Forwarded from Grantlar.uz
Ayol-qizlar uchun maxsus grantlar
Barcha ayol-qizlarni bugungi bayram bilan tabriklaymiz!
Kichik sovgʻa sifatida ayol-qizlar uchun maxsus moʻljallangan grantlar roʻyxatini taqim etamiz.
Eslatma: quyida keltirilgan ayrim grantlarga bu yilgi qabul tugagan yoki hali boshlanmagan. Bunday dasturga keyingi qabulda ariza topshirishingiz mumkin.
1. Helmut Veith Stipend dasturi. Bu dastur ayol-qizlarga Vena texnologiya universitetida magistratura bosqichini o'qish uchun grant taklif qiladi.
Grant imkoniyatlari:
- Kontrakt summasidan to'liq ozod qilinadi.
- Yiliga 6000 yevro stipendiya beriladi.
O'qish ingliz tilida bo'ladi. Dedlayn: 2023-yil 30-noyabr.
👉 Helmut Veith Stipend dasturi haqida batafsil
2. AAUW International Fellowships dasturi. Bu dastur AQSHda magistratura, doktoranturada o’qish va postdoktorlik tadqiqoti uchun ayol-qizlarga 50 000 dollargacha grant ajratadi.
Dasturga qabul har yili avgust oyi boshlaridan noyabr oyi o'rtalarigacha davom etadi.
👉 AAUW International Fellowships dasturi haqida batafsil
3. Eria Fransic Davies Scholarship dasturi. Bu dasturni Britaniyada joylashgan Swansea universiteti taklif etadi.
Dastur shu universitetdagi Health and Life Sciences fakultetidagi magistratura yo'nalishlardan biriga o'qishga kirgan ayol-qizlarning 1 nafariga kontrakt summasini to'liq qoplab beradi.
Dedlayn: 2023-yil 28-may.
👉 Eria Fransic Davies Scholarship dasturi haqida batafsil
4. TechGirls yozgi oromgoh dasturi. Bu dastur 15-17 yoshli qizlarga AQSHda 1 oylik yozgi oromgohda tahsil olish imkonini beradi.
Qizlar texnologik kompaniya va yetakchi muassasalarga tashrif buyuradi, jamoat xizmatlari va madaniy tadbirlarda ishtirok etishadi.
Dastur AQSHga borish-kelish, turar joy, oziq-ovqat, o'qish va boshqa barcha xarajatlarni to'liq qoplaydi.
Bu dasturga hujjatlar odatda har yili 15-noyabrdan yanvar oyi o'rtalarigacha qabul qilinadi.
👉 TechGirls yozgi oromgoh dasturi haqida batafsil
5. TechWomen dasturi. Dastur ayol-qizlarga AQSHning San-Fransisko va Vashington shaharlarida 5 haftalik shaxsiy rivojlanish mashgʻulotlarini taklif qiladi.
Dastur ishtirokchilarning AQSHga borish-kelish, mashg'ulotlar, turar joy, oziq-ovqat kabi barcha xarajatlarni qoplab beradi.
Dasturga arizalar har yili odatda may yanvar oyi o'rtalarigacha qabul qilinadi.
👉 TechWomen dasturi haqida batafsil
6. SUSIs for Young Women Leaders dasturi. Bu – AQSHda boʻlib oʻtadigan 4 haftalik yetakchilik dasturidir.
Dastur ma’ruzalar, seminarlar, taqdimot, munozara va boshqa masgʻulotlardan iborat boʻladi.
Dasturga bakalavriatning 1, 2 yoki 3-kursida oʻqiyotgan 18-25 yoshli ayol-qizlar qatnashishi mumkin.
Dasturga qatnashish bilan bogʻliq barcha xarajatlar toʻliq qoplanadi.
Arizalar qabuli har yili noyabr oʻrtalarida boshlanib, dekabr oxirlarida tugaydi.
👉 SUSIs for Young Women Leaders dasturi haqida batafsil
7. Oksford universitetining Executive MBA Scholarships for Women dasturi. Dastur Executive MBA kursida o'qishni xohlagan ayol-qizlar uchun 2 xil grantni taklif qiladi:
a) The Forté Foundation Fellowships for Women: kontrakt summasidan 30 000 funt-sterling chegirma qilinadi; joy – 1 ta.
b) The Oxford Executive MBA Scholarship for Women: kontrakt summasidan 50 foiz chegirma qilinadi; joy – 1 ta.
Dedlayn: 2023-yil 3-aprel.
👉 Executive MBA Scholarships for Women dasturi haqida batafsil
8. Simmons universiteti grantlari. AQSHda joylashgan Simmons universiteti bakalavriat bosqichiga faqat ayol-qizlarni qabul qiladi.
Bu universitetda ayol-qizlarning bakalavriatda oʻqishi uchun toʻliq va qisman grantlarni taklif qiladi.
Arizalar har yili 1-dekabr yoki 1-fevralgacha qabul qilinadi.
👉 Simmons universiteti to'liq grantlari
👉 Simmons universiteti qisman grantlari
9. Inspiring Women in Science awards. Bu mukofotlar ilm-fandagi tadqiqotchi ayol qizlarga mo'ljallangan.
Mukofot egalari:
– 50 ming dollar;
– Londonga bepul sayohat imkoni bilan taqdirlanadi.
Dedlayn: 2023-yil 9-may.
👉 Inspiring Women in Science awards haqida batafsil
@grantlar

#bepul_oliygohlar
Bugun Rossiyada joylashgan navbatdagi oʻqish bepul oliygoh – Skolkovo fan va texnologiya instituti (Skoltech) haqida maʼlumot beramiz.
Bu oliygoh 2011-yilda AQSHning Massachusetts texnologiya instituti bilan hamkorlikda tashkil etilgan boʻlib, hozirda 1200 dan ortiq talaba tahsil oladi. Institutdagi darslarning barchasi ingliz tilida olib boriladi.
Skoltek oliygohi faqat magistratura va PhD dasturlarini taklif etadi, bakalavriat kursi mavjud emas.
Xarajat va imtiyozlar
– Skoltech institutida oʻqish mahalliy talabalar uchun ham, xorijiy talabalar uchun ham mutlaqo bepul. Yaʼni qabul qilingan hech bir talaba kontrakt summasi toʻlamaydi. Shuningdek, ariza topshirish uchun toʻlov ham, semestr badali ham mavjud emas.
– Qabul qilingan har bir talaba uchun tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplab beriladi.
– Qabul qilingan har bir talaba oylik stipendiya bilan taʼminlanadi. Mazkur oylik stipendiyaning eng kam miqdori 2023-yil holatiga koʻra quyidagicha:
a) Magistratura uchun – 40 000 rubl (taxminan 526 AQSH dollari);
b) PhD bosqichi uchun – 75 000 rubl (taxminan 986 AQSH dollari).
Nomzodning koʻrsatkichlariga qarab stipendiya miqdori bundan ham yuqori qilib belgilanishi mumkin.
Yiliga oʻrtacha 400 nafar magistr va PhD talabasi qabul qilinadi. Ularning barchasi yuqoridagi imtiyozlar bilan taʼminlanadi.
Yoʻnalishlar
Magistratura bosqichida quyidagi 11 ta yoʻnish bor:
– Data Science
– Advanced Computational Science
– Petroleum Engineering
– Photonics and Quantum Materials
– Mathematical and Theoretical Physics
– Life Sciences
– Space and Engineering Systems
– Advanced Manufacturing Technologies
– Materials Science
– Internet of Things & Wireless Technologies
PhD bosqichida quyidagi 7 ta yoʻnalish mavjud:
– Mathematics and Mechanics
– Physics
– Materials Science and Engineering
– Life Sciences
– Computational and Data Science and Engineering
– Engineering Systems
– Petroleum Engineering
Talablar
Nomzodga qoʻyilgan umumiy talablar quyidagilar:
– Bakalavr (magistratura uchun) yoki magistrlik (PhD uchun) darajasiga ega boʻlish.
– Kamida IELTS 6.0/TOEFL iBT 80 balli sertifikat. Til sertifikatiga ega boʻlmaganlar sertifikatni keyinchalik taqdim etishi yoki universitetdagi ingliz tili testidan oʻtishi mumkin.
Qabul
Hozirda (2023-yil 9-mart) oʻqish uchun arizalar qabul qilinmoqda va bu yil oʻqishga kirganlar uchun oʻqish 2023-yil kuzdan oyida boshlanadi.
2023-yil uchun qabul sanalari quyidagicha:
– Magistraturaga 2023-yil 10-iyulgacha;
– PhD bosqichida 2023-yil 3-iyulgacha arizalar qabul qilinadi.
Kerakli hujjatlar:
– Onlayn ariza. Arizaga quyidagi hujjatlar ham ilova qilinadi:
– CV/rezyume.
– Motivatsion xat.
– 2 ta tavsiyanoma.
– Diplom yoki baholar (magistratura uchun bakalavriat, PhD uchun bakalavriat va magistratura diplomlari va baholari).
– Kamida IELTS 6.0 yoki TOEFL iBT 80 ball. Nomzodda til sertifikati boʻlmasa, uni keyinchalik topshirishi yoki institutdagi TOEFL iTP testidan oʻtish mumkin.
Shuningdek, PhD bosqichiga ariza topshirishda tanlangan soha boʻyicha ilmiy rahbar koʻrsatilishi kerak. Ilmiy rahbarlar haqida ma’lumot PhD kurslarning sahifalarida mavjud.
Qabul bosqichlari
Magistraturaga qabul 3 bosqichda amalga oshiriladi:
1. Kerakli hujjatlarni topshirish.
2. Onlayn test.
3. Saralash bosqichi. Bunda nomzodlar bilan suhbat qilinadi va ular ingliz tilidan test topshiradi.
PhD bosqichiga qabul 2 bosqichda amalga oshiriladi:
1. Kerakli hujjatlarni topshirish.
2. Saralash bosqichi. Bunda nomzodlar suhbatdan oʻtadi. Til sertifikati yoʻqlar ingliz tilidan testidan ham oʻtadi.
Skoltech instituti, unga qabul jarayoni va boshqalar haqida oʻzbek tilida koʻproq maʼlumot olish uchun BU YERGA kiring.
Savolim bor edi, sizlardan soʻrasam boʻladimi?
Afsuski, bu borada alohida savollarga javob bera olmaymiz. Universitet saytida barcha maʼlumotlar berilgan. Savollaringiz boʻlsa, saytga kirib, mustaqil javob topishingiz mumkin.
@grantlar_namuna

Grant yutish boʻyicha qisqa maslahatlar
1. Topshirishdan oldin grant dasturini erinmasdan oʻrganib chiqing. Grantning maqsadi, talablari, topshiriladigan hujjatlar va boshqalar bilan yaxshilab tanishib oling. Grantning qoʻllanmalari boʻlsa – oʻqing, videolari boʻlsa – koʻring, FAQ boʻlsa – oʻqing. Erinchoqlik qilmang. ✔️
2. Yozilishi kerak boʻlgan insholarni imkon qadar ertaroq tugating va tajribaliroq ustozingiz/tanishlaringizga oʻqiting. Grammatik, imlo va boshqa xato yoki kamchiliklarini boʻlsa aytadi ular. Tuzatib olishga imkoningiz boʻladi shunda. Hujjatlar maksimal darajada xatolardan xoli boʻlishi kerak. 🗓
3. Hujjatlarni rasmiylashtirishda tartibli boʻling. Agar hujjatlarni nomlashda qandaydir shart belgilangan boʻlsa (masalan, har bir hujjatda nomzodning ismi boʻlishi kerak va h.k.), shu shartga qatʼiy amal qiling.
Agar nomlash boʻyicha shart boʻlmasa, nomlarini hujjat nomi va ism-familiyangiz bilan nomlab chiqing. Masalan: Eshmatov-Toshmat-CV, Eshmatov-Toshmat-Diploma, Eshmatov-Toshmat-IELTS va h.k.
Qoʻlda toʻldiriladigan hujjat boʻlsa, bo'yamasdan, chiroyli yozuv bilan to'ldiring. Yozuvingiz nihoyatda xunuk boʻlsa, boshqa birovdan yozib berishini soʻrashingiz mumkin. ✅
4. Koʻchirmang. Motivatsiya xati, shaxsiy bayonot, insho va shu kabi boshqa hujjatlarni yozishda internetdan tayyor namuna topib, ularning gaplarini koʻchirib olmang.
Namuna uchun oʻqib, oʻrganishingiz va ayrim soʻzlari, iboralaridan foydalanishingiz mumkin. Lekin har qanday hujjat aynan sizga xos boʻlishi kerak.
Hamma yerdan topish mumkin boʻlgan umumiy fikrlar va gaplar, ular qanchalik chiroyli yozilgan yoki kuchli boʻlishidan qatʼi nazar, qabul komissiyasidagilarni koʻnglini ozdiradi. Ular bunaqa shablon gaplarni oʻqiyverib, bezor boʻlib ketgan. Shu uchun oʻzingizga xos boʻlgan xislatlar asosida yozing. ☝️
5. Imkoni boʻlsa, topshirmoqchi boʻlgan grantingizni yutgan kishidan maslahatlar oling. 🧑🏼🎓
6. Javobi topilmagan savollaringizni, avvalo, grant eʼlon qilgan muassasaning oʻzidan soʻrang (email, telefon yoki boshqa vosita orqali). Boshqalar notoʻgʻri yoki toʻliq boʻlmagan javob berishi mumkin.
Agar grant eʼlon qilgan muassasaning oʻzidan javob olishning imkoni boʻlmasa, boshqa manbalardan/kishilardan javob qidirishingiz mumkin. 📧
7. ENG MUHIMI: mana shu postni boshqa guruhlar va tanishlaringizga maksimal tarqating hamda smayliklardan birini bosing. Shunda yoʻlingiz ochilib, qatorasiga grant yutib tashlaysiz. 😃

JACAFA stipendiyasi boʻyicha konsultatsiya kursi!
@Grantlar_namuna loyihasi JACAFA stipendiyasi boʻyicha toʻliq tartibli konsultatsiya (mentorlik) kursini eʼlon qiladi.
Bu dastur Oʻzbekiston OTMlarida oʻqiyotgan bakalavrlariga 2 yil davomida oyiga 110 AQSH dollari stipendiya olish va boshqa imkoniyatlarni beradi.
Kursning asosiy jihatlari:
– Stipendiyani yutish imkoniyatingizni oshiradi.
– Hujjatlarni tayyorlashda bevosita yordam koʻrsatiladi. Motivatsiya xati, CV va boshqalarni tayyorlashda koʻmak beriladi.
– Ariza va hujjatlarni xatolarsiz, 100% toʻgʻri va muvaffaqiyatli topshirishingizni taʼminlaydi.
– Onlayn testda tushadigan savollar, ularning darajasi, taxminan qanday savollar tushishi mumkinligi haqida maʼlumot beriladi.
– Ariza topshirishdan boshlab, to qabul qilinishgacha boʻlgan jarayonda istalgan payt istalgan savolingizni berishingiz va javob olishingiz mumkin boʻladi.
Kursni kim olib boradi?
Kurs JACAFA stipendiyasi gʻolibi Abdulaziz Murtozayev tomonidan olib boriladi.
Abdulaziz grantlar boʻyicha boy tajribaga ega. Uning ayrim yutuqlari:
– “Türkiye burslari & IsDB joint scholarship” toʻliq grantini yutgan (2021).
– “Erasmus Mundus in Smart cities and communities MSc program” toʻliq grantini yutgan (2021).
– Amerika kengashlarining “Young Professional Internships Program” haq toʻlanadigan amaliyot dasturini yutgan (2020).
– “The Nippon Foundation JACAFA scholarship” stipendiyasini yutgan (2019).
– Toshkentdagi Amerika markazining onlayn loyihalar uchun grantini qoʻlga kiritgan (2022-yil).
Dastur mashgʻulotlari Zoom/telegram konferensiyalar, telegram guruh va shaxsiy yozishmalardagi savol-javoblar orqali oʻtiladi.
Kursga qatnashish pulli.
Kursga roʻyxatdan oʻtishning oxirgi sanasi: 2023-yil 25-mart, 23:59.
Kurs, uning haqi toʻgʻrisida batafsil maʼlumot va roʻyxatdan oʻtish uchun murojaat: @abdulaziz_murtozaev

Bugun oʻqish bepul boʻlgan navbatdagi oliygoh – Germaniyaning Halle shahrida joylashgan Martin Luther University of Halle-Wittenberg (MLU) haqida maʼlumot beramiz.
1502-yil tashkil etilgan mazkur oliygohda hozirda 19 300 dan ortiq talaba tahsil oladi. Universitet dunyoning eng nufuzli oliygohlari sirasiga kiradi. Jumladan, 2023-yil mart oyi holatida, MLU QS reytingi boʻyicha dunyodagi eng yaxshi universitetlar roʻyxatida 477-oʻrinni egallab turibdi.
Xarajatlar
– Mahalliy talabalar uchun ham, xorijiy talabalar uchun ham universitetda oʻqish bepul, yaʼni kontrakt summasi toʻlanmaydi.
– Biroq talabalar har bir semestr uchun 56,1 yevro (taxminan 62 AQSH dollari) miqdorida semestr badali toʻlashi kerak.
– Shuningdek, har bir semestr uchun 60 yevro (taxminan 68 dollar) transport chiptasi uchun toʻlov qilinadi. Bu chipta talabaga shahardagi jamoat transportlaridan 1 semestr davomida bepul foydalanish imkonini beradi.
Universitetda oʻqish uchun bundan boshqa xarajatlar mavjud emas.
Yoʻnalishlar
Universitetda aksariyat yoʻnalishlar (kurslar) nemis tilida oʻqitiladi.
Biroq ingliz tilida oʻqitiladigan bir nechta yoʻnalishlar mavjud. Ular quyidagilar:
Bakalavriatda faqat 1 ta:
– B.Sc. Business Economics
Magistraturada 5 ta:
– M.Sc. Economics: Data Science and Policy
– M.Sc. Pharmaceutical and Industrial Biotechnology
– M.Sc. Polymer Materials Science
– M.Sc. Molecular and Cellular Biosciences
– M.Sc. Biodiversity Sciences
Nemis tilida oʻqitiladigan kurslar bilan BU YERDA tanishishingiz mumkin.
Talablar
Ingliz tilida oʻqitiladigan bakalavriat kursi uchun kamida IELTS 6.0 yoki TOEFL iBT 72 talab etiladi.
Ingliz tilidagi magistrlik kurslarining ayrimlari uchun IELTS 6.0, baʼzilari uchun 6.5 talab etiladi. Aniq til talabini kerakli magistrlik kursi sahifasiga kirib, koʻrib olish mumkin.
Nemis tilidagi kurslar uchun esa nemis tilini sertifikati topshirish lozim (yoʻnalish va bosqichlariga qarab, nemis tilini B2, C1 yoki boshqa daraja talab etilishi mumkin).
Qolgan barcha talablar bilan kerakli kurs sahifasiga kirib, tanishib olishingiz mumkin.
Qabul
Bakalavriat bosqichi uchun qabul har yili 15-yanvar va 15-iyulgacha davom etadi. 2023-yil qishki semestr uchun hozirda (2023-yil 11-mart holati) hujjatlar qabul qilinmoqda.
Magistratura kurslarining aksariyati uchun hujjatlar 15-dekabr va 15-iyungacha qabul qilinadi (qishki semestr uchun hujjatlar qabul qilinmoqda). Biroq baʼzi yoʻnalishlar uchun qabul sanasi farq qiladi. Qabul sanasini aniq bilib olish uchun kerakli magistrlik kursining sahifasiga tashrif buyuring.
Mazkur universitetga toʻgʻridan-toʻgʻri hujjat topshirib boʻlmaydi. Universitetga kirmoqchi boʻlganlar Germaniyadagi Uni-assist tizimi orqali hujjatlarini topshirishi lozim. Qabul haqida BU YERDA batafsil maʼlumot olishingiz mumkin.

Qabul ochiq boʻlgan yozgi/qishki maktablar
Bugun hozirda arizalar qabul qilinayotgan va toʻliq yoki qisman grant ajratadigan shunday dasturlar roʻyxatini tadqim qilamiz.
Kimlar qatnashishi mumkin?
Dasturga qarab, bakalavrlar, magistrlar, doktorantlar, OTM oʻqituvchilari, tadqiqotchilar, jurnalistlar, blogerlar va boshqalar.
1. Polshadagi Jagiellonian universiteti yozgi maktablari. Bunga bakalavr, magistr va doktorantlar ariza topshirishi mumkin. Jami 50 nafar qatnashchiga stipendiya ajratiladi. Mashgʻulotlar ingliz tilida olib boriladi.
Imtiyozlari: Qatnashish bepul, safar va turar joy xarajatlari uchun 954 AQSH dollari beriladi.
Dedlayn: 2023-yil 15-mart.
👉 BATAFSIL
2. Latviya davlati stipendiyalari. Dastur doirasida 9 ta yozgi maktab taklif etilmoqda (ingliz tilida). Talabalar, OTM oʻqituvchilari va tadqiqotchilari qatnashishi.
Imtiyozlari: Yozgi maktabga qatnashish xarajatlarini qoplash uchun 1000 yevro beriladi.
Dedlayn: 2023-yil 1-aprel.
👉 BATAFSIL
3. Boris Nemtsov jamgʻarmasinig yozgi maktabi. Jurnalist, bloger va tadqiqotchilar qatnashishi mumkin (rus tilida, Germaniyada oʻtkaziladi).
Imtiyozlari: Ishtirok bepul, transport, turar joy, oziq-ovqat va tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
Dedlayn: 2023-yil 22-aprel.

Sudlanmaganlik haqidagi maʼlumotnoma qanday olinadi?
Baʼzi grant dasturlarida nomzoddan sudlanmaganlik haqidagi maʼlumotnoma ham topshirish soʻraladi.
Bu hujjat ingliz tilida "Police Clearance", "Police Clearance Certificate", "Criminal Record Certificate" yoki "Certificate of Criminal Record" deb ataladi.
Mazkur hujjatni qayerdan va qanday olish mumkin?
Buning 2 usuli bor:
1-usul. Istalgan tumandagi Davlat xizmatlari markaziga pasportingiz bilan borasiz va sudlanmaganlik haqida maʼlumotnoma olish uchun kelganingizni aytasiz. Xodim maʼlumotnomani olish yuzasidan arizani toʻldirib beradi.
Keyin BHMning 3% miqdorida toʻlov qilinadi.
Soʻng 2 ish kuni ichida maʼlumotnoma tayyor boʻladi. Borib, olib kelaverasiz.
Agar siz boshqa viloyatda oʻqiyotgan boʻlsangiz maʼlumotnomani olish uchun oʻzingizning viloyatga borishingiz shart emas. Oʻqiyotgan viloyatingizdagi istalgan Davlat xizmatlari markazidan mazkur maʼlumotnomani olishingiz mumkin.
Masalan, asli navoiyliksiz, lekin Toshkentda oʻqiysiz. Shunda Toshkentdagi istalgan Davlat xizmatlari markazidan olaverasiz.
2-usul: Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali onlayn tarzda oʻzingiz mustaqil olishingiz mumkin. Bunda maʼlumotnoma taxminan yarim soatda tayyor boʻladi.
Bu uchun:
– Portalga kirasiz.
– Kirish tugmasini bosib, OneID orqali (agar OneID boʻlsa) tizimga kirasiz. OneID boʻlmasa, roʻyxatdan oʻtasiz.
– Keyin portaldagi xizmatlar roʻyxatidan Maʼlumotnomalar boʻlimi tanlaysiz.
– Sudlanmaganlik (yoki sudlanganlik) toʻgʻrisida maʼlumotnoma boʻlimiga kirasiz.
– Xizmatdan foydalanish tugmasini bosasiz va kerakli maʼlumotlarni kiritasiz.
– To'lovni amalga oshirasiz (Upay, Payme yoki Click ilovalari orqali).
Qiziq holat
Aslida dasturlar sizning sudlanmaganligingizni isbotlovchi maʼlumotnomani soʻraydi. Lekin bu hujjat Oʻzbekistonda “Sudlanganlik haqida maʼlumotnoma” deyiladi.
Nomi shunaqa vahimali boʻlsa ham, mana shu hujjat sizning sudlanmaganligingizni isbotlovchi maʼlumotnoma hisoblanadi (agar sudlanmagan boʻlsangiz).
Shu sababli maʼlumotnomada “Sudlanganlik haqida” soʻzini koʻrib, qoʻrqib ketmang. 😃
BU YERDAGI rasmda sudlanmaganlikni tasdiqlovchi maʼlumotnoma keltirilgan. Rasm bir oz tartibsiz yerda olingan, lekin koʻrib olishga boʻlaveradi: boriga baraka ;)

Telegraph
Police Clearance
Sudlanmaganlik haqida maʼlumotnoma
Slovakiya Respublikasi Milliy Stipendiyasi almashinuv dasturi bo'yicha BEPUL mentorlik kursi
Koʻplab nomzodlarning talabiga binoan, Slovakiya Respublikasining NSP almashinuv dasturi boʻyicha to'liq va professional mentorlik kursi tashkil etilmoqda.
Kurs kimlar uchun?
Bakalavrni kamida 2,5 yilini tugatgan hozirda 3-4-kurs talabalari, magistr va PhD talabalari uchun.
Kursning asosiy jihatlari:
– Bu grantni yutish imkoniyatingizni oshiradi.
– Dasturga hujjat tayyorlash jarayoni bosqichma-bosqich tushuntiriladi.
– Har bir hujjatning qay tartibda tayyorlanishi alohida oʻrgatiladi.
– Asosiysi, kursda ishtirok etish mutlaqo bepul.
Kurs kim tomonidan olib boriladi?
Kurs Slovakiya Respublikasi Milliy stipendiyasi almashinuv dasturi 2 karra gʻolibasi Ozodaxon O'ktamova tomonidan olib boriladi. Ma'lumot uchun, Ozodaxonning avvalgi mavsumlarda tashkil etgan kurslarida qatnashgan ishtirokchilar barchasi ushbu grantni yutishga muvaffaq boʻlgan.
Kurs mashgʻulotlari qachon, qay tartibda olib boriladi?
Darslar telegram guruhida onlayn tarzda bo'lib o'tadi. Kurs 2023-yil 19-martdan boshlanadi.
Bu stipendiya dasturiga qabul boshlandimi?
2023-yil 13-mart sanasi holatiga koʻra, hali boshlanmadi. Qabul mart oyining 2-yarmida ochilishi kutilmoqda.
Kurs haqidagi savollaringizni izohlar qismida qoldirishingiz mumkin.
Kursga qatnashmoqchi boʻlganlar quyidagi Telegram hisobga murojaat qilishi mumkin: @GN_work
👉 NSP stipendiya dasturi haqida batafsil

Bugun oʻqish bepul boʻlgan navbatdagi oliygoh – Germaniyaning Myunxen shahrida joylashgan Ludwig Maximilian University of Munich (LMU) universitetining magistratura bosqichida oʻqish haqida maʼlumot beramiz.
Hozirda 52 mingga yaqin talaba oʻqiydigan mazkur universitet dunyoning eng nufuzli oliygohlaridan biridir. Jumladan, LMU, 2023-yil mart oyi holatiga koʻra, THE reytingi boʻyicha dunyoning eng yaxshi oliygohlari roʻyxatida 33-oʻrinni egallab turibdi.
Xarajatlar
– LMUda magistratura bosqichida oʻqish mahalliy talabalar uchun ham, xorijiy talabalar uchun ham bepul, yaʼni kontrakt summasi toʻlanmaydi.
– Biroq talaba har semestrda semestr badali va transport chiptasi uchun toʻlov qilishi kerak. Bu toʻlov 2023-yil mart oyi holatiga koʻra, quyidagicha (keyingi semestrlarda biroz oʻzgarishi mumkin):
a) semestr badali (1 semestr uchun) – 62 yevro;
b) transport chiptasi (1 semestr uchun) – 66,5 yevro. Chipta talabaga jamoat transportidan bepul foydalanish imkonini beradi.
Universitetda bundan boshqa toʻlov mavjud emas.
ESLATMA: Ayrim qoʻshma (boshqa taʼlim muassasasi bilan birga oʻtiladigan) magistrlik dasturlari uchun kontrakt summasi toʻlanadi. Bu summa LMUga emas, 2-taʼlim muassasasiga toʻlanadi.
Yoʻnalishlar
Magistrlik yoʻnalishlari nemis yoki ingliz tilida oʻqitiladi. Ayrim nemis tilida oʻqitiladigan yoʻnalishlar ingliz tilini ham bilishni talab qilishi mumkin.
Hozirda universitet 31 ta ingliz tilida oʻqitiladigan magistrlik yoʻnalishlarini taklif etadi. Ularning toʻliq roʻyxati – BU YERDA.
Nemis tilida magistrlik oʻqitiladigan yoʻnalishlar bilan BU YERDA tanishing.
Talablar
Ingliz tilidagi yoʻnalishlarda oʻqish uchun nomzoddan, yoʻnalishiga qarab, IELTS 6.5 yoki 7.0 soʻraladi.
Nemis tilida oʻqitiladigan yoʻnalishlar uchun odatda nemis tilini C1 darajada bilish va buni til sertifikati (TestDAF yoki boshqa) bilan isbotlash lozim.
Qabulga oid boshqa talablar yoʻnalishga qarab nihoyatda farq qiladi. Shu sababli barcha talablar bilan kerakli magistrlik yoʻnalishi sahifasiga kirish orqali tanishib chiqishingiz mumkin.
Hujjatlar
Barcha yoʻnalishda qabul uchun soʻraladigan hujjatlar quyidagilardan iborat:
– Onlayn ariza shakli (saytda toʻldiriladi)
– Bakalavriatdagi baholar
– CV
– Til sertifikati
Yoʻnalishga qarab, yuqoridagilardan boshqa hujjatlar ham soʻralishi mumkin.
Qabul sanalari
Aksariyat yoʻnalishlarga yiliga 2 marta – qishki va kuzgi semestr uchun qabul boʻladi.
Lekin qabul sanalari ham yoʻnalishga qarab juda farq qiladi. Masalan, hozir (2023-yil 14-mart) kuzgi yoki qishki semestr uchun hozirda ariza qabul qilinayotgan yoʻnalishlar ham, kuzgi semestrga qabul tugaganlari ham, qishki semestr uchun hali boshlanmaganlari ham bor.
Qabul sanalarni bilish uchun kerakli yoʻnalish sahifasiga tashrif buyuring (yuqorida nemis va ingliz tilidagi yoʻnalishlar uchun havola berilgan).

Aprelda qabul tugaydigan dasturlar
Eʼtiboringizga 2023-yil aprel oyida qabul tugaydigan dasturlar roʻyxatini taqdim etamiz.
👉 Talabalar, OTM oʻqituvchilari va tadqiqotchilariga Latviyadagi yozgi maktablar uchun grantlar! (dedlayn: 1-aprel)
👉 Latviyada barcha bosqichlarda oʻqish uchun oyiga 700 yevrogacha stipendiya! (dedlayn: 1-aprel)
👉 Hajviy she'rlar uchun Wergle Flomp Humor Poetry Contest tanlovi: mukofot – 2000 AQSh dollari! (dedlayn: 1-aprel)
👉 Bakalavriat va magistratura uchun Koreya milliy san’at universitetining AMA+ toʻliq granti! (dedlayn: 3-aprel)
👉 Coe College: AQSHda bakalavriat bosqichida oʻqish uchun toʻliq grant! (dedlayn: 3-aprel)
👉 Oxford University: Ayol-qizlarga Executive MBA kursida tahsil olish uchun qisman grantlar (dedlayn: 3-aprel)
👉 Italiyada joylashgan Calabria universitetida magistraturada oʻqish uchun 240 ta toʻliq grant! (dedlayn: 12-aprel)
👉 JACAFA: Bakalavriat talabalari uchun 2 yil davomida 110 oylik stipendiya olish imkoniyati! (dedlayn: 15-aprel)
👉 OIST Research Internship: Yaponiyada xarajatlari toʻliq qoplanuvchi amaliyot dasturi! (dedlayn: 15-aprel)
👉 SABF: Barcha bosqich talabalari uchun Argentinada 3 kunlik forum – xarajatlar qoplanadi; joy 100 ta! (dedlayn: 16-aprel)
👉 Jurnalist, bloger va tadqiqotchilar uchun Germaniyada 2 haftalik bepul yozgi maktab; transport, turar joy va oziq-ovqat xarajatlari qoplanadi! (dedlayn: 22-aprel)
👉 The Geneva Challenge 2023 tanlovi: pul mukofoti va Shveytsariyaga bepul sayohat! (dedlayn: 23-aprel)
👉 Dubayda biznes sohasi boʻyicha barcha xarajatlari qoplanadigan 9 oylik oʻqish va amaliyot dasturi! (dedlayn: 23-aprel)
👉 Bristol Short Story Prize: havaskor va professional yozuvchilar uchun hikoyalar tanlovi; sovrinli oʻrinlar 20 ta! (dedlayn: 26-aprel)
👉 Anthem Essay Contest: Maktab, kollej va litsey oʻquvchilari uchun insholar tanlovi; sovrinli oʻrinlar – 84 ta! (dedlayn: 28-aprel)
👉 Talabalar va maktab, kollej hamda litseyning oxirgi sinf/kurs oʻquvchilari uchun insholar tanlovi! (dedlayn: 28-aprel)
👉 The Fountainhead Essay Contest: insho yozib, 5000 dollargacha mukofot yutib oling; sovrinli oʻrinlar 84 ta! (dedlayn: 28-aprel)
👉 “EO Global Wildlife & Natural World Photography Competition” fototanlovi: 1000 dollargacha mukofot (dedlayn: 28-aprel)
👉 Chexiya: Bakalavriat va magistraturada oʻqish uchun toʻliq grantlar (dedlayn: 30-aprel)
👉 Birlashgan Arab Amirliklaridagi Khalifa University oliygohida magistratura va doktorantura uchun toʻliq grantlar! (dedlayn: 30-aprel)
👉 Tom Howard/John H. Reid Fiction & Essay Contest: mukofoti 3000 dollargacha boʻlgan hikoya va insholar tanlovi (dedlayn: 30-aprel)
Fevral oyida qabul tugaydigan dasturlar roʻyxatini BU YERDAN topasiz.
😎 Hujjat topshirish muhlatini oʻtkazib yubormang!

AQSHda Work and Travel
Juda koʻpchilik AQSHda oʻtaladigan Work and Travel dasturi haqida maʼlumot tayyorlashimizni soʻrab yozadi.
Bunga oid bitta yaxshi, bitta yomon xabarimiz bor.
Yaxshi xabar: Work and Travel (AQSH) dasturiga oid batafsil post tayyorlab, kanalga joylaymiz.
Yomon xabar: oʻtgan yili (2022-yil) Work and Travel orqali AQSHga borgan oʻzbek talabalarning aksariyati vizasining amal qilish muddati tugagach Oʻzbekistonga qaytmagan. Yaʼni noqonuniy ravishda AQSHda qolgan (dastur tugagach, Oʻzbekistonga qaytish shart).
Shu sababli, bu yili AQSH elchixonasi Work and Travel uchun deyarli viza bermayapti. Aksariyat agentliklar bu yil ham AQSHga Work and Travel dasturi boʻyicha xizmat koʻrsatishni toʻxtatgan (deyarli viza berilmayotgani sababli).
Shunday boʻlsa-da, Work and Travel haqidagi post tayyorlab, joylashga qaror qildik. Bu yil viza berilmasa, keyingi yillarda harakat qilib koʻrish mumkin. Va postlarimiz bunda siz uchun foydali boʻladi.
Quyida Work and Travel dasturi haqida tanishasiz:
👉Summer Work and Travel: 1-qism
👉Summer Work and Travel: 2-qism
👉Summer Work and Travel: 3-qism

Work and Travel (AQSH) dasturi haqida: 1-qism
Summer Work and Travel (SWT) dasturi chet ellik talabalarga oliy taʼlim muassasasidan yozgi ta’til vaqtida AQSHda yashash va ishlash imkoniyatini beradi. Bu dastur ishtirokchilarga Amerika xalqi bilan muloqot qilish va Amerika madaniyati bilan yaqindan tanishish imkonini beruvchi almashinuv dasturidir.
Dasturning maqsadi dunyoni ta'lim va madaniy almashinuv orqali o‘rganishdan iborat bo'lib, barcha ishtirokchilardan dasturni tamomlangandan so‘ng o‘z davlatlariga qaytish va yangi tajribalarni o‘rtoqlashish kutiladi. Dastur odatda yoz oylarida bo'lib o'tadi. O'zbekistonlik talabalar 4 oy davomida (2023-yilda 20-maydan 20-sentabrgacha) dasturda ishtirok etishi mumkin. Talabalar o'qish boshlanishidan oldin o'z vataniga qaytishlari kerak.
Dasturda kimlar ishtirok eta oladi?
— AQSH hududidan tashqaridagi oliy taʼlim muassasasining bakalavriat, magistratura va doktorantura bosqichida kunduzgi (full-time) ta'lim tizimida tahsil olish va o'qishning kamida 1 semestrini yakunlagan bo'lish kerak. Bitiruvchi kurs talabalari ham ariza topshira oladi, lekin bunda ariza oʻqishni rasman bitirishdan oldin topshirilishi lozim.
— Ingliz tilida yetarlicha erkin so'zlasha olish lozim. Til sertifikati talab etilmaydi.
— Viza uchun suhbatga kirishdan avval AQSHda tegishli ishga joylashgan bo'lishi kerak. Ish topishda amerikalik homiylar bilan bog'lanish tavsiya etiladi.
ESLATMA: Sirtqi, kechki, masofaviy shaklda taʼlim olayotgan talabalar hamda kasb-hunar kollejlari talabalari dasturda qatnasha olmaydi.
Dastur manfaatli jihati qanday?
Dastur chet ellik talabalarga yozgi ta’til davomida AQSHda yashash va ishlash, shuningdek, u yerdagi mahalliy aholi bilan muloqot qilish hamda Amerika madaniyati bilan tanishish imkonini beradi.
Dastur uchun qanday ishlar taklif qilinadi, maoshlar qoniqarlimi?
Dastur uchun doimiy bo'lmagan, mavsumiy ishlar taklif etiladi. Jumladan, chakana savdo xodimi, qabulxona xodimi, texnik xizmat ko'rsatish xodimi, uy xo'jaligida yordamchi, uy-joy qo'riqchisi va istirohat bog'ida xodim kabi ishlar bilan shug'ullanishi mumkin. Ish soatlari haftasiga 40-50 soatni tashkil etadi. Maosh esa soatiga o'rtacha 8-14 AQSH dollari atrofida bo'lishi mumkin.
Davomi bor

Summer Work and Travel (AQSH)dasturi haqida: 2-qism
Dasturga ariza topshirmoqchiman, ishni nimadan boshlashim kerak?
Jarayon quyidagicha:
1. BU YERDAGI homiylar (sponsorlar) bilan bog'laning (“Program” ustunida “Summer Work and Travel” deb yozilgan homiylar bilan). Odatda harakatni sentyabr-oktyabr oylarida boshlagan ma'qul. Chunki homiy topish va ish tanlash vaqt olishi mumkin.
2. Homiy sizga turli ishlar taklifini yuboradi.
3. Ishlar bilan yaxshilab tanishing va ulardan birini tanlang. Ish tanlashda ish qaysi shtatda ekanligi, soati, majburiyatlar va oylik maoshiga e'tibor bering. ish tanlash taxminan noyabr-dekabr oylariga to'g'ri keladi.
4. DS-2019 shaklini imzolang. Ish taklifini qabul qilganingizdan so'ng, homiy sizga ushbu ariza shaklini yuboradi. Har bir ishtirokchining dasturi sanasi uning universitetidagi ta'til sanasidan avval boshlanishi yoki keyin davom etishi mumkin emas, ushbu sanalar DS-2019 shaklida aks ettirilishi lozim. Bu jarayon mart-aprel oylariga to'g'ri kelishi mumkin.
Bundan keyingi jarayon esa vizaga arizaga topshirish bilan bog'lanib ketadi. Jismoniy shaxslar DS-160 so‘rovnomasini to‘ldirish va onlayn tarzda suhbatga yozilish orqali vizaga ariza topshirishning odatiy tartibida murojaat qilishi mumkin.
Dasturida ishtirok etish uchun qanday hujjatlar talab etiladi?
— DS-160 soʻrovnomasining elektron shakli. Mazkur ariza mazkur manzil bo‘yicha elektron shaklda to‘ldirilishi mumkin. Viza turi almashinuv dasturi bo‘yicha, ya'ni ISQ dasturi uchun tanlanadi va sizning vizangiz turi J-1 bo‘ladi.
— Xorijga chiqish pasporti.
— So‘nggi 6 oy ichida olingan fotosurat. Fotosurat rangli, 5x5 sm hajmda va oq fonda bo‘lishi kerak.
— Almashinuv dasturi bo‘yicha viza olish uchun DS-2019 shakli. Mazkur shakl homiylik qiluvchi tashkilot tomonidan beriladi.
— Qo‘shma Shtatlarda sizga taklif etilayotgan ish haqida ma'lumot.
— SEVIS (Student and Exchange Visitor Information System – Talabalar va almashuv dasturlari qatnashchilari to‘g‘risidagi ma'lumot tizimi) to‘lovini tasdiqlovchi I-901 yoki I-797 shakli. Odatda bu hujjat homiy tashkilot tomonidan beriladi.
— Talabalik maqomini tasdiqlovchi hujjatlar, masalan, talabalik guvohnomasi, reyting daftarchasi va h.k.
Dasturga ariza topshirish uchun hech qanday agentliklarsiz bevosita homiy bilan bog'lanish imkoni bormi?
AQSHning Toshkentdagi elchixonasi rasmiy sahifasida homiy tashkilotlar ro'yxati haqida ma'lumot berilgan. Bu ro'yxatdagi homiylar bilan bevosita bog'lanishingiz mumkin.
Lekin ko'pincha homiy tashkilotlarning mahalliy agentliklar bilan hamkorligi mavjud bo'lib, bu jarayonni osonlashtirishga xizmat qiladi. Dasturning mahalliy agentlari haq evaziga xizmat ko‘rsatadi va odatda malakali amerikalik homiy bilan bog‘langan bo‘ladi. Ishtirokchilar O‘zbekistondagi agentliklar tomonidan taklif etiladigan to‘lov va xizmatlarni solishtirishi lozim.
Quyida AQSHdagi almashinuv dasturi homiylaridan DS-2019 olishga yordam berishi mumkin bo‘lgan O‘zbekistondagi vakil tashkilotlar ro‘yxati keltirilgan:
- Exchange Uz LLC.
- GLF-Global Friends.
- International Exchange Center.
- International Exchange Center-Uzbekistan.
- J1United.
- Life Adventures Consulting.
- LLC Lifeway Consulting dba Global Friends.
- CAEP, Center For American Exchange Programs.
ESLATMA: AQSHning O‘zbekistondagi missiyasining Konsullik bo‘limi yuqoridagi shaxslar yoki firmalar tomonidan taqdim etiladigan xizmatlarning sifati yoki kasbiy mahoratlari darajasi uchun hech qanday javobgarlik yoki ma'suliyatni o‘z zimmasiga olmasligini, ushbu ro‘yxatga kiritilishi AQSh davlat departamenti yoki AQSh elchixonasi yoki AQSh bosh konsulligi tomonidan tasdiqlanmaganligi ta'kidlagan.

Summer Work and Travel (AQSH) dasturi haqida: 3-qism (oxirgi qism)
Dasturda qatnashish uchun qancha sarf-xarajat qilishim mumkin?
Dasturga ariza topshirguncha quyidagicha sarf qilishingiz mumkin:
— Vizaga ariza topshirish uchun - 160 AQSH dollari (naqd pul shaklida).
— Dasturida ishtirok etish uchun SEVIS to‘lovi - 35 AQSH dollari. Bu odatda homiy tashkilot tomonidan to'lanadi.
Bundan tashqari, AQSHga yetib olguncha:
— AQSHga borish-kelish aviachipta xarajati uchun - taxminan 1100 AQSh dollar.
— Agentlik bilan ishlasangiz, qo'shimcha agentlik to'lovini ham qilishingizga to'g'ri keladi.
Sarflagan xarajatlarimni qoplay olamanmi?
Bu to'liq siz va siz tanlagan ishga bog'liq. Aksariyat hollarda o'zbeklar haftasiga o'rtacha 400-500 AQSh dollargacha topishi mumkin. Agar 2 ta ishda ishlash imkoniyati bo'lsa, haftasiga 700-1000 AQSh dollargacha topish imkoniyati ham mavjud.
Davlat OTM talabalari ham ushbu dasturda ishtirok eta oladimi?
Dasturda AQSH hududida joylashmagan istalgan oliy ta'lim muassasa talabalari topshirishi mumkin. Lekin har bir ishtirokchining dastur rejasi sanasi uning universitetidagi ta'til sanasidan avval boshlanishi yoki keyin davom etishi mumkin emas, ushbu sanalar DS-2019 shakllarida aks ettirilishi lozim. Dasturda ishtirok etish uchun universitetdagi biror mashg‘ulotingizni o‘tkazib yubormasligingiz, to‘rt oy ichida ushbu dasturini tamomlab, yangi semestr boshlanishidan avval qaytib kelishingiz shart. Shuni hisobga olganda, davlat oliy ta'lim muassasalari talabalari bu dasturda ishtirok etish imkoniyati kam, xalqaro universitet talabalarida esa yuqoriroq.
Summer Work and Travel dasturi haqida ko'p berilgan savollar va uning javoblari bilan BU YERDA tanishishingiz mumkin.
MUHIM: dasturga ariza topshirishga kirishishdan oldin rasmiy saytdagi ma'lumotlar bilan batafsil tanishib chiqing.

Bugun Lyuksemburgda joylashgan va oʻqish bepul boʻlgan Lyuksemburg universiteti haqida soʻzlab beramiz.
Ushbu universitetga yaqindagina (2003-yil) asos solingan boʻlsa-da, u allaqachon dunyoning eng kuchli oliygohlari roʻyxatiga kirib ulgurgan.
Jumladan, 2023-yilgi holatga koʻra, Lyuksemburg universiteti THE reytingi boʻyicha dunyoning eng yaxshi universitetlari roʻyxatida 201-250-oʻrinni egallab turibdi.
Xarajatlar
– Lyuksemburg universitetida oʻqish uchun hech qaysi bosqichda va deyarli hech bir yoʻnalishda kontrakt summasi toʻlanmaydi.
– Lekin roʻyxatga olish toʻlovi (enrollment fee) bor. Uning miqdori bosqichga qarab farq qiladi. Bakalavriatda dastlabki 2 semestrning har biri uchun 400 yevrodan, qolgan semestrlarning har biri uchun 200 yevroda. Magistratura va doktorantura uchun semestriga 200 yevrodan.
– Magistraturaning ayrim yoʻnalishlarida kontrakt toʻlash talab etiladi (bunday kurslar kam). Bunda kontrakt summasi odatda yiliga 1600 yevrodan 24 000 yevrogacha.
Oʻqitish tili
Mazkur oliygoh koʻp tilli universitet hisoblanib, koʻpgina kurslar 2 yoki 3 tilda oʻqitiladi.
Masalan, Bachelor in Applied Information Technology yoʻnalishida darslarning 80%i ingliz, 20%i fransuz tilida olib boriladi.
Digital Engineering yo'nalishidagi darslarning esa 70%i nemis, 15%i ingliz va 15%i fransuz tilida olib boriladi.
Aytish joizki, bakalavriatda toʻliq ingliz tilida oʻtiladigan yoʻnalish mavjud emas. Shu sababli nomzodlar kamida 2 ta tilni bilishi lozim.
Bakalavriat yoʻnalishlari va darslar qaysi tillarda boʻlishi bilan BU YERDA tanishing.
Magistraturada esa toʻliq ingliz tilida oʻtiladigan yoʻnalishlar anchagina. Shuningdek, magistraturada ham 2 yoki 3 tilda oʻtiladigan yoʻnalishlar mavjud.
Magistratura yoʻnalishlari va darslar qaysi tilda oʻtilishini BU YERDA bilib oling.
Doktorantura uchun taʼlim tilim aniq koʻrsatilmagan. Bundan kelib chiqadiki, nomzod oʻz izlanishlarini xohishiga qarab yo ingliz, yo fransuz yoki nemis tilida olib borishi mumkin.
Doktorantura dasturlari bilan BU YERDA tanishing.
Oʻqish qancha davom etadi?
Oʻqish muddatlari quyidagicha:
– Bakalavriat – 3 yil.
– Magistratura – odatda 2 yil, baʼzi kurslar 1 yil.
– Doktorantura – maksimal 4 yil.
Talablar
– Bakalavriatga qabul qilinishi uchun nomzod taʼlim olib boriladigan tillarni CEFRL tizimi boʻyicha B2 yoki C1 darajada bilishi hamda buni tegishli til sertifikatlari (IELTS, TestDaf, DELF va h.k) bilan isbotlashi kerak. BATAFSIL.
– Magistratura uchun odatda nomzoddan taʼlim tilini B2 darajada bilish talab etiladi. Lekin turli yoʻnalishga qarab til talab ham farq qiladi. Til talabi boʻyicha aniq maʼlumot olish uchun kerakli yoʻnalishni tanlab, koʻrib olish mumkin.
– Doktorantura uchun aniq til talabi belgilanmagan, lekin nomzod tilni tadqiqot olib bora oladigan darajada bilishi lozim.
Qabul qachon?
Qabul odatda har yili 1-fevraldan 30-aprelgacha davom etadi. Lekin bosqichlar va yoʻnalishlarga qarab, farq qilishi mumkin. Shu sababli har bir yoʻnalishga kirib, aniq qabul muddatini bilib olish mumkin:
– Bakalavriat.
– Magistratura.
– Doktorantura.
Qabul jarayonlari bilan BU YERDA tanishing.

Apostil nima, hujjatlarimga qayerda apostil qo'ydirishim mumkin?
Apostil — bu rasmiy hujjatni imzolagan mansabdor shaxsning imzosi haqiqiyligini, imzolash vakolati mavjudligini hamda hujjatni tasdiqlagan muhr yoki shtamp bosma izi haqiqiyligini tasdiqlaydigan, Konvensiyaga muvofiq rasmiy hujjatga chet elda foydalanish maqsadida qo‘yiladigan maxsus shtamp.
Apostil qo'yish uchun qaysi tashkilotlar mas'ul?
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-dekabrdagi "Rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 732-son qarorig ko'ra:
— Tegishli hududdagi adliya organlari va muassasalaridan hamda fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlaridan chiqadigan rasmiy hujjatlar bo‘yicha — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalariga.
— Sudlardan chiqadigan rasmiy hujjatlar bo‘yicha — Oliy sudga.
— Prokuratura, tergov, surishtiruv va tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlardan chiqadigan rasmiy hujjatlar bo‘yicha — Bosh prokuraturaga.
— Ta’lim va fan sohasi tashkilotlaridan chiqadigan rasmiy hujjatlar bo‘yicha — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga.
— Boshqa rasmiy hujjatlar bo‘yicha — Tashqi ishlar vazirligiga yuboriladi.
Hujjatimni apostil qildirmoqchiman, qayerga murojaat qilishim kerak?
Apostil qildirishning 2 xil usuli mavjud:
1-usul. Yuqorida apostil qo'yish bilan qaysi organlar shug'ullanishini aytib o'tdik. Hujjatingiz turiga qarab tegishli organlarga to'g'ridan-to'g'ri murojaat qilishingiz mumkin.
2-usul: Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali onlayn tarzda oʻzingiz mustaqil olishingiz mumkin. Bunda maʼlumotnoma taxminan 2 ish kunida, zaruratga qarab 10 ish kunida tayyor boʻladi.
Bu uchun:
– Portalga kirasiz.
– Kirish tugmasini bosib, OneID orqali (agar OneID boʻlsa) tizimga kirasiz. OneID boʻlmasa, roʻyxatdan oʻtasiz.
– Keyin portaldagi xizmatlar roʻyxatidan Adliya boʻlimi tanlaysiz.
— Rasmiy hujjatlarga apostil qo'yish boʻlimiga kirasiz.
– Xizmatdan foydalanish tugmasini bosasiz va kerakli maʼlumotlarni kiritasiz.
– To'lovni amalga oshirasiz (Upay, Payme yoki Click ilovalari orqali). To'lov miqdori jismoniy shaxslar uchun BHM ning 0.18 (2023-yil 17-mart holatiga ko'ra, 54000 so'm) miqdoriga teng.
ESLATMA: xizmatdan foydalanish uchun sizga kerakli hujjatning notarial tasdiqlangan nusxasi kerak bo'ladi (elektron variantda). Hujjat ingliz tilida bo’lmagan taqdirda, apostil qilishdan avval notarial tarjima qilinishi lozim.
Qanday hujjatlarga apostil qo'yilmaydi?
Chet elda O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari tomonidan sodir etilgan rasmiy hujjatlarga; tijorat yoki bojxona operatsiyalariga to’g‘ridan-to’g‘ri aloqador bo‘lgan rasmiy hujjatlarga; O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik pasportiga, identifikatsiya ID-kartasiga, harbiy biletga qo‘yilmaydi.

Bugun AQSHning Kaliforniya shtatida joylashgan Deep Springs kolleji haqida maʼlumot beramiz.
Mazkur oliygoh 1917-yilda tashkil topgan boʻlib, AQSHdagi eng kichik oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi. Ushbu kollej har yili oʻrtacha 12-15 nafar talabani oʻqishga qabul qiladi.
Oliygohga qabul qilinganlarning barchasi avtomatik ravishda 50 ming AQSH dollaridan koʻproq boʻlgan moddiy yordam bilan taʼminlanadi va bu mablagʻ taʼlim haqi, turar joy va oziq-ovqat xarajatlarini toʻliq qoplash uchun yetarli.
Biroq qabul qilinganlardan oʻz kitoblari, tibbiy sugʻurta, safar xarajatlari va shu kabi boshqa xarajatlarning taʼminoti uchun maʼlum summada depozit qoʻyish talab etiladi. Agar talaba iqtisodiy jihatdan depozitni qoʻyishga qodir boʻlmasa, depozit summasi ham universitet tomonidan qoplanishi mumkin.
Ushbu oliygohga faqatgina bakalavr bosqichida oʻqishni xohlovchilar topshirishi mumkin, magistratura bosqichi mavjud emas.
Shuningdek, mazkur oliygohda faqatgina bitta yoʻnalish mavjud – qishloq xoʻjaligi. Boshqa yoʻnalish mavjud emas.
Asosiy talablar quyidagilardan iborat:
– Nomzod ingliz tilini bilish darajasini isbotlovchi sertifikatga ega boʻlishi lozim (kamida IELTS 6.5 yoki shunga teng boshqa xalqaro til sertifikati).
– Nomzod ushbu oliygohga qabul qilinishi uchun avval bakalavriatni bitirmagan boʻlishi lozim. Bakalavriat bosqichida oʻqiyotganlar (hali bitirmaganlar) ham hujjat topshira oladi. Biroq ular qabul qilinsa, 1-kursdan oʻqishni boshlaydi.
– Nomzod ariza topshirish muhlati tugaguncha 23 yoshdan katta boʻlmasligi kerak.
– Istalgan davlat fuqarolari hujjat topshirishi mumkin. Shuningdek, hujjat topshirishda millat, jinsi, ijtimoiy kelib chiqishga oid cheklovlar ham mavjud emas.
Talablar haqida batafsil SHU YERDA tanishing.
Hujjatlarni qabul qilish odatda har yili sentabr-oktabr oyida boshlanib, noyabr oyining birinchi 10 kunligida yakunlanadi. Hujjatlar onlayn tarzda topshiriladi.
Hujjat topshirish 2 bosqichda amalga oshiriladi.
1-bosqichda nomzodlardan bir nechta insho yozib topshirish soʻraladi. Eng oxirgi yili tushgan insho mavzulari bilan BU YERDA tnishing.
2-bosqichga oʻtganlardan esa yana bir insho, tavsiyanomalar, baholarni topshirish soʻraladi. Shuningdek, 2-bosqichga oʻtganlar Deep Springs kollejiga tashrif buyurishi, talabalar bilan biroz muddat ishlashi va darslarda qatnashib koʻrishi kerak. Yakunda ulardan intervyu olinadi va shu intervyudan muvaffaqiyatli oʻtganlar kollejga qabul qilinadi.
2-bosqich shartlari uchun AQSHga borishga iqtisodiy imkoniyati yetmaganlar uchun AQSHga bormasdan suhbat oʻtkazish yoki boshqa shakldagi muqobil variant taʼminlab beriladi.
Ushbu oliygohning yana muhim jihati mavjud: oʻqish faqat 2 yil davom etadi va mazkur oliygohda oʻqishni bitirganlar bakalarvlik diplomini olish uchun boshqa bir oliygohda oʻqishni davom ettirishi lozim.
Deep Springs kollejidagi oʻqishni bitirganlar bakalavrlik diplomini olish uchun Yale, Brown, Stanford, UC Berkeley, University of Chicago va shu kabi boshqa oliygohlarda oʻqishini davom ettirgan.
Oliygohda oʻqish bevosita ranchoda amaliy ish mashgʻulotlari bilan birga olib boriladi. Bunda har bir talaba haftasiga kamida 20 soat ishlaydi. Ushbu jarayonda talabalar turli uy hayvonlariga (qoramol, ot va h.k.) qarashni, traktor, yuk mashinasi va shu kabi dalaga ishlov berish mashinalarini haydash va boshqarishni, ferma ishlarini yuritish, ferma mahsulotlarini yetishtirish kabilarni oʻrganadi.
Deep Springs kollejidagi oʻqish jarayoni talabalarni amaliy hayotga tayyorlash, oʻz-oʻzini boshqarishga oʻrgatish kabilarga asoslangan.
MANA BU YERDA koʻp beriluvchi savollar va ularga javoblar bilan tanishishingiz mumkin.
Savolim bor edi, sizlardan soʻrasam boʻladimi?
Afsuski, bu borada alohida savollarga javob bera olmaymiz. Universitet saytida barcha maʼlumotlar berilgan. Savollaringiz boʻlsa, saytga kirib, mustaqil javob topishingiz mumkin.
P.S. Nomida “kollej” soʻzi boʻlsa-da, mazkur oʻquv yurti oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi. AQSHda universitetlar “kollej” deb ham ataladi.

Deep Springs
Latviyadagi 9 ta yozgi maktab va ular uchun grantlarga ariza topshirishda professional yordam!
@grantlar_namuna jamoasi Latviyadagi yozgi maktablar va ular uchun moʻljallangan grantlarga hujjat topshirishda amaliy yordam taklif etadi.
Bu maktablarda kimlar qatnashishi mumkin?
Talabalar, OTM oʻqituvchilari va tadqiqotchilari qatnashishi mumkin.
Xizmat kim tomonidan ko'rsatiladi?
Xizmat AQSH va Vengriyaga to'liq grant yutgan, turli dasturlarga hujjat topshirishda keng tajribaga ega mutaxassis tomonidan amalga oshiriladi.
Avvalgi yillar @grantlar_namuna jamoasi xizmatidan foydalanib, shu yozgi maktablarga hujjat topshirgan 4 nafar talabaning 1 nafari to'liq grant yutgan, 3 nafari esa o'z hisobidan qatnashish uchun qabul qilingan (yaʼni 100% lik natija). Bu xizmatning qanchalik sifatli ekanini ko'rsatadi.
Xizmat nimalarni o'z ichiga oladi?
1. CV tayyorlab beriladi.
2. Motivatsiya xati yozishda amaliy yordam ko'rsatiladi.
3. Onlayn ariza to'ldirib beriladi.
Bu maktablarga arizalar 2023-yil 1-aprelgacha qabul qilinadi.
Xizmat to'lov asosida amalga oshiriladi. Batafsil maʼlumot olish va xizmatdan foydalanish uchun murojaat qiling: @GN_work

Hujjat topshirish jarayonlari
Slovakiya Respublikasi Milliy Stipendiyasi almashinuv dasturi bo'yicha BEPUL mentorlik kursi Koʻplab nomzodlarning talabiga binoan, Slovakiya Respublikasining NSP almashinuv dasturi boʻyicha to'liq va professional mentorlik kursi tashkil etilmoqda. Kurs…
Slovakiya Respublikasi Milliy Stipendiyasi almashinuv dasturi bo’yicha BEPUL mentorlik kursiga bugundan start beriladi.
Kurs vaqti va o’tkazilish joyi:
1-dars bugun 21:00 da onlayn telegram guruhda bo’lib o’tadi.
Kurs davomida quyidagi hujjatlarni muvaffaqiyatli tayyorlash usullari o’rgatiladi:
— CV tayyorlash
— Motivatsion xat yozish
— O’quv rejasi tuzish
— Tavsiyanoma yozish
— Baholar tarjimasi va boshqalar.
Kursga qatnashmoqchi bo’lganlar quyidagi Telegram hisobga murojaat qilishlari mumkin: @GN_work

Bugun xalqaro talabalar bepul tahsil olishi mumkin boʻlgan universitetlardan biri – Germaniyada joylashgan Berlin ozod universiteti haqida maʼlumot beramiz.
1948-yilda tashkil topgan mazkur universitetda 32 mingga yaqin talaba tahsil oladi. Universitet dunyoning eng nufuzli oliygihlaridan biridir, jumladan, 2023-yilgi holatga koʻra, QS reytingi boʻyicha dunyodagi TOP universitetlar roʻyxatida 118-oʻrinda turibdi.
Berlin ozod universitetida, bakalavrdan keyingi bosqichdagi ayrim kurslardan tashqari, barcha kurslarda oʻqish bepul.
Talabalar taʼlim pulini toʻlashmaydi, lekin har semestrda toʻlanishi kerak boʻlgan kichik miqdordagi maʼlum badal va toʻlovlar mavjud. Masalan, 2023-yilning yozgi semestri uchun har ushbu oliygohda oʻqiyotgan har bir talaba 322,9 yevro toʻlashi kerak. Bundan boshqa toʻlov yoʻq.
Ushbu 322,9 yevro talabalar birlashmasi badali, transport chiptalari uchun badal, roʻyxatdan oʻtish haqi, ijtimoiy fond badali, talabalarga xizmat koʻrsatish markazi uchun badal kabilarni oʻz ichiga oladi.
Mazkur oliygoh talabalariga bir yilda 90 kun ishlashga qonunan ruxsat etiladi.
Universitetda mavjud yoʻnalishlar juda koʻp. Biroq bakalavriat bosqichidagi yoʻnalishlarning deyarli barchasi nemis tilida oʻqitiladi (ingliz tilidagi yoʻnalishlar ham bor, lekin kam). Bakalavriatdan boshqa bosqichlarda ingliz tilida oʻqitiluvchi dasturlar va sohalar anchagina.
Quyida universitetda mavjud sohalar bilan tanishishingiz mumkin:
– Bakalavriat yoʻnalishlari;
– Magistratura yoʻnalishlari;
– Doktorantura yoʻnalishlari.
Magistratura va bakalavriat bosqichlarida ingliz tilida oʻqitiladigan yoʻnalishlar roʻyxati bilan SHU YERDA tanishishingiz mumkin.
Nemis tilida oʻqitiladigan yoʻnalishlar nomzoddan nemis tilini bilish darajasini isbotlovchi hujjat (sertifikat); ingliz tilida oʻqitiladigan yoʻnalishlar esa ingliz tilini bilish darajasini isbotlovchi hujjat (sertifikat) talab etadi.
Qabul odatda yiliga ikki marta amalga oshiriladi (baʼzi bosqichlarda 3 marta).
Magistraturada qishki semestrdan boshlab oʻqish uchun arizalar aprel-may oylarida; yozgi semestrdan boshlab oʻqish uchun yanvar-fevral oylarida qabul qilinadi.
Bakalavriatda qishki semestrdan boshlab oʻqish uchun arizalar iyun-iyul oylarida; yozgi semestrdan boshlab oʻqish uchun dekabr-yanvar oylarida qabul qilinadi.
Xalqaro talabalarning Berlin ozod universitetiga qabul jarayoni, dasturlar va boshqa maʼlumotlar bilan SHU YERDA toʻliq tanishing.

NSP dasturi uchun Slovak Universitetlaridan qabul xati olish
NSP dasturiga ariza topshirishda eng muhim jarayonlardan biri Slovak universitetlaridan qabul xati (acceptance letter) olishdir. Ushbu postimizda qanday qilib universitetga bog’lanish haqida gaplashamiz.
Jarayon quyidagicha:
1. Universitet tanlang. NSP dasturining rasmiy sahifasida oliy o’quv yurtlari ro’yxati berilgan. Ro’yxat bilan BU YERDA tanishishingiz mumkin. Ulardan o’z yo’nalishingizga mosini tanlang.
2. Fakultet sahifasiga o’ting. Har bir universitet rasmiy saytida fakultetlar bo’limi mavjud. Tegishli fakultet tanlang.
3. Xalqaro aloqalar bo’limi bilan aloqaga chiqing. Fakultet bo’limida xalqaro aloqalar bo’limiga (international cooperation department) o’ting. Shu bo’limda aloqa (contacts) qismi mavjud bo’lishi kerak.
Agar siz yuqoridagi ketma-ketlikda qidirib aloqa uchun kontakt topa olmasangiz, universitetning bosh sahifasida “Staff” bo’limidan turli email manzillar topishingiz va xalqaro aloqalar bilan shug’ullanuvchi bo’limga bog’lanish uchun kontakt manzil so’rashingiz mumkin. Keyin esa ularga email yozasiz.
Email taxminan shu ko’rinishda bo’ladi:
Dear International Department,
I am [your name], an applicant for the National Scholarship Program of the Slovak Republic (https://www.scholarships.sk/) and I am writing to inquire about obtaining an acceptance letter from your university. Could you please let me know what documents I should send you in order to receive an acceptance letter from the faculty of [faculty name]
I am attaching my CV below. I am happy to provide further information should you require any.
I look forward to hearing from you soon.
Sincerely,
[Your Name]
Emailga CV qo’shib yuborishingiz ishingizni 2 barobar tezlashtiradi. Email yuborilgandan so’ng 1-3 kun mobaynida sizga javob qaytarishadi va qanday hujjatlar/ma’lumotlar kerak bo’lishini aytishadi. Yuborilgan hujjatlaringiz ma’qul kelsa, 3-7 kun ichida sizga qabul xati yuboriladi.
Eslatma: yuqoridagi email namunaviy shakldir. Aynan shunday yozish shart emas, boshqacha ifoda, gap yoki tuzilishdan foydalanib email yozishingiz ham mumkin.