Hujjat topshirish jarayonlari
22.5K subscribers
161 photos
26 videos
115 files
884 links
🌍 Chet el oliygohlariga hujjat topshirgan o'zbekistonliklardan maslahat, ma'lumot va hujjat namunalari

Murojaat uchun: @GN_Murojaat_bot

👉 Hamkor kanal: @grantlar

Reklama: @gn_work
Download Telegram
​​#bepul_oliygohlar

Bugun oʻqish bepul boʻlgan navbatdagi oliygoh – Germaniyaning Halle shahrida joylashgan Martin Luther University of Halle-Wittenberg (MLU) haqida maʼlumot beramiz.

1502-yil tashkil etilgan mazkur oliygohda hozirda 19 300 dan ortiq talaba tahsil oladi. Universitet dunyoning eng nufuzli oliygohlari sirasiga kiradi. Jumladan, 2022-yil mart oyi holatida, MLU QS reytingi boʻyicha dunyodagi eng yaxshi universitetlar roʻyxatida 461-oʻrinni egallab turibdi.

Xarajatlar

– Mahalliy talabalar uchun ham, xorijiy talabalar uchun ham universitetda oʻqish bepul, yaʼni kontrakt summasi toʻlanmaydi.

– Biroq talabalar har bir semestr uchun 56,1 yevro (taxminan 62 AQSH dollari) miqdorida semestr badali toʻlashi kerak.

– Shuningdek, har bir semestr uchun 60 yevro (taxminan 68 dollar) transport chiptasi uchun toʻlov qilinadi. Bu chipta talabaga shahardagi jamoat transportlaridan 1 semestr davomida bepul foydalanish imkonini beradi.

Universitetda oʻqish uchun bundan boshqa xarajatlar mavjud emas.

Yoʻnalishlar

Universitetda aksariyat yoʻnalishlar (kurslar) nemis tilida oʻqitiladi.

Biroq ingliz tilida oʻqitiladigan bir nechta yoʻnalishlar mavjud. Ular quyidagilar:

Bakalavriatda faqat 1 ta:
B.Sc. Business Economics

Magistraturada 5 ta:
M.Sc. Economics: Data Science and Policy
M.Sc. Pharmaceutical and Industrial Biotechnology
M.Sc. Polymer Materials Science
M.Sc. Molecular and Cellular Biosciences
M.Sc. Biodiversity Sciences

Nemis tilida oʻqitiladigan kurslar bilan BU YERDA tanishishingiz mumkin.

Talablar

Ingliz tilida
oʻqitiladigan bakalavriat kursi uchun kamida IELTS 6.0 yoki TOEFL iBT 72 talab etiladi.

Ingliz tilidagi magistrlik kurslarining ayrimlari uchun IELTS 6.0, baʼzilari uchun 6.5 talab etiladi. Aniq til talabini kerakli magistrlik kursi sahifasiga kirib, koʻrib olish mumkin.

Nemis tilidagi kurslar uchun esa nemis tilini sertifikati topshirish lozim (yoʻnalish va bosqichlariga qarab, nemis tilini B2, C1 yoki boshqa daraja talab etilishi mumkin).

Qolgan barcha talablar bilan kerakli kurs sahifasiga kirib, tanishib olishingiz mumkin.

Qabul

Bakalavriat
bosqichi uchun qabul 15-iyulgacha davom etadi. 2022-yil qishki semestr uchun hozirda (2022-yil 11-mart holati) hujjatlar qabul qilinmoqda.

Magistratura kurslarining aksariyati uchun hujjatlar 30-aprelgacha qabul qilinadi. Biroq baʼzi yoʻnalishlar uchun qabul sanasi farq qiladi. Qabul sanasini aniq bilib olish uchun kerakli magistrlik kursining sahifasiga tashrif buyuring.

Mazkur universitetga toʻgʻridan-toʻgʻri hujjat topshirib boʻlmaydi. Universitetga kirmoqchi boʻlganlar Germaniyadagi Uni-assist tizimi orqali hujjatlarini topshirishi lozim. Qabul haqida BU YERDA batafsil maʼlumot olishingiz mumkin.

Savolim bor edi, sizlardan soʻrasam boʻladimi?

Afsuski, bu borada alohida savollarga javob bera olmaymiz. Universitet saytida barcha maʼlumotlar berilgan. Savollaringiz boʻlsa, saytga kirib, mustaqil javob topishingiz mumkin.

@grantlar_namuna
Vengriyada to'liq grant asosida o'qishga imkon beruvchi Stipendium Hungaricum dasturi haqida kanalimizda bir necha bor ma'lumot bergan edik. Shu dasturga hujjat topshirib, saralashning birinchi bosqichidan muvaffaqiyatli o'tgan va suhbat (imtihon) bosqichiga taklif qilingan talabaning inshosini ham bu yerda va bu yerda e'tiboringizga havola qilgandik.

Bugun shu dastur bo'yicha magistraturaga topshirib, suhbat (imtihon) bosqichiga o'tgan yana bir o'zbekistonlik talabaning hujjatlari bilan tanishasiz (tahrir: 2021-yil iyulda yakuniy natijalar eʼlon qilingan va ushbu talaba grantni qoʻlga kiritgan))

E'lon qilinadigan hujjatlar:

Insho (letter of motivation)

Tavsiyanoma (letter of recommendation)

Eslatma: hujjatlardan o'rganish maqsadida foydalaning. Hujjat matnini ko'chirib, o'z arizasida topshirish plagiarizm hisoblanadi va arizaning rad etilishiga olib keladi. Plagiarism maxsus dastur orqali yuqori aniqlik bilan tekshiriladi.

@grantlar_namuna
Stipendium Hungaricum:

Magistratura hujjat topshirib, keyingi bosqichga o'tgan talabaning inshosi.

👉 INSHONI KO'RISH 👈

@grantlar_namuna
tavsiyanoma (recommendation letter)(1).pdf
151.3 KB
Stipendium Hungaricum:

Magistratura hujjat topshirib, keyingi bosqichga o'tgan talabaning ustozi tomonidan yozilgan tavsiyanoma.


@grantlar_namuna
2 yil davomida 100 yevro oylik stipendiya bilan ta'minlovchi JACAFA grant dasturiga qabul 18-aprelda tugadi.

Ushbu grantga ariza topshirdingizmi?
Final Results
7%
Ha, topshirdim
3%
Tanishim topshirdi
14%
Grant talablariga mos emas ekanman
76%
Bu grantdan bexabar qolibman
Ingliz tilida oʻqisa boʻladigan, lekin IELTS/TOEFL talab qilmaydigan grantlar bormi?

Koʻpchilik bizdan qabul vaqtida til sertifikati talab etilmaydigan va oʻqish ingliz tilida boʻladigan grantlar/universitetlar bormi deb soʻraydi.

Bu savolga javob: Ha, bor.

Lekin yodda tuting: Qabul vaqtida til sertifikati topshirmasa ham boʻladi deyilgani bilan ingliz tilini yetarli darajada bilishingiz lozim.

Va til sertifikatining talab qilinmasligi holati bir necha turga boʻlinadi. Quyida shu turlarga alohida toʻxtalib oʻtamiz.

1-tur: til sertifikatini topshirish ixtiyoriy boʻlgan dasturlar. Bunday dasturlar agar til sertifikatingiz boʻlsa, topshiring. Boʻlmasa, topshirmasangiz ham boʻladi deb aytadi.

Odatda bunday dasturlarga qoʻyilgan til talabi ham u qadar yuqori boʻlmaydi. Nomzodning til bilish darajasi esa yozgan motivatsiya xati, shaxsiy bayoni yoki boshqa shu kabi hujjatlar asosida aniqlanadi.

Taʼkidlash joizki, bunday dasturlar koʻp emas.

Masalan, Ozarbayjondagi Hazar universiteti barcha bosqichlarda tahsil olish uchun toʻliq va qisman grantlar taklif etadi (darslar ingliz tilida). Va bu grantlarni yutish yoki universitetga kirish uchun IELTS/TOEFL boʻlishi shart emas. Agar bunday sertifikat bor boʻlsagina, topshirish soʻraladi, xolos.

Lekin til sertifikatingiz boʻlsa, albatta, topshirish kerak.

Eslatma: Hazar universiteti grantlariga qabulodatda har yili may-iyun oyigacha davom etadi.

Shuningdek, 120 ta grant taklif etayotgan Calabria universitetiga (Italiya) ham til sertifikati topshirish majburiy emas. Bu universitet grantlariga qabul har yili may oyi oʻrtalarigacha davom etadi.

2-tur: Til sertifikatingiz boʻlmasa, universitetning oʻz imtihonini topshirish taklif etiladi. Bunda nomzoddan IELTS/TOEFL soʻraladi. Lekin nomzod bunday sertifikatlarga ega boʻlmasa, universitetning oʻzi oʻtkazadigan til imtihonida qatnashishi va unda yetarlicha ball toʻplashi kerak.

Masalan, Rossiyada joylashgan Skoltech oliygohi magistratura va PhD bosqichi uchun bu yil 399 ta grant taklif qilmoqda. Bu grantlarni yutish uchun soʻralgan til sertifikatini topshirish, agar sertifikat boʻlmasa, oliygohning ichki til imtihonidan oʻtish kerak boʻladi.

Eslatma: Skoltech grantlariga qabul odatda 1-avgustigacha davom etadi.

3-tur: dastlabki bosqichlarda til sertifikati talab etilmasa-da, uni keyinchalik topshirish kerak. Masalan, Global UGRAD talabalar almashinuvi dasturiga qabul bir necha bosqichda amalga oshiriladi. 1-bosqichi – hujjatlarni topshirish.

Mazkur dasturda TOEFL sertifikatini topshirish majburiy boʻlsa-da, hujjatlarni topshirish bosqichida bunday sertifikatingiz yoʻq boʻlsa ham hujjatlaringiz qabul qilinadi.

Lekin keyingi bosqichlardan ham muvaffaqiyatli oʻtsangiz, dasturga toʻliq qabul qilinishingiz uchun keyinchalik TOEFL imtihoniga kirib chiqishingiz kerak boʻladi. Bunda TOEFL imtihoni xarajati ham grant dasturi tashkilotchilari tomonidan qoplab beriladi.

Eslatma: Global UGRAD dasturiga qabul har yili mart oyi oʻrtalarigacha davom etadi.

4-tur: Til sertifikati oʻrniga suhbat qilinadi. Bunda nomzoddan til sertifikati soʻraladi, lekin nomzod sertifikatga ega boʻlmasa, onlayn yoki oflayn suhbat orqali uning til bilish darajasi aniqlab olinadi.

5-tur: oldingi bosqichni toʻliq ingliz tilida oʻqigan boʻlsangiz, til sertifikati topshirishdan ozod boʻlasiz. Masalan, bakalavriatni Toshkentdagi Vestminster universitetida oʻqidingiz (darslar toʻliq ingliz tilida). Magistraturani xorijda oʻqimoqchi boʻlsangiz, koʻpgina universitetlar sizni til sertifikatini topshirishdan ozod qiladi.

Shuningdek, bu holda universitet taklif etuvchi grantlar uchun ham til sertifikati shart boʻlmaydi: bakalavriatni toʻliq ingliz tilida oʻqiganingiz kifoya qiladi.

Lekin oldingi bosqichni toʻliq ingliz tilida oʻqigan boʻlsangiz ham, baʼzi dasturlar/grantlar til sertifikatini topshirishni talab qilishi mumkin.

Postimiz Siz uchun foydali boʻldi degan umiddamiz.

@grantlar_namuna
#Natija #1

Kanalimiz obunachilaridan biri – Shahzod Normamatov kanaldagi maslahatlar va hujjat namunalaridan foydalanib, bakalavriatda oʻqish uchun 50% lik grant yutib olganini maʼlum qildi.

Shahzod Yamanashi Gaikun universiteti (Yaponiya) tarkibidagi International College of Liberal Arts (iCLA) oliygohining Global Business and Economics yoʻnalishida (bakalavriat) oʻqishga kirgan.

Unga kontrakt toʻlovi va boshqa badallarning 50 foizini qoplab beruvchi grant taqdim etilgan (miqdori 7900 AQSH dollari, 2021-yil aprel holatida). Grant oʻzlashtirish darajasining talab darajasida boʻlishi sharti bilan oʻqish tugaguncha (4 yil davomida) amal qiladi.

Bugun Shahzodning mazkur oliygohga topshirgan hujjatlarini eʼtiboringizga havola qilamiz:

👉 Universitetga qabul uchun yozilgan insho

👉 Grant uchun yozilgan insho

👉 Tavsiyanoma 1

👉 Tavsiyanoma 2

👉 Maktabni 2021-yil bitirishi haqidagi maʼlumotnama

👉 Baholar

👉 Qoʻshimcha sertifikat

👉 Grant ajratilgani haqidagi xat

Hujjatlardagi ayrim shaxsiy maʼlumotlar oʻchirilgan.

Maʼlumot uchun: Shahzod hozirda (2021-yil, 22-aprel) 11-sinf oʻquvchisi. iCLA oliygohida topshirganida IELTS 7.0 sertifikatiga ega boʻlgan hamda olgan baholarning barchasi “aʼlo” (5) boʻlgan. Hali maktabni bitirmagani uchun oʻqishga shahodatnoma emas, hozirgacha oʻtgan fanlari va ulardan olgan baholarini topshirgan.

Hujjatlarini bizga ulashgani uchun Shahzodga oʻz minnatdorchiligimizni bildiramiz va kelajakdagi faoliyatida muvaffaqiyat tilaymiz.

@grantlar_namuna
University admission essay

International College of Liberal Arts oliygohining Yaponiyadagi filialiga 50% lik grant yutgan oʻzbek talaba – Shahzod Normamatovning universitet qabuli uchun yozgan inshosi.

Insho mavzusi: Why this university?

👉 INSHONI KO'RISH 👈

OGOHLANTIRISH: inshodan faqat o'rganish maqsadida foydalaning. Boshqa shaxsning inshosini ko'chirib, oʻziniki sifatida topshirilgan holatlar (plagiat) maxsus dasturlar orqali aniqlanadi va arizaning rad etilishiga olib keladi.

@grantlar_namuna
Scholarship essay

International College of Liberal Arts oliygohining Yaponiyadagi filialiga 50% lik grant yutgan oʻzbek talaba – Shahzod Normamatovning grant uchun yozgan inshosi.

👉 INSHONI KO'RISH 👈

OGOHLANTIRISH: inshodan faqat o'rganish maqsadida foydalaning. Boshqa shaxsning inshosini ko'chirib, oʻziniki sifatida topshirilgan holatlar (plagiat) maxsus dasturlar orqali aniqlanadi va arizaning rad etilishiga olib keladi.

@grantlar_namuna
Recommendation Letter.pdf
132.6 KB
Tavsiyanoma

International College of Liberal Arts (iCLA) oliygohining Yaponiyadagi filialiga 50% lik grant yutgan oʻzbek talaba – Shahzod Normamatovga maktab direktori tomonidan berilgan tavsiyanoma.

@grantlar_namuna
Tavsiyanoma

International College of Liberal Arts (iCLA) oliygohining Yaponiyadagi filialiga 50% lik grant yutgan oʻzbek talaba – Shahzod Normamatovga “U-Leaders Academy” tomonidan berilgan tavsiyanoma.

@grantlar_namuna
Oʻqishni bitirish haqida maʼlumotnoma

International College of Liberal Arts (iCLA) oliygohining Yaponiyadagi filialiga 50% lik grant yutgan oʻzbek talaba – Shahzod Normamatovga maktab tomonidan oʻqishni 2021-yil yakunlashi haqidagi maʼlumotnoma.

Oʻqishni hali tugatmaganlar universitetga hujjat topshirishda, odatda, mana shunday maʼlumotnoma ham soʻraladi.

@grantlar_namuna
Baholar.pdf
346.4 KB
Baholar

International College of Liberal Arts (iCLA) oliygohining Yaponiyadagi filialiga 50% lik grant yutgan oʻzbek talaba – Shahzod Normamatovning maktabning 9- va 10-sinfida olgan baholari.

@grantlar_namuna
Sertifikat

International College of Liberal Arts (iCLA) oliygohining Yaponiyadagi filialiga 50% lik grant yutgan oʻzbek talaba – Shahzod Normamatovga “U-Leaders Academy” tomonidan berilgan sertifikat.

Koʻpgina grant dasturlari nomzoddan amaliyot, volontyorlik mashgʻulotlari, konferensiyalar va shu kabilarga qatnashgan boʻlsa, ulardan olingan sertifikatlarni ilova qilishni ham soʻraydi. Bu nomzodni grant uchun baholashda hisobga olinadi.

@grantlar_namuna
Grant ajratilgani haqidagi xat

International College of Liberal Arts (iCLA) oliygohining Yaponiyadagi filialiga 50% lik grant yutgan oʻzbek talaba – Shahzod Normamatovga iCLA tomonidan yuborilgan grant xati.

@grantlar_namuna
Hurmatli obunachilar.

Agar biror grantni yutishingiz / oliygohga kirishingiz uchun kanaldagi post va hujjat namunalaring foydasi tegsa, muvaffaqiyatingiz haqida Siz ham Shahzod kabi bizni xabardor qilib qoʻying. ;)

Hujjatlaringizni kanalga joylash uchun ulashsangiz, biz va boshqa foydalanuvchilar minnatdor boʻlamiz.

Lekin hujjatlaringiz ulashishni maʼqul koʻrmasangiz, buni ham tushunamiz. Bunda, shunchaki, yana bir kanal obunachisi grant yutgani / oʻqishga kirganini kanalda eʼlon qilamiz. Bu boshqalar uchun motivatsiya vazifasini oʻtaydi. Biz uchun esa maqtanish vositasi boʻlib xizmat qiladi (tan olib qoʻyaylik). 😃

@grantlar_namuna
Har yili nechta oʻzbekistonlik talabaga JACAFA stipendiyasi ajratiladi?

Avvalroq xabar qilganimizdek, talabalarni 2 yil davomida 100 yevro oylik stipendiya bilan taʼminlovchi JACAFA Scholarship Program dasturiga bu yilgi qabul 18-aprelda nihoyasiga yetdi.

Mazkur dastur uchun 2019-yildan boshlab oʻzbek talabalardan ham arizalar qabul qilina boshlagan.

Bundan oldingi qabullarda JACAFA stipendiyasi ajratilgan oʻzbek talabalari soni quyidagicha:
2019-yili 5 nafar oʻzbek talaba;
2020-yili 6 nafar oʻzbek talaba mazkur stipendiya bilan taqdirlangan.

Demak, bu yil (2021) ham 5-7 nafar oʻzbek talabaga JACAFA stipendiyasi ajratilishi mumkin deb taxmin qilsak boʻladi.

Oʻtkazilgan soʻrovnomada 270 kishi JACAFA dasturiga ariza topshirganini, yana 117 kishi ariza topshirgan tanishi borligini aytgan.

Umumiy holda jami 300 kishi ariza topshirgan, deb hisoblasak, bitta oʻrin uchun 45-50 kishi kurash olib borar ekan.

Demak, raqobat kuchli boʻladi. Ariza topshirganlarga omad tilaymiz!

@grantlar_namuna
UGRADchilar diqqatiga!

Bizdagi ma'lumotlarga ko'ra, Global UGRAD dasturining 2-bosqichiga (suhbat bosqichiga) o'tgan nomzodlar ma'lum qilina boshlangan.

Jumladan, biz shaxsan bilganlardan 3 nafariga suhbatga o'tganligi haqida xabar kelgan.

Suhbatga o'tmaganlarga bir oz keyinroq o'tmagani haqida xabar yuboriladi. Masalan, o'tgan yili suhbat bosqichiga o'tmaganlarga yoz oylarida xabar qilingan.

Sizga-chi? Suhbatga o'tganingiz yoki o'tmaganingiz haqida xabar keldimi? Bu haqida izohda yozib qoldiring va boshqa UGRADchilar bilan fikr almashing.

@grantlar_namuna
Bugun Rigadagi yozgi maktabga Latviya hukumati grantini yutgan oʻzbek talaba – Omon Ochillovning grant uchun topshirgan hujjatlarini eʼtiboringizga havola qilamiz.

Omon Ochilov – hozirda (2021-yil aprel) I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filialining 4-bosqich talabasi.

Omon 2021-yilda Latviyaning poytaxti Riga shahrida boʻlib oʻtadigan “Bioeconomy. Sustainable Use of Biological Resources” nomli yozgi maktabda qatnashish uchun Latviya hukumati stipendiyasini yutib olgan.

Grant yozgi maktabda qatnashish haqini (turar joy, oziq-ovqat, leksiya va seminarlar, ekskursiyalar hamda madaniy mashgʻulotlar toʻlovini) toʻliq qoplab beradi.

Biroq talaba borish va qaytish uchun aviachipta, viza, sugʻurta xarajatlarini oʻzi qoplashi kerak. Yozgi maktab 2021-yilning 28-iyunidan 7-iyuligacha Riga texnika universitetida boʻlib oʻtadi.

Quyida Omonning grant uchun topshirgan ushbu hujjatlari bilan tanishasiz:

👉 Motivatsiya xati (Motivation Letter)

👉 Talabalikni tasdiqlovchi maʼlumotnoma

@grantlar_namuna
Omon Ochilovning Riga textika universitetining yozgi maktabida grant asosida qatnashish uchun topshirgan motivatsiya xati.

👉 MOTIVATSIYA XATINI KOʻRISH 👈

OGOHLANTIRISH: inshodan faqat o'rganish maqsadida foydalaning. Boshqa shaxsning inshosini ko'chirib, oʻziniki sifatida topshirilgan holatlar (plagiat) maxsus dasturlar orqali aniqlanadi va arizaning rad etilishiga olib keladi.

@grantlar_namuna
Maʼlumotnoma.pdf
255.1 KB
Universitet tomonidan berilgan Omon Ochilovning talaba ekani haqidagi maʼlumotnoma.

@grantlar_namuna