_Hududiy elektr tarmoqlari_ AJ
<unknown>
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Surxondaryo hududiy filiali tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlarini barqaror elektr energiyasi bilan ta'minlash, "Yashil energiyatika" ni joriy etish bo'yicha olib borilayotgan ishlar sarhisobi.
Bu haqda, "Surxondaryo" radiokanali “Ochiq mikrafon” eshittirishida batafsil so'z yuritildi.
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Surxondaryo hududiy filiali matbuot xizmati.

Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Ўзбекистон Республикаси Президентининг фармони билан Сардор Уктамович Умурзаков Ўзбекистон Республикаси Президентининг махсус топшириқлар бўйича маслаҳатчиси лавозимига тайинланди ва шу муносабат билан Ўзбекистон Республикаси Президенти Администрацияси раҳбари лавозимидан озод этилди.
—
Указом Президента Республики Узбекистан Умурзаков Сардор Уктамович назначен на должность советника Президента Республики Узбекистан по особым поручениям и в связи с этим освобожден от должности руководителя Администрации Президента Республики Узбекистан.
Facebook|Instagram|Twitter

Forwarded from MINENERGY.UZ
Tayinlov
Mamadaminov Umid Mahmudovich — Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirining qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari etib tayinlandi.
Umid Mamadaminov 1983-yili Samarqand viloyatida tugʻilgan. 2006-yili Toshkent davlat texnika universitetini, 2015-yili esa AQSHning Oregon texnologiya institutini magistratura yoʻnalishi boʻyicha tamomlagan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi sanoat elektronika muhandisi, qayta tiklanadigan energiya manbalari.
Umid Madaminov 8 yil mobaynida AQSHda istiqomat qilgan va u yerdagi “Stantec Consulting Services” kompaniyasida mutaxassisligi boʻyicha loyiha dizayneri vazifasida ishlagan.
Umid Mamadaminov mehnat faoliyati davomida sohada ilgʻor tajribaga ega boʻlgan davlatlarda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalangan holda elektr ishlab chiqarishga doir loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etgan.
Innovatsion texnologiyalarni joriy etish, qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarining energiya jihatdan samaradorligini oshirish, ularning ishlab chiqarilishini kengaytirish va mahalliylashtirish boʻyicha zamonaviy yondashuvga ega.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Forwarded from "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot
🔰 Қонунчиликка кўра, умумий фойдаланишдаги электр тармоғига тижорат мақсадларида ўзбошимчалик билан уланиш ёхуд электр энергиясини ҳисобга олиш асбобига, шу жумладан унинг пломбасига қасддан шикаст етказиш ёхуд ҳисобга олиш асбобининг кўрсаткичини ўзгартириш мақсадида унга ташқаридан аралашиш йўли билан талон-торож қилиш ўғрилик ҳисобланади.
▶️ Мазкур жиноят учун 5 йилгача озодликдан маҳрум қилиш жазоси қўлланилиши мумкин.
‼️Қонунни билмаслик жавобгарликдан озод қилмайди...
Rasmiy kanallarimiz👇👇👇
Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter

Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqda Sariosiyo tumani ko'p tarmoqli tibbiyot birlashmasida elektr energiya ta'minotida uzilish yuzaga kelganligi to'g'risidagi xabar yuzasidan "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Surxondaryo hududiy filiali matbuot xizmati quyidagilarni ma'lum qiladi.
Bugun, 17-avgust kuni Sariosiyo tumanidagi 35/10 kV li "TBN" podstansiyasidan chiquvchi 9-fiderning 10 kV li havo elektr uzatish tarmog'ida nosozlik yuzaga kelganligi tufayli tumandagi "Afrosiyob", "Sharq yulduzi" mahallalari hududida elektr ta'minotida uzilish yuzaga kelgan.
Ayni vaqtda Sariosiyo tuman elektr ta'minoti korxonasi xodimlari tomonidan ushbu nosozlikni bartaraf etish choralari ko'rilmoqda.

Rasmiy munosabat Ijtimoiy tarmoqda Sariosiyo tumani ko'p tarmoqli tibbiyot birlashmasida elektr energiya ta'minotida uzilish yuzaga kelganligi to'g'risidagi xabar yuzasidan "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Surxondaryo hududiy filiali matbuot xizmati quyidagilarni…
Xabar berganimizdek, Sariosiyo tuman elektr ta'minoti korxonasi xodimlari tomonidan yuzaga kelgan nosozlik soat 22:25 da bartaraf etildi.
Ayni vaqtda Sariosiyo tumani ko'p tarmoqli tibbiyot birlashmasi, "Afrosiyob", "Sharq yulduzi" mahallalari hududida elektr energiya ta'minoti tiklandi.
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Surxondaryo hududiy filiali matbuot xizmati.
Ayni vaqtda Sariosiyo tumani ko'p tarmoqli tibbiyot birlashmasi, "Afrosiyob", "Sharq yulduzi" mahallalari hududida elektr energiya ta'minoti tiklandi.
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Surxondaryo hududiy filiali matbuot xizmati.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Denov tumanida ijtimoiy soha obyektlari, aholi xonadonlariga quyosh batareyalari o‘rnatilmoqda
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Surxondaryo hududiy filiali matbuot xizmati.
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Surxondaryo hududiy filiali matbuot xizmati.
Xalqaro kongress markazida Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti boshlandi.
Muloqotning jonli translyatsiyasini “O‘zbekiston 24” telekanalida va Prezident matbuot xizmatining Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida hamda YouTubedagi kanalida tomosha qiling.
@hetkpress

Qat'iy intizom faoliyat samaradorligi kafolatidir
Bugun "HET" AJ Surxondaryo hududiy filiali majlislar zalida xodimlarning odob-axloq qoidalariga rioya etishlari, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni samarali tashkil etish, shuningdek, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko'rish choralari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Boshqaruv raisining rejim va kadrlar bo‘yicha o‘rinbosari O.Alimardonov, Yuridik boshqarma boshlig‘i J.Namozov, Surxondaryo viloyat prokuraturasi bo‘lim prokurori I.Jumayev, Surxondaryo hududiy filiali direktori M.Shamsiddinov, shahar va tuman elektr ta’minoti korxonalarining boshliqlari hamda o’rinbosarlari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta’minlash, korxonada korrupsiyaviy omillarni yo‘qotish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish, mansabdor shaxslarning o‘z mansab vakolatlarini suiste’mol qilmaslik masalalari keng muhokama qilindi.

Forwarded from Surxondaryo viloyati hokimligi
Сурхондарёда Хитой компанияси 500 МВт лик шамол электр станцияси қуради
Урумчи шаҳридаги ташрифи давомида Сурхондарё вилояти делегацияси Хитой–Евроосиё ЭКСПО маҳсулотлар ва савдо кўргазмасида иштирок этди. Кўргазмада 40 дан ортиқ давлатларнинг 1 300 га яқин компания ва корхоналари ўз маҳсулотларини намойиш этмокда.
Хусусан, Сурхондарё вилояти учун ажратилган повильонда воҳада ишлаб чиқарилаётган маҳсулотлар кўргазмаси ҳамда вилоятнинг иқтисодий, инвестицивий ва туризм салоҳиятига бағишланган тақдимотлар ўтказилди. Форум доирасида делегация аъзолари кўргазмалар ва тақдимотлар билан танишиб, қатор келишувларга эришди ҳамда икки томонлама шартномалар, ҳужжатлар имзоланди.
Жумладан, Сурхондарё вилояти ҳокимлиги ва “China-Asia Bizness Development Co Ltd” компанияси ўртасида Бойсун туманида қуввати 500 МВт бўлган шамол электр станциясини қуриш бўйича меморандум ҳамда Термиз шаҳридаги “NR ENERGY” ва “XINGJIANG XIRALI INTERNATIONAL LOGISTICS Co Ltd” ўртасида кўмирдан синтетик газ олиш йўли билан соатига 100 МВт когенерация электр ишлаб чиқариш станцияси қуриш бўйича шартнома имзоланди.
Шунингдек, қуёш фотоэлектр станциялари ўрнатиш фаолияти билан шуғулланувчи “CHN ENERGY INTERNATIONAL DEVELOPMENT Co Ltd” компанияси Сурхондарё вилоятида қуёш фотоэлектр станциясини қуриш лойиҳасига қизиқиш билдирди ва томонлар ўзаро фикр алмашишди.
Сурхондарё вилояти ҳокимлиги Матбуот хизмати
Каналга уланиш: t.iss.one/axborot_xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter