"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot
79.1K subscribers
14.5K photos
2.41K videos
14 files
6.12K links
"HUDUDIY ELЕKTR TARMOQLARI" AJ
Toshkent sh, Osiyo kо‘chasi, 8
Ishonch telefoni: 71 207 23 76
E-mail: [email protected]
Murojaat uchun
@HET_admin
Call center: 1154
Facebook: facebook.com/hududiyelektrtarmoqlari
instagram.com/hududiyelektrtarmoqlari
Sayt: het.uz
Download Telegram
«SHOXIMARDON»DA ISTE’MOLCHILAR YANGI TARMOQQA ULANMOQDA

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali hamda uning tasarrufidagi barcha tuman elektr ta’minoti korxonalari tomonidan aholiga barqaror elektr energiyasini yetkazib berish maqsadida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Yashnobod tuman elektr taʼminoti ishchi–xodimlari tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko'rish maqsadida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, tumanning «Shoximardon» MFYning Muruvvat, Nodirabegim hamda Zamondosh ko`chalari hududidagi 0,4 kVli elektr uzatish havo tarmogʻi toʻliq mukammal taʼmirdan chiqarilib, 4 km dan ortiq yangi zamonaviy SIP kabel tarmogʻi tortib berildi.

Ayni vaqtda, HL-0,4 kV boʻlgan past kuchlanishli elektr uzatish havo tarmogʻidagi yangi zamonaviy SIP rusumidagi kabel tarmogʻiga aholini ulash (montaj) ishlari olib borilmoqda.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali Matbuot xizmati


Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter
Jizzax viloyatida iste’molchilarining elektr ta’minotini yanada yaxshilash maqsadida olib borilayotgan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari haqida “Sevimli” telekanalining “Zamon” informatsion dasturi orqali efirga uzatildi.
FARG‘ONADA ELEKTR ENERGIYASIDAN NOQONUNIY FOYDALANAYOTGAN MAYNING FERMASI ANIQLANDI

"Farg‘ona HETK" AJ hamda tegishli tashkilotlar vakillari hamkorligida ayni kunlarda hududlarda iste’molchilarning noqonuniy elektr energiyasidan foydalanishlarini oldini olishga qaratilgan reyd tadbirlari о‘tkazilmoqda.

Qо‘qon shahrida о‘tkazilgan navbatdagi tungi reyd tadbiri davomida shaharning "Achchiqkо‘l" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan parrandachilik sexida fuqaro M.N. elektr hisoblagichsiz, о‘zboshimchalik bilan mayning qurilmalari, sovutish va yoritkich moslamalari hamda boshqa elektr qurilmalarini tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri elektr tarmog‘iga ulagan holda, noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlangan hamda mazkur holat bо‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirilgan.

Batafsil

“Farg‘ona HETK” AJ Matbuot xizmati

Rasmiy kanallarimiz
👇👇👇

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter
Barcha hududlarda bо‘lgani kabi Toshkent viloyatida ham past kuchlanishli elektr tarmoqlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Angren hamda Ohangaron shaharlarida aholi xonadonlarini kuz-qish mavsumida sifatli va uzluksiz elektr energiyasi bilan ta'minlash maqsadida mavjud transformator punktlari va havo elektr uzatish tarmoqlarini mukammal va joriy ta'mirlash ishlari olib borildi.

Jarayonlar bilan “Mahalla” telekanalining “Reportyor” informatsion dasturi
lavhasi tanishtiradi.
Navoiy shahrini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi 110 kV boʻlgan LX-5 yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmog'ining i tayanchlarini bo'yoqlash ishlari olib borilmoqda.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Navoiy hududiy filiali matbuot xizmati

Rasmiy kanallarimiz
👇👇👇

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy filiali tomonidan chekka hududlarda elektr energiyasi ta'minotini yaxshilash maqsadida Davlat dasturlari asosida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Bu haqida “O‘zbekiston 24” telekanalining “Maxsus reportaj” tahliliy dasturining navbatdagi
sonida tanishish mumkin.
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Toshkent shahar filiali tomonidan poytaxt tumanlarida elektr energiyasi ta'minotini yaxshilash hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko'rish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Bu haqida “O‘zbekiston 24” telekanalining “Maxsus reportaj” tahliliy dasturining navbatdagi
sonida tanishish mumkin.
Бугун Президент Шавкат Мирзиёев ҳузурида гидроэнергетика соҳасида амалга оширилаётган лойиҳалар ва энергетика тизимини куз-қиш мавсумига тайёрлаш бўйича вазифалар ижроси юзасидан йиғилиш бўлиб ўтади.

Сегодня при Президенте Шавкате Мирзиёеве состоится совещание по проектам в сфере гидроэнергетики и задачам подготовки энергетической системы к осенне-зимнему сезону.

Facebook|Instagram|Twitter
Prezident Shavkat Mirziyoyev gidroenergetika sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar va energetika tizimini kuz-qish mavsumiga tayyorlash bо‘yicha vazifalar ijrosi yuzasidan yig‘ilish о‘tkazmoqda.

Kun tartibiga о‘tishdan oldin davlatimiz rahbari hozirgi kunda butun dunyoda katta tashvish va xavotir uyg‘otayotgan masalaga tо‘xtalib о‘tdi:

Men G‘azo sektori aholisiga baholi qudrat yordam kо‘rsatish uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharq agentligiga 1 million 500 ming dollar ajratish haqida qaror qabul qildim.

Biz Falastin xalqi bilan birdam ekanimizni qat’iy bildiramiz va uning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi va Xavfsizlik Kengashining ilgari qabul qilingan rezolyusiyalariga muvofiq о‘z mustaqil davlatini barpo etishga bо‘lgan huquqini qо‘llab-quvvatlaymiz", - dedi Prezidentimiz.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter
"Zо‘ravonlik yanada avj olaversa, bu xalqaro vaziyatning keng miqyosda izdan chiqishiga, qurolli tо‘qnashuvlarga yangi kuchlar tortilishiga olib keladi.

Bularning barchasi Yaqin Sharq mintaqasi bilan cheklanmay, uzoq о‘lkalarga ham tarqalib ketadigan, oqibatini bashorat qilib bо‘lmaydigan fojialarga olib kelishi mumkin.

Bu zaminda asrlar davomida musulmon, xristian va yahudiylar dо‘stlik va hamjihatlikda yonma-yon yashab kelyaptilar.

Men bugungi fursatdan foydalanib, barcha yurtdoshlarimizga, avvalo, yoshlarimizga murojaat qilib, ularni turli yolg‘on tashviqotlarga berilmaslikka, qonunga zid xatti-harakatlar sodir etmaslikka chaqiraman.

Bizning eng katta kuchimiz, bebaho boyligimiz bо‘lgan tinch va osoyishta hayotimizni, о‘zaro birlik va hamjihatligimizni barchamiz birgalikda asrashimiz zarur", - dedi davlatimiz rahbari va kun tartibidagi masalalar muhokamasiga о‘tdi.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter
Yig‘ilishda energetika tizimining kuz-qish mavsumiga tayyorligi kо‘rib chiqildi.

Sо‘nggi besh yilda tarmoq va transformatorlarni modernizatsiya qilishga 4 trillion sо‘mdan ziyod mablag‘ ajratilgani ta’kidlandi.

Lekin, ayrim viloyat hokimlari о‘zlari harakat qilib, mahallalarda transformator va tarmoqlarni yaxshilashga, kuz-qishni betalafot о‘tkazish uchun mablag‘lar, transformator, sim va boshqa ehtiyot qismlar zaxirasini shakllantirishga yetarli e’tibor qaratmayotgani kо‘rsatib о‘tildi.

Umuman, hududlardagi 33 mingta transformator, 122 ming kilometr elektr tarmoqlari eskirgan, oqibatda ishlab chiqarilgan elektrning 12 foizi yо‘qotilgan. 20 ta tumanda elektr yо‘qotishlari hajmi respublika kо‘rsatkichidan 1,5 barobar yuqori.

2026 yilga borib jami yо‘qotishlar hajmini 8 foizga tushirish shartligi ta’kidlandi.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter
Мамлакатимиздаги электр улгуржи истеъмолчиларининг 28 фоизи автоматлашган тизимга (АСКУЭ) уланмагани қайд этилди. Ёки, ақлли ҳисоблагичлар ўрнатилгани билан, 170 мингдан зиёд абонентларнинг автоматлашган тизим билан алоқаси йўқ.

Соҳа мутасаддиларига барча улгуржи истеъмолчиларни АСКУЭ тизимига улаш топширилди.

Жорий йилда ҳудудларда 3,5 миллиард киловатт-соат электрдан ноқонуний фойдаланиш ҳолатлари аниқлангани таъкидланди.

Мисол учун, Карманадаги қурилиши якунланмаган бинода 452 та “майнинг” қурилмаси ўрнатилгани оқибатида ўн ой давомида қарийб 5,5 миллион киловатт-соат электрдан ноқонуний фойдаланилган.

Кармана тумани ҳокими, прокурори, департамент бошлиғи, ички ишлар, электр тармоқлари раҳбарлари ўн ойда ҳудудда шунча электрдан ўғирликни пайқамагани, туманда ойлик истеъмол бирданига 5 фоизга ошганини таҳлил қилмагани танқид қилинди.

Ушбу раҳбарларнинг барчаси ишдан олиниши белгиланди, Бош прокуратурага уларнинг ҳаракатига баҳо бериб, қонун устуворлигини таъминлаш топширилди.

Мутасаддиларга ўғирликлар энг юқори бўлган ҳудудларда ноқонуний истеъмолга сабаб бўлаётган омилларни аниқлаб, уларни бартараф қилиш бўйича тизим яратиш вазифаси қўйилди.

Facebook|Instagram|Twitter