Hujjat topshirish jarayonlari
22.7K subscribers
159 photos
25 videos
114 files
870 links
🌍 Chet el oliygohlariga hujjat topshirgan o'zbekistonliklardan maslahat, ma'lumot va hujjat namunalari

Murojaat uchun: @GN_Murojaat_bot

👉 Hamkor kanal: @grantlar

Reklama: @gn_work
Download Telegram
MOTIVATIONAL LETTER FOR STIPENDIUM HUNCARICUM000.pdf
193.2 KB
Stipendium Hungaricum dasturi bo’yicha magistraturaga to’liq grant yutgan talabaning motivatsiya xati

@grantlar_namuna
rec letter for hungaricum oybek00000 domlang.pdf
414.9 KB
Stipendium Hungaricum dasturi bo’yicha magistraturaga to’liq grant yutgan talabaning tavsiyanomasi

@grantlar_namuna
Shavkat, declaration from graduation.pdf
108.8 KB
Stipendium Hungaricum dasturi bo’yicha magistraturaga to’liq grant yutgan talabaning dastur uchun tayyorlagan talaba ekanligini tasdiqlovchi ma'lumotnomasi

@grantlar_namuna
Medical certificate for Scholarship Hungaricum.pdf
171 KB
Stipendium Hungaricum dasturi bo’yicha magistraturaga to’liq grant yutgan talabaning tibbiy ko'rik sertifikati

@grantlar_namuna
My transcript fo the scholarship.pdf
2.5 MB
Stipendium Hungaricum dasturi bo’yicha magistraturaga to’liq grant yutgan talabaning universitetda olgan baholari

@grantlar_namuna
Tavsiyanoma yozish haqida kerakli ma'lumotlar

Har bir xalqaro grant dasturga yoki universitetga ariza topshirayotganda so'raladigan hujjatlardan biri tavsiyanoma — recommendation letter hisoblanadi. Odatda nomzoddan kamida bitta, ko'p hollarda 2 yoki 3 ta tavsiyanoma topshirish talab etiladi.

Tavsiyanoma kim tomonidan yoziladi?
Tavsiyanomalar nomzodni yaxshi biluvchi, kamida 6 oydan beri taniydigan, uning ilmiy va akademik yutuqlaridan xabardor shaxs tomonidan yoziladi. Grant dasturlari uchun tavsiyanomalar nomzodning ilmiy rahbari, fan o'qituvchisi yoki universitetdagi boshqa ilmiy xodim tomonidan yozilgani maqsadga muvofiq. Ilmiy darajasi yuqori professorlardan tavsiyanoma olish tavsiya etiladi. Ayrim hollarda, magistratura va undan keyingi dasturlar uchun ish joyidan tavsiya xati olinishi so’ralishi mumkin. Bu haqida dastur talabida alohida aytib o’tiladi.

Shuningdek, vaziyatga qarab, tavsiyanoma ish beruvchi tomonidan ham berilishi mumkin.

Tavsiyanomalar odatda quyidagi ma'lumotlarni o'z ichiga oladi (ayrim hollarda bundan biroz farq qilishi mumkin):
1. Tavsiya beruvchi shaxs kimligi va uning tavsiya qilinuvchi nomzod bilan aloqadorligi;
2. Nomzodning ilmiy va akademik yutuqlari;
3. Nomzodning darsdan tashqari faoliyati, ijtimoiy faolligi;
4. Nomzodning shaxsiy xislatlari, fe'l-atvori, harakatchanligi va qat'iyatliligi.
5. Boshqa muhim yoki grant beruvchi tashkilot tomonidan soʻralgan jihatlar.

Nomzodning ushbu dastur uchun munosibligi batafsil ta'kidlanishi, qolaversa, har bir jihat haqida gapriliyatoganda misollar bilan aniq ma'lumotlar berilishi lozim.

Xat so'nggida tavsiyanoma yozuvchining kontakt ma'lumotlari berilgan holda, nomzod haqida qo'shimcha savollar bo'lsa, bemalol murojaat qilishlari mumkinligi aytib o'tiladi.

ESLATMA: Tavsiyanoma yozayotganda shaxsiy yondashuv yaqqol aks etishi, aniq, haqiqatga to'g'ri keluvchi ma'lumotlar beriliishi lozim. Shu bilan birga, tavsiyanoma yozib bo'lingandan so'ng uni qayta o'qib, imloviy va grammatik xatolardan holi ekanligiga ishonch hosil qiling.

P.S. Kanalimizda turli grantlarni yutgan nomzodlarga berilgan tavsiyanomalar joylangan. “Tavsiyanoma” deb izlab, ularni topib, namuna sifatida tanishib chiqishingiz mumkin.

@grantlar_namuna
#Natija #34

Kanalimizning 2 nafar kuzatuvchisi barcha xarajatlari qoplanuvchi OSCE Summer School dasturiga qabul qilindi hamda 1-25-avgust kunlari Qirg'izistonda bo'lib o'tadigan yozgi dasturda ishtirok etish imkoniyatini qo'lga kiritdi.


1. Maftuna Xasanova — Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti 4-kurs talabasi.


2. Shirina Yergeshova — Toshkendagi xalqaro Westminister universiteti bitiruvchisi.

Shirina ushbu muvaffaqiyatga erishishda kanalimizdagi manbalar, qolaversa, OSCE Summer school avvalgi mavsum ishtirokchisi Dilnavoz Najimova bilan o'tkazilgan suhbat katta yordam berganini e'tirof etdi.

Ikkala nomzod ham "Introduction to Research Methods in Social Science, Academic Writing and Honesty" yo'nalishi bo'yicha ishtirok etish uchun qabul qilingan.

Dastur imkoniyatlari:
– 450 yevro stipendiya
– Borish va kelish xarajatlari qoplanadi
– Viza va registratsiya yordami

Ikkala ishtirokchini ham ushbu natija bilan tabriklaymiz hamda ularning kelgusi ishlarida omad tilab qolamiz!

@grantlar_namuna
Personal Statement OSCE summer school.pdf
53.8 KB
Yaqinda 2 nafar talabamiz OSCE Summer school uchun qabul qilingani haqida aytgan edik.

E’tiboringizga Shirina Yergeshovaning ushbu dastur uchun yozgan Personal Statement — dasturda qatnashishdan maqsadi aks etgan shaxsiy bayonnomasini taqdim etmoqdamiz.

OGOHLANTIRISH: Hujjatdan faqat oʻrganish maqsadida foydalaning. Boshqa shaxsning hujjatlarini koʻchirib, oʻziniki sifatida taqdim etish plagiarizm hisoblanadi va osonlik bilan aniqlanib, arizaning rad etilishiga olib keladi.

@grantlar_namuna
#Natija 35

Kanalimiz kuzatuvchilaridan biri GKS — Korean Government Scholarship dasturiga qabul qilindi.

Oybek Ibragimov — Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti soliqlar va soliqqa tortish yo’nalishi 3-kurs bitiruvchisi.

Oybek Janubiy Koreyaning Keimyung universitetida 1 semestr davomida o'qish uchun to'liq grant yutdi, shu bilan birga, GKS almashinuv dasturiga ham qabul qilindi.

Bu orqali Oybek quyidagi imtiyozlarni qo'lga kiritdi:
— O'qish kontrakt to'lovidan ozod etiladi.
— Janubiy Koreyaga borish-kelish aviachipta xarajatlari qoplanadi.
— Bir martalik 200 ming von (taxminan 158 AQSH dollari) yordam puli beriladi.
— Har oy 500 ming von (taxminan 396 AQSH dollari) stipendiya beriladi.
— Tibbiy sug'urta xarajatlari qoplanadi.

Bu dasturga hujjat topshirishda Oybek kanalimizdagi manbalardan ham foydalangan.

Oybekni ushbu yutuq bilan tabriklaymiz va kelgusi o'qishlarida omad tilab qolamiz.

@grantlar_namuna
⚡️«Kelajak kasblari» loyihasi orqali zamonaviy kasblarni o'rganish uchun 100%gacha grant yutib oling

«Najot Ta'lim» markazi dasturlash, grafik dizayn va SMM sohalarini o'rganmoqchi bo'lgan yigit-qizlar uchun «Kelajak kasblari» loyihasi orqali GRANT e'lon qiladi.

🇺🇿 Ta'lim grantida «Najot Ta'lim» Toshkent yoki Farg'ona filiallaridan birida o'qish niyati bo'lgan, "Kelajak kasblari" loyihasining talablariga mos yoshlar qatnashishi mumkin.

👉 Loyiha bilan tanishish va ID raqam olish bo'yicha yo'riqnoma

⚖️
Grantga qabul saralash orqali bo'lib o'tadi. Saralash jarayoni orqali zamonaviy kasblarni o'rganmoqchi bo'lgan yoshlar uchun to'g'ri yo'nalish berish maqsad qilingan.

Ushbu grant uchun ro'yxatdan o'tish bugun — 12-iyuldan boshlab 26-iyulgacha davom etadi. 16; 22; 23 va 30-iyul kunlari grant uchun kirish sinovlari bo'lib o'tadi.

❗️ Eslatma: ushbu imtihondan muvaffaqiyatli o'tgan o'quvchilarga grantda o'qishi uchun 6 oy davomida, tanlagan yo'nalishiga qarab “Kelajak kasblari” loyihasi doirasida belgilangan mablagʻ to'lab beriladi.

👤 Grant kim uchun: Kelajak kasblari loyihasiga kiruvchi barcha uchun
🕐 Qabulning oxirgi kuni: 26-iyul
📆 Imtihon sanasi: 16; 22; 23 va 30-iyul
📍 Imtihon manzili: «Najot Ta'lim» Chilonzor va Farg'ona filiallari

📬 Grant uchun ro'yxatdan o'tish

@grantlar_namuna
Kanada immigratsiya uchun ariza topshirish jarayoniga o'zgarish kiritildi

Immigration, Refugees and Citizenship Canada (IRCC) tashkiloti PR uchun ariza topshirgan nomzodlar endi ushbu jarayonining bir qismi sifatida biometrik ma'lumotlarni taqdim etishlari kerakligini e'lon qildi.

2023-yil 14-iyundan boshlab doimiy propiska uchun ariza topshirgan barcha jismoniy shaxslar biometrik ma’lumotlarni taqdim etish kerakligi belgilandi.

COVID-19 pandemiyasi sabab avvaldan talab etiladigan ushbu biometrik ma'lumotlarni topshirish 2020-yil sentyabr oyidan boshlab bekor qilingan edi.

Endi ariza beruvchilarquyidagi holatlarda ushbu biometrik ma'lumotlarni taqdim etishlari shart:

— Tashrif vizasi
— Ish yoki oʻqish uchun ruxsatnoma (AQSh fuqarolari bundan mustasno)
— Doimiy yashash
— Qochqin yoki boshpana maqomi
— Kanadada qolish muddatini uzaytirish
— Ish yoki oʻqish uchun ruxsatnomani uzaytirish

Yuqoridagi o'zgarishlar quyidagi guruhlar uchun tegishli emas:
— Ish, tashrif yoki o'qish vizasi bo'yicha vaqtinchalik rezidentlik (temporary resident) uchun murojaat qilganlar.
— Muddati uzaytirish uchun ariza berayotgan vaqtinchalik fuqarolar (temporary residents).

Biometrik ma'lumotlar o'zi nima?

IRCC tashkiloti Kanadada yashash, ishlash yoki tashrif buyurish uchun har qanday turdagi ruxsatnoma uchun dastlabki arizaning bir qismi sifatida nomzodlardan barmoq izi va yuzining fotosuratini taqdim etishlarini talab qiladi.

Biometrik ma’lumotlarni topshirish uchun joriy to‘lov 85 CAD (taxminan 65 AQSh dollarini) tashkil etadi.

👉 Kanadada o'qish uchun turli grant dasturlari bilan batafsil BU YERDA tanishing.

@grantlar_namuna
#Natija #36

Kanalimiz kuzatuvchilaridan biri OSCE Akademiyasida magistratura bosqichida o'qish uchun to'liq grant yutdi.

Pokiza Juraeva — 2023-yil 1-sentyabr oyidan boshlab 2 yil davomida OSCE Akademiyasining Master of Arts in Human Rights and Sustainability (MAHRS) bo'yicha ta'lim olish imkoniyatini qo'lga kiritdi.

Dastur imkoniyatlari:
— O'qish kontraktidan ozod qilinadi.
— 450 yevro oylik stipendiya (18 oy davomida) beriladi.
— Bishkekka borish-kelish uchun xarajatlari qoplanadi.
— Tibbiy sug'urta bilan ta'minlanadi.
— Yevropa Ittifoqi davlatlarida amaliyot o'tash imkoniyatiga ega bo'lishi mumkin.

Bu dasturga ariza topshirishda Pokiza kanalimizdagi manbalardan ham foydalangan.

Pokizani ushbu natija bilan tabriklaymiz hamda uning kelgusi ishlarida zafarlar tilab qolamiz!

@grantlar_namuna
Forwarded from Grantlar.uz
Qabul ochiq boʻlgan qisqa muddatli dasturlar

Hozirda bir qancha qisqa muddatli dasturlarga arizalar qabul qilinmoqda. Toʻliq yoki qisman moliyalashtiriladigan bu dasturlar bir necha kundan bir necha oygacha davom etishi mumkin.

Quyida ularning roʻyxatini keltiramiz:

1. Oʻzbekistonda Biotexnologiya boʻyicha bepul yozgi maktab: biologiya, biotexnologiya, farmatsevtika va shu sohalarga aloqador yoʻnalishda oʻqiyotgan bakalavriat va magistratura talabalari (2023-yilda oʻqishni bitirganlar ham) qatnashishi mumkin. 15 kishi qabul qilinadi.

Moliyaviy jihati: Qatnashish bepul, turar joy va kunlik xarajatlar qisman qoplanishi mumkin, sertifikat beriladi.

Dedlayn: 2023-yil 21-iyul 18:00

2. Qirgʻizistonda Tinchlik va ziddiyatlar mavzusida 5 kunlik trening: 2023-yil 17-21-sentabr kuni Bishkekda boʻlib oʻtadi (ingliz tilida).

Moliyaviy jihati: Qatnashish bilan bogʻliq barcha xarajatlar (borish-kelish xarajati ham) qoplanadi.

Dedlayn: 2023-yil 31-iyul 22:59

3. Hurford Youth Fellowship Program (AQSH): 30 yoshdan oshmagan, demokratiya rivojiga hissa qo'shish va demokratik faollikka qiziquvchi nomzodlar ariza berishi mumkin. Ishtirokchilar AQSHda 3 oy amaliyot oʻtaydi va malaka oshiradi (ingliz tilida).

Moliyaviy jihati: Qatnashish bilan bogʻliq barcha xarajatlar qoplanadi.

Dedlayn: 2023-yil 31-iyul

4. Qozon shahrida 3 kunlik yoshlar sammiti: 18-35 yoshli nomzodlar ariza topshirishi mumkin. 2023-yil 28-30-avgust kunlari boʻlib oʻtadi (ingliz tilida).

Moliyaviy jihati: Turar joy, oziq-ovqat va transport xarajatlari qoplanadi.

Dedlayn: 2023-yil 1-avgust.

5. Turkiyada 6 kunlik media oromgoh: 18-25 yoshli jurnalistlar va jurnalistikaga qiziquvchilar qatnashishi mumkin (ingliz tilida). Ayollar va erkaklar uchun alohida-alohida tashkil etiladi.

Moliyaviy jihati: Turkiyaga borish va qaytish xarajatidan tashqari barcha xarajatlar (turar joy, oziq-ovqat, sug'urta va h.k.) qoplanadi.

Dedlayn: 2023-yil 1-avgust 01:59

☝️ Qabul muddatini oʻtkazib yubormang!

P.S. Bunday dasturlar bilim va tajriba almashish, xalqaro tanishlar orttirish, tajriba va malaka oshirishga xizmat qiladi. Shuningdek, CV uchun ijobiy omil boʻladi.

@grantlar
Markaziy Osiyoning 14-24 yoshli ayol-qizlari uchun Introducing Writerama Summer Program dasturi

Yozish qobiliyatini rivojlantirishga qiziquvchi ayol-qizlar uchun 4 haftalik bepul Writerama Summer Program onlayn kursi tashkil etilmoqda.

Dastur davomida ishtirokchilar quyidagi imkoniyatlarga ega bo'ladi:
— Kreativ yozish qobilaytini rivojlantirishga yordam beruvchi haftada bir tashkil etiladigan sessiyalarda ishtirok etish hamda turli insho va ishga ariza yozish kabi mahoratlarni oshirish.
— Nufuzli mukofotga ega mehmon spikerlar bilan tashkil etiluvchi tadbirlarda qatnashish.
— Aloqalarni (networking) kengaytirish.
— Turli yozgi lagerlar, dastur va stipendiyalar hamda loyihalarda qatnashish imkoniyatini qo'lga kiritish.

Dastur davomiyligi: 27-iyul - 17-avgust kunlari

O'tkazilish vaqti va joyi: haftaning har payshanba kuni.11:00 - 12:30, onlayn ZOOM platformasida

Kimlar uchun: markaziy Osiyodagi 14-24 yoshli yozish qobiliyatini rivojlantirmoqchi bo'lgan ayol-qizlar

👉 Dasturda ishtirok etish uchun BU YERDAN ro'yxatdan o'ting.

Ariza topshirish so'nggi muddati: 2023-yil, 23-iyul, ertalabki 11:00 ga qadar.

ESLATMA: dastur to'liq ingliz tilida olib boriladi. Shu sabab ishtirokchilar ingliz tilini yetarli darajada bilsihi kerak.

Qo'shimcha savol va murojaatlar uchun: [email protected]

@grantlar_namuna
Talaba hamda o'quvchilar uchun “Raqamli texnologiyalar vazirligi stipendiyasi”

“O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq soha ta’lim muassasalarining talaba va o‘quvchilariga O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi stipendiyasi joriy etilmoqda.

Kimlar uchun: O‘qishda, ilmiy izlanishlarda hamda ijtimoiy hayotda muvaffaqiyatlarga erishgan belgilangan muassasa talaba va o'quvchilari uchun.

Jumladan, quyidagi oliygohning bakalavriat (kunduzgi va masofaviy) ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha 1-2-3-bosqichni tamomlagan talabalari:
— Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning filiallari.
— Toshkent shahridagi Inha universiteti.
— Toshkent shahridagi Amiti universiteti.
— “IT-Park University” raqamli universiteti

Shu bilan birga, quyidagi o'rta-maxsus ta'lim muassasasi o'quvchilari:
— TATU va uning filiallari huzuridagi texnikumlar.
— TATU va uning filiallari qoshidagi
akademik litseylarning o‘quvchilari.

Stipendiya manfaatli jihatlari:
— Talabalar uchun:
bazaviy hisoblash miqdorining 5,0
barobari (2023-yil iyul oyi holatiga ko'ra, 1 650 000 so‘m) oylik stipendiya.
— O'quvchilar uchun: bazaviy hisoblash
miqdorining 2,0 barobari (2023-yil iyul holatiga ko'ra, 660 000 so‘m) oylik stipendiya

Stipendiya g‘olibi bo‘lish uchun qo‘yilgan talablar:
— Yuqoridagi ta'lim muassasasi talabasi yoki o'quvchisi bo'lishi;
— Yuqori o‘zlashtirish darajasi;
— Ilmiy-ijodiy va innovatsion ishlari;
— Xorijiy tillarni bilish darajasi (B1, B2, C1);
— Xalqaro IT-sertifikat mavjudligi. Sertifikatlar ro'yxati bilan BU YERDA tanishing.
— Hakaton yoki IT-tanlovlardagi ishtiroki.

👉 Ariza topshirish BU YERDA amalga oshiriladi.

MUHIM: dasturga ariza topshirishdan avval STIPENDIYA NIZOMI bilan batafsil tanishib chiqing.

@grantlar_namuna
Volontyorlik loyihalari uchun 66 milliongacha mablag'

Yoshlar ishlari agentligi tomonidan volontyorlar va volontyorlik harakatlarini qo'llab-quvvatlash maqsadida yangi tanlov tashkil etilmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 5 ta eng yaxshi volontyorlik loyihalari tanlab olinib, ularni amalga oshirish uchun BHMning 200 baravarigacha mablag‘ ajratiladi.

Tanlovga quyidagi yo'nalishlardagi loyihalar qabul qilinadi:
— Ta'lim.
— Ekologiya.
— Turizm.
— Ijtimoiy volontyorlik
.

Ariza yuborish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

1. O'zingizga tegishli bo'lgan faylni yuklab oling:
— Volontyorlik tashkilotlari uchun ariza namunasi (Faylni yuklab olish)
— Volontyorlik guruhlari uchun ariza namunasi
(Faylni yuklab olish)

2. Hujjatlarni bir faylga (PDF) joylashtirib, mazkur portalga yuboring.

👉 Loyihalar 2023-yil 10-avgustga qadar BU YERDA qabul qilinadi.

👉 Dastur nizomi bilan batafsil BU YERDA tanishib chiqishingiz mumkin.

@grantlar_namuna
“WikiStipendiya II”da Voha oyligi: mukofot jamg'armasi 18 million so'm

WikiStipendiya 2-mavsumi davomida hududiy oyliklar loyihasi tashkil etilmoqda. Bunda 2023-yilning iyun oyidan noyabr oyiga qadar Oʻzbekiston viloyatlari bilan bogʻliq ensiklopedik ahamiyatga ega istalgan mavzuda yangi maqola yaratish hamda mavjud maqolalarni tahrirlash maqsad qilingan.

Mukofot jamgʻarmasi: Voha oyligi marafoni davrida yuqori oʻrinlarni egallagan foydalanuvchilar quyidagi tartibda mukofotlanadi:
— 1-oʻrin uchun — 10 million soʻm.
— 2-oʻrin uchun — 5 million soʻm.
— 3-oʻrin uchun — 3 million soʻm.

Ishtirokchilar 2023-yil 1-avgustdan 31-avgustga qadar Surxondaryo hamda Qashqadaryo viloyatiga oid maqolalarni yozish va boyitishlari lozim.

Bunda yangi yaratilgan yoki tahrirlangan maqolalar kamida 200 soʻzdan iborat boʻlishi, bilgiqutiga ega boʻlishi, turkumlashtirilgan hamda kamida 2 ta manbaga ega boʻlishi lozim.

👉 Dastur shartlari bilan batafsil BU YERDA tanishing.

@grantlar_namuna
Forwarded from Grantlar.uz
Sentabrda qabul tugaydigan dasturlar

Eʼtiboringizga 2023-yil sentabr oyida qabul tugaydigan dasturlar roʻyxatini taqdim etamiz.

👉 Stipendium Copernicus: bakalavr va magistrlar uchun Germaniyada 1 semestr oʻqish imkoniyati! (dedlayn: 1-sentabr)

👉 Harvard Kennedy School: AQSHda 4 oylik amaliyot dasturi; 40 000 dollar stipendiya beriladi! (dedlayn: 7-sentabr)

👉 NASAdan qisqa metrajli filmlar tanlovi; mukofot – 10 000 dollargacha! (dedlayn: 8-sentabr)

👉 The Hodder Fellowship – sanʼatkorlar uchun AQSHda amaliyot dasturi; stipendiya – 90 000 AQSh dollari! (dedlayn: 12-sentabr)

👉 Princeton universitetida (AQSH) 2 yil davomida dars berish va malaka oshirish imkoniyati; yillik stipendiya – 90 000 dollar! (dedlayn: 12-sentabr)

👉 AQSHda 1 semestrgacha amaliyot oʻtash yoki tadqiqot olib borish uchun toʻliq grant! (dedlayn: 16-sentabr)

👉 Dunyoning 14-raqamli universitetida magistraturani toʻliq grant asosida oʻqing; joy 200 tagacha! (dedlayn: 19-sentabr)

👉 iF Social Impact Prize ijtimoiy loyihalar tanlovi: mukofot jamg’armasi – 100 000 yevro! (dedlayn: 25-sentabr)

👉 GCSP Prize – global xavfsizlikka oid innovatsion loyihalar uchun 11 660 dollar mukofot! (dedlayn: 26-sentabr)

👉 Germaniya: Musiqa yoʻnalishida magistratura yoki malaka oshirish kurslari uchun stipendiya! (dedlayn: 28-sentabr)

👉 Fantastika va ilmiy fantastika janridagi illustratsiyalar tanlovi; bosh sovrin – 5000 dollar! (dedlayn: 30-sentabr)

👉 Fantastik va ilmiy fantastik hikoyalar (asarlar) tanlovi; bosh mukofot – 5000 AQSH dollari! (dedlayn: 30-sentabr)

👉 Tom Howard/Margaret Reid Poetry Contest she'rlar tanlovi: mukofot – 3000 AQSh dollarigacha! (dedlayn: 30-sentabr)

👉 Iqtisodiyot, moliya va biznes masalalari yoritiladigan jurnalistik ishlar uchun 15 000 dollargacha grant! (dedlayn: 30-sentabr)

Avgust oyida qabul tugaydigan dasturlar roʻyxatini BU YERDAN topasiz.

😎 Hujjat topshirish muhlatini oʻtkazib yubormang!

@grantlar
Maktab va kollej/litsey oʻquvchilari, 1 yilda davomida AQSHda BEPUL taʼlim olishni xohlaysizmi?

Unda FLEX dasturiga ariza topshiring.

Bu dasturda 2007-yil 15-iyul va 2009-yil 15-iyul oraligʻida tugʻilgan hamda maktabning 9-10-sinf yoki kollej/litseyning 1-kurs oʻquvchilar qatnashishi mumkin.

Dastur gʻoliblari AQSH maktablarida 1 yil bepul tahsil oladi. Tahsil olish bilan bogʻliq barcha xarajatlar (borish-kelish, turar joy, oziq-ovqat va h.k.) toʻliq qoplanadi.

Qabul 2023-yil 28-sentabrgacha davom etadi.

FLEX dasturi boʻyicha maxsus postlar va suhbatlarni rejalashtirganmiz. Kanalimizni kuzatib boring. 😉

👉 FLEX dasturi haqida batafsil

@grantlar_namuna
FLEX boʻyicha savollarga javoblar.

Quyida FLEX 2024-2025 dasturi boʻyicha eng koʻp berilayotgan va eng muhim savollarga javoblar berilgan.

1. 2007-yil 15-iyuldan keyin tugʻilganman, lekin 11-sinfman yoki kollej/litseyning 2-kurs talabasiman. FLEX dasturiga qatnasha olamanmi?
– Yoʻq. Faqat 2007-yil 15-iyul va 2009-yil 15-iyul oraligʻida tugʻilgan maktabning 9-10-sinf va kollej/litseyning 1-kurs oʻquvchilari qatnasha oladi.

2. FLEX dasturi davomida AQSH universitetiga hujjat topshirib, qabul qilinsam, FLEX tugagach AQSHda qolsam boʻladimi?
– Yoʻq, boʻlmaydi. FLEX ishtirokchilari dastur tugagach vataniga qaytishi SHART. Qaytgach AQSH universitetiga topshirib, qaytadan viza uchun hujjat topshirishingiz va universitet qabul qilsa hamda viza chiqsa, keyin AQSHga qaytsangiz boʻladi.

3. Qatnashish uchun til sertifikatim (IELTS, TOEFL va h.k.) boʻlishi shartmi?
– Yoʻq, shart emas. Til sertifikatisiz ham bemalol qatnashish mumkin.

4. Ingliz tilini bilish darajam qanday boʻlishi kerak?
– FLEX ingliz tili dasturi emas. Shu uchun ingliz tili darajasi uchun aniq talab qoʻyilmagan. Agar nomzodda FLEX dasturi uchun barcha xislatlar boʻlsa, lekin til darajasi u qadar yuqori boʻlmasa, til boʻyicha qoʻshimcha tayyorgarlik kursi qoʻyib beriladi.

Lekin hozirga qadar FLEXga qabul qilingan oʻzbek oʻquvchilarning aksariyatida til darajasi kamida B2 darajada boʻlgan. Lekin til darajangiz qancha yuqori boʻlsa, oʻzingiz uchun shuncha yaxshi.

5. Nogironligim bor, men ham qatnashsam boʻladimi?
– Albatta, boʻladi. FLEX dasturi nogironligi bor oʻquvchilarni ham dasturga ariza topshirishga ragʻbatlantiradi. Hozirga qadar FLEX dasturiga dunyo boʻylab 300 dan ortiq nogironligi bor (koʻzi ojiz, qulogʻi ogʻir/eshitmaydigan, jismoniy kamchiliklarga ega) oʻquvchilar qabul qilingan.

6. Gʻolib boʻlsam, qaysi shtat, shahar yoki maktabda oʻqishni oʻzim tanlaymanmi?
– Yoʻq, siz tanlamaysiz. Oʻquvchilar boradigan shtat va maktablarni dastur maʼmuriyati belgilab beradi.

7. FLEX gʻoliblarning qanday xarajatlarini qoplaydi?
– Barcha xarajatlar (AQSHga borish-kelish, yashash, turar joy, oziq-ovqat va h.k.) qoplanadi.

8. Imtihonda qanday savollar tushadi?
– Asosan ingliz tilidan savollar tushadi va ayrim testlarda orada 3-4 ta matematikadan savol tushishi mumkin.

9. Imtihonga qanday tayyorlansam boʻladi?
– Shunchaki, ingliz tilingizni (reading, listening, writing, speaking) orqali tayyorlaning.

10. Suhbatda ingliz tilida gapirish shartmi?
– Yoʻq, shart emas. Oʻzbek yoki rus tilida gapirsangiz ham boʻladi. Lekin ingliz tilida gapira olsangiz, ingliz tilida gapirish tavsiya etiladi.

Suhbatda oʻzbek yoki rus tilida gapirib, FLEX dasturini yutganlar anchagina.

11. Bu yilgi qabulda gʻolib boʻlsam, AQSHga qachon ketaman?
– 2024-yil kuzda ketasiz va keyingi yili qaytasiz.

12. Oʻzbekistondan nechta oʻquvchi qabul qilinadi?
– 2020, 2021 va 2022-yildagi qabulda 40-55 nafar oʻzbek oʻquvchi qabul qilingan. Shundan kelib chiqib, bu yili ham oʻrtacha 40-50 nafar oʻquvchi qabul qilinishini taxmin qilish mumkin.

13. FLEX dasturiga qayerda roʻyxatdan oʻtaman va ariza topshiraman?
– Arizalar MANA BU YERDA topshiriladi. Ariza topshirishni boshlashdan oldin akkaunt yaratishingiz kerak (Create an account). Arizalar 2023-yil 28-sentabrgacha qabul qilinadi.

14. AQSHda o'qib kelgan yilim O'zbekistindagi maktabda hisobga olinadimi?
– Agar siz o'qiydigan (O'zbekistonda) maktab, litsey yoki kollej Xalq ta'limi vazirligiga qarasa, ha, hisobga olinadi. Masalan, 9-sinfni bitirib, AQSHga FLEX orqali ketdingiz, 10-sinfni AQSHda tugatdingiz. O'zbekistonga qaytgach, o'qishni 11-sinfdan davom ettirasiz.

Xususiy ta'lim muassasasida o'qisangiz, buni o'sha o'qish joyingizdan so'rab ko'ring.

15. Muhim:
– Akkaunt ochishda o'zingiz doim ishlatadigan, paroli yodingizda bo'lgan emaildan foydalaning. Emailingiz bo'lmasa, oching va login hamda parolini qayergadir yozib, saqlab qo'ying. Saralash davomida shu emailingizga xabarlar yuborib turiladi.

Email ochish bo'yicha tavsiyalarni BU YERDAN topasiz.

👉 FLEX dasturi haqida batafsil

Barcha nomzodlarga omad tilaymiz! 💪

@grantlar_namuna