Hacknow
254 subscribers
14 photos
28 links
O'zbekistondagi eng birinchi kiberxavfsizlik va sport dasturlash o'quv va trening platformasi!


Platforma: hacknow.uz
Download Telegram
🆕 Yangi darslik qo‘shildi: KiberGigiyena!

Bugungi kunda internet — imkoniyatlar makoni bo‘lish bilan birga, turli xil xavf-xatarlar manbai hamdir. Shuning uchun ham biz foydalanuvchilarimiz uchun yangi, juda muhim darslikni tayyorladik.

🔖 KiberGigiyena darsligi sizni quyidagi bilimlar bilan ta’minlaydi:
Internet olamidagi xavf-xatarlar va ularning barcha turlari bilan tanishtiradi
Oddiy foydalanuvchi bilishi zarur bo‘lgan asosiy qoidalarni o‘rgatadi
Firibgarlik va aldanib qolish holatlarini tushuntiradi va ularni qanday oldini olishni ko‘rsatadi
Agar xavfdan qochib bo‘lmasa, qanday yo‘l tutish kerakligini bosqichma-bosqich ko‘rsatadi
Parollar xavfsizligi, ularni to‘g‘ri saqlash va ishlatish bo‘yicha tavsiyalar beradi
Internetdagi rasm, video va boshqa materiallar orqali bo‘lishi mumkin bo‘lgan tahdidlarni ochib beradi

🎯 Ushbu darslikning asosiy maqsadi — Hacknow foydalanuvchilarini omonda saqlash, ya’ni har biringizni internet olamida ongli, hushyor va xavfsiz foydalanuvchiga aylantirishdir.

📍 Endi esa bu darslik platformamizda to‘liq ochiq. O‘rganing, bilimlaringizni oshiring va o‘zingizni hamda yaqinlaringizni himoya qiling!

🏆 Eng yaxshisi — darslikni tugatib, imtihondan muvaffaqiyatli o‘tsangiz, rasmiy CCHP sertifikatini ham qo‘lga kiritishingiz va LinkedIn orqali bog'lab qo'yishingiz mumkin!

📲 Darslik uchun havola:
hacknow.uz/study/cyber_hygiene/

📡 Platforma haqida batafsil ma'lumot va yangiliklardan xabardor bo'lish uchun kanalimizda qoling: @HackNow_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤝3🔥21
Mukofotsiz, shunchaki tajriba yig‘ish uchun ham musobaqa uyushtirishni so‘radingiz.

Biz esa: “Why not?” dedik.

Yakshanba kuni qulay, qila olasizlarmi, deb so‘radingiz.

Biz esa yana: “Why not?” deb javob beramiz. 🚀

📢 Muhim e’lon!

Avvalroq WhyNot CTF musobaqasini dushanba kuni o‘tkazamiz deb reja qilgan edik. Ammo ko‘pchilik uchun bu qulay emasligini inobatga oldik — dushanba kuni kimdir ishlaydi, kimdir o‘qiydi 📚💻.

👉 Shu sababli, biz musobaqani yakshanba kuniga ko‘chirishga qaror qildik!
Endi bundan keyingi barcha CTF’lar yakshanba kuni o‘tkaziladi.

🎯 Maqsad — barcha ishtirokchilarga qulay sharoit yaratish va CTF’ni hammani qiziqtiradigan haqiqiy hobby ga aylantirish! 🚀

⚡️ O‘zingizni sinashga, yangi bilim va tajriba orttirishga tayyorlaning!

Yakshanba — CTF kuni bo‘ladi! 🔥
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5🔥5
Hacknow
🎉 Siz so'radingiz, biz tashkil qildik! 🔥 WhyNot | 0.1 — Solo CTF! Boshlanish vaqti: 25-avgust 2025, soat 11:00 Tugash vaqti: 25-avgust 2025, soat 17:00 🧩 Format: Solo, 3 ta turli darajadagi challenger mavjud. 📍 Quyidagi tarzda ro'yxatdan o'tishingiz…
📢 E’lon!

Bugungi WhyNot CTF ga berilgan vaqt talab va iltimoslarga binoan uzaytirildi.
Endi musobaqa 17:00 emas, 21:00 gacha davom etadi!

Demak, qo‘shimcha 4 soat vaqt — qo‘shimcha imkoniyat, qo‘shimcha tajriba! 🚀

⚡️ Kim hali ulgurmagan bo‘lsa — imkoniyatni boy bermang! 💡

Omad tilaymiz! 🍀
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6
🏆 WhyNot 0.1 – Natijalar!

🗓O‘tgan hafta yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan WhyNot 0.1 ishtirokchilarimiz o‘rtasida kuchli bahs va ayovsiz sinovga aylandi.

Talablarga binoan musobaqa kechgi soat 21:00 ga qadar uzaytirildi.

Natijalar esa quyidagicha:

🥇 junior — 11ta challenge yechildi, 1300 ball
🥈 scriptkitty — 11ta challenge yechildi, 1300 ball
🥉 0xK0M1L — 10ta challenge yechildi, 1100 ball

👏 Tabriklaymiz! Ular o‘zlarining jasorat va bilimlari bilan eng kuchli ekanliklarini isbotlashdi.

Batafsil natijalarni ko‘rish uchun quyidagi havola orqali tanishib chiqingingiz mumkin:
🔗 https://hacknow.uz/contest/ctf/whynot-01/
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
❗️WhyNot 0.1 dan keyingi takliflarga binoan:

🔥 WhyNot 0.2

📅 Boshlanish vaqti: Yakshanba, 7-sentyabr 2025, soat 11:00
Tugash vaqti: Yakshanba, 7-sentyabr 2025, soat 17:00
👤 Format: Solo (har bir ishtirokchi yakka tartibda qatnashadi)
🎯 Challengelаr: Musobaqa boshlanganidan so'ng ko'rsatiladi

👉 Ro‘yxatdan o‘tish uchun:
1️⃣ Platformaga hisobingiz orqali kiring
2️⃣ Contest bo‘limidan WhyNot 0.2 ni tanlab ro‘yxatdan o‘ting
3️⃣Yakshanba kuni o‘z kuchingizni sinab ko‘ring!

🔗 Havola: https://hacknow.uz/contest/ctf/whynot-02/

⚠️ Eslatma: Musobaqa boshlanishidan oldin ro‘yxatdan o‘tish shart. Hoziroq ro'yxatdan o'tish tavsiya qilinadi!

🔥 Bu safar ham savol bitta: Why Not?
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5
Hacknow
❗️WhyNot 0.1 dan keyingi takliflarga binoan: 🔥 WhyNot 0.2 📅 Boshlanish vaqti: Yakshanba, 7-sentyabr 2025, soat 11:00 Tugash vaqti: Yakshanba, 7-sentyabr 2025, soat 17:00 👤 Format: Solo (har bir ishtirokchi yakka tartibda qatnashadi) 🎯 Challengelаr: Musobaqa…
Eslatma!

Atigi 2 soatdan so‘ng — WannaTry 0.2 ga start beriladi! 🚀

👉 Lekin unutmang: qatnashish uchun musobaqa boshlanishidan avval, 11:00 gacha ro‘yxatdan o‘tishingiz shart!

🔗 Quyidagi havola orqali kiring, CTF o'tkazilish tartibi haqida batafsil ma’lumot oling va ro‘yxatdan o‘ting:
https://hacknow.uz/contest/ctf/whynot-02/

⚡️ Shoshiling, vaqt kam qoldi!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
Siz talab qildingiz — biz esa yana javob berdik: WhyNot 0.3! 🚀

🗓 Sana: yakshanba, 14-sentabr 2025
Vaqt: 11:00 — 17:00
🎯 Format: Solo CTF
📌 Challengelar: 3 ta turli daraja

Ro‘yxatdan o‘tish uchun:
1️⃣ HackNow.uz profilingizga kiring
2️⃣ Contest bo‘limidan WhyNot 0.3 ni tanlang
3️⃣ Kuch va bilimlaringizni sinab ko‘ring!

🔗 Contest linki: https://hacknow.uz/contest/ctf/whynot-03/

⚠️ Eslatib o‘tamiz: faqatgina contest boshlanishidan oldin ro‘yxatdan o‘tganlar qatnasha oladi.

🏆 Natijalar esa odatdagidek leaderboard orqali e’lon qilinadi.

🔥 Tayyorlaning, ehtimol bu safar g‘olib siz bo‘lasiz!
🔥21
Atigi 3 soatdan so‘ng WhyNot 0.3 CTF start oladi! 🚀

👉 Ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsangiz, hoziroq kirib o‘tib qo‘ying:
🔗 https://hacknow.uz/contest/ctf/whynot-03/

⚡️ Tayyor turing — kuchingizni sinash va leaderboard’da joy olish imkoniyati qo‘ldan chiqmasin! 🏆
🔥3
🚨 Diqqat, diqqat!

Har yakshanba o‘tkaziladigan WhyNot CTF musobaqalari davom etadi!

Bu safar esa, Samarqand Davlat Universiteti bilan hamkorlikda 🤝

WhyNot 0.4 — Solo CTF!
🗓 Sana: 28-sentabr 2025, yakshanba
Vaqt: 11:00 — 17:00
🎯 Format: Solo CTF
📌 Challengelar: 3 ta turli daraja

Ro‘yxatdan o‘tish tartibi:
1️⃣ HackNow.uz shaxsiy profilingizga kiring
2️⃣ Contest bo‘limidan WhyNot 0.4 ni tanlang
3️⃣ Ro‘yxatdan o‘ting va yakshanba kuni ishtirok eting!

⚠️ Eslatma: Contest boshlanishidan oldin ro‘yxatdan o‘tish majburiy.

🔗 Contest linki: https://hacknow.uz/contest/ctf/whynot-04/

🔥 Bu safar ham savol bitta: Why Not?
🔥61
🎉 WhyNot 0.5 — ertaga!
Bu safar musobaqa jamoaviy formatda o‘tkaziladi! 👥

💡 Aql, ijod va jamoaviy ruhni birlashtirgan holda g‘alabaga erishish vaqti keldi!
Jamoangizni to‘plang va ro‘yxatdan o‘ting! 🔥

📅 Sana: 19-oktabr, 2025
🕚 Boshlanish: 11:00
🏁 Tugash: 23:00
🎯 Format: Jamoaviy


📝 Ro‘yxatdan o‘tish: https://hacknow.uz/contest/ctf/whynot-05/
👍21
🔥 Kutib oling: JBNUU Capture The Flag (CTF) 2025!

Bu — axborot xavfsizligi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni sinovdan o‘tkazuvchi musobaqa bo‘lib, ishtirokchilar real kiberxavfsizlik muammolarini hal qilish orqali o‘z mahoratlarini namoyon etadilar. 💻

🔍 Musobaqa yo‘nalishlari:
- 🧩 Reverse Engineering
- 🌐 Web Exploitation
- 🔐 Cryptography
- 🕵️ Steganography
- 🧠 Forensics


🎯 Maqsad: yosh mutaxassislarning amaliy kiberxavfsizlik bilimlarini oshirish va JBNUUda InfoSec madaniyatini rivojlantirish.


Sana va joy:

📅 30-oktabr kuni, soat 06:00 dan 16:00 gacha
📍 Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti Jizzax filiali, 201–202-xonalar

🚀 Offline CTF da qatnashmoqchi bo‘lsangiz, quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting👇:

🔗 Link: https://hacknow.uz/contest/ctf/jbnuu-cyber-arena/
2
Hacknow
🔥 Kutib oling: JBNUU Capture The Flag (CTF) 2025! Bu — axborot xavfsizligi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni sinovdan o‘tkazuvchi musobaqa bo‘lib, ishtirokchilar real kiberxavfsizlik muammolarini hal qilish orqali o‘z mahoratlarini namoyon etadilar. 💻 🔍 Musobaqa…
🏁 JBNUU Capture The Flag (CTF) 2025 yakunlandi!

Musobaqa offline formatda, belgilangan joyda muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Natijalar quyidagicha:

🥇 1-o‘rin — Toshpo‘latov Olim
🥈 2-o‘rin — Tuychiyev Samariddin
🥉 3-o‘rin — Narzullayev Komiljon


🎉 G‘oliblarga sertifikatlar va pul mukofotlari topshirildi. Tabriklaymiz! 👏

🤝 JBNUU bilan hamkorlikdan mamnunmiz va kelgusi loyihalarda yanada keng ko‘lamli musobaqalarni rejalashtirmoqdamiz.

Agar siz ham offline yoki online CTF musobaqa tashkillashtirishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz — biz bilan bog‘lanishingiz mumkin: @Akhatkulov

💻 HackNow Team siz uchun eng yaxshi va barqaror contest muhitini yaratishga tayyor!
🤝51
🔥 Bugun tun — bahona qolmadi. HackNow.uz yangi bosqichga ko‘tariladi.

🌙 00:00

So‘zlarni cho‘zishga ehtiyoj yo‘q.
So‘nggi oylar davomida biz orqaga qaytmas yo‘lni tanladik: kodni sinovdan o‘tkazdik, buzildik — tuzatdik, yana buzildik — qayta yaratdik. Bu jarayon tashqaridan ko‘rinmadi, lekin har bir kechagi o‘rganish, har bir bugungi yangilik ertangi HackNow.uz’ni shakllantirdi.

00:00 da siz ana shu izchil mehnatning yakunini ko‘rasiz.

Bu shunchaki “yangilanish” emas.
Bu — foydalanuvchi tajribasini keskin o‘zgartiradigan, sizni harakatga chorlaydigan, maqsadga yo‘naltirilgan yangi avlod platformasi.

Biz ortiqcha bo‘lgan har bir elementni olib tashlab, faqat qiymat beradigan tizimni qoldirdik: yanada tezroq, yanada barqaror, yanada aniqroq.

Bugun hammada bir xil gap: “o‘rganaman”, “rivojlanaman”, “kuchayaman”.
Ammo bu yo‘lga qadam qo‘yadiganlar kam.

Endi tanlov sizda:

Siz yangi HackNow.uz bilan birga o‘sasizmi — yoki shu yerda to‘xtab qolasizmi?

🌙 00:00 da portal ochiladi.

Natijani o‘z ko‘zingiz bilan ko‘ring.
HackNow.uz endi kutmaydi — u faqat rivojlanishni istaganlarni qarshi oladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏711
Audio
Biz yana g'oya kelganda "WhyNot" deb javob berdik. 😀
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
52🔥1
🚩 WannaTry | 0.2 🚩
SEN KERAKSAN.

TATU universiteti × ⚔️ HackNow.uz × problemstack.uz
birgalikda yangi CTF maydonini ochmoqda.

Bu oddiy musobaqa emas.
Bu — sinov.
Bu — tanlov.
Bu — kim tayyorligini ko‘rsatadi.

🧠 Biliming bormi?
💻 Amaliyoting bormi?
⚔️ Bosim ostida ishlay olasanmi?

Unda oldinga chiq.

🏆 Mukofotlar (Top 3):
🥇1-o‘rin — 30$
🥈 2-o‘rin — 20$
🥉 3-o‘rin — 10$

🎯 Buyruq:
🔝 TOP 20 ishtirokchi
📍 TATU universitetida bo‘ladigan OFFLINE CTF musobaqasiga chaqiriladi.

Bu taklif — hammaga emas.
Faqat eng yaxshilar uchun.

📍 Format: CTF
📍 Hamkorlar: TATU | HackNow.uz | problemstack.uz
📍 Daraja: sinovdan o‘tganlargina yetib boradi

🔥 Tomoshabin bo‘lma.
🔥 Navbatda turma.
🔥 Oldinga chiq.

Wanna Try?
20-dekabr | 10:00 AM
https://hacknow.uz/contest/wannatry-02

#WannaTry #CTF #HackNow #ProblemStack #TATU #CyberArena #YouAreChosen
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7🔥6553👍3💯3🥰2🎉22🤔1
🚨 JBNUU CYBER ARENA 0.2 🚨
THE SYSTEM NEEDS YOU.

Cybersecurity — bu faqat nazariya emas.
Bu real muammolar, real bosim, real qarorlar.

📌 JBNUU Cyber Arena 0.2 — bu axborot xavfsizligi bo‘yicha onsite musobaqa bo‘lib, zamonaviy talabalar o‘z bilimini amaliyotda sinovdan o‘tkazadi.

🥶 Yo‘nalishlar:

- Reverse Engineering
- Web Exploitation
- Cryptography
- Steganography
- Forensics

😵 Maqsad:
Talabalar orasida amaliy InfoSec bilimlarini rivojlantirish va JBNUUda kuchli kiberxavfsizlik madaniyatini shakllantirish.

🗓 Sana: 19 December 2025
📍 Joy: JBNUU, 201–202 kompyuter xonalari
🌐 Format: Onsite

🏆 Mukofotlar:
Eng yuqori ball to‘plagan ishtirokchilar uchun maxsus sovrinlar.

❗️ Bu oddiy musobaqa emas.
Bu — sinov.
Bu — tanlov.
Bu — kim haqiqatan tayyor ekanini ko‘rsatadi.

👉 Join the Cyber Arena.
Prove your skills.
Control the future.


#JBNUU #CyberArena #InfoSec #CTF #CyberSecurity #Students #OnsiteCTF
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
331
Hacknow
🚩 WannaTry | 0.2 🚩 SEN KERAKSAN. TATU universiteti × ⚔️ HackNow.uz × problemstack.uz birgalikda yangi CTF maydonini ochmoqda. Bu oddiy musobaqa emas. Bu — sinov. Bu — tanlov. Bu — kim tayyorligini ko‘rsatadi. 🧠 Biliming bormi? 💻 Amaliyoting bormi? ⚔️ Bosim…
🏆 WannaTry | 0.2 CTF — Yakuniy Natijalar! 🏆

Uzoq kutilgan raqobat nihoyasiga yetdi va biz eng zo‘r iste'dodlarni aniqladik! Barcha ishtirokchilarga ulkan minnatdorchilik — sizning tajanguringiz va bilimingiz musobaqani yorqin va esda qolarli qildi.

💰 Pul mukofoti bilan taqdirlanadigan TOP-3 g‘oliblar:
🥇 1-o'rin — 👩‍💻 elite_hacker (3600 ball) — 30$
🥈 2-o'rin — 👩‍💻1337 (3350 ball) — 20$
🥉 3-o'rin — 👩‍💻 opium (3100 ball) — 10$

Tabriklaymiz, g‘alaba sizniki! Mukofotlar tez orada bog‘lanadi.

🥇 TATU offline musobaqasiga taklif etilgan TOP-20 g‘oliblar:
1. elite_hacker — 3600 ball
2. 1337 — 3350 ball
3. opium — 3100 ball
4. DiyorSodiqov — 2850 ball
5. Ninja — 2850 ball
6. akobir_2003 — 2850 ball
7. Abagnale — 2850 ball
8. Night_Wolf — 2850 ball
9. saydullo — 2750 ball
10. cyberabdu — 2650 ball
11. shoxrux — 2650 ball
12. fakhriddin_f7 — 2550 ball
13. arcanum — 2250 ball
14. hackerhoji — 1950 ball
15. ProfJeager — 1950 ball
16. Bl4ckV4p0r — 1850 ball
17. m4ster — 1850 ball
18. 0xK0M1L — 1850 ball
19. I4my0u — 1850 ball
20. z375u — 1850 ball

Bu 20 nafar ishtirokchi endi TATU universiteti hududida bo'lib o'tadigan yopiq (offline) musobaqasiga taklif qilinadi! Haqiqiy hackerlar uchun yangi bosqich va katta imkoniyat kutilmoqda.

📢 Offline bosqich haqida batafsil ma'lumot (sana, joy, shartlar) yaqin kunlarda e'lon qilinadi. Kuting!

Biz bilan birga bo'lganingiz uchun yana bir bor rahmat. Keyingi bellashuvda ko'rishguncha! 🔥

Diqqat, top3 ishtirokchi @Akhatkulov'ga, Top20 esa o'z ma'lumotlarini @ciprobex'ga yuborsin!

#WannaTry #CTF #Cybersecurity #Hacking #TATU #OfflineEvent #Hackers #Results #Top20 #Uzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3321