Grantlar.uz
83.5K subscribers
7.48K photos
46 videos
14 files
6.17K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
Koreyada ingliz tili sohasida tahsil oling (magistratura)

Seul shahrida
(Janubiy Koreya) joylashgan IGSE oliygohi ingliz tiliga ixtisoslashgan quyidagi magistrlik dasturlarini taklif qiladi:
– MA in TESOL
– MA in ELT Contents Development

Oliygoh xalqaro talabalar uchun 2024-yil uchun qabul boʻyicha onlayn brifing tashkillashtirmoqda.

Qabul boʻyicha brifing (Zoom orqali):
– Kim uchun:
Seulda TESOL boʻyicha magistraturani oʻqishni xohlaganlar uchun
– Vaqti: 2024-yil 9-yanvar, 18:00 (Uzb vaqti bilan)
– Dastur tarkibi:
1) IGSE MA in TESOL dasturi oʻquv haqida maʼlumot
2) Ariza topshirish jarayoni va grantlar
3) Vizaga ariza topshirish
4) Savol-javoblar

☝️Brifingda qatnashish uchun BU YERDA oldindan roʻyxatdan oʻtish lozim (roʻyxatdan oʻtgach, Zoom havolasi email orqali yuboriladi).

Magistraturaga qabul jarayonlari 2024-yil 8-yanvardan 31-yanvargacha davom etadi.

Qabul jarayoni, kerakli hujjatlar, grantlar haqida QABUL YOʻRIQNOMASIDA ma'lumot olishingiz mumkin.

Oliygoh talabalari videolari:

👉
Oʻzbekistonlik talaba yigit videosi

👉 Oʻzbekist
onlik talaba qiz videosi

👉
Ugandalik talaba videosi

Universitet kontaktlari:
Email: [email protected]
Telefon: +82-2-6477-5114

Oliygoh veb-sayti l Qabul yoʻriqnomasi
Vienna BioCenter Summer School: bakalavr va magistrlar uchun Avstriyada toʻliq moliyalashtiriladigan 2 oylik yozgi maktab!

Bu maktabda 2023-yil 30-iyungacha bakalavriatning kamida 2-kursini yoki magistraturaning kamida 1-kursini tamomlaydigan nomzodlar qatnashishi mumkin.

Maktab 2024-yil 1-iyuldan 31-avgustgacha Venada boʻlib oʻtadi.

Dastur quyidagilar bilan taʼminlaydi:
– Bepul turar joy
– Tibbiy sugʻurta
– 1400 yevro stipendiya
– Jamoat transportidan bepul foydalanish
– Venaga borish-kelish xarajatlari qoplanadi
– Bepul ijtimoiy tadbirlar, ekskursiyalar va boshqa mashgʻulotlar
– Yakuniy nutq gʻoliblariga mukofotlar

Dasturga 20 nafargacha talaba qabul qilinadi. Qatnashish uchun til sertifikati (IELTS, TOEFL va h.k.) talab etilmaydi.

Arizalar 2024-yil 31-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/austria-fully-funded-summer-school-in-vienna/

@grantlar
Rossiya: maktab va kollej/litsey oʻquvchilari uchun bepul yozgi maktab; turar joy va oziq-ovqat taʼminlanadi!

Molekulyar va nazariy biologiya yozgi maktabiga maktabning 8-11-sinf oʻquvchilari va kollej/litsey oʻquvchilari qatnashishi mumkin.

Arizalar ingliz yoki rus tilida topshiriladi. Qabul qilinganlar 2024-yil iyul-avgust oylarida Rossiyadagi yozgi maktab mashgʻulotlarida qatnashadi. Mashgʻulotlar 18 kun davom etadi.

Iqtisodiy imtiyozlar:
– Qatnashish bepul
– Turar joy va oziq-ovqat taʼminlanadi
– Sayohat sugʻurtasi xarajatlari qoplanadi
– Viza olish xarajatlari qoplanadi (agar viza talab etilsa)
– Borish va kelish xarajatlari qisman yoki toʻliq qoplanishi mumkin

Arizalar 2023-yil 16-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/school-of-molecular-and-theoretical-biology/

@grantlar
International Young Eco-Hero Awards: 8-16 yoshlilar uchun ekologik loyihalar tanlovi; gʻoliblar pul mukofoti va sertifikat bilan taqdirlanadi!

Tanlovda 8-16 yoshli bolalar tabiatni asrash va himoya qilishga oid loyihalari bilan qatnashishi mumkin. Arizalar ingliz tilida qabul qilinadi.

Mukofotlar:
– 500 dollargacha pul mukofoti
– Maxsus sertifikat
– Gʻoliblar va ularning loyihalari ommaviy axborot vositalarida yoritiladi
– Facebook maxsus guruhga qoʻshilish imkoniyati

Arizalar 2024-yil 28-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/international-young-eco-hero-awards/

@grantlar
Arizalar qabuli 10-yanvargacha uzaytirildi

Uzbekistan Business Leaders: AQSHda malaka oshirish dasturi – barcha xarajatlar qoplanadi!

Uzbekistan Business Leaders – 27-50 yoshli oʻzbekistonliklar uchun moʻljallangan, biznes va yetakchilikka oid mashgʻulotlardan iborat AQSHda o'tkazilladigan 4 haftalik dasturdir.

Nomzodga talablar:
– Ingliz tilini yaxshi bilish.
– Biznes, tadbirkorlik, ijtimoiy tarmoqlar, ijtimoiy tadbirkorlik, innovatsiyalar, mintaqaviy iqtisodiy rivojlanish va texnologiya sohasida kamida 5 yillik tajribaga ega boʻlish.

Dastur imkoniyatlari:
– Borish-kelish xarajatlari qoplanadi.
– Viza xarajatlari qoplanadi.
– Turar joy, oziq-ovqat va boshqa yashash xarajatlari qoplanadi.
– Dastur bilan bogʻliq boshqa barcha xarajatlar qoplanadi.

Arizalar 2024-yil 10-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/uzbekistan-business-leaders-program/

@grantlar
Biopage Storytelling Writing Contest: ingliz tilida insho yozib, 300 dollargacha mukofot yutib oling!

Navbatdagi Storytelling Writing Contest qisqa insholar tanloviga ishlar qabul qilinmoqda.

Insholar ingliz tilida yozlishi va 1000 soʻzdan oshib ketmasligi kerak.

Tanlovda yoshi va davlatidan qatʼi nazar, barcha ishtirok etishi mumkin.

Mukofotlar:
– Asosi gʻolib – 300 dollar;
– Yana 5 nafar eng yaxshi insho mualliflariga 100 dollardan.

Insholar 2024-yil 31-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil
https://grantlar.uz/insholar-tanlovi-karantindagi-hayot-haqida-insho-yozib-pul-mukofoti-yutib-oling/

@grantlar
Aksariyat talabalar xorijda o'qish paytida ishlashni ham rejalashtiradi.

Xo'sh, xorijda ham o'qib, ham ishlamoqchi bo'lganlar nimalarga e'tibor qaratishi kerak?

Bugun shu haqida qisqacha to'xtalamiz.

👉 VIDEONI SHAKLIDA KO'RISH👈

👉 MATN SHAKLIDA O'QISH 👈

@grantlar
ServiceScape Scholarship: atigi 300 soʻzli insho yozib, 1000 AQSH dollari yutib oling!

Tanlovda hozirda OTMda oʻqiyotgan yoki 2024-yili OTM talabasi boʻladigan hamda kamida 18 yosh boʻlgan nomzod qatnashishi mumkin.

Insho mavzusi: How does writing impact today's world?

Insholar ingliz tilida, 300 soʻzdan oshmaydigan qilib yoziladi.

Gʻolibga 1000 AQSH dollari taqdim etiladi.

Insholar 2024-yil 30-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/servicescape-scholarship-insho-yozib-1000-dollar-yutib-oling/

@grantlar
Writers of the Future: Fantastik va ilmiy fantastik hikoyalar (asarlar) tanlovi; bosh mukofot – 5000 AQSH dollari!

Tanlovga 17 000 soʻzgacha boʻlgan, ingliz tilidagi hikoyalar (asarlar) qabul qilinadi.

Tanlov har chorakda (3 oyda) bir marta oʻtkaziladi.

Mukofotlar

Har bir chorak gʻoliblari quyidagicha mukofotlanadi:
– 1-oʻrin: 1000 dollari va kubok.
– 2-oʻrin: 750 dollar va kubok.
– 3-oʻrin: 500 dollar va kubok.

Yil yakunida yilning bosh sovrini gʻolibi aniqlanadi va u 5000 dollar bilan mukofotlanadi.

Hozirgi qabul 2024-yil 31-martgacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/writers-of-the-future-fantastik-va-ilmiy-fantastik-hikoyalar-asarlar-tanlovi/

@grantlar
EPFL Summer Research Program: bakalavriat va magistratura talabalari uchun yozgi tadqiqot dasturi; IELTS talab etilmaydi!

Dastur 2024-yil yoz fasli holatiga ko'ra, kamida 2-kursni bitirgan bakalavrlar va 1-kurs magistrlarga Shveytsariyada 8 hafta davomida tadqiqot oʻtash imkonini beradi.

Dastur imkoniyatlari:
– 8 hafta uchun 3505 dollar stipendiya;
– Yoʻl xarajatlari uchun 1108 dollargacha yordam puli.

Dasturga har yili 20-25 nafar talaba qabul qilinadi.

Nomzodlar biologiya, biofizika, kimyo, bioinjeneriya, bioinformatika, miqdoriy biologiya, genetika va boshqa hayot haqidagi fanlar sohasi boʻyicha tahsil olayotgan boʻlishi lozim.

Arizalar qabuli 2024-yil 31-yanvargacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/epfl-summer-research-program-bakalavriat-va-magistratura-talabalari-uchun-yozgi-tadqiqot-dasturi/

@grantlar
Dubai Business Associates: Dubayda biznes sohasi boʻyicha barcha xarajatlari qoplanadigan 9 oylik oʻqish va amaliyot dasturi!

Dasturda kamida bakalavrlik darajasiga (istalgan yoʻnalishda) ega va ingliz tilini yetarli darajada biladigan nomzodlar ariza bera oladi.

Dastur imkoniyatlari:
– 9 oylik taʼlim va amaliyot dasturida bepul oʻqish
– Borish-kelish uchun aviachipta
– Oylik stipendiya
– Bepul turar joy
– Tibbiy sugʻurta va viza xarajatlari qoplanadi

Navbatdagi qabul muddatlari:

– Vaqtli qabul: 2024-yil 31-yanvarigacha
– Odatiy qabul: 2024-yil 1-fevraldan 1-aprelgacha

Batafsil👇
https://grantlar.uz/dubai-business-associates-dubayda-biznes-sohasi-boyicha-barcha-xarajatlari-qoplanadigan-9-oylik-dastur/

@grantlar
The Illustrators Of The Future: Fantastika va ilmiy fantastika janridagi illustratsiyalar tanlovi; bosh sovrin – 5000 dollar!

Tanlov yiliga 4 marta (har chorakda bir marta) oʻtkaziladi. Tanlovda havaskor ijodkorlar qatnashishi mumkin.

Mukofotlar:
– Har chorakda 3 nafar gʻolib aniqlanadi va ularning har biri 500 dollar mukofot bilan taqdirlanadi.
– Yil gʻolibi 5000 dollar bilan mukofotlanadi.

Hozir ochiq boʻlgan tanlovga ishlar 2024-yil 31-martgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/the-illustrators-of-the-future-fantastika-va-ilmiy-fantastika-janridagi-illustratsiyalar-tanlovi/

@grantlar
ServiceScape Short Story Award hikoyalar tanlovi; mukofot – 1000 AQSH dollari

Tanlovda hikoya yozishga qiziquvchi va kamida 18 yosh boʻlgan barcha qatnashishi mumkin. Hikoyalar 5000 soʻzdan oshmasligi va ingliz tilida boʻlishi kerak.

Mukofot: Gʻolib 1000 AQSH dollari bilan taqdirlanadi.

Hikoyalar 2024-yil 30-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/servicescape-short-story-award-hikoyalar-tanlovi-mukofot-1000-aqsh-dollari/

@grantlar
OIST Research Internship: Yaponiyada xarajatlari toʻliq qoplanuvchi amaliyot dasturi!

Dasturda bakalavriat yoki magistratura bosqichi talabalari yoki ushbu bosqichlarni tamomlagan bitiruvchilar qatnasha oladi.

Dastur quyidagilar bilan taʼminlaydi:
– 1 ish kuni uchun 2400 yen (taxminan 16,5 AQSH dollari) haq.
– Shatl avtobus chiptasi.
– Yaponiyaga borish-kelish uchun chipta.
– Jihozlangan bepul turar joy.
– Viza, sugʻurta olish va mahalliy ro'yxatdan o'tish masalalarida yordam.

Amaliyot 2-6 oy davom etadi.

Arizalar 2024-yil 15-aprelgacha qabul qilinadi.

👉 BATAFSIL MA'LUMOT 👈

@grantlar
Germaniya: Kompyuter fanlari boʻyicha barcha sohalarda toʻliq moliyalashtiriladigan amaliyot dasturi!

Kimlar qatnasha oladi?
– Barcha kompyuter fanlari sohalari boʻyicha tahsil olayotgan bakalavrlar, magistrlar, doktorantlar, shuningdek, taʼlim va/yoki tajribaga ega soha vakillari.

Iqtisodiy imkoniyatlar:
– Oylik stipendiya.
– Bepul turar joy.
– Germaniyaga borish-kelish xarajati qoplanadi.

Amaliyot ingliz tilida oʻtaladi. Odatda 12-14 hafta davom etadi.

Arizalar qabuli uchun 2 xil muddat bor:
– Har yili 1-noyabrgacha.
– Yil davomida.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/germaniya-kompyuter-fanlari-boyicha-barcha-sohalarda-toliq-moliyalashtiriladigan-amaliyot/

@grantlar
Central European University: Magistratura kurslari uchun 100% gacha grant va oyiga 1000 yevrogacha stipendiya!

Avstriya va Vengriyada o'quv kampuslariga ega Markaziy Yevropa universiteti magistraturada oʻqishni xohlovchilarga bir nechta turdagi grantlarni taklif etadi.

Grantlar universitetda mavjud deyarli barcha magistrlik kurslari uchun taqdim etiladi.

Grant turlari va miqdorlari turlicha boʻlib, eng nufuzli grant quyidagi imtiyozlarni beradi:
– Kontrakt summasi uchun 100% gacha chegirma.
– Oyiga 1000 yervo stipendiya.
– Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.

Arizalar 2024-yil 1-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/central-european-university-magistratura-kurslari-uchun-100-gacha-grant-va-oyiga-1000-yevrogacha-stipendiya/

@grantlar
Tom Howard/John H. Reid Fiction & Essay Contest: mukofoti 3500 dollargacha boʻlgan hikoya va insholar tanlovi

Istalgan yoshdagilar qatnashishi mumkin.

Tanlovga 6000 so'zdan oshmagan insho va hikoyalar (ingliz tilida) qabul qilinadi.

Tanlovga 2 yoʻnalishda qatnashish mumkin:
1. Insho (Essay).
2. Hikoya (Story).

Mukofotlar:
– Har bir yoʻnalish gʻolibiga 3500 dollardan mukofot ba Duotrope platformasiga 2 yillik obuna
– 10 ta eʼtiborga sazovor ish mualliflariga 300 dollardan mukofot
– 12 ta sovrindor ishlar tanlov saytiga joylanadi

Ishlar 2024-yil 1-maygacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/tom-howard-john-h-reid-fiction-essay-contest/

@grantlar
Qabul davom etayotgan amaliyot va malaka oshirish dasturlari

Hozirda xorijda amaliyot oʻtash, malaka oshirish va tadqiqot qilish imkonini beruvchi bir qancha grant dasturlariga arizalar qabul qilinmoqda.

Quyida ularning roʻyxati bilan tanishasiz.

Demak:

👉 RIPS: Bakalavrlar uchun AQSHning Kaliforniya universitetida 1 oylik amaliyot; barcha xarajatlar qoplanadi!

👉 Bakalavr va magistrlar uchun Avstriyada toʻliq moliyalashtiriladigan 2 oylik yozgi maktab!

👉 Dubayda biznes sohasi boʻyicha barcha xarajatlari qoplanadigan 9 oylik oʻqish va amaliyot dasturi!

👉 ISTernship: Avstriyada bakalavr va magistrlar uchun haq toʻlanadigan amaliyot; joy – 40 tagacha!

👉 Bakalavr va magistrlar uchun Finlandiyada xarajatlari qoplanadigan amaliyot dasturi!

👉 Fulbright TEA: Maktab, kollej va litsey o’qituvchilari uchun AQSHda 6 haftalik malaka oshirish dasturi; barcha xarajatlar qoplanadi!

👉 OECD Internship Programme: bakalavr, magistr va doktorantlar uchun xalqaro tashkilotda haq to'lanadigan amaliyot dasturi!

👉 Bakalavrlar uchun Yaponiyada 8 haftalik amaliyot; barcha xarajatlar qoplanadi!

👉 OIST Research Internship: Yaponiyada xarajatlari toʻliq qoplanuvchi amaliyot dasturi!

👉 Germaniya: Kompyuter fanlari boʻyicha barcha sohalarda toʻliq moliyalashtiriladigan amaliyot dasturi!

👉 Magistratura va PhD bosqichi talabalari uchun Jahon bankida haq toʻlanadigan amaliyot dasturi!

👉 Woods Hole: Bakalavriat talabalari uchun AQSHda 12 haftagacha haq toʻlanadigan tadqiqot dasturi!

👉 Shveytsariyada bakalavriat va magistratura talabalari uchun yozgi tadqiqot dasturi; IELTS talab etilmaydi!

👉 Shveytsariyada bakalavriat va magistratura talabalari uchun yozgi tadqiqot dasturi; IELTS talab etilmaydi!

👉 Shveytsariyada bakalavriat va magistratura talabalari uchun yozgi tadqiqot dasturi; IELTS talab etilmaydi!

👉 Bakalavr va magistrlar uchun Shveytsariyada amaliyot dasturi; barcha xarajatlar qoplanadi!

👉 Scientific Internships: Avstriyada haq toʻlanadigan amaliyot!

☝️ Qabul muddatini oʻtkazib yubormang!

P.S. Bunday dasturlar bilim va tajriba almashish, xalqaro tanishlar orttirish, tajriba va malaka oshirishga xizmat qiladi. Shuningdek, CV uchun ijobiy omil boʻladi.

@grantlar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Turkiye Burslari: barcha bosqichlar va sohalar uchun toʻliq grantlar, yotoqxona, stipendiya va boshqalar!

Ushbu grant Turkiya universitetlarida barcha bosqichlar (bakalavr, magistr, PhD) va sohalarda, jumladan, tibbiyotga oid sohalarda ham oʻqish uchun beriladi.

Nomzodlar ingliz yoki turk tilida oʻqish uchun ariza topshirishi mumkin. Har yili butun dunyodan taxminan 5000 kishi ushbu grant bilan taqdirlanadi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt puli qoplanadi.
– Oylik stipendiya.
– Borish-kelish uchun aviachipta.
– Tibbiy sugʻurta.
– Bepul turar joy.
– Bepul turk tili kursi.

Arizalar 2024-yil 10-yanvardan 20-fevralgacha qabul qilinadi.

👉 GRANT HAQIDA BATAFSIL MAʼLUMOT

Foydali:

👉 Shu grantni yutgan talaba bilan suhbat

@grantlar