"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Surxondaryo hududiy filiali matbuot xizmati.
1.9K subscribers
3.41K photos
555 videos
5 files
859 links
Telegram: @hetkpress

Call center: 1154
Download Telegram
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Surxondaryo hududiy filiali matbuot xizmati.
Rasmiy munosabat Ijtimoiy tarmoqda Sariosiyo tumani ko'p tarmoqli tibbiyot birlashmasida elektr energiya ta'minotida uzilish yuzaga kelganligi to'g'risidagi xabar yuzasidan "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Surxondaryo hududiy filiali matbuot xizmati quyidagilarni…
Xabar berganimizdek, Sariosiyo tuman elektr ta'minoti korxonasi xodimlari tomonidan yuzaga kelgan nosozlik soat 22:25 da bartaraf etildi.

Ayni vaqtda Sariosiyo tumani ko'p tarmoqli tibbiyot birlashmasi, "Afrosiyob", "Sharq yulduzi" mahallalari hududida elektr energiya ta'minoti tiklandi.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Surxondaryo hududiy filiali matbuot xizmati.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Denov tumanida ijtimoiy soha obyektlari, aholi xonadonlariga quyosh batareyalari o‘rnatilmoqda

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Surxondaryo hududiy filiali matbuot xizmati.
Xalqaro kongress markazida Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti boshlandi.

Muloqotning jonli translyatsiyasini “O‘zbekiston 24” telekanalida va Prezident matbuot xizmatining Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida hamda YouTubedagi kanalida tomosha qiling.

@hetkpress
Qat'iy intizom faoliyat samaradorligi kafolatidir

Bugun "HET" AJ Surxondaryo hududiy filiali majlislar zalida xodimlarning odob-axloq qoidalariga rioya etishlari, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni samarali tashkil etish, shuningdek, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko'rish choralari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Boshqaruv raisining  rejim va kadrlar bo‘yicha o‘rinbosari O.Alimardonov, Yuridik boshqarma boshlig‘i J.Namozov, Surxondaryo viloyat prokuraturasi bo‘lim prokurori I.Jumayev, Surxondaryo hududiy filiali direktori M.Shamsiddinov, shahar va tuman elektr ta’minoti korxonalarining boshliqlari hamda o’rinbosarlari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta’minlash, korxonada korrupsiyaviy omillarni yo‘qotish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish, mansabdor shaxslarning o‘z mansab vakolatlarini suiste’mol qilmaslik masalalari keng muhokama qilindi.

@hetkpress
Сурхондарёда Хитой компанияси 500 МВт лик шамол электр станцияси қуради

Урумчи шаҳридаги ташрифи давомида Сурхондарё вилояти делегацияси Хитой–Евроосиё ЭКСПО маҳсулотлар ва савдо кўргазмасида иштирок этди. Кўргазмада 40 дан ортиқ давлатларнинг 1 300 га яқин компания ва корхоналари ўз маҳсулотларини намойиш этмокда.

Хусусан, Сурхондарё вилояти учун ажратилган повильонда воҳада ишлаб чиқарилаётган маҳсулотлар кўргазмаси ҳамда вилоятнинг иқтисодий, инвестицивий ва туризм салоҳиятига бағишланган тақдимотлар ўтказилди. Форум доирасида делегация аъзолари кўргазмалар ва тақдимотлар билан танишиб, қатор келишувларга эришди ҳамда икки томонлама шартномалар, ҳужжатлар имзоланди.

Жумладан, Сурхондарё вилояти ҳокимлиги ва “China-Asia Bizness Development Co Ltd” компанияси ўртасида Бойсун туманида қуввати 500 МВт бўлган шамол электр станциясини қуриш бўйича меморандум ҳамда Термиз шаҳридаги “NR ENERGY” ва “XINGJIANG XIRALI INTERNATIONAL LOGISTICS Co Ltd” ўртасида кўмирдан синтетик газ олиш йўли билан соатига 100 МВт когенерация электр ишлаб чиқариш станцияси қуриш бўйича шартнома имзоланди.

Шунингдек, қуёш фотоэлектр станциялари ўрнатиш фаолияти билан шуғулланувчи “CHN ENERGY INTERNATIONAL DEVELOPMENT Co Ltd” компанияси Сурхондарё вилоятида қуёш фотоэлектр станциясини қуриш лойиҳасига қизиқиш билдирди ва томонлар ўзаро фикр алмашишди.

Сурхондарё вилояти ҳокимлиги Матбуот хизмати

Каналга уланиш:
t.iss.one/axborot_xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter