"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot
78.6K subscribers
14.6K photos
2.43K videos
14 files
6.17K links
"HUDUDIY ELЕKTR TARMOQLARI" AJ
Toshkent sh, Osiyo kо‘chasi, 8
Ishonch telefoni: 71 207 23 76
E-mail: [email protected]
Murojaat uchun
@HET_admin
Call center: 1154
Facebook: facebook.com/hududiyelektrtarmoqlari
instagram.com/hududiyelektrtarmoqlari
Sayt: het.uz
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali tomonidan viloyatda mavsumga tayyorgarlik ko’rish va energiya resurslarini tejash masalalariga e'tibor qaratilib, bu borada samarali ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Olib borilayotgan keng ko‘lamli say-harakatlar haqida viloyat teleradiokanalining “Xorazm 24” informatsion dasturida so‘z boradi.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
Kuz-qish mavsumida Toshkent shahri iste’molchilarini energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash maqsadida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

“О‘zbekiston 24” telekanalining “Maxsus reportaj” tahliliy dasturi ijodkorlari poytaxtning Chilonzor tumani misolida olib borilayotgan ishlar yuzasidan lavha tayyorlab efirga uzatishdi.
HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan yangi “HET BILLING” dasturiy kompleksi joriy etilishi doirasida mobil ilova ham ishga tushirilgan edi.

Mazkur ilova orqali iste’molchilar bevosita iste’mol qilingan elektr energiyasi hisobi, xususan, to‘lov ma’lumotlari, kunlik elektr energiya iste’moli va boshqa ma’lumotlarni onlayn tarzda kuzatib borish imkoniyatiga ega bo'ldilar.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan iste’molchilardan kelib tushgan takliflarni inobatga olgan holda ilovani yuklab olish, kirish, ro‘yxatdan o‘tish hamda foydalanish xususida yangi videoqo‘llanma tayyorlandi.

Iste’molchilar mazkur ilovani Android hamda IOS  operatsion tizimi qurilmalari orqali bepul yuklab olishlari mumkin. Mobil ilova dasturi avtomatlashtirilgan holda yangilab boriladi.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
Energetika vazirligida soha xodimlari uchun “Energetika sohasiga gender yondashuvini joriy etish” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi

Ushbu seminarda Energetika vazirligi va tizim tashkilotlari, shuningdek barcha aksiyadorlik jamiyatlarining gender siyosatini amalga oshirishga mas’ul bo‘lgan vakillari ishtirok etdilar.

Seminar Energetika vazirligining O‘zbekiston energetika sohasini isloh qilish dasturi doirasida, Osiyo taraqqiyot banki hamkorligida bo‘lib o‘tdi.

Ishtirokchilar gender tengligi, energetika siyosatiga gender istiqbolini joriy etish uchun qulay muhitni baholash va boshqa bir qator tushunchalar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.

Shuningdek, seminar davomida energetika tashkilotlarida gender yondashuvini joriy etish va gender sezgirligining global tendensiyalari mavzularida ham fikr almashildi.

Tadbir so‘ngida tomonlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi va boshqa ko‘plab masalalar haqida fikr almashishdi.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
NAVOIYDA "KАSB MАHORАTI" MUSOBАQАSINING YAKUNIY BOSQICHLARI О‘TKAZILMOQDA

Navbahor tuman elektr ta'minotidagi oʼquv mashgʼulot maydonida “Hududiy elektr tarmoqlari” АJ Boshqaruv raisi Ulug‘bek Mustafoyevning “HAR BIRINGIZNING HAYOTINGIZ MEN UCHUN QADRLI” shiori ostidagi “Kasb mahorati” musobaqasining yakuniy bosqichlari bo’lib o’tmoqda.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz