Gurlan tuman hokimligi II Rasmiy kanali II
2.68K subscribers
18.9K photos
2.23K videos
37 files
6.82K links
GURLAN TUMAN HOKIMLIGINING RASMIY SAHIFALARI

🌐 Web-sayt: https://gurlan.uz
💠 Instagram: https://www.instagram.com/gurlan_tumani_hokimligi/
💠 Facebook: https://www.facebook.com/profile.php?id=100076329035840
Murojaat uchun: @GurlanhokimligigaMurojaatBot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xorazm viloyati Gurlan tumani viloyat markazidan uzoqda joylashgan hududlardan biridir. Bugun shu olis manzilning 14 878 ta iste’molchilari suyultirilgan gazdan foydalanib keladi.

Xususan, chegara hududda joylashgan Do’stlik mahallasida bugun 592 ta xonadon maishiy gaz ballonlari bilan to’liq ta’minlangan. Mazkur hududga “Gurlantumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan xizmat ko‘rsatilib, maishiy gaz ballonlari o’z vaqtida yetkazib berilmoqda.

Gaz ta’minoti xodimlari gaz ballonlaridan to‘g‘ri foydalanish hamda uning o‘rnatilishiga ahamiyat qaratilishi to‘g‘risida ham muntazam aholiga tushuntirishlar berishadi.

“Hududgaz Xorazm” GTF matbuot xizmati
DIQQAT TANLOV!

"MIRZO ULUG‘BEK VORISLARI" RESPUBLIKA TANLOVI

⚡️2025-yilgi “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanloviga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!

Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda tegishli davlat organlari hamkorligida respublikamizdagi iqtidorli yoshlarni kashf qilish uchun “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovi e’lon qilindi.

Tanlov 16-25 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida 3 bosqichda tashkil etiladi va har bir bosqich g‘oliblari tegishli miqdorda bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar.

Tanlovda ishtirok etishni istagan yoshlar https://vorislar.uz/ sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.


🔔 Kanalga obuna bo'ling va ushbu sahifani do'stlaringizga ham ulashing!
Telegram | Facebook | Web-site |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Gurlan tumanida o‘tkazilgan sayyor sud majlislarida transport vositalarini mast holatda boshqargan, shuningdek yo‘l-transport hodisasi sodir etgan haydovchilarga nisbatan rasmiylashtirilgan maʼmuriy huquqbuzarlikka oid ishlar Jinoyat ishlari bo‘yicha Gurlan tumani sudida ko‘rib chiqildi.
———
Гурлан туманида ўтказилган сайёр суд мажлисларида транспорт воситаларини маст ҳолатда бошқарган, шунингдек йўл-транспорт ҳодисаси содир этган ҳайдовчиларга нисбатан расмийлаштирилган маъмурий ҳуқуқбузарликка оид ишлар Жиноят ишлари бўйича Гурлан тумани судида кўриб чиқилди.



Веб-сайт
  /  You Tube / Facebook   / Instagram  /  Telegram / Matbuot kotibi
Viloyat prokuraturasi tomonidan Gurlan tumanida migratsiyadan qaytib kelgan hamda ishsiz fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy ximoyasini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tanqidiy muhokama qilindi.

Gurlan tumanida migratsiyadan qaytgan fuqarolarni bandligini ta’minlash bo‘yicha mahalla yettitaligi, mahalla bankiri va soliqchisi tomonidan ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan xizmatlar sifatini oshirish va fuqarolar bilan manzilli ishlash bo‘yicha kompleksi chora-tadbirlar dasturi belgilandi.

Mazkur sohada nazorat tadbirlari davom qilmoqda.

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati
#FUQAROLAR_QABULI

Bugun Gurlan tuman Xalq qabulxonasida tuman hokimi Ruslan O’razbayev boshchiligida mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirokida fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan asosan moddiy yordam, tibbiy xizmat, ishga joylashish, qurilish va boshqa masalalarda murojaatlar yo‘llandi. Har bir fuqaroning taklif va murojaatlari o‘rganilib, qonun doirasida tushuntirishlar berildi.

Murojaatlarning ayrimlari joyida hal etilib, qolgan har bir murojaat yuzasidan tegishli tashkilot rahbarlariga masalalarning ijobiy yechimi bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati
Chorshanba – favqulodda vaziyatlar profilaktikasi kuni: profilaktik tadbirlar Gurlan tumani misolida
 
Qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida viloyat FVB xodimlari tomonidan  barcha  hududlarda keng qavrovli profilaktik tadbirlar olib borilmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri Gurlan tumanida tashkil etildi.

Tadbir doirasida soha xodimlari aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlarida aholiga is gazidan zaharlanish, havo-gaz aralashmasining chaqnashi, yong‘inlar va boshqa yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha tushunchalar berilib, xavfsizlik qoidalarini o‘zida aks etgan eslatmalar tarqatildi.

Boshqa yangiliklar👇
xorazm.fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube  | instagram