Hujjat topshirish jarayonlari
22.3K subscribers
159 photos
25 videos
114 files
865 links
🌍 Chet el oliygohlariga hujjat topshirgan o'zbekistonliklardan maslahat, ma'lumot va hujjat namunalari

Murojaat uchun: @GN_Murojaat_bot

👉 Hamkor kanal: @grantlar

Reklama: @gn_work
Download Telegram
Sun'iy intellekt sohasi bo'yicha onlayn kurslar

Kelajakda eng yaxshi maosh asosida ishlashni reja qilayotganlar, albatta, Sun'iy Intellekt sohasi bo'yicha yetarlicha bilimga ega bo'lishi shart.

Qolaversa, hozirda rivojlangan davlatlarda AI Product Managerlarga yaxshi ish takliflari berilmoqda. Shu sababdan Sun'iy Intellekt bo'yicha bepul onlayn kurslar ro'yxatini e'tiboringizga havola etmoqchimiz:

1. Artificial Intelligence for Robotics - davomiyligi 24 ta dars, istalgan vat

2. Machine Learning Specialization - davomiyligi 2 oy.

3. AI For Everyone - davomiyli 3 hafta.

4. Machine Learning for All - davomiyli 3 hafta.

5. Artificial Intelligence in Marketing - davomiyli 3 hafta.

6. Generativ sun’iy intellekt asoslari - davomiyligi 3 soat.

7. Machine learning - davomiyligi 12 soat

8. AI Product Management Specialization - davomiyligi 4 oy

9. Machine Learning Foundations for Product Managers - davomiyligi 15 soat.

10. Generative AI Fundamentals with Google Cloud - davomiyligi 3 soat

Yana qanday bepul kurslar haqida bilmoqchisiz? Izohlarda qoldiring👇

@grantlar_namuna
International Visitors Programme: madaniyat xodimlari va jurnalistlar uchun Germaniyada bo'lib o'tuvchi xalqaro tanlovlar

Shimoliy Reyn-Vestfaliyadagi Madaniyat Kotibiyati xalqaro madaniyat xodimlari va jurnalistlar uchun beshta qiziqarli tanlovlarni taqdim etadi.

1. “70th International Short Film Festival Oberhausen – Film and Media Arts in NorthRhine-Westphalia”.

Tanlov o'tkazilish sanasi: 2024-yil 1-6-may.
Dedlayn: 2024-yil 29-yanvar
👉 Batafsil: https://www.kurzfilmtage.de/

2. “CircusDanceFestival – Re-Inventing Circus: Between Heritage and Renewal”.

Tanlov o'tkazilish sanasi: 2024-yil 15-20-may.
Dedlayn: 2024-yil 1-fevral
👉 Batafsil: https://www.circus-dance-festival.de/

3. “53rd Moers Festival – Crossing the Borders of Jazz and Contemporary Music between the Lower Rhine and the Ruhr Region”.

Tanlov o'tkazilish sanasi: 2024-yil 16-21-may.
Dedlayn: 2024-yil 1-fevral
👉 Batafsil: https://www.moers-festival.de/

4. “internationale tanzmesse nrw 2024 – Global Networking of Contemporary Dance in North Rhine-Westphalia.

Tanlov o'tkazilish sanasi:
2024-yil 26-31-avgust.
Dedlayn: 2024-yil 1-mart
👉 Batafsil: https://www.tanzmesse.com/

5. “FEL!X Historically Informed Festival of the Cologne Philharmonic”

Tanlov o'tkazilish sanasi:
2024-yil 27-avgust— 1-sentyabr
Dedlayn: 2024-yil 12-mart.
👉 Batafsil: https://www.felix-originalklang.koeln/

Ishtirokchilarga qo'yilgan talablar:
— Mahalliy va xalqaro networkingga ega bo'lish.
— Barqaror aloqalar va kelajakdagi hamkorlikka, shuningdek Shimoliy Reyn-Vestfaliyaning madaniyatiga qiziqish.
— Ingliz tilini yaxshi bilish va boshqalar.

Ariza topshirish. Dasturga topshirish uchun yuqorida ko'rsatilgan muddatlarda motivatsiya xati bilan rezyumeingizni quyidagi manzilga yuboring: [email protected]

👉 Dastur imkoniyatlari bilan batafsil BU YERDA tanishing.

@grantlar_namuna
Hozirda Ruminiyada toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beruvchi Romanian Scholarship for Foreign Students dasturiga hujjatlar qabul qilinmoqda.

Mazkur dasturga diplom kurslari, bakalavriat va magistraturada oʻqishni xohlovchilar topshirishi mumkin.

Taʼlim olishni istagan oʻzbek yoshlari uchun Ruminiya ommabop manzil emas. Buning asosiy sabablaridan biri – oʻzbek yoshlarining Ruminiya haqida ko'p maʼlumotga ega emasligida.

Shu sababli bugun Ruminiyada taʼlim imkoniyatlari va sharoitlari haqida qisqacha toʻxtalib oʻtamiz.

Demak, Ruminiyada tahsil olishning afzalliklari:

1. Ruminiya Yevropa Ittifoqi (YI)ga aʼzo davlatdir. Shu sababli Ruminiyada olingan diplom YI aʼzosi boʻlgan barcha 27 davlatda avtomatik tarzda tan olinadi.

2. Ruminiya yashash xarajatlari va taʼlim puli (tuition fee) boʻyicha Yevropa mamlakatlari ichida eng arzon davlatlardan biridir.

Aksariyat universitetlarda bir yillik kontrakt miqdori yiliga 3200-5000 yevroni tashkil etadi.

Ruminiyada bir oy yashash xarajatlari bir kishiga oʻrtacha 300-500 yevroga tushadi (bu koʻrsatkich Germaniyada 850 yevro, AQSHda 850-1000 dollarga teng).

3. Talabalar universitetlarga imtihonsiz qabul qilinadi. Kerakli hujjatlarni topshirishning oʻzi kifoya (hujjatlar asosida saralab olinadi).

4. Yevropada tibbiyot sohasida oʻqimoqchi boʻlganlar uchun Ruminiya – eng qulay davlatlardan biri: tibbiy taʼlim sifatli va aksariyat Yevropa davlatlariga qaraganda arzon.

5. Ruminiyada dunyoning TOP 1000 ta universiteti roʻyxatidan joy olgan oliygohlar mavjud.

6. Ruminiyada tahsil olayotgan talabalar oʻqish davomida kuniga 4 soatdan ishlashi mumkin. Ishlash uchun alohida ruxsat olish talab etilmaydi.

7. Ruminiya YIda joylashgani sababli oʻqish davomida YIga aʼzo davlatlarga vizasiz sayohat qila olasiz.

Albatta, Ruminiyada oʻqishning oʻziga xos noqulay jihatlari ham bor (masalan, ruminiyaliklarning ingliz tilini bilish darajasi juda yuqori emas, part-time ishlaganda oylik ham u qadar yuqori boʻlmasligi mumkin va h.k.).

Shu sababli oʻqish manzili sifatida Ruminiyani tanlamoqchi boʻlsangiz, mazkur davlatda oʻqishning plus va minus tomonlarini mustaqil ravishda internetdan erinmay oʻrganib chiqing.

Qani, endi pastdagi smayliklarni bosib tashlanglarchi!!! 😃

@grantlar_namuna
Foreign National Student Internship Program: talabalar uchun Toshkentdagi AQSH elchixonasida amaliyot o'tash imkoniyati

AQSHning Toshkentdagi elchixonasi talabalar uchun Financial Management Office bo‘limida amaliyot o'tash imkoniyatini taklif etmoqda.

Kimlar uchun: hozirda O'zbekistonda bakalavrning 1-3-kursida o'qiyotgan talabalar uchun.

Qolaversa, nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
— Nomzod kamida 18 yosh bo'lishi.
— Ingliz, o'zbek va/yoki rus tillarini yaxshi bilishi.
—Kompyuter va internetdan samarali foydalana olish, mijozlar bilan ishlay olish qobiliyatiega ega bo'lishi va boshqalar.

Dastur imkoniyatlari:
— Dastur so'nggida AQSH elchixonasida amaliyot o'tagani haqida sertifikat taqdim etiladi.
— Amaliyot davomida talaba xalqaro va mahalliy ishlarda tajriba orttirish imkoniyatiga ega bo'ladi.
— Ingliz tili va kompyuter bilimlarini oshirish, HR bilan bog'liq turli tadbirlarda faol ishtirok etish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Ariza topshirish jarayoni:
Nomzodlar 2024-yil 5-fevralga qadar elektron pochta orqali [email protected] manziliga (mavzu qismiga FNSIP 2024/01 - “FMC Internship Program"deb yozib) quyidagi hujjatlarni yuborishlari kerak:

— To'ldirilgan ariza shakli (yuklab olish).
— Pasport nusxasi.
— Hozirda talaba ekanligini tasdiqlovchi ma'lumotnoma.
— Transkript.
—Tavsiyanoma va sertifikatlar (ixtiyoriy)

ESLATMA: dasturga qiziquvchilar soni ko'pligi bois faqatgina saralangan nomzodlarga aloqaga chiqiladi.

👉 Amaliyot haqida batafsil ma'lumot BU YERDA

@grantlar_namuna
Forwarded from Grantlar.uz
Martda qabul tugaydigan dasturlar

Eʼtiboringizga 2024-yil mart oyida qabul tugaydigan dasturlar roʻyxatini taqdim etamiz.

👉 13-18 yoshli oʻquvchilar uchun AQSHda yozgi matematika oromgohi; toʻliq moliyaviy yordam mavjud! (dedlayn: 6-mart)

👉 Maktab, kollej va/yoki akademik litsey oʻquvchilari uchun videolar tanlovi (dedlayn: 6-mart)

👉 Yaponiyada muhandislik bo’yicha bakalavr kurslari uchun to'liq grant va yillik 8200 dollar stipendiya! (dedlayn: 8-mart)

👉 Jurnalist, bloger va tadqiqotchilar uchun Germaniyada 2 haftalik bepul yozgi maktab; transport, turar joy va oziq-ovqat xarajatlari qoplanadi! (dedlayn: 16-mart)

👉 Ruminiya hukumatining stipendiya dasturi: bakalavriat, magistratura va doktoranturada oʻqish uchun toʻliq grant! (dedlayn: 16-mart)

👉 Toshkentdagi Amerika markazidan loyihalar uchun 2000 dollardan 6000 dollargacha grant! (dedlayn: 20-mart)

👉 Kanadadagi 4 kunlik sammit uchun toʻliq grant! (dedlayn: 20-mart)

👉 Yaponiyaning 1-raqamli universitetiga o'qishni stipendiya asosida ko'chirish imkoniyati! (dedlayn: 21-mart)

👉 MBZUAI: BAAda magistratura va PhD bosqichi uchun toʻliq grant! (dedlayn: 31-mart)

👉 Fantastika va ilmiy fantastika janridagi illustratsiyalar tanlovi; bosh sovrin – 5000 dollar! (dedlayn: 31-mart)

👉 Fantastik va ilmiy fantastik hikoyalar (asarlar) tanlovi; bosh mukofot – 5000 AQSH dollari! (dedlayn: 31-mart)

Fevral oyida qabul tugaydigan dasturlar roʻyxatini BU YERDAN topasiz.

😎 Hujjat topshirish muhlatini oʻtkazib yubormang!

@grantlar
AI HACK 2024: barcha qiziquvchilar uchun mukofot jamg'armasi 60 million so'm bo'lgan hackathon

Yangi O'zbekiston universiteti boshqa bir qancha tashkilotlar bilan hamkorlikda yoshi va darajasidan qat'i nazar barcha qiziquvchilar uchun hackathon tashkil etmoqda. Hackathonda jamoa tarzda ishtirok etish mumkin.

Hackathon qay tartibda bo'lishi va boshqa batafsil jihatlar faqat birinchi kuni brifing va start paytida ma'lum qilinadi.

O'tkazilish sanasi va manzili: 2024-yil 16-18-fevral, Yangi O'zbekiston universiteti.

Hackathon g'oliblari quyidagicha taqdirlanadi:
— 1-o‘rin: 30 million so‘m
— 2-o‘rin: 20 million so‘m
— 3-o‘rin: 10 million so‘m.

Bundan tashqari, ishtirokchilar turli nominatsiyalar bo'yicha qo'shimcha sovg'alarga ega bo'lish bo'lishlari mumkin.

Ro'yxatdan o'tish 2024-yil 9-fevraliga qadar davom etadi:

👉 RO'YXATDAN O'TISH 👈

👉 Qo'shimcha savollarga javoblar BU YERDA

@grantlar_namuna
Dunyoda TOP 1000 likka kirmaydigan chet el universitetlarining diplomi Oʻzbekistonda tan olinmaydimi?

Kanalning ayrim obunachilari “Bu universitet TOP 1000 talikka kirmas ekan, diplomi Oʻzbekistonga oʻtmaydi/tan olinmaydi” degan fikrni bildirayotgani kuzatilmoqda.

BU MUTLAQO XATO. Qaysidir xorijiy universitetning TOP 1000 talikka kirmasligi uning diplomi Oʻzbekistonda tan olinmasligini anglatmaydi.

Unda chet el diplomining tan olinish tartibi qanday?

Chet el universiteti diplomining Oʻzbekistonda tan olinishi uchun 3 ta asos bor. Universitet TOP 1000 talikka kiradimi yoki kirmaydimi, shu 3 ta asosga mos boʻlsa, uning diplomi Oʻzbekistonda tan olinadi.

Bu asoslar quyidagicha:
– xorijiy ta’lim to‘g‘risidagi hujjatni bergan ta’lim muassasasi va ushbu muassasa tomonidan berilgan hujjatning o‘sha davlat tomonidan tan olingan bo‘lishi;
– xorijiy ta’lim to‘g‘risidagi hujjat berishga asos bo‘lgan ta’lim standartlarining yoki ta’lim dasturlarining O‘zbekiston Respublikasida amalda bo‘lgan davlat ta’lim standartlari va ta’lim dasturlariga muvofiqligi;
– O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy ta’lim to‘g‘risida hujjatni bergan davlatning ta’lim tizimiga qo‘yilgan umumiy talablarning mosligi.

Yuqoridagi asoslarga mos boʻlgan chet el diplomi shu asoslarga mos boʻlsa, Oʻzbekistonda tan olinadi.

Nostrifikatsiya nima?

Nostrifikatsiya – bu chet el diplomining tan olish. Yaʼni diplomni “nostrifikatsiya qilish” va “diplomni tan olish” ayni bir xil atamadir.

TOP 1000 talikka kirgan universitetlarning diplomi nostrifikatsiyasiz tan olinadimi?

Bu savolning oʻzi mantiqsiz, lekin shunday savol ham kuzatiladi.

Universitet nufuzi boʻyicha dunyoda 1-oʻrinda turgan boʻlsa ham, 5000-oʻrinda turgan boʻlsa ham, uning diplomi Oʻzbekistonda nostrifikatsiya qilinadi (yaʼni rasmiy tan olish jarayonidan oʻtadi).

Unda TOP 1000 talikka kirgan va kirmagan universitetlarning diplomini tan olishda (nostrifikatsiya qilishda) qanday farq bor?

Farq quyidagicha:
– TOP 1000 likka kirgan chet el universitetlari diplomlari toʻgʻridan-toʻgʻri, yaʼni maxsus sinovlarsiz (imtihonlarsiz) tan olinadi. Yaʼni tegishli hujjatlarni tegishli tashkilotga topshirasiz va diplomingiz nostrifikatsiya qilinadi (tan olinadi).
– TOP 1000 talikka kirmagan chet el universitetlari diplomlari tan olinishi uchun esa talaba Oʻzbekistonda maxsus sinovlardan (imtihondan) oʻtishi kerak. Maxsus sinov natijasiga ko‘ra, talaba kamida 55 foiz natija qayd etsa, uning xorijdan olgan diplomi tan olinadi (nostrifikatsiya qilinadi), aks holda, tan olinmaydi.

Maxsus sinov tartibi haqida batafsil BU YERDA ma'lumot olishingiz mumkin.

TOP 1000 talikka kirgan chet el universitetlarining diplomlari Oʻzbekistonda tan olinmasligi mumkinmi?

Ha, mumkin. Agar chet el diplomi Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish tartibi haqida Nizomning 7-bandidagi talablariga toʻgʻri kelmasa, diplom TOP 1000 talikka kirgan universitetniki boʻlsa ham, tan olinmaydi (nostrifikatsiya qilinmaydi).

Bu Nizomning 7-bandi talablari bilan BU YERDA tanishing.

Lekin TOP 1000 talikka kirgan universitet odatda bu talablarga toʼliq mos boʻladi va tabiiyki, bunday universitetlar diplomining Oʻzbekistonda tan olinmasligi (nostrifikatsiya qilinmasligi) ehtimoldan juda uzoq.

@grantlar_namuna
Navbatdagi ovozli chat!

Bu safargi ovozli chatimiz Koreyaning eng nufuzli oliygohlaridan biri - KAISTning bakalavriat bosqichida tahsil olayotgan hamyurtimiz Sanjar Atamuradov bilan bo'lib o'tadi.

KAISTga qabul qilingan bakalavriat talabalarining barchasi ushbu to'liq grantni qo'lga kiritadi. Sanjar ham shunday talabalardan biri.

👉 Dastur haqida batafsil ma'lumot 👈

Chat manzili: @grantlar_namuna kanali
Chat vaqti: 2024-yil, 10-fevral, soat 19:00

Sanjar bilan KAISTga kirish, grant yutish sirlari va ushbu oliygohda o'qish jarayoni haqida gaplashamiz. Ishtirokchilar o'z savollarini bevosita Sanjardan so'rashi mumkin bo'ladi.

@grantlar_namuna
Live stream started
Live stream finished (52 minutes)
KAIST da to’liq grant asosida o’qish
Hujjat topshirish jarayonlari
"Koreyaning KAIST oliygohida to'liq grant asosida o'qish" mavzusida Sanjar Atamurodov bilan bo'lib o'tgan ovozli suhbatimizni e'tiboringizga havola etmoqchimiz.

Suhbat quyidagi mavzularda bo'lib o'tdi:
— KAIST oiygohi, reytingi va ta'lim dasturlari.
— KAIST talabalariga beriladigan moddiy imkoniyatlar.
— Hujjat topshirish jarayonlari, intervyu bossqichi.
— Til biish ahamiyati, IELTS va boshqa sertifikatlar.

Dastur so'nggida tinglovchilar o'zlarini qiziqtirgan savollariga Sanjardan javob olish imkoniyatiga ega bo'ldi. Suhbatni barcha Koreyada o'qimoqchi bo'lgan yoshlarga tavsiya qilamiz.

@grantlar_namuna
“Amerika va Kanadada o’qish” mavzusida ovozli suhbat

Navbatdagi ovozli suhbatimiz AQSH va Kanadaning TOP universitetlarida o’qimoqchi bo’lganlarga hujjat topshirish ishlarida ko’rsatma yordam berish maqsadida tashkil etilmoqda.

Suhbatimiz mehmonlari:
1. Makhamadjonova Munisa:
— University of South Florida talabasi.
— El-Yurt Umidi stipendiya g’olibasi.
— US Young Women Leaders dasturi g’olibasi
— HPAIR dasturi grant sohibasi.
— Germaniyada bo’lib o’tgan “ “VDI-Schularforum” konferensiyasida startup loyihasi bilan g’olib bo’lgan.

2. Bakhtiyorov Shakhriyor — University of Toronto (QS ranking top 20) talabasi.

Suhbat vaqti: 2024-yil 14-fevral, 20:00 da
Suhbat joyi: @Grantlar_namuna telegram kanali

Suhbat davomida AQSH va Kanadaning eng nufuzli universitetlarida o’qish, xalqaro grantlar, ularga hujjat tayyorlash, xalqaro dasturlarda qatnashish va ularning ahamiyati haqida gaplashamiz.

Shunday dasturlarda qatnashishni istovchi barchani ovozli suhbatimizda kutib qolamiz.

@grantlar_namuna
Social Design Workshop: xalqaro ekspertlar tomonidan ijtimoiy loyihalash bo’yicha mahorat darsi

O‘zbekistondagi Gyote-Institut „Tashkent moc hub“ bilan birgalikda 2024 -yilning 18-22-mart kunlari Toshkentda “ Mapping the City: Tashkent ” ijtimoiy loyihalash mahorat darsini tashkil qilmoqda.

Tajribali grafik dizaynerlar Mark Endryus va Kristian Degen (Berlin, Amsterdam) boshchiligidagi mahorat darsi mahalliy ijodkorlar va qiziquvchilarga shaharning madaniy va urbanistik o’ziga xoslik jihatlarini o‘rganish imkoniyatini taqdim etadi.

Kimlar uchun: shaharsozlik sohasiga qiziquvchi ijodkorlar uchun

Tadbir 5 kun davom etadi va asosan ingliz, nemis tillarida olib boriladi. Zarurat tug'ilsa, o'zbek yoki ruschaga tarjima qilinishi mumkin.

Qatnashish uchun nomzodlar 2024-yil 5-martgacha [email protected] manziliga ismi, yoshi, kasbi va motivatsion xatlarini yuborish kerak.

👉 Dastur haqida batafsil ma'lumot 👈

@grantlar_namuna
Live stream scheduled for
Live stream started
Live stream finished (1 hour)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kecha kanalimizda o’tkazilgan “AQSH va Kanadada o’qish” mavzusidagi suhbatning yozib olingan shaklini e’tiboringizga havola etmoqchimiz.

Suhbat davomida AQSHning University of South Florida talabasi Munisa va Kanadaning Toronto universiteti talabasi Shaxriyor ko’pchilik uchun ahamiyatli bo’lgan ma’lumotlarni biz bilan ulashdilar.

Jumladan:
— Nufuzli universitetlarga kirishda GPA ahamiyati.
— Xalqaro dasturlarda qatnashish, ijtimoiy faollik muhimligi.
— Nufuzli universitetlardagi talablar.
— “El-yurt umidi stipendiyasi”ga ariza topshirish bosqichlari va boshqalar.

Mazmunli suhbat uchun Munisa va Shaxriyorga minnatdorchilik bildiramiz hamda kelgusi ishlarida omad tilaymiz.

@grantlar_namuna
Barcha kutgan ovozli suhbat!

Ko’pchilik talabiga binoan Koreyaning GKS dasturi g’olibasi bilan suhbat o’tkazishga qaror qildik.

Suhbatimiz mehmoni Kamola Hamidova — GKS dasturi g’olibasi, Hoseo universiteti, English language and literature yo’nalishi talabasi.
Suhbat vaqti: 2024-yil 16-fevral, 18:00
Suhbat joyi: @grantlar_namuna telegram kanali

Suhbat davomida quyidagi muhim savollarga javob olamiz:
GKS dasturi talab va imkoniyatlari
— Dastur g’olibi bo’lishda muhim omillar.
— Koreys tilini bilish yoki bilmaslikning ahamiyati.
— Koreyada yashash, talaba sifatida ishlash, oilaviy ketish imkoniyatlari.

👉
GKS dasturi haqida batafsil ma’lumot 👈

Koreyada to’liq grant asosida o’qish niyatida bo’lgan barchani suhbatimizda kutib qolamiz.

@grantlar_namuna
Kuni kecha "AQSh va Kanadada o'qish" mvazusida ovozli suhbat o'tkazgan edik. Suhbat davomida spikerlarimiz xalqaro grantlar, nufuzli universitetlarda o'qishga oid ma'lumotlarni biz bilan baham ko'rishgan edi.

Spikerlarimiz haqida batafsil ma'lumot olish uchun ularning shaxsiy bloglarini kuzatib borishni tavsiya qilamiz.

1. Makhamadjonova Munisa:
— University of South Florida talabasi.
— El-Yurt Umidi stipendiya g’olibasi.
— US Young Women Leaders dasturi g’olibasi
— HPAIR dasturi grant sohibasi.
— Germaniyada bo’lib o’tgan “ “VDI-Schularforum” konferensiyasida startup loyihasi bilan g’olib bo’lgan.
👉 Munisaning shaxsiy blogi 👈

2. Baxtiyorov Shaxriyor — University of Toronto (QS ranking top 20) talabasi.
👉 Shaxriyorning shaxsiy blogi 👈

Ularning shaxsiy bloglarini kuzatib, o'zingizga kerakli bo'lgan ma'lumotlanri o'rganishingiz va qo'shimcha savollaringizni so'rashingiz ham mumkin
Live stream started
Live stream finished (1 hour)