"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot
78.6K subscribers
14.6K photos
2.43K videos
14 files
6.17K links
"HUDUDIY ELЕKTR TARMOQLARI" AJ
Toshkent sh, Osiyo kо‘chasi, 8
Ishonch telefoni: 71 207 23 76
E-mail: [email protected]
Murojaat uchun
@HET_admin
Call center: 1154
Facebook: facebook.com/hududiyelektrtarmoqlari
instagram.com/hududiyelektrtarmoqlari
Sayt: het.uz
Download Telegram
Energetika vazirligida soha xodimlari uchun “Energetika sohasiga gender yondashuvini joriy etish” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi

Ushbu seminarda Energetika vazirligi va tizim tashkilotlari, shuningdek barcha aksiyadorlik jamiyatlarining gender siyosatini amalga oshirishga mas’ul bo‘lgan vakillari ishtirok etdilar.

Seminar Energetika vazirligining O‘zbekiston energetika sohasini isloh qilish dasturi doirasida, Osiyo taraqqiyot banki hamkorligida bo‘lib o‘tdi.

Ishtirokchilar gender tengligi, energetika siyosatiga gender istiqbolini joriy etish uchun qulay muhitni baholash va boshqa bir qator tushunchalar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.

Shuningdek, seminar davomida energetika tashkilotlarida gender yondashuvini joriy etish va gender sezgirligining global tendensiyalari mavzularida ham fikr almashildi.

Tadbir so‘ngida tomonlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi va boshqa ko‘plab masalalar haqida fikr almashishdi.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
NAVOIYDA "KАSB MАHORАTI" MUSOBАQАSINING YAKUNIY BOSQICHLARI О‘TKAZILMOQDA

Navbahor tuman elektr ta'minotidagi oʼquv mashgʼulot maydonida “Hududiy elektr tarmoqlari” АJ Boshqaruv raisi Ulug‘bek Mustafoyevning “HAR BIRINGIZNING HAYOTINGIZ MEN UCHUN QADRLI” shiori ostidagi “Kasb mahorati” musobaqasining yakuniy bosqichlari bo’lib o’tmoqda.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
“Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati ingliz tili bo‘yicha mukammal nazariy va amaliy ko‘nikmalarga ega shahslarni fuqarolik-huquqiy shartnoma (to‘lov) asosida tarjimonlik va hujjatlar tarjimasi xizmatlariga jalb qilish bo‘yicha tanlov eʼlon qiladi.

Nomzodga qo‘yiladigan talablar:


- xorijiy til bilish bo‘yicha IELTS sertifikati (o‘rtacha kamida 7 ball), tasdiqlovchi hujjat – sertifikat nusxasi;

- ingliz tilini, tajribasini tasdiqlovchi hujjat–oliy maʼlumotini tasdiqlovchi diplom va mehnat daftarchasidan nusxa;

Batafsil

Nomzodlar о‘zlari haqidagi ma’lumotlarni [email protected] pochta manziliga yuborishlarini sо‘raymiz.


Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"KASB MAHORATI" MUSOBAQASINING RESPUBLIKA BOSQICHI TAFSILOTI

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Navoiy hududiy filalining oʼquv mashgʼulot poligonida Jamiyat xodimlari o‘rtasida mehnatni muhofaza qilish, ish jarayonida xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish, shuningdek, baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida har yili tashkil etib kelinayotgan “Kasb mahorati” musobaqasining bu yilgi respublika bosqichigi o’tkazildi.

Jarayonlar bilan “O’zbekiston 24” telekaniling “Axborot” information dastrulari orqali tanishish mumkin.


Rasmiy kanallarimiz👇👇👇

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
ISTEMOLCHILAR YANGI TARMOQQA ULANMOQDA

“Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ tasarrufidagi Olmazor tuman elektr ta'minoti ishchi–xodimlari tomonidan 2024-2025-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko'rish ishlari davom etmoqda.

Jumladan, tumanning “Allon” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi aholi iste’molchilarining elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida, hududdagi TP-4199-sonli transformator punktidan ta'minlanuvchi 0,4 kVli elektr uzatish havo tarmogʻi toʻliq mukammal taʼmirdan chiqarilib, ushbu hududga uzunligi 3800 metr bo'lgan yangi zamonaviy SIP kabel tarmogʻi tortib berildi.

Ayni vaqtda, ushbu yangi tortilgan HL-0,4 kV boʻlgan past kuchlanishli elektr uzatish havo tarmogʻiga aholini ulash (montaj) ishlari olib borilmoqda.


“Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ Axborot xizmati


Rasmiy kanallarimiz👇👇👇

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz