Grantlar.uz
83.4K subscribers
7.46K photos
45 videos
14 files
6.15K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
Germaniya: Bakalavriat va magistratura talabalari uchun haq toʻlanadigan yozgi amaliyot dasturi!

Germaniyadagi DESY tadqiqot markazi fizika, fizikaga oid tabiiy fanlar va hisoblash (computing) sohasida oʻqiyotgan bakalavr va magistrlarga yozgi amaliyot dasturini taklif etadi.

Amaliyot 2025-yil 21-iyuldan 11-sentabrgacha, ingliz tilida boʻladi.

Iqtisodiy imtiyozlar:
– Oylik stipendiya beriladi
– Bepul turar joy taʼminlanadi

Arizalar 2025-yil 31-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/germaniya-desy-summer/

@grantlar
CERN Summer Student Programme: Bakalavr va magistrlar uchun Shveytsariyada amaliyot dasturi; barcha xarajatlar qoplanadi!

Amaliyot 2025-yilning yozida Jeneva shahridagi CERN tashkilotida 8 hafta davom etadi.

Fizika, kompyuter fanlari, muhandislik va matematika sohasi boʻyicha oʻqiyotgan bakalavr hamda magistrlar ariza topshirishi mumkin.

Nomzodlar ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.

Dastur imkoniyatlari:
– Kuniga 104 dollar ish haqi.
– Safar xarajatlari uchun mablagʻ.
– Sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
– Turar joy topishda yordam.

Arizalar 2025-yil 26-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/cern-summer-student-programme-bakalavr-va-magistrlar-uchun-shveytsariyada-amaliyot-dasturi/

@grantlar
MBZUAI: BAAda magistratura va PhD bosqichi uchun toʻliq grant!

Birlashgan Arab Amirliklarida joylashgan MBZUAI universiteti magistratura va PhD bosqichiga qabul qilingan barcha talabalarga toʻliq grant ajratadi.

Grant imkoniyatlari:
– Oʻqish toʻlovi toʻliq qoplanadi.
– Bepul turar joy ta’minlanadi.
– Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
– Oylik stipendiya ajratiladi.
– Viza xarajatlari qoplanadi.

2025-yil kuzda boshlanadigan kurslar uchun hujjatlar 2025-yil 31-martgacha qabul qilinadi.

Batafsil:
https://grantlar.uz/mbzuai-baada-magistratura-va-phd-bosqichi-uchun-toliq-grant-oylik-stipendiya-va-bepul-turar-joy/

@grantlar
Japanese Studies Students: Yapon tili va madaniyati boʻyicha Yaponiyada 1 yil oʻqish uchun grant; barcha xarajatlar qoplanadi!

Dasturga 1995-yil 2-aprel va 2007-yil 1-aprel oraligʻida tugʻilgan bakalavriat talabalari ariza topshira oladi.

Qabul qilinganlar Yaponiya universitetlarida 1 yil davomida oʻqish imkonini qoʻlga kiritadi. Nomzodlar yapon tilini darslarni tushunadigan darajada bilishi lozim.

Imtiyozlar:
– Oyiga 740 dollar stipendiya
– Oʻqish toʻlovlari qoplanadi
– Borish-kelish uchun aviachipta beriladi

Arizalar 2025-yil 27-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/yaponiya-yapon-tili-va-madaniyati-boyicha-talabalar-uchun-mext-granti-stipendiya-1-070/

@grantlar
Birtaniyada bakalavrlar uchun 8 haftalik yozgi maktab; haftalik stipendiya va bepul turar joy taʼminlanadi!

Britaniyadagi John Innes markazi bakalavriat talabalaridan xalqaro yozgi maktab uchun arizalar qabul qilmoqda.

Birinchi va oxirgi kurs boʻlmagan hamda ingliz tilini yetarli darajada biladigan bakalavrlar ariza topshirishi mumkin.

Afzalliklar:
- Haftalik stipendiya
- Bepul turar joy
- Dunyodagi yetakchi olimlar bilan tadqiqotlar ustida ishlash imkoniyati
- Seminar, konferensiya, ijtimoiy tadbirlarda qatnashish imkoniyati

Maktab 2025-yil 29-iyundan 22-avgustgacha boʻlib oʻtadi.

Arizalar 2025-yil 16-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/john-innes-centre-birtaniyada-bakalavrlar-uchun-8-haftalik-yozgi-maktab/

@grantlar
Germaniyaga yana bir qadam - Au pair dasturi haqida ovozli suhbat

Germaniyaga Au Pair dasturi orqali borgan, dasturni tugatgan hamyurtimiz – Zilola bilan Au Pair dastur haqida suhbat tashkil etmoqdamiz.

Suhbat vaqti: 2025-yil 8-yanvar, 21:00
Suhbat joyi: @grantlar_namuna telegram kanali

Suhbatda quyidagilarni bilib olasiz:
- Au Pair qanday dastur?
- Dastur qanday xarajatlarni qoplaydi?
- Qanday hujjat topshirish mumkin?
- Dasturni tugatib Germaniyada oʻqish yoki ish uchun qolsa boʻladimi va shu kabi boshqa foydali maʼlumotlar.

Maʼlumot uchun: Au Pair dasturi orqali Germaniyaga viza olish ancha oson. Chunki sizdan bloklangan hisob raqami yoki hisobingizda qanchadir mablagʻ boʻlishi talab qilinmaydi.

Suhbat yakunida tinglovchilar o'z savollariga Ziloladan javob olishlari mumkin. Suhbatda barchani kutib qolamiz, do'stlaringizni ham taklif qiling.

@grantlar_namuna
SUR Programme: Bakalavrlar uchun Shveytsariyada 8 haftalik haq toʻlanadigan tadqiqot dasturi!

Dasturga biologiya, tibbiyot yoki biologiyaga kuchli diqqat qaratiladigan boshqa aloqador soha boʻyicha tahsil olayotgan, birinchi yoki oxirgi bosqich talabasi boʻlmagan bakalavrlar ariza topshirishi mumkin.

Dastur mashgʻulotlari 2025-yil iyul-avgust oylarida Lozanna universitetida boʻlib oʻtadi (ingliz tilida).

Dasturga jami 15 nafar atrofida talaba qabul qilinadi.

Iqtisdoiy imtiyozlar:
– Bepul turar joy taʼminlanadi
– 1683 dollar stipendiya
– Safar xarajatlari uchun 1346 dollargacha mablagʻ ajratilishi mumkin

Arizalar 2025-yil 1-fevral soat tongi 04:00 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/summer-undergraduate-research-sur/

@grantlar
Dubai Business Associates: Dubayda biznes sohasi boʻyicha barcha xarajatlari qoplanadigan 9 oylik oʻqish va amaliyot dasturi!

Dasturda kamida bakalavrlik darajasiga (istalgan yoʻnalishda) ega va ingliz tilini yetarli darajada biladigan nomzodlar ariza bera oladi.

Dastur imkoniyatlari:
– 9 oylik taʼlim va amaliyot dasturida bepul oʻqish
– Borish-kelish uchun aviachipta
– Oylik stipendiya
– Bepul turar joy
– Tibbiy sugʻurta va viza xarajatlari qoplanadi

Arizalar 2025-yil 1-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/dubai-business-associates-dubayda-biznes-sohasi-boyicha-barcha-xarajatlari-qoplanadigan-9-oylik-dastur/

@grantlar
AScI internship programme: Bakalavr va magistrlar uchun Finlandiyada xarajatlari qoplanadigan amaliyot dasturi!

Amaliyot 2025-yil iyun-avgust oylarida 12 hafta davomida Aalto universiteti kampuslaridan birida oʻtaladi. Nomzodlardan ingliz tilini bilish talab qilinadi.

Moddiy taʼminot:
– Kamida 2000 yevro oylik maosh toʻlanadi.
– Safar xarajatlari uchun bonuslar ajratiladi.

Arizalar 2025-yil 31-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/asci-internship-programme-bakalavr-va-magistrlar-uchun-finlandiyada-xarajatlari-qoplanadigan-amaliyot-dasturi/

@grantlar
Forwarded from Pivot.UZ
Notable Uzbek Grants for Startups and R&D Projects

- Who received grants from President Tech Award, WorldBank RCP, BIRD and MyGovAward?

- Startup Garage will open 14 branches in every region and Angel investment culture.

👉 Read full article



Startaplar va ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun O‘zbekistonning taniqli grantlari

- Kim Prezident Tech Award, WorldBank RCP, BIRD va MyGovAward grantlarini olgan?

- Startap Garaj faoliyatini kengaytirishi va angel investitsiyalar davri.

👉 To’liq maqolani o’qish

Instagram | LinkedIn | X (Twitter) | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Turkiye Burslari: barcha bosqichlar va sohalar uchun toʻliq grantlar, yotoqxona, stipendiya va boshqalar!

Ushbu grant Turkiya universitetlarida barcha bosqichlar (bakalavr, magistr, PhD) va sohalarda, jumladan, tibbiyotga oid sohalarda ham oʻqish uchun beriladi.

Nomzodlar ingliz yoki turk tilida oʻqish uchun ariza topshirishi mumkin. Har yili butun dunyodan taxminan 5000 kishi ushbu grant bilan taqdirlanadi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt puli qoplanadi.
– Oylik stipendiya.
– Borish-kelish uchun aviachipta.
– Tibbiy sugʻurta.
– Bepul turar joy.
– Bepul turk tili kursi.

Arizalar 2025-yil 20-fevralgacha qabul qilinadi.

👉 GRANT HAQIDA BATAFSIL MAʼLUMOT

Foydali:

👉 Shu grantni yutgan talaba bilan suhbat

@grantlar
UTokyo Amgen Scholars Program: Bakalavrlar uchun Yaponiyada 8 haftalik amaliyot; barcha xarajatlar qoplanadi!

Amaliyot Yaponiyadagi 1-raqamli oliygoh – Tokio universitetida boʻlib oʻtadi (ingliz tilida). Jami 10 nafar atrofida bakalavr qabul qilinadi.

Biologiya va unga aloqador boshqa fanlar (jumladan, tibbiyot) boʻyicha bakalavriatdan keyingi taʼlimni olishni hamda karyera qilishni xohlovchi talabalar ariza topshirishi mumkin.

Amaliyot sanasi: 2025-yil 5-iyundan 7-avgustgacha.

Imtiyozlar:
– Bepul turar joy
– 270 000 JPY (1764 dollar) stipendiya
– Yaponiyaga borish-kelish uchun aviachipta

Arizalar 2025-yil 1-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/utokyo-amgen-scholars-program-bakalavrlar-uchun-yaponiyada-8-haftalik-amaliyot/

@grantlar
Coe College: AQSHda bakalavriat bosqichida oʻqish uchun toʻliq grant!

Coe College oliygohi istalgan bakalavriat dasturida o'qish uchun Global Leadership Scholarship grantini taklif qiladi. Grant har yili 1 nafar xorijlik talabaga beriladi.

Grant miqdori: Grant universitetda o'qish pulini (tuition fee) to'liq qoplaydi.

Arizalar 2025-yil 1-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/coe-college-aqshda-bakalavriat-bosqichida-oqish-uchun-toliq-grant/

@grantlar
Hajviy she'rlar uchun Wergle Flomp Humor Poetry Contest tanlovi: mukofot – 2000 AQSh dollari!

Tanlovda 250 qatorgacha boʻlgan sheʼrlar bilan qatnashish mumkin (ingliz tilida). Istalgan yoshdagi nomzodlar qatnashishi mumkin.

Mukofotlar:
– 1-o’rin: 2000 dollar va Duotrope platformasiga 2 yillik obuna.
– 2-o’rin: 500 dollar.
– 2-oʻrin: 250 dollar.
– 10 ta eʼtiborga sazovor she’rlar mualliflarining har biriga 100 dollardan.

Sheʼrlar 2025-yil 1-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/hajviy-sherlar-uchun-wergle-flomp-humor-poetry-contest-tanlovi/

@grantlar
Fevralda qabul tugaydigan dasturlar

Eʼtiboringizga 2025-yil fevral oyida qabul tugaydigan dasturlar roʻyxatini taqdim etamiz.

👉 Bakalavrlar uchun Kioto universitetida barcha xarajatlari qoplanuvchi 8 haftalik amaliyot! (dedlayn: 1-fevral)

👉 Maktab, kollej va litsey o’qituvchilari uchun AQSHda 6 haftalik malaka oshirish dasturi; barcha xarajatlar qoplanadi! (dedlayn: 1-fevral)

👉 Bakalavrlar uchun Shveytsariyada 8 haftalik haq toʻlanadigan tadqiqot dasturi! (dedlayn: 1-fevral)

👉 Bakalavrlar uchun Tokio universitetida 8 haftalik amaliyot; barcha xarajatlar qoplanadi! (dedlayn: 1-fevral)

👉 Gollandiya: Dunyodagi 73-raqamli universitetda magistraturani oʻqish uchun qisman grantlar (dedlayn: 1-fevral)

👉 Utrecht Excellence Scholarship (UES): Gollandiyada magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant! (dedlayn: 1-fevral)

👉 UM Holland-High Potential Scholarship: Gollandiya magistratura kurslari uchun to’liq grant; joy – 21 ta! (dedlayn: 1-fevral)

👉 AQSHda bakalavriat bosqichida oʻqish uchun toʻliq grant! (dedlayn: 1-fevral)

👉 AQSH: Simmons Universitetida bakalavriat bosqichida oʻqish va oʻqishni koʻchirish uchun 120 000 AQSH dollargacha grantlar (dedlayn: 1-fevral)

👉 Janubiy Koreyada bakalavriat va magistratura talabalari uchun yozgi 7 haftalik amaliyot dasturi! (dedlayn: 2-fevral)

👉 RIPS: Bakalavrlar uchun AQSHning Kaliforniya universitetida 1 oylik amaliyot; barcha xarajatlar qoplanadi! (dedlayn: 3-fevral)

👉 Human Rights Essay Award ilmiy maqolalar tanlovi: gʻoliblar AQSHdagi 3 haftalik kursda bepul oʻqiydi (dedlayn: 3-fevral)

👉 Central European University: doktorantura uchun 100% grant va 1880 yevro oylik stipendiya! (dedlayn: 4-fevral)

👉 Avstriyada bakalavr va magistrlar uchun haq toʻlanadigan amaliyot; joy – 40 tagacha! (dedlayn: 5-fevral)

👉 Central European University: Magistratura kurslari uchun 100% gacha grant va oyiga 1000 yevrogacha stipendiya! (dedlayn: 5-fevral)

👉 Turkiya: barcha bosqichlar va sohalar uchun toʻliq grantlar, yotoqxona, stipendiya va boshqalar! (dedlayn: 20-fevral)

👉 8-16 yoshlilar uchun ekologik loyihalar tanlovi; gʻoliblar pul mukofoti va sertifikat bilan taqdirlanadi! (dedlayn: 28-fevral)

👉 Shveytsariyada magistraturani oʻqish uchun yiliga 16 ming dollargacha grantlar! (dedlayn: 28-fevral)

Yanvarda qabul tugaydigan dasturlarni BU YERDAN topasiz.

😎 Hujjat topshirish muhlatini oʻtkazib yubormang!

@grantlar
Turkiya burslari grantiga topshirmoqchi boʻlganlar uchun maxsus!

@Grantlar_namuna loyihasi Turkiya burslari boʻyicha toʻliq tartibli professional mentorlik kursini eʼlon qiladi.

Kurs kim uchun?

Bakalavriat, magistratura yoki doktoranturani Turkiyada ingliz yoki turk tilida toʻliq grant asosida oʻqimoqchi boʻlganlar uchun.

Kursning asosiy jihatlari:
1. Grantni yutish imkoniyatingizni oshiradi.
2. Hujjatlarni (motivatsiya xati va h.k.) tayyorlashda bevosita maslahat va yordam koʻrsatiladi.
3. Ariza va hujjatlarni xatolarsiz, 100% toʻgʻri va muvaffaqiyatli topshirishingizni taʼminlaydi.
4. Suhbatga alohida tayyorgarlik.
6. Ariza topshirishdan boshlab, to qabul qilinishgacha boʻlgan jarayonda istalgan payt istalgan savolingizni berishingiz va javob olishingiz mumkin boʻladi.

Ma'lumot uchun: Turkiya burslari dasturi Turkiyada deyarli bacha sohalarda (jumladan, tibbiyot, stomatologiya va farmasevtika sohasida ham) toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beradi.

Mentor kim?

Kurs mashgʻulotlari Turkiya burslari granti gʻolibi Abdulaziz Murtozayev tomonidan olib boriladi.

Abdulaziz grantlar boʻyicha boy tajribaga ega. Uning ayrim yutuqlari:
“Türkiye burslari & IsDB joint scholarship” toʻliq grantini yutgan (2021).
“Erasmus Mundus in Smart cities and communities MSc program” toʻliq grantini yutgan (2021).
– Amerika kengashlarining “Young Professional Internships Program” haq toʻlanadigan amaliyot dasturini yutgan (2020).
“The Nippon Foundation JACAFA scholarship” stipendiyasini yutgan (2019).
– Toshkentdagi Amerika markazining onlayn loyihalar uchun grantini qoʻlga kiritgan (2022-yil).

Mentor avval ham bunday kurslar qilganmi?

Ha, Abdulaziz Murtazoyev bir necha yillardan beri har xil grantlar yuzasidan mentorlik qilib keladi. Bunday kurslarga qatnashganlargan bir qanchasi turli toʻliq grantlar, jumladan, Turkiya burslari grantini ham qoʻlga kiritgan.

Dastur mashgʻulotlari Zoom konferensiyalar va/yoki telegram guruh va shaxsiy yozishmalardagi savol-javoblar orqali oʻtiladi.

Kursga qatnashish uchun 2025-yil 18-yanvargacha roʻyxatdan oʻtish lozim.

Hozirda oxirgi sinf yoki bosqichda oʻqiyotgan oʻquvchilar va talabalar ham topshira oladi.

Kurs, kursning narxi haqida batafsil maʼlumot olish va roʻyxatdan oʻtish uchun murojaat: @abdulaziz_murtozaev

@grantlar_namuna
U.S.-CAEF: American University of Central Asia oliygohida bakalavriatni oʻqish uchun toʻliq!

Ushbu grant Bishkekda (Qirgʻiziston) joylashgan American University of Central Asia oliygohida quyidagi sohalarda oʻqish uchun beriladi:
– biznes boshqaruvi
– iqtisodiyot
– amaliy matematika va informatika
– dasturiy taʼminot muhadisligi

Darslar toʻliq ingliz tilida oʻtiladi.

Imtiyozlar:
– Kontrakt pulidan toʻliq ozod qilinadi
– Oylik stipendiya
– Turar joy xarajatlari qoplanadi
– Bishkekka borish va kelish xarajatlari qoplanadi
– Har yozda haq toʻlanadigan amaliyot
– Professional va shaxsiy rivojlanish tadbirlari
– U.S.-CAEF dasturi bitiruvchilari hamjamiyatiga qoʻshilish imkoni

Arizalar 2025-yil 22-yanvar 16:00 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/american-university-of-central-asia-bakalavriatda-oqish-uchun-toliq-grant-va-oylik-stipendiya/

Foydali:

👉 Shu grant g'olibi bilan suhbat

@grantlar
ServiceScape Scholarship: atigi 300 soʻzli insho yozib, 1000 AQSH dollari yutib oling!

Tanlovda hozirda OTMda oʻqiyotgan yoki 2025-yili OTM talabasi boʻladigan hamda kamida 18 yosh boʻlgan nomzod qatnashishi mumkin.

Insho mavzusi: How does writing impact today's world?

Insholar ingliz tilida, 300 soʻzdan oshmaydigan qilib yoziladi.

Gʻolibga 1000 AQSH dollari taqdim etiladi.

Insholar 2025-yil 30-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/servicescape-scholarship-insho-yozib-1000-dollar-yutib-oling/

@grantlar
📣O‘qishga oson yo‘l – KNUF sizga tavakkalni emas, natijani taklif qiladi!

📆1-semestr (5 oy) Oʻzbekistonda oʻqib, 2-semestrdan 🇰🇷Janubiy Koreyaning Kangwon milliy universitetida oʻqishni davom ettirasiz!

Nega KNUF?
1. Aynan KNUF talabalariga grant ko'proq beriladi
2. KNUF talabalari Koreyaga yetib olsam bo'ldi dega maqsad bilan ketmaydi
3. KNUF o'z talabalariga moliyaviy qulaylikni yaratib beradi
4. Sizda zaruriy il sertifikati boʻlmasa, KNUF da darsdan tashqari til darajangizni oshirish uchun IELTS va TOPIK kurslarini taqdim etamiz. Bu kurslar mutloqo bepul!

🎓Mavjud dasturlar:

- Bakalavriat
- Magistratura (e-Visa)
- Phd (e-Visa)

Talablar:
• IELSTS 4.5+
• Cefr B2+
• TOPIK 2+
• Sejon topik va Clat TOPIK

Qabul 15-yanvarga qadar davom etadi

Hoziroq murojaat qiling!

📞Murojaat uchun:
+998952630700
@KnuF_1
Ko'pchilik talabiga binoan NSP dasturiga ariza topshiruvchilar uchun mentorlik kursi

Xabaringiz bor, NSP almashinuv dasturi uchun anchadan buyon ariza topshirishga yordam berib kelmoqdamiz.

O'tgan mavsumda tashkil etgan kursimiz orqali jami 45 nafar o'zbek talaba va tadqiqotchilari NSP dasturi g'olib bo'lib, hozirda Slovakiyada o'z o'qish yoki ilmiy ishlarini davom ettirmoqda.

Ko'pchilik talabiga binoan ushbu kursning yangi mavsumini e'lon qilamiz. Bu mavsumda xizmat turlari kengaygan.

Kurs kimlar uchun?
Bakalavrni kamida 2,5 yilini tugatgan hozirda 4-kurs talabalari, magistr, PhD talabalari hamda tadqiqotchilar

Kurs mentori: Ozodaxon Oʻktamova — NSP dasturi 3 marta g'olibi, 3 yildan beri ushbu dastur bo’yicha mentor

Kursimiz afzalliklari:
— Slovakiya universitetga qabul qilinishda umumiy yordam.
— Kerakli hujjatlarni tayyorlash bo’yicha doimiy ko’rsatma.
— Barcha hujjatlarni (CV, motivatsion xat, talabalik haqidagi ma’lumotnoma, tavsiyanomalar va boshqalarni) tekshirib berish.
— Ariza topshirish bosqichi uchun to’liq ko’rsatma.

Ushbu kurs toʻlovi uchun bir nechta tariflar taklif etiladi, ular bilan tanishish uchun quyida koʻrsatilgan telegram akkauntga murojaat qiling.

Kursga qabulning oxirgi sanasi: 2025-yil 15-yanvar

ESLATMA: Avvalroq ushbu kursni bepul tashkil etganmiz. Istovchilar aynan bepul kurs videolarini ko'rishlari va hujjatlarini o'zlari tayyorlashlari mumkin. Ular uchun esa maxsus hujjat tekshirib berish xizmatimizni taklif etamiz.

Alohida xizmat: Kursda qatnashmasdan faqat hujjatlarni tekshirtirishingiz ham mumkin.

Bunda jami 4 ta hujjat tekshiriladi:
— Motivatsion xat
— O’quv rejasi
— Tavsiyanoma 2 ta

Hujjatlarni tekshirib berish xizmati narxi: 300 ming.

Kursga yozilish yoki hujjat tekshirish xizmatidan foydalanish uchun: @GN_Work telegram hisobi

👉 NSP almashinuv dasturi haqida batafsil ma'lumot BU YERDA

👉 NSP dasturi bo'yicha biz tayyorlagan qo'shimcha manbalar barchasi BU YERDA.

@grantlar_namuna