Hujjat topshirish jarayonlari
22.3K subscribers
159 photos
25 videos
114 files
865 links
🌍 Chet el oliygohlariga hujjat topshirgan o'zbekistonliklardan maslahat, ma'lumot va hujjat namunalari

Murojaat uchun: @GN_Murojaat_bot

👉 Hamkor kanal: @grantlar

Reklama: @gn_work
Download Telegram
KAIST da to’liq grant asosida o’qish
Hujjat topshirish jarayonlari
"Koreyaning KAIST oliygohida to'liq grant asosida o'qish" mavzusida Sanjar Atamurodov bilan bo'lib o'tgan ovozli suhbatimizni e'tiboringizga havola etmoqchimiz.

Suhbat quyidagi mavzularda bo'lib o'tdi:
— KAIST oiygohi, reytingi va ta'lim dasturlari.
— KAIST talabalariga beriladigan moddiy imkoniyatlar.
— Hujjat topshirish jarayonlari, intervyu bossqichi.
— Til biish ahamiyati, IELTS va boshqa sertifikatlar.

Dastur so'nggida tinglovchilar o'zlarini qiziqtirgan savollariga Sanjardan javob olish imkoniyatiga ega bo'ldi. Suhbatni barcha Koreyada o'qimoqchi bo'lgan yoshlarga tavsiya qilamiz.

@grantlar_namuna
“Amerika va Kanadada o’qish” mavzusida ovozli suhbat

Navbatdagi ovozli suhbatimiz AQSH va Kanadaning TOP universitetlarida o’qimoqchi bo’lganlarga hujjat topshirish ishlarida ko’rsatma yordam berish maqsadida tashkil etilmoqda.

Suhbatimiz mehmonlari:
1. Makhamadjonova Munisa:
— University of South Florida talabasi.
— El-Yurt Umidi stipendiya g’olibasi.
— US Young Women Leaders dasturi g’olibasi
— HPAIR dasturi grant sohibasi.
— Germaniyada bo’lib o’tgan “ “VDI-Schularforum” konferensiyasida startup loyihasi bilan g’olib bo’lgan.

2. Bakhtiyorov Shakhriyor — University of Toronto (QS ranking top 20) talabasi.

Suhbat vaqti: 2024-yil 14-fevral, 20:00 da
Suhbat joyi: @Grantlar_namuna telegram kanali

Suhbat davomida AQSH va Kanadaning eng nufuzli universitetlarida o’qish, xalqaro grantlar, ularga hujjat tayyorlash, xalqaro dasturlarda qatnashish va ularning ahamiyati haqida gaplashamiz.

Shunday dasturlarda qatnashishni istovchi barchani ovozli suhbatimizda kutib qolamiz.

@grantlar_namuna
Social Design Workshop: xalqaro ekspertlar tomonidan ijtimoiy loyihalash bo’yicha mahorat darsi

O‘zbekistondagi Gyote-Institut „Tashkent moc hub“ bilan birgalikda 2024 -yilning 18-22-mart kunlari Toshkentda “ Mapping the City: Tashkent ” ijtimoiy loyihalash mahorat darsini tashkil qilmoqda.

Tajribali grafik dizaynerlar Mark Endryus va Kristian Degen (Berlin, Amsterdam) boshchiligidagi mahorat darsi mahalliy ijodkorlar va qiziquvchilarga shaharning madaniy va urbanistik o’ziga xoslik jihatlarini o‘rganish imkoniyatini taqdim etadi.

Kimlar uchun: shaharsozlik sohasiga qiziquvchi ijodkorlar uchun

Tadbir 5 kun davom etadi va asosan ingliz, nemis tillarida olib boriladi. Zarurat tug'ilsa, o'zbek yoki ruschaga tarjima qilinishi mumkin.

Qatnashish uchun nomzodlar 2024-yil 5-martgacha [email protected] manziliga ismi, yoshi, kasbi va motivatsion xatlarini yuborish kerak.

👉 Dastur haqida batafsil ma'lumot 👈

@grantlar_namuna
Live stream scheduled for
Live stream started
Live stream finished (1 hour)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kecha kanalimizda o’tkazilgan “AQSH va Kanadada o’qish” mavzusidagi suhbatning yozib olingan shaklini e’tiboringizga havola etmoqchimiz.

Suhbat davomida AQSHning University of South Florida talabasi Munisa va Kanadaning Toronto universiteti talabasi Shaxriyor ko’pchilik uchun ahamiyatli bo’lgan ma’lumotlarni biz bilan ulashdilar.

Jumladan:
— Nufuzli universitetlarga kirishda GPA ahamiyati.
— Xalqaro dasturlarda qatnashish, ijtimoiy faollik muhimligi.
— Nufuzli universitetlardagi talablar.
— “El-yurt umidi stipendiyasi”ga ariza topshirish bosqichlari va boshqalar.

Mazmunli suhbat uchun Munisa va Shaxriyorga minnatdorchilik bildiramiz hamda kelgusi ishlarida omad tilaymiz.

@grantlar_namuna
Barcha kutgan ovozli suhbat!

Ko’pchilik talabiga binoan Koreyaning GKS dasturi g’olibasi bilan suhbat o’tkazishga qaror qildik.

Suhbatimiz mehmoni Kamola Hamidova — GKS dasturi g’olibasi, Hoseo universiteti, English language and literature yo’nalishi talabasi.
Suhbat vaqti: 2024-yil 16-fevral, 18:00
Suhbat joyi: @grantlar_namuna telegram kanali

Suhbat davomida quyidagi muhim savollarga javob olamiz:
GKS dasturi talab va imkoniyatlari
— Dastur g’olibi bo’lishda muhim omillar.
— Koreys tilini bilish yoki bilmaslikning ahamiyati.
— Koreyada yashash, talaba sifatida ishlash, oilaviy ketish imkoniyatlari.

👉
GKS dasturi haqida batafsil ma’lumot 👈

Koreyada to’liq grant asosida o’qish niyatida bo’lgan barchani suhbatimizda kutib qolamiz.

@grantlar_namuna
Kuni kecha "AQSh va Kanadada o'qish" mvazusida ovozli suhbat o'tkazgan edik. Suhbat davomida spikerlarimiz xalqaro grantlar, nufuzli universitetlarda o'qishga oid ma'lumotlarni biz bilan baham ko'rishgan edi.

Spikerlarimiz haqida batafsil ma'lumot olish uchun ularning shaxsiy bloglarini kuzatib borishni tavsiya qilamiz.

1. Makhamadjonova Munisa:
— University of South Florida talabasi.
— El-Yurt Umidi stipendiya g’olibasi.
— US Young Women Leaders dasturi g’olibasi
— HPAIR dasturi grant sohibasi.
— Germaniyada bo’lib o’tgan “ “VDI-Schularforum” konferensiyasida startup loyihasi bilan g’olib bo’lgan.
👉 Munisaning shaxsiy blogi 👈

2. Baxtiyorov Shaxriyor — University of Toronto (QS ranking top 20) talabasi.
👉 Shaxriyorning shaxsiy blogi 👈

Ularning shaxsiy bloglarini kuzatib, o'zingizga kerakli bo'lgan ma'lumotlanri o'rganishingiz va qo'shimcha savollaringizni so'rashingiz ham mumkin
Live stream started
Live stream finished (1 hour)
GKS dasturi uchun mentorlik kursi

Ko’pchilik talab va istagiga binoan Koreyada to’liq grant asosida o’qish imkoniyatini beruvchi GKS dasturi bo’yicha mentorlik kursini tashkil etmoqdamiz.

Kurs mentorlari:
Kamola Hamidova - GKS granti g’olibasi);
Ozodaxon O’ktamova - xalqaro grantlar bo’yicha mentor.

Kurs kimlar uchun: magistratura bosqichini Koreyada to’liq grant asosida o’qimoqchi bo’lganlar uchun.

Kurs davomida GKS dasturiga topshirish uchun kerakli barcha hujjatlar tayyorlash bo’yicha ko’rsatmalar beriladi, hujjatlar mentorlar tomonidan tekshiriladi.

Kursga qabul 2024-yil 28-fevralga qadar davom etadi.

ESLATMA: dasturda ishtirok etish uchun ingliz tilidan IELTS sertifikati va bakalavr diplom bali 80% dan yuqori bo’lishi kerak.

Kurs to'lovi, kurs haqida qo’shimcha savollar va kursga ro'yxatdan o'tish uchun @Ozodakhon_work hisobiga murojaat qiling

@grantlar_namuna
GKS g’olibasi bilan suhbat
Hujjat topshirish jarayonlari
GKS dasturi g'olibasi bilan o'tkazilgan ovozli suhbatning yozib olingan varianti

Yaqinda Koreyada to'liq grant asosida o'qish imkoniyatini beruvchi GKS dasturi haqida suhbat o'tkazgan edik. Suhbat davomida dasturga hujjat tayyorlash, grant yutishda muhim omillar, IELTS va baholarning ahamiyati haqida batafsil ma'lumotlar berildi.

Samimiy va mazmunli suhbat uchun GKS dasturi g'olibasi Kamola Hamidovaga alohida rahmat aytamiz va kelgusi ishlarida zafar tilab qolamiz.

ESLATMA: hozirda Kamola Hamidova GKS dasturiga topshirmoqchi bo'lganlar uchun mentorlik kursi tashkil etganlar.

👉 Kurs haqida batafsil ma'lumot BU YERDA

@grantlar_namuna
The OSCE Young Women 4 Peace Initiative: Markaziy Osiyo ayollarini qo'llab-quvvatlash dasturi

OSCE tashkiloti tomonidan Markaziy Osiyo ayol-qizlari uchun Young Women 4 Peace Initiative dasturi uchun qabulga start berildi.

Kimlar uchun: 2024-yil 1-aprel holatiga ko'ra 18-30 yoshda bo'lgan Markaziy Osiyoning yetakchi ayol-qizlari

Dastur davomida ishtirokchilarni kutmoqda:
— Har tomonlama salohiyatni oshirish va karyera bo'yicha murabbiylik mashg'ulotlari.
— Gender tengligi, yoshlarni jalb qilish, tinchlik va xavfsizlik mavzularida tengdoshlar bilan munozaralar.
— Moliyalashtirishni boshqarish, muzokaralar, siyosatni ishlab chiqish, grantlarni boshqarish/donor munosabatlari, loyihalarni boshqarish, psixologik va ruhiy salomatlik va ishonchni mustahkamlash kabi mavzularda treninglar.
— Tengdoshlar va murabbiylar bilan networking qilish imkoniyati.
— Ayollar imkoniyatlarini kengaytirish bo'yicha transchegaraviy loyihalar/kichik ko'lamli tashabbuslarni ishlab chiqish va amalga oshirishni qo'llab-quvvatlash.

Dastur to'liq ingliz tilida olib boriladi. Shu sababdan ishtirokchilar ingliz tilini yetarlicha bilishlari zarur.

Ariza topshirish 2024-yil 1-mart tonngi 3:59 ga qadar davom etadi.

👉 ARIZA TOPSHIRISH HAVOLASI 👈

Qo'shimcha murojaatlar uchun: [email protected]

@grantlar_namuna
NSP dasturi haqida barchasi birda!

Xabaringiz bor, Slovakiyada 1-10 oygacha almashinuv dasturida qatnashish imkoniyatini beruvchi NSP dasturiga qabul boshlandi. Ushbu postda dasturga oid barcha ma'lumot va qo'shimcha manbalarni e'tiboringizga havola etmoqchimiz.

👉 Shu grant gʻolibining dasturga topshirgan hujjatlari (bakalavriat almashinuv dasturi uchun)

👉 Yana bir talabaning ushbu dasturga topshirgan hujjatlari (bakalavriat almashinuv dasturi uchun)

👉 Shu grant gʻolibining dasturga topshirgan hujjatlari (doktorantura almashinuv dasturi uchun)

👉 Dastur bo'yicha ko'p berilgan savollarga javoblar

👉 Dastur uchun transkript va diplom yuklash ahamiyati haqida ma'lumot

👉 Dastur g'olibi bilan o'tkazilgan ovozli suhbat

👉 Dastur imkoniyatlari haqida batafsil ma'lumot

ESLATMA: dastur uchun qabul 2024-yilning 30-apreliga qadar davom etadi. Nomzodlar dasturda ishtirok etish uchun Slovak universitetlaridan biriga qabul xati olgan bo'lishlari kerak.

👉 Qabul xati olish haqida ma'lumot

Dastur uchun maxsus mentorlik kursi ham tashkil etilgan. Kurs haqida batafsil BU YERDA.

Ushbu postni NSP dasturida qatnashmoqchi bo'lganlarga yuborib qo'ying😉

@grantlar_namuna
AQSH universitetlariga (bakalavriat) hujjat topshirishda sifatli yordam xizmati

@Grantlar_namuna loyihasi AQSH universitetlarining bakalavriat bosqichiga hujjat topshirmoqchi boʻlganlar uchun yordam xizmatlarini yoʻlga qoʻydi.

Xizmatlar oʻzi AQSHda toʻliq grant asosida oʻqiyotgan va hujjatlarni tayyorlash hamda topshirishda 3 yillik tajribaga ega mutaxassislar tomonidan koʻrsatiladi.

Koʻrsatiladigan xizmatlar:
– AQSH universitetlari roʻyxati, universitet tanlashda yordam
– Common App akkauntini ochish va toʻldirish
– Barcha hujjatlarni (toʻliq ariza, CV, tavsiyanoma, insholar va h.k.) tayyorlashda yordam
– Nomzod xohishiga qarab, faqat 1 ta yoki bir nechta hujjatni tayyorlashda yordam
– Hujjatlar tayyor boʻlgach, Common App orqali hujjatlarni topshirish – toʻliq va qisman grantlar uchun ham ariza berish (bir vaqtning oʻzida 10 lab universitetlarga hujjat topshirish mumkin)
– Qabul qilingandan keyin nimalar qilish kerak, qanday qilish kerakligi boʻyicha yoʻl-yoʻriq
– Viza hujjatlarini tayyorlash va topshirishda yordam

Muhim jihatlar

1. Xizmatlar ishonchli.
@Grantlar_namuna jamoasi bir necha yillardan beri yoshlarga turli universitet va grantlarga topshirishda koʻmak berib keladi.

Kanalda #Natija heshtegi bilan qidiruv bersangiz, jamoamiz yordamida turli grantlarni qoʻlga kiritgan talabalarni topishingiz mumkin (faqat ayrimlari keltirilgan). Bu orqali yillar davomida shunday xizmat koʻrsatib kelganimiz va bizga ishonish mumkinligiga ishonch hosil qilishingiz mumkin.

2. Xizmatlar sifatli. Xizmatlar oʻzlari toʻliq grant yutgan va kamida 3 yillik tajribaga ega mutaxassislar tomonidan koʻrsatiladi. #Natija heshtegi yordamida qidirsangiz, yordam olganlarning aksariyati dunyoning eng nufuzli grantlarini qoʻlga kiritganiga guvoh boʻlasiz.

3. Hamyonbop narxlar. Xizmatlar narxi konsalting agentliklari xizmati narxidan 4-5 barobar arzon.

Foydalanish turlari

Xizmatlardan turlicha foydalanish mumkin. Jumladan:
– Birdan 10-15 ta universitetga topshirish yoki faqat bir nechta/bitta universitetga topshirish;
– Xohishga qarab, toʻliq hujjatlar, bir nechta hujjatni yoki bitta hujjatni tayyorlashda yordam olish;
– Faqat grantga yoki vizaga hujjat topshirishda yordam olish mumkin.

Murojaat

Xizmatdan foydalanish, xizmat turlari, narxlari va boshqalar haqida batafsil maʼlumot olish uchun murojaat qiling: @studyusa_support
Grantga hujjat topshirishdagi muhim qoida: qabulning oxirgi kunini kutmang

Biror grant yoki dasturga ariza topshirishni oxirgi kun/daqiqagacha kutmasdan, ertaroq ariza topshirish qattiq tavsiya qilinmadi. Chunki arizani qabul oxiriga taqash bir nechta ko'ngilsiz oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Masalan:

1. Oxirgi kun / daqiqalargacha taqab borish arizangizning pala-partish boʻlib qolishiga sabab boʻlishi mumkin. Muddat qancha yaqinlashsa, kishida tezroq harakat qilishim kerak degan vahima kuchayadi.

Bu esa diqqatni jamlashga xalal beradi va soʻnggi daqiqalarda tayyorlanayotgan / yozilayotgan hujjatlarning sifatiga salbiy taʼsir qiladi. Natijada qabul qilinish ehtimolingiz pasayishi mumkin.

2. Qabul muddatdan oldin yopib qoʻyilishi mumkin. Dastur/grantga qabulning muddatdan oldin yakunlanishi holatlari, ayniqsa, qisqa muddatli grantlarda (yozgi maktab, kurs, lager va hk) tez-tez uchrab turadi. Bunga asosiy sabab arizalarning nihoyatda koʻpayib ketishidir. Bunday holat Oʻzbekistondagi AQSH elchixonasi eʼlon qilgan dasturlarda bir necha bor kuzatilgan.

Agar oxirgi kunni kutib yurgan boʻlsangiz, qabul muddatdan oldin tugasa, ishtirok etish imkoniyatini toʻliq qoʻldan chiqarasiz.

3. Grantlarning ertaroq ariza topshirilgan nomzodlarga ajratilishi. Bir qancha universitetlar bakalavriat, magistratura va boshqa bosqichlarga grant ajratishda “First-come, first-served” qoidasiga amal qiladi.

Yaʼni maʼlum grant oʻrinlari boʻladi, shu oʻrinlar eng birinchi ariza topshirgan munosib nomzodlarga taqsimlab beriladi. Bu oʻrinlar munosib nomzod chiqmasagina qabulning soʻnggi kunigacha saqlanib qolishi mumkin. Bu qoida AQSH, Britaniya kabi davlatlarda tez-tez qoʻllaniladi.

Bunda qabulning oxirgi kunigacha kutish tayyor imkoniyatdan oʻz xohishi bilan voz kechish degani.

4. Savol chiqib qolsa, javob ololmay qolasiz. Biror muhim savol tugʻilganda uni aniqlashtirish uchun tashkilotchilarga telefon qilish yoki koʻp hollarda email yozish kerak.

Lekin telefonga javob berish uchun ish vaqti tugagan boʻlishi yoki emailga javob berilishi uchun kamida 1-3 kun muddat talab etilishi mumkin. Oxirgi kun / daqiqada hujjat topshirayotib shunday savolga duch kelsangiz, javob ololmay qolishingiz mumkin. Bu esa yana sizning qabul qilinishingizga salbiy taʼsir qilishi mumkin.

5. Qoʻshimcha qoida: shoshilib ham topshirmang! Eng erta topshiraman degan oʻy bilan, shoshma-shosharlik qilib ariza topshirish ham tavsiya qilinmaydi.

Biror grantga topshirmoqchi boʻlganingizda, dastlab, uning talablari, qoidalari, mezonlari, koʻp beriladigan savollarga javoblari va boshqalarni diqqat bilan oʻqib chiqing. Biroq ularni oʻqib chiqishni orqaga surib yurmang, imkon qadar ertaroq oʻqib chiqing.

Biror savol tugʻilsa, darhol tashkilotchilarda email yoki telefon orqali soʻrab aniqlashtirib oling.

Dastur va uning talablari, hujjatlar tarkibi hamda boshqa muhim masalalarga toʻliq tushunib olganingizdan keyingina hujjatlaringizni topshiring.

Yuqoridagi qoidalarga amal qilsangiz, dasturga qabul borasida anchagina koʻngilsizliklarning oldini olgan boʻlasiz.

Albatta, qabulning oxirgi daqiqalarida hujjat topshirib, grant yutganlar ham bor. Lekin hujjat topshirishni soʻnggi kun / soʻnggi daqiqalarga qadar taqab olib borish yuqoridagi koʻngilsiz oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shu sababli oxiriga taqash mutlaqo tavsiya qilinmaydi.

@grantlar_namuna
Oyiga 110 AQSH dollari stipendiya bilan taʼminlaydigan JACAFA stipendiyasiga arizalar qabul qilmoqda

Bu grant 2 yil davomida 110 dollarlik stipendiyadan tashqari, quyidagi imtiyozlarni taqdim qiladi:
– Markaziy Osiyoda tashkil etiladigan tadbirlarda qatnashish (xarajatlar qoplanadi)
– Yaponiyaga bepul sayohat

Quyida ushbu dasturga oid eng kerakli manbalarni topasiz:

👉 JACAFA stipendiya dasturi, talablari, qabul jarayoni haqida batafsil

👉 2021-yilgi gʻolib talabaning shu dasturga topshirgan hujjatlari

👉 2020-yilgi gʻoliba talabaning shu dasturga topshirgan hujjatlari

👉 Shu dasturni yutgan talaba bilan suhbat

@grantlar_namuna
AQSHda oʻqish uchun qanday turdagi grantlar mavjud?

AQSH universitetlarida oʻqish uchun ajratiladigan grantlarning asosiy 6 turi mavjud. Bular vaziyatdan kelib chiqib, toʻliq yoki qisman grant shaklida taqdim etilishi mumkin.

Quyida ular haqida qisqacha maʼlumot beramiz.

1. Koʻrsatkichlarga asoslangan grantlar (Merit scholarships). Bunday grantlar talabaning koʻrsatkichlari, erishgan yutuqlari asosida beriladi.

Masalan, bunday grantlar:
– aʼlo baholarga egalik va/yoki SAT/ACT imtihonidan yuqori ball olganlik uchun (Academic Scholarships);
– aʼlo baholar va imtihonlardan olingan yuqori ballardan tashqari, talabaning jamiyatga qoʻshgan hissasi va darsdan tashqari mashgʻulotlarda ishtiroki uchun (Average Academic Performance Scholarships);
– Sportda erishgan yutuqlari uchun (Sports Scholarships) berilishi mumkin.

2. Moliyaviy ehtiyojga asoslangan grantlar (Need-based scholarships). Bu grantlar oʻqish toʻlovlari va oʻqish bilan bogʻliq boshqa xarajatlarni toʻlashga moliyaviy imkoniyati yetmaydigan talabalarga beriladi.

3. Mamlakatga asoslangan grantlar (Country-based scholarships). Bunday grantlar rivojlanayotgan davlatlarning fuqarosi boʻlgan xalqaro talabalarga beriladi.

4. Universitet grantlari. Koʻplab AQSH universitetlari muayyan mezonlarga mos xalqaro talabalarga oʻz grantlarini taklif qiladi.

Bu mezonlarni universitetning oʻz belgilaydi, masalan, biror universitet muayyan soha boʻyicha oʻqish uchun topshiruvchi eng yuqori koʻrsatkichlarga ega nomzodlarga grant ajratishi mumkin.

5. Xususiy sektor moliyalashtiradigan grantlar. Bunday grantlar xususiy kompaniyalar, tashkilotlar va boshqalar tomonidan xalqaro talabalarga taklif etiladi.

Lekin odatda ularning talablari nisbatan qattiqroq boʻladi va ular koʻpincha muayyan guruhga mansub talabalar (masalan, ayollar, rivojlanayotgan davlatlar fuqarolari va h.k.) uchun beriladi.

6. AQSH hukumati moliyalashtiradigan grantlar. Bunday grantlar taʼlim tizimini globallashtirish maqsadida xalqaro talabalarga AQSH hukumati tomonidan ajratiladi. Ushbu grantlar odatda AQSHda oʻqish uchun eng nufuzli grantlar hisoblanadi (masalan, magistraturada oʻqish uchun Fulbright granti).

Qaysi universitetda qanday grant taklif qilinishini qanday bilsam boʻladi?

Bu uchun kerakli universitetning rasmiy veb-saytiga kirasiz va u yerdan “Financial Aid and Scholarships” yoki “Admission and Aid” yoki shu kabi moliyaviy yordam hamda grantlarga bagʻishlangan boʻlimga kirasiz.

Bu boʻlimda xalqaro talabalar uchun qanday grantlar mavjudligi bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

@grantlar_namuna
JACAFA stipendiyasi boʻyicha mentorlik kursi!

@Grantlar_namuna loyihasi JACAFA stipendiyasi boʻyicha toʻliq tartibli mentorlik kursini eʼlon qiladi.

Bu dastur Oʻzbekiston OTMlarida oʻqiyotgan bakalavrlariga 2 yil davomida oyiga 110 AQSH dollari stipendiya olish va quyidagi imkoniyatlarni beradi:
– Markaziy Osiyoda tashkil etiladigan tadbirlarda qatnashish (xarajatlar qoplanadi)
– Yaponiyaga bepul sayohat

Kursning asosiy jihatlari:
– Stipendiyani yutish imkoniyatingizni oshiradi.
– Hujjatlarni tayyorlashda bevosita yordam koʻrsatiladi. Motivatsiya xati, CV va boshqalarni tayyorlashda koʻmak beriladi.
– Ariza va hujjatlarni xatolarsiz, 100% toʻgʻri va muvaffaqiyatli topshirishingizni taʼminlaydi.
– Ariza topshirishdan boshlab, to qabul qilinishgacha boʻlgan jarayonda istalgan payt istalgan savolingizni berishingiz va javob olishingiz mumkin boʻladi.

Kursni kim olib boradi?

Kurs JACAFA stipendiyasi gʻolibi Abdulaziz Murtozayev tomonidan olib boriladi.

Abdulaziz grantlar boʻyicha boy tajribaga ega. Uning ayrim yutuqlari:
“The Nippon Foundation JACAFA scholarship” stipendiyasini yutgan (2019).
“Türkiye burslari & IsDB joint scholarship” toʻliq grantini yutgan (2021).
“Erasmus Mundus in Smart cities and communities MSc program” toʻliq grantini yutgan (2021).
– Amerika kengashlarining “Young Professional Internships Program” haq toʻlanadigan amaliyot dasturini yutgan (2020).
– Toshkentdagi Amerika markazining onlayn loyihalar uchun grantini qoʻlga kiritgan (2022-yil).

Dastur mashgʻulotlari Zoom/telegram konferensiyalar, telegram guruh va shaxsiy yozishmalardagi savol-javoblar orqali oʻtiladi.

Kursga qatnashish pulli.

Kursga roʻyxatdan oʻtishning oxirgi sanasi: 2024-yil 7-aprel, 23:59.

Kurs, uning haqi toʻgʻrisida batafsil maʼlumot va roʻyxatdan oʻtish uchun murojaat: @abdulaziz_murtozaev

@grantlar_namuna