Grantlar.uz
83.7K subscribers
7.51K photos
46 videos
14 files
6.2K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
Youth Eyes on the Silk Roads: 14-25 yoshlilar uchun xalqaro fototanlov!

Tanlovga suratlar quyidagi 2 toifa boʻyicha qabul qilinadi:
– 14-17 yoshlilar.
– 18-25 yoshlilar.

Tanlov mavzusi: Ipak Yoʻlini ochib bering: bayramlar va marosimlar orqali

Mukofotlar

Har bir kategoriya boʻyicha 3 nafar sovrindor (jami 6 nafar) quyidagicha taqdirlanadi:
– 1-oʻrin: 18-55 mm linzali bitta obyektivga ega professional raqamli refleks fotoapparat.
– 2-oʻrin: yarim professional raqamli fotoapparat.
– 3-oʻrin: raqamli fotoapparat.

Suratlar 2024-yil 14-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/youth-eyes-on-the-silk-roads-fototanlovi/

@grantlar
Breakthrough Junior Challenge: 13-18 yoshli oʻquvchi va talabalar uchun mukofoti 400 ming dollar boʻlgan tanlov!

Tanlovda 13-18 yoshli maktab, litsey, kollej oʻquvchilari va OTM talabalari qatnashishi mumkin.

Ishtirokchilar fizika, matematika yoki hayot haqidagi fanlar (biologiya, botanika, biokimyo va h.k.) boʻyicha 2 daqiqadan oshmaydigan qisqa video (ingliz tilida) topshirishi kerak.

Tanlov mukofoti:
– Gʻolibning universitetda oʻqishi uchun 250 ming AQSH dollari mablagʻ;
– Gʻolibning oʻqiydigan taʼlim muassasasida ilmiy laboratoriya tashkil qilish yoki laboratoriyani jihozlash uchun 100 ming AQSH dollarigacha mablagʻ;
– Gʻolibning oʻqituvchisiga 50 ming AQSH dollari mablagʻ.

Arizalar 2024-yil 25-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aqsh-breakthrough-junior-challenge-tanlovi/

@grantlar
SAT imtihoni: Nima? Qayerda? Qachon? Qanday?

Maqolada tanishasiz:
– SAT nima?
– SAT qanday imkoniyatlar beradi?
– Qanday va qayerda tayyorlanish mumkin?
– Oʻzbekistonda SAT imtihonini qayerda topshirish mumkin?
– Imtihon topshirish narxi qancha?
– Imtihonga qanday roʻyxatdan oʻtaman?

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/sat-imtihoni-nima-qayerda-qachon-qanday/

@grantlar
1-iyundan qabul boshlanadi

Dunyoning 2-raqamli oliygohi – Stenford universitetida magistratura va PhD bosqichi uchun 100 tagacha toʻliq grant

Knight-Hennessy Scholars granti Stenford universitetining (AQSH) magistrlik yoki PhD dasturlarida toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beradi.

Iqtisodiy imtiyozlar:
– Kontrakt puli toʻliq qoplanadi
– Turar joy, oziq-ovqat va boshqa xarajatlarga yetarli oylik stipendiya beriladi
– AQSHga borish va kelish chiptasi olib beriladi
– Akademik rivojlanish uchun ham mablagʻ ajratiladi
– Suhbat bosqichiga oʻtganlarning suhbat uchun AQSHga borish-kelish va yashash xarajatlari qoplanadi

Grant 100 tagacha talabaga ajratiladi.

Arizalar qabuli 2024-yil 1-iyundan 11-oktabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aqshda-magistratura-va-doktorantura-uchun-100ta-toliq-grant-va-oylik-stipendiya/

@grantlar
Grant yutish uchun personal statement’ni qanday yozish kerak?

Quyidagi maqolamizda bu masalani yaxshi va yomon misollar hamda ularga izohlar orqali muhokama qilingan.

Maqolani oʻqish👇
https://grantlar.uz/blog/grant-yutish-uchun-personal-statementni-qanday-yozish-kerak-yaxshi-va-yomon-misollar-va-ularga-izohlar/

@grantlar
Matsumae International Foundation: Yaponiyada istalgan soha boʻyicha tadqiqot olib borish uchun grant; barcha xarajatlar qoplanadi!

Dasturda PhD (doktorlik) darajasiga ega, ingliz tilini yetarli darajada biladigan nomzodlar qatnashishi mumkin.

Dastur Yaponiyada 3-6 oy davomida tadqiqot olib borish imkonini beradi.

Dastur imkoniyatlari:
– Oyiga 1454 dollar stipendiya
– Borish-kelish uchun aviachipta
– Joylashib olish uchun 792 dollar mablagʻ
– Sugʻurta xarajatlari qoplanadi

Arizalar 2024-yil 30-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/japan-research-fellowship/

@grantlar
Malaysia International Scholarship: Malayziyada magistratura yoki doktoranturada oʻqish uchun toʻliq grant!

Malayziya hukumati xorijlik talabgorlarga Malayziya universitetlarida magistratura va doktorantura bosqichini oʻqish uchun toʻliq grantlarni taklif qilmoqda.

Grantlar deyarli barcha soha uchun ajratiladi. Taʼlim ingliz tilida olib boriladi.

Moddiy imtiyozlar:
– Grant sohiblari kontrakt toʻlovidan ozod qilinadi
– 320 dollar oylik stipendiya beriladi

Arizalar 2024-yil 30-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/malaysia-international-scholarship/

@grantlar
Qabul boshlandi!

Kanada: dunyoning 30-raqamli universitetida toʻliq grant va oylik stipendiya asosida oʻqish imkoniyati

McCall MacBain Scholarships dasturi Kanadada joylashgan McGill universitetining magistratura va 2-kasbiy bakalavriat dasturlarida oʻqish uchun toʻliq grantlarni taklif qiladi.

Grantlar universitetdagi turli sohalarda, jumladan, huquq, musiqa, informatika, moliya, biznes boshqaruvi, taʼlim va oʻqitish hamda boshqa koʻplab sohalarda oʻqish uchun ajratiladi.

Moddiy imtiyozlari:
– Kontrakt summasi toʻliq qoplanadi
– 1500 dollar oylik stipendiya
– Monrealga borib, joylashish uchun mablagʻ
– Yozgi tajriba uchun 3700 dollargacha grant

Arizalar 2024-yil 24-avgustgacha qabul qilinadi (oʻqish 2025-yil yozgi yoki kuzgi semestrdan boshlanadi).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/mccall-macbain-scholarships-kanadada-oqish-uchun-toliq-grant-va-oylik-stipendiya/

@grantlar
Germaniya parlamentida (Bundestag) barcha xarajatlar qoplanadigan 5 oylik amaliyot dasturi!

Dasturga nemis tilini kamida B2 darajada biladigan, 1995-yil 1-martdan keyin tugʻilgan nomzodlar ariza topshirishi mumkin.

Dastur imkoniyatlari:
– Turar joy xarajatlari qoplanadi
– 700 yevro oylik stipendiya
– Berlinga borish-qaytish va sugʻurta xarajatlari qoplanadi

Arizalar 2024-yil 31-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/germaniya-bundestag-parlament-tizimi-boyicha-barcha-xarajatlar/

@grantlar
Rossiya yoki Chexiya: grant, sipendiya, yotoqxona

Ushbu 2 davlatga oid to’liq ma’lumotlar:
— Grant yutib olish tartibi
— O’qishga kirish talablari
— O’qishga yetib borguncha xarajatlar
— O’qishga kirgandan so’ng xarajatlar

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/rossiya-va-chexiyada-grant-asosida-talim-oling/

@grantlar
18-30 yoshdagi tadbirkorlik va biznesga qiziquvchilar uchun “Yosh tadbirkor” tanlovi

Bu tanlovda o‘z g‘oyalari asosida ishlab chiqilgan innovatsion, startap va biznes loyihasiga ega 18 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan barcha yoshlar ishtirok etishlari mumkin.

Mukofotlar:
– 1-3-oʻrinlar uchun 50 mln soʻmgacha pul mukofoti, xorijda malaka oshirish imkoniyati va kredit olishga tavsiyanoma
– Respublika bosqichi ishtirokchilariga kredit olishga tavsiyanoma va esdalik sovgʻalar

Arizalarni imkon qadar ertaroq topshirish tavsiya etiladi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/yosh-tadbirkor-tanlovi/

@grantlar
ClimateScience Olympiad 2024: 25 yoshgacha boʻlganlar uchun onlayn olimpiada: mukofot jamgʻarmasi 15 000 dollar; gʻoliblar Bakuga bepul safar qiladi!

Olimpiada onlayn shaklda, 12 ta tilda (ingliz, rus, fransuz, nemis tillari ham bor) boʻlib oʻtadi.

Ishtirokchilar quyidagi 3 kategoriya boʻyicha baholanadi:
– 16 yoshgach boʻlganlar.
– 17-19 yoshlilar.
– 20-25 yoshlilar.

Mukofotlar:
– 1-oʻrin: 3000 dollar
– 2-oʻrin: 2500 dollar
– 3-oʻrin: 2000 dollar
– 4-5-oʻrinlarning har biri: 1500 dollar
– 6-10-oʻrinlarning har biri: 1000 dollar
– Final bosqichi ishtirokchilari mos ravishda oltin, kumush va bronza medali bilan taqdirlanadi.
– OLTIN, KUMUSH VA BRONZA MEDALLARI sohiblari Bakuda (Ozarbayjon) oʻtkaziladigan BMTning Iqlim sammitida qatnashadi
– Barcha ishtirokchilarga sertifikat beriladi

Ro'yxatdan o'tish uchun oxirgi sana: 2024-yil, 16-iyun

Batafsil👇
https://grantlar.uz/climatescience-olympiad/

Foydali

👉 Bu olimpiadaga qanday roʻyxatdan oʻtish haqida video

@grantlar
Imagine 2200 hikoyalar tanlovi: 12 nafar gʻolib 300 dollardan 3000 dollargacha mukofotni qoʻlga kiritadi!

Tanlovda kamida 18 yosh boʻlgan barcha qatnashishi mumkin. Hikoyalar ingliz tilida boʻlishi yoki inglizchaga tarjima qilingan holda topshirilishi kerak.

Mukofotlar:
– 1-o’rin: 3000 dollar.
– 2-o’rin: 2000 dollar.
– 3-o’rin: 1000 dollar.
– Qolgan 9 nafar finalistlarning har biriga 300 dollardan.
– Gʻolib boʻlgan 12 ta hikoya tanlov tashkilotchisining onlayn to’plamida chop etiladi.
– Gʻolib AQSHdagi 4 haftalik rezindensiya dasturida qatnashish imkoniga ega boʻladi (3000 dollar gonorar beriladi).

Hikoyalar 2024-yil 24-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/imagine-2200-tanlovi-kelajak-haqida-hikoyalar-uchun-3-000-aqsh-dollarigacha-pul-mukofoti/

@grantlar
OECD Internship Programme: bakalavr, magistr va doktorantlar uchun xalqaro tashkilotda haq to'lanadigan amaliyot dasturi!

Amaliyot Parij, Tokio, Mexiko, Berlin yoki Vashington shaharlaridan birida 1-6 oy davomida o'taladi.

Dasturga yiliga 600 nafar atrofida talaba qabul qilinadi.

Moddiy imtiyoz: Amaliyotga qabul qilinganlarga oyiga 1000 yevro ish haqi to'lanadi.

Arizalar yil davomida qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/oecd-internship-programme-xalqaro-tashkilotda-amaliyot-va-700-yevro-oylik-stipendiya/

@grantlar
Japan Internship Program: Yaponiyada haq to'lanadigan amaliyot; oflayn yoki onlayn qatnashish mumkin!

Amaliyotga ingliz yoki yapon tilida ariza topshirish mumkin. Amaliyot ham shu tillardan birida olib boriladi.

Dasturga jami 60 nafar ishtirokchi qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Nomzodlar oflayn (Yaponiyaga borib) yoki onlayn tarzda amaliyot oʻtashni tanlashi mumkin.

Dastur imkoniyatlari:
– Sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
– Bepul ishlatish uchun noutbuk, LAN, mobil qurilma va boshqalarni olib turish mumkin.
– Yaponiyaga borish-kelish va turar joy tashkilotchilar tomonidan tashkillashtiriladi.
– Viza olishda yordam.
– Kuniga 20 dollargacha ish haqi.

Arizalar 2024-yil 30-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/japan-internship-program/

@grantlar
Writers of the Future: Fantastik va ilmiy fantastik hikoyalar (asarlar) tanlovi; bosh mukofot – 5000 AQSH dollari!

Tanlovga 17 000 soʻzgacha boʻlgan, ingliz tilidagi hikoyalar (asarlar) qabul qilinadi.

Tanlov har chorakda (3 oyda) bir marta oʻtkaziladi.

Mukofotlar

Har bir chorak gʻoliblari quyidagicha mukofotlanadi:
– 1-oʻrin: 1000 dollari va kubok.
– 2-oʻrin: 750 dollar va kubok.
– 3-oʻrin: 500 dollar va kubok.

Yil yakunida yilning bosh sovrini gʻolibi aniqlanadi va u 5000 dollar bilan mukofotlanadi.

Hozirgi qabul 2024-yil 30-iyungacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/writers-of-the-future-fantastik-va-ilmiy-fantastik-hikoyalar-asarlar-tanlovi/

@grantlar
Germaniya: Kompyuter fanlari boʻyicha barcha sohalarda toʻliq moliyalashtiriladigan amaliyot dasturi!

Kimlar qatnasha oladi?
– Barcha kompyuter fanlari sohalari boʻyicha tahsil olayotgan bakalavrlar, magistrlar, doktorantlar, shuningdek, taʼlim va/yoki tajribaga ega soha vakillari.

Iqtisodiy imkoniyatlar:
– Oylik stipendiya.
– Bepul turar joy.
– Germaniyaga borish-kelish xarajati qoplanadi.

Amaliyot ingliz tilida oʻtaladi. Odatda 12-14 hafta davom etadi.

Arizalar qabuli uchun 2 xil muddat bor:
– Har yili 1-noyabrgacha.
– Yil davomida.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/germaniya-kompyuter-fanlari-boyicha-barcha-sohalarda-toliq-moliyalashtiriladigan-amaliyot/

@grantlar
Stenford universitetining bakalavriat talabalariga moliyaviy yordam dasturi

Dunyoning eng nufuzli oliygohlaridagi biri – Stenford uninversiteti (AQSH) bakalavriat kurslariga ariza topshirayotganlarga moliyaviy yordam dasturini taklif qiladi.

Moliyaviy yordam shakllari quyidagicha:

– Qabul qilingan talaba oilasining oilaviy daromadi 150 ming AQSH dollaridan kam boʻlsa, talaba kontrakt summasini toʻlashdan toʻliq ozod qilinadi.

– Qabul qilingan talaba oilasining oilaviy daromadi 100 ming AQSH dollaridan kam boʻlsa, talaba kontrakt summasini toʻlashdan toʻliq ozod qilinadi, bepul turar joy va oziq-ovqat bilan taʼminlanadi.

Arizalar qabuli har yili avgust oyida boshlanadi. Qabul uchun 2 ta dedlayn (qabul muddati) bor:
– Erta qabul: har yili 1-noyabr.
– Odatiy qabul: har yili 5-yanvar.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/stenford-universitetining-bakalavriat-talabalariga-moliyaviy-yordam-dasturi/

P.S. Hozirdan tayyorgarlik koʻrilishi uchun ertaroq maʼlumot berilmoqda.

@grantlar
Dunyoning 6-raqamli universitetida to'liq grant asosida o'qish imkoniyati!

Princeton universiteti
(AQSH) bakalavriatga qabul qilingan va yillik oilaviy daromadi 100 000 AQSH dollaridan kam boʻlgan barcha talabalar toʻliq moliyaviy yordam ajratiladi. Bu yordam jami 1500 ta talabaga ajratiladi.

Oʻzbekistonda deyarli barcha oilaning yillik daromadi 100 000 dollardan kam. Bu Princeton universitetiga qabul qilingan har qanday oʻzbek talaba (bakalavr) toʻliq moliyaviy yordam olishi anglatadi.

Toʻliq moliyaviy yordam imkoniyatlari:
– Oʻqish pulidan toʻliq ozod qiladi
– Turar joy va oziq-ovqat xarajatlari qoplanadi
– Kitoblar va shaxsiy ehtiyojlar xarajati qoplanadi

Arizalar qabuli har yili avgust oyi oʻrtalarida boshlanadi. Qabulning tugash sanalari:
- 2024-yil 1-noyabr
- 2025-yil 1-yanvar

Batafsil👇
https://grantlar.uz/princeton-university-dunyoning-eng-nufuzli-universitetlaridan-birida-bakalavriat-uchun-toliq-grant/

P.S. Hozirdan tayyorgarlik koʻrilishi uchun ertaroq maʼlumot berilmoqda.


@grantlar