bilan,
Hilola Umarova, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
Vatanimiz kelajagi bo‘lgan va uning ravnaqi uchun munosib hissa qo‘shuvchi yoshlarimizning xorijiy davlatlarda o‘tkazilayotgan turli musobaqa va tanlovlarda ishtirok etayotgani quvonarli holat, albatta. Davlatimiz tomonidan yaratib berilayotgan bu kabi imkoniyatlar natijasida farzandlarimiz dunyo mamlakatlarini ko‘rishga muyassar bo‘lishayotgani esa ularning yaqinlari qatori menga ham katta faxr va g‘urur bag‘ishlaydi.

19 kun davomida Xitoy poytaxti Pekin shahrida o‘tkaziladigan va dunyoning 25 mamlakatidan kelgan 200 ga yaqin terma jamoa a’zolari va trenerlari ishtirok etgan “Birinchi Xalqaro matematika yozgi oromgohi-2023”da qatnashgan yoshlarimiz bugunning o‘zida kunchiqar davlat — Yaponiyada bo‘lib o‘tadigan Xalqaro matematika olimpiadasida yurtimiz sharafini himoya qilish uchun yo‘l olishdi.

Yana bir guruh iqtidorli o‘quvchilardan iborat terma jamoamiz vakillari ayni damda Birlashgan Arab Amirliklarida biologiya fanidan o‘tkaziladigan Xalqaro olimpiada musobaqalarida O‘zbekiston nomini baland ko‘tarish uchun jo‘nab ketishgan.

Shuningdek, Xalqaro olimpiadalar mavsumi davomida o‘quvchilarimiz 35-Xalqaro informatika olimpiadasida ishtirok etish uchun joriy yilning avgust oyi oxirida Vengriyaga, Xalqaro kimyo olimpiadasida ishtirok etish uchun Shveysariyaga hamda Xalqaro fizika olimpiadasida qatnashish uchun Yaponiyaga yo‘l olishadi.

O‘quvchilarimizga ushbu nufuzli bilim "janglari"da xalqimiz ishonchini oqlab, shoda-shoda medallar bilan qaytishlarini tilab qolaman.

100 dan ortiq mamlakatdan kelgan mingga yaqin o‘quvchilar ishtirokida o‘tadigan ushbu bilimlar bellashuvlarida o‘quvchilarimiz, albatta, yuqori o‘rinlarni egallashlariga ishonaman.

Aziz bilimli yoshlar!

Buyuk bobokalonlarimiz — Beruniy, Xorazmiy, Farg‘oniy kabi daholarga munosib ravishda ilm cho‘qillarini egallashlaringizga tilakdoshman.
O‘quvchilarimizga Xalqaro g‘alaba muborak bo‘lsin!

Birlashgan Arab Amirliklarining Al-Ayn shahrida 80 mamlakatdan jami 310 nafar o‘quvchi ishtirok etgan 34-Xalqaro biologiya olimpiadasida 3 nafar o‘quvchimiz bronza medalini qo‘lga kiritdi. 

Shu munosabat bilan terma jamoamizni, shuningdek, g‘oliblarimiz - Toshkent shahridagi 274-maktabning 11-sinf o‘quvchisi Behruz Tursunov, Buxoro viloyatidagi 3-maktabning 10-sinf o‘quvchisi G‘olibjon Sharifov hamda Toshkent pediatriya tibbiyot instituti akademik litseyining 2-bosqich o‘quvchisi Muhammadibrohim Egamberdiyev hamda ularning ustozlari va ota-onalarini ushbu g‘alaba bilan samimiy muborakbod etaman.

Aziz o‘quvchilar, ilm olishdan, izlanishdan aslo to‘xtamang.

Xalqaro olimpiadalarda qatnashayotgan qolgan o‘quvchilarimizga ham omad va zafarlar yor bo‘lishini tilab qolaman!
Bugun respublikamiz bo‘ylab Prezident maktablariga kirish imtihoni jarayonlari boshlandi. Joriy o‘quv yilida Prezident maktablariga jami 56 745 nafar o‘quvchi hujjat topshirgan.
Aytish joizki, mamlakatimizda iqtidorli bolalarni taʼlim jarayonida ilg‘or texnologiyalarni qo‘llagan holda o‘qitish va rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilgan Prezident maktablarida farzandlarimizni o‘qish istagi yildan-yilga ortib borayotgani quvonarli hol. Sababi, boshlang‘ich sinfdan taʼlim cho‘qqilarini zabt etish yo‘lida tashlangan bu qadam yuqori sinfgacha bolani ham, ota-onani ham tark etmaydi. 

Ayni damda Prezident maktablariga kirish imtihonlarini yuqori saviyada tashkil etish uchun viloyat hokimliklari, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Tez tibbiy yordam, Xavfsiz shahar markazi hamda Bilim va malakalarni baholash agentligi bilan hamkorlikda tayyorgarlik ishlari yuqori saviyada amalga oshirilgan, deb ayta olaman.

Yuksak marralarni ko‘zlab, imtihonlarda qatnashayotgan barcha bolajonlarimizga omad va zafarlar yor bo‘lishini chin yurakdan tilab qolaman. Bugun ilm egallash yo‘lida qo‘yilgan qadamlaringiz umringiz davomida sizni tark etmasligiga ishonaman.
Forwarded from IChO 2023 Mentors (Dustin ICHO 2023)
Share the Closing Ceremony with everybody at home:

The live stream will be available at:
https://www.youtube.com/watch?v=SRWRXBn5G8I

The ceremony will start at 3:30 PM MEST, i.e. 1:30 PM UCT.

See you there!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun Shveytsariya davlatida bo‘lib o‘tgan nufuzli Xalqaro kimyo olimpiadasida o‘quvchilarimiz yuksak natijalarni - 2 ta oltin, 1 tadan kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.

90 ga yaqin davlatdan 350 nafarga yaqin o‘quvchi ishtirok etgan olimpiadada Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi Azizbek Nazarov hamda Uchtepa tumanidagi 81-maktabning 10-sinf o‘quvchisi Abdulloh Mahmudov oltin medal, Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi Shahzoda Hakimova kumush medal hamda Toshkent shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o‘quvchisi Sohibjon Dilmurodov bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Aytish joizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq oltin medal olgan o‘quvchi bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravari (165 mln so‘m), ustozi 450 baravari(148,5 mln so‘m) miqdorida, kumush medal uchun o‘quvchi 300 baravar (99 mln so‘m), ustozi 250 baravar (82,5 mln so‘m) hamda bronza medal uchun o‘quvchi bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari (66 mln so‘m), ustozi 150 baravar (49,5 mln so‘m) pul mukofotlari bilan taqdirlanadi. Bu esa Davlatimiz tomonidan ilmli yoshlarga berilayotgan eʼtiborning yuksak namunasi, deb bilaman.

Bundan tashqari, Xalqaro olimpiada g‘oliblari OTMlarga imtiyoz bilan grant asosida o‘qishga qabul qilinib, keyinchalik taʼlim muassasalarida o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritadigan bo‘lsa lavozim maoshiga har oy 150 foizlik ustama oladi.

Fursatdan foydalanib, o‘quvchilarimiz, ularning ustozlari hamda terma jamoamizning har bir aʼzosini ilm yo‘lidagi yana bir ulkan g‘alaba bilan muborakbod etaman. 

Aziz o‘quvchilar,
ilm olishdan, izlanishdan va Vatanimiz bayrog‘ini ilmingiz bilan balandlarga ko‘tarishdan aslo to‘xtamang.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Аnons
#Ikkinchi_ustozlar_forumi

📣📣Aziz ustozlar!

Sohangizda yangi marralarni egallashingiz uchun ajoyib imkoniyat!

Joriy yilning 8-9-avgust kunlari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan UNESCO tashkiloti bilan hamkorlikda "Ikkinchi ustozlar forumi" tashkil etilmoqda.

Ushbu forumdan ko‘zlangan maqsad:

✔️o‘qituvchilarning kasbiy mahoratlarini oshirish hamda
✔️ yangi o‘quv yilida ta’lim-tarbiya sifatini yanada yaxshilash yuzasidan muhim vazifalarni belgilab olishdan iborat.

❗️Bu hali hammasi emas! Tez orada forum sizning maktabingizga qadar yetib boradi:

📆 15-17- avgust kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va barcha viloyatlarda,

📍22-24- avgust kunlari tuman va shaharlarda,

🏢 28-29 - avgust kunlari esa umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tashkil etiladi.

⚡️ Ta’lim sohasining rivojiga birgalikda hissa qo‘shaylik!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Сурхондарё вилояти Сариосиё туманидаги 28- мактаб директори билан боғлиқ вазиятни шахсан ўз назоратимга олдим. Мактаб директори айни дамда маъмурий қамоқ жазосидан озод этилди.

Шу ўринда таълим соҳасида фаолият юритаётган ҳар бир шахс ўз муомала маданияти билан барчага ўрнак бўлиши лозимлигини эслатиб ўтмоқчиман.