Agar siz:
—
—
—
—
—
—
— va bularning barchasi uchun sizga tizim kerak bo'lsa...
Demak siz eng to'g'ri joydasiz.
—
—
—
—
—
—
—
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5
CTF — bu "Capture The Flag" degan so‘zlarning qisqartmasi. O‘zbekchaga tarjima qilsak:
"Bayroqni qo‘lga kiriting" degani.
Lekin bu haqiqiy bayroq emas, raqamli (kompyuter ichidagi) bayroq, ya’ni kod, so‘z yoki maxfiy ma’lumot bo‘ladi.
Bu kiberxavfsizlik bo‘yicha o‘yin yoki musobaqa. Unda ishtirokchilar kompyuter yoki internetdagi zaifliklarni topib, yashiringan “bayroq”ni topishga harakat qilishadi.
1. Saytga kirasiz.
2. Uning ichida yashiringan muammoni yoki xatoni topasiz.
3. Shunda sizga "flag{bu_bayroq}" degan yozuv chiqadi.
4. Bu yozuvni topshirasiz — siz topshiriqni bajardingiz degani!
1. Web – sayt ichidan xatolarni topish.
2. Crypto – kodlangan matnni yechish.
3. Forensics – fayldan sirli ma’lumotlarni topish.
4. Reverse Engineering – dastur nima qiladi, tushunishga harakat qilish.
5. Pwn / Exploitation – dasturning zaif joyini buzish.
Yangi boshlovchilar uchun ham alohida easy (oson) darajadagi CTF lar bo‘ladi. Hamma o‘rganishi mumkin!
- Kiberxavfsizlikni chuqur o‘rganasiz.
- Dasturlashni va muammoni yechishni mashq qilasiz.
- Jamoa bilan ishlashni o‘rganasiz.
- Musobaqalarda qatnashib, sovrin yoki tanlovlarda yutish mumkin.
Qisqa qilib aytganda:
CTF — bu kompyuter ichidagi yashirin jumboqni topish o‘yini. Topganingiz sari kuchliroq bo‘lasiz!
HackNow.uz platformamizda ham shunday CTF lar ko‘plab joylashtirilgan. Saytga kirib, o‘zingizni sinab ko‘rishingiz va kiberxavfsizlik bo‘yicha ko‘nikmalaringizni yanada oshirishingiz mumkin!
Va bular hali hammasi emas — yangidan yangi qiziqarli CTF lar hali oldinda!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
HackNow
HackNow - Kiber xavfsizlik va dasturlash bo'yicha professional ta'lim platformasi
❤4👎1🔥1👏1🦄1
📝 Write-up nima?
Write-up — bu siz qanday qilib CTF topshirig‘ini yechganingizni birma-bir tushuntirib bergan tushuntiruv yoki blog yozuvi.
🤔 Nega write-up yozish kerak?
✅ 1. O‘zingiz uchun
– Bugun qanday qilib yechganingizni 2 oydan keyin eslay olmasligingiz mumkin.
– Write-up — bu sizning shaxsiy bloknotingiz: qayta ko‘rib chiqish, o‘rganish va ko'nikmangizni rivojlantirish uchun eng yaxshi vosita.
✅ 2. Boshqalar uchun
– Siz tushunib yechgan muammoni, boshqalar balki bir necha kun o‘ylab topolmayotgandir.
– Sizning yozganingiz – boshqalarga yo‘l.
✅ 3. Kompaniyalar uchun
– Portfolioda “CTFda qatnashdim” deyish mumkin.
– Lekin “mana yechganim, mana write-upim” deyish – bu daraja.
– Kompaniyalar haqiqiy muammolarni qanday hal qilganingizni ko‘rishni xohlaydi.
🧠 Qanday yoziladi?
1. Muammo haqida qisqacha ma’lumot
2. Qanday analiz qildingiz?
3. Nima qiyin bo‘ldi?
4. Qanday exploit yoki yechim ishladi?
5. Flag qayerda edi?
Oxirida: “Agar sizda boshqa usul bo‘lsa — komentga yozing!” deb ochiq qoldirishingiz mumkin.
Hech qanday mukammallik kerak emas. Soddaligi va tushunarliligi muhim.
🧑🎓 Kim yozishi kerak?
Hammamiz. Hatto agar siz write-upni yozayotgan paytda topshiriqni to‘liq tushunmagan bo‘lsangiz ham, yozish orqali tushunib yetasiz.
O'rgatish orqali o'rganish — ta’limning eng samarali usuli.
🚀 HackNow.uz da ham bunday yozilgan write-uplar ko‘payib boryapti!
📲 Tanishib chiqishingiz mumkin:
https://hacknow.uz/writeups/
Write-up yozish uchun shunchaki HackNow.uz da o'zingizning Studio'ingizga o'ting va yozishni boshlashingiz mumkin!
Agar siz CTF yechsangiz — biz sizning write-up'ingizni kutamiz.
Platformamizda boshqalar ham sizdan ilhom oladi.
Flag olgan zo‘r, lekin write-up yozgan – haqiqiy ustoz. 💡
📡 Platforma haqida batafsil ma'lumot va yangiliklardan xabardor bo'lish uchun kanalimizda qoling: @HackNow_uz

Bayroqni olish – bu yutuq. Uni qanday olganingizni o‘rtoqlashish – bu ta’sir.
📡 Platforma haqida batafsil ma'lumot va yangiliklardan xabardor bo'lish uchun kanalimizda qoling: @HackNow_uz
❤3
O'zbek tilida — Sport Dasturlash
Kompyuterga o'zingiz tuzgan algoritmingizni taqdim etgan holda mavjud real muammoni yechish. Boshqacharoq aytganda, muammoni hal qilib beradigan dastur yaratish.
Bu shunchaki "kod yozish" emas — bu strategiya, kreativlik va tezlikni birlashtirgan sport turi.
– Kichik contestlardan tortib Xalqaro Informatika Olimpadalarigacha Competitive Programming yo'nalishida bellashiladi.
– Olimpiadalarda g'olib bo'lish orqali esa mukofotlar yutishingiz mumkin.
– Olimpadalarda g'oliblik hattoki universitetlarga kirishda ham sizga katta yordam beradi!
– If, for, while emas, haqiqiy hayotdagi muammolarni hal qilishni o‘rganasiz.
– Juda ham kuchli algoritmik baza sizga istalgan dasturlash yo'nalishida sizga juda kerak bo'ladi
– Har bir yechilgan masala – siz uchun kichik g‘alaba.
– Har bir yechgan muammoingiz sizni kuchaytiradi, keyinchalik ulardan ham qiyinroq muammolarga yechim topa oladigan TOP dasturchi bo'lishingiz mumkin
Sizga C++ yoki Python kerak emas deb o‘ylayotgan bo‘lsangiz, balki CP siz uchun emasdir deb o‘ylayotgandirsiz… lekin:
– Bizdagi testlar bosqichma-bosqich, 0 dan o‘rgatadigan tarzda tuzilgan
– Har bir savoldan keyin siz o‘zingizni kuchliroq his qilasiz
– Eng oddiy “Hello World”dan tortib, eng murakkab grafik algoritmlarigacha
– Basic Input Outputlar
– Shartlovchi qismlar
– Sikllar
– Stringlar bilan ishlash
– Arraylar bilan ishlash
– Funksiyalar
– Sort algoritmlari
– Massivlar
– Rekursiya
Va undan ham ko‘proq!
Bugun bitta test topshirganingiz ertaga sizni kuchliroq qiladi.
Yutqazsangiz ham, o‘rgandingiz.
Yecholmasangiz ham, o‘yladingiz.
Shuning o‘zi sizni o‘zgartiradi.
Yangi boshlovchilar uchun maxsus tayyorlangan savollar, real olimpiada tajribasiga asoslangan sinovlar va doimiy ravishda yangilanib boradigan masalalar sizni kutmoqda.
https://hacknow.uz/exercises/cp/
CTF bayroq bo‘lsa, CP — dastur.
Flagni olgan – zo‘r, muammoni barcha raqiblardan tezroq hal qilgan – chempion.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
HackNow
HackNow - Kiber xavfsizlik va dasturlash bo'yicha professional ta'lim platformasi
❤1