Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kuni kecha "U.S.-CAEF": American University of Central Asia oliygohida o'qish" mavzusida suhbat bo'lib o'tgan edi. E'tiboringizga ushbu suhbatning yozib olingan variantini havola etmoqdamiz.
Suhbat davomida ushbu oliygoh bakalavriat bosqichi talabalari, hamyurtlarimiz Oybek Turayev va Shohjahon Hakimovlar dastur va universitet haqida batafsil ma'lumot berdilar.
Jumladan, quyidagi mavzular qamrab olindi:
— AUCA oliygohi va yo'nalishlari.
— Bitiruvchilarning ish topish imkoniyatlari.
— Universitetga ariza topshirish bosqichlari, ichki imtihon va sertifikatlar.
— U.S.-CAEF dasturi va imkoniyatlari.
— Dastur talablari hamda qo'shimcha foydali tomonlari.
Suhbat yakunida tinglovchilar o'zlarining qiziqtirgan savollariga javob olishdi. Mazmunli suhbat uchun Oybek va Shohjahonga alohida minnatdorchilik bildiramiz va kelgusi ishlarida zafarlar tilab qolamiz.
@grantlar_namuna

"YPIP: bakalavriat talabalari uchun Oʻzbekistonda haq toʻlanadigan amaliyot" dasturi ishtirokchisi bilan ovozli suhbat
Hozirda Amerika Kengashlari tomonidan bakalavriat talabalari uchun Oʻzbekistonda haq toʻlanadigan amaliyot oʻtash imkoniyati — YPIP dasturiga arizalar qabuli davom etmoqda. Ariza topshirayotganlarga yordam tariqasida ushbu dastur ishtirokchisi bilan suhbat tashkillashga qaror qildik.
Maftuna Jumayeva — O’zbekiston Jahon tillari universiteti 4-kurs talabasi. YPIP dasturining 2022-yil mavsumi ishtirokchisi. Maftuna suhbat davomida dastur imkoniyatlari, talablari va ariza topshirish jarayoni haqida batafsil ma'lumot beradi.
Suhbat o'tkazilish vaqi:2023-yil 6-dekabr 21:00
Suhbat o'tkazilish joyi: @grantlar_namuna Telegram kanali
👉 YPIP dasturi haqida batafsil ma'lumot 👈
Suhbat davomida dastur haqida o'zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Koreys tilini bepul o'rganish uchun foydali manbalar
Janubiy Koreyaga ketishni niyat qilgan yurtdoshlarimiz ko'pligini hisobga olib bu galgi postimizda koreys tilini boshlang'ich darajadan o'rganish uchun mo'ljallangan bepul manbalarni e'tiboringizga havola etmoqchimiz.
1. How to study Korean. Koreys tilini o'rganish uchun eng yaxshi manbalardan biri bo'lib, harflarni qanday yozish hamda o'qishdan boshlab, yuqori darajadagi gramatika darslari, qolaversa, qo'shimcha materiallar: turli kitob, video va audiolarni to'z ichiga oladi.
2. Korean From Zero. Ushbu sayt koreys tilini boshlang'ich darajadan boshlab o'rganishga mo'ljallangan bo'lib, bepul onlayn kurslarda o'qish bilan birga, kitoblarni ham yuklab olishingiz mumkin. Kurslar 3 qismga bo'lingan bo'lib, boshlang'ich darajadan B2 darajagacha o'rganish imkoniyatini beradi.
3. Loecsen. Ushbu saytda boshlang'ich darajadagi iboralardan tortib audio mashqlar va qiziqarli topshiriqlarni bajarish orqali koreys tilini o'rganishingiz mumkin.
4. Coursera. Ushbu katta platforma koreys tilini o'rganish uchun ham bepul kurslarni taklif qiladi. Jumladan, First Step Korean kursi Yonsei universiteti tomonidan tashkil qilingan bo'lib, malakali ustozlar tomonidan olib boriladi.
5. Duolingo. Har qanday tilni o'rganishda, shubhasiz ushbu platforma yordamga keladi. Duolingo bilan koreys tilini eng boshlang'ich darajadan boshlab oson usullar bilan o'rganishingiz mumkin. Dars davomidagi qiziqarli mashqlar va bonuslar sizni til o'rganish jarayoningizni yanda tezlashtiradi.
Bundan tashqari, koreys tilini o'rganish uchun qo'shimcha YouTube kanallarini ham kuzatib borish tavsiya qilinadi. Jumladan:
1. Go Billy Korean. Eng mashhur koreys tili darslaridan bo'lib, ko'pchilikning til o'rganishiga katta yordam bergan, oson usulda tushuntirilgan darslar to'plamidir.
2. Korean Class 101. Koreys tilini o'rganish uchun foydali video darslar jamlanmasi bo'lib, istalgan vaqtda til o'rganish qobiliyatingizni rivojlantirishda foydalanishingiz mumkin.
ESLATMA: yuqoridagi kurslar koreys tilini ingliz tili orqali o'rganishga mo'ljallangan. O'zbek tili orqali koreys tilini boshlang'ich darajdan o'rganish uchun Ibrat farzandlari loyihasi tomonidan tashkil etilgan darslarni tavsiya qilamiz.
Siz koreys tilini o'rganishda qanday manbalardan foydalanasiz, izohlarda fikringizni qoldiring👇

NSP dasturining so'nggi qabul natijalari e'lon qilindi.
Slovakiyada 2 semestrgacha oʻqish/tadqiqot olib borish imkonini beruvchi Slovakiya Milliy stipendiya dasturining (NSP) natijalari eʼlon qilindi.
Quvonarlisi, bu safargi qabulda jami 77 nafar oʻzbekistonlik nomzod ushbu grantni qoʻlga kiritgan.
Ulardan:
— A - student kategoriya: 63 nafari
— B - PhD kategoriya: 5 nafari
— C - o’qituvchi, tadqiqotchi kategoriya: 9 nafari o’zbekistonlik.
G'oliblarning aksariyat qismi @grantlar_namuna loyihasi tomonidan tashkil qilingan maxsus kurs va/yoki hujjatlarni tekshirish xizmatidan foydalangan!
Ushbu g’oliblarimizga keyingi bosqichlar haqida ma’lumot berish uchun suhbat tashkillamoqdamiz.
Suhbat o’tkazilish vaqti: 2023-yil 16-dekabr, 21:00
Suhbat o’tkazilish joyi: @grantlar_namuna telegram kanali.
Gʻoliblarni tabriklaymiz hamda ushbu suhbatimizda kutib qolamiz!

NSP dasturi g'oliblari uchun tashkillashtirilgan suhbatimizning yozib olingan variantini e'tiboringizga havola etmoqdamiz.
Suhbat davomida NSP dasturi g'olibi bo'lgandan so'ng qilinadigan ishlar, viza jarayonlari, ketadigan sarf-xarajatlar haqida ma'lumotlar berildi.
👉 Vizaga topshirish haqida ma'lumot 👈
👉 Vizaga onlayn ariza topshirish havolasi 👈
ESLATMA: NSP dasturi talabalar, universitet oʻqituvchilari, tadqiqotchilar va sanʼatkorlar uchun 2 semestrgacha almashinuv hamda tadqiqot olib borish imkoniyatini beradi.
👉 NSP dasturi haqida batafsil ma'lumot 👈
Dastur bo'yicha mentorlik kursida qatnashish haqida ma'lumot uchun @GN_Work hisobiga murojaat qilishingiz mumkin.

Grant Proposal Development and Writing Workshops: grantlarga loyiha tayyorlash bo'yicha trening
Toshkentdagi AQSH elchixonasi hamda Appalachian State University tomonidan Toshkent, Farg'ona va Buxoro viloyatlarida grantlar uchun qanday loyiha yaratish, uni qanday taqdim etish bo'yicha trening tashkil etilmoqda.
Treningda qatnashish uchun talablar:
— Jamiyat uchun ijobiy o'zgarishlar qilishga ishtiyoqmand bo'lish.
— Hozir O‘zbekistonda istiqomat qilishi.
— Seminarlardan so'ng kamida yana besh kishiga bilimlarini ulashishga tayyor bo'lish va boshqalar.
Trening 2024-yilning may oyida o'tkazilishi reja qilingan.
Treningda qatnashish uchun ro'yxatdan o'ting:
👉 RO'YXATDAN O'TISH (o'zbek tilida) 👈
👉 RO'YXATDAN O'TISH (ingliz tilida) 👈
Ariza topshirish muddati: 2023-yil 30-dekabr

AQSHda oʻqish uchun qanday turdagi grantlar mavjud?
AQSH universitetlarida oʻqish uchun ajratiladigan grantlarning asosiy 6 turi mavjud. Bular vaziyatdan kelib chiqib, toʻliq yoki qisman grant shaklida taqdim etilishi mumkin.
Quyida ular haqida qisqacha maʼlumot beramiz.
1. Koʻrsatkichlarga asoslangan grantlar (Merit scholarships). Bunday grantlar talabaning koʻrsatkichlari, erishgan yutuqlari asosida beriladi.
Masalan, bunday grantlar:
– aʼlo baholarga egalik va/yoki SAT/ACT imtihonidan yuqori ball olganlik uchun (Academic Scholarships);
– aʼlo baholar va imtihonlardan olingan yuqori ballardan tashqari, talabaning jamiyatga qoʻshgan hissasi va darsdan tashqari mashgʻulotlarda ishtiroki uchun (Average Academic Performance Scholarships);
– Sportda erishgan yutuqlari uchun (Sports Scholarships) berilishi mumkin.
2. Moliyaviy ehtiyojga asoslangan grantlar (Need-based scholarships). Bu grantlar oʻqish toʻlovlari va oʻqish bilan bogʻliq boshqa xarajatlarni toʻlashga moliyaviy imkoniyati yetmaydigan talabalarga beriladi.
3. Mamlakatga asoslangan grantlar (Country-based scholarships). Bunday grantlar rivojlanayotgan davlatlarning fuqarosi boʻlgan xalqaro talabalarga beriladi.
4. Universitet grantlari. Koʻplab AQSH universitetlari muayyan mezonlarga mos xalqaro talabalarga oʻz grantlarini taklif qiladi.
Bu mezonlarni universitetning oʻz belgilaydi, masalan, biror universitet muayyan soha boʻyicha oʻqish uchun topshiruvchi eng yuqori koʻrsatkichlarga ega nomzodlarga grant ajratishi mumkin.
5. Xususiy sektor moliyalashtiradigan grantlar. Bunday grantlar xususiy kompaniyalar, tashkilotlar va boshqalar tomonidan xalqaro talabalarga taklif etiladi.
Lekin odatda ularning talablari nisbatan qattiqroq boʻladi va ular koʻpincha muayyan guruhga mansub talabalar (masalan, ayollar, rivojlanayotgan davlatlar fuqarolari va h.k.) uchun beriladi.
6. AQSH hukumati moliyalashtiradigan grantlar. Bunday grantlar taʼlim tizimini globallashtirish maqsadida xalqaro talabalarga AQSH hukumati tomonidan ajratiladi. Ushbu grantlar odatda AQSHda oʻqish uchun eng nufuzli grantlar hisoblanadi (masalan, magistraturada oʻqish uchun Fulbright granti).
Qaysi universitetda qanday grant taklif qilinishini qanday bilsam boʻladi?
Bu uchun kerakli universitetning rasmiy veb-saytiga kirasiz va u yerdan “Financial Aid and Scholarships” yoki “Admission and Aid” yoki shu kabi moliyaviy yordam hamda grantlarga bagʻishlangan boʻlimga kirasiz.
Bu boʻlimda xalqaro talabalar uchun qanday grantlar mavjudligi bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

Hozirda Vengriya hukumatining Stipendium Hungaricum grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda.
Oʻzbekistonliklar dastur doirasida quyidagi bosqichlarda oʻqish mumkin:
– Bakalavriat
– Magistratura
– Bir bosqichli magistratura
– Doktorantura (PhD)
– Yuqoridagi barcha bosqichlar boʻyicha 1 yoki 2 semestrlik talaba lamashinuvi dasturi
Oʻqish talabaning tanloviga qarab ingliz, venger, nemis yoki fransuz tilida boʻladi.
Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt toʻlovidan toʻliq ozod qiladi.
– Bepul turar joy beriladi.
– Oylik stipendiya (110-500 yevro).
– Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
Arizalar 2024-yil 15-yanvargacha qabul qilinadi.
Grant boʻyicha manbalar:
👉 Grant dasturi, talablari va imkoniyatlari haqida batafsil maʼlumot
👉 Shu grantni yutgan oʻzbek talaba bilan suhbat
👉 Shu grantni yutgan oʻzbek talabalarining dasturga topshirgan hujjatlari (bakalavriat va magistratura)
👉 Shu grantni doktoranturada o'qish uchun yutgan o'zbek talabaning dasturga topshirgan hujjatlari
Vengriyada oʻqimoqchi boʻlganlar, olgʻa!✊

Turkiya burslari boʻyicha mentorlik kursi uchun yangi guruhga qabul!
Koʻplab nomzodlarning talablariga binoan, @Grantlar_namuna loyihasi Turkiya burslari boʻyicha toʻliq tartibli professional mentorlik kursi uchun yangi guruh ochilayotganini eʼlon qiladi.
Kurs kim uchun?
Bakalavriat, magistratura yoki doktoranturani Turkiyada ingliz yoki turk tilida toʻliq grant asosida oʻqimoqchi boʻlganlar uchun.
Kursning asosiy jihatlari:
1. Grantni yutish imkoniyatingizni oshiradi.
2. Hujjatlarni (motivatsiya xati va h.k.) tayyorlashda bevosita maslahat va yordam koʻrsatiladi.
3. Ariza va hujjatlarni xatolarsiz, 100% toʻgʻri va muvaffaqiyatli topshirishingizni taʼminlaydi.
4. Suhbatga alohida tayyorgarlik.
6. Ariza topshirishdan boshlab, to qabul qilinishgacha boʻlgan jarayonda istalgan payt istalgan savolingizni berishingiz va javob olishingiz mumkin boʻladi.
Ma'lumot uchun: Turkiya burslari dasturi Turkiyada deyarli bacha sohalarda (jumladan, tibbiyot, stomatologiya va farmasevtika sohasida ham) toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beradi.
Kursni kim olib boradi?
Kurs Turkiya burslari granti gʻolibi Abdulaziz Murtozayev tomonidan olib boriladi.
Abdulaziz grantlar boʻyicha boy tajribaga ega. Uning ayrim yutuqlari:
– “Türkiye burslari & IsDB joint scholarship” toʻliq grantini yutgan (2021).
– “Erasmus Mundus in Smart cities and communities MSc program” toʻliq grantini yutgan (2021).
– Amerika kengashlarining “Young Professional Internships Program” haq toʻlanadigan amaliyot dasturini yutgan (2020).
– “The Nippon Foundation JACAFA scholarship” stipendiyasini yutgan (2019).
– Toshkentdagi Amerika markazining onlayn loyihalar uchun grantini qoʻlga kiritgan (2022-yil).
Mentor avval ham bunday kurslar qilganmi?
Ha, Abdulaziz Murtazoyev bir necha yildan beri har xil grantlar yuzasidan mentorlik qilib keladi. Bunday kurslarga qatnashganlargan bir qanchasi turli toʻliq grantlarni, jumladan, Turkiya burslari grantini ham qoʻlga kiritgan.
👉 Avvalgi mentorlik kurslariga qatnashib, shu grantni yutgan talaba – bakalavr
👉 Avvalgi mentorlik kurslariga qatnashib, shu grantni yutgan talaba – magistr
Kurs mashgʻulotlari Zoom konferensiyalar va/yoki telegram guruh va shaxsiy yozishmalardagi savol-javoblar orqali oʻtiladi.
Dasturga qatnashish uchun 2024-yil 15-yanvar, soat 23:59 gacha roʻyxatdan oʻtish lozim.
Hozirda oxirgi sinf yoki bosqichda oʻqiyotgan oʻquvchilar va talabalar ham topshira oladi.
Kurs, kurs narxi haqida batafsil maʼlumot olish va roʻyxatdan oʻtish uchun murojaat: @abdulaziz_murtozaev

Forwarded from Grantlar.uz
Fevralda qabul tugaydigan dasturlar
Eʼtiboringizga 2024-yil fevral oyida qabul tugaydigan dasturlar roʻyxatini taqdim etamiz.
👉 Gollandiya: Dunyodagi 77-raqamli universitetda magistraturani oʻqish uchun qisman grantlar (dedlayn: 1-fevral)
👉 Bakalavrlar uchun Yaponiyada 8 haftalik amaliyot; barcha xarajatlar qoplanadi! (dedlayn: 1-fevral)
👉 Bishkekdagi OSCE akademiyasi: Magistratura kurslari uchun toʻliq grant va oylik stipendiya (dedlayn: 1-fevral)
👉 Bakalavrlar uchun Shveytsariyada 8 haftalik haq toʻlanadigan tadqiqot dasturi! (dedlayn: 1-fevral)
👉 Gollandiyada magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant! (dedlayn: 1-fevral)
👉 UM Holland-High Potential Scholarship: Gollandiya magistratura kurslari uchun to’liq grant; joy – 24 ta! (dedlayn: 1-fevral)
👉 Coe College: AQSHda bakalavriat bosqichida oʻqish uchun toʻliq grant! (dedlayn: 1-fevral)
👉 Central European University: Magistratura kurslari uchun 100% gacha grant va oyiga 1000 yevrogacha stipendiya! (dedlayn: 1-fevral)
👉 Central European University: doktorantura uchun 100% grant va 1680 yevro oylik stipendiya! (dedlayn: 1-fevral)
👉 AQSHda bakalavriatni oʻqish va oʻqishni koʻchirish uchun 120 000 AQSH dollargacha grantlar (dedlayn: 1-fevral)
👉 Human Rights Essay Award ilmiy maqolalar tanlovi: gʻoliblar AQSHdagi 3 haftalik kursda bepul oʻqiydi (dedlayn: 1-fevral)
👉 Bakalavriat talabalari uchun AQSHda 12 haftagacha haq toʻlanadigan tadqiqot dasturi! (dedlayn: 6-fevral)
👉 RIPS: Bakalavrlar uchun AQSHning Kaliforniya universitetida 1 oylik amaliyot; barcha xarajatlar qoplanadi! (dedlayn: 12-fevral)
👉 Bruney hukumatining stipendiya dasturi: diplom kurslari, bakalavriat va magistratura uchun toʻliq grant va stipendiya! (dedlayn: 15-fevral)
👉 Dunyoning 137-raqamli universitetida magistratura va doktorantura uchun toʻliq grant, oylik stipendiya va turar joy uchun mablagʻ! (dedlayn: 15-fevral)
👉 Yevropada iqtisod bo’yicha Erasmus Mundus EGEI magistratura kursi: bepul o’qish va 1000 yevro oylik stipendiya! (dedlayn: 15-fevral)
👉 Avstriyada bakalavr va magistrlar uchun haq toʻlanadigan amaliyot; joy – 40 tagacha! (dedlayn: 16-fevral)
👉 Maktab, kollej va litsey o’qituvchilari uchun AQSHda 6 haftalik malaka oshirish dasturi; barcha xarajatlar qoplanadi! (dedlayn: 21-fevral)
👉 8-16 yoshlilar uchun ekologik loyihalar tanlovi; gʻoliblar pul mukofoti va sertifikat bilan taqdirlanadi! (dedlayn: 28-fevral)
👉 Shveytsariyada magistraturani oʻqish uchun yiliga 16 ming dollargacha grantlar (dedlayn: 28-fevral)

👉 Erasmus Mundus InterMath: matematika bo’yicha magistratura kursini Yevropaning bir nechta davlatlarida o’qish uchun to’liq grant va stipendiya! (dedlayn: 29-fevral)
👉 Erasmus Mundus EPS – Yevropaning bir nechta davlatlarida magistraturani oʻqish to’liq grant, oylik 1000 yevro stipendiya! (dedlayn: 29-fevral)
Yanvar oyida qabul tugaydigan dasturlar roʻyxatini BU YERDAN topasiz.
😎 Hujjat topshirish muhlatini oʻtkazib yubormang!
@grantlar

Toshkentdagi Amerika Markazida ACT Talk tadbiri
ACT Talk event Toshkentdagi Amerika Markazi tomonidan tashkil etilgan bo'lib, yoshlarga o'zining tajribalarini boshqalar bilan baham ko'rish imkonini beruvchi tadbir hisoblanadi.
Kimlar uchun: motivatsion hikoya yoki o'zining shaxsiy tajribasi haqida nutq so'zlamoqchi bo'lganlar uchun
Qatnashish istagida bo'lganlar quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'tishlari lozim:
👉 RO'YXATDAN O'TISH 👈
Tadbir o'tkazilish vaqti: 2024-yil 9-yanvar
👉 Tadbir haqida qo'shimcha ma'lumot BU YERDA
ESLATMA: ushbu tadbirda faqatgina saralangan nomzodlargina qatnasha oladi.

Toshkentdagi Amerika Markazi tomonidan insholar tanlovi
ACT — Toshkentdagi Amerika markazi barcha uchun "Why air quality is so important?" mavzusida insholar tanlovini e'lon qildi.
Tanlovda yoshi va kasbidan qat'i nazar barcha ishtirok etishi mumkin. Ishtirokchilar berilgan mavzu doirasida kamida 800 so'zdan iborat insho yozishlari kerak.
Insholar ingliz tilida yoziladi va sun'iy intellekt generatorlari tomonidan yozilgan insholar tanlovdan chetlashtiriladi
👉 Tanlovda qatnashish uchun BU YERDAN ro'yxatdan o'ting.
Ariza qabul qilish so'nggi muddati: 2024-yil 10-yanvar.
G'oliblar ACT tomonidan qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanadi.

Ko'pchilik talabiga binoan NSP dasturiga ariza topshiruvchilar uchun mentorlik kursi
Xabaringiz bor, NSP almashinuv dasturi uchun anchadan buyon ariza topshirishga yordam berib kelmoqdamiz.
O'tgan mavsumlarda tashkil etgan kursimiz orqali so'nggi mavsumda jami 77 nafar o'zbek talaba va tadqiqotchilari NSP dasturi g'olib bo'lib, hozirda Slovakiyada o'z o'qish yoki ilmiy ishlarini davom ettirmoqda.
Ko'pchilik talabiga binoan ushbu kursning yangi mavsumini e'lon qilamiz.
Kurs kimlar uchun?
Bakalavrni kamida 2,5 yilini tugatgan hozirda 3-4-kurs talabalari, magistr, PhD talabalari hamda tadqiqotchilar
Kurs mentori: Ozodaxon O'ktamova — NSP dasturi 3 marta g'olibi
Kursimiz afzalliklari:
— Slovakiya universitetga qabul qilinishda individual yordam.
— Kerakli hujjatlarni tayyorlash bo’yicha doimiy ko’rsatma.
— Haftada 2 marta mentor bilan jonli onlayn suhbat.
— Barcha hujjatlarni (CV, motivatsion xat, talabalik haqidagi ma’lumotnoma, tavsiyanomalar va boshqalarni) 2 martadan tekshirib berish.
Kurs narxi: 500 ming so'm.
ESLATMA: Avvalgi mavsumda ushbu kursni bepul tashkil etganmiz. Istovchilar aynan bepul kurs videolarini ko'rishlari va hujjatlarini o'zlari tayyorlashlari mumkin. Ular uchun esa maxsus hujjat tekshirib berish xizmatimizni taklif etamiz.
Bunda jami 4 ta hujjat tekshiriladi:
— Motivatsion xat
— O’quv rejasi
— Tavsiyanoma 2 ta
Hujjatlarni tekshirib berish xizmat narxi: 300 ming.
Kursga yozilish yoki hujjat tekshirish xizmatidan foydalanish uchun: @GN_Work telegram hisobi
👉 NSP almashinuv dasturi haqida batafsil ma'lumot BU YERDA
👉 NSP dasturi bo'yicha biz tayyorlagan qo'shimcha manbalar barchasi BU YERDA

NSP dasturi va mentorlik kursi bilan bog'liq savollarga javoblar
1. NSP dasturining ushbu mavsumida oxirgi kurs talabalari qatnasha oladimi?
— Ha, qatnasha oladi. Dastur talabiga ko'ra, bakalavrning 2,5 yilini tugatgan barcha ushbu dasturga ariza topshirishi mumkin. Oxirgi kurslar dasturda qabul qilingan taqdirda dastur boshlanishidan avval O'zbekistonda (yoki Slovakiyadan boshqa istalgan davlatda) biror universitet magistraturasiga qabul qilingani tasdiqlovchi hujjat taqdim etishlari kerak.
2. Dasturga sirtqi yoki kechki talabalar ariza topshirishi mumkinmi?
— Ha, dasturga ta'lim shaklidan qat'i nazar 2,5 yilini tugallagan barcha talabalar topshira oladi.
3. Dasturda qatnashish uchun yosh chegarasi mavjudmi?
— Yo'q, yosh chegarasi mavjud emas.
4. Ariza topshirishda til sertifikati talab etiladimi?
— Dastur uchun til sertifikati talab etilmaydi. Lekin ayrim hollarda slovak universitetlardan qabul xati olishda ingliz tilini yetarli darajada bilishini tasdiqlovchi hujjat so'ralishi mumkin.
5. Dasturning ushbu mavsumiga qabul qachon ochiladi?
— Bu mavsumga qabul mart oyi o'rtalarida ochiladi.
6. Mentorlik kursi nima sababdan erta, hali qabul ochilmasdan boshlanmoqda?
— Dasturga ariza topshirishda biror Slovak universitetidan qabul xati olinishi shart. Qabul xati olish ba'zida 1 oy vaqt olishi mumkin. Qolaversa, o'tgan yillarda slovak universitetlari kvotalar to'lgani sabab dasturga ariza topshirish vaqtidan avval qabul xati berishni to'xtatgan. Ya'ni bunda boshqa nomzodlar ertaroq qabul xati olib, mavjud o'rinlarni egallab qo'ygan. Shu bois bu mavsumda ertaroq harakat boshlashga qaror qildik.
7. Mentorlik kursi qachon boshlanadi va qancha vaqt davom etadi?
— Mentorlik kursi 20-yanvardan so'ng boshlanishi reja qilinmoqda. Kurs dastur qabul yakunigacha, ya'ni 30-aprelgacha davom etadi. Qolaversa dasturga qabul qilinganlar uchun viza jarayonlarida ham to'liq ko'rsatma beriladi.