Hilola Umarova
15.2K subscribers
1.45K photos
276 videos
441 links
👩‍💼Umarova Xilola Uktamovna
🇺🇿Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi tadqiqotchisi
Download Telegram
Davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan maktab taʼlimi tizimida yuqori natijalarga erishayotgan o‘qituvchilarni rag‘batlantirish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan yana bir xayrli tashabbus muvaffaqiyatli amalga oshdi. Aniqroq aytganda, yurtimizdagi 1697 nafar o‘qituvchi Vazir jamg‘armasidan to‘lanadigan ustama sohiblariga aylanishdi.

Ular joriy yilning aprel oyidan dekabr oyiga qadar (9 oy) mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdorida (5 mln so‘m) har oylik ustama olishadi.

O‘ylaymanki, boshlangan mazkur ezgu harakat nafaqat ustamaga ega bo‘lgan o‘qituvchilarning kelgusidagi faoliyatlariga, balki boshqa pedagoglarga ham katta motivatsiya berishi, ularning ham o‘z ustilarida ishlashlari orqali ijobiy natijalarga erishishlariga turtki bo‘ladi.

Vazir jamg‘armasidan ustama olishga munosib nomzodlarni tanlab olish jarayonlaridan barchangiz xabardorsiz. 5000 mingdan ortiq nomzodlari berilgan ustozlardan 2 bosqichda sinov jarayonlari o’tkazildi.

Dastlabki bosqichda Davlat test markazi tomonidan “Boshlangʼich taʼlim”, “Аniq va tabiiy fanlar”, “Xorijiy tillar”, “Ijtimoiy fanlar” va “Аmaliy fanlar” yoʼnalishlarida nomzodlarning dars beradigan umumtaʼlim fani boʼyicha bilim darajasini baholash uchun test sinovlari boʼlib oʼtdi. Ikkinchi bosqichda esa kasbiy mahoratni baholash uchun suhbat jarayonlari bo'lib o'tdi.

Quvonarlisi, ilk bosqichda 100 foizlik natijani qayd etgan ustozlarimiz kasbiy mahoratni baholash uchun o‘tkazilgan suhbat jarayonlarida ham yuqori ballarni qo‘lga kiritishdi. Demak, bu ustozlar faqat o‘zlarining fanlarini yuqori darajada bilibgina qolmay, ularni o‘z o‘quvchilariga yetkazib berishda ham yuksak kasbiy mahoratga egalar.

To‘g‘ri, tanlov jarayonlariga bir yo'la tizimdagi barcha malakali pedagoglarni qamrab olish imkonsiz. Ammo ahamiyatlisi shuki, o‘qituvchilar har yili Vazir jamg‘armasidan to‘lanadigan ustamaga nomzod bo‘la olishadi. Har yili Hududiy kengashlar tomonidan taqdim etilgan nomzodlar orasidan har oylik ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlarning saralash jarayonlari o‘tkaziladi.

Fursatdan foydalanib, ushbu ustamaga ega bo‘lgan barcha ustozlarimizni muborakbod etaman hamda ularning kelgusi faoliyatlarida yana-da yuksak zafarlar tilab qolaman. Va o‘quvchilarimizning kelgusida Vatanimiz ravnaqiga hissa qo‘shishga munosib insonlar bo‘lib kamolga yetishida yana-da ko‘proq hissa qo‘shishiga umid bildiramiz.

Tanlovda qatnashgan, ammo g‘olib bo‘la olmagan qolgan ustozlarimiz ham ko‘ngilni cho‘ktirmay, keyingi sinov jarayonlariga tayyorgarlik ko‘rishlarini so'rab qolaman.

O‘z kasbining munosib vakillari, fidoyi o‘qituvchilarning mehnati, albatta inobatga olinadi va rag‘batlantirib boriladi.
#Amir_Temur_tavalludining_687_yilligi

Bugun, 9-aprel - buyuk sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun.

Amir Temur jahon tarixida o’ziga xos o’ringa ega bo’lgan ulkan Temuriylar saltanatiga asoschisi hamda ilm-fan, madaniyat, me’morchilik rivoji homiysi sifatida dong taratgan.

Uning davrida Temuriylar davlatchiligi ko’plab mamlakatlar bilan diplomatik aloqalar o’rnatdi va gullab-yashnadi.

Buyuk Sohibqironning “Temur tuzuklari” asrlar mobaynida ijtimoiy-siyosiy hayotda foydalaniladigan yo’riqnoma sifatida qo’llanib kelinmoqda.
____
✔️ Respublikamiz bo’ylab maktablarimizda Amir Temur tavalludining 687 yilligiga bag’ishlab madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.

👇Bizni kuzatishda davom eting:
Telegram| Instagram| Facebook| Twitter
Namunali ota-ona bo‘la olyapmizmi?

So‘nggi kunlarda maktab o‘quvchilari bilan bog‘liq turli holatlarni kuzata turib, yurtimizdagi barcha ota-onalarga bir savol bilan murojaat qilishni istadim: bugun biz namunali ota-ona bo‘la olyapmizmi? Namunali ota-ona kim o‘zi?

Ijtimoiy tarmoqlarda farzandlarimiz tarbiyasi, aniqrog‘i tarbiyasizligi bilan bog‘liq ko‘plab videolar tarqalmoqda. Birida o‘g‘il bola o‘quvchi hech tap tortmay ustozi va qiz bola sinfdoshlari oldida kurakda turmaydigan mavzuda gapirishga haddi sig‘ayotgan bo‘lsa, boshqasida bir-bir bilan mushtlashayotgan o‘g‘il-qizlarga guvoh bo‘lish mumkin. Afsuski, bunday holatlar kam emas.

Kelajagimizni ta’minlashda har tomonlama yetuk avlodni tarbiyalash, mustaqil fikrlaydigan, ezgu fazilatlarga ega yoshlarni voyaga yetkazish bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biriga aylanib bormoqda.

Xo‘sh, bunda bugungi ota-onalarning o‘rni va xizmatlari qanday bo‘lyapti? Bugungi namunali ota-onalarning hayotiy mezonlari nimalardan iborat?

Qayd etish joizki Vazirlik tomonidan ishlab chiqilgan “Namunali ota-ona” mezonlarida bu haqida quyidagicha muhim ta’riflar keltirib o‘tilgan.

Unga ko‘ra, o‘z farzandining ta’lim-tarbiyasi bilan muntazam shug‘ullanadigan, uni tinglash uchun doim vaqt topa oladigan, farzandida o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqni oshirib, unga motivatsiya beradigan ota-onalar bu borada yetakchilik qiladi.

Farzandi ongida ma’naviy qadriyatlarni shakllantira oladigan, uni umuminsoniy va milliy qadriyatlar hamda jamiyatdagi qonun va qoidalarga hurmat ruhida tarbiyalaydigan, bu borada o‘zi shaxsiy namuna bo‘la oladigan ota-onalar ham ushbu mezonga to‘la mosdir.

Farzandining bo‘sh vaqtini kimlar bilan va qanday o‘tkazayotganini doimiy nazorat qilib boradigan, uni ta’lim oladigan maktab jamoasiga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalayotgan insonlar namunali ota-onalardir.

Sababi, yuqorida keltirib o‘tilgan o‘quvchilar ishtirokidagi salbiy holatlarning tag zamirida ota-onalarning o‘z farzandi tarbiyasi, kelajak taqdiriga befarqligi va uning bo‘sh vaqtini qanday o‘tkazayotgani bilan qiziqmasligi yotibdi.

Istardimki, ota-onalarimiz, mahalla-ko‘y va bobo-buvilarimiz bolalarimiz bilan ko‘proq suhbat olib borishsa, ularning hayot, odob-axloq, kelajak orzulari, qiziqishlari haqida bolaning o‘zi bilan muloqot olib borsa.

Farzand tarbiyasidagi muvaffaqiyat kaliti bu albatta unga bo‘lgan muhabbat, g‘amxo‘rlik va hurmatdir. Farzand har jihatda namunani ota-onasidan oladi. Namunali ota-ona bo‘lishning shartlari esa juda oddiy va shu bilan birga juda murakkabdir. Ammo uning mevasi shirin, bu – farzand kamoloti va baxtidir.

Shunday ekan, aziz ota-onalar! Zimmangizga yuksak va ma’suliyatli vazifa yuklatilgan, oilangizda o‘rnatilgan namunali tartib va ijobiy muhit nafaqat farzandingiz tarbiyasiga, balki sizning kelajagingizga bevosita ta’sir etishini unutmasligingizni so‘rab qolaman.


Suratda bugungi kunda ikki nafar farzandi Prezident maktabida tahsil olayotgan, ularning ta’lim-tarbiyasida barchaga namuna bo‘la oladigan ota-onalardan biri Abdulhay va Nargiza Jo‘raevlar oilasi.
#Tabriknoma

Hurmatli yurtdoshlar,
Aziz o‘qituvchilar, ta’lim sohasi fidoyilari!

 
Avvalo, barchangizni mehr-oqibat va ezgulik ayyomi – muborak Ramazon hayiti bilan chin qalbimdan tabriklayman hamda o‘zimning eng ezgu tilaklarimni bildiraman.

Barchamiz shu kunlarda Ramazon hayiti ayyomini katta xursandchilik bilan o‘tkazmoqdamiz. Cheksiz shukronalik bilan dildagi yaxshi niyatlarimizning amalga oshishini Yaratgandan so‘rab, yurtimiz ravnaqi va farzandlarimiz baxtu kamoli uchun bir-birimizga ezgu tilaklar bildiryapmiz.

O‘tgan Ramazon oyi bir-birimizga mehr va e’tibor ko‘rsatish, beg‘araz yordam berish, yaxshilik, sabru qanoat kabi ezgu fazilatlari bilan ham qadrlidir.
 
Qadrli ustozlar hamda jonkuyar hamkasblar!
 
Barchangizni yana bir bor Ramazon hayiti ayyomi bilan qutlagan holda, ona yurtimizga tinchlik, sizlarga sihat-salomatlik, baxt-saodat, xonadonlaringizga fayzu baraka va xotirjamlik tilab qolaman.
Bugun men ham farzandlarim bilan Vatanimiz kelajagi va faravonligi uchun o‘z munosabatimni bildirish maqsadida erta tongdan mamlakatimizning muhim siyosiy tadbirida qatnashdim.

Yangilanayotgan Bosh qomusimizning muhim ahamiyatlaridan biri, bu albatta, alohida moddalar bilan ustoz va o‘qituvchilarimizning sha’ni, qadr-qimmatining mustahkamlanib qo‘yilayotganligidir. Bu o‘zgarish sohadagi barcha fidoyi insonlar uchun juda muhim ekanligini shu tizim yetakchisi sifatida yurakdan his qilib turibman.

Referendum tadbirida qatnashayotgan ustozlar bilan uchrashuv jarayonida ushbu muhim va kelajagimiz uchun dolzarb siyosiy jarayonlar, uning o‘qituvchilar faoliyatidagi ahamiyati haqida ham suhbatlashdik.

Men ishonamanki, yangilanayotgan Konstitutsiya jamiyatimiz rivoji hamda odamlarimiz turmush darajasini yanada oshirishda katta o‘rin tutadi.
Agar bir o‘g‘il bolaga ta’lim bersang, bir kishiga ta’lim bergan bo‘lasan. Agar bir qizga ta’lim bersang, butun ummatga ta’lim bergan bo‘lasan, degan so‘zlarning zamirida hayotiy haqiqat borligini albatta, hammamiz yaxshi anglaymiz.

Bugun biz ta’limga bo‘lgan e’tiborning yana bir ijobiy natijasini guvohi bo‘lib turibmiz — Prezident maktabining o‘quvchi qizi 100 foiz grant asosida dunyoning eng mashhur universiteti Garvard talabasi bo‘ldi. Har qancha maqtansa arzigulik natija.

Namangan shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Go‘zalxon Haydarova barcha tengdoshlariga namuna bo‘lib, oldiga qo‘ygan maqsadlari sari intilish va harakatlari bilan endi Garvard universitetida muhandislik yo‘nalishida tahsil oladi.

Kun.uz muxbirining Go‘zal bilan bo‘lgan suhbati farzandi ta’limiga befarq bo‘lmagan hech bir insonni befarq qoldirmaydi.

Go‘zalxon singari yoshlarimizni ko‘rib, yana bir bor barcha ota-onalardan farzandlaringiz qiziqishlarini qo‘llab- quvvatlang, ularning ilm olishiga motivatsiya bering degim keldi. Zero buning mevasidan birinchi navbatda o‘zingiz va siz orqali butun jamiyat bahramand bo‘ladi.

Fursatdan foydalanib, Go‘zalxon va uning ota-onasini farzandlarining yuksak yutug‘i bilan muborakbod etaman.
57-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida ishtirok etgan 8 nafar o'quvchimizdan 7 nafari medallar bilan qaytmoqda. 21 ta davlatdan 113 nafar iqtidorli o'quvchi ishtirok etgan mazkur olimpiada g’oliblari orasida o’zbekistonlik o‘quvchilarimizning borligi har bir insonda faxr tuyg’usini uyg’otishi shubhasiz.

O‘quvchilarimiz Azizbek Nazarov, Abdullox Maxmudov, Sohibjon Dilmurodov,
Daler Rahimov,
Azizbek Karimov,
Azizbek Xafizov, Shaxzoda Xakimovalar
musobaqada 2 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qo’lga kiritishdi.

Xalqaro maydonlarda farzandlarimiz qo’lga kiritayotgan g’alabalar yurtimizda ilm-fanga berilayotgan e’tiborning natijasidir.

Fursatdan foydalanib, g'alaba bilan o'quvchilarimiz, ularning ustozlari hamda ota-onalarini samimiy muborakbod etaman va nufuzli olimpiadalardan ham yuksak yutuqlar bilan qaytishlarini tilab qolaman!
#9_may_Xotira_va_qadrlash_kuni

Xotira – aziz, qadr – muqaddas. Yurtimizda xotira va qadrlash kunini keng miqyosda nishonlashimiz zamirida ham aynan ana shu ezgu maqsad yotibdi.

O‘tganlarni, ularning xayrli ishlarini, jasoratini yodga olmoq, e’zozlamoq xalqimizga xos ezgu fazilatlardandir.

Shunday ekan, bugungi sana munosabati bilan barcha hamyurtlarimiz, hurmatli urush qatnashchilari va mehnat faxriylarimizga tinchlik-omonlik, sog’lik-salomatlik va xonadonlariga baraka tilayman.

Yurtimiz hamisha tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Maktabgacha taʼlim tizimida ilk bor "Xayr bog‘cha - salom  maktab” tadbiri bo’lib o’tadi

25-may kuni Maktabgacha taʼlim tizimida ilk bor "Xayr bog‘cha - salom  maktab” tadbiri tashkil etiladi.

Musiqiy tadbir shu kuni soat 11:00 da "Xalqlar do‘stligi" sanʼat saroyida bolajonlar va o‘zbek estradasi yulduzlari ishtirokida o’tkaziladi.

Tadbirda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari hamda ota-onalar ishtirok etadi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bir yil muqaddam mamlakatimiz taʼlim tizimida yangi yo‘nalish, gospital pedagogika yo‘nalishida faoliyat olib boradigan taʼlim maskani ish boshlagan edi. “Mehrli maktab” deb nom olgan mazkur  dargoh Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, “Zamin” Xalqaro jamoat fondi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi hamkorligi natijasida faoliyatini boshladi. Aytish joizki, ushbu loyiha boshlangan dastlabki kunlaridan to hozirgi kungacha “Учим знаем” gospital maktabi tomonidan nazariy va amaliy jihatdan qo‘llab kelinmoqda.

Bolalar gematologiya, onkologiya va klinik immunologiyasi markazida davolanayotgan farzandlarimizning taʼlim va tarbiya olishi uchun tashkil etilgan mazkur maktab bir yillik faoliyati davomida taʼlim tizimida muhim ahamiyat kasb etdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Gospital taʼlim yo‘nalishidagi ushbu muassasa nafaqat maktabgacha va maktab taʼlim, balki sog‘liqni saqlash sohasi uchun ham muhim qadam bo‘ldi. Zero, “Mehrli maktab” sababli bolalar va ota-onalarining ertangi kuniga bo‘lgan ishonchi uyg‘onmoqda.

Markaz shifokorlari bilan suhbatda bo‘lganimda, darslar tashkil etilganidan buyon bolalarning kayfiyatlarida kelajakka va davo topishga bo‘lgan ishonch ortganini qayd etishgan. Bugun maktabda faoliyat olib borayotgan psixologlar nafaqat bolalar, balki ularning ota-onalari bilan ishlash orqali oilalaridagi kayfiyatni ko‘tarish uchun ham bor imkoniyatlarini ishga solmoqda.

Oldinda qilinadigan ishlarimiz juda ko‘p. Loyiha doirasida hududlarda maktab filiallarini bosqichma-bosqich tashkil etish ko‘zda tutilgan.

“Mehrli maktab”ning qalbi mehrga to‘la barcha ustozlari va xodimlarini ushbu sana bilan muborakbod etib, ularning faoliyatida zafarlar tilab qolaman.