#Natija #3
Yana bir talaba @grantlar_namuna jamoasi ko'magida grant yutib oldi!
Saidahmadjon Maxmudov - 2000-yil Xorazm viloyatida tug'ilgan. Hozir O'zbekiston Milliy Universitetining Taekvando va sport tadbirlarini tashkil qilish va boshqarish yo'nalishi ikkinchi bosqichida davlat granti asosida tahsil oladi.
Saidahmadjon Latviyaning Turiba universitetida bo'lib o'tadigan “Business + Communication = New normal” nomli yozgi maktab uchun Latviya hukumati stipendiyasini yutib oldi.
Grant yozgi maktabda qatnashish haqini (turar joy, oziq-ovqat, leksiya va seminarlar, ekskursiyalar hamda madaniy mashg'ulotlar to'lovini) toʻliq qoplab beradi.
Biroq talaba borish va qaytish uchun aviachipta, viza, sug'urta xarajatlarini o'zi qoplashi kerak. Yozgi maktab 2021-yilning 4-avgustidan 15-avgustigacha boʻlib oʻtadi.
Saidahmadjon yozgi maktab stipendiyasiga hujjat tayyorlashda @grantlar_namuna jamoasidan bevosita maslahat va ko'mak olgan talabalardan biridir.
Quyida Saidahmadjonning stipendiya uchun topshirgan inshosi bilan tanishasiz:
👉 INSHONI KO'RISH 👈
Eslatma: inshodan faqat o'rganish maqsadida foydalaning. Boshqa shaxsning inshosini ko'chirib, o'ziniki sifatida topshirish plagiarizm hisoblanadi. Plagiarizm maxsus dasturda aniqlanadi va ko'chirgan nomzodning arizarsi rad etiladi.
@grantlar_namuna

MEXT Research Student grantini yutgan talabaning hujjatlari
Bugun 2019-yildagi qabulda MEXT Research Student grantini yutib olgan oʻzbek talabaning toʻliq hujjatlarini joylaymiz (yapon tilida topshirgan). Talaba hozirda (2021-yil may) Yaponiyaning Osaka universitetida tadqiqotchi talaba sifatida (Non-regular dasturida) oʻqiyapti.
Talaba shaxsiy maʼlumotlarini oshkor qilmasligimizni soʻragani sababli uning ism-familiyasi keltirilmaydi.
Grant sohibi oʻz shaxsiy tajribasidan kelib chiqib, quyidagi fikrni bildirdi:
“Men MEXT grantiga 2 marta hujjat topshirib, ikkinchisida grant sohibi boʻlganman.
Birinchi martasida suhbat bosqichiga oʻtgan boʻlsam-da, suhbatdan yiqilganman. Bunga asosiy sabablari quyidagilar deb bilaman:
a) baholarim unchalik yaxshi emasdi (73%);
b) yapon tilida oʻqish uchun topshirganman, lekin yapon tili darajasi yetarlicha boʻlmagan;
c) ilmiy ish rejasi yaxshi yozilmagan deb hisoblayman.
Ikkinchi yilda baholardan tashqari qolgan kamchiliklarni toʻldirib, hujjat topshirganman. Faqat yapon tili boʻyicha tayyorlanganman.
Til darajasi bilan birga oʻz sohangizda ham nima qilishingizni aniq bilishingiz kerak. Aks holda yapon tili va ingliz tilidan top darajada boʻlsangiz ham oʻtishingiz qiyin.
Yozma imtihon va suhbat uchun alohida tayyorlanganman. Ikkinchi marta topshirishimda yana bir sherigim bilan birga tayyorlanganman. Ikkalamiz ham mazkur granti yutib olganmiz.
MEXT grantiga topshirish uchun oʻqishingiz, kelajakdagi faoliyatingiz boʻyicha aniq maqsadlaringiz boʻlgani maʼqul. Oʻsha paytda qoʻygan maqsadlarim hozirgacha oʻzgargan emas. MEXT granti faqat moddiy jihatdan moliyalashtiradi. Universitetni tanlash, unga hujjat topshirish kabilarni oʻzingiz mustaqil bajarasiz. Buni unutmang.
Barchaga omad tilayman”.
Bugun talabaning quyidagi hujjatlarini eʼtiboringizga havola qilamiz:
👉 Ariza shakli
👉 O'qish sohasi va tadqiqot rejasi (Field of Study and Study Plan
👉 Tavsiyanoma
👉 Diplom ishi konspekti (bayoni)
👉 Baholar
👉 Tibbiy maʼlumotnoma
👉 Universitetlar tanlovi (Place of Preference)
👉 Yapon tili sertifikati (JLPT)
Eslatmalar:
1. Hujjatlarda talabaning soʻrovi bilan shaxsiy maʼlumotlar oʻchirilgan.
2. Yapon tilidagi shakllarni baʼzi kompyuterlarda toʻliq oʻqimasligi mumkin.
3. MEXT Research Student dasturi haqida oldingi post BU YERDA.
Hujjatlari bilan boʻlishgan talabaga oʻz minnatdorchiligimizni bildiramiz va kelajakdagi faoliyatida muvaffaqiyat tilaymiz.

Application form 2020.pdf
449.2 KB
MEXT Research Student grantini yutgan talabaning topshirgan ariza shakli
Arizadagi asosiy savollarga berilgan javoblar yapon tilida. Ingliz tilida topshirmoqchi boʻlganlar Google Translate orqali hujjat matinini ingliz tiliga tarjima qilib, oʻqib koʻrishlari mumkin.
OGOHLANTIRISH: Hujjatlardan faqat o'rganish maqsadida foydalaning. Boshqa shaxsning inshosini koʻchirib, oʻziniki sifatida topshirilgan holatlar (plagiat) maxsus dasturlar orqali aniqlanadi va arizaning rad etilishiga olib keladi.

Field of Study and Research Plan 2020.pdf
1.3 MB
MEXT Research Student grantini yutgan talabaning Oʻqish sohasi va Tadqiqot rejasi
Hujjat yapon tilida. Ingliz tilida topshirmoqchi boʻlganlar Google Translate orqali hujjat matinini ingliz tiliga tarjima qilib, oʻqib koʻrishlari mumkin.
OGOHLANTIRISH: Hujjatlardan faqat o'rganish maqsadida foydalaning. Boshqa shaxsning inshosini koʻchirib, oʻziniki sifatida topshirilgan holatlar (plagiat) maxsus dasturlar orqali aniqlanadi va arizaning rad etilishiga olib keladi.
@grantlar_namuna
Hujjat yapon tilida. Ingliz tilida topshirmoqchi boʻlganlar Google Translate orqali hujjat matinini ingliz tiliga tarjima qilib, oʻqib koʻrishlari mumkin.
OGOHLANTIRISH: Hujjatlardan faqat o'rganish maqsadida foydalaning. Boshqa shaxsning inshosini koʻchirib, oʻziniki sifatida topshirilgan holatlar (plagiat) maxsus dasturlar orqali aniqlanadi va arizaning rad etilishiga olib keladi.
@grantlar_namuna
Recomandation form.pdf
456 KB
MEXT Research Student grantini yutgan talabaga dekani tomonidan berilgan tavsiyanoma (ingliz tilida)
Talaba tavsiyanoma uchun grant tashkilotchilari ishlab chiqqan shakldan foydalangan. Lekin bu shakldan foydalanish majburiy emas. Tavsiyanomani erkin, boshqa shaklda yozsa ham boʻladi.
OGOHLANTIRISH: Hujjatlardan faqat o'rganish maqsadida foydalaning. Boshqa shaxsning inshosini koʻchirib, oʻziniki sifatida topshirilgan holatlar (plagiat) maxsus dasturlar orqali aniqlanadi va arizaning rad etilishiga olib keladi.
@grantlar_namuna
Talaba tavsiyanoma uchun grant tashkilotchilari ishlab chiqqan shakldan foydalangan. Lekin bu shakldan foydalanish majburiy emas. Tavsiyanomani erkin, boshqa shaklda yozsa ham boʻladi.
OGOHLANTIRISH: Hujjatlardan faqat o'rganish maqsadida foydalaning. Boshqa shaxsning inshosini koʻchirib, oʻziniki sifatida topshirilgan holatlar (plagiat) maxsus dasturlar orqali aniqlanadi va arizaning rad etilishiga olib keladi.
@grantlar_namuna
Diplom ishi konspekti.pdf
472.4 KB
MEXT Research Student grantini yutgan talabaning diplom ishi konspekti (Bakalvrlik darajasi uchn yozilgan diplom ishi)
Konspekt yapon tilida. Ingliz tilida topshirmoqchi boʻlganlar Google Translate orqali hujjat matinini ingliz tiliga tarjima qilib, oʻqib koʻrishlari mumkin.

Tibbiy maʼlumotnoma.pdf
722.9 KB
MEXT Research Student grantini yutgan talabaning poliklinikadan olgan tibbiy maʼlumotnomasi
Mazkur maʼlumotnoma shakli tayyor berilgan boʻladi. Siz uni yuklab olib, istalgan shifoxona (poliklinika)da toʻldirishingiz mumkin. Maʼlumotnma shifokor imzosi va shifoxona (poliklinika) muhri bilan tasdiqlanishi shart.
Biroq maʼlumotnomadagi maʼlumotlar ingliz va yapon tilida. Maʼlumotnoma ham ingliz tilida toʻldirilishi kerak.
Shifokorlarning aksariyati ingliz tilini bilmasligi mumkin. Shu uchun aynan qanday tekshiruvlarni qilish soʻralayotganini tarjima qilib, tushuntirish kerak boʻladi.
Afsuski, mazkur maʼlumotnomadagi shifokor yozuvlari yaxshi koʻrinmagan.

JLPT.pdf
1.9 MB
MEXT Research Student grantini yutgan talabaning yapon tilini isbotlovchi sertifikati
Talaba yapon tilida oʻqish uchun topshirgan va hujjat topshirgan paytda JLPT N2 darajaga ega boʻlgan.
Lekin bu grantga topshirayotgan nomzodda til sertifikati (JLPT, IELTS va h.k.) boʻlishi MAJBURIY EMAS.
Chunki yozma imtihonda nomzodning til darajasi tekshiriladi. Agar til sertifikati boʻlsa, topshiriladi. Boʻlmasa, topshirilmaydi.

Baholar.pdf
3.6 MB
MEXT Research Student grantini yutgan talabaning bakalavriat bosqichida olgan baholari (diplom ilovasi)
Talabaning baholari oʻrtachasi 100 ballik tizimida 73% boʻlgan. Demak, 73% lik oʻrtacha baho koʻrsatkichi bilan ham mazkur grantni yutsa boʻladi.
Bakalavriatning 4-kursida oʻqiyotganlar ham bu grantga topshira oladi. Lekin hali diplom olmagani sababli diplom ilovasini topshira olmaydi. Bunday vaziyatda talabaning oʻzi hozirgacha oʻtgan fanlarini inglizchaga tarjima qilib, ularning bahosini qoʻyib universitetdan muhr va imzo bilan tasdiqlatib topshirishi mumkin.

MEXT Research Student grantini yutgan talabaning universitetlar tanlovi (Place of Preference)
@grantlar_namuna
@grantlar_namuna
#Natija #4
2021-yilda JACAFA stipendiyasini yutib olgan talaba hujjatlari
Jo’rayev Xushnazar Bahodir-o’g’li – 2021-yilda JACAFA stipendiyasi sohibi boʻldi.
Xushnazar 2002-yil 25-may kuni Qashqadaryo viloyati G’uzor tumanida tug’ilgan. 2019-yil G’uzor tumanidagi 68-sonli davlat ixtisoslashtirilgan maktab internatini bitirgan. Hozirgi kunda (2021-yil may) Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti 2-kurs talabasi.
Xushnazar stipendiyaga hujjat topshirishda kanalimizga joylangan hujjat namunalari va postlardan ham foydalangan.
Bugun Xushnazarning JACAFA stipendiya dasturiga topshirgan hujjatlarini eʼtiboringizga havola qilamiz.
👉 Xushnazar yozgan insho
👉 Xushnazarga berilgan 1-tavsiyanoma
👉 Xushnazarga berilgan 2-tavsiyanoma
👉 Xushnazar topshirgan CV
Xushnazar bilan Grantlar.uz sayti suhbat ham qildi. Suhbatni BU YERDA oʻqishingiz mumkin.

2021-yilda JACAFA stipendiyasini qoʻlga kiritgan Jo’rayev Xushnazarning yozgan inshosi
👉 INSHONI KOʻRISH 👈
OGOHLANTIRISH: Hujjatlardan faqat o’rganish maqsadida foydalaning. Boshqa shaxsning inshosini koʻchirib, oʻziniki sifatida topshirilgan holatlar (plagiat) maxsus dasturlar orqali aniqlanadi va arizaning rad etilishiga olib keladi.

Recommendation 1.pdf
247.9 KB
2021-yilda JACAFA stipendiyasini qoʻlga kiritgan Jo’rayev Xushnazarga berilgan 1-tavsiyanoma
Tavsiyanomada tavsiya beruvchining ism-familiyasi, lavozimi, kontakt maʼlumotlari va imzosi oʻchirildi.
@grantlar_namuna
Tavsiyanomada tavsiya beruvchining ism-familiyasi, lavozimi, kontakt maʼlumotlari va imzosi oʻchirildi.
@grantlar_namuna
Recommendation 2.pdf
399.3 KB
2021-yilda JACAFA stipendiyasini qoʻlga kiritgan Jo’rayev Xushnazarga berilgan 2-tavsiyanoma
Tavsiyanomada tavsiya beruvchining ism-familiyasi, lavozimi, kontakt maʼlumotlari va imzosi oʻchirildi.
@grantlar_namuna
Tavsiyanomada tavsiya beruvchining ism-familiyasi, lavozimi, kontakt maʼlumotlari va imzosi oʻchirildi.
@grantlar_namuna
Juraev Khushnazar (СV).pdf
231.4 KB
2021-yilda JACAFA stipendiyasini qoʻlga kiritgan Jo’rayev Xushnazarning CVʼsi
CVʼda ayrim shaxsiy maʼlumotlar oʻchirilgan.
@grantlar_namuna
CVʼda ayrim shaxsiy maʼlumotlar oʻchirilgan.
@grantlar_namuna
Bugun AQShda joylashgan University of Missouri (Mizzou) universitetidagi Data Science magistratura kursiga kontrakt asosida qabul qilingan o'zbek talabaning motivatsiya inshosi bilan tanishasiz.
University of Missouri yoki Mizzou, THE reytingi bo'yicha, dunyoning eng yaxshi universitetlari ro'yxatida 401-500 o'rinni, AQSh universitetlari reytingida esa 303-o'rinni egallab turibdi.
👉 Motivatsiya inshosini (motivation letter) ko'rish 👈
Eslatma: inshodan o'rganish maqsadida foydalaning. Insho matnini ko'chirish va o'ziniki sifatida topshirish plagiarizm hisoblanadi. Plagiarism maxsus dasturlar bilan aniqlanib, arizaning rad etilishiga olib keladi.

Bu yil Global UGRAD granti suhbatida qanday savollar tushdi?
2021-2022 Global UGRAD dasturiga saralashning suhbat bosqichi ham o'z nihoyasiga yetdi.
Suhbatga kirib chiqqanlardan 2 nafari suhbatda tushgan va yodida qolgan savollar bilan bo'lishdi.
Ularga tushgan savollarni e'tiboringizga havola qilamiz.
1-nomzodga tushgan savollar:
1. Tell me about yourself.
2. Why you have applied for this program?
3. What activities you would like to do in USA other than studies?
4. What difficulties you can face? How will you overcome?
5. Why diversity is important?
2-nomzoddan so'ralgan savollar:
1. Introduce yourself.

3. Do you want to do sport activities in USA?
4. What activities you would like to do in USA?
5. What is the greatest challenge you think you may face when you go to USA?
6. How you will share your experience with your friends when you go to USA?
7. If you have any questions about this programm, you can ask right now.
Tez orada suhbat bosqichidan muvaffaqiyatli o'tganlar e'lon qilinadi.
Keyingi yil shu dasturga topshirmoqchi bo'lganlar mazkur savollarni inobatga olib qo'ysa bo'ladi.
Va yodda tuting, har qanday dastur, jumladan, Global UGRAD dasturi uchun ham o'tkazilgan suhbatda yozgan inshongiz bo'yicha albatta bir nechta savol so'raladi.
P.S. UGRAD dasturiga topshirgan va hozirgacha biror xabar olmaganlar saralashdan o'tolmagan hisoblanadi.

#Avstriya
Bugun kontrakti arzon oliygoh – Vena texnologiya universiteti haqida qisqacha maʼlumot beramiz.
1815-yili tashkil etilgan mazkur oliygohda hozirda 28 mingdan ortiq talaba tahsil oladi. Universitet dunyoning eng nufuzli oliygohlari sirasiga kiradi. Jumladan, 2021-yil may oyi holatiga ko'ra, Vena texnologiya universiteti dunyodagi eng yaxshi universitetlar ro'yxatida 191-o'rinni egallab turibdi (QS reytingi bo'yicha).
Xarajatlar
– Yevropa Ittifoqi va Yevropa iqtisodiy zonasiga kirmaydigan davlatlar, jumladan, Oʻzbekiston fuqarolari uchun kontrakt toʻlovi 1 semestr uchun 726,72 yevroni (taxminan 872 AQSH dollari) tashkil etadi.
– Shunindek, kontrakt summasidan tashqari har semestrda 20,2 yevro (taxminan 25 dollar) talabalar ittifoqi badali toʻlanishi lozim.
Bosqichlar va dasturlar
Universitetda ilmiy daraja beruvchi quyidagi bosqichlarda oʻqish mumkin:
– Bakalavriat (20 ta dastur bor)
– Magistratura (31 ta dastur bor)
– Doktorantura (3 ta dastur bor)
Dasturlar roʻyxatini yuqoridagi bosqichlar ustiga bosish orqali koʻrishingiz mumkin.
Shuningdek, universitetga tayyorlov kurslari (til kurslari) ham mavjud.
Taʼlim tili
Bakalavriatdagi barcha dasturlar nemis tilida oʻqitiladi. Shu sababli nomzoddan nemis tilini bilish talab etiladi.
Nomzod bevosita bakalavriatda oʻqishni boshlashi uchun aksariyat hollarda nemis tilini C1 darajada bilishi va buni biror til setifiikati bilan isbotlashi lozim.
Biroq nemis tilida A2 darajaga ega boʻlganlar ham hujjat topshirishi mumkin. Bunda ular bevosita bakalavriatga emas, tayyorlov kursiga qabul qilinadi. Tayyorlov kursining yillik kontrakti 2000 yevrogacha boʻlishi mumkin. Tayyorlov kursi oxirida imtihon topshirib, soʻng bakalavriatga kiriladi.
Magistraturada esa nemis tilida yoki ingliz tilida oʻqitiladigan dasturlar mavjud.
Ingliz tilida oʻqitiladigan dasturlarda nemis tilini bilish talab etilmaydi, aksincha, ingliz tilini kamida B2 darajada bilish talab etiladi.
Nemis tili talablari esa xuddi bakalavriatniki bilan bir xil (A2 daraja bilan tayyorlov kursiga kirish ham bir xil).
Doktoranturani yo nemis, yoki ingliz tilida oʻqish mumkin. Til talabi aniq keltirilgan boʻlmasa-da, doktorant taʼlim tilini ilmiy izlanish olib borish darajasida bilishi kerak.
Qabul jarayoni va sanalari
Bakalavriat dasturlari 2 ga boʻlinadi:
a) qabul qilinuvchi talabalar soni belgilangan dasturlar – bunda nomzod oflayn kirish testini ham topshirishi kerak boʻladi. Agar hujjat topshirganlar soni qabul kvotasidan kam boʻlsa, test olinmasligi mumkin.
b) qabul qilinuvchi talabalar soni belgilanmagan dasturlar – bunda nomzod onlayn test topshiradi. Biroq bu test universitetga kirish uchun emas, nomzodning bilimini baholab, bilib olish uchun olinadi.
Bakalavriatga qabul jarayoni haqida batafsil maʼlumotni kerakli bakalavrlik dasturini tanlash orqali bilib olishingiz mumkin.
Magistratura bosqichiga qabulda odatda test boʻlmaydi, faqat hujjatlar asosida qabul qilinadi. Biroq ayrim hollarda talabaning koʻrsatkichlari yoki hujjatlaridan kelib chiqib, qoʻshimcha test olinishi mumkin.
Qabul sanalari bilan BU YERDA tanishing.
Hujjatlarni qabul qilish onlayn tarzda amalga oshiriladi.
Har bir bosqich uchun ariza shakli va kerakli hujjatlar ro'yxatini BU YERDAN topishingiz mumkin.
Batafsil maʼlumot uchun universitetning rasmiy veb-saytiga tashrif buyuring.

Global UGRAD g'oliblari e'lon qilindi!
Bugun 2021-2022 Global UGRAD dasturi g'oliblari e'lon qilindi. Bu yil mazkur dasturga 11 kishi qabul qilingan (8 nafar qiz, 3 nafar yigit).
Ta'kidlash joizki, hozirgacha Global UGRAD dasturiga bunchalik ko'p o'zbekistonlik talaba qabul qilinmagan. Bu yilgisi eng ko'pi bo'ldi.
Endi g'oliblar TOEFL imtihonini topshiradi (TOEFL sertifikati borlar topshirmaydi). Imtihon topshirish xarajatlari ham dastur tashkilotchilari tomonidan qoplanadi.
TOEFL sertifikati olgach, AQSHga ketishga tayyorgarlik boshlanadi.
G'oliblarni tabriklaymiz!
Agar Siz ham g'olib bo'lgan bo'lsangiz va bunda kanaldagi postlar/hujjatlarning biroz bo'lsa-da yordami tekkan bo'lsa, bizni ham bundan xabardor qilishingizni so'rardik. :)
Bu yil o'ta olmaganlarga esa kayfiyatni tushurmaslik va keyingi yil uchun yaxshiroq tayyorlanishni tavsiya qilamiz. Zero, bu yilgi g'oliblar ichida o'tgan yili o'tolmaganlar ham bor.
Harakatdan to'xtamang!

Bugun - 6-may, soat 16:00 da Zoom platformasida Education USA tomonidan Fulbright Foreign Student Program bo'yicha onlayn uchrashuv o'tkaziladi.
Uchrashuvda Fulbright dasturiga qabul talablari va saralash mezonlari haqida batafsil ma'lumot olishingiz mumkin.
Zoom uchrashuvda qatnashish uchun havola: https://cutt.ly/GbsxGtF
Eslatma: Fulbright Foreign Student Program magistratura bosqichini AQSHda to'liq grant asosida o'qish imkonini beradi.

#Natija #5
Yana bir talaba kanalimiz materiallaridan foydalangan holda grant yutib oldi!
Oydinoy Khusanova – joriy yilda 2021-2022 Global UGRAD dasturini qoʻlga kiritgan talabalardan biri.
Oydinoy 2001-yil 9-noyabr kuni Andijon viloyati Qoʻrgʻontepa tumanida tugʻilgan. 2019-yil Qoʻrgʻontepa tumanidagi 19-sonli Davlat ixtisoslashtirilgan maktab internatini bitirgan. Hozirgi kunda (2021-yil may) O'zbekiston Davlat Jahon tillari universitetida "Maktabgacha va boshlangʻich taʼlimda xorijiy til" yoʻnalishining 2 bosqich talabasi.
Oydinoy Global UGRAD dasturiga hujjatlarni tayyorlashda kanalimizga joylangan hujjat namunalari va postlardan ham foydalangan.
Bugun Oydinoyning 2021-2022 Global UGRAD dasturiga topshirgan hujjatlarini eʼtiboringizga havola qilamiz.
👉 Birinchi va ikkinchi insho
👉 1-tavsiyanoma
👉 2-tavsiyanoma
👉 Oydinoyning baholari
Ma'lumot uchun: Global UGRAD dasturi g'oliblari 1 semestr davomida AQSH universitetlaridan birida o'qib keladi. Bunda AQSHga borish va kelish hamda o'qish davomidagi barcha xarajatlar dastur tashkilotchilari tomonidan qoplanadi.
Oydinoy bilan qilingan suhbatni BU YERDA oʻqing.
Hujjatlari bilan boʻlishgani uchun Oydinoyga oʻz minnatdorchiligimizni bildiramiz va kelajakdagi faoliyatida muvaffaqiyat tilaymiz.