Hujjat topshirish jarayonlari
22.3K subscribers
159 photos
25 videos
114 files
865 links
🌍 Chet el oliygohlariga hujjat topshirgan o'zbekistonliklardan maslahat, ma'lumot va hujjat namunalari

Murojaat uchun: @GN_Murojaat_bot

👉 Hamkor kanal: @grantlar

Reklama: @gn_work
Download Telegram
NSP_ZAHR_2024_04_30.pdf
446.7 KB
#natija 37

NSP dasturining so'nggi qabul natijalari e'lon qilindi.

Slovakiyada 2 semestrgacha oʻqish/tadqiqot olib borish imkonini beruvchi Slovakiya Milliy stipendiya dasturining (NSP) natijalari eʼlon qilindi.

Quvonarlisi, bu safargi qabulda jami 78 nafar oʻzbekistonlik nomzod ushbu grantni qoʻlga kiritgan.

Kategoriyalar kesimida oʻzbekistonlik gʻoliblar soni:
– A kategoriya: 83 ta gʻolibdan 66 tasi oʻzbekistonlik
– B kategoriya: 30 ta gʻolibdan 8 tasi oʻzbekistonlik
– C kategoriya: 59 ta gʻolibdan 4 tasi oʻzbekistonlik

G'oliblarning aksariyat qismi @grantlar_namuna loyihasi tomonidan tashkil qilingan maxsus kurs va/yoki hujjatlarni tekshirish xizmatidan foydalangan!

Ushbu g’oliblarimizga keyingi bosqichlar haqida ma’lumot berish uchun suhbat tashkillamoqdamiz.

Suhbat o’tkazilish vaqti: 2024-yil 22-iyun, 21:00

Suhbat o’tkazilish joyi: @grantlar_namuna telegram kanali.

Gʻoliblarni tabriklaymiz hamda ushbu suhbatimizda kutib qolamiz!

@grantlar_namuna
Live stream started
Live stream finished (52 minutes)
#Natija 38

GKS bo’yicha tashkil etilgan mentorlik kursimiz ishtirokchisi grant g’olibi bo’ldi.


Koreyada to’liq moliyalashtirilgan holda o’qish imkoniyatini taqdim etuvchi GKS dasturi bo’yicha mentorlik kursimiz ishtirokchisi Asadbek Isroilov ushbu grant g’olibi bo’ldi.

Asadbek Isroilov - Farg’ona Politexnika Instituti 4-bosqich talabasi.

Janubiy Koreyaning uchinchi eng katta metropoliten shahri Daegu da joylashgan TOP-500 talikdan joy olgan Kyungpook National University ga GKS-G 2024 dasturi doirasida magistratura uchun muhandislik yo’nalishida 3 yillik grantni qo’lga kiritdi

Dastur imkoniyatlari:
- Kontrakt puli to'liq qoplanadi.
- Yashash uchun oylik stipendiya beriladi.
- Tibbiy sug'urta bilan ta'minlanadi,
- Xalqaro borish-kelish chiptalari olib beriladi;
- Til kursi moliyalashtiriladi.

👉 GKS dasturi haqida batafsil 👈

Asabdek o’z izohida kanalimiz tomonidan tashkil etilgan NSP mentorlik kursi va GKS mentorlik kurslarida qatnashib, ikkala dasturda ham g’olib bo’lgani va bu kursda qatnashganligi eng yaxshi tanlovi ekanini ta’kidladi.

Asadbekni muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz, kelgusi ishlarida zafar tilab qolamiz!

@grantlar_namuna
#Natija 39

Kanalimiz kuzatuvchisi Latvian State Scholarships g’olibi bo’ldi

Bahodir Aminov Latviyaning Daugavpils universitetida tarix yo’nalishi bo’yicha magistraturada o’qish uchun Latvian State Scholarships grant dasturi g’olibi bo’ldi.

Bahodir 2 yil davomida magistraturani to’liq grant asosida Daugavlips universitetida davom ettiradi. Oylik 600 yevro stipendiya bilan ta’minlanadi.

👉 Latvian State Scholarships haqida batafsil ma’lumot👈

Bahodir ushbu grantni yutishda @Grantlar_namuna kanalidagi manbalar hamda @Grantlar kanalidagi ma’lumotlar katta yordam berganini ta’kidlab o’tdi.

Bahodirni ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz va kelgusi ishlarida zafarlar tilab qolamiz!

@grantlar_namuna
Amerika markazidan HTML ga qiziquvchi 12-16 yoshli qizlar uchun klub

Toshkentdagi Amerika markazi HTML ga qiziquvchi 12-16 yoshli qizlar uchun klub tashkil etmoqda.

Klubda ishtirokchilar HTML ga oid boshlang’och bilimlar va saytlarning yaratilishi haqida tushunchaga ega bo’ladi.

O’tkazilish vaqti: 2024-yil 9-iyul, soat 10:00-12:00 da.

Manzil: Toshkent, Yunusobod, 5-daha, Moyqo’rg’on 3

HTML klubining imkoniyatlari:
- HTML asoslarini o'rganish va o'z veb-sahifalarini yaratish;
- CSS yordamida sahifalarni uslubini o’zgartirish;
- Boshqa ishtirokchi qizlar bilan o’zaro fikr va tajriba almashish.

Ishtirok etish uchun ro’yxatdan o’ting:

👉Ariza topshirish havolasi 👈

Ariza topshirish muddati: 2024-yil 7-iyul, soat 23:59 gacha

@grantlar_namuna
"WeStart" biznes-inkubatsiya: ayol-qizlar uchun bepul dastur

USAIDning tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish loyihasi hamda KOICA agentligi ko‘magida "WeStart" biznes-inkubatsiya tashkil etilmoqda. Dastur ayollar startaplarini g‘oya bosqichidan minimal hayotiy mahsulot (MVP) bosqichiga ko‘tarishga qaratilgan.

Dasturning davomiyligi 1 hafta, undan keyin Demo kuni bo'lib o'tadi.

Dastur ishtirokchilarga quyidagilarga imkon beradi:
- MVP yaratish;
- 50 million so‘mgacha bo‘lgan grantni jalb qilish;
- xalqaro ekspertlardan mentorlik yordamini olish.

O'tkazilish sanasi: 2024 yil 22-26 iyul
O'tkazilish manzili: UEnter

Dasturda ishtirok etish bepul, qatnashish uchun onlayn ro'yxatdan o'tish zarur:

👉 Ro'yxatdan o'tish havolasi 👈

Arizani qabul qilish muddati: 2024-yil 15-iyul

@grantlar_namuna
Forwarded from Grantlar.uz
FLEX dasturiga qabul 2024-yilda avgust oyidan boshlanadi!

FLEX dasturi maktabning 9-10-sinf o'quvchilari hamda litsey va kollejning 1-kurs oʻquvchilari uchun AQSHda 1 yil davomida yashash va oʻqish imkoniyatini beradi.

Manfaatli tomonlari:
– AQSHga borish va qaytish xarajatlari qoplanadi
– Oylik stipendiya
– Mezbon oilada bir yil mobaynida bepul yashash imkoniyati
– Amerikadagi oʻrta maktabga roʻyxatga olinadi va 1 yil davomida oʻqiladi
– Oldidan tayyorlov mashgʻulotlari
– AQSHda tashkil etiladigan mahalliy tadbirlarda ishtirok etish imkoniyati
– Bepul tibbiy sug‘urta

DIQQAT: Hali FLEX dasturiga qabul boshlanmagan. Qabul 2024-yil avgust oyidan boshlanadi (bu haqida FLEX dasturining Oʻzbekistondagi vakilligi eʼlon qildi).

Qabul boshlangunga qadar ushbu dastur bilan tanishib chiqishingiz mumkin👇

https://grantlar.uz/aqsh-maktab-litsey-va-kollej-oquvchilari-uchun-toliq-grant-barcha-xarajatlar-qoplanadi/

@grantlar
Barcha kutgan DAAD to'liq mentorlik kursi

Ko'pchilik talabiga binoan magistraturani Germaniyada to'liq grant asosida o'qish imkoniyatini taqdim etuvchi DAAD dasturlari uchun mentorlik kursini tashkil etdik.

Kim tomonidan: @grantlar_namuna kanali hamkorligida DAAD granti 2024-yilgi sohibi Izzatullayev Bahodir tomonidan olib boriladi .

Kimlar uchun: Magistratura bosqichini Germaniyada davom ettirish istagida bo’lganlar uchun.

Kursda o'rgatiladi: DAAD ERP va DAAD ALL DISCIPLINES dasturiga ariza topshirishda kerak bo'ladigan barcha hujjatlarni qanday tayyorlash bo'yicha to'liq ko'rsatma beriladi, hujjatlar tayyor bo'lgach tekshiriladi. Qolaversa, universitet va yo'nalish tanlash, dastur g'olibi bo'lganingizdan so'ng viza jarayonlarida ham to'liq ko'rsatma beriladi.

Kurs narxi:
- Guruh tarzda 700 ming so'm.
- Individual tarzda 1,5 million so'm.

Kurs haqida qo'shimcha ma'lumotlar uchun @Ozodakhon_Work hisobiga yozing.

Kursga qabul 2024-yil 10-avgustga qadar davom etadi.

@grantlar_namuna
Forwarded from Grantlar.uz
FLEX dasturiga qabul boshlandi!

FLEX dasturi maktabning 9-10-sinf o'quvchilari hamda litsey va kollejning 1-kurs oʻquvchilari uchun 1 yil davomida AQSHda yashash va AQSH maktabida oʻqish imkoniyatini beradi.

Manfaatli tomonlari:
– AQSHga borish va qaytish xarajatlari qoplanadi
– Oylik stipendiya
– Mezbon oilada bir yil mobaynida bepul yashash imkoniyati
– Amerikadagi oʻrta maktabga roʻyxatga olinadi va 1 yil davomida oʻqiladi
– Oldidan tayyorlov mashgʻulotlari
– AQSHda tashkil etiladigan mahalliy tadbirlarda ishtirok etish imkoniyati
– Bepul tibbiy sug‘urta

Arizalar 2024-yil 28-sentabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aqsh-maktab-litsey-va-kollej-oquvchilari-uchun-toliq-grant-barcha-xarajatlar-qoplanadi/

@grantlar
FLEX boʻyicha savollarga javoblar.

Quyida FLEX 2025-2026 dasturi boʻyicha eng koʻp berilayotgan va eng muhim savollarga javoblar berilgan.

1. 2008-yil 15-iyuldan keyin tugʻilganman, lekin 11-sinfman yoki kollej/litseyning 2-kurs talabasiman. FLEX dasturiga qatnasha olamanmi?
– Yoʻq. Faqat 2008-yil 15-iyul va 2010-yil 15-iyul oraligʻida tugʻilgan maktabning 9-10-sinf va kollej/litseyning 1-kurs oʻquvchilari qatnasha oladi.

2. FLEX dasturi davomida AQSH universitetiga hujjat topshirib, qabul qilinsam, FLEX tugagach AQSHda qolsam boʻladimi?
– Yoʻq, boʻlmaydi. FLEX ishtirokchilari dastur tugagach vataniga qaytishi SHART. Qaytgach AQSH universitetiga topshirib, qaytadan viza uchun hujjat topshirishingiz va universitet qabul qilsa hamda viza chiqsa, keyin AQSHga qaytsangiz boʻladi.

3. Qatnashish uchun til sertifikatim (IELTS, TOEFL va h.k.) boʻlishi shartmi?
– Yoʻq, shart emas. Til sertifikatisiz ham bemalol qatnashish mumkin.

4. Ingliz tilini bilish darajam qanday boʻlishi kerak?
– FLEX ingliz tili dasturi emas. Shu uchun ingliz tili darajasi uchun aniq talab qoʻyilmagan. Agar nomzodda FLEX dasturi uchun barcha xislatlar boʻlsa, lekin til darajasi u qadar yuqori boʻlmasa, til boʻyicha qoʻshimcha tayyorgarlik kursi qoʻyib beriladi.

Lekin hozirga qadar FLEXga qabul qilingan oʻzbek oʻquvchilarning aksariyatida til darajasi kamida B2 darajada boʻlgan. Lekin til darajangiz qancha yuqori boʻlsa, oʻzingiz uchun shuncha yaxshi.

5. Nogironligim bor, men ham qatnashsam boʻladimi?
– Albatta, boʻladi. FLEX dasturi nogironligi bor oʻquvchilarni ham dasturga ariza topshirishga ragʻbatlantiradi. Hozirga qadar FLEX dasturiga dunyo boʻylab 300 dan ortiq nogironligi bor (koʻzi ojiz, qulogʻi ogʻir/eshitmaydigan, jismoniy kamchiliklarga ega) oʻquvchilar qabul qilingan.

6. Gʻolib boʻlsam, qaysi shtat, shahar yoki maktabda oʻqishni oʻzim tanlaymanmi?
– Yoʻq, siz tanlamaysiz. Oʻquvchilar boradigan shtat va maktablarni dastur maʼmuriyati belgilab beradi.

7. FLEX gʻoliblarning qanday xarajatlarini qoplaydi?
– Barcha xarajatlar (AQSHga borish-kelish, yashash, turar joy, oziq-ovqat va h.k.) qoplanadi.

8. Imtihonda qanday savollar tushadi?
– Asosan ingliz tilidan savollar tushadi va ayrim testlarda orada 3-4 ta matematikadan savol tushishi mumkin.

9. Imtihonga qanday tayyorlansam boʻladi?
– Shunchaki, ingliz tilingizni (reading, listening, writing, speaking) orqali tayyorlaning.

10. Suhbatda ingliz tilida gapirish shartmi?
– Yoʻq, shart emas. Oʻzbek yoki rus tilida gapirsangiz ham boʻladi. Lekin ingliz tilida gapira olsangiz, ingliz tilida gapirish tavsiya etiladi.

Suhbatda oʻzbek yoki rus tilida gapirib, FLEX dasturini yutganlar anchagina.

11. Bu yilgi qabulda gʻolib boʻlsam, AQSHga qachon ketaman?
– 2025-yil kuzda ketasiz va keyingi yili qaytasiz.

12. Oʻzbekistondan nechta oʻquvchi qabul qilinadi?
– 2020, 2021, 2022 va 2023-yildagi qabulda 40-55 nafar oʻzbek oʻquvchi qabul qilingan. Shundan kelib chiqib, bu yili ham oʻrtacha 40-50 nafar oʻquvchi qabul qilinishini taxmin qilish mumkin.

13. FLEX dasturiga qayerda roʻyxatdan oʻtaman va ariza topshiraman?
– Arizalar MANA BU YERDA topshiriladi. Ariza topshirishni boshlashdan oldin akkaunt yaratishingiz kerak (Create an account). Arizalar 2024-yil 26-sentabrgacha qabul qilinadi.

14. AQSHda o'qib kelgan yilim O'zbekistindagi maktabda hisobga olinadimi?
– Agar siz o'qiydigan (O'zbekistonda) maktab, litsey yoki kollej Xalq ta'limi vazirligiga qarasa, ha, hisobga olinadi. Masalan, 9-sinfni bitirib, AQSHga FLEX orqali ketdingiz, 10-sinfni AQSHda tugatdingiz. O'zbekistonga qaytgach, o'qishni 11-sinfdan davom ettirasiz.

Xususiy ta'lim muassasasida o'qisangiz, buni o'sha o'qish joyingizdan so'rab ko'ring.

15. Muhim:
– Akkaunt ochishda o'zingiz doim ishlatadigan, paroli yodingizda bo'lgan emaildan foydalaning. Emailingiz bo'lmasa, oching va login hamda parolini qayergadir yozib, saqlab qo'ying. Saralash davomida shu emailingizga xabarlar yuborib turiladi.

Email ochish bo'yicha tavsiyalarni BU YERDAN topasiz.

👉 FLEX dasturi haqida batafsil

Barcha nomzodlarga omad tilaymiz! 💪

@grantlar_namuna
Grantga hujjat topshirishdagi muhim qoida: qabulning oxirgi kunini kutmang

Biror grant yoki dasturga ariza topshirishni oxirgi kun/daqiqagacha kutmasdan, ertaroq ariza topshirish qattiq tavsiya qilinmadi. Chunki arizani qabul oxiriga taqash bir nechta ko'ngilsiz oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Masalan:

1. Oxirgi kun / daqiqalargacha taqab borish arizangizning pala-partish boʻlib qolishiga sabab boʻlishi mumkin. Muddat qancha yaqinlashsa, kishida tezroq harakat qilishim kerak degan vahima kuchayadi.

Bu esa diqqatni jamlashga xalal beradi va soʻnggi daqiqalarda tayyorlanayotgan / yozilayotgan hujjatlarning sifatiga salbiy taʼsir qiladi. Natijada qabul qilinish ehtimolingiz pasayishi mumkin.

2. Qabul muddatdan oldin yopib qoʻyilishi mumkin. Dastur/grantga qabulning muddatdan oldin yakunlanishi holatlari, ayniqsa, qisqa muddatli grantlarda (yozgi maktab, kurs, lager va hk) tez-tez uchrab turadi. Bunga asosiy sabab arizalarning nihoyatda koʻpayib ketishidir. Bunday holat Oʻzbekistondagi AQSH elchixonasi eʼlon qilgan dasturlarda bir necha bor kuzatilgan.

Agar oxirgi kunni kutib yurgan boʻlsangiz, qabul muddatdan oldin tugasa, ishtirok etish imkoniyatini toʻliq qoʻldan chiqarasiz.

3. Grantlarning ertaroq ariza topshirilgan nomzodlarga ajratilishi. Bir qancha universitetlar bakalavriat, magistratura va boshqa bosqichlarga grant ajratishda “First-come, first-served” qoidasiga amal qiladi.

Yaʼni maʼlum grant oʻrinlari boʻladi, shu oʻrinlar eng birinchi ariza topshirgan munosib nomzodlarga taqsimlab beriladi. Bu oʻrinlar munosib nomzod chiqmasagina qabulning soʻnggi kunigacha saqlanib qolishi mumkin. Bu qoida AQSH, Britaniya kabi davlatlarda tez-tez qoʻllaniladi.

Bunda qabulning oxirgi kunigacha kutish tayyor imkoniyatdan oʻz xohishi bilan voz kechish degani.

4. Savol chiqib qolsa, javob ololmay qolasiz. Biror muhim savol tugʻilganda uni aniqlashtirish uchun tashkilotchilarga telefon qilish yoki koʻp hollarda email yozish kerak.

Lekin telefonga javob berish uchun ish vaqti tugagan boʻlishi yoki emailga javob berilishi uchun kamida 1-3 kun muddat talab etilishi mumkin. Oxirgi kun / daqiqada hujjat topshirayotib shunday savolga duch kelsangiz, javob ololmay qolishingiz mumkin. Bu esa yana sizning qabul qilinishingizga salbiy taʼsir qilishi mumkin.

5. Qoʻshimcha qoida: shoshilib ham topshirmang! Eng erta topshiraman degan oʻy bilan, shoshma-shosharlik qilib ariza topshirish ham tavsiya qilinmaydi.

Biror grantga topshirmoqchi boʻlganingizda, dastlab, uning talablari, qoidalari, mezonlari, koʻp beriladigan savollarga javoblari va boshqalarni diqqat bilan oʻqib chiqing. Biroq ularni oʻqib chiqishni orqaga surib yurmang, imkon qadar ertaroq oʻqib chiqing.

Biror savol tugʻilsa, darhol tashkilotchilarda email yoki telefon orqali soʻrab aniqlashtirib oling.

Dastur va uning talablari, hujjatlar tarkibi hamda boshqa muhim masalalarga toʻliq tushunib olganingizdan keyingina hujjatlaringizni topshiring.

Yuqoridagi qoidalarga amal qilsangiz, dasturga qabul borasida anchagina koʻngilsizliklarning oldini olgan boʻlasiz.

Albatta, qabulning oxirgi daqiqalarida hujjat topshirib, grant yutganlar ham bor. Lekin hujjat topshirishni soʻnggi kun / soʻnggi daqiqalarga qadar taqab olib borish yuqoridagi koʻngilsiz oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shu sababli oxiriga taqash mutlaqo tavsiya qilinmaydi.

@grantlar_namuna
FLEX gʻolibasi bilan ovozli chat!

@Grantlar_namuna kanali jamoasi FLEX dasturini yutib olgan hamyurtimiz – Jakbaraliyeva Muxlisa bilan ovozli chat oʻtkazadi.

Chat davomida Muxlisa bilan dastur, ariza topshirish jarayoni va uni qoʻlga kiritishdagi muhim jihatlar haqida suhbatlashamiz. Shuningdek, Muxlisadan dastur haqidagi savollaringizni soʻrashingiz ham mumkin boʻladi.

Ovozli chat manzili: @grantlar_namuna

O'tkaziladigan vaqt: 2024-yil, 12-avgust, soat 20:30.

Maʼlumot uchun: FLEX dasturi maktabning yuqori sinf oʻquvchilari, kollej va litsey oʻquvchilariga 1 yil AQSHda oʻqish imkonini beradi. Oʻqish xarajatlari toʻliq qoplanadi. Qabul 2024-yil, 26-sentyabrgacha davom etadi.

P.S. Suhbatdan oldin FLEX haqida MAQOLA bilan albatta tanishib chiqing.

@grantlar_namuna
Live stream started
Live stream finished (1 hour)
FLEX dasturi g'olibasi Muxlisa Jakbaraliyeva bilan suhbat
Hujjat topshirish jarayonlari
FLEX dasturi g'olibasi bilan o'tkazilgan ovozli suhbatning yozib olingan varianti.

FLEX dasturi g'olibasi – Jakbaraliyeva Muxlisa shu dastur boʻyicha suhbat qilgandik. Shu suhbatning yozib olingan versiyasini eʼtiboringizga havola qilamiz.

Suhbatda quyidagi mavzular qamrab olindi:
- Dastur uchun yozilgan insho qanday yozilishi;
- Suhbat jarayonida beriladigan savollar;
- Til bilish muhimlilik darajasi;
- Test jarayoni;
- AQShga borganda muammo bo'lsa, qanday hal qilinishi va boshqalar.

Suhbat yakunida tinglovchilar o'zlarining qiziqtirgan savollariga javob olishdi. Mazmunli suhbat uchun Muxlisaga alohida minnatdorchilik bildiramiz va kelgusi ishlarida zafarlar tilab qolamiz.

Eslatma: FLEX dasturi uchun qabul 2024-yil, 26-sentyabrgacha davom etadi.

👉 Dastur haqida batafsil ma'lumot BU YERDA

@grantlar_namuna
Ko'pchilik talabiga binoan NSP dasturiga ariza topshiruvchilar uchun mentorlik kursi

Xabaringiz bor, NSP almashinuv dasturi uchun anchadan buyon ariza topshirishga yordam berib kelmoqdamiz.

3 yildan beri mentorlik kursimiz orqali har mavsumda 80 nafarga yaqin o'zbek talaba va tadqiqotchilari NSP dasturi g'olib bo'lib, hozirda Slovakiyada o'z o'qish yoki ilmiy ishlarini davom ettirmoqda.

Ko'pchilik talabiga binoan ushbu kursning yangi mavsumini e'lon qilamiz.

Kurs kimlar uchun?
Bakalavrni kamida 2,5 yilini tugatgan hozirda 4-kurs talabalari, magistrlar uchun. PhD talabalari hamda tadqiqotchilarga individual xizmatlar taklif etamiz.

Kurs mentori: Ozodaxon O'ktamova — NSP dasturi 3 marta g'olibi

Kursimiz afzalliklari:
— Slovakiya universitetga qabul qilinishda individual yordam.
— Kerakli hujjatlarni tayyorlash bo’yicha doimiy ko’rsatma.
— Haftada 2 marta mentor bilan jonli onlayn suhbat.
— Barcha hujjatlarni (CV, motivatsion xat, talabalik haqidagi ma’lumotnoma, tavsiyanomalar va boshqalarni) 2 martadan tekshirib berish.

Kurs narxi: 500 ming so'm.

ESLATMA: Avvalgi mavsumda ushbu kursni bepul tashkil etganmiz. Istovchilar aynan bepul kurs videolarini ko'rishlari va hujjatlarini o'zlari tayyorlashlari mumkin. Ular uchun esa maxsus hujjat tekshirib berish xizmatimizni taklif etamiz.

Bunda jami 4 ta hujjat tekshiriladi:
— Motivatsion xat
— O’quv rejasi
— Tavsiyanoma 2 ta

Hujjatlarni tekshirib berish xizmat narxi: 300 ming.

Kursga yozilish yoki hujjat tekshirish xizmatidan foydalanish uchun: @GN_Work telegram hisobi

👉 NSP almashinuv dasturi haqida batafsil ma'lumot BU YERDA

👉 NSP dasturi bo'yicha biz tayyorlagan qo'shimcha manbalar barchasi BU YERDA

@grantlar_namuna
Oʻqishimni xorijiy universitetga koʻchirsam boʻladimi?

Oʻzbekistonda bakalavriatda oʻqiyotgan koʻplab talabalarni oʻqishimni xorijiy universitetga koʻchirsam boʻladimi degan savol qiynaydi. Bugun shu masalaga toʻxtalamiz.

Umumiy javob: Ha, koʻchirsangiz boʻladi. Deyarli barcha davlatlardagi koʻplab universitetlar boshqa davlat talabalarini “transfer student” (oʻqishni koʻchirgan talaba) sifatida qabul qiladi. Albatta, bunda nomzod oʻqishni koʻchirish talablariga mos boʻlishi kerak.

Lekin:

1. Ayrim universitetlar transfer talaba qabul qilmasligi mumkin.

2. Har bir davlat (universitet)da oʻqishni koʻchirish talablari bor. Oʻzbekistonlik talabalar bu talablarga baʼzida javob bermasligi mumkin.

Oʻqishni koʻchirish masalasini kim hal qiladi?

Buni oʻqishingizni koʻchirmoqchi boʻlgan xorijiy universitet hal qiladi (davlatda belgilangan taʼlimga oid qonun-qoidalar asosida). Shu sababli oʻqishingizni xorij oliygohiga koʻchirmoqchi boʻlsangiz, avvalo oʻsha universitetning oʻziga murojaat qilishingiz kerak.

Oʻqishni koʻchirish shartlarini qanday bilsam boʻladi?

Aksariyat universitetlar veb-saytida oʻqishni koʻchirish haqida maʼlumot boʻladi. Shu maʼlumotni topib, oʻqib chiqish kerak.

Maʼlumotlarni oʻqigandan keyin ham savollaringiz boʻlsa, universitetga email yozish orqali soʻrab olsangiz boʻladi.

Agar universitet saytidan oʻqishni koʻchirish haqida maʼlumot topa olmasangiz, universitet emailiga oʻqishingizni shu universitetga koʻchirmoqchi ekaningizni aytib, buning tartib-qoidalari qanday boʻlishi soʻrab yozib yuborishingiz mumkin.

Misol bilan tushuntiring?

AQSHda joylashgan Clark universitetini misol sifatida olamiz (nufuzli universitet, THE roʻyxatida 601-800-oʻrin).

Avval saytiga kiramiz. Saytdan “Admissions” boʻlimiga sichqonchani olib boramiz. Shunda qoʻshimcha boʻlimlar ochiladi va “Related Links” rukni ostidagi “Transfer Student Admissions” boʻlimini tanlaymiz.

Boʻlimda xalqaro talabalar ham Clark universitetiga oʻqishini koʻchira olishi aytilgan. Va boshqa kerakli maʼlumotlar berilgan.

Shu maʼlumotlarni oʻqib chiqib, tushunmagan yerlarimiz boʻlsa, sahifa ostdagi emailga xabar yozib soʻrab olsak boʻladi. Soʻng kerakli hujjatlarni topshirish harakati boshlay olamiz.

Maʼlumot topish har doim ham oson emas

Clark universitetida oʻqishni koʻchirish maʼlumotlarini osongina topdik. Lekin ayrim universitet saytlarida bunday maʼlumotni topish oson kechmasligi mumkin.

Oʻqishni koʻchirish haqidagi maʼlumotni topish uchun boʻlimlarni sabr bilan qarab chiqishga toʻgʻri kelishi mumkin.

Agar tezroq topmoqchi boʻlsangiz, universitet saytidagi qidiruv (Search) maydoniga “Transfer”, “Transfer student” yoki shunga oʻxshash jumlalarni kiritib, qidirib koʻrishingiz mumkin.

Oʻqishni koʻchirish uchun grantlar bormi?

Ha, bor.
Lekin oʻqishni koʻchirayotganlar uchun barcha universitet ham grant taklif qilavermaydi.

Shuningdek, oʻqishni koʻchirish uchun mavjud grantlarning koʻpchiligi qisman grant boʻladi. Toʻliq grant nisbatan kam uchraydi.

Oʻqishni koʻchirish uchun grantlar mavjud yoki yoʻqligini universitetning “Financial Aid and Scholarships” yoki shunga oʻxshash nomdagi boʻlimidan yoxud oʻqishni koʻchirishga oid sahifasidan topish mumkin.

Masalan, Clark universiteti ham oʻqishni koʻchirish uchun grantlar taklif qiladi. Bu haqida transfer sahifasida ham, “Cost and Financial Aid” boʻlimida ham maʼlumot berilgan (Admissions > Cost and Financial Aid > Apply for Financial Aid > International Students).

Lekin Clark universitetida grantlarning aniq miqdorlari koʻrsatilmagan ekan. Buni email yozish orqali aniqlab olishingiz mumkin.

Oʻqishni koʻchirish uchun toʻliq grant ajratadigan oliygohlarga Tokio universitetini misol qilib keltirish mumkin. Bu haqida batafsil BU YERDA oʻqing.

Demak, talablarga javob bersangiz, oʻqishingizni xorijiy davlat universitetlariga koʻchirishingiz mumkin.

Eslatma: Ayrim davlatlar yoki universitetlar xalqaro talabalarni “Transfer Student” sifatida qabul qilmasligi mumkin.

@grantlar_namuna
Kino ijodiga qiziquvchilar uchun bepul 2 kunlik mahorat darsi

Gyote instituti tomonidan Tashkent kinofestivalining bir qismi sifatida O'zbekiston Kinofotofono hujjatlari Milliy arxivi bilan hamkorlikda dekolonial metodologiyalarga bag'ishlangan Toshkentda bo’lib o’tadigan ikki kunlik mahorat darsi tashkil etilmoqda.

Ushbu mahorat darsi Soup.collective.soup bilan hamkorlikda kino ijodkorlari va arxiv tadqiqotlariga qiziqqan va arxiv materiallarini ijodiy loyihalarga integratsiyalash usullarini taklif qiluvchi shaxslar uchun moʻljallangan.

O’tkazilish sanasi: 6-7 sentyabr, 2024 yil
O’tkazilish joyi: O'zbekiston Kinofotofono hujjatlari Milliy arxivi, Toshkent, O‘zbekiston


Dastur ingliz tilida bo’lib o’tadi. So’rov bo'yicha o'zbek va rus tiliga tarjima qilinadi.

Ishtirok etish uchun [email protected] elektron manzilga aloqaga chiqing.

Ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi muddati: 30-avgust, 2024 yil

@grantlar_namuna
FLEX dasturiga oid muhim oʻzgarish

FLEX dasturiga qabulning oxirgi sanasi 2024-yil 26-sentabrga oʻzgartirildi (avvalroq 28-sentabr edi).

Ariza topshirmoqchi boʻlganlardan ushbu oʻzgarishni hisobga olishni soʻraymiz.

MUHIM: Ariza shaklini toʻldirishni boshlagandan keyin 10 kun ichida arizani toʻldirib, yuborishingiz (Submit) lozim. Agar arizani boshlagach 10 kun ichida topshirmasangiz, bu yil ariza topshirish huquqidan mahrum boʻlasiz.

FLEX dasturi haqida manbalar:

👉 FLEX dasturi talablari, qabul jarayoni va boshqalar haqida batafsil maqola

👉 FLEX haqida eng koʻp beriladigan savollarga javoblar

👉 FLEX dasturiga ariza topshirish qoʻllanmasi – 3 tilda

👉 FLEX dasturining oʻtgan yilgi gʻolibasi bilan suhnat

Maʼlumot uchun: FLEX dasturi maktab va kollej/litsey oʻquvchilariga AQSH maktablarida (high school) 1 yil davomida oʻqish imkonini beradi. Dastur bilan bogʻliq barcha xarajatlar qoplanadi.

@grantlar_namuna
Oʻyin oʻynang va har hafta 30 tagacha TON ishlab oling

Corn Battles – 2 oy oldin ishga tushgan Telegramdagi strategik mini-oʻyin.

Oʻyinda turli qobiliyatlarga ega makkajoʻxori qahramonlar jamoasini tuzib, raqiblarga qarshi jang qilish va TON ishlab olish mumkin.

TON ishlash uchun haftalik reytingda TOP 200 talikka kirish kerak. Oʻyin yangi ekani hisobiga TOP 200 ga kirish hozirda u qadar qiyin emas.

TOP 200 ga kirganlarning har biriga Corn Battles tangalari va 30 tagacha TON beriladi.

Oʻyin tartibi:
– Sandiqlarni ochish, doʻstlarni taklif qilish kabi usullar bilan qahramon kartalarini toʻplang
– Qahramonlar darajasini yuksaltiring
– Bir-biriga mos strategik qahramonlar jamoasini tuzing va jang qilib TON ishlang

👉 OʻYINNI TEKSHIRISH

Oʻyin interfeysi uchun oʻzbek tilini ham tanlash mumkin. Telefonda ham, kompyuterda ham o'ynash mumkin.

Reklama