Hacknow
255 subscribers
15 photos
29 links
O'zbekistondagi eng birinchi kiberxavfsizlik va sport dasturlash o'quv va trening platformasi!


Platforma: hacknow.uz
Download Telegram
📝 Write-up nima?

Write-up — bu siz qanday qilib CTF topshirig‘ini yechganingizni birma-bir tushuntirib bergan tushuntiruv yoki blog yozuvi.

🤔 Nega write-up yozish kerak?

1. O‘zingiz uchun
– Bugun qanday qilib yechganingizni 2 oydan keyin eslay olmasligingiz mumkin.
– Write-up — bu sizning shaxsiy bloknotingiz: qayta ko‘rib chiqish, o‘rganish va ko'nikmangizni rivojlantirish uchun eng yaxshi vosita.

2. Boshqalar uchun
– Siz tushunib yechgan muammoni, boshqalar balki bir necha kun o‘ylab topolmayotgandir.
– Sizning yozganingiz – boshqalarga yo‘l.

3. Kompaniyalar uchun
– Portfolioda “CTFda qatnashdim” deyish mumkin.
– Lekin “mana yechganim, mana write-upim” deyish – bu daraja.
– Kompaniyalar haqiqiy muammolarni qanday hal qilganingizni ko‘rishni xohlaydi.

🧠 Qanday yoziladi?

1. Muammo haqida qisqacha ma’lumot
2. Qanday analiz qildingiz?
3. Nima qiyin bo‘ldi?
4. Qanday exploit yoki yechim ishladi?
5. Flag qayerda edi?

Oxirida: “Agar sizda boshqa usul bo‘lsa — komentga yozing!” deb ochiq qoldirishingiz mumkin.

Hech qanday mukammallik kerak emas. Soddaligi va tushunarliligi muhim.


🧑‍🎓 Kim yozishi kerak?
Hammamiz. Hatto agar siz write-upni yozayotgan paytda topshiriqni to‘liq tushunmagan bo‘lsangiz ham, yozish orqali tushunib yetasiz.

O'rgatish orqali o'rganish — ta’limning eng samarali usuli.

🚀 HackNow.uz da ham bunday yozilgan write-uplar ko‘payib boryapti!

📲 Tanishib chiqishingiz mumkin:
https://hacknow.uz/writeups/

Write-up yozish uchun shunchaki HackNow.uz da o'zingizning Studio'ingizga o'ting va yozishni boshlashingiz mumkin!

Agar siz CTF yechsangiz — biz sizning write-up'ingizni kutamiz.
Platformamizda boshqalar ham sizdan ilhom oladi.
Flag olgan zo‘r, lekin write-up yozgan – haqiqiy ustoz. 💡

Bayroqni olish – bu yutuq. Uni qanday olganingizni o‘rtoqlashish – bu ta’sir.


📡 Platforma haqida batafsil ma'lumot va yangiliklardan xabardor bo'lish uchun kanalimizda qoling: @HackNow_uz
3
🤔 Competitive Programming nima o‘zi?

O'zbek tilida — Sport Dasturlash

Kompyuterga o'zingiz tuzgan algoritmingizni taqdim etgan holda mavjud real muammoni yechish. Boshqacharoq aytganda, muammoni hal qilib beradigan dastur yaratish.

Bu shunchaki "kod yozish" emas — bu strategiya, kreativlik va tezlikni birlashtirgan sport turi.

💡 Nega CP bilan shug‘ullanish kerak?

Olimpiadalar
– Kichik contestlardan tortib Xalqaro Informatika Olimpadalarigacha Competitive Programming yo'nalishida bellashiladi.
– Olimpiadalarda g'olib bo'lish orqali esa mukofotlar yutishingiz mumkin.
– Olimpadalarda g'oliblik hattoki universitetlarga kirishda ham sizga katta yordam beradi!

Algoritmlarni chuqur o‘rganasiz
– If, for, while emas, haqiqiy hayotdagi muammolarni hal qilishni o‘rganasiz.
– Juda ham kuchli algoritmik baza sizga istalgan dasturlash yo'nalishida sizga juda kerak bo'ladi

Fun!
– Har bir yechilgan masala – siz uchun kichik g‘alaba.
– Har bir yechgan muammoingiz sizni kuchaytiradi, keyinchalik ulardan ham qiyinroq muammolarga yechim topa oladigan TOP dasturchi bo'lishingiz mumkin

🚀 HackNow.uz platformasi ham CP testlar makoni hisoblanadi!

Sizga C++ yoki Python kerak emas deb o‘ylayotgan bo‘lsangiz, balki CP siz uchun emasdir deb o‘ylayotgandirsiz… lekin:

– Bizdagi testlar bosqichma-bosqich, 0 dan o‘rgatadigan tarzda tuzilgan
– Har bir savoldan keyin siz o‘zingizni kuchliroq his qilasiz
– Eng oddiy “Hello World”dan tortib, eng murakkab grafik algoritmlarigacha

🧠 Nimani o‘rganasiz?

– Basic Input Outputlar
– Shartlovchi qismlar
– Sikllar
– Stringlar bilan ishlash
– Arraylar bilan ishlash
– Funksiyalar
– Sort algoritmlari
– Massivlar
– Rekursiya
Va undan ham ko‘proq!

💪 Harakat qilgan yengadi

Bugun bitta test topshirganingiz ertaga sizni kuchliroq qiladi.
Yutqazsangiz ham, o‘rgandingiz.
Yecholmasangiz ham, o‘yladingiz.
Shuning o‘zi sizni o‘zgartiradi.

📌 HackNow.uz da CP testlar sizni kutmoqda

Yangi boshlovchilar uchun maxsus tayyorlangan savollar, real olimpiada tajribasiga asoslangan sinovlar va doimiy ravishda yangilanib boradigan masalalar sizni kutmoqda.

🧑‍💻 Hoziroq kirib ko‘ring:
https://hacknow.uz/exercises/cp/

CTF bayroq bo‘lsa, CP — dastur.
Flagni olgan – zo‘r, muammoni barcha raqiblardan tezroq hal qilgan – chempion. 🔥

📡 Platforma haqida batafsil ma'lumot va yangiliklardan xabardor bo'lish uchun kanalimizda qoling: @HackNow_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
📚 Maqolalar

Siz yangi narsalarni o‘rganmoqchimisiz?
Ammo nima bilan boshlashni bilmayapsizmi?
Yoki darslarda berilgan ma’lumotlar yetarli emasdek tuyulmoqda?

Demak, HackNow'ning Maqolalar qismi aynan siz uchun.

🧠 Maqola – bu bilimni qisqa, tushunarli, va tartibli shaklda yetkazuvchi vosita.
Biror murakkab mavzuni o‘rganmoqchimisiz?
Algoritm, xavfsizlik, texnik bilimlar yoki hatto amaliy ko‘nikmalar?
Eng yaxshi boshlanish – maqola o‘qish.

📌 HackNow.uz platformasidagi maqolalar:

O‘zbek tilida
Juda tushunarli tilda yozilgan
Nazariyani amaliyot bilan bog‘laydi
Har birini o‘qigach, kod yozib ko‘rishingiz yoki test yechib ko‘rishingiz mumkin

Bu maqolalar aynan siz kabi o‘quvchilar, yangi boshlovchilar, va tajribasini oshirishni istaganlar uchun yozilgan.

Har bir maqola:

👍 O‘rganish uchun tayyor material
👍 Imkoniyatlarni ochadigan eshik
👍 Soha ichiga sizdan yana bir qadam

🎯 Nimani topishingiz mumkin?

- Algoritmlar haqida maqolalar
- Kiberxavfsizlik va CTF bo‘yicha darsliklar
- Dasturlash tillariga oid tushuntirishlar
- Kriptografiya
- Stenografiya
- Forensika
- Tarmoq texnologiyalari
Va undan ham ko'proq!

🚀 Har kun o‘qing, har hafta yaxshilaning

Bugun bitta maqola o‘qib, biror yangi narsa bilib olsangiz, ertaga bir qadam oldindasiz.
Ilm — kuch. Ammo u faqat uni izlaganlar va uni amalda qo‘llaganlar uchun kuchli.

🔗 HackNow.uz saytidagi “Maqolalar” bo‘limiga bir qarab chiqing.
O‘qib ko‘ring.
O‘ylab ko‘ring.
Qo‘llab ko‘ring.

https://hacknow.uz/articles/

💬 Va albatta — o‘rganayotganlaringiz haqida boshqalar bilan bo‘lishishni unutmang!

Shaxsiy Studio'ngizda maqolangizni platformada nashr ettiringiz va HackNow Community ga o'z hissangizni qo'shishingiz mumkin!

Bilimni oling. Amalda qo‘llang. Boshqalarga yetkazing.

📡 Platforma haqida batafsil ma'lumot va yangiliklardan xabardor bo'lish uchun kanalimizda qoling: @HackNow_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3
📲 Ilgari hech tez yozishni o'rganish va mashq qilish uchun mashhur website lardan foydalanib ko'rganmisiz?

Endilikda sizga bu uchun alohida boshqa saytda har kuni shug'ullanish zarur bo'lmaydi.

Chunki
HackNow.uz da ham xuddi shuni joriy etdik!

⌨️ HackNow.uz'dagi Typing bo‘limi — samarali mashq qilish va haqiqiy professionalga aylanish sari birinchi qadamingiz!

Ko‘pchilik kiberxavfsizlikni faqat zaifliklarni aniqlash, ekspluatatsiya qilish yoki murakkab sohalar bilan bog‘laydi.

Aslida esa, bu yo‘lda juda oddiy ko‘nikmalar ham raqiblaringizni ortda qoldirishingizga yordam beradi — masalan, typing (ya’ni tez, aniq va izchil yozish) qobiliyatingiz.

HackNow.uz platformasida aynan shu maqsad uchun mo‘ljallangan Typing bo‘limi mavjud. U orqali siz har ikki muhim qurilmada — kompyuter hamda telefon orqali yozish tezligingizni muntazam rivojlantirishingiz mumkin.

📲 Mobil typing nima uchun kerak?

Kiberxavfsizlik va kiber hujumlar davomida faqat kompyuterda emas, balki telefonda ham sozlamalarni to'g'irlash, terminallar, interfeyslar bilan shug‘ullanishingizga to‘g‘ri keladi.

Ayniqsa, shoshilinch vaziyatlarda, mobil telefon orqali tez va to‘g‘ri harakat qilish ko‘p narsani hal qiladi.

⌨️ Typing bo‘limining asosiy afzalliklari:

Yozish tezligini oshiradi — bu kod yozishda, yozuvli CTF chalenglarida yoki hujjat tayyorlashda ayni kerak
Aniqlikni rivojlantiradi — noto‘g‘ri buyruq yoki xatolik ba'zida tizimga zarar yetkazishi mumkin
Platforma doirasidagi barcha yo‘nalishlarda foydali — dasturlash, sysadminlik, hujum-simulyatsiya yoki forensik tahlil bo‘ladimi, tez va aniq yozish doimo kerak bo‘ladi

Typing — bu oddiy ko‘nikma emas. Bu sizni IT sohasining barcha yo‘nalishlarida professional darajaga olib chiqadigan tayanch kuchdir.

🚀 Kirib ko‘ring, har kuni mashq qiling, o‘zingizdagi farqni sezgancha davom eting:
https://hacknow.uz/exercises/typing/

📡 Platforma haqida batafsil ma'lumot va yangiliklardan xabardor bo'lish uchun kanalimizda qoling: @HackNow_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏21
📚HackNow.uz – Darsliklar Bo‘limi

HackNow.uz'da o‘rganish hech qachon bunchalik tartibli va qulay bo‘lmagan!

Darsliklar bo‘limi – bu sizni muayyan sohada nol darajadan professionalgacha yetaklaydigan yo‘nalishli kurslar markazi.

🔍 Nega bu bo‘lim muhim?

Ko‘plab yoshlar qayerdan boshlashni bilmasligi sababli kiberxavfsizlik, dasturlash yoki boshqa texnik sohalarga qadam qo‘yolmaydi.

Global mavjud eng yaxshi o'quv platformalar ham barchasi ingliz tilida yuritiladi.

Biz bu muammoni hal qilishni maqsad qilganmiz:

TryHackMe, HackTheBox, Coursera
dagi kurslar formati, Angliya va Amerikada o'rgatiladigan kurslar endi HackNow.uz da, o‘zbek tilida!

Butun dunyo standartlari asosida ta'lim olishingiz mumkin.

🎯 Kimlar uchun?

🆕 Yangi boshlayotganlar
💡 Bilimlarini mustahkamlashni istovchilar
🎓 Muayyan sohada yetuk mutaxassis bo‘lmoqchilar

🔖 Darsliklar tuzilishi qanaqa?

🛡 Boshlang‘ich tushunchalardan murakkab mavzulargacha
📚 Har bir bosqichga mos tartibli va ketma-ket darslar
🧠 Qisqa, tushunarli va real hayotga yaqin misollar bilan

Va eng asosiysi:

Hattoki eng qiyin darslarni ham mukammal o‘rganishingizni ta’minlash maqsadida bizda Learning Progress Tracking ham mavjud.

📊 Ya’ni siz har kunlik o‘zlashtirishlaringizni profilingizda nazorat qilib borish imkoniyatiga egasiz.

📑 Bundan tashqari har bir bo‘limdan keyingisiga o‘tish uchun bo‘lim bo‘yicha tuzilgan test imtihondan o‘tishingiz kerak bo‘ladi.

🎓 Va butun kursni tugatganingizdan so‘ng esa, biz sizga, kursni tamomlaganingiz haqida Sertifikat ham taqdim etamiz!

📌Bu sertifikat sizga:

korxonalar uchun portfolio'ingizda,
rezume yoki CV'ingizda,
va eng asosiysi LinkedIn sahifangizda muhim ro‘l o‘ynaydi!

Vaqtingizni boshqa joyda sarflamang — HackNow.uz Darsliklar bo‘limida siz uchun kerakli yo‘l xaritasi tayyor!

🚀 Endi sizning o‘rganishingiz ham tizimli, ham samarali bo‘ladi.

📢 Eslatib o‘tamiz, HackNow.uz da hozircha quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha darsliklar tez orada nashrdan chiqishi kutilmoqda, qolganlari esa hali oldinda! :

🛡 Kiberxavfsizlik
👨‍💻 Dasturlash 0 dan, Competitive Programming olimpiadagacha
💾 Full Computer Science

📖 Darsliklar manzili esa bu yerda:
📲 https://hacknow.uz/study/

📡 Platforma haqida batafsil ma’lumot va yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun kanalimizda qoling: @HackNow_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🛡 HackNow jamoasidan murojaat

Hurmatli foydalanuvchilar❗️

HackNow.uz jamoasi sifatida biz har doim siz bilan ochiq va shaffof bo‘lishga intilamiz. Shu sababli sizni xabardor qilmoqchimiz:

👉 Platformamizda reklamalar yoqildi — bu qaror HackNow’ni barqaror ushlab turish va ortib borayotgan xarajatlarni qoplash uchun qabul qilindi.

HackNow.uz — bu kiberxavfsizlik, dasturlash va raqamli ko‘nikmalar bo‘yicha bepul ta’lim platformasi. Ammo serverlar, yangi funksiyalar ishlab chiqilishi va xavfsizlikni ta’minlash kabi xizmatlar doimiy moliyaviy mablag‘ talab qiladi.

🟢 Reklamalardan tushgan barcha daromadlar aynan platformani saqlash va rivojlantirishga sarflanadi.

🎁 Yaxshi xabar: Agar xarajatlardan ortiqcha mablag‘ qolsa, biz bu pulni sovrinli musobaqalar o‘tkazish va faol foydalanuvchilarga sovg‘alar taqdim etish uchun ishlatamiz!

📌 Biz reklamalarni sizga xalaqit bermaydigan tarzda — minimal va toza ko‘rinishda joylashtiramiz.

🫱 Yaqqol va reklamasiz tajriba istaganlar uchun esa tez orada maxsus obuna rejasi ham ishga tushiriladi.

Sizning ishonchingiz HackNow’ni tirik va rivojlanayotgan holda ushlab turibdi.
HackNow — siz uchun va siz bilan birga!

Hurmat bilan,
HackNow.uz jamoasi 👨‍💻
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎉 Va nihoyat, hurmatli do‘stlar!

🚀 HackNow.uz jamoasidan ajoyib yangilik:
17-avgust, soat 11:00 birinchi rasmiy CTF musobaqamiz — WannaTry 0.1 start oladi!

🔐 Bu hali boshlanishi, asosiy janglar oldinda.
⚔️ Bilimlaringizni ishga soling, tizimlarni yorib o‘ting va g‘oliblik sari intiling!

🎁 G‘oliblar uchun:
1️⃣ TOP 1 — 1 oylik TryHackMe obunasi

🏆 Tayyor turing, g'olib aynan siz bo'lishingiz mumkin!

📌 Musobaqani o‘tkazib yubormaslik uchun belgilab qo‘ying!

📢 Rasmiy kanal: @HackNow_uz

Kalendaringizga yozib qo‘yish tavsiya etiladi)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5🔥2
📢 Eslatma!

WannaTry 0.1 boshlanishiga roppa-rosa 24 soat qoldi!

🗓 17-avgust, soat 11:00 da HackNow.uz’ning ilk rasmiy CTF musobaqasi start oladi.

Bilimlaringizni sinovdan o‘tkazish va g‘oliblik sari intilish uchun tayyor turing!

Contest quyidagi manzilda bo'lib o'tadi:
https://hacknow.uz/contest/ctf/wannatry-01/

⚠️ Ro'yxatdan o'tmaganlar, musobaqa boshlangach kira olishmaydi!

📌 O'tkazib yubormang!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🔥3
Hacknow
🎉 Va nihoyat, hurmatli do‘stlar! 🚀 HackNow.uz jamoasidan ajoyib yangilik: 17-avgust, soat 11:00 — birinchi rasmiy CTF musobaqamiz — WannaTry 0.1 start oladi! 🔐 Bu hali boshlanishi, asosiy janglar oldinda. ⚔️ Bilimlaringizni ishga soling, tizimlarni yorib…
Eslatma!

Atigi 3 soatdan so‘ng — WannaTry 0.1 start oladi! 🚀

👉 Lekin unutmang: qatnashish uchun musobaqa boshlanishidan avval ro‘yxatdan o‘tishingiz shart!

🔗 Quyidagi havola orqali kiring, CTF o'tkazilish tartibi haqida batafsil ma’lumot oling va ro‘yxatdan o‘ting:
https://hacknow.uz/contest/ctf/wannatry-01/

⚡️ Shoshiling, vaqt kam qoldi!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Live stream scheduled for
Live stream started
Live stream finished (6 hours)
🏆 WannaTry 0.1 yakunlandi!

G'oliblar:

🥇Abdullayev Musoberdi
— Sertifikat: LINK
— Sovrin: 1 oylik TryHackMe obunasi

🥈 Sobitjonov Komiljon
— Sertifikat:
LINK
— Sovrin: 1 oylik Telegram Premium obunasi

🥉 Vahobov Xojiakbar
— Sertifikat:
LINK
— Sovrin: 100 ⭐️

👏 G‘oliblarni tabriklaymiz!

Bizning ilk CTF musobaqamizda faol ishtirok etgan barcha qatnashchilarga minnatdorchilik bildiramiz 🙌.

Sizlarning qiziqishingiz va ishtirokingiz keyingi bosqichlar uchun bizni yanada ilhomlantiradi. 🚀

Kuting, tez orada WannaTry 0.2 haqida ham xabar beramiz! 😉
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥7👍4😁4
🎉 Siz so'radingiz, biz tashkil qildik!

🔥 WhyNot | 0.1 — Solo CTF!

Boshlanish vaqti: 25-avgust 2025, soat 11:00
Tugash vaqti: 25-avgust 2025, soat 17:00
🧩 Format: Solo, 3 ta turli darajadagi challenger mavjud.

📍 Quyidagi tarzda ro'yxatdan o'tishingiz mumkin:
1⃣ Platformamizga o'z hisobingiz orqali kiring
2⃣ Contest qismidan WhyNot 0.1 ga ro'yxatdan o'ting
3⃣ Kuchingizni sinab ko'ring 💪

📄 Batafsil qoidalar tez orada platformaga joylanadi. Hozircha esa ro'yxatdan o'tib qo'ysangiz kifoya!

🔗 Contest uchun link:
https://hacknow.uz/contest/ctf/whynot-01/

⚠️ Eslatib o'tamiz: Contest boshlangunga qadar ro'yxatdan o'tishingiz lozim. Boshlangandan so'ng qatnasha olmaysiz!

🍀 Hammaga omad!

Eslatma:
Contest 31-avgust 11:00 ga ko'chirildi!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🆕 Yangi darslik qo‘shildi: KiberGigiyena!

Bugungi kunda internet — imkoniyatlar makoni bo‘lish bilan birga, turli xil xavf-xatarlar manbai hamdir. Shuning uchun ham biz foydalanuvchilarimiz uchun yangi, juda muhim darslikni tayyorladik.

🔖 KiberGigiyena darsligi sizni quyidagi bilimlar bilan ta’minlaydi:
Internet olamidagi xavf-xatarlar va ularning barcha turlari bilan tanishtiradi
Oddiy foydalanuvchi bilishi zarur bo‘lgan asosiy qoidalarni o‘rgatadi
Firibgarlik va aldanib qolish holatlarini tushuntiradi va ularni qanday oldini olishni ko‘rsatadi
Agar xavfdan qochib bo‘lmasa, qanday yo‘l tutish kerakligini bosqichma-bosqich ko‘rsatadi
Parollar xavfsizligi, ularni to‘g‘ri saqlash va ishlatish bo‘yicha tavsiyalar beradi
Internetdagi rasm, video va boshqa materiallar orqali bo‘lishi mumkin bo‘lgan tahdidlarni ochib beradi

🎯 Ushbu darslikning asosiy maqsadi — Hacknow foydalanuvchilarini omonda saqlash, ya’ni har biringizni internet olamida ongli, hushyor va xavfsiz foydalanuvchiga aylantirishdir.

📍 Endi esa bu darslik platformamizda to‘liq ochiq. O‘rganing, bilimlaringizni oshiring va o‘zingizni hamda yaqinlaringizni himoya qiling!

🏆 Eng yaxshisi — darslikni tugatib, imtihondan muvaffaqiyatli o‘tsangiz, rasmiy CCHP sertifikatini ham qo‘lga kiritishingiz va LinkedIn orqali bog'lab qo'yishingiz mumkin!

📲 Darslik uchun havola:
hacknow.uz/study/cyber_hygiene/

📡 Platforma haqida batafsil ma'lumot va yangiliklardan xabardor bo'lish uchun kanalimizda qoling: @HackNow_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤝3🔥21
Mukofotsiz, shunchaki tajriba yig‘ish uchun ham musobaqa uyushtirishni so‘radingiz.

Biz esa: “Why not?” dedik.

Yakshanba kuni qulay, qila olasizlarmi, deb so‘radingiz.

Biz esa yana: “Why not?” deb javob beramiz. 🚀

📢 Muhim e’lon!

Avvalroq WhyNot CTF musobaqasini dushanba kuni o‘tkazamiz deb reja qilgan edik. Ammo ko‘pchilik uchun bu qulay emasligini inobatga oldik — dushanba kuni kimdir ishlaydi, kimdir o‘qiydi 📚💻.

👉 Shu sababli, biz musobaqani yakshanba kuniga ko‘chirishga qaror qildik!
Endi bundan keyingi barcha CTF’lar yakshanba kuni o‘tkaziladi.

🎯 Maqsad — barcha ishtirokchilarga qulay sharoit yaratish va CTF’ni hammani qiziqtiradigan haqiqiy hobby ga aylantirish! 🚀

⚡️ O‘zingizni sinashga, yangi bilim va tajriba orttirishga tayyorlaning!

Yakshanba — CTF kuni bo‘ladi! 🔥
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5🔥5
Hacknow
🎉 Siz so'radingiz, biz tashkil qildik! 🔥 WhyNot | 0.1 — Solo CTF! Boshlanish vaqti: 25-avgust 2025, soat 11:00 Tugash vaqti: 25-avgust 2025, soat 17:00 🧩 Format: Solo, 3 ta turli darajadagi challenger mavjud. 📍 Quyidagi tarzda ro'yxatdan o'tishingiz…
📢 E’lon!

Bugungi WhyNot CTF ga berilgan vaqt talab va iltimoslarga binoan uzaytirildi.
Endi musobaqa 17:00 emas, 21:00 gacha davom etadi!

Demak, qo‘shimcha 4 soat vaqt — qo‘shimcha imkoniyat, qo‘shimcha tajriba! 🚀

⚡️ Kim hali ulgurmagan bo‘lsa — imkoniyatni boy bermang! 💡

Omad tilaymiz! 🍀
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6