Hujjat topshirish jarayonlari
22.3K subscribers
159 photos
25 videos
114 files
865 links
🌍 Chet el oliygohlariga hujjat topshirgan o'zbekistonliklardan maslahat, ma'lumot va hujjat namunalari

Murojaat uchun: @GN_Murojaat_bot

👉 Hamkor kanal: @grantlar

Reklama: @gn_work
Download Telegram
#tavsiya

"Grant yutishning sehrli damlamasi yo’q. Qancha ko’p dasturlarga topshirsangiz, shuncha ko’proq yutish imkoniyat paydo bo’ladi. Yutsangiz - bu imkoniyat, yutmasangiz tajriba bo’lib qoladi"

Muhabbat MamirovaCommunity Engagement Exchange (CEE) dasturi g'olibi, 2023-yil 17-apreldan 21-iyulga qadar AQSHning Vashington, Kolumbiya Okrugida malaka oshirib qaytgan.

@grantlar_namuna
Grin Kard (Diversity Visa) endi berilmaydimi?

AQSHning Toshkentdagi elchixonasi 2023 Diversity Visa (Grin Kard) dasturi bo'yicha yangilangan ma'lumotni taqdim etdi. Unga ko’ra, yaqin kunlarda dunyo bo'ylab 2023-yil uchun belgilangan DV vizalari soni yakuniga yetishi mumkin.

Butun dunyo bo'ylab, yillik belgilangan 55 000 ta vizalar
soni cheklovi qamrab olingandan so'ng, barcha AQSH
elchixonalari DV dasturi bo'yicha vizalarni boshqa taqdim eta olmaydi.

Toshkentda ushbu oyda bo’lajak viza suhbati kuni belgilangan murojaatchilar, viza ololmasliklari mumkin. Viza uchun talab etilgan hujjatlari mavjud emasligidan xabardor murojaatchilar, viza suhbatiga kelishdan (va qaytarib berilmaydigan viza uchun to'lovni amalga oshirishdan) avval o'ylab ko'rishlarini so’raladi, chunki viza bo'yicha murojaatni ko'rib chiqib, uni yakunlash uchun yetarlicha vaqt qolmasligi mumkin.

Elchixona dunyo bo’ylab belgilangan viza sonlari cheklovi qamrab olinguniga qadar, DV vizalarini taqdim etishni davom ettiradi. Ma’lumot uchun, bugungi kunga kelib, 3 100 dan ortiq viza murojaatchilari bilan suhbat olib borilgan.

@grantlar_namuna
Fulbright Student Program dasturi g'olib
Hujjat topshirish jarayonlari
Yaqinda AQSHning nufuzli Fulbright Foreign Student Program dasturi g’olibi Abduaziz Isakulov bilan suhbat o'tkazgan edik. E'tiboringizga shu suhbatning yozib olingan shaklini taqdim etmoqdamiz.

Suhbatning yozib olingan video shaklini Grantlar.uz saytining YouTube kanaliga joyladik:

👉 VIDEO SHAKLDA KO'RISH 👈

Suhbat davomida AQSHda Fulbright Student Program dasturiga hujjat topshirish va uning bosqichlari haqida kerakli maslahatlar berildi.

ESLATMA: Fulbright Student Program dasturi AQSH departamenti tomonidan tashkil etilgan bo'lib quyidagi imtiyozlarni taqdim etadi:
— Magistratura bosqichini to'liq grant asosida AQSH universitetlarida o'qish.
— Xalqaro safar, turar-joy va boshqa xarajatlar to'liq qoplanadi.

@grantlar_namuna
Rasman tasdiqlandi: 2023-yil uchun Grin Kard DV dasturi uchun vizalar berilishi to’xtatildi.

O’zbekistondagi AQSH elchixonasi rasmiy ma’lumotiga ko’ra, AQSh hukumati joriy 2023-yilgi DV dasturi uchun belgilangan barcha immigratsion vizalarni taqdim etdi. Sentyabr oyining qolgan kunlariga belgilangan DV dasturi bo'yicha suhbatlar butun dunyo bo'ylab, jumladan O'zbekistonda ham bekor qilindi.

DV-2023 dasturi bo‘yicha viza uchun suhbatdan o'tgan, ammo viza olmagan DV murojaatchilari, viza olish huquqiga ega emaslar.

@grantlar_namuna
Erasmus Mundus grantiga topshirmoqchi boʻlganlar (topshirayotganlar) uchun maxsus!

@Grantlar_namuna loyihasi Erasmus Mundus boʻyicha toʻliq tartibli mentorlik kursini eʼlon qiladi.

Kursning asosiy jihatlari:
1. Grantni yutish imkoniyatingizni oshiradi.
2. Hujjatlarni (motivatsiya xati, CV va h.k.) tayyorlashda bevosita maslahat va yordam koʻrsatiladi.
3. Ariza va hujjatlarni xatolarsiz, 100% toʻgʻri va muvaffaqiyatli topshirishingizni taʼminlaydi.
4. Suhbatga alohida tayyorgarlik.
6. Ariza topshirishdan boshlab, to qabul qilinishgacha boʻlgan jarayonda istalgan payt istalgan savolingizni berishingiz va javob olishingiz mumkin boʻladi.

Maʼlumot uchun: Erasmus Mundus dasturi magistraturani Yevropa davlatlarida toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beradi (oylik stipendiya 1400 yevro, borish-kelish, sugʻurta va boshqa xarajatlar qoplanadi).

Kursni kim olib boradi?

Dastur Erasmus Mundus granti gʻolibi Abdulaziz Murtozayev tomonidan olib boriladi.

Abdulaziz grantlar boʻyicha boy tajribaga ega. Uning ayrim yutuqlari:
“Erasmus Mundus in Smart cities and communities MSc program” toʻliq grantini yutgan (2021).
“Türkiye burslari & IsDB joint scholarship” toʻliq grantini yutgan (2021).
– Amerika kengashlarining “Young Professional Internships Program” haq toʻlanadigan amaliyot dasturini yutgan (2020).
“The Nippon Foundation JACAFA scholarship” stipendiyasini yutgan (2019).

Dastur mashgʻulotlari Zoom/telegram konferensiyalar, telegram guruh va shaxsiy yozishmalardagi savol-javoblar orqali oʻtiladi.

Dasturga qatnashish uchun imkon qadar ertaroq roʻyxatdan oʻtish lozim.

Bakalavriatni bitirganlar yoki hozirda bakalavriatning oxirgi bosqichida o'qiyotganlar qatnashishi mumkin.

Oʻqish uchun deyarli barcha sohalar mavjud.

Kurs, uning haqi toʻgʻrisida batafsil maʼlumot va roʻyxatdan oʻtish uchun murojaat: @abdulaziz_murtozaev

@grantlar_namuna
“WeekieHogwarts”: 11 yoshdan katta barcha uchun bepul 5 kunlik oromgoh

WeekieHogwarts
— yoshlarning ilmiy salohiyatini oshirish, ularning o‘zbek tili rivoji uchun hissa qo‘shish imkoniyatini ko‘paytirish va o‘z qobiliyatlarini namoyon qilishlari uchun Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil etilayotgan loyiha.

Loyiha 2023-yil 25-30-sentyabr kunlari Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi “Yoshlar oromgohi”da tashkil etiladi.

Kimlar uchun: 11 yoshdan katta barcha qiziuvchilar uchun

Loyiha imkoniyatlari:
— Zamonaviy kasblar va xorijiy tillarni bepul o‘rganish;
— Hech qanday to‘lovlarsiz IELTS imtihonini topshirish;
— OTMlar uchun to‘lov summasini davlat tomonidan qoplab berilishi kabilar.

Bundan tashqari, loyiha g‘oliblari qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishadi.

Loyihada 2023-yil 6-sentyabr soat 12:00 dan 20-sentyabr 23:59 ga qadar o‘zbekcha Vikipediyada yaratgan maqolalari orqali ishtirok etish mumkin.

👉 Ishtirok etish shartlari va ariza topshirish jarayoni bilan batafsil BU YERDA tanishing.

Qo'shimcha murojaatlar uchun: @WeekieHogwarts

@grantlar_namuna
🚀 Подавай на «Rise Challenge 2024» - присоединяйся к мировому сообществу продвинутой молодежи!

💫 Rise Challenge - это конкурс проектов для подростков в возрасте 15-17 лет, который дает победителям преимущества в течении всей академической карьеры, включая:

🎓 Университетские гранты
🌍 Участие в полностью финансируемой летней программе
👥 Наставничество
💼 Возможности карьерного роста и многое другое!

🔍 Интересуетесь ли вы наукой, инновациями, технологиями, спортом, искусством, политикой, волонтерством или любой другой сферой - Rise заинтересован во всех. Любой, у кого есть идея, может подать заявку на участие в конкурсе Rise Challenge 2024.

📆 Rise Challenge 2024 стартует в конце сентября. Но мы настоятельно рекомендуем зарегистрироваться сегодня, чтобы узнать больше о конкурсе до его официального старта.☝🏻

❗️ Правила участия:
Участники должны быть в возрасте 15-17 лет на 1 июля 2024 года.

☹️ Вы не подходите по возрасту? Вы все равно можете зарегистрироваться и получать множество других возможностей от партнерских организаций! 😃

🤩 Участие абсолютно бесплатно!!!
🧑‍💻 Формат участия - онлайн.
Дедлайн - декабрь 2023 г.

🔗Регистрация: www.risefortheworld.org/bilim
Toshkentdagi Buyuk Britaniya elchixonasi tomonidan bo'sh ish o'rinlari

E'tiboringizga O'zbekistondagi xalqaro tashkilot — Buyuk Britaniya elchixonasi tomonidan e'lon qilingan vakansiyalarni havola etmoqchimiz:

1. Trade Advisor — Elchixonaning Biznes va Savdo Departamenti (DBT) jamoasi a'zosi sifatida ishlaydigan savdo maslahatchisi.

Asosiy ish vazifasi: eksportni rag'batlantirish bo'yicha ishlarga rahbarlik qiladi, shu jumladan, Buyuk Britaniya kompaniyalari va O'zbekiston manfaatdor tomonlari bilan Buyuk Britaniya eksporti imkoniyatlarini aniqlash va amalga oshirish uchun aloqa o'rnatish.

Nomzodga qo'yilgan talablar: ta'lim, konchilik yoki toza energiya sohalarida kamida ikki yillik professional ish tajribasiga ega bo'lish hamda ingliz tilini yetarli darajada bilish.

Ish davomiyligi: ish 11 oy to'liq stavkada davom etadi, homiladorlik, onalik davri uchun belgilangan muddatga shartnoma qilinadi.

👉 Trade Advisor ish o'rni haqida to'liq ma'lumot 👈

Ariza topshirish muddati: 2023-yil 18-sentyabr

2. Climate/Governance Policy & Programme Manager. Nomzod Markaziy Osiyo taraqqiyot dasturi guruhiga iqlim/boshqaruv siyosati va proyekt menejeri sifatida qo'shiladi.

Asosiy vazifasi: qabul qilingan nomzod Markaziy Osiyoning beshta davlati boʻylab iqlim, atrof-muhit, shu jumladan energetika va suv tematik sohalarida faoliyat yuritadi, qolaversa, elchixonaning oʻziga xos ustuvor maqsadlariga hissa qoʻshadi.

Nomzodga qo'yilgan talablar: Iqlimning tematik sohasi, tabiiy resurslarni boshqarish bo'yicha kamida 3 yillik tajriba, shuningdek, ingliz va rus tillarini yaxshi bilish talab etiladi. O'zbek tilini mukammal bilish afzallik beradi.

👉 Climate/Governance Policy & Programme Manager ish o'rni haqida batafsil ma'lumot 👈

Ariza topshirish muddati: 2023-yil 19-sentyabr

3. Senior Policy and Trade Advisor. Nomzod raqobatbardosh Britaniya kompaniyalari sonini ko'paytirish, Buyuk Britaniya va O'zbekiston o'rtasidagi savdo masalalarini yaxshilash va erkin savdoni himoya qilish masalalari bo'yicha shug'ullanadi.

Nomzodga qo'yilgan talablar: nomzod biznes, iqtisod, menejment, moliya boʻyicha maʼlumotga hamda tegishli sohada 3-5 yillik professional ish tajribasiga, shuningdek ingliz, oʻzbek va rus tillarida mukammal ogʻzaki va yozma muloqot koʻnikmalariga ega boʻlishi kerak.

👉 Senior Policy and Trade Advisor ish o'rni haqida batafsil ma'lumot👈

Ariza topshirish muddati: 2023-yil 19-sentyabr

Ushbu postni xalqaro tashkilotda ishlashni reja qilib yurgan tanishingizga jo'natib qo'ying😉

@grantlar_namuna
Ko'pchilik talabiga binoan NSP dasturiga ariza topshiruvchilar uchun mentorlik kursi

Xabaringiz bor, NSP almashinuv dasturi uchun anchadan buyon ariza topshirishga yordam berib kelmoqdamiz.

O'tgan mavsumda tashkil etgan kursimiz orqali jami 61 nafar o'zbek talaba va tadqiqotchilari NSP dasturi g'olib bo'lib, hozirda Slovakiyada o'z o'qish yoki ilmiy ishlarini davom ettirmoqda.

Ko'pchilik talabiga binoan ushbu kursning yangi mavsumini e'lon qilamiz.

Kurs kimlar uchun?
Bakalavrni kamida 2,5 yilini tugatgan hozirda 4-kurs talabalari, magistr, PhD talabalari hamda tadqiqotchilar

Kurs mentori: Ozodaxon O'ktamova — NSP dasturi 3 marta g'olibi

Kursimiz afzalliklari:
— Slovakiya universitetga qabul qilinishda individual yordam.
— Kerakli hujjatlarni tayyorlash bo’yicha doimiy ko’rsatma.
— Haftada 2 marta mentor bilan jonli onlayn suhbat.
— Barcha hujjatlarni (CV, motivatsion xat, talabalik haqidagi ma’lumotnoma, tavsiyanomalar va boshqalarni) 2 martadan tekshirib berish.

Kurs narxi: 500 ming so'm.

ESLATMA: Avvalgi mavsumda ushbu kursni bepul tashkil etganmiz. Istovchilar aynan bepul kurs videolarini ko'rishlari va hujjatlarini o'zlari tayyorlashlari mumkin. Ular uchun esa maxsus hujjat tekshirib berish xizmatimizni taklif etamiz.

Bunda jami 4 ta hujjat tekshiriladi:
— Motivatsion xat
— O’quv rejasi
— Tavsiyanoma 2 ta

Hujjatlarni tekshirib berish xizmat narxi: 300 ming.

Kursga yozilish yoki hujjat tekshirish xizmatidan foydalanish uchun: @GN_Work telegram hisobi

👉 NSP almashinuv dasturi haqida batafsil ma'lumot BU YERDA

👉 NSP dasturi bo'yicha biz tayyorlagan qo'shimcha manbalar barchasi BU YERDA

@grantlar_namuna
NSP dasturi bo’yicha ko’p berilgan savollar

Bu postda Slovakiya hukumatining milliy stipendiya dasturi boʻyicha koʻp beriladigan savollarga javob topasiz.

1. Men 2-kurs talabasiman. Dasturda ishtirok eta olamanmi?
Yo’q. Dastur talabiga ko’ra, nomzod bakalavrning kamida 2,5 yilini (5 semestrini) yakunlagan bo’lishi kerak.

2. Men sirtqi/kechki ta’limda o’qiyman. Dasturda qatnasha olamanmi?
Ha, dasturda istalgan OTMning istalgan ta’lim shaklida o’qiyotgan (bakalavrning 2,5 yilini tugatgan) talabalar ishtirok etishi mumkin.

3. Men tibbiyot yo’nalishida 3-kursman. Dasturda qatnasha olamanmi?
Ha, dasturda istalgan yo’nalish bo’yicha ishtirok etish mumkin.

4. Dasturda ishtirok etish uchun til sertifikati talab etiladimi?
Yo’q, dastur uchun hech qanday til sertifikati talab etilmaydi. Lekin Slovak universitetlaridan qabul xati olish uchun ba’zida so’ralishi mumkin. Bunday hollarda til sertifikati bo’lmagan taqdirda universitet o’qituvchilardan “ingliz tilini B2/C1 darajada biladi” degan ma’lumotnoma yuborish ham mumkin.

5. Qabul xati olishda tanlagan yo’nalishim hozirgi o’qishim bilan bir xil bo’lishi kerakmi?
Yo’nalish bir xil bo’lishi shart emas, lekin qabul xati olishda ko’pincha universitetlar yo’nalish aloqadorligiga e’tibor berishadi. Iloji boricha yaqinroq yo’nalish tanlash tavsiya etiladi.

6. Dasturda qatnashsam, O’zbekistondagi o’qishimdan akademik ta’til olishim kerakmi?
Aksariyat hollarda O’zbekistondagi universitet xalqaro bo’limlari hech qanday muammosiz o’qishni davom ettirishi ruxsat bergan. Bunda ikkala universitet fanlari kamida 70% o’xshash bo’lishi zarur. Lekin ayrim universitetlar Slovak universitetlari bilan shartnoma bo’lgan taqdirdagina ruxsat bermoqda. Grant yutganingizdan so’ng universitetlar o’zaro shartnoma qilishi va muammosiz o’qishingizni davom ettirishingiz mumkin. Boshqa hollarda akademik ta’til olishga to’g’ri keladi.

7. Men hozir chet elda o’qiyman. Dasturda qatnasha olamanmi?
Ha, dasturning boshqa talablariga javob bersangiz, qayerda o’qiyotganingizdan qat’i nazar dasturda ishtirok etishingiz mumkin.

8. Dastur qancha vaqt davom etadi?
Dastur orqali 3 oydan 10 oygacha Slovak universitetlaridan birida o’qishingiz mumkin. Odatda talabalar 1 semestr (5 oy) muddatda o’qishni tanlashadi. O’qish boshlanish va tugash sanasini tanlagan universitetingiz xalqaro bo’limi kontaktidan so’rashingiz mumkin.

9. Men 4-kursman. Oktyabrdagi qabul uchun ariza topshira olamanmi?
Ha, topshira olasiz. Dastur fevralda boshlanadi va talabalar o'qishini iyunda yakunlab kelib, diplom yoki davlat imtihonini topshirishga ulgirishlari mumkin.

Qoʻshimcha savollaringiz boʻlsa, izohda qoldirishingiz mumkin.

@grantlar_namuna
“Hududning 100 nafar ixtirochi ayoli”: xotin-qizlar uchun respublika tanlovi

Kimlar uchun:
Tanlovda olima, doktorant va tadqiqotchi ayollar, talaba qizlar, muhandis, dasturchi, oʼqituvchi, shifokor, farmatsevt, davlat xizmatchilari, agrar soha vakilalari va iqtisodiyotning turli sohalarida ishlayotgan xotin-qizlar qatnashishlari mumkin.

1. Olima va tadqiqotchi xotin-qizlar oʼrtasida oʼtkaziladigan
tanlovning nominatsiyalari:
— “Eng yaxshi ixtiro muallifi”;
— “Eng yaxshi foydali model muallifi”;
— “Eng yaxshi sanoat namunasi muallifi”;
— “Eng yaxshi selektsiya yutugʼi muallifi”;
— “Eng yaxshi EHM uchun dastur va maʼlumotlar bazasi muallifi” va boshqa 15 xil nominatsiyalar.

2. Talaba qizlar oʼrtasida oʼtkaziladigan tanlovning nominatsiyalari:
— “ Talaba qizning eng yaxshi innovatsion loyihasi ”;
— “Talaba qizning eng yaxshi ixtirosi”;
— “ Talaba qizning eng yaxshi mobil ilovasi”;
— “ Talaba qizning eng yaxshi veb sayti ”.

Ariza topshirish: xotin-qizlarning hujjatlari Qoraqalpogʼiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardagi Oila va xotin-qizlar tuman (shahar) boʼlimlari masʼul xodimlari tomonidan joriy yilning 18-sentyabridan 6-oktabrgacha haftaning dushanba – juma kunlari soat 9.00 dan 17.00 gacha qabul qilinadi.

👉 Tanlovda qatnashish shartlari ve kerakli hujjatlar bilan BU YERDA tanishing.

Qo'shimcha murojaatlar uchun: 71-202-10-75; 99-727-84-23; 93-171-70-17.

@grantlar_namuna
U-ENTER Innovatsion tadbirkorlik markazi tomonidan akseleratsiya dastur

Yoshlar ishlari agentligi va bir nechta xalqaro dasturlar hamkorligida tadbirkorlikka qiziquvchi yoshlar uchun xalqaro akseleratsiya dasturi tashkil etilmoqda.

Dastur quyidagi imkoniyatlarni beradi:
Xorijiy ekspertlar va mentorlar ko‘magida loyihani dunyo bozoriga olib chiqish.
— Koreya Respublikasining “kremniy vodiysi”ga tashrif buyurish (Pangyo Techno Valley).
— Mahalliy va xalqaro venchur fondlari va donorlardan
mablag‘ jalb qilish.
— Dunyodagi eng yirik akselerator “K-Startup Grand Challenge”ga (Seul) tayyorlanish.

Kimlar uchun: tadbirkorlik va innovatsiyaga qiziquvchi yoshlar uchun

Dasturda to'liq ingliz tilida olib boriladi.

Dasturga ariza topshirish so'nggi muddati: 2023-yil 22-sentyabr

👉 Dastur haqida batafsil BU YERDA ma'lumot olishingiz mumkin

👉 Ariza shaklini BU YERDAN yuklab olsihingiz mumkin

Qo'shimcha murojaatlar uchun: +998 95 001 00 53

@grantlar_namuna
Amerika Konsulligi tomonidan FEP dasturi bo’yicha onlayn vebinar

FEP — Faculty Enrichment Program dasturiga qabul boshlanganini e’lon qilgan edik.

Ushbu dasturga oid savollarga javob berish maqsadida Amerika Konsulligi maxsus onlayn vebinar tashkil etmoqda.

Suhbat vaqti: 2023-yil 22-sentyabr 17:00
Suhbat o’tkazilish joyi: ZOOM platformasi (onlayn)

👉 Suhbatda ishtirok etish uchun havola BU YERDA

ESLATMA: ushbu dastur OTM o’qituvchilari uchun mo’ljallangan bo’lib, 4 oy davomida AQSHda malaka oshirish imkoniyatini taqdim etadi. Dasturga qatnashish xarajatlari, jumladan, safar, turar joy, yashash va boshqalar bilan bogʻliq xarajatlar toʻliq qoplanadi.

👉 FEP dasturi haqida batafsil ma’lumot BU YERDA

@grantlar_namuna
O'zbekistondagi British Council tashkilotidan vakansiya

British Council tashkiloti IELTS imtihonini o'tkazishda yordam beruvchi Test Day Exams Coordinator o'rniga nomzodlarni qidirmoqda.

Xodimning asosiy vazifasi: imtihonni samarali o'tkazish hamda imtihondan keyingi jarayonda yordam berish.

Nomzodga qo'yilgan talablar:
— O'zbekistonda yashashi.
— Rus va ingliz tillarini yetarlicha bilishi.
— Bakalavr yoki unga muqobil darajaga ega bo'lishi.
— Guruh bilan ishlash va tashkiliy ishlarda faol bo'lishi va boshqalar

👉 Ish o'rni haqida batafsil ma'lumot BU YERDA
👉 Ish o'rniga ariza topshirish uchun havola BU YERDA

Ariza topshirish muhlati: 2023-yil 25-sentyabr

Ish o'rni bo'yicha qo'shimcha murojaatlar uchun: [email protected]

@grantlar_namuna
GPA nima, qanday hisoblanadi?

Chet el universitetlariga o'qish uchun ariza topshirilayotganda koʻpincha GPA balli soʻraladi. Bugungi postimizda GPA nimaligi va qanday hisoblanishi haqida maʼlumot beramiz.

GPA o'zi nima?
GPA inglizcha "Grade Point Average" so'zlarining qisqartmasi bo'lib, o'zbek tilida "O'rtacha baho ko'rsatkichi" ma'nosini bildiradi. GPA balli odatda talabaning o'qish davomida umumiy qanday natijaga erishganligini ko'rsatib beradi.

Hozirda O'zbekistondagi oliy ta'lim muassasalari kredit-modul tizimida o'qiyotgan talabalar o'zlarining GPA balini 2 xil usul bilan bilib olishlari mumkin.

1-usul: Hemis tizimi orqali onlayn GPA hisoblash. Bunda hemis.uz saytiga kirib BU YERDAGI yo'riqnomaga amal qilish kifoya. Bu usul orqali bir yoki bir nechta talabaning GPA ballini birdaniga hisoblash mumkin.

2-usul: formula orqali hisoblash (1-rasmga qarang). Bunda jarayon quyidagicha bo'ladi:

1-bosqich. Fan krediti sonini o'sha fandan olgan ballingizga ko'paytiring. Masalan, siz 4 kreditli fizika fanidan 3 baho oldingiz. Bunda 4x3=12. Xuddi shu tartibda boshqa fanlarni ham hisoblab chiqing. (2-rasmda batafsil ko'rishingiz mumkin).

2-bosqich. Barcha fanlar krediti va olingan baho ko'paytmasini qo'shib chiqing. (2-rasmda ushbu yig'indi natija deb berilgan va natija 188 ga teng bo'lgan).

3-bosqich. Barcha fanlar kreditlarini o'zaro qo'shib chiqing. Odatda talaba 1 yilda 60 kredit o'qishi kerak.

4-bosqich. 2-bosqichda topilgan yig'indini umumiy kreditlar soniga bo'ling. (188/60=3,1)
Demak, ushbu rasmdagi talabaning 1 yil davomidagi GPA balli 3,1 ga teng.

ESLATMA: Hemis tizimidagi hisoblash usuli ham aynan shu formula yordamida onlayn hisoblanadi. Kredit-modul tizimida o'qimagan talabalar fan kredit soni o'rniga fan soatlarini qo'yib hisoblashlari mumkin.

GPA ko'rsatkichini 5 ballik tizimdan Amerika 4 ballik tizimga o'tkazish qanday bo'ladi?
Kredit-modul tizimida o'qiyotgan talaba yuqoridagi usul bilan o'z GPA ballini aniqlab olgandan so'ng, ushbu jadval asosida (3-rasm) baholaringizni Amerikacha (1-4) ballik tizimga olib o'tishingiz mumkin.

Shunday qilib, GPA ballini hisoblashda nafaqat olingan baholar, balki o'sha fan krediti ham ahamiyat kasb etar ekan. Har qanday vaziyatda talabaning o'zlashtirgan yuqori bahosi o'z-o'zidan GPA ballining yaxshilanishiga olib keladi. Bu esa o'z navbatida universitetlarga kirish va hatto ma'lum miqdorda grant yutishda muhim ahamiyat kasb etadi.

@grantlar_namuna
Koreys tilini bepul o'rganish uchun foydali manbalar

Janubiy Koreyaga ketishni niyat qilgan yurtdoshlarimiz ko'pligini hisobga olib bu galgi postimizda koreys tilini boshlang'ich darajadan o'rganish uchun mo'ljallangan bepul manbalarni e'tiboringizga havola etmoqchimiz.

1. How to study Korean. Koreys tilini o'rganish uchun eng yaxshi manbalardan biri bo'lib, harflarni qanday yozish hamda o'qishdan boshlab, yuqori darajadagi gramatika darslari, qolaversa, qo'shimcha materiallar: turli kitob, video va audiolarni to'z ichiga oladi.

2. Korean From Zero. Ushbu sayt koreys tilini boshlang'ich darajadan boshlab o'rganishga mo'ljallangan bo'lib, bepul onlayn kurslarda o'qish bilan birga, kitoblarni ham yuklab olishingiz mumkin. Kurslar 3 qismga bo'lingan bo'lib, boshlang'ich darajadan B2 darajagacha o'rganish imkoniyatini beradi.

3. Loecsen. Ushbu saytda boshlang'ich darajadagi iboralardan tortib audio mashqlar va qiziqarli topshiriqlarni bajarish orqali koreys tilini o'rganishingiz mumkin.

4. Coursera. Ushbu katta platforma koreys tilini o'rganish uchun ham bepul kurslarni taklif qiladi. Jumladan, First Step Korean kursi Yonsei universiteti tomonidan tashkil qilingan bo'lib, malakali ustozlar tomonidan olib boriladi.

5. Duolingo. Har qanday tilni o'rganishda, shubhasiz ushbu platforma yordamga keladi. Duolingo bilan koreys tilini eng boshlang'ich darajadan boshlab oson usullar bilan o'rganishingiz mumkin. Dars davomidagi qiziqarli mashqlar va bonuslar sizni til o'rganish jarayoningizni yanda tezlashtiradi.

Bundan tashqari, koreys tilini o'rganish uchun qo'shimcha YouTube kanallarini ham kuzatib borish tavsiya qilinadi. Jumladan:

1. Go Billy Korean. Eng mashhur koreys tili darslaridan bo'lib, ko'pchilikning til o'rganishiga katta yordam bergan, oson usulda tushuntirilgan darslar to'plamidir.

2. Korean Class 101. Koreys tilini o'rganish uchun foydali video darslar jamlanmasi bo'lib, istalgan vaqtda til o'rganish qobiliyatingizni rivojlantirishda foydalanishingiz mumkin.

ESLATMA: yuqoridagi kurslar koreys tilini ingliz tili orqali o'rganishga mo'ljallangan. O'zbek tili orqali koreys tilini boshlang'ich darajdan o'rganish uchun Ibrat farzandlari loyihasi tomonidan tashkil etilgan darslarni tavsiya qilamiz.

Siz koreys tilini o'rganishda qanday manbalardan foydalanasiz, izohlarda fikringizni qoldiring👇

@grantlar_namuna
Ertadan (25-sentabr) darslar boshlanadi

NSP dasturiga ariza topshiruvchilar uchun professional mentorlik kursi

Xabaringiz bor, NSP almashinuv dasturi uchun anchadan buyon ariza topshirishga yordam berib kelmoqdamiz.

O'tgan mavsumda tashkil etgan kursimiz orqali jami 61 nafar o'zbek talaba va tadqiqotchilari NSP dasturi g'olib bo'lib, hozirda Slovakiyada o'z o'qish yoki ilmiy ishlarini davom ettirmoqda.

Ko'pchilik talabiga binoan ushbu kursning yangi mavsumini e'lon qilamiz.

Kurs kimlar uchun?
Bakalavrni kamida 2,5 yilini tugatgan hozirda 4-kurs talabalari, magistr, PhD talabalari hamda tadqiqotchilar

Kurs mentori: Ozodaxon O'ktamova — NSP dasturi 3 marta g'olibi

Kursimiz afzalliklari:
— Slovakiya universitetga qabul qilinishda individual yordam.
— Kerakli hujjatlarni tayyorlash bo’yicha doimiy ko’rsatma.
— Haftada 2 marta mentor bilan jonli onlayn suhbat.
— Barcha hujjatlarni (CV, motivatsion xat, talabalik haqidagi ma’lumotnoma, tavsiyanomalar va boshqalarni) 2 martadan tekshirib berish.

Kurs narxi: 500 ming so'm.

ESLATMA: Avvalgi mavsumda ushbu kursni bepul tashkil etganmiz. Istovchilar aynan bepul kurs videolarini ko'rishlari va hujjatlarini o'zlari tayyorlashlari mumkin. Ular uchun esa maxsus hujjat tekshirib berish xizmatimizni taklif etamiz.

Bunda jami 4 ta hujjat tekshiriladi:
— Motivatsion xat
— O’quv rejasi
— Tavsiyanoma 2 ta

Hujjatlarni tekshirib berish xizmat narxi: 300 ming.

Kursga yozilish yoki hujjat tekshirish xizmatidan foydalanish uchun: @GN_Work telegram hisobi

👉 NSP almashinuv dasturi haqida batafsil ma'lumot BU YERDA

👉 NSP dasturi bo'yicha biz tayyorlagan qo'shimcha manbalar barchasi BU YERDA

@grantlar_namuna
“Germaniyada tahsil olish, tadqiqotlar va stipendiyalar” mavzusida tadbir

Gyote universiteti tomonidan Germaniyada o’qish va tadqiqot olib borishga qiziquvchi yoshlar uchun tadbir tashkil qilinmoqda.

O’tkazilish sanasi: 2023-yil 28-sentyabr. 14:30 — 16:30

O’tkazilish joyi: Toshkentdagi Gyote insituti hamda onlayn

👉Onlayn qatnashish uchun ZOOM havola: https://goethe-institut.zoom.us/j/85063447320#success

@grantlar_namuna
"InnoX" biznes inkubatsiya startap loyihalar 2-mavsumi. Bosh mukofot 10 000 000 so'm grant mablag'i

"InnoX" biznes inkubatsiya dasturi Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Sirdaryo Yoshlar Texnoparki tomonidan biznes va startaplarga qizquvchi yoshlar uchun tashkil etilgan bo'lib, ishtirokchilar 3 oy davomida quyidagilardan bepul foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi:
— Co-working maydoni;
— Mentor;
— Konsalting xizmatlari;
— Bepul biznes ta'lim va kasbiy treninglar, seminarlar va forumlarda qatnashish;
— Loyihalarni Xalqaro Grantlar yo'naltirish;
— Biznes va Marketing rejalar tuzishga yordamlashish.

Kurs yakunida shakllangan innovatsion loyiha uchun Sirdaryo Yoshlar Texnoparki tomonidan 10.000.000 so'm rag'batlantirish taqdim etiladi!

👉 Dasturda ishtirok etish uchun BU YERDAN ro'yxatdan o'ting.

Qo'shimcha murojaatlar uchun: +998901104809

@grantlar_namuna
Erasmus Mundus grantiga topshirmoqchi boʻlganlar (topshirayotganlar) uchun maxsus!

@Grantlar_namuna loyihasi Erasmus Mundus boʻyicha toʻliq tartibli mentorlik kursini eʼlon qiladi.

Kursning asosiy jihatlari:
1. Grantni yutish imkoniyatingizni oshiradi.
2. Hujjatlarni (motivatsiya xati, CV va h.k.) tayyorlashda bevosita maslahat va yordam koʻrsatiladi.
3. Ariza va hujjatlarni xatolarsiz, 100% toʻgʻri va muvaffaqiyatli topshirishingizni taʼminlaydi.
4. Suhbatga alohida tayyorgarlik.
6. Ariza topshirishdan boshlab, to qabul qilinishgacha boʻlgan jarayonda istalgan payt istalgan savolingizni berishingiz va javob olishingiz mumkin boʻladi.

Maʼlumot uchun: Erasmus Mundus dasturi magistraturani Yevropa davlatlarida toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beradi (oylik stipendiya 1400 yevro, borish-kelish, sugʻurta va boshqa xarajatlar qoplanadi).

Kursni kim olib boradi?

Dastur Erasmus Mundus granti gʻolibi Abdulaziz Murtozayev tomonidan olib boriladi.

Abdulaziz grantlar boʻyicha boy tajribaga ega. Uning ayrim yutuqlari:
“Erasmus Mundus in Smart cities and communities MSc program” toʻliq grantini yutgan (2021).
“Türkiye burslari & IsDB joint scholarship” toʻliq grantini yutgan (2021).
– Amerika kengashlarining “Young Professional Internships Program” haq toʻlanadigan amaliyot dasturini yutgan (2020).
“The Nippon Foundation JACAFA scholarship” stipendiyasini yutgan (2019).

Dastur mashgʻulotlari Zoom/telegram konferensiyalar, telegram guruh va shaxsiy yozishmalardagi savol-javoblar orqali oʻtiladi.

Dasturga qatnashish uchun imkon qadar ertaroq roʻyxatdan oʻtish lozim.

Bakalavriatni bitirganlar yoki hozirda bakalavriatning oxirgi bosqichida o'qiyotganlar qatnashishi mumkin.

Oʻqish uchun deyarli barcha sohalar mavjud.

Kurs, uning haqi toʻgʻrisida batafsil maʼlumot va roʻyxatdan oʻtish uchun murojaat: @abdulaziz_murtozaev

@grantlar_namuna