Grantlar.uz
81.8K subscribers
7.78K photos
46 videos
14 files
6.47K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
Fulbright TEA: Maktab, kollej va litsey o’qituvchilari uchun AQSHda 6 haftalik malaka oshirish dasturi; barcha xarajatlar qoplanadi!

Dasturga ingliz tili, xorijiy til sifatida ingliz tili, matematika, tabiiy fanlar va ijtimoiy fanlardan dars beruvchi oʻqituvchilar qatnashishi mumkin. Nomzodlar ingliz tilini bilishi kerak, lekin ariza topshirish uchun til sertifikati talab etilmaydi.

Dastur imkoniyatlari:
– J-1 viza olishda yordam.
– AQSHga borish va kelish, AQSH ichida harakatlanish uchun aviachiptalar.
– Akademik dasturga qatnashish haqlari toʻliq qoplanadi.
– Bepul turar joy va oziq-ovqat.
– Sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
– Qoʻshimcha xarajatlar uchun kunlik mablagʻ.
– Kitob/kasbiy rivojlanish uchun mablagʻ.
– Yuk uchun mablagʻ.
– Dastur yakunlangach kichik grantlarga ariza berish imkoniyati.

Arizalar 2024-yil 20-fevral, 18:00 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/fulbright-tea/

@grantlar
👍52🔥116
Dunyoning 137-raqamli universitetida magistratura va doktorantura uchun toʻliq grant, oylik stipendiya va turar joy uchun mablagʻ!

Xitoy fan va texnologiya universiteti ingliz va xitoy tilida oʻqitiladigan barcha magistratura hamda doktorantura dasturlari uchun USTC Fellowship grantlarini taklif etadi.

Grantlar qamrovi turlicha boʻlib, eng nufuzli grant quyidagi imtiyozlarni beradi:
– Kontrakt puli toʻliq qoplanadi.
– 550 dollar oylik stipendiya.
– Turar joy uchun mablagʻ.
– Kompleks tibbiy sugʻurta.

Arizalar 2024-yil 15-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/ustc-fellowship-xitoyda-magistratura-va-doktorantura-uchun-toliq-grant/

@grantlar
👍368🔥5
ISTernship: Avstriyada bakalavr va magistrlar uchun haq toʻlanadigan amaliyot; joy – 40 tagacha!

Dasturga 2024-yil yozida bakalavriatning 2-kursini tamomlovchi yoki magistraturaning istalgan bosqichida oʻqiyotgan, shuningdek, bakalavriat yoki magistraturani butirganiga 1 yildan oshmagan nomzodlar ariza topshirishi mumkin.

Amaliyot 2024-yil yozda boʻlib oʻtadi va 2-3 oy davom etadi. Mashgʻulotlar toʻliq ingliz tilida olib boriladi, lekin til bilish sertifikati talab etilmaydi.

Dasturga har yili 30-40 ta talaba qabul qilinadi.

Dastur imkoniyatlari:
– Oyiga 1000 yevro stipendiya
– Borish va kelish uchun mablagʻ
– Arzonlashtirilgan turar joy
– Hamyonbop tibbiy sugʻurta
– Viza olish va safarni rejalashtirishda yordam

Arizalar 2024-yil 15-fevral, 19:00 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/ista-isternship-summer-internship-program/

@grantlar
👍4712🔥5
UM Holland-High Potential Scholarship: Gollandiya magistratura kurslari uchun to’liq grant; joy – 24 ta!

Gollandiyadagi Maastricht universiteti magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun UM Holland-High Potential Scholarship dasturini taklif etadi.

Dastur doirasida 24 nafar talabaga grant ajratiladi.

Grant imtiyozlari:
– Oʻqish puli toʻliq qoplanadi.
– 12 350 yevro (1 yillik magistrlik kurslari uchun) yoki 23 750 yevro (2 yillik kurslar uchun) stipendiya beriladi.
– Salomatlik va javobgarlik sug’urtasi xarajati qoplanadi.
– Viza arizasi toʻlovi qoplanadi.
– Zarur hollarda tayyorlov kursi qoʻyiladi va uning toʻlovi ham qoplanadi.

Arizalar 2024-yil 1-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/holland-high-potential-scholarship-gollandiya-magistratura-kurslari-uchun-toliq-grant-stipendiya-va-sugurta-joy-24-ta/

@grantlar
👍38🔥114
Janubiy Koreya: Dunyoning 56-raqamli oliygohida oʻqish uchun toʻliq grant!

Koreyadagi KAIST oliygohi bakalavriatda oʻqishni xohlovchilarga KAIST International Student Undergraduate Scholarships grantini taklif qiladi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt summasidan toʻliq ozod qilinadi.
– Oyiga 260 AQSH dollari stipendiya.
– Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.

2024-yilda oʻqishni boshlash hozirgi qabul muddati:
2024-yil 13-yanvargacha.

Grant haqida batafsil👇
https://grantlar.uz/kaist-bakalavr-kursi/

👉 Shu grant g'olibi bilan matnli suhbat

👉 Shu grant g'olibi bilan ovozli suhbat

@grantlar
👍6612🔥4
JASNA Essay Contest: Maktab, kollej/litsey oʻquvchilari va barcha bosqich talabalari uchun insholar tanlovi!

Bu tanlov adiba Jeyn Ostin ijodiga bagʻishlangan boʻlib, quyidagi 3 kategoriya boʻyicha oʻtkaziladi:
– Maktabning yuqori sinf oʻquvchilar, kollej/litsey oʻquvchilari
– Bakalavriat talabalari
– Magistratura va doktorantura talabalari

Insholar ingliz tilida yozilishi kerak.

Mukofotlar

Har bir kategoriya boʻyicha 3 nafar gʻolib (jami 9 nafar) quyidagicha taqdirlanadi:
– 1-oʻrin: 1000 dollar.
– 2-oʻrin: 500 dollar.
– 3-oʻrin: 250 dollar.
– JASNA tizimiga 1 yillik bepul obuna (barcha gʻoliblar uchun).
– Barcha gʻoliblarga Jeyn Ostin romanlari toʻplami beriladi.
– 1-oʻrin sohiblari AQSHda oʻtkaziladigan JASNA yillik uchrashuvida bepul qatnashish imkoniga ega boʻladi. Turar joy xarajati qoplanadi.

Insholar 2024-yil fevral oyi o'rtalaridan 1-iyungacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/jasna-essay-contest-jeyn-ostin-ijodi-boyicha-insholar-tanlovi/

@grantlar
👍7916🔥7
Birtaniyada bakalavrlar uchun 8 haftalik yozgi maktab; haftalik stipendiya va bepul turar joy taʼminalanadi!

Britaniyadagi John Innes markazi bakalavriat talabalaridan xalqaro yozgi maktab uchun arizalar qabul qilmoqda.

Birinchi va oxirgi kurs boʻlmagan hamda ingliz tilini yetarli darajada biladigan bakalavrlar ariza topshirishi mumkin.

Afzalliklar:
- Haftasiga 250 funt-sterling stipendiya
- Bepul turar joy
- Dunyodagi yetakchi olimlar bilan tadqiqotlar ustida ishlash imkoniyati
- Seminar, konferensiya, ijtimoiy tadbirlarda qatnashish imkoniyati

Maktab 2024-yil 30-iyundan 23-avgustgacha boʻlib oʻtadi.

Arizalar 2024-yil 19-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/john-innes-centre-birtaniyada-bakalavrlar-uchun-8-haftalik-yozgi-maktab/

@grantlar
👍6214🔥5
Hajviy she'rlar uchun Wergle Flomp Humor Poetry Contest tanlovi: mukofot – 2000 AQSh dollari!

Tanlovda 250 qatorgacha boʻlgan sheʼrlar bilan qatnashish mumkin (ingliz tilida). Istalgan yoshdagi nomzodlar qatnashishi mumkin.

Mukofotlar:
– 1-o’rin: 2000 dollar va Duotrope platformasiga 2 yillik obuna.
– 2-o’rin: 500 dollar.
– 10 ta eʼtiborga sazovor she’rlar mualliflarining har biriga 100 dollardan.

Sheʼrlar 2024-yil 1-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/hajviy-sherlar-uchun-wergle-flomp-humor-poetry-contest-tanlovi/

@grantlar
👍277🔥4
The Fountainhead Essay Contest: insho yozib, 5000 dollargacha mukofot yutib oling!

Tanlovda ishtirokchilar Ayn Rendning “The Fountainhead (Favvorabosh)” asari asosida ingliz tilida insho yozishi kerak.

Kimlar qatnasha oladi?
Maktabning yuqori sinf o'quvchilari, kollej va litsey oʻquvchilari qatnashishi mumkin.

Mukofotlar quyidagicha:
– 1-oʻrin (1 nafar) – 5000 dollar;
– 2-oʻrin (3 nafar) – 1250 dollar;
– 3-oʻrin (5 nafar) – 250 dollar;

Insholar 2024-yil 25-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/the-fountainhead-essay-contest-insholar-tanlovi/

@grantlar
👍327🔥4
Anthem Essay Contest: Maktab, kollej va litsey oʻquvchilari uchun insholar tanlovi!

Tanlovda ishtirokchilar Ayn Rendning “Anthem (Madhiya)” asari asosida ingliz tilida insho yozishi kerak.

Kimlar qatnasha oladi?
Maktabning 8-12-sinf oʻquvchilari va kollej/litsey oʻquvchilari qatnashishi mumkin.

Mukofotlar quyidagicha:
– 1-oʻrin (1 nafar) – 2000 dollar;
– 2-oʻrin (3 nafar) – 500 dollar;
– 3-oʻrin (5 nafar) – 100 dollar.

Insholar 2024-yil 25-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/anthem-essay-contest-maktab-kollej-va-litsey-oquvchilari-uchun-insholar-tanlovi/

@grantlar
👍586🔥1
Special Program in Japanese and Eurasian Studies (SPJES): Yaponiyada magistratura uchun to’liq grant!

Tsukuba universitetidagi SPJES magistrlik dasturi uchun 10 tagcha toʻliq grant taklif etilmoqda.

Dastur ingliz tilida oʻtiladi, biroq IELTS (kamida 6.0), TOEFL kabi til sertifkatini aprel oyigacha topshirsa boʻladi.

Dastur imkoniyatlari:
– Kontrakt summasi toʻliq qoplanadi.
– 800 dollar oylik stipendiya beriladi.
– Yaponiyaga borish va kelish uchun aviachipta olib beriladi.

Arizalar Oʻzbekiston vaqtini bilan 2024-yil 15-yanvar soat 18:59 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/special-program-in-japanese-and-eurasian-studies-spjes-yaponiyada-magistratura-uchun-toliq-grant/

@grantlar
👍4410
Yaponiyaning 1-raqamli universitetiga o'qishni stipendiya asosida ko'chirish imkoniyati!

Global Science Course dasturi Tokio universitetining bakalavriat bosqichiga (3-kursga) stipendiya asosida oʻqishni koʻchirish imkonini beradi.

Dastur ingliz tilida, yapon tilini bilish talab qilinmaydi. Bakalavriatning 2, 3 va 4-kursida oʻqiyotganlar ariza topshirishi mumkin.

Faqat kimyo sohasiga oʻqishni koʻchirish mumkin. Lekin hozirda aynan kimyo sohasi boʻyicha oʻqiyotgan boʻlish talab etilmaydi.

Imkoniyatlari:
– 1050 dollar oylik stipendiya
– Bepul turar joy
– Bepul yapon tili kursi
– Doimiy yordam

Arizalar 2024-yil 23-yanvardan 21-martgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/japan-utokyo-transfer/

P.S. Hozirdan tayyorgarlik koʻrilishi uchun ertaroq maʼlumot berilmoqda.

@grantlar
👍769
OECD Internship Programme: bakalavr, magistr va doktorantlar uchun xalqaro tashkilotda haq to'lanadigan amaliyot dasturi!

Amaliyot Parij, Tokio, Mexiko, Berlin yoki Vashington shaharlaridan birida 1-6 oy davomida o'taladi.

Dasturga yiliga 600 nafar atrofida talaba qabul qilinadi.

Moddiy imtiyoz: Amaliyotga qabul qilinganlarga oyiga 1000 yevro ish haqi to'lanadi.

Arizalar yil davomida qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/oecd-internship-programme-xalqaro-tashkilotda-amaliyot-va-700-yevro-oylik-stipendiya/

@grantlar
👍5812🔥10
Toshkentdagi Koreya taʼlim markazidan 9-11-sinflar uchun koreys tilidan olimpiada!

Bu olimpidada maktabning 9-11-sinfida oʻqiydigan va koreys tilini biladigan oʻquvchilar qatnashishi mumkin (kollej yoki litsey oʻquvchilar qatnasha olmaydi).

Olimpiada 2024-yil 20-yanvar, 9:00 da boʻlib oʻtadi.

Mukofotlar:
– Eng yaxshi natija koʻrsatgan 10 nafar gʻolibga pul mukofotlari taqdim etiladi
– Qolgan barcha ishtirokchilarga ham kichik sovg’alar taqdim qilinadi

Ishtirok etish uchun 2024-yil 15-yanvargacha roʻyxatdan oʻtish lozim.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/koreya-talim-markazidan-maktab-oquvchilar-uchun-koreys-tilidan-olimpiada/

@grantlar
👍5110🔥2
Germaniya: Bakalavr va magistrlar uchun yozgi amaliyot dasturi; oylik stipendiya - 1200 yevro!

Germaniyadagi DESY tadqiqot markazi fizika, fizikaga oid tabiiy fanlar va hisoblash (computing) sohasida oʻqiyotgan bakalavr va magistrlarga yozgi amaliyot dasturini taklif etadi.

Amaliyot 2024-yil 16-iyuldan 5-sentabrgacha, ingliz tilida boʻladi.

Imtiyozlar:
– Oyiga 1200 yevro stipendiya
– Safar xarajatlari uchun mablagʻ
– Markaz hostelidan chegirmali turar joy (xona)

Arizalar 2024-yil 31-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/germaniya-desy-summer/

@grantlar
👍5611🔥6
NIGINTERN 2024: Yaponiyada talabalar uchun amaliyot dasturi; safar va turar joy xarajatlari qoplanadi!

Ushbu dasturga hozirda bakalavriatning 3-kursi yoki magistraturaning 1-kursida oʻqiyotganlar ariza topshirishi mumkin.

Amaliyot 2024-yil 13-iyundan 24-iyulgacha Yaponiyada oʻtaladi. Nomzodlardan ingliz tilini yetarli darajada bilish talab etiladi.

Dastur imtiyozlari:
– Yaponiyaga borish-kelish xarajatlari qoplanadi.
– Yaponiyadagi aeroportdan institutgacha yetib olish xarajatlari qoplanadi.
– Bepul turar joy taʼminlandi.
– Dastur yakunida sertifikat taqdim etiladi.
– Sayohat sugʻurtasi xarajatlari qoplanadi.

Arizalar 2024-yil 9-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/nigintern-yaponiyada-talabalar-uchun-barcha-xarajatlari-qoplanadigan-amaliyot-dasturi/

@grantlar
👍369🔥1
Bruney hukumatining stipendiya dasturi: diplom kurslari, bakalavriat va magistratura uchun toʻliq grant va stipendiya!

Bruney hukumatining stipendiya dasturi xorijlik talabalarga Bruneydagi 5 ta nufuzli oliygohning diplom kurslari, bakalavriat va magistratura bosqichida oʻqish imkonini beradi.

Aksariyat dasturlar ingliz tilida, ayrim dasturlar malay yoki arab tilida oʻqitiladi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt toʻlovi toʻliq qoplanadi.
– 379 dollar oylik stipendiya.
– Oziq-ovqat xarajatlari uchun 113 dollar oylik mablagʻ.
– Oʻquv qurollar uchun 454 dollar yillik mablagʻ.
– Borish-kelish uchun aviachipta.
– Yotoqxonadan turar joy.
– Toʻliq sugʻurta.
– Qaytishda yuklarni yuborish uchn 379 dollargacha mablagʻ.

Arizalar 2024-yil 15-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/bruney-oliygohlarda-oqish-uchun-toliq-grantlar/

@grantlar
👍7023🔥6
Deloitte One Young World Scholarship 2024: Kanadadagi 4 kunlik sammit uchun toʻliq grant!

Deloitte tashkiloti One Young World sammitida (2024-yil 18-21-sentabr) qatnashish imkonini beruvchi taʼlim va iqlim yoʻnalishida grantlar eʼlon qildi. Grantlar jami 5 nafar nomzodga ajratiladi.

Sammit ingliz tilida olib boriladi.

Grant imkoniyatlari:
– Monrealdagi (Kanada) 4 kunlik sammitda qatnashish.
– Mehmonxona taʼminlanadi.
– Borish va kelish uchun aviachipta beriladi.
– Barcha oziq-ovqatlar qoplanadi.
– Sammit davomidagi qatnovlar uchun transport taʼminlanadi.

Arizalar 2024-yil 21-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/deloitte-one-young-world-scholarship-2024/

@grantlar
👍9221🔥5
Yenching Global Symposium: Xitoyda barcha xarajatlari qoplanadigan xalqaro simpozium!

2024-yilgi simpozium mavzusi: Equilibrium: Our World in Balance.

Istalgan sohada bakalavriatning oxirgi kursida oʻqiyotgan yoki bakalavrlik darajasiga ega hamda 1993-yil 11-apreldan keyin tugʻilganlar qatnashishi mumkin.

Jami 100 nafar ishtirokchi qabul qilinadi. Simpozium 2024-yil 11-14-aprel kunlari Pekinda boʻlib oʻtadi.

Iqtisodiy imtiyozlar:
– Borish va kelish xarajatlari qoplanadi
– Turarjoy va oziq-ovqat xarajatlari qoplanadi
– Mahalliy transport xarajatlari qoplanadi

Arizalar 2024-yil 31-yanvar, soat 20:59 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/yenching_simpozium/

@grantlar
👍629🔥6
15-yanvarda qabul tugaydi

U.S.-CAEF: American University of Central Asia oliygohida bakalavriatni oʻqish uchun toʻliq!

Ushbu grant Bishkekda (Qirgʻiziston) joylashgan American University of Central Asia oliygohida quyidagi sohalarda oʻqish uchun beriladi:
– biznes boshqaruvi
– iqtisodiyot
– amaliy matematika va informatika
– dasturiy taʼminot muhadisligi

Darslar toʻliq ingliz tilida oʻtiladi.

Imtiyozlar:
– Kontrakt pulidan toʻliq ozod qilinadi
– Oylik stipendiya
– Turar joy xarajatlari qoplanadi
– Bishkekka borish va kelish xarajatlari qoplanadi
– Har yozda haq toʻlanadigan amaliyot
– Professional va shaxsiy rivojlanish tadbirlari
– U.S.-CAEF dasturi bitituvchilari hamjamiyatiga qoʻshilish imkoni

Arizalar 2024-yil 15-yanvar 16:00 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/american-university-of-central-asia-bakalavriatda-oqish-uchun-toliq-grant-va-oylik-stipendiya/

👉 Shu grant g'olibi bilan suhbat

@grantlar
👍679🔥9