Hilola Umarova
16.5K subscribers
1.48K photos
287 videos
446 links
👩‍💼Umarova Xilola Uktamovna
🇺🇿Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi tadqiqotchisi
Download Telegram
#Bobur_tavalludining_540_yilligi
#Fotoreportaj

Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligiga bag'ishlab "Tarix qa'rida ikki yulduz" nomli bayram tadbiridan fotoreportaj.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Oʼzbekiston Qahramoni, taʼlim sohasi fidoyilaridan biri, jonkuyar pedagog, ustoz Muhabbat Sharopova bilan uchrashish baxtiga muyassar boʼldim.

Toʼgʼrisini aytganda, ustozning 74 yoshda professor ilmiy unvonini olganliklari haqida eshitib hayratimni yashirolmadim. Bu fidoyi insonning yuragi hozir ham yoshlardek shijoat va kuch-gʼayratga toʼla ekanligidan havasim yanada ortdi. Shunday fidoyi ustozlarimiz bugun taʼlimning ustunlaridir.

Suhbat davomida ustozning 1985-yil Qashqadaryo viloyatida matematikaga ixtisoslashgan yagona sinf ochish uchun qanday qiyinchiliklarga duch kelgani, 6 oylab maosh olmay mehnat qilganini tinglab, sohaga doir bugungi islohotlarning negizini anglash qiyin emas.

Ixtisoslashgan maktablarning respublikamizning har bir tumanida tashkil etilayotgani, Prezidentimiz va davlatimiz tomonidan maktab taʼlimi va tizimni har tomonlama rivojlantirishga eʼtibor qaratilayotganidan mamnun ekanligini aytganida biz toʼgʼri yoʼlda ekanligimizga yana bir bor amin boʼldim.

“Bugungi kun oʼqituvchilari uchun barcha sharoitlar bor. Biz eng kuchga toʼlgan vaqtimiz — yilning 3-sentabridan paxta terishga ketib, 9-dekabrda qaytar edik. Hozir oʼqituvchilar uchun yaratilgan sharoitlarni koʼrib, qaniydi 30-40 yoshimga qaytib qolsam”, — deydi Muhabbat Sharopova.

52 yildan beri oʼn minglab oʼquvchilarga taʼlim berib, ularning erishgan yutuqlari haqida quvonib gapirayotgan Muhabbat Sharopova qiyofasida haqiqiy ustoz siymosini koʼrdim. Va har bir ustoz oʼz ishini mana shunday sevishini, kasbi ortidan shunday gʼurur va iftixor bilan gapirishini istagan boʼlardim.

Ustoz bilan bugungi taʼlimdagi oʼzgarishlar haqida suhbatlashib, oldimizda turgan vazifalar borasida maslahat va tavsiyalarini oldim.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_loyiha

PREZIDENT MAKTABLARI TAJRIBASINI BO‘LISHAMIZ: MAKTAB MASLAHATCHISIDAN TAVSIYALAR

📣 Aziz o'quvchilar!

Siz xorijning yetakchi universitetlarida ta'lim olishni istaysizmi?

"Personal statement" ni qanday yozish haqida yetarlicha ma’lumotga ega emasmisiz?

❗️UNDA USHBU VIDEO AYNAN SIZ UCHUN!

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan xorijiy oliy ta’lim muassasalariga o‘qish istagida bolgan yoshlar uchun "Maktab maslahatchisidan tavsiyalar" rukni ostida maxsus video tayyorlandi.

⚡️Unda "Personal statement" va AQSH hamda Buyuk Britaniyadagi OTMlarga kirish uchun foydali saytlar haqida so‘z boradi.

📍Loyihamizning keyingi sonlarida tavsiya xatlari hamda "Motivation letter"ni yozish haqida ma’lumot berish ko‘zda tutilgan.
#Vazirga_murojaat

📣MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI VAZIRLIGIDA “VAZIRGA MUROJAAT” PORTALI ISHGA TUSHIRILDI!

❗️Hurmatli o‘qituvchilar, tarbiyachilar, ota-onalar!

Endi siz:
▶️ ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha takliflar,
▶️ korrupsiya holatlari yuzasidan asoslangan faktlar,
▶️ tashabbuslar, loyihalar, fikr va mulohazalaringizni
vazir.uzedu.uz murojaatlar portaliga yo‘llashingiz mumkin.

⚡️Mazkur taklif, tashabbus va mulohazalar shaxsan o‘zimning nazoratimda bo‘lib, vazirlik mutaxassislari tomonidan o‘rganiladi. Ular asosida muammolar hal etilib, yangi loyihalar joriy etiladi.

TA’LIM VA TARBIYAGA BARCHAMIZ BIRDEK MAS'ULMIZ!
_____

📣В МИНИСТЕРСТВЕ ДОШКОЛЬНОГО И ШКОЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ ЗАПУЩЕН ПОРТАЛ «ОБРАЩЕНИЕ К МИНИСТРУ».

Уважаемые учителя, воспитатели, родители!

Теперь у вас есть возможность отправить предложения и обращения:

▶️по улучшению качества образования,
▶️о коррупционных правонарушениях,
▶️инициативы, проекты, мнения и комментарии в портал обращений vazir.uzedu.uz.

⚡️Данные предложения, инициативы и комментарии будут находиться под моим личным контролем и изучены специалистами министерства. Основываясь на ваших обращениях мы будем внедрять новые проекты в образование.

КАЖДЫЙ ИЗ НАС В ОТВЕТЕ ЗА ОБРАЗОВАНИЕ И ВОСПИТАНИЕ НАШИХ ДЕТЕЙ!
Bugun Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindorlari va ularning ota-onalari bilan uchrashib, yuksak e’tirof bilan chin qalbdan tabrikladik.

Bu yil ibratli amaliy ishlari va erishgan yutuqlari bilan yurtimiz yoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan qizlarimizning 28 nafari ushbu mukofot bilan taqdirlandi.

❗️Ulardan 10 nafari vazirligimiz tizimidagi ustoz, mutaxassis va o’quvchilar ekani bizni juda quvontirdi.

So‘nggi yillarda yurtimizda xotin-qizlar uchun ko‘plab imkoniyatlar yaratilmoqda. Ularning iste'dodi, iqtidori qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Chunki, bilimli yoshlarimiz, oqila qizlarimiz jamiyatimizning ertasi demakdir.

"Zulfiya" mukofoti sovrindorlarini yana bir bor muborakbod etaman. Har doim oldinga intiling va hech qachon to‘xtab qolmang. Bugungi mukofot kelajakdagi ulkan marralaringiz uchun dastlabki qadam bo‘lib xizmat qilsin!

Yuksak e'tirof muborak bo‘lsin!

👇Bizni kuzatishda davom eting:
Telegram| Instagram| Facebook| Twitter
Hurmatli ustozlar!
Munis opa-singillar!


Sizlarni - vazirlik va uning tizimidagi barcha idora va tashkilotlarda, ta’lim muassasalarida farzandlarimiz kamoli, yurtimiz ravnaqi va kelajagi uchun fidoyilik bilan mehnat qilayotgan barcha xotin-qizlarni “8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni” bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Prezidentimiz tomonidan ayollarga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor natijasida bugun jamiyatning turli sohalarida ayollarimizning faolligi yaqqol ko‘zga tashlanib bormoqda. Xususan ayni vaqtda umumta’lim muassasalaridagi 509 443 nafar pedagoglarning 352 085 nafari (69,1%), ixtisoslashtirilgan maktablardagi 6 611 nafar pedagoglarning 3 142 nafari (47,5%), maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi 151 746 nafar pedagoglarning 143 322 nafari (82.9%)ni xotin-qizlar tashkil etmoqda.
Kuni kecha e’lon qilingan “Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida”gi Prezident qarori asosida joriy yilda 8 nafar o‘quvchi-qiz hamda 1 nafar umumta’lim maktabining ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchisi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

Muhtarama opa-singillar!
Muhtaram Prezidentimiz poytaxtimizdagi Xalqaro kongress markazida “8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni”ga bag‘ishlab o‘tkazilgan tantanali tadbirda mamlakatimiz xotin-qizlari uchun munosib sharoit yaratib berish – davlatimizning doimo e’tiborida bo‘lishini ta’kidlab o‘tdilar.
Mazkur tantanali marosimdagi “Yangi O‘zbekistonni barpo etishda, Uchinchi Renessans bunyodkori bo‘lgan yosh avlodni tarbiyalashda sizlarga, sizlarning buyuk murabbiylik fazilatlaringizga tayanamiz” degan so‘zlari yurtimizdagi barcha xotin-qizlar, xususan ayol o‘qituvchilarga bo‘lgan cheksiz hurmat va e’tiborning yorqin namunasidir.

Qadrli ayollar!
Munis opa-singillar!

Fursatdan foydalanib, Siz azizlarni yana bir bor ayyom bilan chin qalbimdan qutlayman!
Barchangizga sihat-salomatlik, oilangizga tinchlik-xotirjamlik, baxt-saodat tilayman!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
O‘qituvchilar huquqini himoya qilish jamiyatning umumiy maqsadiga aylanib borishi zarur

Xabaringiz bor, kuni kecha Oliy Majlis Senati tomonidan “Pedagog xodimlarning xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida”gi Qonun ma’qullandi.

Unda o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb etganlik uchun jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan jazo nazarda tutilmoqda.
Ya’ni pedagog xodimni mehnatga ma’muriy tarzda qayta majburlaganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanishi belgilanmoqda.

Shuningdek, pedagog xodimlarni mehnatga ma’muriy tarzda majburlaganlik uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin xuddi shunday qilmishni takroran sodir etganlik uchun jinoiy javobgarlikni nazarda tutuvchi norma Jinoyat kodeksiga kiritilmoqda.

Ushbu qonun hujjati Davlatimiz rahbari tomonidan imzolangandan so‘ng o‘qituvchilarning majburiy mehnatga jalb etish bilan bog‘liq necha yillik muammo yechimining qonuniy asosi yaratiladi.

O‘ylaymanki, o‘qituvchiga hurmat ko‘rsatish, uning mehnatini qadrlash yurtimizdagi har bir insonning ham hayotiy, ham insoniy burchlaridan biridir. Shu ma’noda o‘qituvchi kasbining yuksalishi va ijtimoiy himoyasi yaxshilanishidan barchamiz birdek manfaatdormiz.

Bu ezgu yo‘lda biz doimo harakatdamiz.

👇Bizni kuzatishda davom eting:
Telegram| Instagram| Facebook| Twitter
So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlar orqali keng muhokama qilinayotgan maktab o‘qituvchisi va o‘quvchi o‘rtasidagi ziddiyatli vaziyat hamda uning oqibatlari shu soha rahbari sifatida meni chuqur o‘yga soldi.

Xavotirim shuki, biz bugun farzandlarimizning nafaqat bilim olishi, balki tarbiyasini ham butunlay maktabga yuklab qo‘yganmiz. Baʼzi ota-onalarning o‘z farzandlari tarbiyasi va xulqi yuksalishidagi o‘rni kundan kun kamayib borayotgandek.

Taniqli jadid olimi Abdulla Avloniy “Tarbiya biz uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir” degan chaqirig‘i bilan bizni tarbiya masalalariga katta eʼtibor berishimiz zarurligidan o‘sha davrdayoq ogoh etgan.

Bugungi zamonaviy dunyoda o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi munosabatlar erkin olib borilishi ularning o‘zaro majburiyat va masʼuliyatlaridan ozod qilmasligi zarur. O‘qituvchi bilim berish asnosida o‘z shogirdlariga do‘st, o‘quvchilar ham ustoziga katta hurmat bilan munosabatda bo‘lishlari lozim. Buyuk mutafakkir Imom G‘azzoliy “Bolaning qalbi har qanday naqshu tasvirdan xoli bir qimmatbaho gavhardir. U qanday naqsh solinsa, qabul qiladi, qayoqqa bukilsa, egiladi” deya ushbu nozik jarayonning ahamiyatini ochib bergan.

O‘qituvchilarimiz ham unutmasliklari kerakki, ular o‘zi taʼlim berayotgan o‘quvchilarning dunyoqarashi va shaxsiyati shakllanishidagi eng katta taʼsir ko‘rsatuvchi insonlardir. Ustozning har bir so‘zi, har bir harakati shogirdning xotirasida muhrlanadi va uning kelajak yo‘lini yoritishda xizmat qiladi.

Davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan o‘qituvchilarning jamiyatdagi nufuzini oshirish borasidagi katta tashabbuslar ortida ham o‘qituvchiga bo‘lgan katta eʼzoz mujassamdir. Ayni vaqtda loyihasi tayyorlanayotgan “Pedagog xodimning maqomi to‘g‘risida”gi qonunda ham o‘qituvchi huquqini himoya qilish, ularning ijtimoiy himoyasini yana-da oshirish kabi muhim hayotiy zaruratlar belgilanmoqda.

Maqsad katta va ezgu. Ustozlarimiz ham davlatimizning ushbu eʼtiborini yurakdan his qilgan holda, o‘quvchilarga nafaqat bilim berish, balki ularning yuksak tarbiyali va go‘zal xulqli insonlar bo‘lib yetishishlarida g‘amxo‘rlik qilishlari maqsadga muvofiqdir. Bunda shaxsiy namuna eng taʼsirchan choralardan biridir.

Hurmatli ota-onalarimiz ham farzandlarining maʼnaviy yetuk bo‘lib kamol topishlarida o‘z burchlarini unutmasliklarini, ko‘z qorachig‘imizdek asrab kelayotgan bolalarimiz kelajagi uchun o‘qituvchilar bilan doimiy hamkorlik qilib borishlarini istaymiz.

Zero, bolaga bugun berilgan bir hikmat yoki tarbiya ertaga kelajak binosiga ming g‘isht bo‘lib qo‘yiladi.
⚡️Toshkent, Xiva, Andijon va Jizzax shaharlaridagi Prezident maktablarida SAT imtihonlari bo‘lib o‘tdi

Avvallari SAT (Scholastic Assessment Test) imtihonini topshirish uchun yoshlar qo‘shni davlatlarga borishga majbur bo‘lishardi. Bu esa o‘z navbatida bir qator qiyinchiliklar va ortiqcha xarajatlarga sabab bo‘lardi.

Endilikda esa mazkur imtihonlarni o‘tkazuvchi markaz sifatida faoliyat olib borish uchun barcha Prezident maktablari bosqichma-bosqich akkreditatsiyadan o‘tishmoqda.

❗️Ushbu imtihonlarning yurtimizda o‘tkazilishi:

▶️ til o‘rganish,
▶️xorijiy grant dasturlarida ishtirok etish,
▶️xorijlik ilg‘or tengdoshlari bilan bir safda bo‘lishni istagan iqtidorli yoshlarimiz uchun yana bir qulay imkoniyat deyish mumkin.

👇Bizni kuzatishda davom eting:
Telegram| Instagram| Facebook| Twitter
Maktabgacha va maktab ta’limiga oid soha yetakchisi sifatida ish boshlagan ilk kunimdan ta’lim fidoyilari — o‘qituvchilar va pedagog xodimlarning bugungi muammolari va tizimni yanada rivojlantirishga doir takliflari bilan qiziqdim. Va yuz minglab auditoriyaga ega bu ulkan jamoa bilan muloqot davrasini tashkil etish uchun “Vazirga murojaat” portalini ishlab chiqishni boshladik.

Maqsadimiz ezgu — mavjud muammolarni faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlarning o‘zlaridan kelib tushgan murojaat va takliflar orqali o‘rganib, keyingi faoliyat istiqbollarini belgilash.

Joriy yilning mart oyining ilk kunlarida ishga tushgan ushbu portalga (ilk 10 kunlik davomida) hozirga qadar 1200 dan ortiq murojaatlarni qabul qildik. Quvonarlisi, ushbu platformaga soha xodimlaridan tashqari yurtimizdagi har bir fuqaro — ota-onalar, keng jamoatchilik vakillari ta’limni rivojlantirishga doir o‘z takliflarini yuborishmoqda. Va bu murojaatlarning har biri chuqur tahlil qilinib, manzilli o‘rganilmoqda.

Dastlabki tahlillarimizni sizlar bilan bo‘lishsam:

Ayni vaqtda murojaatlarning soni bo‘yicha Toshkent shahri, Qashqadaryo hamda Toshkent viloyati yetakchilik qilmoqda. Murojaatlarning:

21 foizdan ortig‘i ta’lim tizimi bo‘yicha takliflar;
12 foizi ish haqi, ustamalar;
7 foizi malaka toifasi uchun attestatsiya hamda sertifikatsiyalash;
9 foizi maktablarning moddiy-texnik bazasi, infratuzilmasini yaxshilash bilan bog‘liq masalalardir.

Eng achinarli jihati, murojaatlarda hududlardagi rahbar kadrlar faoliyatiga doir norozilik, maktablardagi nosog‘lom muhit bilan bog‘liq masalalar ham talaygina.

Bilamizki, sohadagi eng ko‘p tanqidlar ta’lim muassasalaridagi nosog‘lom muhit bilan bog‘liq, shu bois vazirlikning birinchi galdagi vazifasi va maqsadi tizimidagi barcha ta’lim muassasalarida sog‘lom va xavfsiz muhitni shakllantirishdan iboratdir.

Xalqaro tajribalar shuni ko‘rsatmoqdaki, bola xavfsiz va sog‘lom muhitdagina sifatli ta’lim ololadi. Bu muhitni yaratish esa zamonaviy rahbar va malakali o‘qituvchilar qo‘lida. Shunday ekan, yangi vazirlik tizimidagi ta’lim tashkilotlariga zamonga moslasha oladigan, sohada innovatsiyalar qilishga qodir zamonaviy kadrlarni tayinlash bo‘yicha ish olib borilmoqda.

Shu o‘rinda maktablar infratuzilmasiga oid ko‘pgina so‘rovlarga ham javob berib o‘tsam. 2023-yilda yurtimizda:

57 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti;
24 ta maktab;
6 ta ixtisoslashtirilgan maktab binolari yangidan quriladi.

111 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti;
206 ta umumta’lim maktablari
3 ta ixtisoslashtirilgan maktablar rekonstruksiya qilinadi.

2 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti;
9 ta maktabning bino va inshootlari mukammal ta’mirlanadi.

Bu faqat aniq rejalarimiz. Ammo yil davomida bog‘chalardagi tarbiyalanuvchi va maktablardagi o‘quvchi o‘rinlarini yanada ko‘paytirish bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish ustida ishlar davom etmoqda.

“Vazirga murojaat” portaliga kelib tushayotgan taklif va murojaatlar bizni quvontirmoqda. Buning uchun ustozlarimiz, ota-onalarimiz va faol jamoatchilik vakillariga ta’lim sifatini yanada oshirishga doir kuyunchaklik bilan bildirayotgan takliflari uchun minnatdorlik bildiramiz va ularni albatta inobatga olishimizni aytib o‘tishni istardim.

Shuningdek mazkur portalga kelib tushayotgan eng aktual savollarga vazirligimiz tomonidan javoblar tayyorlanib, videobayonot tarzida berib borilishi yo‘lga qo‘yilganini ham aytib o‘tmoqchi edim.

Portalga murojaatlar qabuli davom etadi, ushbu manzil orqali o‘z takliflaringizni yuborishingiz mumkin.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Vazirga_murojaat
#Video_bayonot_2

⚡️ VIDEOBAYONOT: ENG KO‘P KELIB TUSHAYOTGAN SAVOLLARGA JAVOBLAR

Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova tashabbusi bilan tashkil etilgan "VAZIRGA MUROJAAT" portaliga savol, taklif hamda murojaatlar yo'llanmoqda.

🔰 Sizga qulaylik yaratish maqsadida portalga kelib tushgan, mazmunan bir xil bo‘lgan savollarga umumlashtirilgan holda videobayonot orqali javob berib boramiz.

❗️Bugungi videobayonotimizda, jumladan quyidagi savollarga javob olishingiz mumkin:

▶️ Oliy ta’lim muassasalarining “Maktab menejmenti” bitiruvchilari maktabda qanday lavozimlarda ishlashlari va qaysi fandan dars berishlari mumkin?
▶️ Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ingliz tilidan dars berayotgan hamda IELTS darajasiga ega xodimlarga ham ustama belgilanganmi?
▶️ 2023-yilning 31-dekabriga qadar 7 yoshga to'lmagan bolalar yangi o'quv yilida 1-sinfga qabul qilinadimi?

Bayonotlarimiz davom etadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Tabriknoma

Aziz yurtdoshlar!

Ming yillar davomida maʼnaviy hayotimizning koʻrki, ziynati boʻlib kelayotgan,  barchamiz sogʻinib kutgan Navroʻzi olamning qadami qutlug' kelsin..

Qalbimizga cheksiz quvonch va zavq bagʻishlaydigan mana shu xosiyatli bayramimiz  bilan Sizni chin dildan muborakbod etaman!

Hayotingiz bahor tongidek tiniq va farovon boʻlsin!

Sharqona Yangi yilimiz — Navroʻzi olam barchamizga xayrli va barakali kelsin!

Hurmat bilan,
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Эълон
#Seminar_trening

📣 RESPUBLIKADAGI BARCHA MATEMATIKA VA INGLIZ TILI O‘QITUVCHILARINING MAHORATI OSHIRILADI!

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda vazirlik tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan “O‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni loyiha ishlari orqali shakllantirish” mavzusida seminar-treninglar tashkil etilmoqda!

❗️Mazkur treninglar 3 bosqichli bo‘lib, 1-bosqich onlayn tarzda tashkil etildi va unda 28 nafar pedagog ishtirok etdi.

Seminarlarning 2-bosqichida 2800 nafar hamda 3-bosqichida 35 422 nafar o'qituvchilarning zamonaviy pedagogik tajribalarini yanada oshirish rejalashtirilgan.

Mazkur treninglardan ko‘zlangan maqsad:

🔹ilgor tajribalar bilan bolishish,
🔹zamonaviy metodikalar bilan tanishtirish,
🔹ta'lim sohasidagi yangiliklar bilan bolishish,
🔹oquvchilarda kreativ va tanqidiy fikrlash konikmalarini rivojlantirishni o‘rgatishdan iborat.

📍Mazkur treninglar Respublikamizning 14 ta hududidagi Prezident maktablarida bo‘lib o‘tadi.

👇Bizni kuzatishda davom eting:
Telegram| Instagram| Facebook| Twitter