"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot
119K subscribers
16.5K photos
2.73K videos
14 files
6.83K links
"HUDUDIY ELЕKTR TARMOQLARI" AJ
Toshkent sh, Osiyo kо‘chasi, 8
Ishonch telefoni: 71 207 23 76
E-mail: [email protected]
Murojaat uchun
@HET_admin
Call center: 1154
Facebook: facebook.com/hududiyelektrtarmoqlari
instagram.com/hududiyelektrtarmoqlari
Sayt: het.uz
Download Telegram
Energetiklar tunu kun xalq xizmatida

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ ishchi-xodimlari tomonidan noqulay ob-havo sharoitiga qaramasdan Toshkent shahri iste’molchilarini barqaror elektr ta’minoti bilan ta’minlash maqsadida Yakkasaroy tumanida yuqori kuchlanishli yer osti elektr tarmog‘i tortish uchun texnik tadbirlar bajarilmoqda.

Ayni kunlarda "Hududiy elektr tarmoqlari" AJning mas’ul brigadalari 24 soatlik ish rejimiga o‘tkazilib, tunu-kun montaj ishlari olib borilmoqda.

Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter | het.uz
#LIVE                               22:50

Energetiklar tunu kun xalq xizmatida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Toshkent shahridagi iste'molchilarni energiya resurslari bilan barqaror ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi  Qaroriga muvofiq 220/110/35/10/6 kVli "Yuksak" podstansiyasi va 110/35/10/6 kVli "Qo‘qon" podstansiyasi oralig‘idagi 110 kV yer osti kabel tarmog‘i tortilmoqda.

Ayni kunlarda "Hududiy elektr tarmoqlari" AJning mas’ul brigadalari 24 soatlik ish rejimiga o‘tkazilib, tunu-kun montaj ishlari olib borilmoqda.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter | het.uz
#LIVE                               23:30

Energetiklar tunu kun xalq xizmatida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Toshkent shahridagi iste'molchilarni energiya resurslari bilan barqaror ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi  Qaroriga muvofiq Yunusobod tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi 110/35/10 kVli "Yunusobod" podstansiyasidagi quvvati 63 000 kVA bo‘lgan transformatorning montaj ishlari olib borilmoqda.

"Hududiy elektr tarmoqlari " AJ tomonidan 24 soatlik ish jarayoni tashkil etilgan.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Matbuot xizmati


Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter | het.uz
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Toshkent shahar filiali tomonidan poytaxt tumanlarida elektr energiyasi ta'minotini yaxshilash hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko'rish maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Elektr energiyasini behuda sarflash javobgarlikka sabab bo‘ladi

Elektr va issiqlik energiyasini behuda sarflash, ya’ni elektr dvigatellaridan, elektr pechlari va boshqa elektr hamda issiqlik uskunalaridan muntazam ravishda, ishlab chiqarish zarurati bo‘lmagan holda to‘liq foydalanmaslik yoki ularni bekorga ishlatib qo‘yish, yoritish uchun elektr energiyasidan xo‘jasizlarcha foydalanish:

mansabdor shaxslarga BHM 5 baravaridan 15 baravarigacha (1 mln 650 ming so‘mdan 4 mln 950 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter | het.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Namangan viloyati Pop tumani Murishkor mahallasida istiqomat qilayotgan elekt energiyasi iste'molchilarning bir necha yillik muammosi hal etildi.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter | het.uz
О‘zbekistonga sovuq kunlar kirib keldi, 11-13 dekabr kunlari havo harorati kechalari −20 darajagacha pasayadi.

Xonadonlarni isitishda о‘zingiz va oila a’zolaringizni is gazi hamda yong‘in xavfidan himoya qilish uchun quyidagilarga rioya qiling:

nosoz, qо‘lbola isitish moslamalaridan foydalanmang, standart talablariga javob beradigan isitish moslamalaridan foydalanishda ularni ishlab chiqargan korxonaning yо‘riqnomasidan foydalaning;

isitish pechlari va ular dudburonlarining sozligi, quvurlarning har xil mahsulotlar bilan berkilib qolmaganligini kо‘zdan kechiring;

gaz plitalardan xonalarni isitish maqsadida foydalanmang;

xonani vaqti-vaqti bilan shamollatib turing;

isitish pechlarini haddan ziyod qizdirib yubormang;

gaz uskunalarni ulash tartib qoidalariga rioya qiling va ularga rezina shlangalar orqali ulanishga yо‘l qо‘ymang;

tashqi himoya qobiqlari shikastlangan elektr sim va kabellardan foydalanmang;

isitish moslamalari yaqinida yonuvchan buyumlarni saqlamang.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter | het.uz