Hujjat topshirish jarayonlari
22.9K subscribers
159 photos
25 videos
114 files
868 links
🌍 Chet el oliygohlariga hujjat topshirgan o'zbekistonliklardan maslahat, ma'lumot va hujjat namunalari

Murojaat uchun: @GN_Murojaat_bot

👉 Hamkor kanal: @grantlar

Reklama: @gn_work
Download Telegram
PDF fayllarni tahrirlash mumkinmi?

Chet el universitetlari, grant dasturlariga hujjat tayyorlashda, qolaversa, kundalik ish va o'qish jarayonlarida ko'pincha PDF fayllar bilan ishlanadi. Ba'zida ariza shakllari, turli anketalar PDF shaklda bo'lib, ularni tahrirlashda qiyinchilik tug'ilishi mumkin.

Bugungi postimizda PDF fayllar ustida turli amallar bajarish imkoniyatini taqdim etuvchi onlayn sayt — ILovePDF.com haqida gaplashamiz.

ILovePDF — foydalanuvchilarga PDF-fayllarni oson va tez boshqa faylga o'tkazish, ularni birlashtirish, ajratish, hajmini kichraytirish va tahrirlash kabi imkoniyatlarni taqdim etuvchi onlayn platforma.

Imkoniyatlari bilan batafsil tanishamiz:

1. PDF fayllarni boshqa formatga o'tkazish (
convert).
Bu funksiya orqali siz PDF-ni Word, Excel, PowerPoint, JPG kabi shakllarga, HTML sahifasiga yoki aksincha, turli formatdagi fayllarni PDF faylga o'zgartirishingiz mumkin. Jarayon oddiy va tez bo'lib, bir vaqtning o'zida bir nechta fayllarni o'zgartirish imkoniyatiga ega bo'lasiz.

2. PDF-fayllarni ajratish (Split).
Ba'zida PDF-ni bir nechta sahifalarga ajratishga to'g'ri keladi. Platforma orqali PDF hujjatidan tegishli sahifalarni ajratishingiz mumkin. Bundan tashqari, PDF-ni bir nechta fayllarga bo'lish yoki faqat toq yoki juft sahifalarni ajratib olishingiz ham mumkin.

3. PDF-fayllarni birlashtirish (Merge).
Bu funksiya orqali PDF-fayllarni bitta faylga birlashtirish mumkin. Bunda asosan bir nechta hisobot yoki hujjatlarni bitta faylga birlashtirishda foydalaniladi.

4. PDF-fayllarni hajmini qisqartirish (Compress).
Ushbu vosita PDF fayl hajmini uning sifatini buzmasdan kamaytirish imkonini beradi. Bu, ayniqsa, katta hajmdagi PDF faylni veb-saytga yuklash yoki uni elektron pochta orqali yuborishdagi muammolarni bartaraf etishda yordam beradi.

5. PDF-fayllarni tahrirlash (Edit).
Bunda PDF hujjatiga matn, tasvir va shakllar qo'shish, shuningdek, mavjud tarkibga o'zgartirishlar kiritish mumkin. Shuningdek, faylga sahifa raqamlarini qo'shishingiz va tartibini o'zgartirishingiz mumkin.

Asosiysi, yuqoridagilardan tashqari boshqa bir qancha funksiyalarga ega bu platformadan foydalanish bepul.

Shuningdek, platforma mukammal xavfsizlik xususiyatlariga ega, bo'lib, hujjatlaringizdagi ma'lumotlaringiz haqida xavotirlanishga hojat qolmaydi. Saytning 25 tilga tarjima qilinganligi dunyo bo'ylab foydalnivchilara yanada qulaylik yaratadi.

ESLATMA: ILovePDF.com sayti orqali platformadan onlayn foydalanish mutlaqo bepul. Ammo xizmatning Premium (pulli) versiyasi mavjud bo'lib, bu orqali onlayn jamoa bo'lib hujjatlarni yanada tezroq tahrirlashingiz, ortiqcha reklama va takliflarsiz chalg'imay ishlashingiz mumkin bo'ladi.

Qolaversa, Premium versiyada ilovani mobil qurilma va komyuteringizga yuklab olishingiz ham mumkin. Mobil ilovalar orqali siz hujjatlarni tahrirlash bilan birga, ularni onlayn imzolash hamda skanerlash imkoniyatiga ega bo'lasiz.

Yuklab olish uchun:
— iOS tizimdagi qurilmalar uchun BU YERDA
— Android tizimdagi qurilmalar uchun BU YERDA
— Desktop qurilmalar uchun BU YERDA

Platforma haqidagi eng ko'p berilgan savollar va ularning javoblari bilan BU YERDA tanishing.

@grantlar_namuna
Xorijda bir necha oydan 1 yilgacha oʻqish imkonini beruvchi dasturlar

Bugun yoshlarga xorijda bir qancha muddat oʻqish imkonini beruvchi dasturlar haqida gaplashamiz.

Quyida soʻz yuritiladigan dasturlar orqali:
– Maktab, kollej/litsey oʻquvchilar;
– Bakalavrlar;
– Magistrlar;
– Doktorantlar
– Unversitet oʻqituvchilari;
– Tadqiqotchilar va sanʼatkorlar bir muddat chet elda oʻqishi/tadqiqot qilishi mumkin.

1. FLEX dasturi. Dastur maktabning yuqori sinf oʻquvchilari, kollej va litsey oʻquvchilariga 1 yil davomida AQSHda oʻqish imkonini beradi. Dastur davomida oʻquvchilar amerikalik oilalarda yashaydi.

Oʻqish AQSHdagi yuqori maktablardan birida, ingliz tilida boʻladi. FLEX dasturiga qabul odatda har yili 1-sentyabrda boshlanib, oktyabr oylari oʻrtalarida tugaydi.

Oʻquvchilarning AQSHga borish-kelishi, u yerda yashashi, maktabdagi oʻqish xarajatlari, tibbiy sugʻurta va boshqa barcha xarajatlar qoplab beriladi.

👉 FLEX dasturi haqida batafsil

2. Global UGRAD dasturi. Bu dastur bakalavriat talabalariga AQSHda 1 semestr davomida oʻqish imkonini beradi. Dasturga hujjat topshirish va oʻqish – ingliz tilida.

Dastur talabalarning AQSHga borish-kelish, yashash, oʻqish, oziq-ovqat, turar joy, tibbiy sugʻurta kabi barcha xarajatlarini toʻliq qoplab beradi.

Odatda bu dasturga qabul har yili fevral oyida boshlanib, mart oyi oʻrtalarida yakunlanadi.

👉 Global UGRAD dasturi haqida batafsil

3. Stipendium Copernicus dasturi. Bu dastur bakalavriat va magistratura talabalariga Germaniyada 1 semestr davomida oʻqish va amaliyot oʻtash imkonini beradi.

Dasturga hujjat topshirish va oʻqish nemis tilida boʻladi (bu dasturga ingliz tilida qatnashib boʻlmaydi).

Dastur talabalarning Germaniyaga borish-kelish, viza, turar joy, sugʻurta, oziq-ovqat, transport kabi barcha xarajatlarini qoplab beradi.

Dasturga har yili 2 marta qabul boʻladi:
– Bahorgi semestr uchun 1-sentyabrgacha;
– Qishki semestr uchun 1-martgacha.

👉 Stipendium Copernicus dasturi haqida batafsil

4. IES dasturi. Dastur bakalavr, magistr va doktorantlarga moʻljallangan boʻlib, talabalarga Germaniyadagi universitetlarda 1 semestr davomida oʻqish imkonini beradi.

Dasturga talabalar ingliz tilida ham, nemis tilida ham hujjat topshirishi mumkin. Oʻqish ham talaba hujjat topshirgan tilda boʻladi.

Dastur Germaniyada yashash, oʻqish, turar joy, viza, sugʻurta, kontrakt toʻlovi xarajatlarini toʻliq yoki qisman qoplaydi.

Dasturga qabul yiliga 2 marta boʻladi:
– 1-oktyabrdan 15-dekabrgacha;
– 1-apreldan 15-iyungacha.

👉 IES dasturi haqida batafsil

5. Slovakiya Respublikasi milliy stipendiya dasturi. Dasturda bakalavriat, magistratura, PhD talabalari, universitet oʻqituvchilari, tadqiqotchilar va sanʼatkorlar qatnashishi mumkin.

Dastur 1 oydan 10 oygacha almashinuv taʼlimi va tadqiqot olib borish uchun grant ajratadi. Oʻqish/tadqiqot xarajatlari qoplanadi, oyiga 400-1050 yevro stipendiya va safar xarajatlari uchun mablagʻ beriladi.

Ingliz yoki slovak tilida qatnashish mumkin.

Dasturga yilda 2 marta qabul qilinadi:
– 31-oktabr (joriy akademik yil uchun).
– 30-aprel (kelgusi akademik yil uchun).

👉 Slovakiya Respublikasi milliy stipendiya dasturi haqida batafsil

Postimiz Siz uchun qiziqarli va foydali boʻldi, degan umiddamiz.

Emojilarni bosib, postni doʻstlaringizga ulashishni unutmang. 😉

@grantlar_namuna
#Eslatma

NSP dasturi bo’yicha hujjatlarni tekshirib berish xizmatidan foydalanishingiz mumkin

Slovakiya hukumatining Milliy stipendiya dasturi (NSP) bo'yicha tashkil etilgan kurs doirasida dasturga kerakli hujjatlarni tekshirib berish xizmatini yo’lga qo’yganmiz.

Hujjatlarni mentor Ozodaxon O’ktamovaning shaxsan o’zi tekshirib beradi (Ozodaxon bu stipendiyani 2 marta qoʻlga kiritgan).

Xizmatning 2 xil shakli mavjud:

1. Dastur uchun barcha hujjatlarni tekshirib berish — 250 ming so’m.
Hujjatlar ichiga quyidagilar kiradi:
— Motivatsion xat
— O’quv rejasi
— 2 ta tavsiyanoma.

2. Alohida hujjatni tekshirish xizmati — 100 ming so’m (bitta hujjat uchun). Bunda har bir hujjat uchun alohida to’lov qilinadi.

☝️ Muhim jihatlar:
— Xizmatda hujjatlar tekshirilib, ularning kamchilik va afzalliklari ko'rsatiladi, qanday tuzatish/kuchaytirish bo'yicha tavsiyalar beriladi.
— Hujjatlar mentor tomonidan tuzatib yoki yozib berilmaydi. Nomzodning o'zi berilgan ko'rsatma va tavsiyalar asosida hujjatlarni tuzatadi.
— Nomzod hujjatlarni tuzatganidan keyin mentor ularni yana bir marta ko'rib beradi.

Xizmatdan foydalanish uchun ushbu telegram hisobga murojaat qiling: @GN_work

MUHIM: Hujjatlarni tekshirib berish eng kechi bilan 2023-yil 27-aprelgacha yuborishingiz mumkin.

Manbalar:

👉 NSP dasturi haqida batafsil

👉 NSP dasturi bo'yicha kursda o'tilgan darslar videolari

@grantlar_namuna
Hujjatlarni bepul skanerlash uchun eng yaxshi 5 ta ilova

Izoh: biror yerga hujjat topshirishda imkon qadar erinmasdan hujjatlarni skaner qurilmasi orqali skaner qilish qattiq tavsiya qilinadi. Agar buning iloji bo'lmasa, quyida keltirilgan skanerlash ilovalaridan foydalanishingiz mumkin.

Kundalik ish va o'qish jarayonida ayrim hujjatlarni elektron variantga o'tkazish uchun ularni skanerlashga to'g'ri keladi. Masalan, chet el universiteti yoki grant dasturlariga ariza topshirish uchun tavsiyanomaga imzo hamda muhr qo'ydirish, keyin esa uni skanerlash zarur.

Ko'pchilik bu amalni bajarish uchun haligacha kompyuterxonalarga borib skaner qurilmasi orqali pulga hujjatlarini elektron holatga o'tkazishadi.

Ayrimlar esa telefoni orqali hujjatni oddiy rasmga olib, sifatsiz yoki xira rasmni Word faylga joylaydi va uni PDF shaklda saqlab qo'yadi.

Biz texnologiya asrida yashayotgan ekanmiz, hozirgi kunda skanerlash ishini oddiy mobil qurilmamiz orqali uyda o'tirgan holda amalga oshirishimiz mumkin. Bugungi postimizda aynan shunday ilovalarni e'ttiboringizga havola qilamiz:

1. Adobe Scan. Ilovadan foydalanish juda oson hamda hujjatlaringiz sifatli holatda skanerlanadi. Skanerlangan hujjatlar avtomatik tarzda Adobe Document Cloud'da saqlanadi. Bu esa hujjatlaringizni isalgan paytda xohalagan telefon, planshet yoki kompyuter orqali topish imkoniyatini beradi. Asosiysi bepul va ishonchli.

Ilovani yuklab olish :

- iOS tizimdagi qurilma uchun BU YERDA
-
Android tizimdagi qurilma uchun BU YERDA

2. Microsoft Office Lens. Bu ilova orqali hujjatlarni skaynerlash bilan birga, rasmlarni PDF, Word, PowerPoint va Excel fayllariga o'zgartirishingiz mumkin.

Ilovani yuklab olish:

- iOS tizimidagi qurilma uchun BU YERDA
- Android tizimdagi qurilma uchun BU YERDA

3. CamScanner. Bu ilova ham xuddi boshqalari kabi hujjatlari oson va sifatli skanerlashingizda yordam beradi.

Ilovani yuklab olish:

- iOS tizimdagi qurilmalar uchun BU YERDA
- Android tizimdagi qurilmalar uchun BU YERDA

4. SwiftScan. Bunda boshqa skanerlash ilovalarida mavjud bo'lmagan fayllarni nomlash, faks yuborish, tartiblash vositalari va Cloud'da saqlash kabi xususiyatlari mavjud.

- iOS tizimdagi qurilmalar uchun BU YERDA
- Android tizimdagi qurilmalar uchun BU YERDA

5. iScanner. Bu ilova ham hujjatlaringizni skanerlashda yordam beradi va hujjatlaringiz sifatini yaxshilash, ma'lumotlarni yanada tiniqroq qilib saqlash imkoniyatini taqdim etadi.

Ilovani yuklab olish:

- iOS tizimdagi qurilma uchun BU YERDA
- Android tizimdagi qurilma uchun BU YERDA

ESLATMA: yuqoridagi ilovalarni yuklab olish va ulardan foydalanish mutllaqo bepul. Lekin ilovalarning "Pro" (pulli) versiyasi mavjud bo'lib, bu xizmat orqali yanada ko'proq imkoniyatlardan foydalanishingiz mumkin.

@grantlar_namuna
Postni saqlab qoʻying: bu post naq xazina;)

Hozirga qadar kanalga bir qancha foydali postlarni joyladik.

Quyida ularning xaritasini eʼtiboringizga havola qilamiz:

👉 Oʻqish bepul universitetlar roʻyxati

👉 Oʻzbekiston fuqarolariga AQSH hukumati tomonidan taklif etiladigan toʻliq moliyalashtirilgan dasturlar

👉 Germaniyada talaba sifatida ishlash, ish vaqti, oylik maosh va xarajatlar haqida

👉 Bloklangan hisob raqamni qanday ochaman (Germaniya)?

👉 Bilarmidingiz: deyarli barcha oʻzbek talabalari AQSHning TOP universitetlarida bakalavriatni BEPUL o'qish mumkin

👉 Ingliz tilida oʻqisa boʻladigan, lekin IELTS/TOEFL talab qilmaydigan grantlar bormi?

👉 AQShda talaba sifatida ishlash, ish vaqti, oylik maosh va xarajatlar haqida

👉 Xorijda bir necha oydan 1 yilgacha oʻqish imkonini beruvchi dasturlar

👉 AQSHda Work and Travel

👉 Kanadada o'qish: afzalliklar, xarajatlar va ishlash imkoniyati haqida

👉 Xorijda oʻqish davomida ishlamoqchiman, nimalarga eʼtibor qilishim kerak?

👉 Grant yutish boʻyicha qisqa maslahatlar

👉 Tavsiyanoma yozish haqida kerakli ma'lumotlar

👉 Ayol-qizlar uchun maxsus grantlar

👉 Duolingo English Test qabul qilinadigan TOP universitetlar

👉 Duolingo English Test: u nimasi bilan afzal?

👉 Maktab, kollej va litsey oʻquvchilari uchun maxsus tanlovlar toʻplami

👉 Elektron pochta va uning ahamiyati haqida

👉 Avstriyadagi kontrakti arzon va oʻqish bepul universitetlar

👉 Eng nufuzli universitetlar soni boʻyicha qaysi davlatlar yetakchi?

👉 GPA nima, qanday hisoblanadi?

👉 Transkript nima, qanday tayyorlanadi, grant yutishda uning ahamiyati qanday?

👉 Apostil nima, hujjatlarimga qayerda apostil qo'ydirishim mumkin?

👉 Sudlanmaganlik haqidagi maʼlumotnoma qanday olinadi?

👉 Hujjatlarni bepul skanerlash uchun eng yaxshi 5 ta ilova

😎 Postni doʻstlaringizga ulashishni unutmang!

@grantlar_namuna
Akademik ta'til nima? Talabalar alamshinuv dasturi bo'yicha akademik ta'til olish mumkinmi?

Avvalgi postlarimizdan birida talabalar almashinuv dasturi bo'yicha chet elda o'qigan fanlari va olgan baholari O'zbekistonda qanday holatlarda qabul qilinishi yoki qilinmasligi haqida aytib o'tgan edik.

Bugungi postimizda esa akademik ta'til o'zi nima, qanday hollarda beriladi, xalqaro almashinuv dasturlarda ishtirok etish uchun akademik ta'til olish mumkinmi kabi savolga javob beramiz.

1. Akademik ta'til o'zi nima?
Oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun harbiy xizmatni oʻtash, salomatligini tiklash, homiladorlik va tugʻish, bolalarni parvarish qilish kabi vaziyatlarda maxsus ko'rsatma va hujjatlarga asosan beriladigan ta'til.

2. Akademik ta'til qanday vaziyatlarda qancha muddatga beriladi?
Nizomga ko'ra:

- Harbiy xizmatni o‘tash uchun — qonunchilik hujjatlarida belgilangan harbiy xizmatni o‘tash muddatiga.

- Homiladorlik va tug‘ish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish uchun — qonunchilik hujjatlarida belgilangan homiladorlik va tug‘ish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish ta’tillari muddatiga.

- Salomatligini tiklash hamda oilasining betob a’zosini parvarish qilish uchun — keyingi yilning talaba tomonidan to‘liq o‘zlashtirilmagan semestri boshlanguniga qadar bo‘lgan muddatga.

3. Talabalar almashinuvi dasturi bo'yicha chet elda 1 semestr o'qish uchun akademik ta'til olsam bo'ladimi?
Nizomga ko'ra, aynan yuqorida berilgan vaziyatlardagina akademik ta'til olish mumkin. Talabalar almashinuvi dasturi bo'yicha akademik tatil berilmaydi.

ESLATMA: talabalar almashinuvi dasturi bo'yicha chet el universitetlarida 1 (yoki ko'proq) semestr o'qish uchun universitetdan ruxsat berilmagan taqdirda talabalar safidan chetlatilish orqali ketishi mumkin.

Talabalarga akademik ta'til berish to'g'risidagi nizom bilan batafsil tanishish BU YERDA

@grantlar_namuna
IELTS Speaking ballini oshirishning sakkiz yoʻli

Speaking – aksariyat nomzodlar uchun IELTS imtihonining eng noqulay va “qoʻrqinchli” qismidir.

Chunki imtihon oluvchi bilan yuzma-yuz turgan holda, bir vaqtning oʻzida savollarga tezkor javob qaytarish, toʻgʻri talaffuz qilish, fikrlarni tartibli yetkazish va boshqalarni bajarish oson emas.

Quyidagi maslahatlar sizga Speaking vaqtida vaziyatni nazorat qilish va yuqoriroq ball olishda yordam beradi.

Bu maslahatlar oddiy insonning emas, IELTS ekspertining maslahatlaridir.

1. Xotirjamlikni saqlashga urining. Toʻgʻri, bu oson emas. Lekin bir narsani hisobga oling: imtihon oluvchining vazifasi nutqingizdagi ijobiy jihatlarni baholashdir, xatolaringizni izlash emas. Va u imtihon hayajonli ekanini juda yaxshi tushunadi.

Speakingʼni xuddi doʻstingiz bilan boʻladigan suhbatdek tasavvur qiling. Bu – bor-yogʻi oddiy suhbat, axir siz har kuni suhbat qilasiz!

2. Uzunroq javob bering. Qanchalik ravon gapirishingizni koʻrsatish uchun uzoqroq gapirishingiz kerak (faqat mavzudan chetlashib ketmang). Shu sababli, koʻp gapirib yuboryapman, degan xavotirga bormang, zarur boʻlsa, imtihon oluvchi oʻzi sizni toʻxtatadi.

Agar imtihon oluvchi sizdan “Nega?” deb soʻrayversa, bilingki, javoblaringizda yetarlicha maʼlumot bermayapsiz. Javoblaringizda sabab va misollarni ham keltiring.

3. Bir daqiqangizdan unumli foydalaning. 2-boʻlimda sizga beriladigan 1 daqiqadan oqilona foydalaning. Mavzu sizga notanish boʻlsa, biror nima toʻqib gapirishingiz ham mumkin. Imtihon oluvchi sizning roʻstgoʻyligizni baholamaydi, nutqingiz ravonligi, soʻz boyligingiz, talaffuzingiz kabilarni baholaydi.

1 daqiqada gapirish kerak boʻlgan muhim jihatlarni qaydlar varagʻiga albatta qisqa-qisqa qilib yozib oling.

4. Yodlab olmang! Imtihon oluvchilar yodlangan javoblarni aniqlashga alohida oʻqitilgan boʻladi. Muayyan savollarga oldindan javoblarni yodlab olgan boʻlsangiz va ularni yoddan aytsangiz, buni osonlik bilan payqashi mumkin.

Albatta, muayyan iboralar, soʻz birikmalari, aloqador soʻzlarni yodlashingiz va ularni ishlatishingiz siz uchun foydali. Lekin butun boshli javoblarni yodlab, ularni aytmang. Buning oʻzniga maʼlum mavzularga oid soʻzlarni guruhlagan holda yodlab chiqishingiz mumkin.

5. Aniq va tabiiy tezlikda soʻzlang. Tez gapirishga urinmang va shoshmang. Tez gapirganingiz uchun ballingiz koʻtarilmaydi. Aksincha, atay tez gapirishga urinish va shoshish ayrim xatolarga yoʻl qoʻyishga sabab boʻlishi mumkin.

6. Taslim boʻlmang! Qaysidir soʻzni eslolmay qolsangiz, hafsalangiz tushib ketmasin. Uning sinonimlarini ishlating yoki uni sharhlash orqali tushuntiring.

Savolga tushunmay qolsangiz ham oʻzingizni yoʻqotmang. Imtihon oluvchidan savolni aniqlashtirishni soʻrang (Could you repeat that, please? Could you explain that, please? Could you explain what X means, please? va h.k.).

7. Ovozingizni yozib olib mashq qiling. Ingliz tilidagi nutqingizni yozib olib, uni etishish va tahlil qilish nutqqingizni keskin yaxshilaydi.

Nutqingizni tinglaganda, talaffuzdagi kamchiliklar, ravonlik darajasini aniqlashingiz mumkin. Yana tahlil qilishingiz mumkin: Murakkabroq gaplar tuzish mumkinmidi? Yaxshiroq soʻzlarni ishlatish mumkinmidi?

Oʻzingiz aniqlagan kamchiliklar ustida ishlang.

8. Nimani kutish kerakligini biling. Birinchi marta IELTS topshirayotgan boʻlsangiz, bu imtihon haqida batafsil oʻrganing. Imtihon qanday oʻtishi, sizdan nima kutilishini bilish asablarni tinchlantirishga yordam beradi.

Eng kamida quyidagi savollarga javoblarni bilishingiz kerak:
– Imtihon (yoki har bir boʻlim) qancha davom etadi?
– Nechta qismdan iborat?
– Har bir qismda mendan nima kutiladi?
– Baholash mezonlari nimalardan iborat?

💪 Dadil boʻling, Speaking – bu kundalik hayotingizda har kuni uchraydigan oddiy suhbatdir!

@grantlar_namuna
Bu yil chet elga birrov chiqib kelish uchun qanday dasturlar bor?

Hozirda grant ajratiluvchi bir nechta yozgi maktab, oromgoh va konferensiyalarga arizalar qabul qilinmoqda.

Quyida ularni keltirib oʻtamiz:

1. Internationale Schillertage festivali:
– Germaniyada 2023-yil 22-iyundan 2-iyulgacha boʻlib oʻtadi; dedlayn: 30.04.2023
– Safar, oziq-ovqat va turar joy xarajatlari qoplanadi
– Ingliz, nemis yoki fransuz tilini bilish kerak
– Festival mavzusiga (“Beautiful world, there you are!”) barcha qatnashishi mumkin

2. South American Business Forum:
– Argentinada 2023-yil 28-30-iyul kunlari boʻlib oʻtadi, dedlayn: 16.04.2023
– Turar joy, oziq-ovqat, ichki transport xarajatlari qoplanadi
– Ingliz yoki ispan tilini bilish kerak
– Bakalavr, magistr va PhD talabalari, shuningdek, shu bosqichlarni 2022 yoki 2023-yil bitirganlar qatnash oladi

3. Science Summer Camp 2023:
– Gonkongda 2023-yil 10-15-iyulda boʻlib oʻtadi; dedlayn: 30.04.2023
– Bepul turar joy, oziq-ovqat va safar uchun mablagʻ beriladi
– Ingliz tilida boʻladi
– City University of Hong Kongʼda PhD bosqichida oʻqishni rejalashtirayotganlar qatnasha oladi

4. Bucharest Summer University:
– Ruminiyada 2023-yil 13-27-avgust kunlari oʻtkaziladi, dedlayn: 20.05.2023
– Qatnashish badali uchun toʻliq va qisman grantlar mavjud
– Ingliz tilida boʻladi
– Bakalavriat, magistratura va PhD talabalari qatnasha oladi

5. The Summer School of Journalism and Socio-cultural Research:
– Germaniyada 2023-yil 16-29-iyul boʻlib oʻtadi, dedlayn: 22.04.2023
– Transport, turar joy, oziq-ovqat va tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi
– Rus tilida oʻtkaziladi
– Jurnalist, tadqiqotchi va blogerlar qatnashishi mumkin

6. Leading Asia Scholarship: One Young World sammiti:
– Shimoliy Irlandiyada 2023-yil 2-5-oktabr kunlari boʻlib oʻtadi, dedlayn: 30.04.2023
– Turar joy, oziq-ovqat, safar xarajatlari qoplanadi
– Ingliz tilida oʻtkaziladi
– 18-30 yoshli yetakchi yoshlar qatnashishi mumkin

Ehhe, shuncha imkoniyat, qaysi biriga borsangiz ekan. 😉

P.S. Har bir dastur nomining ustiga bossangiz, batafsil maʼlumotga kirasiz.

@grantlar_namuna
Xalqaro dasturlarga topshirish uchun talabalik haqida ma'lumotnoma qanday tayyorlanadi?

Ko'plab almashinuv dasturlari va boshqa grant dasturlariga ariza topshirayotganda nomzodlardan talaba ekanligini tasdiqlovchi hujjat (Student Confirmation Letter) talab etiladi.

Xo'sh, bu hujjatni qanday tayyorlash mumkin? Quyida bir necha oson usullarini ko'rib o'tamiz:

1-usul. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali onlayn tarzda oʻzingiz mustaqil olishingiz mumkin. Bunda maʼlumotnoma so'ralgan payt avtomatik tarzda tayyor boʻladi.

Bu uchun:
Portalga kirasiz.
– Kirish tugmasini bosib, OneID orqali (agar OneID boʻlsa) tizimga kirasiz. OneID boʻlmasa, roʻyxatdan oʻtasiz.
– Keyin portaldagi xizmatlar bo'limidan "O'qish joyidan ma'lumotnoma olish" bo'limiga kirasiz.
– Xizmatdan foydalanish tugmasini bosasiz. Hujjat avtamatik tarzda taxminan shu ko'rinishda tayyor bo'ladi: 1-rasm.

2-usul. Hemis orqali ma'lumotnoma olish.

Bu uchun:
- Universitetingiz hemis portaliga kirasiz.
- "Talaba ma'lumoti" bo'limidan "Ma'lumotnomalar" bo'limiga kirasiz.
-"Ma'lumotnoma olish" tugmasini bosasiz va sizda taxminan shu ko'rinishda hujjat avtomatik paydo bo'ladi: 2-rasm.

Yuqoridagi 2 usulda ham hujjatlar o'zbek yoki rus tillarida tayyorlanishi mumkin. Agar sizdan ingliz tilida ma'lumotnoma tadqim etish so'ralgan bo'lsa, hujjatni notarial tarjima qilidirishingiz yoki o'zingiz tarjima qilib dekanatdan tasdiqlatib olishingiz kerak.

ESLATMA: Yuqoridagi hujjatlar elektron tayyorlangani bois QR kod orqali tasdiqlangan. Ayrim dasturlar bunday QR kodlarni rasmiy deb hisoblamasligi mumkin, shu sabab hujjatning original nusxasini dekanat orqali tasdiqlatib olishni tavsiya qilamiz.

3-usul. Universitetdan to'g'ridan-to'gri ma'lumotnoma olish. Bunda odatda dekanat (yoki boshqa tegishli bo'lim) siz so'ragan tilda ma'lumotnoma berishi mumkin. Agar ingliz tilida berilmasa, o'zbekcha olingan ma'lumotnomani ingliz tiliga tarjima qiling va dekanatga tasdiqlating. Ushbu hujjat namunasi bilan tanishish BU YERDA.

MUHIM: ayrim dasturlar talaba ekanligini tasdiqlovchi hujjatda o'qishni qachon bitirishi haqida malumot talab etadi. Ya'ni bunda talabaning o'qishni bitirish yili, sanasi aniq yozilgan bo'lishi kerak.

Yuqoridagi 1-2-usullarda talaba qachon o'qishni bitirishi haqida ma'lumot berilmaydi. Shu sabab ko'pincha 3-usuldan foydalanish tavsiya etiladi.

@grantlar_namuna
AQSHda oʻqish uchun qanday turdagi grantlar mavjud?

AQSH universitetlarida oʻqish uchun ajratiladigan grantlarning asosiy 6 turi mavjud. Bular vaziyatdan kelib chiqib, toʻliq yoki qisman grant shaklida taqdim etilishi mumkin.

Quyida ular haqida qisqacha maʼlumot beramiz.

1. Koʻrsatkichlarga asoslangan grantlar (Merit scholarships). Bunday grantlar talabaning koʻrsatkichlari, erishgan yutuqlari asosida beriladi.

Masalan, bunday grantlar:
– aʼlo baholarga egalik va/yoki SAT/ACT imtihonidan yuqori ball olganlik uchun (Academic Scholarships);
– aʼlo baholar va imtihonlardan olingan yuqori ballardan tashqari, talabaning jamiyatga qoʻshgan hissasi va darsdan tashqari mashgʻulotlarda ishtiroki uchun (Average Academic Performance Scholarships);
– Sportda erishgan yutuqlari uchun (Sports Scholarships) berilishi mumkin.

2. Moliyaviy ehtiyojga asoslangan grantlar (Need-based scholarships). Bu grantlar oʻqish toʻlovlari va oʻqish bilan bogʻliq boshqa xarajatlarni toʻlashga moliyaviy imkoniyati yetmaydigan talabalarga beriladi.

3. Mamlakatga asoslangan grantlar (Country-based scholarships). Bunday grantlar rivojlanayotgan davlatlarning fuqarosi boʻlgan xalqaro talabalarga beriladi.

4. Universitet grantlari. Koʻplab AQSH universitetlari muayyan mezonlarga mos xalqaro talabalarga oʻz grantlarini taklif qiladi.

Bu mezonlarni universitetning oʻz belgilaydi, masalan, biror universitet muayyan soha boʻyicha oʻqish uchun topshiruvchi eng yuqori koʻrsatkichlarga ega nomzodlarga grant ajratishi mumkin.

5. Xususiy sektor moliyalashtiradigan grantlar. Bunday grantlar xususiy kompaniyalar, tashkilotlar va boshqalar tomonidan xalqaro talabalarga taklif etiladi.

Lekin odatda ularning talablari nisbatan qattiqroq boʻladi va ular koʻpincha muayyan guruhga mansub talabalar (masalan, ayollar, rivojlanayotgan davlatlar fuqarolari va h.k.) uchun beriladi.

6. AQSH hukumati moliyalashtiradigan grantlar. Bunday grantlar taʼlim tizimini globallashtirish maqsadida xalqaro talabalarga AQSH hukumati tomonidan ajratiladi. Ushbu grantlar odatda AQSHda oʻqish uchun eng nufuzli grantlar hisoblanadi (masalan, magistraturada oʻqish uchun Fulbright granti).

Qaysi universitetda qanday grant taklif qilinishini qanday bilsam boʻladi?

Bu uchun kerakli universitetning rasmiy veb-saytiga kirasiz va u yerdan “Financial Aid and Scholarships” yoki “Admission and Aid” yoki shu kabi moliyaviy yordam hamda grantlarga bagʻishlangan boʻlimga kirasiz.

Bu boʻlimda xalqaro talabalar uchun qanday grantlar mavjudligi bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

@grantlar_namuna
Nemis tili menga nima beradi?

Bilasiz, koʻpchilik ingliz tilini oʻrganadi. Lekin ayrimlar buning oʻrniga nemis tilini yoki ingliz tilidan keyin nemis tilini oʻrganadi. Va bu munosib tanlov.

Bugun nemis tili orqali qatnashish mumkin boʻlgan grantlar va dasturlar haqida gaplashamiz.

1. DAAD dasturi. Bu dastur Germaniya universitetlarida magistratura yoki doktoranturada toʻliq grant asosida oʻqish imkonini berdi. Bunda nemis yoki ingliz tilida qatnashish mumkin.

Shuningdek, DAAD dasturi grantlari orqali til kurslariga qatnashish ham mumkin (faqat nemis tilida).

DAAD grantlariga qabul dastur, universitet va yoʻnalishga qarab juda farq qiladi. Odatda umumiy qabul har yili avgust oyi boshida boshlanib, oktabr oxirida tugaydi.

👉DAAD grantlari haqida batafsil (magistratura va doktorantura)

2. FSJ dasturi. Dastur Germaniyada 6 oydan 18 oygacha amaliyot oʻtash imkonini beradi. Bunda nomzodlar tibbiyot, parvarish, madaniyat va boshqa bir qancha sohalarda amaliyot oʻtashi mumkin. Faqat nemis tilida boʻladi.

Dastur odatda amaliyotchini choʻntak puli, sugʻurta hamda turar joy va oziq-ovqat bilan taʼminlaydi.

Hujjatlar yil davomida qabul qilinadi.

👉 FSJ dasturi haqida batafsil

3. Au Pair dasturi. Bu dastur Germaniyadagi mezbon oila bilan yashab, nemis madaniyati va tilini oʻrganishga imkon beradi. Buning evaziga dastur ishtirokchisi mezbon oiladagi bolalarga qarash ishlarida yordam berishi kerak boʻladi.

Nemis tilini kamida A1 darajada bilish talab qilinadi.

Hujjatlar yil boʻyi qabul qilinadi.

Taʼkidlash joiz, bu dastur boshqa bir qancha davlatlarda ham mavjud.

👉 Germaniyadagi Au Pair dasturi haqida batafsil

4. Stipendium Copernicus dasturi. Bu dastur bakalavriat va magistratura talabalariga Germaniyadagi Gamburg universitetida 1 semestr davomida oʻqish hamda amaliyot oʻtash imkonini beradi. Faqat nemis tilida qatnashish mumkin.

Dastur ishtirokchilarning barcha xarajatlarini toʻliq qoplaydi.

Qabul yiliga 2 marta boʻladi:
– bahorgi semestr uchun 1-sentabrgacha;
– qishki semestr uchun 1-martgacha.

👉Stipendium Copernicus dasturi haqida batafsil

5. Leaders for Future dasturi. Germaniyda 2 oy yoki 6 oygacha davomida amaliyot oʻtash imkonini beradi. Dasturda nemis yoki ingliz tilida qatnashish mumkin. Istalgan soha vakillari ariza topshira oladi.

Dastur ishtirokchilarga toʻliq va qisman grantlar taklif qiladi.

Hujjatlar har yili fevral oyi boshida boshlanib, shu oyning oxirlarigacha davom etadi.

👉 Leaders for Future dasturi haqida batafsil

6. IES dasturi. Bu dastur bakalavrlar, magistrlar va doktorantlarga moʻljallangan boʻlib, talabalarga Germaniyada joylashgan Berlin ozod universitet va Gumboldt nomidagi Berlin universitetida 1 semestr davomida oʻqish imkonini beradi.

Dasturga talabalar ingliz tilida ham, nemis tilida ham hujjat topshirishi mumkin. Oʻqish ham talaba hujjat topshirgan tilda boʻladi.

Dastur talabaning Germaniyada yashash, oʻqish, turar joy, viza, sugʻurta, kontrakt toʻlovi xarajatlarini toʻliq yoki qisman qoplab beradi.

Dasturga qabul yiliga 2 marta boʻladi:
– 1-oktyabrdan 15-dekabrgacha;
– 1-apreldan 15-iyungacha.

👉 IES dasturi haqida batafsil

7. Germaniya va Avstriyada bepul yoki arzonga sifatli taʼlim. Germaniyada deyarli barcha davlat universitetlarida oʻqish bepul, yaʼni kontrakt summasi toʻlanmaydi.

Taʼlim asosan nemis tilida boʻlgan Avstriyada ham ayrim oʻqish bepul boʻlgan va kontrakti hamyonbop universitetlarni topish mumkin.

Albatta, Germaniyada ham, Avstriyada ham ingliz tilida oʻqitiladigan dasturlar bor. Lekin OTMlardagi kurslarning aksariyati nemis tilida oʻqitiladi.

👉 Germaniyadagi oʻqish bepul universitetlar bu yerdagi roʻyxatda

👉 Avstriyadagi kontrakti arzon va oʻqish bepul universitetlar

Biz nemis tili beradigan imkoniyatlarning ayrimlarini sanadik, xolos. Bulardan boshqa koʻplab dastur va imkoniyatlar ham mavjud.

Postimiz foydali boʻldi degan umiddamiz.

@grantlar_namuna
Grantga hujjat topshirishdagi muhim qoida: qabulning oxirgi kunini kutmang

Biror grant yoki dasturga ariza topshirishni oxirgi kun/daqiqagacha kutmasdan, ertaroq ariza topshirish qattiq tavsiya qilinmadi. Chunki arizani qabul oxiriga taqash bir nechta ko'ngilsiz oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Masalan:

1. Oxirgi kun / daqiqalargacha taqab borish arizangizning pala-partish boʻlib qolishiga sabab boʻlishi mumkin. Muddat qancha yaqinlashsa, kishida tezroq harakat qilishim kerak degan vahima kuchayadi.

Bu esa diqqatni jamlashga xalal beradi va soʻnggi daqiqalarda tayyorlanayotgan / yozilayotgan hujjatlarning sifatiga salbiy taʼsir qiladi. Natijada qabul qilinish ehtimolingiz pasayishi mumkin.

2. Qabul muddatdan oldin yopib qoʻyilishi mumkin. Dastur/grantga qabulning muddatdan oldin yakunlanishi holatlari, ayniqsa, qisqa muddatli grantlarda (yozgi maktab, kurs, lager va hk) tez-tez uchrab turadi. Bunga asosiy sabab arizalarning nihoyatda koʻpayib ketishidir. Bunday holat Oʻzbekistondagi AQSH elchixonasi eʼlon qilgan dasturlarda bir necha bor kuzatilgan.

Agar oxirgi kunni kutib yurgan boʻlsangiz, qabul muddatdan oldin tugasa, ishtirok etish imkoniyatini toʻliq qoʻldan chiqarasiz.

3. Grantlarning ertaroq ariza topshirilgan nomzodlarga ajratilishi. Bir qancha universitetlar bakalavriat, magistratura va boshqa bosqichlarga grant ajratishda “First-come, first-served” qoidasiga amal qiladi.

Yaʼni maʼlum grant oʻrinlari boʻladi, shu oʻrinlar eng birinchi ariza topshirgan munosib nomzodlarga taqsimlab beriladi. Bu oʻrinlar munosib nomzod chiqmasagina qabulning soʻnggi kunigacha saqlanib qolishi mumkin. Bu qoida AQSH, Britaniya kabi davlatlarda tez-tez qoʻllaniladi.

Bunda qabulning oxirgi kunigacha kutish tayyor imkoniyatdan oʻz xohishi bilan voz kechish degani.

4. Savol chiqib qolsa, javob ololmay qolasiz. Biror muhim savol tugʻilganda uni aniqlashtirish uchun tashkilotchilarga telefon qilish yoki koʻp hollarda email yozish kerak.

Lekin telefonga javob berish uchun ish vaqti tugagan boʻlishi yoki emailga javob berilishi uchun kamida 1-3 kun muddat talab etilishi mumkin. Oxirgi kun / daqiqada hujjat topshirayotib shunday savolga duch kelsangiz, javob ololmay qolishingiz mumkin. Bu esa yana sizning qabul qilinishingizga salbiy taʼsir qilishi mumkin.

5. Qoʻshimcha qoida: shoshilib ham topshirmang! Eng erta topshiraman degan oʻy bilan, shoshma-shosharlik qilib ariza topshirish ham tavsiya qilinmaydi.

Biror grantga topshirmoqchi boʻlganingizda, dastlab, uning talablari, qoidalari, mezonlari, koʻp beriladigan savollarga javoblari va boshqalarni diqqat bilan oʻqib chiqing. Biroq ularni oʻqib chiqishni orqaga surib yurmang, imkon qadar ertaroq oʻqib chiqing.

Biror savol tugʻilsa, darhol tashkilotchilarda email yoki telefon orqali soʻrab aniqlashtirib oling.

Dastur va uning talablari, hujjatlar tarkibi hamda boshqa muhim masalalarga toʻliq tushunib olganingizdan keyingina hujjatlaringizni topshiring.

Yuqoridagi qoidalarga amal qilsangiz, dasturga qabul borasida anchagina koʻngilsizliklarning oldini olgan boʻlasiz.

Albatta, qabulning oxirgi daqiqalarida hujjat topshirib, grant yutganlar ham bor. Lekin hujjat topshirishni soʻnggi kun / soʻnggi daqiqalarga qadar taqab olib borish yuqoridagi koʻngilsiz oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shu sababli oxiriga taqash mutlaqo tavsiya qilinmaydi.

@grantlar_namuna
Ingliz tili o'qituvchilari uchun British Council tomonidan bepul onlayn kurslar

Postni oʻquvchi boʻlsangiz – ustozingizga, oʻqituvchi boʻlsangiz – hamkasbingizga yuborib qoʻying. 😉

British Council dunyo bo'ylab barcha ingliz tili o'qituvchilari uchun bepul onlayn kurslar tashkil etib kelmoqda.

Kurslar asosan ingliz tilini o'qitish metodikasi hamda uning zamonaviy usullari bilan bog'liq bo'lib, kursda o’zlashtirilgan ko’nikma va mashg’ulotlardan barcha o'qituvchilar keyinchalik o'z darslari davomida foydalanishlari mumkin.

1. TeachingEnglish: How to teach speaking. Bu kurs o'quvchilarning so'zlash qobiliyatini rivojlantirishga mo'ljallangan bo'lib, tilni turli darajada biluvchi turli yoshdagi o'rganuvchilarga bir sinfda dars o'tish metodlarini o'rgatadi.

12 soatga mo'ljallangan ushbu darslar 2023-yil 10-apreldan boshlangan, lekin kursga ro'yxatdan o'tish 2023-yil 22-sentyabrgacha davom etadi.

2. Online skills for 21st century teachers. Ushbu kurs 4 hafta davom etadi. Unda asosan raqamli fuqarolik tushunchasi keng tushuntiriladi hamda o'quvchilar ma’lumotlarini onlayn himoyalash usullarini o'rganadi.

Darslar 2023-yil 4-apreldan boshlangan, lekin hali ham kursga ro'yxatdan o'tish imkoniyati mavjud.

3. TeachingEnglish: Motivating learners. 12 soatga mo'ljallangan ushbu kurs o'quvchilarni darsga qanday qiziqtirish va kerakli manbalardan unumli foydalanish haqida ma'lumot beradi.

Darslar 2023-yil 11-apreldan boshlangan, lekin kursga ro'yxatdan o'tish 2023-yil 10-iyulgacha davom etadi.

ESLATMA: Yuqoridagi kurslarda ishtirok etish uchun ingliz tilidan kamida B1 daraja talab etiladi.

Har bir kurs yakunida ishtirokchilarga kursni muvaffaqiyatli yakunlaganligi haqida sertifikat taqdim etiladi. Bunday sertifikatlar keyinchalik boshqa xalqaro dasturlarga ariza topshirishda foydali boʻlishi mumkin.

@grantar_namuna
​​Oʻqishimni xorijiy universitetga koʻchirsam boʻladimi?

Oʻzbekistonda bakalavriatda oʻqiyotgan koʻplab talabalarni oʻqishimni xorijiy universitetga koʻchirsam boʻladimi degan savol qiynaydi. Bugun shu masalaga toʻxtalamiz.

Umumiy javob: Ha, koʻchirsangiz boʻladi. Deyarli barcha davlatlardagi koʻplab universitetlar boshqa davlat talabalarini “transfer student” (oʻqishni koʻchirgan talaba) sifatida qabul qiladi. Albatta, bunda nomzod oʻqishni koʻchirish talablariga mos boʻlishi kerak.

Lekin:

1. Ayrim universitetlar transfer talaba qabul qilmasligi mumkin.

2. Har bir davlat (universitet)da oʻqishni koʻchirish talablari bor. Oʻzbekistonlik talabalar bu talablarga baʼzida javob bermasligi mumkin.

Oʻqishni koʻchirish masalasini kim hal qiladi?

Buni oʻqishingizni koʻchirmoqchi boʻlgan xorijiy universitet hal qiladi (davlatda belgilangan taʼlimga oid qonun-qoidalar asosida). Shu sababli oʻqishingizni xorij oliygohiga koʻchirmoqchi boʻlsangiz, avvalo oʻsha universitetning oʻziga murojaat qilishingiz kerak.

Oʻqishni koʻchirish shartlarini qanday bilsam boʻladi?

Aksariyat universitetlar veb-saytida oʻqishni koʻchirish haqida maʼlumot boʻladi. Shu maʼlumotni topib, oʻqib chiqish kerak.

Maʼlumotlarni oʻqigandan keyin ham savollaringiz boʻlsa, universitetga email yozish orqali soʻrab olsangiz boʻladi.

Agar universitet saytidan oʻqishni koʻchirish haqida maʼlumot topa olmasangiz, universitet emailiga oʻqishingizni shu universitetga koʻchirmoqchi ekaningizni aytib, buning tartib-qoidalari qanday boʻlishi soʻrab yozib yuborishingiz mumkin.

Misol bilan tushuntiring?

AQSHda joylashgan Clark universitetini misol sifatida olamiz (nufuzli universitet, THE roʻyxatida 601-800-oʻrin).

Avval saytiga kiramiz. Saytdan “Admissions” boʻlimiga sichqonchani olib boramiz. Shunda qoʻshimcha boʻlimlar ochiladi va “Related Links” rukni ostidagi “Transfer Student Admissions” boʻlimini tanlaymiz.

Boʻlimda xalqaro talabalar ham Clark universitetiga oʻqishini koʻchira olishi aytilgan. Va boshqa kerakli maʼlumotlar berilgan.

Shu maʼlumotlarni oʻqib chiqib, tushunmagan yerlarimiz boʻlsa, sahifa ostdagi emailga xabar yozib soʻrab olsak boʻladi. Soʻng kerakli hujjatlarni topshirish harakati boshlay olamiz.

Maʼlumot topish har doim ham oson emas

Clark universitetida oʻqishni koʻchirish maʼlumotlarini osongina topdik. Lekin ayrim universitet saytlarida bunday maʼlumotni topish oson kechmasligi mumkin.

Oʻqishni koʻchirish haqidagi maʼlumotni topish uchun boʻlimlarni sabr bilan qarab chiqishga toʻgʻri kelishi mumkin.

Agar tezroq topmoqchi boʻlsangiz, universitet saytidagi qidiruv (Search) maydoniga “Transfer”, “Transfer student” yoki shunga oʻxshash jumlalarni kiritib, qidirib koʻrishingiz mumkin.

Oʻqishni koʻchirish uchun grantlar bormi?

Ha, bor.
Lekin oʻqishni koʻchirayotganlar uchun barcha universitet ham grant taklif qilavermaydi.

Shuningdek, oʻqishni koʻchirish uchun mavjud grantlarning koʻpchiligi qisman grant boʻladi. Toʻliq grant nisbatan kam uchraydi.

Oʻqishni koʻchirish uchun grantlar mavjud yoki yoʻqligini universitetning “Financial Aid and Scholarships” yoki shunga oʻxshash nomdagi boʻlimidan yoxud oʻqishni koʻchirishga oid sahifasidan topish mumkin.

Masalan, Clark universiteti ham oʻqishni koʻchirish uchun grantlar taklif qiladi. Bu haqida transfer sahifasida ham, “Cost and Financial Aid” boʻlimida ham maʼlumot berilgan (Admissions > Cost and Financial Aid > International Students).

Lekin Clark universitetida grantlarning aniq miqdorlari koʻrsatilmagan ekan. Buni email yozish orqali aniqlab olishingiz mumkin.

Oʻqishni koʻchirish uchun toʻliq grant ajratadigan oliygohlarga Tokio universitetini misol qilib keltirish mumkin. Bu haqida batafsil BU YERDA oʻqing.

Demak, talablarga javob bersangiz, oʻqishingizni xorijiy davlat universitetlariga koʻchirishingiz mumkin.

Eslatma: Ayrim davlatlar yoki universitetlar xalqaro talabalarni “Transfer Student” sifatida qabul qilmasligi mumkin.

@grantlar_namuna
Oʻzbekistonda magistratura hamda doktorantura mutaxassisliklariga hujjat topshirishda talab etiladigan til sertifikatlari

O‘zbekistonda 2023-2024 o‘quv yilidan boshlab Oliy ta’lim muassasalarining magistratura hamda doktorantura mutaxassisliklariga hujjat topshirishda talab etiladigan xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan e'lon qilingan.

Yangi ro'yxatda quyidagi sertifikatlar olib tashlandi:

- Ingliz tilidan – Cambridge Assessment English Linguaskill;

- Italyan tilidan – Accademia Italiana di Lingua (AIL);

- Turk tilidan – İstanbul Aydın Üniversitesi Türkçe Öğretimi Uygulama ve Araştırma Merkezi (Aydin TÖMER) olib tashlangan.

Shu bilan birga, ingliz tiliga International Test of English Proficiency (iTEP) Academic-Plus xalqaro sertifikati qo‘shilgan.

👉 Qabul qilinadigan sertifikatlar ro'yxati bilan BU YERDA batafsil tanishing

ESLATMA:
Duolingo English Test sertifikatini O'zbekistondagi OTMlari qabul qilmaydi.

Duolingo English Test sertifikati qabul qiladigan xorijjiy TOP universitetlar bilan BU YERDA tanishing.

@grantlar_namuna
Dunyoning TOP universitetlariga oʻqishimni (bakalavriat) koʻchirsam boʻladimi?

Javob:
Baʼzilariga koʻchirish mumkin, baʼzilariga esa yoʻq.

Quyida dunyoning ayrim TOP universitetlariga oʻqishni koʻchirish mumkin yoki mumkin emasligini koʻrib chiqamiz.

1. Massachusetts texnologiya instituti (AQSH). Ha, oʻzbek talabalar bu OTMga oʻqishini koʻchirsa boʻladi:
Asosiy sharti: boshqa OTMda kamida 1 oʻquv yili va koʻpi bilan 2 oʻquv yilini bitirgan boʻlish kerak.
– Yiliga oʻrtacha nechta talaba oʻqishni koʻchirgan talaba sifatida qabul qilinishi aniq keltirilmagan, kam sonli talabalar qabul qilinadi deyilgan.
– Oʻqishni koʻchirishda raqobat juda yuqori, eng yuqori koʻrsatkichli talabalar qabul qilinadi.
👉 BATAFSIL

2. Oksford universiteti (Buyuk Britaniya). Yoʻq, Oksford universitetida dunyoning hech bir davlatidan (Britaniyaning oʻzidan ham) talabalarni oʻqishni koʻchirgan talaba sifatida qabul qilmaydi.
👉 BATAFSIL

3. Stenford universiteti (AQSH). Ha, oʻzbek talabalar Stenford universitetiga oʻqishini koʻchirsa boʻladi:
Asosiy sharti: boshqa xalqaro tan olingan universitetda oʻqib, toʻplagan kreditlarni koʻchirmoqchi boʻlgan semestrigacha Stenfordda oʻtilgan kurslardagi kreditlar teng yoki koʻproq boʻlishi kerak. Boshqa OTMda 2 oʻquv yilidan koʻproq oʻqigan talabalar ham ariza topshira oladi, lekin ular Stenford universitetida kamida 2 oʻquv yilini bitirishi lozim.
Yiliga oʻrtacha nechta talaba oʻqishni koʻchirgan talaba sifatida qabul qilinishi aniq keltirilmagan, kam sonli talabalar qabul qilinadi deyilgan.
– Oʻqishni koʻchirishda raqobat juda yuqori, eng yuqori koʻrsatkichli talabalar qabul qilinadi.
👉 BATAFSIL

4. Kembrij universiteti (Buyuk Britaniya). Yoʻq, oʻzbek talabalarini oʻqishni koʻchirgan talaba sifatida qabul qilmaydi. Faqat ayrim hollarda Britaniyada joylashgan universitet talabalarini oʻqishni koʻchirgan talaba sifatida qabul qilishi mumkin.
👉 BATAFSIL

5. Garvard universiteti (AQSH). Ha, oʻzbek talabalar Garvard universitetiga oʻqishini koʻchirsa boʻladi:
Asosiy sharti: boshqa OTMda kamida 1 oʻquv yili va koʻpi bilan 2 oʻquv yilini bitirgan boʻlish kerak.
Yiliga oʻrtacha 12 ta talaba Garvardga oʻqishni koʻchirgan talaba sifatida qabul qilinadi.
– Oʻqishni koʻchirish uchun yiliga oʻrtacha 1500 ta ariza kelib tushadi.
– Oʻqishni koʻchirishda raqobat juda yuqori, eng yuqori koʻrsatkichli talabalar qabul qilinadi.
👉 BATAFSIL

6. Kaliforniya Texnologiya instituti (AQSH). Ha, oʻzbek talabalar Kaliforniya Texnologiya Institutiga universitetiga oʻqishini koʻchirsa boʻladi:
Asosiy sharti: boshqa xalqaro tan olingan universitetda oʻqib, toʻplagan kreditlarni koʻchirmoqchi boʻlgan semestrigacha KTIda oʻtilgan kurslardagi kreditlar teng yoki koʻproq boʻlishi kerak. Oxirgi kurs talabalari oʻqishini koʻchirib oʻtkaza olmaydi.
Yiliga oʻrtacha nechta talaba oʻqishni koʻchirgan talaba sifatida qabul qilinishi aniq keltirilmagan, kam sonli talabalar qabul qilinadi deyilgan.
– Oʻqishni koʻchirishda raqobat juda yuqori, eng yuqori koʻrsatkichli talabalar qabul qilinadi.
👉 BATAFSIL

7. London imperiya kolleji. Yoʻq, oʻzbek talabalarini oʻqishni koʻchirgan talaba sifatida qabul qilmaydi. Faqat ayrim hollarda Britaniyada joylashgan universitet talabalarini oʻqishni koʻchirgan talaba sifatida qabul qilishi mumkin.
👉 BATAFSIL

Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, oʻzbek talabalar AQSHning TOP universitetlariga oʻqishini koʻchirish mumkin, lekin Britaniyada joylashgan TOP OTMlarga koʻchira olmaydi.

Xorijiy universitetlarga o'qish ko'chirish haqida:

📝 MAQOLA

📹 VIDEO

@grantlar_namuna
#Avstriya

Bugun kontrakti arzon oliygoh – Vena texnologiya universiteti haqida qisqacha maʼlumot beramiz.

1815-yili tashkil etilgan mazkur oliygohda hozirda 28 mingdan ortiq talaba tahsil oladi. Universitet dunyoning eng nufuzli oliygohlari sirasiga kiradi. Jumladan, 2023-yil aprel oyi holatiga ko'ra, Vena texnologiya universiteti dunyodagi eng yaxshi universitetlar ro'yxatida 179-o'rinni egallab turibdi (QS reytingi bo'yicha).

Xarajatlar

– Yevropa Ittifoqi va Yevropa iqtisodiy zonasiga kirmaydigan davlatlar, jumladan, Oʻzbekiston fuqarolari uchun kontrakt toʻlovi 1 semestr uchun 726,72 yevroni (taxminan 799 AQSH dollari) tashkil etadi.

– Shuningdek, kontrakt summasidan tashqari har semestrda 21,2 yevro (taxminan 23 dollar) talabalar ittifoqi badali toʻlanishi lozim.

Bosqichlar va dasturlar

Universitetda ilmiy daraja beruvchi quyidagi bosqichlarda oʻqish mumkin:
Bakalavriat
Magistratura
Doktorantura

Dasturlar roʻyxatini yuqoridagi bosqichlar ustiga bosish orqali koʻrishingiz mumkin.

Shuningdek, universitetga tayyorlov kurslari (til kurslari) ham mavjud.

Taʼlim tili

Bakalavriatdagi
barcha dasturlar nemis tilida oʻqitiladi. Shu sababli nomzoddan nemis tilini bilish talab etiladi.

Nomzod bevosita bakalavriatda oʻqishni boshlashi uchun aksariyat hollarda nemis tilini C1 darajada bilishi va buni biror til setifiikati bilan isbotlashi lozim.

Biroq nemis tilida A2 darajaga ega boʻlganlar ham hujjat topshirishi mumkin. Bunda ular bevosita bakalavriatga emas, tayyorlov kursiga qabul qilinadi. Tayyorlov kursining yillik kontrakti 2000 yevrogacha boʻlishi mumkin. Tayyorlov kursi oxirida imtihon topshirib, soʻng bakalavriatga kiriladi.

Magistraturada esa nemis tilida yoki ingliz tilida oʻqitiladigan dasturlar mavjud.

Ingliz tilida oʻqitiladigan dasturlarda nemis tilini bilish talab etilmaydi, aksincha, ingliz tilini kamida B2 darajada bilish talab etiladi.

Nemis tili talablari esa xuddi bakalavriatniki bilan bir xil (A2 daraja bilan tayyorlov kursiga kirish ham bir xil).

Doktoranturani yo nemis, yoki ingliz tilida oʻqish mumkin. Til talabi aniq keltirilgan boʻlmasa-da, doktorant taʼlim tilini ilmiy izlanish olib borish darajasida bilishi kerak.

Qabul jarayoni va sanalari

Bakalavriat
dasturlari 2 ga boʻlinadi:
a) qabul qilinuvchi talabalar soni belgilangan dasturlar – bunda nomzod oflayn kirish testini ham topshirishi kerak boʻladi. Agar hujjat topshirganlar soni qabul kvotasidan kam boʻlsa, test olinmasligi mumkin.
b) qabul qilinuvchi talabalar soni belgilanmagan dasturlar – bunda nomzod onlayn test topshiradi. Biroq bu test universitetga kirish uchun emas, nomzodning bilimini baholab, bilib olish uchun olinadi.

Bakalavriatga qabul jarayoni haqida batafsil maʼlumotni kerakli bakalavrlik dasturini tanlash orqali bilib olishingiz mumkin.

Magistratura bosqichiga qabulda odatda test boʻlmaydi, faqat hujjatlar asosida qabul qilinadi. Biroq ayrim hollarda talabaning koʻrsatkichlari yoki hujjatlaridan kelib chiqib, qoʻshimcha test olinishi mumkin.

Qabul sanalari bilan BU YERDA tanishing.

Hujjatlarni qabul qilish onlayn tarzda amalga oshiriladi.

Har bir bosqich uchun ariza shakli va kerakli hujjatlar ro'yxatini BU YERDAN topishingiz mumkin.

Batafsil maʼlumot uchun universitetning rasmiy veb-saytiga tashrif buyuring.

@grantlar_namuna
Bu yil FLEX dasturiga O'zbekistondan 55 nafar o'quvchi qabul qilindi!

Qabul qilingan o'quvchilar 1yil davomida AQSHda yashaydi va AQSHdagi yuqori sinflar maktabida (high school) o'qiydi.

Dasturda ishtirok etish bilan bog'liq barcha xarajatlar (yashash, o'qish, borish va kelish xarajatlari va h.k.) AQSH hukumati tomonidan qoplanadi.

FLEX dasturiga navbatdagi qabul 2023-yil avgustda boshlanadi.

Bu safargi qabulda ham o'quvchilarga doimiy ravishda yo'l-yo'riq va ma'lumot berib boramiz.

👏 G'oliblarni esa chin dildan tabriklaymiz! AQSHda sizni sarguzashtlarga bor 1 yil kutmoqda.

P.S. FLEX dasturi haqida BU YERDA tanishing (bu ma'lumotlar muddati tugagan qabulga tegishli, 2023-yil avgustda yangi ma'lumotlar joylanadi).

@grantlar_namuna
Turkiyadagi eng arzon universitetlar

Turkiyaning aksariyat davlat universitetlarida kontrakt to'lovi ancha arzon. Bu esa hamyonbop to'lov evaziga sifatli ta'lim olishni istaganlar uchun maqbul tanlov boʻlishi mumkin.

Quyida Turkiyada joylashgan eng arzon universitetlar haqida ma'lumot beramiz:

1. Mugla Sitki Kocman university. Kontrakt to'lovi bosqich va yo'nalishga qarab yiliga taxminan 195 AQSh dollaridan 774 AQSh dollarigacha.

2. Ege University. Kontrakt to'lovi bosqich va yo'nalishga qarab yiliga o'rtacha 360 AQSH dollariini tashkil qiladi. Bundan tashqari, moliyaviy yordamga muhtoj yoki akademik ko'rsatkichi yuqori talabalar uchun turli grantlar mavjud.

3. Dicle University. Kontrakt to'lovi bosqich va yo'nalishga qarab yiliga taxminan 258 AQSH dollaridan 2500 AQSh dollarigacha.

4. NIgde Omer Halisdemir University. Kontrakt to'lovi bosqich va yo'nalishga qarab yiliga taxminan 250 AQSH dollaridan 2500 AQSH dolalariigacha.

5. Manisa Celal Byar University. Kontrakt to'lovi bosqich va yo'nalishga qarab yiliga taxminan 108 AQSH dollaridan 720 AQSH dollarigacha.

6. Kirikkale University. Kontrakt to'lovi bosqich va yo'nalishga qarab yiliga taxminan 140 AQSH dollaridan 1400 AQSH dollarigacha.

7. Abdullah Gul University. Kontrakt to'lovi bosqich va yo'nalishga qarab yiliga taxminan 470 AQSH dollaridan 670 AQSh dollarigacha.

8. Ankara University. Kontrakt to'lovi bosqich va yo'nalishga qarab yiliga taxminan 258 AQSH dollaridan 360 AQSH dollarigacha.

9. Bogazici University. Kontrakt to'lovi bosqich va yo'nalishga qarab semestriga taxminan 361 AQSH dollarida 1450 AQSH dollaricha.

10. Afyon Kocatepe University. Kontrakt to'lovi bosqich va yo'nalishga qarab semestriga taxminan 1000 AQSH dollaridan boshlanadi.

Yuqoridagi universitetlarda darslar asosan turk tilida, lekin ayrimlari ingliz va/yoki turk tillarida ham olib boriladi. Shunga mos tarzda til sertifikatlari ham talab etiladi. Sertfikat bo'lmagan taqdirda universitet tomonidan alohida til bilish darajasini aniqlash bo'yicha test o'tkaziladi.

Har bir universitet akademik yoki ijtimoiy faol, qolaversa, moliyaviy yordamga muhtoj talabalarga turli stipendiyalar ajratadi. Batafsil bilish uchun universitetning rasmiy sahifasidan tekshirib ko'rishni tavsiya etamiz.

@grantlar_namuna
​​#bepul_oliygohlar

Bugun oʻqish bepul boʻlgan navbatdagi universitet – Islandiyaning Rekyavik shahrida joylashgan Islandiya universiteti haqida maʼlumot beramiz.

1911-yilda asos solingan bu universitetda hozirda taxminan 14 ming nafar talaba tahsil oladi.

2023-yil aprel oyi holatiga koʻra, Islandiya universiteti dunyoning eng nufuzli oliygohlari orasida 501-600-oʻrinni egallab turibdi (THE reytingi bo'yicha).

Xarajatlar

– Universitetning barcha bosqichlarida oʻqish barcha talabalar uchun bepul, yaʼni kontrakt summasi (tuition fee) toʻlanmaydi.

– Biroq talabalar, 2023-yil aprel oyi holatiga koʻra, har bir yil uchun 75 000 ISK (taxminan 550 AQSH dollari) miqdorida registratsiya badalini toʻlshi kerak. Keyingi yillarda registratsiya toʻlovi miqdori bir oz oʻzgarishi mumkin.

– Yevropa iqtisodiy hamkorlik hududiga kirmaydigan davlatlardan boʻlgan nomzodlar (jumladan, oʻzbekistonliklar) ariza topshirishda 8000 ISK (taxminan 59 dollar) miqdorida ariza badalini toʻlashi kerak.

Islandiya universitetida tahsil olish uchun bundan boshqa toʻlov undirilmaydi.

Xalqaro talabalar universitetda ilmiy daraja beruvchi quyidagi dasturlarda oʻqish mumkin:
Bakalavriat dasturlari
Magistratura dasturlari
Doktorantura (PhD) dasturlari

Taʻlim tili

Universitetda island yoki ingliz tilida oʻqish mumkin. Bu postda faqat ingliz tilida oʻqitiladigan dasturlar va ularga tegishli qabul jarayonlari haqida maʼlumot beramiz.

– Bakalavriat dasturlarining aksariyati uchun kamida IELTS 6.5, ayrimlari uchun esa IELTS 7.0 talab etiladi.
Magistratura uchun dasturga qarab kamida IELTS 6.5 yoki IELTS 7.5 talab etiladi.

Qaysi yoʻnalishlar uchun qanday til talablari borligi haqida BU YERDA batafsil maʼlumot olishingiz mumkin.

Qabul

Islandiyada bakalavriat bosqichida oʻqish uchun 12 yillik taʼlim talab etiladi, shu sababli, maktab, kollej/litseyni Oʻzbekistonda bitirgan nomzodlar avval biror oliy taʼlim muassasasining bakalavriat bosqichida 1 yil oʻqishi kerak, shundan keyin Islandiya universitetlari bakalavriatiga topshirishi mumkin.

Magistraturada oʻqish uchun bakalavrlik darajasiga ega boʻlish lozim.

Aynan oʻzbekistonlik talabalardan talab qilinadigan taʼlim darajasi haqida batafsil bilish uchun BU YERGA kirib, Uzbekistan davlatini tanlang.

Xalqaro talabalardan bakalavriat va magistratura bosqichi uchun arizalar har yili 15-fevralgacha qabul qilinadi.

Xalqaro talabalarning qabuliga oid boshqa barcha maʼlumotlarni BU YERDAN topasiz.

Savolim bor edi, sizlardan soʻrasam boʻladimi?

Afsuski, bu borada alohida savollarga javob bera olmaymiz. Universitet saytida barcha maʼlumotlar berilgan. Savollaringiz boʻlsa, saytga kirib, mustaqil javob topishingiz mumkin.

@grantlar_namuna
🇩🇪Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar diqqatiga!

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda Germaniyaning ish beruvchi tashkiloti tomonidan fuqarolarga quyidagi sohalarda ishlash taklif etilmoqda:

➡️ payvandchi;
➡️ muxandis-mexanik;
➡️ sanoat mexanigi;
➡️ mexatronika muxandisi;
➡️ ombor logistikasi;
➡️ metal texnologiyasi muxandisi.

Nomzodlar uchun imkoniyatlar:

Oylik maosh 2 420 yevrodan boshlanadi;
O‘zbekistondan Germaniyaga aviachipta va transfer xarajatlari ish beruvchi tomonidan qoplanadi;
arzonlashtirilgan yashash-joy topishga ko‘mak;
haftasiga 40 soat ish.

Nomzodlar uchun malaka va til majburiyatlari:

‼️ 45 yoshgacha bo‘lishi;
‼️ Nemis tilidan Gyote yoki ECL dan olingan A2 sertifikat (A1 sertifikatiga ega fuqarolar ham ro’yxatdan o’tishlari mumkin va ular tanlab olinib, viza hujjatlari boshlangunga qadar til bilimini tasdiqlovchi A2 sertifikat taqdim etishlari lozim);
‼️ Sanoat mexanigi, mexatronika texnigi, metal texnologiyasi bo‘yicha mutaxassis, maxsus ombor xodimi, qishloq xo‘jaligi va texnikasi mexanigi/mexatronika texnika kabi sohalarda kasbiy ta’limni tamomlagan va o‘rta maxsus taʼlim olgani haqida diplom;
‼️ Avtomobilsozlik, mashinasozlik, agrar xo‘jaligi mashinasozligi texnik yo‘nalishida bakalavr diplom.
‼️ Sohada kamida bir yillik tajriba.

‼️ Eslatma: Qishloq xo‘jaligi yoki qurilish texnikasi sanoati va sanoat logistikasi hamda gidravlika yoki elektron komponentlarni yig‘ish, forkliftlarni (stapler) haydash tajribasi tanlov jarayonida afzallikka ega.

Qo‘shimcha talablar:

🔹Moslashuvchan
🔹Smenada ishlash
🔹Jamoada ishlash qobiliyati va mas’uliyat
🔹Texnik qobiliyat
🔹Sudlanmagan
🔹Jismonan sog‘lom

Nomzodlar quyidagi hujjatlarni yuklagan holda ro‘yxatdan o‘tishi mumkin:

Xorijga chiqish pasporti (pdf shaklda);
Kollej, texnikum yoki bakalavr diplomi (pdf shaklda);
Nemis tilini bilish haqidagi sertifikat (pdf shaklda);
Sudlanmaganlik tog‘risida tasdiqnoma (pdf shaklda);
Tarjimai hol (Lebenslauf, pdf shaklda).

👉ROʻYXATDAN OʻTISH 👈

Qo‘shimcha maʼlumot uchun: +99871-202-33-55 (ichki raqam 66).

@grantlar_namuna