Hurmatli obunachilar!
Murojaat botimizga Murodbek va u yutgan grantlar haqida koʻplab savollar kelib tushyapti. Aynan hozir hamma savollarga alohida javob bera olmaymiz.
Tez orada Grantlar.uz sayti Murodbek bilan suhbat qiladi. Shunda batafsilroq maʼlumot olishingiz mumkin boʻladi.
@grantlar_namuna

Turli grantlarni, ayniqsa, toʻliq grantlarni yutish uchun baʼzida yuqori balli til sertifikati, yaxshi baho va yaxshi yozilgan inshoning oʻzi yetarli boʻlmasligi mumkin.
Toʻliq moliyalashtiruvchi nufuzli grantlarga nihoyatda koʻp nomzod ariza topshiradi. Va ularning orasida anchasi yuqorida sanalgan koʻrsatkichlarga ega boʻladi.
Xoʻsh, unda eng nufuzli grantlarni yutish ehtimolini yanada oshirish uchun nima qilish kerak?
Bu uchun oʻqishdan tashqari ham faol boʻlish, turli mashgʻulotlar bilan shugʻullanish kerak.
Masalan, quyidagi mashgʻulotlar/dasturlar grant yutishingizda hisobga olinadi:
– Volontyorlik dasturlarida qatnashish
– Amaliyot dasturlarida qatnashish
– Turli konferensiyalarda qatnashish
– Yozgi, kuzgi, qishki maktablarda qatnashish
– Turli tanlovlar va olimpiadalarda sovrinli oʻrinlarni olish
– Sport va boshqa musobaqalarda sovrinli oʻrinlarni olish
– Shaxsiy rivojlanish seminarlari, tadbirlarida qatnashish
– Shaxsiy rivojlanish kurslarida oʻqish va sertifikat olish
Agar nufuzli grantlardan birini qoʻlga kiritishni oʻylayotgan boʻlsangiz, oʻqishdan tashqari yuqorida sanalgan mashgʻulotlardan biri bilan ham shugʻullanish qattiq tavsiya qilinadi.
Ayniqsa, bunday mashgʻulot/dastur xalqaro boʻlsa yoki xalqaro tashkilotda amaliyot yoxud volontyorlik faoliyati bilan shugʻullansangiz, bu siz uchun katta “plus” boʻladi.
Bunda amaliyot yoki volontyorlik faoliyati uchun haq toʻlanishi yoki toʻlanmasligi 1-darajali boʻlmaydi (haq toʻlansa, nur ustiga nur, albatta). Aksincha, toʻplanadigan tajriba, orttiriladigan tanishlar va dunyoqarashning kengayishi siz uchun eng qimmatli aktiv vazifasini oʻtaydi.
Masalan, Toshkentdagi Amerika Kengashlari (American Councils) bugun 2-3 oy davom etadigan haq toʻlanmaydigan amaliyot dasturini eʼlon qildi.
Baʼzilar “haq toʻlanmasa, nima qilaman 2-3 oy vaqtimni sarflab” deb oʻylashi mumkin. Lekin kelajakda biror grant yoki dasturni qoʻlga kiritish uchun ushbu amaliyotda qatnashish ancha qoʻl kelishi mumkin. Ayniqsa, Amerika Kengashlarining xalqaro tashkilot ekanini hisobga olsa.
Mazkur amaliyot dasturiga oʻzbek va/yoki rus tilini “native” darajada, ingliz tilini yuqori darajada biluvchi 3 yoki 4-kurs bakalavriat bosqichi talabalari yoki magistratura talabalari qatnashishi mumkin.
Amaliyot oxirida amaliyotchilarga sertifikat va tavsiyanomalar taqdim etiladi.
Shunday ekan, imkoniyatni boy bermay, amaliyotga ariza topshirib, omadingizni sinab koʻrishingiz mumkin.
Amaliyot, unga qabul talablari, qanday hujjat topshirish haqida BU YERDA batafsil tanishing.

Oʻzbekistondagi AQSH elchixonasidan 9-10-sinf oʻquvchilari uchun bepul yozgi lager!
AQSH elchixonasi Oʻzbekistondagi 9-10-sinf oʻquvchilar uchun Samarkand–USA English Camp – 2021 yozgi lagerini eʼlon qildi. Mazkur yozgi lagerda qatnashish mutlaqo BEPUL.
Lager 2021-yil 20-iyundan 18-iyulgacha Samarqandda boʻlib oʻtadi.
Lagerdagi mashgʻulotlar davomida ishtirokchilar quyidagi imkoniyatlarga ega boʻladi:
– ingliz tilini rivojlantirish
– Amerika haqida oʻrganish
– butun Oʻzbekistondan yangi doʻstlar orttirish
– musiqa, raqs, sanʼat va sport
– Samarqand boʻylab tarixiy obidalar, diqqatga sazovor joylarga tashrif buyurish
– va toʻliq 1 oy davomida navqiron Samarqandda koʻngil ochish
Ishtirokchilar yotoqxonalarga joylashtiriladi va 1 oy davomida Samarqand davlat chet tillari institutidagi maxsus darslarga qatnaydi.
Lager uchun arizalar 2021-yil 10-may, soat 18:00 gacha qabul qilinadi.
Ishtirok etish uchun koʻrsatilgan sanagacha BU YERDA ariza topshirish kerak.
👉 Koʻp beriladigan savollar

AQSHning 15 ta universitetiga grant asosida qabul qilingan Murodbek Usmonov bilan suhbat
“Imtihonlarga (SAT, IELTS) tayyorgarlik koʻrish va universitetlarga topshirish uchun 1 dollar ham sarflamadim. IELTS va SATʼga internetdagi tayyor manbalar orqali tayyorlandim. Universitetlarga hujjat topshirish jarayonini ham internetdagi maʼlumotlar asosida oʻrganib chiqdim, hammasiga hech bir agentlik koʻmagisiz, oʻzim mustaqil hujjat topshirdim”.
Suhbatni toʻliq oʻqish👇
https://grantlar.uz/blog/aqshning-15-ta-universitetiga-grant-asosida-qabul-qilingan-ozbek-talaba-bilan-suhbat/
P.S. Talabaning universitetlarga topshirgan hujjatlari bilan BU YERDA tanishing.

Oʻzbekistondagi AQSH elchixonasining 9-10-sinf oʻquvchilari uchun bepul yozgi lageri haqidagi savollarga javoblar
1. Lager bepul deyilgan, nimalar bepul?
Darslar, mashgʻulotlar, yotoxqona va oziq-ovqat bepul taʼminlanadi. Samarqandga borish va kelish xarajatlarini o'quvchining o'zi to'laydi.
2. Attestat/tabel yuklash kerak ekan, nechanchi sinfdagi baholarni yuklash kerak?
Hozirgi o'qiyotgan sinfingizda olgan baholaringizni topshirasiz. 9-sinf bo'lsangiz, 9-sinfda hozirgacha olgan baholaringizni, 10-sinf bo'lsangiz, 10-sinfda hozirgacha olgan baholaringizni topshirasiz.
3. Ota-ona ruxsati ingliz tilida yozilishi shartmi?
Ingliz tilida yozing. Namuna 13-savolda keltirilgan.
4. IELTS/CEFR yoki boshqa til sertifikatim yoʻq, shunda ham qatnasha olamanmi?
Ha, qatnasha olasiz. Til sertifikatiga ega boʻlish shart emas, lekin ingliz tilini bilish kerak. Til sertifikati yoʻqlar arizadagi sertfikat ballari soʻralgan maydonni boʻsh qoldiradi.
5. Ingliz tilini bilmayman, qatnashsam boʻladimi?
Yoʻq, qatnasha olmaysiz. Ingliz tilini biroz boʻlsa-da muloqot qilish darajasida bilish lozim.
6. Litsey/kollej oʻquvchilari ham qatnasha oladimi?
Ha, litsey yoki kollejning 1-kurs oʻquvchilari qatnasha oladi.
7. Hozir 8-sinfman. Mayda 8-sinfni tugataman. Men ham qatnasha olamanmi?
Yo'q, qatnasha olmaysiz.
8. Qatnashish uchun qanday talablar bor?
Talablar quyidagilar:
– Oʻzbekistonda hozirda maktabning 9 yoki 10-sinfi oʻquvchisi boʻlish kerak;
– Ingliz tilini biroz boʻlsa-da muloqot qila oladigan darajada bilish kerak;
– Ota-ona roziligi olinishi kerak.
Boshqa talab yoʻq.
9. Arizam qabul qilinganini qayerdan bilaman?
Ariza shaklini toʻldirib, “Submit Form” tugmasini bossangiz, arizangiz qabul qilingan boʻladi.
10. Ariza topshirgan hammani qabul qilishadimi?
Yoʻq, ariza topshirganlarning 100% hammasini qabul qilishmaydi, saralab olishadi.
11. Lagerga nechta oʻquvchi qabul qilinadi?
Oʻquvchilar soni kelib tushgan arizalar soniga qarab keyinchalik belgilanadi. Oldindan belgilab qoʻyilgan son yoʻq.
12. Ariza shaklida maktab manzilini yozing deyilgan, unda “State”, "City" maydoni bor. Tanlashni bossa, AQSH shtatlari/shaharlari chiqyapti, u yerdan nimani belgilashim kerak?
“State”, "City" maydonlarida hech narsani belgilamaysiz. Yuqoridagi qatorlarga o'zingiz oʻqiyotgan maktabingiz joylashgan viloyat va tuman hamda maktabning manzili yozib qoʻyasiz. Shuning oʻzi yetarli. "School Name" maydoniga maktabingiz nomi yoki raqamini yozasiz.
Maktab manzili yozish uchun misol (quyidagi manzil faqat misol sifatida keltirilyapti, siz oʻzingiz oʻqiydigan maktab manzilini yozasiz):
Masalan, ariza topshirayotgan o'quvchi Toshkent viloyati, Quyichirchiq tumani, Yulduz MFYda joylashgan 2-sonli umumta'lim maktabida o'qiydi. U shunday yozadi:
School Adress: Tashkent region, Quyichirchiq district, Yulduz MFY.
13. Ota-ona ruxsati qanday yoziladi?
Ota-ona ruxsati uchun aniq shakl keltirilmagan. Shu sababali uni erkin yozish mumkin.
Quyida taxminan qanday yozish uchun misol keltiramiz (quyidagi shaklni @grantlar_namuna kanali tahririyati namuna sifatida beryapti, AQSH elchixonasi emas):
I am Isomov Shukhrat, father of Isomov Sherbek. My son is a 9th grade student of secondary school No. 2, located in the Yulduz MFY, Quyichirchiq district, Tashkent region.
I permit my son to attend Samarkand-USA English Camp - 2021 that takes place from June 20 to July 18, 2021.
Date:
Signature:
Yozgi lager haqidagi maʼlumot bilan BU YERDA tanishing.

#Natija #2
Bugun Yevropaning bir nechta davlatida magistratura kursida o'qish imkonini beruvchi Economic Policies for the Global transition (EPOG+) magistratura kursiga hujjat topshirgan nomzodning inshosi (letter of motivation) bilan tanishasiz. Ushbu dasturga to'liq grant asosida qabul qilingan talaba bepul o'qish va har oy 1000 yevro stipendiya olish imkoniga ega bo'ladi. 2 yillik magistratura kursi esa Yevropadagi 2-3 davlatda bo'lib o'tadi.
Dasturga saralash hujjatlarni ko'rib chiqish va suhbat asosida amalga oshiriladi. Nomzod shu dastur uchun suhbat bosqichiga o'tgan. Insho muallifi dasturga hujjat tayyorlashda @grantlar_namuna jamoasidan bevosita maslahat va ko'mak olgan.
👉 INSHONI KO'RISH 👈
Eslatma: inshodan o'rganish maqsadida foydalaning. Boshqa shaxsning inshosini ko'chirib, o'z hujjati sifatida topshirish plagiarizm hisoblanadi va maxsus dastur orqali aniqlanib, arizaning chetlatilishiga olib keladi.

DIQQAT!
Oʻzbekistondagi AQSH elchixonasining 9-10-sinf oʻquvchilari uchun bepul yozgi lageri haqida qoʻshimcha maʼlumotlar aniqlashtirildi.
1. Litsey va kollejning 1-kurs oʻquvchilari ham qatnasha oladi.
2. Hali hujjat topshirmagan boʻlsangiz, ota-ona ruxsatini (Letter of Permission from Parents) inglizcha yozing. Ruxsatning taxminiy namunasi BU YERDA 13-savolda koʻrsatilgan.
3. Ishtirokchilar ingliz tilini kamida pre-intermediate darajada bilishi lozim.
4. Samarqandga borish va qaytish xarajatlarini ishtirokchilarning oʻzi qoplaydi. Yotoqxona, oziq-ovqat va mashgʻulotlar bepul.
Eslatma: Ariza shaklini inglizcha toʻldiring, oʻzbekcha yoki ruscha emas.
Yozgi lager va unga hujjat topshirish haqida BU YERDAN maʼlumot oling.

#Avstriya
Avstriyada oʻqishning afzalliklari
Avvalroq Avstriya haqida kichik post tayyorlagandik. Oʻsha postning mantiqiy davomi sifatida bugun Avstriyada oʻqishning afzalliklariga toʻxtalib oʻtamiz.
1. Oliy taʼlim olishda kontrakt summasi arzon. Yevropa Ittifoqi va Yevropa iqtisodiy zonasiga kirmaydigan davlatlar, jumladan, Oʻzbekiston fuqarolari uchun Avstriya davlat universitetlaridagi 1 semestrlik kontrakt summasi – 726,72 yevroni (taxminan 872 AQSH dollari) tashkil qiladi (2021-yil, aprel oyi holatiga koʻra).
Bu koʻpgina Yevropa davlatlariga qaraganda ancha hamyonbop narx hisoblanadi. Shunindek, kontrakt summasidan tashqari har semestrda 20,2 yevro (taxminan 25 dollar) talabalar ittifoqi dabali toʻlanishi lozim.
2. Taʼlim sifati yuqori. Avstriyada taʼlim sifati nihoyatda yuqori hisoblanadi. Jumladan, THE reytingi boʻyicha, 2021-yil holatiga koʻra, 11 ta Avstriya oliy taʼlim muassasasi dunyoning kuchli 1000 ta universiteti roʻyxatidan joy olgan.
3. Hayot sifati yuqori. Avstiya sogʻliqni saqlash tizimi, jinoyatchilik koʻrsatkichi, taʼlim, xavfsizlik, iqtisodiy barqarorlik va boshqa bir qancha koʻrsatkichlar boʻyicha sifatli hayot kechirish uchun eng qulay davlatlardan biridir. Jumladan, 2021-yilda hayot sifati eng yuqori boʻlgan davlatlar roʻyxatida Avstriya 5-oʻrinni egallab turibdi.
4. Yevropa davlatlari boʻylab vizasiz sayohat. Avstriya Yevropa Ittifoqiga aʼzo boʻlgani uchun Avstriyada oʻqiydigan talabalar Yevropa Ittifoqqa kiruvchi 27 davlatning barchasida vizasiz sayohat qila oladi.
5. Talabalar uchun chegirmalar. Avstriyada, koʻplab davlatlarda boʻlganidek, jamoat transportlaridan foydalanish, muzeylar, madaniy, sport va boshqa tadbirlarga kirishda turli chegirmalar taqdim etiladi.
6. Oʻqish bepul OTMlar mavjud. Avstriyadagi ayrim oliy taʼlim muassasalarida oʻqish bepul. Bunda kontrakt summasi toʻlanmaydi, faqat har semestr uchun 20,2 yevro atrofida talabalar ittifoqi badali toʻlanadi. FH Vorarlberg University of Applied Science oliygohini bepul OTMlarga misol sifatida keltirish mumkin.
Avstriyadagi OTMlar roʻyxati bilan BU YERDA tanishing.

JACAFA stipendiyasining gʻoliblari maʼlum boʻldi
Bir hafta oldin JACAFA stipendiya dasturiga 2019-yil 5 nafar, 2020-yil esa 6 nafar oʻzbek talabasi qabul qilinganini yozgandik.
2021-yilda esa dasturga 10 nafar oʻzbek talaba qabul qilinibdi. JACAFA stipendiyasi ajratilgan talabalar endi 2 yil davomida 100 yevrodan oylik stipendiya oladi.
Gʻoliblarni tabriklaymiz!
Tez orada 2021-yilgi g'oliblarning hujjatlarini ham kanalga joylaymiz.
Siz ham Toshkentda joylashgan OTMlardan birida tahsil olsangiz va hozirda 1-kurs boʻlsangiz, keyingi yil JACAFA stipendiya dasturiga topshirish haqida hozirdan oʻylab qoʻyavering. ;)

MEXT Research Student grantini yutganlar hujjatlari va savol-javoblar haqida
Eslatma: Bu post 2021-yilgi qabul davrida yozilgan. Keyingi yillardagi qabulda bu postdagi ayrim maʼlumotlar oʻzgarishi mumkin.
Hozirda Yaponiyada magistratura yoki doktorantura bosqichida toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beruvchi MEXT Research Student grantiga arizalar qabul qilinmoqda (qabul 2021-yil 26-maygacha). Mazkur dastur boʻyicha nomzodlar ingliz yoki yapon tilida tahsil olishi mumkin.
Bugun shu grant boʻyicha bir qancha masalalarga toʻxtalib oʻtamiz.
Qayerdan batafsil maʼlumot olish mumkin?
Bu grant haqida Grantlar.uz saytiga maxsus maqola joylangan. Avvalo shu maqolani va grant yoʻriqnomasini yaxshilab oʻqib chiqing.
Yodda tuting: Grant yoʻriqnomasining yo ingliz, yo yapon tilidagisini oʻqing. Oʻzbek va rus tilidagisi toʻliq emas.
Yoʻriqnomani maqola oxirida topishingiz mumkin.
Maqola va yoʻriqnomani oʻqidim, lekin yana savollarim bor, nima qilsam boʻladi?
Bunday holda birinchi boʻlib savolingizni Oʻzbekistondagi Yaponiya elchixonasiga telefon qilish orqali soʻrang.
Unutmang, savollaringizga eng toʻgʻri va toʻliq javobni elchixona bera oladi. Savollarni soʻrash uchun elchixona telefon raqamlari ham maqola oxirida berilgan.
Shuningdek, savollaringizni ushbu post ostida qoldirishingiz ham mumkin. Faqat savol qoldirishdan oldin maqola va yoʻriqnomani albatta oʻqib chiqing. Biz ham savollarga imkon qadar javob berishga tayyormiz.
Oldingi yillari mazkur granti yutganlarning hujjatlari bormi?
Ha, bor. BU YERDA 2017-yildagi qabulda MEXT dasturini yutgan talabaning Field of Study and Study Program (Research Proposal) hujjatlari bor (ingliz tilida yozgan).
Shuningdek, 2019-yildagi qabulda mazkur grantni yutgan talabaning barcha hujjatlari toʻplami ham bizda mavjud (yapon tilida). Ulardagi shaxsiy maʼlumotlarni oʻchirib, tayyor holga keltirilgandan keyin kanalga joylaymiz (tez orada).
Jamoamiz mazkur grantga bu yili hujjat topshirayotganlarga muvaffaqiyat tilagan holda grant talablari, shartlarini diqqat bilan oʻqib, oʻrganib chiqishni tavsiya qiladi.

#Natija #3
Yana bir talaba @grantlar_namuna jamoasi ko'magida grant yutib oldi!
Saidahmadjon Maxmudov - 2000-yil Xorazm viloyatida tug'ilgan. Hozir O'zbekiston Milliy Universitetining Taekvando va sport tadbirlarini tashkil qilish va boshqarish yo'nalishi ikkinchi bosqichida davlat granti asosida tahsil oladi.
Saidahmadjon Latviyaning Turiba universitetida bo'lib o'tadigan “Business + Communication = New normal” nomli yozgi maktab uchun Latviya hukumati stipendiyasini yutib oldi.
Grant yozgi maktabda qatnashish haqini (turar joy, oziq-ovqat, leksiya va seminarlar, ekskursiyalar hamda madaniy mashg'ulotlar to'lovini) toʻliq qoplab beradi.
Biroq talaba borish va qaytish uchun aviachipta, viza, sug'urta xarajatlarini o'zi qoplashi kerak. Yozgi maktab 2021-yilning 4-avgustidan 15-avgustigacha boʻlib oʻtadi.
Saidahmadjon yozgi maktab stipendiyasiga hujjat tayyorlashda @grantlar_namuna jamoasidan bevosita maslahat va ko'mak olgan talabalardan biridir.
Quyida Saidahmadjonning stipendiya uchun topshirgan inshosi bilan tanishasiz:
👉 INSHONI KO'RISH 👈
Eslatma: inshodan faqat o'rganish maqsadida foydalaning. Boshqa shaxsning inshosini ko'chirib, o'ziniki sifatida topshirish plagiarizm hisoblanadi. Plagiarizm maxsus dasturda aniqlanadi va ko'chirgan nomzodning arizarsi rad etiladi.

MEXT Research Student grantini yutgan talabaning hujjatlari
Bugun 2019-yildagi qabulda MEXT Research Student grantini yutib olgan oʻzbek talabaning toʻliq hujjatlarini joylaymiz (yapon tilida topshirgan). Talaba hozirda (2021-yil may) Yaponiyaning Osaka universitetida tadqiqotchi talaba sifatida (Non-regular dasturida) oʻqiyapti.
Talaba shaxsiy maʼlumotlarini oshkor qilmasligimizni soʻragani sababli uning ism-familiyasi keltirilmaydi.
Grant sohibi oʻz shaxsiy tajribasidan kelib chiqib, quyidagi fikrni bildirdi:
“Men MEXT grantiga 2 marta hujjat topshirib, ikkinchisida grant sohibi boʻlganman.
Birinchi martasida suhbat bosqichiga oʻtgan boʻlsam-da, suhbatdan yiqilganman. Bunga asosiy sabablari quyidagilar deb bilaman:
a) baholarim unchalik yaxshi emasdi (73%);
b) yapon tilida oʻqish uchun topshirganman, lekin yapon tili darajasi yetarlicha boʻlmagan;
c) ilmiy ish rejasi yaxshi yozilmagan deb hisoblayman.
Ikkinchi yilda baholardan tashqari qolgan kamchiliklarni toʻldirib, hujjat topshirganman. Faqat yapon tili boʻyicha tayyorlanganman.
Til darajasi bilan birga oʻz sohangizda ham nima qilishingizni aniq bilishingiz kerak. Aks holda yapon tili va ingliz tilidan top darajada boʻlsangiz ham oʻtishingiz qiyin.
Yozma imtihon va suhbat uchun alohida tayyorlanganman. Ikkinchi marta topshirishimda yana bir sherigim bilan birga tayyorlanganman. Ikkalamiz ham mazkur granti yutib olganmiz.
MEXT grantiga topshirish uchun oʻqishingiz, kelajakdagi faoliyatingiz boʻyicha aniq maqsadlaringiz boʻlgani maʼqul. Oʻsha paytda qoʻygan maqsadlarim hozirgacha oʻzgargan emas. MEXT granti faqat moddiy jihatdan moliyalashtiradi. Universitetni tanlash, unga hujjat topshirish kabilarni oʻzingiz mustaqil bajarasiz. Buni unutmang.
Barchaga omad tilayman”.
Bugun talabaning quyidagi hujjatlarini eʼtiboringizga havola qilamiz:
👉 Ariza shakli
👉 O'qish sohasi va tadqiqot rejasi (Field of Study and Study Plan
👉 Tavsiyanoma
👉 Diplom ishi konspekti (bayoni)
👉 Baholar
👉 Tibbiy maʼlumotnoma
👉 Universitetlar tanlovi (Place of Preference)
👉 Yapon tili sertifikati (JLPT)
Eslatmalar:
1. Hujjatlarda talabaning soʻrovi bilan shaxsiy maʼlumotlar oʻchirilgan.
2. Yapon tilidagi shakllarni baʼzi kompyuterlarda toʻliq oʻqimasligi mumkin.
3. MEXT Research Student dasturi haqida oldingi post BU YERDA.
Hujjatlari bilan boʻlishgan talabaga oʻz minnatdorchiligimizni bildiramiz va kelajakdagi faoliyatida muvaffaqiyat tilaymiz.

Application form 2020.pdf
449.2 KB
MEXT Research Student grantini yutgan talabaning topshirgan ariza shakli
Arizadagi asosiy savollarga berilgan javoblar yapon tilida. Ingliz tilida topshirmoqchi boʻlganlar Google Translate orqali hujjat matinini ingliz tiliga tarjima qilib, oʻqib koʻrishlari mumkin.
OGOHLANTIRISH: Hujjatlardan faqat o'rganish maqsadida foydalaning. Boshqa shaxsning inshosini koʻchirib, oʻziniki sifatida topshirilgan holatlar (plagiat) maxsus dasturlar orqali aniqlanadi va arizaning rad etilishiga olib keladi.

Field of Study and Research Plan 2020.pdf
1.3 MB
MEXT Research Student grantini yutgan talabaning Oʻqish sohasi va Tadqiqot rejasi
Hujjat yapon tilida. Ingliz tilida topshirmoqchi boʻlganlar Google Translate orqali hujjat matinini ingliz tiliga tarjima qilib, oʻqib koʻrishlari mumkin.
OGOHLANTIRISH: Hujjatlardan faqat o'rganish maqsadida foydalaning. Boshqa shaxsning inshosini koʻchirib, oʻziniki sifatida topshirilgan holatlar (plagiat) maxsus dasturlar orqali aniqlanadi va arizaning rad etilishiga olib keladi.
@grantlar_namuna
Hujjat yapon tilida. Ingliz tilida topshirmoqchi boʻlganlar Google Translate orqali hujjat matinini ingliz tiliga tarjima qilib, oʻqib koʻrishlari mumkin.
OGOHLANTIRISH: Hujjatlardan faqat o'rganish maqsadida foydalaning. Boshqa shaxsning inshosini koʻchirib, oʻziniki sifatida topshirilgan holatlar (plagiat) maxsus dasturlar orqali aniqlanadi va arizaning rad etilishiga olib keladi.
@grantlar_namuna
Recomandation form.pdf
456 KB
MEXT Research Student grantini yutgan talabaga dekani tomonidan berilgan tavsiyanoma (ingliz tilida)
Talaba tavsiyanoma uchun grant tashkilotchilari ishlab chiqqan shakldan foydalangan. Lekin bu shakldan foydalanish majburiy emas. Tavsiyanomani erkin, boshqa shaklda yozsa ham boʻladi.
OGOHLANTIRISH: Hujjatlardan faqat o'rganish maqsadida foydalaning. Boshqa shaxsning inshosini koʻchirib, oʻziniki sifatida topshirilgan holatlar (plagiat) maxsus dasturlar orqali aniqlanadi va arizaning rad etilishiga olib keladi.
@grantlar_namuna
Talaba tavsiyanoma uchun grant tashkilotchilari ishlab chiqqan shakldan foydalangan. Lekin bu shakldan foydalanish majburiy emas. Tavsiyanomani erkin, boshqa shaklda yozsa ham boʻladi.
OGOHLANTIRISH: Hujjatlardan faqat o'rganish maqsadida foydalaning. Boshqa shaxsning inshosini koʻchirib, oʻziniki sifatida topshirilgan holatlar (plagiat) maxsus dasturlar orqali aniqlanadi va arizaning rad etilishiga olib keladi.
@grantlar_namuna
Diplom ishi konspekti.pdf
472.4 KB
MEXT Research Student grantini yutgan talabaning diplom ishi konspekti (Bakalvrlik darajasi uchn yozilgan diplom ishi)
Konspekt yapon tilida. Ingliz tilida topshirmoqchi boʻlganlar Google Translate orqali hujjat matinini ingliz tiliga tarjima qilib, oʻqib koʻrishlari mumkin.

Tibbiy maʼlumotnoma.pdf
722.9 KB
MEXT Research Student grantini yutgan talabaning poliklinikadan olgan tibbiy maʼlumotnomasi
Mazkur maʼlumotnoma shakli tayyor berilgan boʻladi. Siz uni yuklab olib, istalgan shifoxona (poliklinika)da toʻldirishingiz mumkin. Maʼlumotnma shifokor imzosi va shifoxona (poliklinika) muhri bilan tasdiqlanishi shart.
Biroq maʼlumotnomadagi maʼlumotlar ingliz va yapon tilida. Maʼlumotnoma ham ingliz tilida toʻldirilishi kerak.
Shifokorlarning aksariyati ingliz tilini bilmasligi mumkin. Shu uchun aynan qanday tekshiruvlarni qilish soʻralayotganini tarjima qilib, tushuntirish kerak boʻladi.
Afsuski, mazkur maʼlumotnomadagi shifokor yozuvlari yaxshi koʻrinmagan.

JLPT.pdf
1.9 MB
MEXT Research Student grantini yutgan talabaning yapon tilini isbotlovchi sertifikati
Talaba yapon tilida oʻqish uchun topshirgan va hujjat topshirgan paytda JLPT N2 darajaga ega boʻlgan.
Lekin bu grantga topshirayotgan nomzodda til sertifikati (JLPT, IELTS va h.k.) boʻlishi MAJBURIY EMAS.
Chunki yozma imtihonda nomzodning til darajasi tekshiriladi. Agar til sertifikati boʻlsa, topshiriladi. Boʻlmasa, topshirilmaydi.

Baholar.pdf
3.6 MB
MEXT Research Student grantini yutgan talabaning bakalavriat bosqichida olgan baholari (diplom ilovasi)
Talabaning baholari oʻrtachasi 100 ballik tizimida 73% boʻlgan. Demak, 73% lik oʻrtacha baho koʻrsatkichi bilan ham mazkur grantni yutsa boʻladi.
Bakalavriatning 4-kursida oʻqiyotganlar ham bu grantga topshira oladi. Lekin hali diplom olmagani sababli diplom ilovasini topshira olmaydi. Bunday vaziyatda talabaning oʻzi hozirgacha oʻtgan fanlarini inglizchaga tarjima qilib, ularning bahosini qoʻyib universitetdan muhr va imzo bilan tasdiqlatib topshirishi mumkin.

MEXT Research Student grantini yutgan talabaning universitetlar tanlovi (Place of Preference)
@grantlar_namuna
@grantlar_namuna
#Natija #4
2021-yilda JACAFA stipendiyasini yutib olgan talaba hujjatlari
Jo’rayev Xushnazar Bahodir-o’g’li – 2021-yilda JACAFA stipendiyasi sohibi boʻldi.
Xushnazar 2002-yil 25-may kuni Qashqadaryo viloyati G’uzor tumanida tug’ilgan. 2019-yil G’uzor tumanidagi 68-sonli davlat ixtisoslashtirilgan maktab internatini bitirgan. Hozirgi kunda (2021-yil may) Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti 2-kurs talabasi.
Xushnazar stipendiyaga hujjat topshirishda kanalimizga joylangan hujjat namunalari va postlardan ham foydalangan.
Bugun Xushnazarning JACAFA stipendiya dasturiga topshirgan hujjatlarini eʼtiboringizga havola qilamiz.
👉 Xushnazar yozgan insho
👉 Xushnazarga berilgan 1-tavsiyanoma
👉 Xushnazarga berilgan 2-tavsiyanoma
👉 Xushnazar topshirgan CV
Xushnazar bilan Grantlar.uz sayti suhbat ham qildi. Suhbatni BU YERDA oʻqishingiz mumkin.