Maktab, kollej va litsey oʻquvchilari uchun maxsus tanlovlar toʻplami
Koʻplab mushtariylar “Maktab yoki kollej/litsey oʻquvchilari uchun ham tanlovlar bormi?” deb soʻrashadi.
Ha, bor. Anchagina.
Bugun hozirga qabul davom etayotgan shunday tanlovlarni eʼtiboringizga havola qilamiz.
👉 TOP-100 universitetlariga kirish istagidagi isteʼdodli yoshlar uchun 1 haftalik bepul Ibrat oromgohi!
👉 Goi Peace Foundation: 25 yoshgacha boʻlganlar uchun insholar tanlovi; sovrinli oʻrinlar 60 dan ortiq!
👉 Breakthrough Junior Challenge: 13-18 yoshli oʻquvchi va talabalar uchun mukofoti 400 ming dollar boʻlgan tanlov!
👉 12-25 yosh boʻlganlar uchun onlayn olimpiada: mukofot jamgʻarmasi 15 000 dollar; gʻoliblar Dubayga bepul safar qiladi!
👉 YHSA(Asia): maktab va kollej/litsey oʻquvchilari uchun tanlov; bosh mukofot – 5 ming AQSH dollari!
👉 Anthem Essay Contest: Maktab, kollej va litsey oʻquvchilari uchun insholar tanlovi; sovrinli oʻrinlar – 84 ta!
👉 The Fountainhead Essay Contest: insho yozib, 5000 dollargacha mukofot yutib oling; sovrinli oʻrinlar 84 ta!
👉 Atlas Shrugged Essay Contest: Bosh mukofoti 10 000 dollar bo’lgan insholar tanlovi; sovrinli oʻrinlar 84 ta!
👉 JASNA Essay Contest: Maktab, kollej/litsey oʻquvchilari va barcha bosqich talabalari uchun insholar tanlovi!
👉 Ocean Awareness Contest: 11-18 yoshli maktab, litsey va kollej oʻquvchilari uchun ijodiy ishlar tanlovi!
👉 “EO Global Wildlife & Natural World Photography Competition” fototanlovida qatnashib, 1000 dollargacha mukofot yutib oling!
👉 Tom Howard/Margaret Reid Poetry Contest she'rlar tanlovi: mukofot – 3000 AQSh dollarigacha!
👉 IWSH Essay Scholarship Contest: Talabalar va maktab, kollej hamda litseyning oxirgi sinf/kurs oʻquvchilari uchun insholar tanlovi!
👉 “Wiki Yerni sevadi” xalqaro fotografiya tanlovi – gʻoliblar mahalliy va xalqaro miqyosda taqdirlanadi
Eslatma: Ayrim tanlovlar barcha oʻquvchilar uchun, baʼzilari esa faqat maktab, yana baʼzilari faqat kollej/litsey oʻquvchilari uchun.
Maʼlumot uchun: mavjud barcha tanlovlarni Grantlar.uz saytining “Tanlovlar” boʻlimidan topishingiz mumkin.
@grantlar_namuna

Ota-onalar, oʻqituvchilar, aka-opalar va maktab, litsey/kollej oʻquvchilari diqqatiga
Bugun maktab, litsey/kollej oʻquvchilari uchun ariza qabul qilinayotgan tanlovlar toʻplami eʼlon qilingandi.
Ularning ayrimlarida ariza va ishlarni topshirish ancha oson, baʼzilarida esa ancha murakkab.
Maktab, litsey va kollej oʻquvchilar yosh boʻlgani sababli ariza topshirish jarayonini u qadar tushunmasligi mumkin.
Shu sababli bugun ota-onalar, oʻqituvchilar, aka-opalar va oʻquvchilarga murojaat qilmoqchimiz.
1. Ota-onalarga: farzandingizni turli tanlovlarga qatnashishga ragʻbatlantiring. Tanlovlarda sovrinli oʻrin olish kelajakda nufuzli universitetlarga kirish va grant yutishda muhim rol oʻynashi mumkin.
Tanlovga ariza/ish topshirishda farzandingizga koʻmaklashing.
Bola juda yaxshi insho yoza olishi, rasm, video va boshqa ishlar yarata olishi, biroq tilni u qadar yaxshi bilmasligi yoki ariza topshirish jarayonining murakkabligi sababli tanlovda qatnasha olmasligi mumkin. Yoki arizani notoʻgʻri toʻldirib, ishi qabul qilinmasligi mumkin.
Farzandingizga quyidagicha yordam bera olasiz:
– Tanlov tilini bilsangiz, tanlov shartlarini, qabul jarayonini oʻqib chiqing. Arizani toʻldirish va ishlarni topshirishda koʻmaklashing.
– Savollar yuzaga kelsa, tanlov tashkilotchilariga email yozib aniqlashtiring.
– Til bilmasangiz, til biladigan tanishingizdan yordam soʻrashingiz mumkin.
2. Aka-opalarga: uka/singlingiz biror tanlovda qatnashmoqchi boʻlsa, tanlov shartlarini oʻqib chiqib (til bilsangiz), arizani toʻgʻri toʻldirilishi, ishning topshirilishiga koʻmaklashing.
Tanlovlarda sovrinli oʻrin olish ukangiz/singlingiz uchun kelajakda nufuzli universitetlarga kirish va grant yutishda muhim rol oʻynashi mumkin.
3. Oʻqituvchilarga: oʻquvchingiz biror tanlovda qatnashish uchun yordamingiz kerakligi aytsa, yordamingizni ayamasligingizni soʻrardik.
Tanlovlarda sovrinli oʻrin olish oʻquvchingiz uchun kelajakda nufuzli universitetlarga kirish va grant yutishda muhim rol oʻynashi mumkin.
Baʼzi tanlovlarda oʻqituvchi oʻz oʻquvchilarining ishini toʻplab, hammasini birga topshirishi mumkin. Shunday hollarda oʻz yordamingizni ayamaslikni iltimos qilardik.
Masalan, Goi Peace Foundation insholar tanlovida oʻqituvchi oʻz oʻquvchilarining insholarini yigʻib topshirishi mumkin.
Tilni tushunmasangiz va tanlov boʻlayotgan fan oʻqituvchisi boʻlsangiz, fan boʻyicha oʻquvchilarga yoʻl-yoʻriq koʻrsatib, til borasida biror hamkasbingizdan yordam soʻrashingiz mumkin.
Baʼzi tanlovlarda g'olib oʻquvchining ustozi ham mukofot oladi. Masalan, Breakthrough Junior Challange tanlovida gʻolib oʻquvchining ustozi 50 ming AQSH dollari miqdorida mukofot bilan taqdirlanadi.
4. Maktab, kollej/litsey oʻquvchilariga: imkon qadar koʻproq tanlovda qatnashing.
Tanlovlar sizga koʻplab imkoniyatlarni taqdim etadi. Jumladan:
– Tanlovlarda muntazam qatnashish koʻnikma va qobiliyatlaringizni sayqallaydi, kuchaytiradi.
– Tanlov va grantlarga ariza topshirishni yaxshi tushunib olasiz. Bu kelajakda xorijiy universitet va grantlarga ariza topshirishda juda qoʻl keladi.
– Biror tanlovda sovrinli oʻrinni egallasangiz, kelajakda nufuzli universitetlarga kirish va grant yutishda muhim rol oʻynashi mumkin.
– Ayrim tanlovlar yaxshigina mukofot bilan taqdirlaydi. Masalan, Breakthrough Junior Challange tanlovida gʻolib boʻlgan oʻquvchi oʻzi, maktabi va ustozi uchun jami 400 ming dollar yutib olishi mumkin.
Tanlovlar borasida quyidagilarni tavsiya qilamiz:
👉 Erinmang, imkon qadar koʻproq tanlovga qatnashing.
👉 Ariza toʻldirishni boshlashdan oldin tanlov qoidalari, qabul jarayoni va boshqalarni YAXSHILAB OʻQIB CHIQING.
👉 Nimagadir tushunmasangiz, ota-ona, aka-opa yoki ustozingizdan yordam soʻrang.
👉 1-2 ta tanlovda gʻolib boʻlolmasangiz, ishtiyoqni yoʻqotmang. Baʼzilar biror tanlovda gʻolib boʻlguncha 10-20 talab tanlovga qatnashadi.
👉 Ingliz tilini (boshqa oʻzingiz qiziqqan xorijiy tillarni ham) yaxshilab oʻrganing. Hozir biror tanlovda qatnashmoqchi boʻlsangiz-u, tilni yaxshi bilmasangiz, keyingi yil qatnashish uchun tilni hozirdan yaxshilab oʻrganib boring.

Oʻzbekiston fuqarolariga AQSH hukumati tomonidan taklif etiladigan toʻliq moliyalashtirilgan dasturlar
AQSHda oʻqish, malaka oshirish yoki amaliyot oʻtash imkonini beruvchi qatnashish bilan bogʻliq barcha xarajatlar (borish-kelish, turar joy, oziq-ovqat va hk) toʻliq qoplanadi.
Bu dasturlar turli yosh va soha egalari uchun (maktab oʻquvchilaridan tortib, 10 yildan ortiq ish tajribasiga ega mutaxassislargacha) moʻljallangan.
Quyida ulardan ayrimlarini keltirib oʻtamiz.
1. Fulbright Foreign Student Program: AQSHda magistraturani toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beradi. Hozirda arizalar qabul qilinmoqda. Dedlayn: 2023-yil 26-may.
2. FLEX dasturi: maktabning yuqori sinf oʻquvchilari, kollej va litsey oʻquvchilariga AQSHda 1 yil toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beradi. Navbatdagi qabul 2023-yil sentabr oyida boshlanadi.
3. Global UGRAD: bakalavriat bosqichi talabalariga AQSH universitetlarida 1 semestr davomida oʻqish imkonini beradi. Navbatdagi qabul 2023-yil noyabr oylarida boshlanadi.
4. Fulbright FLTA: ish tajribasi 7 yildan oshmagan ingliz tili, amerikashunoslik, jurnalistika va media, Amerika yoki ingliz adabiyoti oʻqituvchilariga 9 oy davomida AQSHda oʻzbek tilidan dars berish imkonini taqdim etadi. Navbatdagi qabul 2023-yil iyulda ochiladi.
5. Humphrey Fellowship Program: kamida bakalavrlik darajasi va 5 yillik ish tajribasiga ega, ingliz tilini biladigan nomzodlarga AQSHda 10 oy davomida malaka oshirish imkonini beradi. Hozir qabul ochiq. Navbatdagi qabul 2023-yil aprel yoki iyun oyida ochiladi.
6. SUSIs for Young Women Leaders: ayol-qiz talabalar uchun AQSHda 4-5 hafta malaka oshirish imkonini beradi. Navbatdagi qabul 2023-yil noyabr oyida boshlanadi.
7. TechGirls dasturi: 15-17 yoshli qizlarga AQSHda boʻlib oʻtadigan 4 haftalik taʼlim oromgohida qatnashish imkonini beradi. Navbatdagi qabul 2023-yil noyabrda boshlanadi.
8. Fulbright TEA: oʻrta maktab, kollej va litseylarda dars beruvchi va kamida 5 yillik ish tajribasiga ega oʻqituvchilar uchun AQSHda 6 hafta malaka oshirish imkonini beradi. Navbatdagi qabul 2024-yil yanvarda boshlanadi.
9. TechWomen dasturi: bakalavrlik darajasi va STEM sohasida 2 yillik tajribaga ega ayol-qizlarga AQSHda 5 hafta malaka oshirish imkonini beradi. Navbatdagi qabul 2023-yil noyabrda boshlanadi.
10. SUSI for Secondary School Educators: oʻrta maktab, litsey va kollej oʻqituvchilari, shuningdek, oʻrta taʼlim sohasida ishlaydigan boshqa xodimlarga AQSHda 5 haftalik taʼlim dasturida qatnashish imkonini beradi. Navbatdagi qabul 2023-yil noyabrda boshlanadi.
11. SUSI for Scholars: oliy taʼlim va tadqiqot muassasalarida kamida 7 yillik ish tajribasiga ega boʻlganlarga AQSHda 6 hafta malaka oshirish imkonini beradi. Navbatdagi qabul 2023-yil noyabrda boshlanadi.
12. Humphrey Fellowship Program: kamida bakalavrlik darajasi va 5 yillik ish tajribasiga ega, ingliz tilini biladigan nomzodlarga AQSHda 10 oy davomida malaka oshirish imkonini beradi. Hozir qabul ochiq. Dedlayn: 2023-yil 9-iyun.
Bunday dasturlarning istalgan birida qatnashish uchun INGLIZ TILINI yetarlicha bilish talab etiladi.
Ingliz tilini tez va oson oʻrganishning eng ishonchli usuli – tajribali ustoz tanlashdir.
Ingliz tilini CAMBRIDGE oʻquv markazida oʻrganing: sizga IELTS darajasi 8.5 ballgacha boʻlgan, TEFL, TESOL va boshqa xalqaro sertifikatlarga ega tajribali ustozlar dars beradi.
👉 Ingliz tili va IELTS kurslari haqida batafsil
👉 CAMBRIDGE oʻquv markazi kanali

“IBRAT Camp” yangi mavsum haqida voice-chat
“IBRAT Camp”ning navbatdagi mavsumi boʻyicha ovozli chat tashkil etilmoqda.
✔️Chatda loyihaning yangi mavsumi qanday tashkil qilinadi, qatnashish shartlari qanday? kabi savollarga javob olasiz.
🔥 Ovozli chatni loyiha menejeri Sirojiddin Olimov va Freshman academy rahbari Valera Arakelyan olib boradi.
📆 7-aprel, 2023
⏰ 14:00
Ovozli chatda koordinator boʻlish shartlari ham eʼlon qilinadi.
Xabarni “IBRAT Camp”da siz bilan birga qatnashishini xohlagan barcha doʻstlaringizga yuboring. ✈️
Maʼlumot uchun: “IBRAT Camp”ning navbatdagi mavsumi dunyodagi TOP-100 universitetlarga kirishni niyat qilgan iqtidorli yoshlar uchun moʻljallangan. Dastur davomida bepul oziq-ovqat va turarjoy taʼminlanadi.
👉 “IBRAT” Camp haqida batafsil

Duolingo English Test qabul qilinadigan TOP universitetlar
Dunyoning TOP universitetlariga kirishda xalqaro nomzodlardan ingliz tili bo'yicha turli til sertifikatlari talab etiladi.
Oxirgi paytlarda “Bu kabi nufuzli universitetlarga kirishda Duolingo ham qabul qilinadimi?”, – degan savol bilan murojaat qilishmoqda.
Shu sababli, bugun Duolingo English Test ballarini qabul qiluvchi ayrim TOP universitetlar roʻyxatini keltirib oʻtamiz:
1. MIT – Massachusetts Institute of Technology - QS reytingi TOP-1:
— Bakalavriat uchun Duolingo 120.
— Magistratura uchun Duolingo qabul qilinmaydi.
2. Stanford University - QS reytingi TOP-3:
— Bakalavriat uchun Duolingo qabul qilinadi, minimal ball ko'rsatilmagan.

3. Imperial College London - QS reytingi TOP-6:
— Bakalavriat uchun Duolingo 115.
— Magistratura uchun Duolingo 125
4. California Institute of Technology, Caltech - QS reytingi TOP-7:

5. University of Chicago - QS reytingi TOP-10:

6. University of Pennsylvania - QS reytingi TOP-13:

— Magistratura (tibbiyot) uchun Duolingo 130.
7. Yale University - QS reytingi TOP-18:

8. Cornell University - QS reytingi TOP-20:

9. Columbia University - QS reytingi TOP-22:
— Bakalavriat uchun Duolingo 135.
— Magistratura (ayrim yo'nalishlar) uchun Duolingo qabul qilinadi, minimal ball aytilmagan.
10. Johns Hopkins University - QS reytingi TOP-24:

11. University of Michigan - QS reytingi TOP-25:
— Bakalavriat uchun Duolingo 130.

12. University of California Berkeley - QS reytingi TOP-27:

13. Australian National University - QS reytingi TOP-30:
— Bakalavriat uchun Duolingo 110.

14. Northwestern University - QS reytingi TOP-32:

15. University of Toronto - QS reytingi TOP-34:

16. New York University - QS reytingi TOP-39:

17. University of California, Los Angeles - QS reytingi TOP-44:

18. University of British Columbia - QS reytingi TOP-47:
— Bakalavriat uchun Duolingo 125.

19. Duke University - QS reytingi TOP-50:

20. Carnegie Mellon University - QS reytingi TOP-52:
— Bakalavriat uchun Duolingo 135.
— Magistratura uchun Duolingo qabul qilinadi, yo'nalishga qarab farq qiladi.

Duolingo English Test: u nimasi bilan afzal?
Avvalgi postimizda Duolingo English Test qabul qilinadigan ayrim TOP universitetlar haqida ma'lumot bergan edik.
Navbatdagi postimizda esa Duolingo o'zi qanday imtihon ekani, qanday baholanishi, boshqa xalqaro sertifikatlardan farqi haqida va uning afzalliklari haqida maʼlumot beramiz.
Duolingo English Test (DET) — ingliz tilini bilish darajasini onlayn aniqlab beruvchi xalqaro imtihonlardan biri. IELTS va TOEFL imtihonlari kabi Duolingo ham nomzodning o'qish, yozish, tinglash va tushunish til ko'nikmalarini baholaydi.
Qiziq tomoni shundaki, test moslashuvchan bo'lib, har bir to'g'ri javobdan keyingi savolning qiyinlik darajasi ortadi, notoʻg'ri bo'lsa, aksincha, keyingi savol osonlashadi.
DET imtihonining boshqa xalqaro testlarga nisbatan bir qancha afzalliklari mavjud:
1. Qulay. Bu imtihon onlayn o'tkazilgani bois, uni dunyoning istalgan nuqtasidan turib istalgan vaqtda topshirish mumkin. Buning uchun sizga internetga ulangan kompyuter va tinch, yorug' xona bo'lsa kifoya.
2. Tez. Imtihon shakli komyuterga asoslangani bois, test topshirganingizdan so'ng 2 kun (48 soat) ichida o'z natijangizni bilishingiz hamda sertifikatni ta'lim muassasalariga bepul jo'natishingiz yoki sertifikat nusxasini PDF shaklda o'zingizga yuklab olishingiz mumkin.
3. Arzon. Test topshirish to'lovi atigi 59 AQSH dollarini tashkil qiladi. Boshqa xalqaro imtihonlar, jumladan, IELTS va TOEFL to'lovlari siz topshirmoqchi bo'lgan hududga qarab 200 AQSH dollar atrofida bo'lishi mumkin.
4. Bepul amaliy testlar. Duolingo rasmiy sahifasida nomzodlar uchun bepul test savollari mavjud. Ulardan foydalanish uchun BU YERDAN ro'yxatdan o'tish yetarli.
5. Universitet tomonidan qabul qilinishi. Hozirgi kunda dunyo boylab 4000 dan ortiq muassasalar Duolingo English Test sertifikatini qabul qilmoqda:
– Duolingo qabul qiluvchi TOP universitetlar bilan BU YERDA tanishing.
– Duolingo qabul qiluvchi barcha universitetlar bilan BU YERDA tanishing.
Duolingo English Test davomiyligi 1 soat (55 daqiqa) bo'lib, 45 daqiqa davomida sizning o'qish, yozish, tinglash va gapirish ko'nikmalaringiz tekshiriladi. Bundan tashqari, 10 daqiqa davom etuvchi video suhbat ham mavjud.
Baholanishi. Bu test nomzodning til bilish darajasini umumiy 10-160 ballik tizimda baholab beradi.
Aksariyat universitetlar talab qiluvchi minimum talab umumiy 120 ballni tashkil qiladi. Qiyoslash uchun Duolingo bo'yicha olingan 120 ball IELTS 6,5 ballga, TOEFL iBT 87-92 ballga teng. Duolingo testi ballarini IELTS va TOEFL iBT ballari bilan solishtirilgan jadvali bilan BU YERDA tanishing.
Duolingo English Testini topshirish uchun avval rasmiy sahifadan ro'yxatdan o'tishingiz va registratsiya jarayonini yakunlash uchun test to'lovini (2023-yil aprel holatida $59) amalga oshirishingiz kerak. Ro'yxatdan o'tish yakunlangandan so'ng 21 kun ichida test topshirishingiz mumkin.
Duolingo English Test haqida eng ko'p berilgan savollar va ularning javobi bilan BU YERDA tanishing.

Kanadada o'qish: afzalliklar, xarajatlar va ishlash imkoniyati haqida
Kanada — xalqaro talabalarga ta'lim olish uchun eng yaxshi mamlakatlardan biri. Turmush darajasi yuqori bo'lgan bu davlatda inson huquqlari ustuvorligi va jamiyat tinchligi alohida e'tirofga loyiq.
Kanada ta'lim olishning bir necha afzalliklari mavjud:
1. Sifatli ta'lim. Kanada ta'lim sifati bo'yicha U.S. News & World Report, 2022 ma'lumotiga ko'ra, dunyoda 4-o'rinda turibdi. Bu esa Kanadada ta'lim sifati qay darajada yuqori ekanlini ko'rsatadi.
2. TOP universitetlar. Kanadada bir ko'pgina nufuzli oliygohlar mavjud. Masalan, jami 7 ta universitet Times Higher Education 2023 reytingi bo'yicha (2023-yil) TOP-200 talikka kiradi:
- University of Toronto — THE reytingi TOP-18.
- University of British Columbia — THE reytingi TOP-40
- McGill University — THE reytingi TOP-46
- McMaster University — THE reytingi TOP-85
- University of Montreal — THE reytingi TOP-111
- University of Alberta — THE reytingi TOP-118
- University of Ottawa - THE reytini TOP-137.
3. Nisbatan arzon kontrakt to'lovi. Kanada universitetlarining kontrakt to'lovlari Buyuk Britaniya va AQSH universitetlariga qaraganda nisbatan arzonroq. Jumladan:
— Baklavriat uchun kontrakt to'lovi yiliga o'rtacha 21 875 AQSH dollari
— Magistratura uchun kontrakt to'lovi yiliga o'rtacha 15 764 AQSH dollari
4. Ishlab qolish imkoniyati. O'qishni tamomlagandan so'ng xalqaro talabalar 3 yilgacha Kanadada ishchi viza orqali qolish mumkin. Agar talaba bu muddatdan keyin ham Kanadada qolishni xohlasa, ishchi vizasini tiklash uchun yana ariza berishi mumiin.
Statistikaga ko'ra, o'qishni tugatgandan so'ng ish bilan ta'minlangan xalqaro talabalarning 60 foizi 10 yil ichida muhojir sifatida Kanadada qolgan.
5. Ishlash imkoniyati. Xalqaro talabalarga o'qish vaqtida yarim stavka, ya'ni haftasiga 20 soatgacha ishlashga ruxsat beriladi. Eng kam ish haqi esa hududga qarab soatiga 8-15 AQSH dollarini tashkil qiladi. Bu xalqaro talabalarga ish tajribasiga ega bo'lish va xarajatlarini ma'lum darajada qoplash imkoniyatini beradi.
Xarajatlar. Kanadada bir oylik yashash narxi yashash joyi va turmush tarziga qarab farq qilishi mumkin. O'rtacha talaba oyiga ijara, oziq-ovqat, transport va boshqa xarajatlarni hiosbga olganda 700-1200 AQSh dollargacha sarflashi mumkin (albatta, bu qay daraja pul ishlatishingizga bog'liq).
Qolaversa, aholining ingliz va fransuz tillarida erkin so'zlasha olishi, xalqaro talabalar va Kanada fuqarolarining teng huquqliligi, davlatning xavfsizligi va irqiy kamsitishlardan holiligi Kanadada o'qish uchun yaxshi sabab bo'la oladi.

PDF fayllarni tahrirlash mumkinmi?
Chet el universitetlari, grant dasturlariga hujjat tayyorlashda, qolaversa, kundalik ish va o'qish jarayonlarida ko'pincha PDF fayllar bilan ishlanadi. Ba'zida ariza shakllari, turli anketalar PDF shaklda bo'lib, ularni tahrirlashda qiyinchilik tug'ilishi mumkin.
Bugungi postimizda PDF fayllar ustida turli amallar bajarish imkoniyatini taqdim etuvchi onlayn sayt — ILovePDF.com haqida gaplashamiz.
ILovePDF — foydalanuvchilarga PDF-fayllarni oson va tez boshqa faylga o'tkazish, ularni birlashtirish, ajratish, hajmini kichraytirish va tahrirlash kabi imkoniyatlarni taqdim etuvchi onlayn platforma.
Imkoniyatlari bilan batafsil tanishamiz:
1. PDF fayllarni boshqa formatga o'tkazish (convert).
Bu funksiya orqali siz PDF-ni Word, Excel, PowerPoint, JPG kabi shakllarga, HTML sahifasiga yoki aksincha, turli formatdagi fayllarni PDF faylga o'zgartirishingiz mumkin. Jarayon oddiy va tez bo'lib, bir vaqtning o'zida bir nechta fayllarni o'zgartirish imkoniyatiga ega bo'lasiz.
2. PDF-fayllarni ajratish (Split).
Ba'zida PDF-ni bir nechta sahifalarga ajratishga to'g'ri keladi. Platforma orqali PDF hujjatidan tegishli sahifalarni ajratishingiz mumkin. Bundan tashqari, PDF-ni bir nechta fayllarga bo'lish yoki faqat toq yoki juft sahifalarni ajratib olishingiz ham mumkin.
3. PDF-fayllarni birlashtirish (Merge).
Bu funksiya orqali PDF-fayllarni bitta faylga birlashtirish mumkin. Bunda asosan bir nechta hisobot yoki hujjatlarni bitta faylga birlashtirishda foydalaniladi.
4. PDF-fayllarni hajmini qisqartirish (Compress).
Ushbu vosita PDF fayl hajmini uning sifatini buzmasdan kamaytirish imkonini beradi. Bu, ayniqsa, katta hajmdagi PDF faylni veb-saytga yuklash yoki uni elektron pochta orqali yuborishdagi muammolarni bartaraf etishda yordam beradi.
5. PDF-fayllarni tahrirlash (Edit).
Bunda PDF hujjatiga matn, tasvir va shakllar qo'shish, shuningdek, mavjud tarkibga o'zgartirishlar kiritish mumkin. Shuningdek, faylga sahifa raqamlarini qo'shishingiz va tartibini o'zgartirishingiz mumkin.
Asosiysi, yuqoridagilardan tashqari boshqa bir qancha funksiyalarga ega bu platformadan foydalanish bepul.
Shuningdek, platforma mukammal xavfsizlik xususiyatlariga ega, bo'lib, hujjatlaringizdagi ma'lumotlaringiz haqida xavotirlanishga hojat qolmaydi. Saytning 25 tilga tarjima qilinganligi dunyo bo'ylab foydalnivchilara yanada qulaylik yaratadi.
ESLATMA: ILovePDF.com sayti orqali platformadan onlayn foydalanish mutlaqo bepul. Ammo xizmatning Premium (pulli) versiyasi mavjud bo'lib, bu orqali onlayn jamoa bo'lib hujjatlarni yanada tezroq tahrirlashingiz, ortiqcha reklama va takliflarsiz chalg'imay ishlashingiz mumkin bo'ladi.
Qolaversa, Premium versiyada ilovani mobil qurilma va komyuteringizga yuklab olishingiz ham mumkin. Mobil ilovalar orqali siz hujjatlarni tahrirlash bilan birga, ularni onlayn imzolash hamda skanerlash imkoniyatiga ega bo'lasiz.
Yuklab olish uchun:
— iOS tizimdagi qurilmalar uchun BU YERDA
— Android tizimdagi qurilmalar uchun BU YERDA
— Desktop qurilmalar uchun BU YERDA
Platforma haqidagi eng ko'p berilgan savollar va ularning javoblari bilan BU YERDA tanishing.

Xorijda bir necha oydan 1 yilgacha oʻqish imkonini beruvchi dasturlar
Bugun yoshlarga xorijda bir qancha muddat oʻqish imkonini beruvchi dasturlar haqida gaplashamiz.
Quyida soʻz yuritiladigan dasturlar orqali:
– Maktab, kollej/litsey oʻquvchilar;
– Bakalavrlar;
– Magistrlar;
– Doktorantlar
– Unversitet oʻqituvchilari;
– Tadqiqotchilar va sanʼatkorlar bir muddat chet elda oʻqishi/tadqiqot qilishi mumkin.
1. FLEX dasturi. Dastur maktabning yuqori sinf oʻquvchilari, kollej va litsey oʻquvchilariga 1 yil davomida AQSHda oʻqish imkonini beradi. Dastur davomida oʻquvchilar amerikalik oilalarda yashaydi.
Oʻqish AQSHdagi yuqori maktablardan birida, ingliz tilida boʻladi. FLEX dasturiga qabul odatda har yili 1-sentyabrda boshlanib, oktyabr oylari oʻrtalarida tugaydi.
Oʻquvchilarning AQSHga borish-kelishi, u yerda yashashi, maktabdagi oʻqish xarajatlari, tibbiy sugʻurta va boshqa barcha xarajatlar qoplab beriladi.
👉 FLEX dasturi haqida batafsil
2. Global UGRAD dasturi. Bu dastur bakalavriat talabalariga AQSHda 1 semestr davomida oʻqish imkonini beradi. Dasturga hujjat topshirish va oʻqish – ingliz tilida.
Dastur talabalarning AQSHga borish-kelish, yashash, oʻqish, oziq-ovqat, turar joy, tibbiy sugʻurta kabi barcha xarajatlarini toʻliq qoplab beradi.
Odatda bu dasturga qabul har yili fevral oyida boshlanib, mart oyi oʻrtalarida yakunlanadi.
👉 Global UGRAD dasturi haqida batafsil
3. Stipendium Copernicus dasturi. Bu dastur bakalavriat va magistratura talabalariga Germaniyada 1 semestr davomida oʻqish va amaliyot oʻtash imkonini beradi.
Dasturga hujjat topshirish va oʻqish nemis tilida boʻladi (bu dasturga ingliz tilida qatnashib boʻlmaydi).
Dastur talabalarning Germaniyaga borish-kelish, viza, turar joy, sugʻurta, oziq-ovqat, transport kabi barcha xarajatlarini qoplab beradi.
Dasturga har yili 2 marta qabul boʻladi:
– Bahorgi semestr uchun 1-sentyabrgacha;
– Qishki semestr uchun 1-martgacha.
👉 Stipendium Copernicus dasturi haqida batafsil
4. IES dasturi. Dastur bakalavr, magistr va doktorantlarga moʻljallangan boʻlib, talabalarga Germaniyadagi universitetlarda 1 semestr davomida oʻqish imkonini beradi.
Dasturga talabalar ingliz tilida ham, nemis tilida ham hujjat topshirishi mumkin. Oʻqish ham talaba hujjat topshirgan tilda boʻladi.
Dastur Germaniyada yashash, oʻqish, turar joy, viza, sugʻurta, kontrakt toʻlovi xarajatlarini toʻliq yoki qisman qoplaydi.
Dasturga qabul yiliga 2 marta boʻladi:
– 1-oktyabrdan 15-dekabrgacha;
– 1-apreldan 15-iyungacha.
👉 IES dasturi haqida batafsil
5. Slovakiya Respublikasi milliy stipendiya dasturi. Dasturda bakalavriat, magistratura, PhD talabalari, universitet oʻqituvchilari, tadqiqotchilar va sanʼatkorlar qatnashishi mumkin.
Dastur 1 oydan 10 oygacha almashinuv taʼlimi va tadqiqot olib borish uchun grant ajratadi. Oʻqish/tadqiqot xarajatlari qoplanadi, oyiga 400-1050 yevro stipendiya va safar xarajatlari uchun mablagʻ beriladi.
Ingliz yoki slovak tilida qatnashish mumkin.
Dasturga yilda 2 marta qabul qilinadi:
– 31-oktabr (joriy akademik yil uchun).
– 30-aprel (kelgusi akademik yil uchun).
👉 Slovakiya Respublikasi milliy stipendiya dasturi haqida batafsil
Postimiz Siz uchun qiziqarli va foydali boʻldi, degan umiddamiz.
Emojilarni bosib, postni doʻstlaringizga ulashishni unutmang. 😉

#Eslatma
NSP dasturi bo’yicha hujjatlarni tekshirib berish xizmatidan foydalanishingiz mumkin
Slovakiya hukumatining Milliy stipendiya dasturi (NSP) bo'yicha tashkil etilgan kurs doirasida dasturga kerakli hujjatlarni tekshirib berish xizmatini yo’lga qo’yganmiz.
Hujjatlarni mentor Ozodaxon O’ktamovaning shaxsan o’zi tekshirib beradi (Ozodaxon bu stipendiyani 2 marta qoʻlga kiritgan).
Xizmatning 2 xil shakli mavjud:
1. Dastur uchun barcha hujjatlarni tekshirib berish — 250 ming so’m. Hujjatlar ichiga quyidagilar kiradi:
— Motivatsion xat
— O’quv rejasi
— 2 ta tavsiyanoma.
2. Alohida hujjatni tekshirish xizmati — 100 ming so’m (bitta hujjat uchun). Bunda har bir hujjat uchun alohida to’lov qilinadi.
☝️ Muhim jihatlar:
— Xizmatda hujjatlar tekshirilib, ularning kamchilik va afzalliklari ko'rsatiladi, qanday tuzatish/kuchaytirish bo'yicha tavsiyalar beriladi.
— Hujjatlar mentor tomonidan tuzatib yoki yozib berilmaydi. Nomzodning o'zi berilgan ko'rsatma va tavsiyalar asosida hujjatlarni tuzatadi.
— Nomzod hujjatlarni tuzatganidan keyin mentor ularni yana bir marta ko'rib beradi.
Xizmatdan foydalanish uchun ushbu telegram hisobga murojaat qiling: @GN_work
MUHIM: Hujjatlarni tekshirib berish eng kechi bilan 2023-yil 27-aprelgacha yuborishingiz mumkin.
Manbalar:
👉 NSP dasturi haqida batafsil
👉 NSP dasturi bo'yicha kursda o'tilgan darslar videolari

Hujjatlarni bepul skanerlash uchun eng yaxshi 5 ta ilova
Izoh: biror yerga hujjat topshirishda imkon qadar erinmasdan hujjatlarni skaner qurilmasi orqali skaner qilish qattiq tavsiya qilinadi. Agar buning iloji bo'lmasa, quyida keltirilgan skanerlash ilovalaridan foydalanishingiz mumkin.
Kundalik ish va o'qish jarayonida ayrim hujjatlarni elektron variantga o'tkazish uchun ularni skanerlashga to'g'ri keladi. Masalan, chet el universiteti yoki grant dasturlariga ariza topshirish uchun tavsiyanomaga imzo hamda muhr qo'ydirish, keyin esa uni skanerlash zarur.
Ko'pchilik bu amalni bajarish uchun haligacha kompyuterxonalarga borib skaner qurilmasi orqali pulga hujjatlarini elektron holatga o'tkazishadi.
Ayrimlar esa telefoni orqali hujjatni oddiy rasmga olib, sifatsiz yoki xira rasmni Word faylga joylaydi va uni PDF shaklda saqlab qo'yadi.
Biz texnologiya asrida yashayotgan ekanmiz, hozirgi kunda skanerlash ishini oddiy mobil qurilmamiz orqali uyda o'tirgan holda amalga oshirishimiz mumkin. Bugungi postimizda aynan shunday ilovalarni e'ttiboringizga havola qilamiz:
1. Adobe Scan. Ilovadan foydalanish juda oson hamda hujjatlaringiz sifatli holatda skanerlanadi. Skanerlangan hujjatlar avtomatik tarzda Adobe Document Cloud'da saqlanadi. Bu esa hujjatlaringizni isalgan paytda xohalagan telefon, planshet yoki kompyuter orqali topish imkoniyatini beradi. Asosiysi bepul va ishonchli.
Ilovani yuklab olish :
- iOS tizimdagi qurilma uchun BU YERDA
- Android tizimdagi qurilma uchun BU YERDA
2. Microsoft Office Lens. Bu ilova orqali hujjatlarni skaynerlash bilan birga, rasmlarni PDF, Word, PowerPoint va Excel fayllariga o'zgartirishingiz mumkin.
Ilovani yuklab olish:
- iOS tizimidagi qurilma uchun BU YERDA

3. CamScanner. Bu ilova ham xuddi boshqalari kabi hujjatlari oson va sifatli skanerlashingizda yordam beradi.
Ilovani yuklab olish:
- iOS tizimdagi qurilmalar uchun BU YERDA
- Android tizimdagi qurilmalar uchun BU YERDA
4. SwiftScan. Bunda boshqa skanerlash ilovalarida mavjud bo'lmagan fayllarni nomlash, faks yuborish, tartiblash vositalari va Cloud'da saqlash kabi xususiyatlari mavjud.

5. iScanner. Bu ilova ham hujjatlaringizni skanerlashda yordam beradi va hujjatlaringiz sifatini yaxshilash, ma'lumotlarni yanada tiniqroq qilib saqlash imkoniyatini taqdim etadi.

ESLATMA: yuqoridagi ilovalarni yuklab olish va ulardan foydalanish mutllaqo bepul. Lekin ilovalarning "Pro" (pulli) versiyasi mavjud bo'lib, bu xizmat orqali yanada ko'proq imkoniyatlardan foydalanishingiz mumkin.

Postni saqlab qoʻying: bu post naq xazina;)
Hozirga qadar kanalga bir qancha foydali postlarni joyladik.
Quyida ularning xaritasini eʼtiboringizga havola qilamiz:
👉 Oʻqish bepul universitetlar roʻyxati
👉 Oʻzbekiston fuqarolariga AQSH hukumati tomonidan taklif etiladigan toʻliq moliyalashtirilgan dasturlar
👉 Germaniyada talaba sifatida ishlash, ish vaqti, oylik maosh va xarajatlar haqida
👉 Bloklangan hisob raqamni qanday ochaman (Germaniya)?
👉 Bilarmidingiz: deyarli barcha oʻzbek talabalari AQSHning TOP universitetlarida bakalavriatni BEPUL o'qish mumkin
👉 Ingliz tilida oʻqisa boʻladigan, lekin IELTS/TOEFL talab qilmaydigan grantlar bormi?
👉 AQShda talaba sifatida ishlash, ish vaqti, oylik maosh va xarajatlar haqida
👉 Xorijda bir necha oydan 1 yilgacha oʻqish imkonini beruvchi dasturlar
👉 AQSHda Work and Travel
👉 Kanadada o'qish: afzalliklar, xarajatlar va ishlash imkoniyati haqida
👉 Xorijda oʻqish davomida ishlamoqchiman, nimalarga eʼtibor qilishim kerak?
👉 Grant yutish boʻyicha qisqa maslahatlar
👉 Tavsiyanoma yozish haqida kerakli ma'lumotlar
👉 Ayol-qizlar uchun maxsus grantlar
👉 Duolingo English Test qabul qilinadigan TOP universitetlar
👉 Duolingo English Test: u nimasi bilan afzal?
👉 Maktab, kollej va litsey oʻquvchilari uchun maxsus tanlovlar toʻplami
👉 Elektron pochta va uning ahamiyati haqida
👉 Avstriyadagi kontrakti arzon va oʻqish bepul universitetlar
👉 Eng nufuzli universitetlar soni boʻyicha qaysi davlatlar yetakchi?
👉 GPA nima, qanday hisoblanadi?
👉 Transkript nima, qanday tayyorlanadi, grant yutishda uning ahamiyati qanday?
👉 Apostil nima, hujjatlarimga qayerda apostil qo'ydirishim mumkin?
👉 Sudlanmaganlik haqidagi maʼlumotnoma qanday olinadi?
👉 Hujjatlarni bepul skanerlash uchun eng yaxshi 5 ta ilova
😎 Postni doʻstlaringizga ulashishni unutmang!

Akademik ta'til nima? Talabalar alamshinuv dasturi bo'yicha akademik ta'til olish mumkinmi?
Avvalgi postlarimizdan birida talabalar almashinuv dasturi bo'yicha chet elda o'qigan fanlari va olgan baholari O'zbekistonda qanday holatlarda qabul qilinishi yoki qilinmasligi haqida aytib o'tgan edik.
Bugungi postimizda esa akademik ta'til o'zi nima, qanday hollarda beriladi, xalqaro almashinuv dasturlarda ishtirok etish uchun akademik ta'til olish mumkinmi kabi savolga javob beramiz.
1. Akademik ta'til o'zi nima?
Oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun harbiy xizmatni oʻtash, salomatligini tiklash, homiladorlik va tugʻish, bolalarni parvarish qilish kabi vaziyatlarda maxsus ko'rsatma va hujjatlarga asosan beriladigan ta'til.
2. Akademik ta'til qanday vaziyatlarda qancha muddatga beriladi?
Nizomga ko'ra:
- Harbiy xizmatni o‘tash uchun — qonunchilik hujjatlarida belgilangan harbiy xizmatni o‘tash muddatiga.
- Homiladorlik va tug‘ish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish uchun — qonunchilik hujjatlarida belgilangan homiladorlik va tug‘ish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish ta’tillari muddatiga.
- Salomatligini tiklash hamda oilasining betob a’zosini parvarish qilish uchun — keyingi yilning talaba tomonidan to‘liq o‘zlashtirilmagan semestri boshlanguniga qadar bo‘lgan muddatga.
3. Talabalar almashinuvi dasturi bo'yicha chet elda 1 semestr o'qish uchun akademik ta'til olsam bo'ladimi?
Nizomga ko'ra, aynan yuqorida berilgan vaziyatlardagina akademik ta'til olish mumkin. Talabalar almashinuvi dasturi bo'yicha akademik tatil berilmaydi.
ESLATMA: talabalar almashinuvi dasturi bo'yicha chet el universitetlarida 1 (yoki ko'proq) semestr o'qish uchun universitetdan ruxsat berilmagan taqdirda talabalar safidan chetlatilish orqali ketishi mumkin.
Talabalarga akademik ta'til berish to'g'risidagi nizom bilan batafsil tanishish BU YERDA

IELTS Speaking ballini oshirishning sakkiz yoʻli
Speaking – aksariyat nomzodlar uchun IELTS imtihonining eng noqulay va “qoʻrqinchli” qismidir.
Chunki imtihon oluvchi bilan yuzma-yuz turgan holda, bir vaqtning oʻzida savollarga tezkor javob qaytarish, toʻgʻri talaffuz qilish, fikrlarni tartibli yetkazish va boshqalarni bajarish oson emas.
Quyidagi maslahatlar sizga Speaking vaqtida vaziyatni nazorat qilish va yuqoriroq ball olishda yordam beradi.
Bu maslahatlar oddiy insonning emas, IELTS ekspertining maslahatlaridir.
1. Xotirjamlikni saqlashga urining. Toʻgʻri, bu oson emas. Lekin bir narsani hisobga oling: imtihon oluvchining vazifasi nutqingizdagi ijobiy jihatlarni baholashdir, xatolaringizni izlash emas. Va u imtihon hayajonli ekanini juda yaxshi tushunadi.
Speakingʼni xuddi doʻstingiz bilan boʻladigan suhbatdek tasavvur qiling. Bu – bor-yogʻi oddiy suhbat, axir siz har kuni suhbat qilasiz!
2. Uzunroq javob bering. Qanchalik ravon gapirishingizni koʻrsatish uchun uzoqroq gapirishingiz kerak (faqat mavzudan chetlashib ketmang). Shu sababli, koʻp gapirib yuboryapman, degan xavotirga bormang, zarur boʻlsa, imtihon oluvchi oʻzi sizni toʻxtatadi.
Agar imtihon oluvchi sizdan “Nega?” deb soʻrayversa, bilingki, javoblaringizda yetarlicha maʼlumot bermayapsiz. Javoblaringizda sabab va misollarni ham keltiring.
3. Bir daqiqangizdan unumli foydalaning. 2-boʻlimda sizga beriladigan 1 daqiqadan oqilona foydalaning. Mavzu sizga notanish boʻlsa, biror nima toʻqib gapirishingiz ham mumkin. Imtihon oluvchi sizning roʻstgoʻyligizni baholamaydi, nutqingiz ravonligi, soʻz boyligingiz, talaffuzingiz kabilarni baholaydi.
1 daqiqada gapirish kerak boʻlgan muhim jihatlarni qaydlar varagʻiga albatta qisqa-qisqa qilib yozib oling.
4. Yodlab olmang! Imtihon oluvchilar yodlangan javoblarni aniqlashga alohida oʻqitilgan boʻladi. Muayyan savollarga oldindan javoblarni yodlab olgan boʻlsangiz va ularni yoddan aytsangiz, buni osonlik bilan payqashi mumkin.
Albatta, muayyan iboralar, soʻz birikmalari, aloqador soʻzlarni yodlashingiz va ularni ishlatishingiz siz uchun foydali. Lekin butun boshli javoblarni yodlab, ularni aytmang. Buning oʻzniga maʼlum mavzularga oid soʻzlarni guruhlagan holda yodlab chiqishingiz mumkin.
5. Aniq va tabiiy tezlikda soʻzlang. Tez gapirishga urinmang va shoshmang. Tez gapirganingiz uchun ballingiz koʻtarilmaydi. Aksincha, atay tez gapirishga urinish va shoshish ayrim xatolarga yoʻl qoʻyishga sabab boʻlishi mumkin.
6. Taslim boʻlmang! Qaysidir soʻzni eslolmay qolsangiz, hafsalangiz tushib ketmasin. Uning sinonimlarini ishlating yoki uni sharhlash orqali tushuntiring.
Savolga tushunmay qolsangiz ham oʻzingizni yoʻqotmang. Imtihon oluvchidan savolni aniqlashtirishni soʻrang (Could you repeat that, please? Could you explain that, please? Could you explain what X means, please? va h.k.).
7. Ovozingizni yozib olib mashq qiling. Ingliz tilidagi nutqingizni yozib olib, uni etishish va tahlil qilish nutqqingizni keskin yaxshilaydi.
Nutqingizni tinglaganda, talaffuzdagi kamchiliklar, ravonlik darajasini aniqlashingiz mumkin. Yana tahlil qilishingiz mumkin: Murakkabroq gaplar tuzish mumkinmidi? Yaxshiroq soʻzlarni ishlatish mumkinmidi?
Oʻzingiz aniqlagan kamchiliklar ustida ishlang.
8. Nimani kutish kerakligini biling. Birinchi marta IELTS topshirayotgan boʻlsangiz, bu imtihon haqida batafsil oʻrganing. Imtihon qanday oʻtishi, sizdan nima kutilishini bilish asablarni tinchlantirishga yordam beradi.
Eng kamida quyidagi savollarga javoblarni bilishingiz kerak:
– Imtihon (yoki har bir boʻlim) qancha davom etadi?
– Nechta qismdan iborat?
– Har bir qismda mendan nima kutiladi?
– Baholash mezonlari nimalardan iborat?
💪 Dadil boʻling, Speaking – bu kundalik hayotingizda har kuni uchraydigan oddiy suhbatdir!

Bu yil chet elga birrov chiqib kelish uchun qanday dasturlar bor?
Hozirda grant ajratiluvchi bir nechta yozgi maktab, oromgoh va konferensiyalarga arizalar qabul qilinmoqda.
Quyida ularni keltirib oʻtamiz:
1. Internationale Schillertage festivali:
– Germaniyada 2023-yil 22-iyundan 2-iyulgacha boʻlib oʻtadi; dedlayn: 30.04.2023
– Safar, oziq-ovqat va turar joy xarajatlari qoplanadi
– Ingliz, nemis yoki fransuz tilini bilish kerak
– Festival mavzusiga (“Beautiful world, there you are!”) barcha qatnashishi mumkin
2. South American Business Forum:
– Argentinada 2023-yil 28-30-iyul kunlari boʻlib oʻtadi, dedlayn: 16.04.2023
– Turar joy, oziq-ovqat, ichki transport xarajatlari qoplanadi
– Ingliz yoki ispan tilini bilish kerak
– Bakalavr, magistr va PhD talabalari, shuningdek, shu bosqichlarni 2022 yoki 2023-yil bitirganlar qatnash oladi
3. Science Summer Camp 2023:
– Gonkongda 2023-yil 10-15-iyulda boʻlib oʻtadi; dedlayn: 30.04.2023
– Bepul turar joy, oziq-ovqat va safar uchun mablagʻ beriladi
– Ingliz tilida boʻladi
– City University of Hong Kongʼda PhD bosqichida oʻqishni rejalashtirayotganlar qatnasha oladi
4. Bucharest Summer University:
– Ruminiyada 2023-yil 13-27-avgust kunlari oʻtkaziladi, dedlayn: 20.05.2023
– Qatnashish badali uchun toʻliq va qisman grantlar mavjud
– Ingliz tilida boʻladi
– Bakalavriat, magistratura va PhD talabalari qatnasha oladi
5. The Summer School of Journalism and Socio-cultural Research:
– Germaniyada 2023-yil 16-29-iyul boʻlib oʻtadi, dedlayn: 22.04.2023
– Transport, turar joy, oziq-ovqat va tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi
– Rus tilida oʻtkaziladi
– Jurnalist, tadqiqotchi va blogerlar qatnashishi mumkin
6. Leading Asia Scholarship: One Young World sammiti:
– Shimoliy Irlandiyada 2023-yil 2-5-oktabr kunlari boʻlib oʻtadi, dedlayn: 30.04.2023
– Turar joy, oziq-ovqat, safar xarajatlari qoplanadi
– Ingliz tilida oʻtkaziladi
– 18-30 yoshli yetakchi yoshlar qatnashishi mumkin
Ehhe, shuncha imkoniyat, qaysi biriga borsangiz ekan. 😉
P.S. Har bir dastur nomining ustiga bossangiz, batafsil maʼlumotga kirasiz.

Xalqaro dasturlarga topshirish uchun talabalik haqida ma'lumotnoma qanday tayyorlanadi?
Ko'plab almashinuv dasturlari va boshqa grant dasturlariga ariza topshirayotganda nomzodlardan talaba ekanligini tasdiqlovchi hujjat (Student Confirmation Letter) talab etiladi.
Xo'sh, bu hujjatni qanday tayyorlash mumkin? Quyida bir necha oson usullarini ko'rib o'tamiz:
1-usul. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali onlayn tarzda oʻzingiz mustaqil olishingiz mumkin. Bunda maʼlumotnoma so'ralgan payt avtomatik tarzda tayyor boʻladi.
Bu uchun:
– Portalga kirasiz.
– Kirish tugmasini bosib, OneID orqali (agar OneID boʻlsa) tizimga kirasiz. OneID boʻlmasa, roʻyxatdan oʻtasiz.
– Keyin portaldagi xizmatlar bo'limidan "O'qish joyidan ma'lumotnoma olish" bo'limiga kirasiz.
– Xizmatdan foydalanish tugmasini bosasiz. Hujjat avtamatik tarzda taxminan shu ko'rinishda tayyor bo'ladi: 1-rasm.
2-usul. Hemis orqali ma'lumotnoma olish.
Bu uchun:
- Universitetingiz hemis portaliga kirasiz.
- "Talaba ma'lumoti" bo'limidan "Ma'lumotnomalar" bo'limiga kirasiz.
-"Ma'lumotnoma olish" tugmasini bosasiz va sizda taxminan shu ko'rinishda hujjat avtomatik paydo bo'ladi: 2-rasm.
Yuqoridagi 2 usulda ham hujjatlar o'zbek yoki rus tillarida tayyorlanishi mumkin. Agar sizdan ingliz tilida ma'lumotnoma tadqim etish so'ralgan bo'lsa, hujjatni notarial tarjima qilidirishingiz yoki o'zingiz tarjima qilib dekanatdan tasdiqlatib olishingiz kerak.
ESLATMA: Yuqoridagi hujjatlar elektron tayyorlangani bois QR kod orqali tasdiqlangan. Ayrim dasturlar bunday QR kodlarni rasmiy deb hisoblamasligi mumkin, shu sabab hujjatning original nusxasini dekanat orqali tasdiqlatib olishni tavsiya qilamiz.
3-usul. Universitetdan to'g'ridan-to'gri ma'lumotnoma olish. Bunda odatda dekanat (yoki boshqa tegishli bo'lim) siz so'ragan tilda ma'lumotnoma berishi mumkin. Agar ingliz tilida berilmasa, o'zbekcha olingan ma'lumotnomani ingliz tiliga tarjima qiling va dekanatga tasdiqlating. Ushbu hujjat namunasi bilan tanishish BU YERDA.
MUHIM: ayrim dasturlar talaba ekanligini tasdiqlovchi hujjatda o'qishni qachon bitirishi haqida malumot talab etadi. Ya'ni bunda talabaning o'qishni bitirish yili, sanasi aniq yozilgan bo'lishi kerak.
Yuqoridagi 1-2-usullarda talaba qachon o'qishni bitirishi haqida ma'lumot berilmaydi. Shu sabab ko'pincha 3-usuldan foydalanish tavsiya etiladi.

AQSHda oʻqish uchun qanday turdagi grantlar mavjud?
AQSH universitetlarida oʻqish uchun ajratiladigan grantlarning asosiy 6 turi mavjud. Bular vaziyatdan kelib chiqib, toʻliq yoki qisman grant shaklida taqdim etilishi mumkin.
Quyida ular haqida qisqacha maʼlumot beramiz.
1. Koʻrsatkichlarga asoslangan grantlar (Merit scholarships). Bunday grantlar talabaning koʻrsatkichlari, erishgan yutuqlari asosida beriladi.
Masalan, bunday grantlar:
– aʼlo baholarga egalik va/yoki SAT/ACT imtihonidan yuqori ball olganlik uchun (Academic Scholarships);
– aʼlo baholar va imtihonlardan olingan yuqori ballardan tashqari, talabaning jamiyatga qoʻshgan hissasi va darsdan tashqari mashgʻulotlarda ishtiroki uchun (Average Academic Performance Scholarships);
– Sportda erishgan yutuqlari uchun (Sports Scholarships) berilishi mumkin.
2. Moliyaviy ehtiyojga asoslangan grantlar (Need-based scholarships). Bu grantlar oʻqish toʻlovlari va oʻqish bilan bogʻliq boshqa xarajatlarni toʻlashga moliyaviy imkoniyati yetmaydigan talabalarga beriladi.
3. Mamlakatga asoslangan grantlar (Country-based scholarships). Bunday grantlar rivojlanayotgan davlatlarning fuqarosi boʻlgan xalqaro talabalarga beriladi.
4. Universitet grantlari. Koʻplab AQSH universitetlari muayyan mezonlarga mos xalqaro talabalarga oʻz grantlarini taklif qiladi.
Bu mezonlarni universitetning oʻz belgilaydi, masalan, biror universitet muayyan soha boʻyicha oʻqish uchun topshiruvchi eng yuqori koʻrsatkichlarga ega nomzodlarga grant ajratishi mumkin.
5. Xususiy sektor moliyalashtiradigan grantlar. Bunday grantlar xususiy kompaniyalar, tashkilotlar va boshqalar tomonidan xalqaro talabalarga taklif etiladi.
Lekin odatda ularning talablari nisbatan qattiqroq boʻladi va ular koʻpincha muayyan guruhga mansub talabalar (masalan, ayollar, rivojlanayotgan davlatlar fuqarolari va h.k.) uchun beriladi.
6. AQSH hukumati moliyalashtiradigan grantlar. Bunday grantlar taʼlim tizimini globallashtirish maqsadida xalqaro talabalarga AQSH hukumati tomonidan ajratiladi. Ushbu grantlar odatda AQSHda oʻqish uchun eng nufuzli grantlar hisoblanadi (masalan, magistraturada oʻqish uchun Fulbright granti).
Qaysi universitetda qanday grant taklif qilinishini qanday bilsam boʻladi?
Bu uchun kerakli universitetning rasmiy veb-saytiga kirasiz va u yerdan “Financial Aid and Scholarships” yoki “Admission and Aid” yoki shu kabi moliyaviy yordam hamda grantlarga bagʻishlangan boʻlimga kirasiz.
Bu boʻlimda xalqaro talabalar uchun qanday grantlar mavjudligi bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

Nemis tili menga nima beradi?
Bilasiz, koʻpchilik ingliz tilini oʻrganadi. Lekin ayrimlar buning oʻrniga nemis tilini yoki ingliz tilidan keyin nemis tilini oʻrganadi. Va bu munosib tanlov.
Bugun nemis tili orqali qatnashish mumkin boʻlgan grantlar va dasturlar haqida gaplashamiz.
1. DAAD dasturi. Bu dastur Germaniya universitetlarida magistratura yoki doktoranturada toʻliq grant asosida oʻqish imkonini berdi. Bunda nemis yoki ingliz tilida qatnashish mumkin.
Shuningdek, DAAD dasturi grantlari orqali til kurslariga qatnashish ham mumkin (faqat nemis tilida).
DAAD grantlariga qabul dastur, universitet va yoʻnalishga qarab juda farq qiladi. Odatda umumiy qabul har yili avgust oyi boshida boshlanib, oktabr oxirida tugaydi.
👉DAAD grantlari haqida batafsil (magistratura va doktorantura)
2. FSJ dasturi. Dastur Germaniyada 6 oydan 18 oygacha amaliyot oʻtash imkonini beradi. Bunda nomzodlar tibbiyot, parvarish, madaniyat va boshqa bir qancha sohalarda amaliyot oʻtashi mumkin. Faqat nemis tilida boʻladi.
Dastur odatda amaliyotchini choʻntak puli, sugʻurta hamda turar joy va oziq-ovqat bilan taʼminlaydi.
Hujjatlar yil davomida qabul qilinadi.
👉 FSJ dasturi haqida batafsil
3. Au Pair dasturi. Bu dastur Germaniyadagi mezbon oila bilan yashab, nemis madaniyati va tilini oʻrganishga imkon beradi. Buning evaziga dastur ishtirokchisi mezbon oiladagi bolalarga qarash ishlarida yordam berishi kerak boʻladi.
Nemis tilini kamida A1 darajada bilish talab qilinadi.
Hujjatlar yil boʻyi qabul qilinadi.
Taʼkidlash joiz, bu dastur boshqa bir qancha davlatlarda ham mavjud.
👉 Germaniyadagi Au Pair dasturi haqida batafsil
4. Stipendium Copernicus dasturi. Bu dastur bakalavriat va magistratura talabalariga Germaniyadagi Gamburg universitetida 1 semestr davomida oʻqish hamda amaliyot oʻtash imkonini beradi. Faqat nemis tilida qatnashish mumkin.
Dastur ishtirokchilarning barcha xarajatlarini toʻliq qoplaydi.
Qabul yiliga 2 marta boʻladi:
– bahorgi semestr uchun 1-sentabrgacha;
– qishki semestr uchun 1-martgacha.
👉Stipendium Copernicus dasturi haqida batafsil
5. Leaders for Future dasturi. Germaniyda 2 oy yoki 6 oygacha davomida amaliyot oʻtash imkonini beradi. Dasturda nemis yoki ingliz tilida qatnashish mumkin. Istalgan soha vakillari ariza topshira oladi.
Dastur ishtirokchilarga toʻliq va qisman grantlar taklif qiladi.
Hujjatlar har yili fevral oyi boshida boshlanib, shu oyning oxirlarigacha davom etadi.
👉 Leaders for Future dasturi haqida batafsil
6. IES dasturi. Bu dastur bakalavrlar, magistrlar va doktorantlarga moʻljallangan boʻlib, talabalarga Germaniyada joylashgan Berlin ozod universitet va Gumboldt nomidagi Berlin universitetida 1 semestr davomida oʻqish imkonini beradi.
Dasturga talabalar ingliz tilida ham, nemis tilida ham hujjat topshirishi mumkin. Oʻqish ham talaba hujjat topshirgan tilda boʻladi.
Dastur talabaning Germaniyada yashash, oʻqish, turar joy, viza, sugʻurta, kontrakt toʻlovi xarajatlarini toʻliq yoki qisman qoplab beradi.
Dasturga qabul yiliga 2 marta boʻladi:
– 1-oktyabrdan 15-dekabrgacha;
– 1-apreldan 15-iyungacha.
👉 IES dasturi haqida batafsil
7. Germaniya va Avstriyada bepul yoki arzonga sifatli taʼlim. Germaniyada deyarli barcha davlat universitetlarida oʻqish bepul, yaʼni kontrakt summasi toʻlanmaydi.
Taʼlim asosan nemis tilida boʻlgan Avstriyada ham ayrim oʻqish bepul boʻlgan va kontrakti hamyonbop universitetlarni topish mumkin.
Albatta, Germaniyada ham, Avstriyada ham ingliz tilida oʻqitiladigan dasturlar bor. Lekin OTMlardagi kurslarning aksariyati nemis tilida oʻqitiladi.
👉 Germaniyadagi oʻqish bepul universitetlar bu yerdagi roʻyxatda
👉 Avstriyadagi kontrakti arzon va oʻqish bepul universitetlar
Biz nemis tili beradigan imkoniyatlarning ayrimlarini sanadik, xolos. Bulardan boshqa koʻplab dastur va imkoniyatlar ham mavjud.
Postimiz foydali boʻldi degan umiddamiz.

Grantga hujjat topshirishdagi muhim qoida: qabulning oxirgi kunini kutmang
Biror grant yoki dasturga ariza topshirishni oxirgi kun/daqiqagacha kutmasdan, ertaroq ariza topshirish qattiq tavsiya qilinmadi. Chunki arizani qabul oxiriga taqash bir nechta ko'ngilsiz oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Masalan:
1. Oxirgi kun / daqiqalargacha taqab borish arizangizning pala-partish boʻlib qolishiga sabab boʻlishi mumkin. Muddat qancha yaqinlashsa, kishida tezroq harakat qilishim kerak degan vahima kuchayadi.
Bu esa diqqatni jamlashga xalal beradi va soʻnggi daqiqalarda tayyorlanayotgan / yozilayotgan hujjatlarning sifatiga salbiy taʼsir qiladi. Natijada qabul qilinish ehtimolingiz pasayishi mumkin.
2. Qabul muddatdan oldin yopib qoʻyilishi mumkin. Dastur/grantga qabulning muddatdan oldin yakunlanishi holatlari, ayniqsa, qisqa muddatli grantlarda (yozgi maktab, kurs, lager va hk) tez-tez uchrab turadi. Bunga asosiy sabab arizalarning nihoyatda koʻpayib ketishidir. Bunday holat Oʻzbekistondagi AQSH elchixonasi eʼlon qilgan dasturlarda bir necha bor kuzatilgan.
Agar oxirgi kunni kutib yurgan boʻlsangiz, qabul muddatdan oldin tugasa, ishtirok etish imkoniyatini toʻliq qoʻldan chiqarasiz.
3. Grantlarning ertaroq ariza topshirilgan nomzodlarga ajratilishi. Bir qancha universitetlar bakalavriat, magistratura va boshqa bosqichlarga grant ajratishda “First-come, first-served” qoidasiga amal qiladi.
Yaʼni maʼlum grant oʻrinlari boʻladi, shu oʻrinlar eng birinchi ariza topshirgan munosib nomzodlarga taqsimlab beriladi. Bu oʻrinlar munosib nomzod chiqmasagina qabulning soʻnggi kunigacha saqlanib qolishi mumkin. Bu qoida AQSH, Britaniya kabi davlatlarda tez-tez qoʻllaniladi.
Bunda qabulning oxirgi kunigacha kutish tayyor imkoniyatdan oʻz xohishi bilan voz kechish degani.
4. Savol chiqib qolsa, javob ololmay qolasiz. Biror muhim savol tugʻilganda uni aniqlashtirish uchun tashkilotchilarga telefon qilish yoki koʻp hollarda email yozish kerak.
Lekin telefonga javob berish uchun ish vaqti tugagan boʻlishi yoki emailga javob berilishi uchun kamida 1-3 kun muddat talab etilishi mumkin. Oxirgi kun / daqiqada hujjat topshirayotib shunday savolga duch kelsangiz, javob ololmay qolishingiz mumkin. Bu esa yana sizning qabul qilinishingizga salbiy taʼsir qilishi mumkin.
5. Qoʻshimcha qoida: shoshilib ham topshirmang! Eng erta topshiraman degan oʻy bilan, shoshma-shosharlik qilib ariza topshirish ham tavsiya qilinmaydi.
Biror grantga topshirmoqchi boʻlganingizda, dastlab, uning talablari, qoidalari, mezonlari, koʻp beriladigan savollarga javoblari va boshqalarni diqqat bilan oʻqib chiqing. Biroq ularni oʻqib chiqishni orqaga surib yurmang, imkon qadar ertaroq oʻqib chiqing.
Biror savol tugʻilsa, darhol tashkilotchilarda email yoki telefon orqali soʻrab aniqlashtirib oling.
Dastur va uning talablari, hujjatlar tarkibi hamda boshqa muhim masalalarga toʻliq tushunib olganingizdan keyingina hujjatlaringizni topshiring.
Yuqoridagi qoidalarga amal qilsangiz, dasturga qabul borasida anchagina koʻngilsizliklarning oldini olgan boʻlasiz.
Albatta, qabulning oxirgi daqiqalarida hujjat topshirib, grant yutganlar ham bor. Lekin hujjat topshirishni soʻnggi kun / soʻnggi daqiqalarga qadar taqab olib borish yuqoridagi koʻngilsiz oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shu sababli oxiriga taqash mutlaqo tavsiya qilinmaydi.

Ingliz tili o'qituvchilari uchun British Council tomonidan bepul onlayn kurslar
Postni oʻquvchi boʻlsangiz – ustozingizga, oʻqituvchi boʻlsangiz – hamkasbingizga yuborib qoʻying. 😉
British Council dunyo bo'ylab barcha ingliz tili o'qituvchilari uchun bepul onlayn kurslar tashkil etib kelmoqda.
Kurslar asosan ingliz tilini o'qitish metodikasi hamda uning zamonaviy usullari bilan bog'liq bo'lib, kursda o’zlashtirilgan ko’nikma va mashg’ulotlardan barcha o'qituvchilar keyinchalik o'z darslari davomida foydalanishlari mumkin.
1. TeachingEnglish: How to teach speaking. Bu kurs o'quvchilarning so'zlash qobiliyatini rivojlantirishga mo'ljallangan bo'lib, tilni turli darajada biluvchi turli yoshdagi o'rganuvchilarga bir sinfda dars o'tish metodlarini o'rgatadi.
12 soatga mo'ljallangan ushbu darslar 2023-yil 10-apreldan boshlangan, lekin kursga ro'yxatdan o'tish 2023-yil 22-sentyabrgacha davom etadi.
2. Online skills for 21st century teachers. Ushbu kurs 4 hafta davom etadi. Unda asosan raqamli fuqarolik tushunchasi keng tushuntiriladi hamda o'quvchilar ma’lumotlarini onlayn himoyalash usullarini o'rganadi.
Darslar 2023-yil 4-apreldan boshlangan, lekin hali ham kursga ro'yxatdan o'tish imkoniyati mavjud.
3. TeachingEnglish: Motivating learners. 12 soatga mo'ljallangan ushbu kurs o'quvchilarni darsga qanday qiziqtirish va kerakli manbalardan unumli foydalanish haqida ma'lumot beradi.
Darslar 2023-yil 11-apreldan boshlangan, lekin kursga ro'yxatdan o'tish 2023-yil 10-iyulgacha davom etadi.
ESLATMA: Yuqoridagi kurslarda ishtirok etish uchun ingliz tilidan kamida B1 daraja talab etiladi.
Har bir kurs yakunida ishtirokchilarga kursni muvaffaqiyatli yakunlaganligi haqida sertifikat taqdim etiladi. Bunday sertifikatlar keyinchalik boshqa xalqaro dasturlarga ariza topshirishda foydali boʻlishi mumkin.
@grantar_namuna

Oʻqishimni xorijiy universitetga koʻchirsam boʻladimi?
Oʻzbekistonda bakalavriatda oʻqiyotgan koʻplab talabalarni oʻqishimni xorijiy universitetga koʻchirsam boʻladimi degan savol qiynaydi. Bugun shu masalaga toʻxtalamiz.
Umumiy javob: Ha, koʻchirsangiz boʻladi. Deyarli barcha davlatlardagi koʻplab universitetlar boshqa davlat talabalarini “transfer student” (oʻqishni koʻchirgan talaba) sifatida qabul qiladi. Albatta, bunda nomzod oʻqishni koʻchirish talablariga mos boʻlishi kerak.
Lekin:
1. Ayrim universitetlar transfer talaba qabul qilmasligi mumkin.
2. Har bir davlat (universitet)da oʻqishni koʻchirish talablari bor. Oʻzbekistonlik talabalar bu talablarga baʼzida javob bermasligi mumkin.
Oʻqishni koʻchirish masalasini kim hal qiladi?
Buni oʻqishingizni koʻchirmoqchi boʻlgan xorijiy universitet hal qiladi (davlatda belgilangan taʼlimga oid qonun-qoidalar asosida). Shu sababli oʻqishingizni xorij oliygohiga koʻchirmoqchi boʻlsangiz, avvalo oʻsha universitetning oʻziga murojaat qilishingiz kerak.
Oʻqishni koʻchirish shartlarini qanday bilsam boʻladi?
Aksariyat universitetlar veb-saytida oʻqishni koʻchirish haqida maʼlumot boʻladi. Shu maʼlumotni topib, oʻqib chiqish kerak.
Maʼlumotlarni oʻqigandan keyin ham savollaringiz boʻlsa, universitetga email yozish orqali soʻrab olsangiz boʻladi.
Agar universitet saytidan oʻqishni koʻchirish haqida maʼlumot topa olmasangiz, universitet emailiga oʻqishingizni shu universitetga koʻchirmoqchi ekaningizni aytib, buning tartib-qoidalari qanday boʻlishi soʻrab yozib yuborishingiz mumkin.
Misol bilan tushuntiring?
AQSHda joylashgan Clark universitetini misol sifatida olamiz (nufuzli universitet, THE roʻyxatida 601-800-oʻrin).
Avval saytiga kiramiz. Saytdan “Admissions” boʻlimiga sichqonchani olib boramiz. Shunda qoʻshimcha boʻlimlar ochiladi va “Related Links” rukni ostidagi “Transfer Student Admissions” boʻlimini tanlaymiz.
Boʻlimda xalqaro talabalar ham Clark universitetiga oʻqishini koʻchira olishi aytilgan. Va boshqa kerakli maʼlumotlar berilgan.
Shu maʼlumotlarni oʻqib chiqib, tushunmagan yerlarimiz boʻlsa, sahifa ostdagi emailga xabar yozib soʻrab olsak boʻladi. Soʻng kerakli hujjatlarni topshirish harakati boshlay olamiz.
Maʼlumot topish har doim ham oson emas
Clark universitetida oʻqishni koʻchirish maʼlumotlarini osongina topdik. Lekin ayrim universitet saytlarida bunday maʼlumotni topish oson kechmasligi mumkin.
Oʻqishni koʻchirish haqidagi maʼlumotni topish uchun boʻlimlarni sabr bilan qarab chiqishga toʻgʻri kelishi mumkin.
Agar tezroq topmoqchi boʻlsangiz, universitet saytidagi qidiruv (Search) maydoniga “Transfer”, “Transfer student” yoki shunga oʻxshash jumlalarni kiritib, qidirib koʻrishingiz mumkin.
Oʻqishni koʻchirish uchun grantlar bormi?
Ha, bor. Lekin oʻqishni koʻchirayotganlar uchun barcha universitet ham grant taklif qilavermaydi.
Shuningdek, oʻqishni koʻchirish uchun mavjud grantlarning koʻpchiligi qisman grant boʻladi. Toʻliq grant nisbatan kam uchraydi.
Oʻqishni koʻchirish uchun grantlar mavjud yoki yoʻqligini universitetning “Financial Aid and Scholarships” yoki shunga oʻxshash nomdagi boʻlimidan yoxud oʻqishni koʻchirishga oid sahifasidan topish mumkin.
Masalan, Clark universiteti ham oʻqishni koʻchirish uchun grantlar taklif qiladi. Bu haqida transfer sahifasida ham, “Cost and Financial Aid” boʻlimida ham maʼlumot berilgan (Admissions > Cost and Financial Aid > International Students).
Lekin Clark universitetida grantlarning aniq miqdorlari koʻrsatilmagan ekan. Buni email yozish orqali aniqlab olishingiz mumkin.
Oʻqishni koʻchirish uchun toʻliq grant ajratadigan oliygohlarga Tokio universitetini misol qilib keltirish mumkin. Bu haqida batafsil BU YERDA oʻqing.
Demak, talablarga javob bersangiz, oʻqishingizni xorijiy davlat universitetlariga koʻchirishingiz mumkin.
Eslatma: Ayrim davlatlar yoki universitetlar xalqaro talabalarni “Transfer Student” sifatida qabul qilmasligi mumkin.