Guliston shahar 2-son IMI
619 subscribers
1.7K photos
186 videos
46 files
749 links
🇺🇿 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Guliston shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining rasmiy telegram sahifasi

• Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

https://myurls.co/gulistonsh2sonimi
Download Telegram
#ishchi_guruh
#Sirdaryo

🤩 AGENTLIK DIREKTORINING TIZIMDAGI MAKTABLAR FAOLIYATINI JOYIGA BORIB O‘RGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

Avval ma'lum qilinganidek, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh tizimdagi maktablar faoliyatini yaqindan, haqqoniy o‘rganish, ularda aniqlangan kamchilik va muammolarni izchil bartaraf etish maqsadida hududlarda bo‘lmoqda.

Navbatdagi o‘rganish Agentlikning Sirdaryo viloyatidagi maktablari bo’ldi. Jumladan, Guliston shahridagi Prezident maktabi, Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi, Shirin shahar hamda Boyovut tuman ixtisoslashtirilgan maktablari ko'zdan kechirildi.

Shuningdek, Guliston shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabining qurilish jarayonlari bilan yaqindan tanishildi.

Agentlik direktori oʻrganilgan maktab rahbariyati, o‘quv jamoasining ta'lim maskanidagi shart-sharoitlarini yanada yaxshilash, pedagoglarning xalqaro tajriba va zamonaviy ta'lim usullariga oid bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan takliflarini qo‘llab-quvvatlab, o‘z tavsiyalarini berdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🏆 Sirdaryo viloyatidagi ta'lim muassasalari o'qituvchilari o‘rtasida “Zakovat” turnirining hududiy bosqichi bo'lib o'tmoqda!

🏢 Mazkur turnirda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Guliston shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati ustozlar jamoasi ham faol ishtirok etishmoqda.

#zakovat #2sonimi

Bizning sahifalarimiz:
📲Telegram 📲Instagram 📲Telegram
🏆 O‘qituvchilar o‘rtasida “Zakovat” turnirining Sirdaryo viloyati hududiy bosqichi 1 hamda 2-tur bo'yicha umumiy jadval.

#zakovat #2sonimi

Bizning sahifalarimiz:
📲Telegram 📲Instagram 📲Telegram
🎞 Ustozlar va ularning mashaqqatli mehnatiga bag‘ishlangan filmlar

❗️Ustozlarning nafaqat o‘zi, balki ular haqidagi yaxshi film ham tarbiyalashi, o‘rgatishi mumkin.

⚡️ Dam olish kuni yaxshi film tomosha qilishingiz va ilhom olishingiz uchun ushbu ro’yxatni taqdim etamiz:

1. “Super 30”;
2. “Ron Klark tarixi”;
3. “Moʻjiza”;
4. “Iqtidorli”;
5. “Uch savdoyi”;
6. “Ustoz”;
7. “Matematik moʻjizalar”;
8. “Ibrat”;
9. “Uyg‘onish davri odami”;
10. “Hayot go‘zal”;
11. “Zulmat”;
12. "Xorchilar”;
13. “Ikkichi”;
14. “Tafakkur o‘yinlari”;
15. “Yerdagi yulduzchalar”;
16. “Olg‘a, Hindiston!”;
17. “O‘rindosh”;
18. “Murabbiy”;
19. “O‘qituvchi”;
20. “Zakovatli Uill Xanting”...

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🏆 O‘qituvchilar o‘rtasida “Zakovat” turnirining Sirdaryo viloyati hududiy bosqichi yakunlandi.

Yakuniy natijalarga ko'ra quyidagi jamoalar yuqori o'rinlarni egallagan holda turnirning Respublika bosqichiga yo'l oldi:

🥇- o'rin: Yangiyer shahri IM;
🥈- o'rin: Guliston shahri 2-IMI;
🥉- o'rin: Guliston shahri 2-maktab.

@Sirdaryo_ZakovatNNT
Forwarded from Zakovat: Sirdaryo
🏆 O‘qituvchilar o‘rtasida “Zakovat” turnirining Sirdaryo viloyati hududiy bosqichi yakuniy jadvali.

@Sirdaryo_ZakovatNNT
Forwarded from Fan olimpiadalari markazi (FOM) (:))
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM