Grantlar.uz
83.4K subscribers
7.46K photos
45 videos
14 files
6.15K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
Bishkekdagi OSCE akademiyasi: Magistratura kurslari uchun toʻliq grant va oylik stipendiya!

Qirgʻiziston poytaxti Bishkek shahrida joylashgan OSCE akademiyasi quyidagi 3 magistrlik kursi uchun qabul eʼlon qildi:
– MA in Politics and Security (Central Asia)
– MA in Economic Governance and Development
– MA in Human Rights and Sustainability

Bu magistrlik kurslariga jami 80 nafargacha talaba qabul qilinadi va barchasiga toʻliq grant ajratiladi.

Grant imkoniyatlari:
Kontrakt pulida toʻliq ozod qilinadi.
– Oyiga 450 yevro stipendiya.
– Bishkekka borish va kelish uchun aviachipta xarajatlari qoplanadi.
– Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
– Oʻzlashtirish darajasi eng yaxshi boʻlgan talabalar Yevropada moliyalashtiriladigan amaliyot imkoniyatlariga ega boʻladi.

Arizalar 2024-yil 31-yanvar 21:59 gacha qaul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/osce-academy-in-bishkek-magistratura-uchun-toliq-grant-va-oylik-stipendiya/

@grantlar
SUR Programme: Bakalavrlar uchun Shveytsariyada 8 haftalik haq toʻlanadigan tadqiqot dasturi!

Dasturga biologiya, tibbiyot yoki biologiyaga kuchli diqqat qaratiladigan boshqa aloqador soha boʻyicha tahsil olayotgan, birinchi yoki oxirgi bosqich talabasi boʻlmagan bakalavrlar ariza topshirishi mumkin.

Dastur mashgʻulotlari 2024-yil iyul-avgust oylarida Lozanna universitetida boʻlib oʻtadi (ingliz tilida).

Dasturga jami 15 nafar atrofida talaba qabul qilinadi.

Iqtisdoiy imtiyozlar:
– Bepul turar joy taʼminlanadi
– 1670 dollar stipendiya
– Safar xarajatlari uchun 1336 dollargacha mablagʻ ajratilishi mumkin

Arizalar 2024-yil 1-fevral soat tongi 04:00 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/summer-undergraduate-research-sur/

@grantlar
Biopage Storytelling Writing Contest: ingliz tilida insho yozib, 300 dollargacha mukofot yutib oling!

Navbatdagi Storytelling Writing Contest qisqa insholar tanloviga ishlar qabul qilinmoqda.

Insholar ingliz tilida yozlishi va 1000 soʻzdan oshib ketmasligi kerak.

Tanlovda yoshi va davlatidan qatʼi nazar, barcha ishtirok etishi mumkin.

Mukofotlar:
– Asosi gʻolib – 300 dollar;
– Yana 5 nafar eng yaxshi insho mualliflariga 100 dollardan.

Insholar 2024-yil 31-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/insholar-tanlovi-karantindagi-hayot-haqida-insho-yozib-pul-mukofoti-yutib-oling/

@grantlar
Koreyada ingliz tili sohasida tahsil oling (magistratura)

Seul shahrida
(Janubiy Koreya) joylashgan IGSE oliygohi ingliz tiliga ixtisoslashgan quyidagi magistrlik dasturlarini taklif qiladi:
– MA in TESOL
– MA in ELT Contents Development

Oliygoh xalqaro talabalar uchun 2024-yil uchun qabul boʻyicha onlayn brifing tashkillashtirmoqda.

Qabul boʻyicha brifing (Zoom orqali):
– Kim uchun:
Seulda TESOL boʻyicha magistraturani oʻqishni xohlaganlar uchun
– Vaqti: 2023-yil 7-dekabr, 18:00 (Uzb vaqti bilan)
– Dastur tarkibi:
1) IGSE MA in TESOL dasturi oʻquv haqida maʼlumot
2) Ariza topshirish jarayoni va grantlar
3) Vizaga ariza topshirish
4) Savol-javoblar

☝️Brifingda qatnashish uchun BU YERDA oldindan roʻyxatdan oʻtish lozim (roʻyxatdan oʻtgach, Zoom havolasi email orqali yuboriladi).

Magistraturaga qabul jarayonlari 2023-yil 18-dekabrdan 2024-yil 3-yanvargacha davom etadi.

Qabul jarayoni, kerakli hujjatlar, grantlar haqida QABUL YOʻRIQNOMASIDA ma'lumot olishingiz mumkin.

Oliygoh talabalari videolari:

👉
Oʻzbekistonlik talaba yigit videosi

👉 Oʻzbekist
onlik talaba qiz videosi

👉
Ugandalik talaba videosi

Universitet kontaktlari:
Email: [email protected]
Telefon: +82-2-6477-5114

Oliygoh veb-sayti l Qabul yoʻriqnomasi
Gollandiya: Dunyodagi 77-raqamli universitetda magistraturani oʻqish uchun qisman grantlar

Gollandiyadagi Leiden universiteti magistraturada oʻqishni xohlovchi xorijlik nomzodlarga Leiden University Excellence Scholarship grantlarini taklif etadi.

Grantlar universitetda mavjud deyarli barcha magistrlik dasturlari uchun taqdim etiladi.

Grantni qoʻlga kiritganlar quyidagi imkoniyatlardan biriga ega boʻladi:
– Kontrakt summasiga 10 000 yevro chegirma.
– Kontrakt summasiga 15 000 yevro chegirma.
– Kontrakt summasi yiliga 2314 yevro chegirma.

Arizalar 2024-yil 1-fevralgacha qabul qilinadi (o'qish 2024-yil sentabrdan boshlanadi).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/leiden-university-excellence-scholarship-gollandiyada-magistratura/

@grantlar
Excellence Master Fellowships: Shveytsariyada magistraturani oʻqish uchun yiliga 16 ming dollargacha grantlar!

Bu grantlar quyidagi magistrlik dasturlarida oʻqish uchun beriladi: Astrophysics, Biochemistry, Biology, Chemical Biology, Chemistry, Computer Science, Earth Sciences, Environmental Science, Mathematics, Mathematics and Computer Science, Neuroscience, Pharmacy, Physics Prehistoric Archaeology.

Magistrlik dasturlari toʻliq ingliz tilida yoki ingliz va fransuz tilida oʻtiqiladi.

Grant miqdori: Grantni qoʻlga kiritganlar yiliga 11-16 ming AQSH dollari stipendiya bilan taʼminlanadi.

Eslatma: Bu universitetdagi kontrakt summasi miqdori 1 semestr uchun 560 AQSH dollari.

Arizalar qabuli 2024-yilning yanvar oyida boshlanadi va 2024-yil 28-fevralgacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/university-of-geneva-excellence-master-fellowships/

@grantlar
EPFL Summer Research Program: bakalavriat va magistratura talabalari uchun yozgi tadqiqot dasturi; IELTS talab etilmaydi!

Dastur 2024-yil yoz fasli holatiga ko'ra, kamida 2-kursni bitirgan bakalavrlar va 1-kurs magistrlarga Shveytsariyada 8 hafta davomida tadqiqot oʻtash imkonini beradi.

Dastur imkoniyatlari:
– 8 hafta uchun 3505 dollar stipendiya;
– Yoʻl xarajatlari uchun 1108 dollargacha yordam puli.

Dasturga har yili 20-25 nafar talaba qabul qilinadi.

Nomzodlar biologiya, biofizika, kimyo, bioinjeneriya, bioinformatika, miqdoriy biologiya, genetika va boshqa hayot haqidagi fanlar sohasi boʻyicha tahsil olayotgan boʻlishi lozim.

Arizalar qabuli 2024-yil 31-yanvargacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/epfl-summer-research-program-bakalavriat-va-magistratura-talabalari-uchun-yozgi-tadqiqot-dasturi/

@grantlar
Eslatma: TechGirls dasturiga qabul 9-dekabrda tugaydi

Bu dastur 15-17 yoshli qizlarga moʻljallangan boʻlib, ishtirokchilar AQSHdagi 4 haftalik taʼlim oromgohida qatnashadi (ingliz tilida).

Bu dasturda qatnashish uchun 2006-yil 13-iyuldan 2009-yil 13-iyulgacha sanalar oraligʻida tugʻilgan boʻlish kerak.

Dasturning moddiy imtiyozlari:
– Viza toʻlovi qoplanadi.
– AQSHga borish-kelish aviachiptasi olib beriladi.
– Bepul turar joy va oziq-ovqat taʼminlanadi.
– Dastur tadbirlariga qatnash uchun mahalliy transport taʼminalandi.
– Favqulodda tibbiy sugʻurta xarajati qoplanadi.

Arizalar 2023-yil 9-dekabr 13:00 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/15-17-yoshli-qizlar-uchun-aqshda-techgirls-yozgi-oromgohi-barcha-xarajatlar-qoplanadi/

👉 Shu dastur gʻolibasi bilan oʻtkazilgan suhbat

@grantlar
Xorijda tahsil olishning afzalliklari

Kanalimizga joylanadigan aksariyat dasturlar xorijda o'qish imkonini beradi.

Xo'sh, chet elda o'qish qanday afzalliklarga ega?

Bu post orqali xorijda o'qishning afzalliklari bilan tanishasiz.

👉 MATN SHAKLIDA MA'LUMOT OLISH

👉 VIDEO ORQALI MA'LUMOT OLISH

@grantlar
University of Helsinki: magistraturada oʻqish uchun toʻliq grant va stipendiya!

Helsinki universiteti (TOP 101) magistraturada oʻqishni xohlaganlar uchun 2 xil grant taklif etadi:
1. Kontrakt summasi toʻliq qoplanadi va umumiy 10 ming yevro stipendiya beriladi.
2. Faqat kontrakt summasi qoplanadi (50% dan 100% gacha).

Nomzodlar universitetdagi istalgan magistratura kursini tanlashi mumkin.

Universitetda tibbiyot, huquqshunoslik, taʼlim, biologiya, farmatsevtika va boshqa koʻplab yoʻnalishlar mavjud.

Hujjatlar qabuli 2023-yil 1-dekabrdan 2024-yil 3-yanvargacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/university-of-helsinki-magistraturada-oqish-uchun-toliq-grant-va-stipendiya/

@grantlar
Vienna BioCenter Summer School: bakalavr va magistrlar uchun Avstriyada toʻliq moliyalashtiriladigan 2 oylik yozgi maktab!

Bu maktabda 2023-yil 30-iyungacha bakalavriatning kamida 2-kursini yoki magistraturaning kamida 1-kursini tamomlaydigan nomzodlar qatnashishi mumkin.

Maktab 2024-yil 1-iyuldan 31-avgustgacha Venada boʻlib oʻtadi.

Dastur quyidagilar bilan taʼminlaydi:
– Bepul turar joy
– Tibbiy sugʻurta
– 1400 yevro stipendiya
– Jamoat transportidan bepul foydalanish
– Venaga borish-kelish xarajatlari qoplanadi
– Bepul ijtimoiy tadbirlar, ekskursiyalar va boshqa mashgʻulotlar
– Yakuniy nutq gʻoliblariga mukofotlar

Dasturga 20 nafargacha talaba qabul qilinadi. Qatnashish uchun til sertifikati (IELTS, TOEFL va h.k.) talab etilmaydi.

Arizalar 2024-yil 31-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/austria-fully-funded-summer-school-in-vienna/

@grantlar
TechWomen: Ayol-qizlar uchun AQSHda 5 haftalik dastur – barcha xarajatlar qoplanadi!

Dastur kamida bakalavrlik darajasi va STEM (Science, Technology, Engineering and Mathematics) 2 yillik toʻliq stavkali ish tajribasiga ega yetakchi ayol-qizlarga AQSHda malaka oshirish imkonini beradi.

5 haftalik malaka oshirish kursi 2024-yil sentabr-oktabr oylarida boʻlib oʻtadi.

Dasturning moddiy imtiyozlari:
– AQSHga borish va kelish hamda AQSHdagi mahalliy parvozlar aviachiptalari olib beriladi.
– San-Fransisko va Vashingtondagi dasturlar davomda bepul turar joy taʼminlanadi.
– Oziq-ovqat va boshqa mahsulotlar taʼminlandi.
– Mezbon kompaniyalar, jamoat tadbirlariga borishda transport xarajatlari qoplanadi.

Arizalar 2024-yil 10-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/techwomen-xotin-qizlar-uchun-aqshda-5-haftalik-dastur-barcha-xarajatlar-qoplanadi/

@grantlar
"Camp Rising Sun: AQSHda yozgi bepul oromgoh" mavzusida tashkilotchilar vakili bilan suhbat

Xabaringiz bor, hozirda 15-16 yoshli nozmodlar uchun AQSHda 4 haftalik bepul oromgoh Camp Rising Sun dasturi uchun arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu dasturga ariza topshirish, dastur imkoniyatlari bilan yaqindan tanishish maqsadida yurtdoshimiz Dilshod Hamroboev bilan suhbat tashkillamoqchimiz.

Dilshod hamroboev — hozirda Louis August Jonas Foundation tashkiloti bilan hamkrolikda ish olib bormoqda. Suhbat davomida bizga ushbu oromgoh imkoniyatlari haqida batafsil ma'lumot beradilar.

Suhbat o'tkazilish vaqti: 2023-yil 2-dekabr 21:00 da
Suhbat o'tkazilish joyi: @grantlar_namuna telegram kanali

👉 Camp Rising Sun dasturi haqida to'liq ma'lumot 👈

ESLATMA: suhbat ingliz tilida olib boriladi. Suhbat davomida tinglovchilar o'zlarining qiziqtirgan savollariga Dilshod Hamroboevdan aniq javob olishlari mumkin.

@grantlar_namuna
U.S.-CAEF: American University of Central Asia oliygohida bakalavriatni oʻqish uchun toʻliq!

Ushbu grant Bishkekda (Qirgʻiziston) joylashgan American University of Central Asia oliygohida quyidagi sohalarda oʻqish uchun beriladi:
– biznes boshqaruvi
– iqtisodiyot
– amaliy matematika va informatika
– dasturiy taʼminot muhadisligi

Darslar toʻliq ingliz tilida oʻtiladi.

Imtiyozlar:
– Kontrakt pulidan toʻliq ozod qilinadi
– Oylik stipendiya
– Turar joy xarajatlari qoplanadi
– Bishkekka borish va kelish xarajatlari qoplanadi
– Har yozda haq toʻlanadigan amaliyot
– Professional va shaxsiy rivojlanish tadbirlari
– U.S.-CAEF dasturi bitituvchilari hamjamiyatiga qoʻshilish imkoni

Arizalar 2024-yil 15-yanvar 16:00 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/american-university-of-central-asia-bakalavriatda-oqish-uchun-toliq-grant-va-oylik-stipendiya/

📹 U.S.-CAEF Instagram sahifasi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
NIGINTERN 2024: Yaponiyada talabalar uchun amaliyot dasturi; safar va turar joy xarajatlari qoplanadi!

Ushbu dasturga hozirda bakalavriatning 3-kursi yoki magistraturaning 1-kursida oʻqiyotganlar ariza topshirishi mumkin.

Amaliyot 2024-yil 13-iyundan 24-iyulgacha Yaponiyada oʻtaladi. Nomzodlardan ingliz tilini yetarli darajada bilish talab etiladi.

Dastur imtiyozlari:
– Yaponiyaga borish-kelish xarajatlari qoplanadi.
– Yaponiyadagi aeroportdan institutgacha yetib olish xarajatlari qoplanadi.
– Bepul turar joy taʼminlandi.
– Dastur yakunida sertifikat taqdim etiladi.
– Sayohat sugʻurtasi xarajatlari qoplanadi.

Arizalar 2024-yil 9-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/nigintern-yaponiyada-talabalar-uchun-barcha-xarajatlari-qoplanadigan-amaliyot-dasturi/

@grantlar
Dunyoning 1-raqamli universitetida oʻqish uchun toʻliq grant va oylik stipendiya!

Calerdon Scholarship dasturi har yili 200 nafardan ortiq talabaga Oksford universitetining istalgan magistratura yoki doktorantura dasturida oʻqish uchun toʻliq grant ajratadi.

Grant quyidaglarni oʻz ichiga oladi:
– Kontrakt summasi toʻliq toʻlab beriladi.
– Yillik stipendiya (taxminan 18 000 funt-sterling mqidorida).

Arizalar qabuli 2024-yil yanvar oyining oʻrtalarigacha davom etadi (dasturga qarab farq qiladi).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/angliyada-magistratura-va-doktoranturada-bepul-oqish-uchun-grant-stipendiya-15-000-funt-sterlinggacha-joy-130-ta/

@grantlar
U.S.-CAEF dasturi: American University of Central Asia oliygohida o'qish bo'yicha ovozli suhbat

Navbatdagi suhbatimiz Bishkekda (Qirgʻiziston) joylashgan American University of Central Asia oliygohida to'liq grant asosida o'qish bo'yicha bo'lib o'tadi.

Suhbatimiz mehmoni — Oybek Turaev. Oybek hozirda U.S.-CAEF dasturi asosida AUCA oliygohining bakalavriat bosqichida ta'lim olmoqda. Suhbat davomida dastur talablari, imkoniyatlari va ariza topshirish bo'yicha kerakli ma'lumotlarni biz bilan baham ko'radi.

Suhbat o'tkazilish vaqti: 2023-yil 5-dekbr, soat 21:00 da
Suhbat o'tkazilish joyi: @grantlar_namuna Telegram kanali

👉 U.S.-CAEF dasturi haqida batafsil ma'lumot 👈

Suhbatda ishtirok etib, ushbu dastur bo'yicha o'zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz mumkin.

@grantlar_namuna
Germaniya: Bakalavr va magistrlar uchun yozgi amaliyot dasturi; oylik stipendiya - 1200 yevro!

Germaniyadagi DESY tadqiqot markazi fizika, fizikaga oid tabiiy fanlar va hisoblash (computing) sohasida oʻqiyotgan bakalavr va magistrlarga yozgi amaliyot dasturini taklif etadi.

Amaliyot 2024-yil 16-iyuldan 5-sentabrgacha, ingliz tilida boʻladi.

Imtiyozlar:
– Oyiga 1200 yevro stipendiya
– Safar xarajatlari uchun mablagʻ
– Markaz hostelidan chegirmali turar joy (xona)

Arizalar 2024-yil 31-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/germaniya-desy-summer/

@grantlar
Uzbekistan Business Leaders: AQSHda malaka oshirish dasturi – barcha xarajatlar qoplanadi!

Uzbekistan Business Leaders – 27-50 yoshli oʻzbekistonliklar uchun moʻljallangan, biznes va yetakchilikka oid mashgʻulotlardan iborat AQSHda o'tkazilladigan 4 haftalik dasturdir.

Nomzodga talablar:
– Ingliz tilini yaxshi bilish.
– Biznes, tadbirkorlik, ijtimoiy tarmoqlar, ijtimoiy tadbirkorlik, innovatsiyalar, mintaqaviy iqtisodiy rivojlanish va texnologiya sohasida kamida 5 yillik tajribaga ega boʻlish.

Dastur imkoniyatlari:
– Borish-kelish xarajatlari qoplanadi.
– Viza xarajatlari qoplanadi.
– Turar joy, oziq-ovqat va boshqa yashash xarajatlari qoplanadi.
– Dastur bilan bogʻliq boshqa barcha xarajatlar qoplanadi.

Arizalar 2024-yil 5-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/uzbekistan-business-leaders-program/

@grantlar
Radboud Scholarship Programme: Gollandiya magistratura kurslari uchun 28 ta qisman grant!

Gollandiyadagi Radboud universiteti magistratura kurslarida oʻqish uchun 28 ta qisman grant taklif etmoqda.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt summasiga chegirma qilinadi (17 000 yevro emas, 2530 yevro toʻlanadi).
– Viza, yashash ruxsati, tibbiy va javobgarlik sugʻurtasi xarajatlari ham qoplanadi.

Arizalar 2024-yil 31-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/radboud-scholarship-programme-gollandiya-magistratura-kurslari-uchun-grantlar/

@grantlar