Hacknow
275 subscribers
19 photos
31 links
O'zbekistondagi eng birinchi kiberxavfsizlik va sport dasturlash o'quv va trening platformasi!


Platforma: hacknow.uz
Download Telegram
Atigi 3 soatdan so‘ng WhyNot 0.3 CTF start oladi! 🚀

👉 Ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsangiz, hoziroq kirib o‘tib qo‘ying:
🔗 https://hacknow.uz/contest/ctf/whynot-03/

⚡️ Tayyor turing — kuchingizni sinash va leaderboard’da joy olish imkoniyati qo‘ldan chiqmasin! 🏆
🔥3
🚨 Diqqat, diqqat!

Har yakshanba o‘tkaziladigan WhyNot CTF musobaqalari davom etadi!

Bu safar esa, Samarqand Davlat Universiteti bilan hamkorlikda 🤝

WhyNot 0.4 — Solo CTF!
🗓 Sana: 28-sentabr 2025, yakshanba
Vaqt: 11:00 — 17:00
🎯 Format: Solo CTF
📌 Challengelar: 3 ta turli daraja

Ro‘yxatdan o‘tish tartibi:
1️⃣ HackNow.uz shaxsiy profilingizga kiring
2️⃣ Contest bo‘limidan WhyNot 0.4 ni tanlang
3️⃣ Ro‘yxatdan o‘ting va yakshanba kuni ishtirok eting!

⚠️ Eslatma: Contest boshlanishidan oldin ro‘yxatdan o‘tish majburiy.

🔗 Contest linki: https://hacknow.uz/contest/ctf/whynot-04/

🔥 Bu safar ham savol bitta: Why Not?
🔥61
🎉 WhyNot 0.5 — ertaga!
Bu safar musobaqa jamoaviy formatda o‘tkaziladi! 👥

💡 Aql, ijod va jamoaviy ruhni birlashtirgan holda g‘alabaga erishish vaqti keldi!
Jamoangizni to‘plang va ro‘yxatdan o‘ting! 🔥

📅 Sana: 19-oktabr, 2025
🕚 Boshlanish: 11:00
🏁 Tugash: 23:00
🎯 Format: Jamoaviy


📝 Ro‘yxatdan o‘tish: https://hacknow.uz/contest/ctf/whynot-05/
👍21
🔥 Kutib oling: JBNUU Capture The Flag (CTF) 2025!

Bu — axborot xavfsizligi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni sinovdan o‘tkazuvchi musobaqa bo‘lib, ishtirokchilar real kiberxavfsizlik muammolarini hal qilish orqali o‘z mahoratlarini namoyon etadilar. 💻

🔍 Musobaqa yo‘nalishlari:
- 🧩 Reverse Engineering
- 🌐 Web Exploitation
- 🔐 Cryptography
- 🕵️ Steganography
- 🧠 Forensics


🎯 Maqsad: yosh mutaxassislarning amaliy kiberxavfsizlik bilimlarini oshirish va JBNUUda InfoSec madaniyatini rivojlantirish.


Sana va joy:

📅 30-oktabr kuni, soat 06:00 dan 16:00 gacha
📍 Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti Jizzax filiali, 201–202-xonalar

🚀 Offline CTF da qatnashmoqchi bo‘lsangiz, quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting👇:

🔗 Link: https://hacknow.uz/contest/ctf/jbnuu-cyber-arena/
2
Hacknow
🔥 Kutib oling: JBNUU Capture The Flag (CTF) 2025! Bu — axborot xavfsizligi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni sinovdan o‘tkazuvchi musobaqa bo‘lib, ishtirokchilar real kiberxavfsizlik muammolarini hal qilish orqali o‘z mahoratlarini namoyon etadilar. 💻 🔍 Musobaqa…
🏁 JBNUU Capture The Flag (CTF) 2025 yakunlandi!

Musobaqa offline formatda, belgilangan joyda muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Natijalar quyidagicha:

🥇 1-o‘rin — Toshpo‘latov Olim
🥈 2-o‘rin — Tuychiyev Samariddin
🥉 3-o‘rin — Narzullayev Komiljon


🎉 G‘oliblarga sertifikatlar va pul mukofotlari topshirildi. Tabriklaymiz! 👏

🤝 JBNUU bilan hamkorlikdan mamnunmiz va kelgusi loyihalarda yanada keng ko‘lamli musobaqalarni rejalashtirmoqdamiz.

Agar siz ham offline yoki online CTF musobaqa tashkillashtirishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz — biz bilan bog‘lanishingiz mumkin: @Akhatkulov

💻 HackNow Team siz uchun eng yaxshi va barqaror contest muhitini yaratishga tayyor!
🤝51
🔥 Bugun tun — bahona qolmadi. HackNow.uz yangi bosqichga ko‘tariladi.

🌙 00:00

So‘zlarni cho‘zishga ehtiyoj yo‘q.
So‘nggi oylar davomida biz orqaga qaytmas yo‘lni tanladik: kodni sinovdan o‘tkazdik, buzildik — tuzatdik, yana buzildik — qayta yaratdik. Bu jarayon tashqaridan ko‘rinmadi, lekin har bir kechagi o‘rganish, har bir bugungi yangilik ertangi HackNow.uz’ni shakllantirdi.

00:00 da siz ana shu izchil mehnatning yakunini ko‘rasiz.

Bu shunchaki “yangilanish” emas.
Bu — foydalanuvchi tajribasini keskin o‘zgartiradigan, sizni harakatga chorlaydigan, maqsadga yo‘naltirilgan yangi avlod platformasi.

Biz ortiqcha bo‘lgan har bir elementni olib tashlab, faqat qiymat beradigan tizimni qoldirdik: yanada tezroq, yanada barqaror, yanada aniqroq.

Bugun hammada bir xil gap: “o‘rganaman”, “rivojlanaman”, “kuchayaman”.
Ammo bu yo‘lga qadam qo‘yadiganlar kam.

Endi tanlov sizda:

Siz yangi HackNow.uz bilan birga o‘sasizmi — yoki shu yerda to‘xtab qolasizmi?

🌙 00:00 da portal ochiladi.

Natijani o‘z ko‘zingiz bilan ko‘ring.
HackNow.uz endi kutmaydi — u faqat rivojlanishni istaganlarni qarshi oladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏711
Audio
Biz yana g'oya kelganda "WhyNot" deb javob berdik. 😀
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
52🔥1
🚩 WannaTry | 0.2 🚩
SEN KERAKSAN.

TATU universiteti × ⚔️ HackNow.uz × problemstack.uz
birgalikda yangi CTF maydonini ochmoqda.

Bu oddiy musobaqa emas.
Bu — sinov.
Bu — tanlov.
Bu — kim tayyorligini ko‘rsatadi.

🧠 Biliming bormi?
💻 Amaliyoting bormi?
⚔️ Bosim ostida ishlay olasanmi?

Unda oldinga chiq.

🏆 Mukofotlar (Top 3):
🥇1-o‘rin — 30$
🥈 2-o‘rin — 20$
🥉 3-o‘rin — 10$

🎯 Buyruq:
🔝 TOP 20 ishtirokchi
📍 TATU universitetida bo‘ladigan OFFLINE CTF musobaqasiga chaqiriladi.

Bu taklif — hammaga emas.
Faqat eng yaxshilar uchun.

📍 Format: CTF
📍 Hamkorlar: TATU | HackNow.uz | problemstack.uz
📍 Daraja: sinovdan o‘tganlargina yetib boradi

🔥 Tomoshabin bo‘lma.
🔥 Navbatda turma.
🔥 Oldinga chiq.

Wanna Try?
20-dekabr | 10:00 AM
https://hacknow.uz/contest/wannatry-02

#WannaTry #CTF #HackNow #ProblemStack #TATU #CyberArena #YouAreChosen
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7🔥6553👍3💯3🥰2🎉22🤔1
🚨 JBNUU CYBER ARENA 0.2 🚨
THE SYSTEM NEEDS YOU.

Cybersecurity — bu faqat nazariya emas.
Bu real muammolar, real bosim, real qarorlar.

📌 JBNUU Cyber Arena 0.2 — bu axborot xavfsizligi bo‘yicha onsite musobaqa bo‘lib, zamonaviy talabalar o‘z bilimini amaliyotda sinovdan o‘tkazadi.

🥶 Yo‘nalishlar:

- Reverse Engineering
- Web Exploitation
- Cryptography
- Steganography
- Forensics

😵 Maqsad:
Talabalar orasida amaliy InfoSec bilimlarini rivojlantirish va JBNUUda kuchli kiberxavfsizlik madaniyatini shakllantirish.

🗓 Sana: 19 December 2025
📍 Joy: JBNUU, 201–202 kompyuter xonalari
🌐 Format: Onsite

🏆 Mukofotlar:
Eng yuqori ball to‘plagan ishtirokchilar uchun maxsus sovrinlar.

❗️ Bu oddiy musobaqa emas.
Bu — sinov.
Bu — tanlov.
Bu — kim haqiqatan tayyor ekanini ko‘rsatadi.

👉 Join the Cyber Arena.
Prove your skills.
Control the future.


#JBNUU #CyberArena #InfoSec #CTF #CyberSecurity #Students #OnsiteCTF
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3311
Hacknow
🚩 WannaTry | 0.2 🚩 SEN KERAKSAN. TATU universiteti × ⚔️ HackNow.uz × problemstack.uz birgalikda yangi CTF maydonini ochmoqda. Bu oddiy musobaqa emas. Bu — sinov. Bu — tanlov. Bu — kim tayyorligini ko‘rsatadi. 🧠 Biliming bormi? 💻 Amaliyoting bormi? ⚔️ Bosim…
🏆 WannaTry | 0.2 CTF — Yakuniy Natijalar! 🏆

Uzoq kutilgan raqobat nihoyasiga yetdi va biz eng zo‘r iste'dodlarni aniqladik! Barcha ishtirokchilarga ulkan minnatdorchilik — sizning tajanguringiz va bilimingiz musobaqani yorqin va esda qolarli qildi.

💰 Pul mukofoti bilan taqdirlanadigan TOP-3 g‘oliblar:
🥇 1-o'rin — 👩‍💻 elite_hacker (3600 ball) — 30$
🥈 2-o'rin — 👩‍💻1337 (3350 ball) — 20$
🥉 3-o'rin — 👩‍💻 opium (3100 ball) — 10$

Tabriklaymiz, g‘alaba sizniki! Mukofotlar tez orada bog‘lanadi.

🥇 TATU offline musobaqasiga taklif etilgan TOP-20 g‘oliblar:
1. elite_hacker — 3600 ball
2. 1337 — 3350 ball
3. opium — 3100 ball
4. DiyorSodiqov — 2850 ball
5. Ninja — 2850 ball
6. akobir_2003 — 2850 ball
7. Abagnale — 2850 ball
8. Night_Wolf — 2850 ball
9. saydullo — 2750 ball
10. cyberabdu — 2650 ball
11. shoxrux — 2650 ball
12. fakhriddin_f7 — 2550 ball
13. arcanum — 2250 ball
14. hackerhoji — 1950 ball
15. ProfJeager — 1950 ball
16. Bl4ckV4p0r — 1850 ball
17. m4ster — 1850 ball
18. 0xK0M1L — 1850 ball
19. I4my0u — 1850 ball
20. z375u — 1850 ball

Bu 20 nafar ishtirokchi endi TATU universiteti hududida bo'lib o'tadigan yopiq (offline) musobaqasiga taklif qilinadi! Haqiqiy hackerlar uchun yangi bosqich va katta imkoniyat kutilmoqda.

📢 Offline bosqich haqida batafsil ma'lumot (sana, joy, shartlar) yaqin kunlarda e'lon qilinadi. Kuting!

Biz bilan birga bo'lganingiz uchun yana bir bor rahmat. Keyingi bellashuvda ko'rishguncha! 🔥

Diqqat, top3 ishtirokchi @Akhatkulov'ga, Top20 esa o'z ma'lumotlarini @ciprobex'ga yuborsin!

#WannaTry #CTF #Cybersecurity #Hacking #TATU #OfflineEvent #Hackers #Results #Top20 #Uzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3321
Live stream finished (40 minutes)
🚨 HackNow jamoasi kengaymoqda! 🚨

HackNow loyihasining CTF (Capture The Flag) bo‘limini rivojlantirish uchun mas’uliyatli va bilimli mutaxassislar qidirmoqdamiz.

🎯 Talablar:
CTF yo‘nalishlarini keng jabhada tushunish
(Web, Crypto, Reverse, Pwn, Forensics va h.k.)
CTF challenge’larni yarata olish va tayyorlash
Mas’uliyat hissi va jamoa bilan ishlay olish
O‘rganishga va rivojlanishga tayyorlik

🎁 Biz taklif qilamiz:
Do‘stona va motivatsiyali muhit
Real loyiha orqali o‘sish va tajriba
Kichik bo‘lsa-da moliyaviy rag‘bat
(loyiha kengayishi bilan oshib boradi)

💡 Agar sen CTF’ni shunchaki o‘ynamay, yaratishni xohlasang — bu joy aynan sen uchun.

📩 Bog'lanish uchun CTF Head @ciprobex.

HackNow — Learn. Defend. Control. 🛡
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🥰42❤‍🔥11🤗11
🚩 WannaTry | 0.2 — Task Writeuplari e’lon qilindi

Bilim — bu qurol.
WannaTry | 0.2 musobaqasida bo‘lib o‘tgan barcha tasklar uchun to‘liq writeuplar endi ochiq 🎯

📂 Yo‘nalishlar: Reverse · Web · Crypto · Misc · Forensics


📑 Writeuplar ro‘yxati:

1. Revcrypt
🔗 https://hacknow.uz/writeup/revcrypt

2. Qirolicha Jurnali
🔗 https://hacknow.uz/writeup/qirilicha-jurnali

3. Qoldiq
🔗 https://hacknow.uz/writeup/qoldiq

4. Ciprobe Lies
🔗 https://hacknow.uz/writeup/ciprobe-lies

5. Sayohatchi
🔗 https://hacknow.uz/writeup/sayohatchi

6. Uni top
🔗 https://hacknow.uz/writeup/uni-top

7. Ciprobeni kuzatasizmi
🔗 https://hacknow.uz/writeup/ciprobeni-kuzatasizmi

8. Ciprobe's Trust
🔗 https://hacknow.uz/writeup/ciprobe-s-trust

9. Chronus Auth
🔗 https://hacknow.uz/writeup/chronus-auth

10. Stegmage
🔗 https://hacknow.uz/writeup/stegmage

11. Mayoq Siri
🔗 https://hacknow.uz/writeup/mayoq-siri

12. Reverschi
🔗 https://hacknow.uz/writeup/reverschi

13. Inoq Do‘stlar
🔗 https://hacknow.uz/writeup/inoq-do-stlar-wannatry-0-2

14. Grepper
🔗 https://hacknow.uz/writeup/grepper

15. Egri Yo‘llar
🔗 https://hacknow.uz/writeup/egri-yo-llar

16. G‘alati Matn
🔗 https://hacknow.uz/writeup/galati-matn

17. Man
🔗https://hacknow.uz/writeup/man-crypto-writeup-wannatry_02


🧠 CTF’ni o‘rgan, tahlil qil, tajriba orttir.
📢 Agar foydali bo‘lsa — ulashishni unutmang!

#WannaTry #CTF #Writeup #CyberSecurity #HackNow #Reverse #Crypto #Web
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍42🤝2🎄2
🎉 WhyNot 0.6!

💡 Aql, ijod va g'alaba ruhni birlashtirgan holda g‘alabaga erishish vaqti keldi!🔥

📅 Sana: 13-yanvar, 2026
🕚 Boshlanish: 11:00
🏁 Tugash: 23:00
🎯 Format: Yakka


✍️Ro‘yxatdan o‘tish: https://hacknow.uz/contest/ctf/whynot-06

P.S | Final uchun #warmup
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
31
⚔️ HackNow.uz platformasida yangi davr: CP bo'limi rasman ishga tushirildi!

Assalomu alaykum, dasturlash va algoritmlash ishqibozlari!

Biz uzoq kutilgan yangilikni e'lon qilishdan mamnunmiz. Endi HackNow.uz platformasida nafaqat kiberxavfsizlik, balki Competitive Programming (CP) bilan ham shug'ullanishingiz mumkin!

Nima yangiliklar?

Masalalar to'plami:
Turli qiyinchilikdagi algoritmlashga oid masalalar.

Avtomatik tekshirish:
Kodingizni darhol tekshirib, natijasini bilish imkoniyati.

Reyting tizimi: Bilimingizni boshqalar bilan solishtiring.

Hozirda bazamizga muntazam ravishda yangi masalalar qo'shib borilmoqda. O'z algoritmlash mahoratingizni charxlang va platformamizning eng kuchli dasturchisiga aylaning!

👉 Hoziroq sinab ko'ring: hacknow.uz/exercises/cp

HackNow — Bilimni amaliyotda shakllantiramiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
221🔥1🥰11
⚔️ HackNow’da yangi Rank tizimi

HackNow platformasida yagona umumiy Rank tizimi joriy etildi.
Bu tizim foydalanuvchilarning o‘sishi va tajribasini bosqichma-bosqich aks ettiradi.


📊 Rank bosqichlari

YIGIT
ALP YIGIT
TEGIN
ALP TEGIN
BATUR
YABG‘U
SHAD
BEK
PASHA
XOQON


Har bir bosqich — bu:

• ko‘proq bilim
• ko‘proq tajriba
• yuqoriroq daraja

⚙️ Qanday ishlaydi?

• Rank CTF va CP faoliyati asosida hisoblanadi
• O‘sish bosqichma-bosqich amalga oshadi
• Yuqori ranklar vaqt va mehnat talab qiladi

Texnik tafsilotlar (RXP, hisoblash modeli) keyingi e’lonlarda beriladi.

🎯 Maqsad

• adolatli baholash
• uzoq muddatli rivojlanish
• haqiqiy progressni ko‘rsatish


📌Posterda rank ierarxiyasi vizual tarzda ko‘rsatilgan.
Kuzatib boring — tizim asta-sekin kengayadi.

HackNow ⚔️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏62
🇺🇿 BUGUN YURAKLARDA G‘URUR JO‘SH URGAN KUN!

Tunlari osmonimizga boqqanimizda yulduzlar bexavotir porlayotganini ko‘rish, tonglari quyoshning zarrin nurlari ostida farzandlarimizning sho‘x kulgisini eshitish — bu shunchaki tasodif emas. Bu — kimningdir bedor tunlari, kimningdir po‘latdek irodasi va tog‘dek bardoshi evazigadir.

Tarix shohidki, bu tuproq ne-ne buyuk sarkardalarni, dunyoni titratgan bahodirlarni ko‘rgan. Bugun safimizda turgan, egniga harbiy libos kiygan har bir mard o‘g‘lon — o‘sha Buyuk Temurning shijoatini, Jaloliddin Manguberdining o‘tli yuragini, Bobur Mirzoning sadoqatini o‘zida tashigan ASL VORISLARDIR.

Vatan himoyasi — shunchaki chegara postlarida turish emas. Bu — o‘z xalqi, o‘z oilasi, o‘z kindik qoni to‘kilgan muqaddas zamin uchun jonini fido qilishga tayyor bo‘lish deganidir. Siz — bizning tinchligimiz garovi, xotirjam uyqumiz qo‘riqchisi, kelajagimizning mustahkam qalqonisiz!

Biz — "HackNow" jamoasi, o‘z faoliyatimiz davomida qanchalik murakkab raqamli himoya tizimlarini ko‘rmaylik, anglaymizki: Dunyodagi eng kuchli himoya tizimi — bu Vataniga sadoqatli bo‘lgan askarning yuragidir.

Siz bor ekansiz — biz bormiz, orzularimiz bor, yorug‘ kelajakka ishonchimiz bor!

Bayramingiz muborak bo‘lsin, Vatanimizning mard va jasur posbonlari! Yelkangizdagi yulduzlar yuki og‘ir bo‘lsa-da, qadamingiz doimo shahdam, boshingiz esa mag‘rur bo‘lsin!

Hurmat va cheksiz ehtirom ila,
HackNow jamoasi tabriklaydi!

🇺🇿⚔️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11431