Hujjat topshirish jarayonlari
22.8K subscribers
159 photos
25 videos
114 files
871 links
🌍 Chet el oliygohlariga hujjat topshirgan o'zbekistonliklardan maslahat, ma'lumot va hujjat namunalari

Murojaat uchun: @GN_Murojaat_bot

👉 Hamkor kanal: @grantlar

Reklama: @gn_work
Download Telegram
Endi Britaniya universitetlariga kirgan xorijlik talabalar oilasini oʻzi bilan olib ketolmaydimi?

Buyuk Britaniyada xorijlik talabalarning oʻqish davomida oila aʼzolarini Britaniyaga olib kelishiga oid yangi cheklovlar eʼlon qilindi.

Bu cheklovlarga koʻra, 2024-yil yanvar oyidan boshlab faqat tadqiqot dasturlarida (PhD, tadqiqotga asoslangan magistratura dasturlari kabi) tahsil oluvchi talabalar oʻqish davomida oila aʼzolarini olib borishi mumkin boʻladi. Bakalavriat yoki tadqiqotga asoslanmagan magistrlik dasturlariga oʻqishga kirgan talabalar esa oila aʼzolarini oʻzlari bilan Britaniyaga olib keta olmaydi.

Bu cheklovlarga sabab Britaniyadagi migrantlar sonining oshib borayotganidir.

Britaniyada oʻqishni va oʻqish davomida oilasini ham olib ketishni rejalashtirayotganlarga bu yangilikni hisobga olish tavsiya etiladi.

@grantlar_namuna
Norvegiyaning davlat universitetlarida oʻqish endi bepul emas.

2023-yilga qadar xorijlik talabalar uchun Norvegiyaning davlat universitetlarida oʻqish bepul edi, yaʼni kontrakt summasi toʻlanmasdi. Faqat kichik miqdorda semestr badali (taxminan 100-200 dollar atrofida) toʻlanardi.

Avvalroq esa Norvegiya Oliy taʼlim va koʻnikmalar boshqarmasi 2023-yil kuzgi semestrdan boshlab davlat universitetlarida taʼlim olish pulli boʻlishi rejalashtirilgani haqida eʼlon qilgani haqida xabar bergandik.

Yaqinda davlat universitetlar 2023-yil kuzgi semestrdan boshlab xorijlik talabalardan kontrakt summasi undirishi va bu kontrakt summalari miqdori eʼlon qilindi.

Kontrakt summasining miqdori universitet, bosqich va yoʻnalishlarga qarab turlicha (yiliga 9700 dollardan 25 000 dollargacha).

Shuningdek, ayrim hollarda xorijiy talabalar hali ham bepul (kontrakt summasi toʻlamasdan) oʻqishi mumkin. Bunday hollar quyidagilar:
– agar talaba almashinuv dasturi boʻyicha Norvegiyaga oʻqishga borsa;
– agar talaba Norvegiyada oʻqishni 2023-yilda oldin boshlagan boʻlsa;
– agar talaba Yevropa Ittifoqi, Yevropa iqtisodiy hamkorlik hududi yoki Shveytsariyadan boʻlsa.

Norvegiya universitetlari va ulardagi kontrakt summasi miqdorlari bilan BU YERDA batafsil tanishishingiz mumkin.

@grantlar_namuna
Inson huquqlari va erkinliklari sohasida ta’lim va innovatsiyalar” milliy tanlovi

Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 75 yilligi munosabati bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda “Inson huquqlari va erkinliklari sohasida ta’lim va innovatsiyalar” milliy tanlovini e’lon qiladi.

Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:

— Inson huquqlari bo‘yicha eng yaxshi o‘quv kursi;
—“Inson huquqlari bolalar nigohida” mavzusida eng yaxshi rasm;
— Inson huquqlari va erkinliklariga bag‘ishlangan eng yaxshi videorolik;
— Inson huquqlari va erkinliklariga bag‘ishlangan eng yaxshi o‘quv adabiyotlari: bosma o‘quv adabiyot va elektron o‘quv adabiyoti;
— Inson huquqlari bo‘yicha eng yaxshi maqola: eng yaxshi ilmiy maqola va eng yaxshi ommabop maqola;
— Inson huquqlari bilimdoni;
— Inson huquqlari bo‘yicha eng yaxshi innovatsion g‘oya muallifi.

👉 Ishtirok etish uchun BU YERDAGI ariza shaklini to‘ldirishingiz va tanlov materiallari bilan birga [email protected] elektron manziliga jo‘natishingiz lozim.

Arizalar qabul qilish muddati: 2023-yil 1-noyabr

Tanlov g‘oliblari 2023-yil dekabr oyida “Xalqaro inson huquqlari kuni”da e’lon qilinadi va qimmatbaho sovg‘alar bilan mukofotlanadi.

@grantlar_namuna
Forwarded from Grantlar.uz
Iyulda qabul tugaydigan dasturlar

Eʼtiboringizga 2023-yil iyul oyida qabul tugaydigan dasturlar roʻyxatini taqdim etamiz.

👉 Skoltech: Rossiyada magistratura va PhD bosqichida oʻqish uchun toʻliq grant va oylik stipendiya! (dedlayn: 10-iyul)

👉 O‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari uchun kimyo va biologiya fanlaridan o‘quv va ilmiy adabiyotlarni yaratish bo‘yicha Milliy tanlov (dedlayn: 10-iyul)

👉 Bilkent Universiteti: Turkiyada bakalavr kurslari uchun 100% gacha grantlar! (dedlayn: 12-iyul)

👉 ESD Okayama Award: Tashkilotlar uchun taʼlim boʻyicha mahalliy loyihalar tanlovi; mukofot – 3000 dollar! (dedlayn: 14-iyul)

👉 Germaniyada bakalavriat yoki magistraturada oʻqish uchun oyiga 300 yevro stipendiya; joy – 140 ta! (dedlayn: 15-iyul)

👉 Nyu-Yorkda bakalavriat talabalari uchun xarajatlari qoplanadigan xalqaro konferensiya! (dedlayn: 15-iyul)

👉 Milan Politexnika universitetining magistratura kurslarida oʻqish uchun toʻliq grant va yillik 10 ming yevrogacha stipendiya; joy – 136 ta! (dedlayn: 18-iyul)

👉 ADB–JSP: magistraturani Yangi Zelandiyada oʻqish uchun toʻliq grant va oylik stipendiya! (dedlayn: 21-iyul)

👉 Imkoniyati cheklanganlar uchun Toshkent shahridagi Piza universiteti filialida oʻqishga moʻljallangan 281 mln soʻmlik grant (dedlayn: 30-iyul)

👉 Biopage Storytelling Writing Contest: ingliz tilida insho yozib, 300 dollargacha mukofot yutib oling! (dedlayn: 31-iyul)

👉 Foyle Young Poets: 11-17 yoshlilar uchun sheʼrlar tanlovi – sovrinli oʻrinlar 100 ta! (dedlayn: 31-iyul)

👉 Germaniya parlamentida (Bundestag) barcha xarajatlar qoplanadigan 5 oylik amaliyot dasturi! (dedlayn: 31-iyul)

Iyun oyida qabul tugaydigan dasturlar roʻyxatini BU YERDAN topasiz.

😎 Hujjat topshirish muhlatini oʻtkazib yubormang!

@grantlar
AQSH vizasi uchun to'lov miqdori o'zgardimi?

AQSHning Toshkentdagi elchixonasi viza uchun ma'muriy to'lov miqdori oshirilganini e'lon qildi.

Viza uchun ma'muriy to'lov miqdori o'zgarishi 2023-yil 17-iyundan e'tiboran kuchga kiradi

O'zgarishlar quyidagicha:

— AQSh turistik viza toifasiga hamda petitsiya talab etmaydigan noimmigratsion viza turlariga murojaat etuvchilar uchun ma'muriy to'lov miqdori 160 AQSh dollaridan 185 AQSh dollariga ko'tariladi. Bu toifaga quyidagi viza turlari kiradi:

1. B viza — Tashrif buyuruvchi (turism, biznes, tibbiy ko'rik bo'yicha) vizasi;
2. C-1 viza — transit viza;
3. D viza — ekipaj a'zosi vizasi;
4. F viza — talaba (akademik) vizasi;
5. I viza — media va jurnalistlari vizasi;
6. M viza — talaba vizasi (ta'tildagi)
va boshqalar.

ESLATMA: J viza bo'yicha AQSh hukumati homiylik qiladigan rasmiy ta’lim va madaniy almashinuvlarda ishtirok etuvchilardan to'lov olinmaydi.

Petitsiya asosida bo'lgan (H, L, O, P, Q va R) viza toifalariga murojaat etuvchilar uchun ma'muriy to'lov miqdori 190 AQSh dollaridan 205 AQSh dollariga ko'tariladi.

MUHIM: AQSH vizasi turlari bo'yicha batafsil ma'lumot BU YERDA.

Vizaga murojaat etish bo'yicha batafsil BU YERDAN ma'lumot olishingiz mumkin.

@grantlar_namuna
OSCE Summer School dasturiga ariza topshirishda nimaga e'tibor berish kerak?

Avvalroq Qirg'iziston va Issiqko'lda bo'lib o'tuvchi barcha xarajatlari qoplanadigan OSCE yozgi maktabi haqida suhbat o'tkazgan edik.

Bugungi postimizda dasturga ariza topshirishda nimalarga e'tibor berish kerakligi haqida aytib o'tmoqchimiz.

1. Dastur talablari bilan yaxshilab tanishib chiqing. Ko'pincha dasturga aloqador yo'nalishda o'qiyotgan talabalar qabul qilinadi. Bunda iqtisod va siyosatga yaqin sohadagi talabalarga ustunlik berilishi mumkin. Lekin istalgan sohada o'qiyotgan bakalavr bitiruvchi kurs talabalari ariza topshira oladi.

2. CV tayyorlashga ahamiyat bering. Ariza topshirishda so'ralgan hujjatlardan biri CV bo'lib, o'zingiz, akademik va kasbiy faoliyatingiz, qolaversa, yutuqlaringiz haqida ma'lumot berishingiz kerak. Bunda iloji boricha akademik yozish (Academic Writing) va iqtisod sohasiga doir erishgan yutuqlaringiz hamda tajribangiz ko'proq ahamiyatga ega. Bundan tashqari, yetakchilik, xalqaro yoki respublika miqyosda erishgan yutuqlaringizni ham qo'shish mumkin.

👉 CV tayyorlash bo'yicha batafsil BU YERDA o'qishingiz mumkin.

3. Shaxsiy bayonot yozishga e'tibor bering. Dasturga qabul qilishda eng katta ahamiyat kasb etuvchi hujjat Personal Statement, ya'ni shaxsiy bayonot hisoblanadi. Bunda dasturdan nimalar kutayotganingiz va dastur sizning faoliyatingizda qay darajada ahamiyatli ekanligi aniq fikrlar bilan aytilishi kerak. Barcha takrorlovchi o'ta umumiy gaplardan (masalan, dasturning keyingi faoliyatimdagi o'rni beqiyos) qoching. Shu bilan birga, dasturga aloqador o'z yutuqlaringizni, dastur yakunidan so'ng qilmoqchi bo'lgan rejalaringizni qo'shib ketish tavsiya etiladi.

Shaxsiy bayonot yozishda grammatik xatolar qilishdan saqlaning. Yozgi maktabda akademik yozish hamda tadqiqot bo'yicha kurs mavjudligi bois nomzod ingliz tilida xatosiz yoza olishini ko'rsatishi kerak.

4. Magistrlik kursida o'qimoqchiligingizni ayting. Bu tavsiyamiz ixtiyoriy bo'lib, magistrlik kursida haqiqatan ham o'qishni reja qilgan bo'lsangiz, buni ta'kidlab o'tishingiz mumkin, Dasturdan ko'zlangan maqsadlardan biri OSCE akademiyasi tomonidan tashkil etilgan magistrlik kurslariga Markaziy Osiyoning eng bilimli talabalarini jalb qilish bo'lgani bois, “Economic Governance and Development” va “Politics and Security (Central Asia)” kabi magistrlik kurslarida o'qishga qiziqishingizni Personal Statement'da bayon etish tavsiya etiladi. Qaroringiz muhimligi haqida o'ylab ko'ring.

5. Baholaringizni tarjimasi bilan yuklang. Bunda bakalavr davomida olgan baholaringiz, ya'ni transkriptni taqdim etish kerak. Baholar yuqori bo'lishi sizga ustunlik beradi, lekin o'rtacha ko'rsatkich bilan ham avvalgi yillarda dasturga qabul qilinganlar mavjud.

👉 Transkript qanday tayyorlanishi haqida batafsil ma'lumot BU YERDA.

ESLATMA: dastur talablariga ko'ra, bu yozgi maktabga iqtisod, xalqaro aloqalar va siyosat kabi sohalarda bakalavrni bitirganlar yoki endi bitiradigan talabalar topshira oladi. Lekin dastur ahamiyatini o'z hujjatlarida isbotlab bera oluvchi barcha yo'nalish va o'qish bosqichidan qat'i nazar ariza topshirishi mumkin.

👉 Dastur haqida batafsil BU YERDAN ma'lumot olishingiz mumkin.

ESLATMA:
dasturga arizalar 2023-yil 16-iyun 17:00 gacha qabul qilinadi.

Asosiysi, dasturga qabul qilinsangiz, biz bilan aloqaga chiqishni yodingizdan chiqarmang😊

@grantlar_namuna
International Excellence Scholarship Program dasturiga ariza topshirish bo'yicha bepul ochiq dars

Hozirda International Excellence Scholarship Program (IES) — barcha yo'nalish va bosqich talabalari uchun Germaniyada almashinuv dasturiga arizalar qabul qilinmoqda.

Ko'p sonli nomzodlarga yordam berish maqsadida ushbu dasturga ariza topshirish bo'yicha ko'rsatma berish uchun 2 kunlik bepul ochiq dars o'tkazishga qaror qildik.

Ochiq dars 2 kun davom etadi va quyidagilar o’rgatiladi:
1-kunda: 2023-yil 6-iyun, soat 22:00 da
— Dastur haqida ma'lumot
— CV tayyorlash

2-kunda: 2023-yil 7-iyun, soat 22:00 da.
— Ariza shaklini to'ldirish
— Transkript tayyorlash
— 2 ta savolga javob yozish

❗️Shunday qilib, 1-dars o'tkazilish vaqti bugun 2023-yil 6-iyun, soat 22:00 da.

ESLATMA: dastur ishtirokchilari uchun 3 xil grant mavjud:
1. To'liq grant:
Dasturda qatnashish bilan bog'liq deyarli barcha xarajat qoplanadi, faqat yo'l xarajati qoplanmaydi.
2. Qisman grant plus: Yo'l va sug'urta xarajatlaridan boshqa xarajatlar qoplanadi.
3. Qisman grant: Yo'l, sug'urta va turar joy xarajati qoplanmaydi.

👉 Dastur haqida batafsil BU YERDAN ma'lumot olishingiz mumkin.

@grantlar_namuna
Live stream scheduled for
Live stream started
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kecha IES - International Excellence Program dasturiga ariza topshirish bo'yicha ochiq dars tashkil etgan edik.

Bugun 1-ochiq darsning video lavhasini e'tiboringizga havola etmoqchimiz. Dars davomida IES dasturi bo'yicha qisqa ma'lumot hamda CV yaratish bo'yicha ko'rsatmalar berildi.

Dars bo'yicha berilgan kerakli havolalar:

👉 Europass CV sayti
: https://europa.eu/europass/en/create-europass-cv

👉 CV tayyorlash bo'yicha Grantlar.uz jamoasi tomonidan tayyorlangan to'liq ma'lumot: https://grantlar.uz/blog/cv-nima-qanday-qayerda-tayyorlayman-korinishi-qanaqa-boladi/

👉 Transkript tayyorlash bo'yicha BU YERDA ma'lumot olishingiz mumkin.

MUHIM: IES dasturi uchun transkript original tilda, hech qanday tarjimalarsiz taqdim etilishi lozim.

ESLATMA: 2-ochiq dars bugun, 2023-yil 7-iyun, soat 22:00 da bo'lib o'tadi

@grantlar_namuna
Xanns Zaydel jamg'armasining O'zbekistondagi vakolatxonasida haq to'lanadigan amaliyot

Nufuzli Xanns Zaydel jamg'armasining O'zbekistondagi vakolatxonasi bitiruvchi kurs talabalarini amaliyot o'tashga taklif qilmoqda.

Kimlar uchun:
— Bakalavriat yoki magistratura bosqichi bitiruvchi yoki yaqinda bitirgan talaba(lar)i ariza topshirishi mumkin;
— Nemis tilini bilish kamida B2 darajada bilishi kerak;
— Yozishmalar uchun rus va o‘zbek tillarini yetarlicha bilishi lozim;
— MS Office dasturidan (umumiy ofis dasturlari, ijtimoiy tarmoqlar va h.k.) foydalana olishi kerak;
— Yangi narsalarni o'rganishga qiziqishi va g'ayratli bo'lishi lozim

Amaliyotchi vazifalari:
— Oylik hisobotlarni (hujjatlarni) tayyorlash va skanerlashda yordam berish;
— Hujjatlarni o‘zbek yoki rus tilidan nemis tiliga va nemis tilidan o‘zbek yoki rus tiliga tarjima qilish;
— Bitiruvchilarning ma’lumotlar bazasini yaratish va yangilash;
— Idoraviy hujjatlarni rasmiylashtirish va ish yuritish;
— O‘zbekistonlik abituriyentlar uchun Germaniyadagi stipendiyalar bo‘yicha ma’lumotlar papkasini tayyorlash;
— Xanns Zaydel jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasining ijtimoiy tarmoqlarda axborot kanalini yuritish;
— Vakolatxonaning turli tadbirlarini tashkil etishda yordam berish.

Amaliyot 6 oy davom etadi va bu muddat davomida amaliyot uchun haq to'lanadi.

Ariza topshirish:
Nemis tilida tayyorlangan CV — rezyumelar "Praktikant" mavzusi ostida [email protected] elektron pochta orqali qabul qilinadi.

Ariza topshirish so'nggi sanasi: 2023-yil 12-iyun

@grantlar_namuna
Live stream scheduled for
Live stream started
Live stream finished (39 minutes)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kecha International Excellence Scholarship dasturi uchun tashkil etilgan ochiq darsning 2-qismi bo’lib o’tdi.

Bugun ushbu darsning video lavhasini e’tiboringizga havola etmoqchimiz.

Dars davomida quyidagilar bo’yicha ko’rsatmalar berildi:
— Ariza shaklini to’ldirish
— Transkript tayyorlash
— 2 muhim savolga javob yozish

ESLATMA: dasturga arizalar 2023-yil 30-iyungacha qabul qilinadi.

@grantlar_namuna
Forwarded from Grantlar.uz
Global Youth Summit: 18-24 yoshlilar uchun Janubiy Koreyada xarajatlari qoplanuvchi 8 kunlik sammit; joy – 140 ta!

Sammit 2023-yil 19-26-iyul kunlari Seul shahrida boʻlib oʻtadi (ingliz tilida).

Sammitga jami 140 nafar ishtirokchi (Janubiy Koreyadan 20 nafar, boshqa davlatlardan 120 nafar) qabul qilinadi.

Sammitning asosiy mavzusi: Harmony of Global Youths Towards a Sustainable Future.

Imtiyozlar:
– Qatnashish bepul
– Bepul turar joy va oziq-ovqat taʼminlanadi
– Ichki transport va sugʻurta xarajatlari qoplanadi
– Xalqaro safar uchun 300 dollar mablagʻ beriladi
– Turli suvenirlar va maxsus sertifikat beriladi

Arizalar 2023-yil 12-iyun 19:59 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/global-youth-summit-janubiy-koreyada-xarajatlari-qoplanuvchi-sammit/

@grantlar
Yoshlar Yelkani: Yevropa Ittifoqi ko'magida yosh yetakchilar uchun 1 haftalik trening

“Yoshlar yeklani”
loyihasi yosh yetakchilar, ko‘ngillilar, pedagoglar va fuqarolik jamiyati vakillari uchun uch bosqichli ikki yillik ta’lim dasturini o‘z ichiga oluvchi katta loyiha hisoblanadi.

Dastur maqsadi:
— Yoshlarning inson huquqlari, atrof-muhit va tanqidiy fikrlash borasidagi ta’lim sohasidagi vakolatlarini oshirish.
— O‘zbekistonda yoshlar bilan ishlash tajribasini o‘rtoqlashish va Yevropa tajribasiga ega trenerlardan norasmiy ta’lim amaliyoti va usullarini o‘zlashtirish.
— O‘zbekistonning turli hududlarida fuqarolik tashkilotlari bilan hamkorlik qilishga tayyor bo‘lgan norasmiy ta’lim bo‘yicha malakali trenerlar va fasilitatorlar hamjamiyatini yaratish.

Aynan shu dastur bo'yicha 2023-yil 5-12-avgust kunlari Toshkent viloyati, Bo'stonliq tumanida 1 haftalik trening mashg'ulotlari tashkil etilmoqda.

Ishtirok etish uchun talablar:
— 18-27 yosh bo'lishi;
— Inson huquqlariga qiziqishi;
— Atrof-muhitga befarq bo'lmaslik;
— Muloqot qilish, yetakchilik va moslashuvchanlik ko‘nikmalariga ega bo'lish.

👉 Arizalar 2023-yil 20-iyunga qadar qabul qilinadi. Ishtirok etish uchun BU YERDAGI ariza shaklini to'ldiring.

ESLATMA: dastur to'liq rus tilida olib boriladi, shu boisdan ishtirokchilar rus tilini yetarlicha bilishlari kerak.

@grantlar_namuna
IES almashinuv dasturi boʻyicha toʻliq qoʻllanma

Germaniyada 1 semestr oʻqish va amaliyot oʻtash imkonini beruvchi IES dasturi boʻyicha toʻliq qoʻllanma shakllandi.

Dastur tarkibi:

👉 Dastur talablari, imkoniyatlari, hujjat topshirish jarayoni haqida batafsil ma'lumot

👉 Dastur g'olibi bilan ovozli suhbat

👉 Dastur g'olibi bilan matnli suhbat

Ariza topshirish jarayoni haqida video darslar:

👉 1-DARS

👉 2-DARS

Arizalar 2023-yil 30-iyungacha qabul qilinadi.

P.S. IESda ishtirokchilar uchun 3 xil grant mavjud:
1. To'liq grant: Dasturda qatnashish bilan bog'liq deyarli barcha xarajat qoplanadi, faqat yo'l xarajati qoplanmaydi.
2. Qisman grant plus: Yo'l va sug'urta xarajatlaridan boshqa xarajatlar qoplanadi.
3. Qisman grant: Yo'l, sug'urta va turar joy xarajati qoplanmaydi.

@grantlar_namuna
#Natija 30

Kanalimiz kuzatuvchilaridan biri Stipendium Hungaricum dasturiga qabul qilindi.

Javlonbek Tursunov — TATU oliygohi magistratura bosqichi 2-kurs talabasi.

Javlonbek Stipendium Hungaricum dasturiga ariza topshirib, Budapest University of Technology and Economics oliygohida 4 yil davomida doktorantura (PhD) bosqichida o’qish imkoniyatini qo’lga kiritdi.

Yuqorida Javlonbekning dasturga qabul qilingani haqida emailini ko’rishingiz mumkin.

Javlonbek bu grantga ariza topshirishda kanalimizdagi maʼlumot va manbalardan ham foydalangan.

Grant imkoniyatlari:
— Kontrakt to’lovidan ozod etiladi.
— Bepul yotoqxona bilan ta’minlanadi.
— Sug’urta xarajatlari qoplanadi.
— Oylik 320 yevro stipendiya bilan ta’minlanadi.

Javlonbekni ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz va kelgusi ishlarida zafar tilab qolamiz.

@grantlar_namuna