Grantlar.uz
83.7K subscribers
7.51K photos
47 videos
14 files
6.2K links
Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo

👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna

Facebook: fb.com/grantlar.uz
Download Telegram
OECD Internship Programme: bakalavr, magistr va doktorantlar uchun xalqaro tashkilotda haq to'lanadigan amaliyot dasturi!

Amaliyot Parij, Tokio, Mexiko, Berlin yoki Vashington shaharlaridan birida 1-6 oy davomida o'taladi.

Dasturga yiliga 600 nafar atrofida talaba qabul qilinadi.

Moddiy imtiyoz: Amaliyotga qabul qilinganlarga oyiga 700 yevro ish haqi to'lanadi.

Arizalar yil davomida qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/oecd-internship-programme-xalqaro-tashkilotda-amaliyot-va-700-yevro-oylik-stipendiya/

@grantlar
UM Holland-High Potential Scholarship: Gollandiya magistratura kurslari uchun to’liq grant; joy – 24 ta!

Gollandiyadagi Maastricht universiteti magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun UM Holland-High Potential Scholarship dasturini taklif etadi.

Dastur doirasida 24 nafar talabaga grant ajratiladi.

Grant imtiyozlari:
– Oʻqish puli toʻliq qoplanadi.
– 12 350 yevro (1 yillik magistrlik kurslari uchun) yoki 23 750 yevro (2 yillik kurslar uchun) stipendiya beriladi.
– Salomatlik va javobgarlik sug’urtasi xarajati qoplanadi.
– Viza arizasi toʻlovi qoplanadi.
– Zarur hollarda tayyorlov kursi qoʻyiladi va uning toʻlovi ham qoplanadi.

Arizalar 2024-yil 1-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/holland-high-potential-scholarship-gollandiya-magistratura-kurslari-uchun-toliq-grant-stipendiya-va-sugurta-joy-24-ta/

@grantlar
Shveytsariya: Huquqshunoslik boʻyicha magistratura uchun toʻliq grant va stipendiya!

Shveytsariyadagi Jeneva Akademiyasi huquq boʻyicha magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilarga toʻliq grantlar taklif etadi.

Grantlar quyidagi masgitrlik dasturlari uchun beriladi:
– LLM in International Humanitarian Law and Human Rights
– Master of Advanced Studies in Transitional Justice, Human Rights and the Rule of Law

Grant imkoniyatlari:
– Kontrkat summasidan toʻliq ozod qilinadi.
– Yashash xarajatlari uchun stipendiya beriladi.

Arizalar 2023-yil 27-noyabrdan 2024-yil 26-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/shveytsariya-huquqshunoslik-magistratura-toliq/

@grantlar
Boston University: AQSHda bakalavr bosqichini o'qish uchun to'liq grant; joy – 20 ta!

AQSHdagi Boston universiteti istalgan bakalavrlik dasturida oʻqish uchun Trustee Scholarship grantini taklif qiladi. Har yili taxminan 20 ta talaba bu grant bilan taqdirlanadi.

Grant mkoniyatlari:
– Kontrakt pulida toʻliq ozod qiladi (4 yilgacha)
– Boshqa majburiy talabalik toʻlovlaridan ozod qiladi

Arizalar 2023-yil 1-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/boston-university-bakalavr-bosqichi-uchun-toliq-grant/

@grantlar
AQSHda xarajatlarsiz amaliyot o'tash: TechGirls dasturi gʻolibasi bilan suhbat

Hozirda 15-17 yoshli qizlarga AQSHda 4 hafta davomida amaliyot qilish imkonini beruvchi TechGirls dasturiga qabul davom etmoqda. Dastur haqida batafsil ma'lumot berish maqsadida suhbat tashkil etishga qaror qildik.

Gulasal ButaevaTechGirls 2021 dasturi ishtirokchisi.

Suhbat davomida dastur imkoniyatlari, talablari va dasturga ariza topshirish bosqichlari, dasturni yutishda muhim hisoblangan omillar haqida gaplashamiz.

Suhbat kimlar uchun: TechGirls dasturiga topshirmoqchi bo'lgan qizlar, qizlarini chet elda yuborishga ikkilanayotgan ota-onalar va AQSHda o'qishga qiziquvchilar uchun

Suhbat vaqti: 2023-yil 30-oktyabr soat 21:00
Suhbat o'tkaziladigan joy: @grantlar_namuna kanali

Suhbat yakunida ishtirokchilar o'zlarining qiziqtirgan savollariga javob olishlari mumkin.

@grantlar_namuna
Boston University Presidential Scholarship (AQSH): Bakalavr bosqichi uchun 100 000 AQSh dollar grant

Bu grant universitetda mavjud barcha bakalavriat yoʻnalishlari uchun taqdim etiladi.

Boston universiteti QS reytingi boʻyicha dunyoning eng nufuzli oliygohlari roʻyxatida 93-oʻrinni egallab turibdi.

Grant miqdori: Bu grantni yutganlar uchun kontrakt summasiga yiliga 25 ming dollar (4 yilga 100 ming dollar) chegirma qilinadi.

Arizalar 2023-yil 1-dekabrgacha qabul qilinadi (oʻqish 2024-yilda boshlanadi).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/boston-university-presidential-scholarship-bakalavr-bosqichi-uchun-100-000-aqsh-dollar/

@grantlar
Young Leaders Fellowship: Yetakchilik koʻnikmalarini rivojlantirish boʻyicha 1 yillik dastur; 10 kuni AQSHda oʻtkaziladi – barcha xarajatlar qoplanadi!

Dasturda 18-26 yoshli, ingliz tilini yaxshi biladigan nomzodlar qatnashishi mumkin. Ishtirokchilar taʼlim, sogʻliqni saqlash yoki iqtisodiy xavfsizlik sohasiga oid muammo boʻyicha ish olib boradi.

Dasturda qatnashish bepul. Asosiy mashgʻulotllar onlayn tarzda olib boriladi, 10 kun (2024-yil 9-18-iyul) AQSHda malaka oshiriladi.

Iqtisodiy imtiyozlar:
– AQSHga borish-kelish xarajati qoplanadi
– Bepul turar joy va oziq-ovqat taʼminlanadi
– Dastur yuzasidan mahalliy qatnovlar xarajatlari qoplanadi

Arizalar 2023-yil 13-noyabr 08:59 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/young-leaders-fellowship-program/

@grantlar
Atlas Shrugged Essay Contest: Bosh mukofoti 10 000 dollar bo’lgan insholar tanlovi; sovrinli oʻrinlar 84 ta!

Tanlovda 12-sinf (tashkilotchilar ruxsati bilan 11-sinf) oʻquvchilari, bakalavriat va undan keyingi bosqichlar talabalari ishtirok etishi mumkin.

Insholar “Atlas Shrugged” asari boʻyicha yozilishi kerak.

Goʻliblar quyidagicha taqdirlanadi:
– 1-o’rin – 10 000 dollar;
– 2-o’rin (3 ta) – 2500 dollar;
– 3-oʻrin (5 ta) – 500 dollar;
– Finalistlar (25 ta) – 100 dollar;
– Yarim final ishtirokchilari (50 ta) – 50 dollar.

Tanlovda qatnashish mutlaqo bepul.

Insholar 2023-yil 6-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/atlas-shrugged-essay-contest-for-students/

@grantlar
Yenching Academy: Xitoyda magistratura bosqichini oʻqish uchun toʻliq grant!

Akademiyaga 120 nafar atrofida talaba qabul qilinadi va barchasiga grant beriladi.

Grant imkoniyatlari:
– Oʻqish pulidan toʻliq ozod qilinadi.
– Bepul turar joy bilan taʼminlanadi.
– Oylik stipendiya beriladi.
– Borish va kelish uchun aviachipta olib beriladi.
– Joylardagi tadqiqotlar xarajatlari qoplanadi.

Arizalar 2023-yil 3-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/yenching-academy-xitoyda-magistratura-bosqichini-oqish-uchun-toliq-grant/

@grantlar
Hozirda American University of Central Asia (AUCA) oliygohining bakalavr bosqichida toʻliq grant asosida tahsil olish imkonini beruvchi US-CAEF dasturiga hujjatlar qabul qilinmoqda.

Grantlar.uz jamoas otgan yilii mazkur dasturni qoʻlga kiritib, hozirda AUCA universitetida tahsil olayotgan hamyurtimiz – Oybek Turaev bilan suhbat qilgan.

Suhbatda Oybek mazkur grantni qoʻlga kiritish yuzasidan shaxsiy tajribasi va foydali tavsiyalari bilan boʻlishgan.

Suhbatni quyidagi havola orqali oʻqing👇
https://grantlar.uz/blog/us-caef-toliq-grantini-qolga-kiritgan-hamyurtimiz-bilan-suhbat/

💪 Bu yilgi nomzodlarga omad tilaymiz!

@grantlar
Qabul boshlandi!

Summer@EPFL: Bakalavr va magistrlar uchun Shveytsariyada haq toʻlanadigan amaliyot dasturi!

Summer@EPFL dasturi bakalavriat va magistratura talabalariga yozgi taʼtilda Shveytsariyada 2-3 oy davomida amaliyot oʻtash imkonini beradi.

Dasturga qabul qilinganlarga beriladigan imtiyozlar:
– Oyiga 1600 CHF (taxminan 1773 AQSH dollari) miqdorida stipendiya beriladi.
– Safar xarajatlari uchun kompensatsiya toʻlanadi.

Nomzodlar quyidagi sohalardan biri boʻyicha tahsil olayotgan boʻlishi kerak:
– Kompyuter fanlari
– Kompyuter injiniringi
– Telekommunikatsiyalar
– Elektrotexnika

Arizalar qabuli 2023-yil 4-dekabrgacha davom etadi (2024-yilgi yozgi amaliyot uchun).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/summerepfl-bakalavriat-va-magistratura-talabalari-uchun-shveytsariyada-xarajatlar-qoplanadigan-amaliyot/

@grantlar
AQSH: Qashqadaryo va Surxondaryoda yashovchi oʻqituvchilar va oʻrta taʼlim sohasidagi xodimlar uchun 5 haftalik almashuv dasturi; barcha xarajatlar qoplanadi!

SUSI for Secondary School Educators – oʻrta maktab, litsey va kollej oʻqituvchilari, shuningdek, oʻrta taʼlim sohasida ishlaydigan boshqa xodimlarga AQSHda 5 haftalik taʼlim dasturida qatnashish imkonini beradi.

Dastur imkoniyatlari:
– J-1 viza yordami.
– AQSHga borish-kelish va AQSH ichidagi aviaqatnovlar uchun aviachiptalar olib beriladi.
– Bepul turar joy ajratiladi.
– Sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
– Oziq-ovqat va boshqa xarajatlar uchun mablagʻ beriladi.

Arizalar 2023-yil 30-noyabr, soat 18:00 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/aqsh-oqituvchilar-uchun-5-haftalik-almashuv-dasturi-barcha-xarajatlar-qoplanadi/

@grantlar
O'qish bepul bo'lgan Berea kollejiga (AQSH) arizalar qabul qilinmoqda

Kollejda faqat bakalavriat dasturlari mavjud.

Kollejning iqtisodiy imtiyozlar:
– Oʻqish bepul (kontrakt summasi toʻlanmaydi)
– 1-yilda bepul turar joy va oziq-ovqat xarajatlari toʻliq, keyingi yillarda qisman qoplanadi.
– Xorijiy talabalar haq toʻlanadigan ish bilan taʼminlandi.

Grantlar.uz jamoasi kollej bo'yicha quyidagi materiallarni tayyorlagan:

👉 Berea kolleji haqida batafsil matnli ma'lumot

👉 Berea kolleji haqida batafsil video ma'lumot

👉 Berea kollejida tahsil olgan o'zbek talaba bilan matnli suhbat

👉 Berea kollejida tahsil olgan o'zbek talaba bilan ovozli suhbat

Navbatdagi qabul 2024-yil 15-yanvargacha davom etadi.

@grantlar
💠 JOONGBU UNIVERSITETI 2024-yil BAHORGI qabulga start berdi.

Bunda sizga SILK ROAD ACADEMY yaqindan yordam beradi.

❗️Biz bilan Joongbu universitetiga qabul qilinganlar jamoasi juda katta, buni yurtdoshlarimiz yaxshi biladi.

Bakalavr, magistratura & PhD qabuli uchun:
1.  Ariza berish muddati: 2023.11.13~24 
> Qabul arizasi  (Application)
> ID karta & Pasport
> Til bilish sertifikati (IELTS/TOPIK)
> Diplom (Bakalavr, Magistr)
> Ariza to'lovi
- Magistratura: 30 000 von
- Doktorantura: 50 000 von
※ To'lov 24-noyabr 17:00 ga qadar qabul qilinadi.

❗️Barcha hujjatlar skaner qilinib, ZIP FAYL shaklida, hujjat nomi bilan nomlangan holda Silk Road adminiga (@SilkRoad_Academy3) yuboriladi (aslo telefonda olingan yoki sifatsiz rasm yubormang, qabuldan chetlatilasiz).

2. Suhbat davri (Oʻzbekistonda): 2023.11.27~12.05
3. Suhbat natijalari: 2023.12.08
4. Asl hujjatlarni yetkazish: 2023.12.11~22
5. Yakuniy natijasi: 2024.01.02
6. O'quv to'lov vaqti: 2024.01.03~2024.01.12

Murojat uchun:
📞+998932849806
Barcha bosqichlar uchun Vengriya hukumati grantlariga qabul eʼlon qilindi!

Vengriya hukumatining Vengriya universitetlarida toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beruvchi Stipendium Hungaricum grant dasturiga arizalar qabuli boshlandi.

Oʻzbekistonliklar dastur doirasida quyidagi bosqichlarda oʻqish mumkin:
– Bakalavriat
– Magistratura
– Bir bosqichli magistratura
– Doktorantura (PhD)
– Yuqoridagi barcha bosqichlar boʻyicha 1 yoki 2 semestrlik talaba lamashinuvi dasturi

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt toʻlovidan toʻliq ozod qiladi.
– Bepul turar joy beriladi.
– Oylik stipendiya (110-470 yevro).
– Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.

Arizalar 2024-yil 15-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/vengriya-bakalavriat-magistratura-va-tayyorlov-kurslari-uchun-toliq-grantlar-bepul-turar-joy/

@grantlar
Vienna BioCenter Summer School: bakalavr va magistrlar uchun Avstriyada toʻliq moliyalashtiriladigan 2 oylik yozgi maktab!

Bu maktabda 2023-yil 30-iyungacha bakalavriatning kamida 2-kursini yoki magistraturaning kamida 1-kursini tamomlaydigan nomzodlar qatnashishi mumkin.

Maktab 2024-yil 1-iyuldan 31-avgustgacha Venada boʻlib oʻtadi.

Dastur quyidagilar bilan taʼminlaydi:
– Bepul turar joy
– Tibbiy sugʻurta
– 1400 yevro stipendiya
– Jamoat transportidan bepul foydalanish
– Venaga borish-kelish xarajatlari qoplanadi
– Bepul ijtimoiy tadbirlar, ekskursiyalar va boshqa mashgʻulotlar
– Yakuniy nutq gʻoliblariga mukofotlar

Dasturga 20 nafargacha talaba qabul qilinadi. Qatnashish uchun til sertifikati (IELTS, TOEFL va h.k.) talab etilmaydi.

Arizalar 2023-yil1-dekabrdan 2024-yil 31-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/austria-fully-funded-summer-school-in-vienna/

@grantlar
CCP Fellowships – Strenghtening Civil Societies: Germaniya tomonidan 3 oygacha haq to'lanadigan trening!

Trening nomzodning tanloviga qarab, onlayn yoki oflayn boʻladi.

Ishtirokchilar 2-3 davomida malaka oshiradi, fikr almashadi. Dastur ingliz tilida amalga oshiriladi.

Dasturning iqtisodiy imkoniyatlari:
– Oyiga 650 yevro stipendiya
– Borish va kelish uchun aviachipta
– Bepul turar joy
– Mahalliy qatnov uchun oylik jamoat transporti chiptasi
– Bepul tibbiy sugʻurta
– Viza xarajatlari uchun kompensatsiya

Arizalar 2023-yil 18-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/ccp-fellowships-strenghtening-civil-societies-germaniya-tomonidan-haq-tolanadigan-trening/

@grantlar
Dekabrda qabul tugaydigan dasturlar

Eʼtiboringizga 2023-yil dekabr oyida qabul tugaydigan dasturlar roʻyxatini taqdim etamiz.

👉 AQSH: ayol-qizlarga bakalavriatda o'qish uchun to'liq grant, bepul turar joy va oziq-ovqat! (dedlayn: 1-dekabr)

👉 Boston University: AQSHda bakalavr bosqichini o'qish uchun to'liq grant; joy – 20 ta! (dedlayn: 1-dekabr)

👉 Boston University Presidential Scholarship (AQSH): Bakalavr bosqichi uchun 100 000 AQSh dollar grant (dedlayn: 1-dekabr)

👉 Gollandiyada magistratura uchun to'liq grant va stipendiya! (dedlayn: 1-dekabr)

👉 AQSH: Qashqadaryo va Surxondaryoda yashovchi oʻqituvchilar va oʻrta taʼlim sohasidagi xodimlar uchun 5 haftalik almashuv dasturi (dedlayn: 1-dekabr)

👉 Eric Bleumink Fund: Gollandiyada magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant! (dedlayn: 1-dekabr)

👉 SINGA: Singapurda PhD bosqichi uchun toʻliq grant! (dedlayn: 1-dekabr)

👉 Gollandiyada magistraturada tahsil olish uchun to‘liq va qisman grantlar! (dedlayn: 1-dekabr)

👉 Yenching Academy: Xitoyda magistratura bosqichini oʻqish uchun toʻliq grant! (dedlayn: 3-dekabr)

👉 Summer@EPFL: Bakalavr va magistrlar uchun Shveytsariyada haq toʻlanadigan amaliyot dasturi! (dedlayn: 3-dekabr)

👉 Qushlarni suratga olib, 1500 yevrogacha mukofot yutib oling! (dedlayn: 4-dekabr)

👉 Amerika Kengashlari tomonidan bakalavriat talabalari uchun Oʻzbekistonda haq toʻlanadigan amaliyot! (dedlayn: 8-dekabr)

👉 15-17 yoshli qizlar uchun AQSHda 4 haftalik TechGirls yozgi oromgohi: barcha xarajatlar qoplanadi! (dedlayn: 9-dekabr)

👉 Obama fondining stipendiya dasturi: AQSHda 1 yillik taʼlim dasturi; barcha xarajatlar qoplanadi! (dedlayn: 13-dekabr)

👉 Germaniya tomonidan 3 oygacha haq to'lanadigan trening! (dedlayn: 18-dekabr)

👉 Barcha yo'nalish va bosqich talabalari uchun Germaniyada almashinuv dasturi! (dedlayn: 30-dekabr)

👉 Ispaniyada oziq-ovqat xavfsizligi va oziq-ovqat mikrobiologiyasi sohasida 2 haftalik oromgoh: xarajatlar qoplanadi! (dedlayn: 31-dekabr)

👉 Ispaniyada oziq-ovqat xavfsizligi va oziq-ovqat mikrobiologiyasi sohasida 2 haftalik oromgoh: xarajatlar qoplanadi! (dedlayn: 31-dekabr)

👉 Barqaror rivojlanish sohasida yetakchilik boʻyicha bepul kurslar; joy – 500 ta, AQSHga bepul safar qilish imkoniyati! (dedlayn: 31-dekabr)

👉 Barcha bosqich talabalari va yaqinda talaba boʻladiganlar uchun biznes rejalar tanlovi: mukofot 2000 Kanada dollari! (dedlayn: 31-dekabr)

👉 Fantastika va ilmiy fantastika janridagi illustratsiyalar tanlovi; bosh sovrin – 5000 dollar! (dedlayn: 31-dekabr)

👉 Fantastik va ilmiy fantastik hikoyalar (asarlar) tanlovi; bosh mukofot – 5000 AQSH dollari! (dedlayn: 31-dekabr)

Noyabr oyida qabul tugaydigan dasturlar roʻyxatini BU YERDAN topasiz.

😎 Hujjat topshirish muhlatini oʻtkazib yubormang!

@grantlar
SUR Programme: Bakalavrlar uchun Shveytsariyada 8 haftalik haq toʻlanadigan tadqiqot dasturi!

Dasturga biologiya, tibbiyot yoki biologiyaga kuchli diqqat qaratiladigan boshqa aloqador soha boʻyicha tahsil olayotgan, birinchi yoki oxirgi bosqich talabasi boʻlmagan bakalavrlar ariza topshirishi mumkin.

Dastur mashgʻulotlari 2024-yil iyul-avgust oylarida Lozanna universitetida boʻlib oʻtadi (ingliz tilida).

Dasturga jami 15 nafar atrofida talaba qabul qilinadi.

Iqtisdoiy imtiyozlar:
– Bepul turar joy taʼminlanadi
– 1670 dollar stipendiya
– Safar xarajatlari uchun 1336 dollargacha mablagʻ ajratilishi mumkin

Arizalar 2024-yil 1-fevral soat tongi 04:00 gacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/summer-undergraduate-research-sur/

@grantlar
UTokyo Amgen Scholars Program: Bakalavrlar uchun Yaponiyada 8 haftalik amaliyot; barcha xarajatlar qoplanadi!

Amaliyot Yaponiyadagi 1-raqamli oliygoh – Tokio universitetida boʻlib oʻtadi (ingliz tilida). Jami 10 nafar atrofida bakalavr qabul qilinadi.

Biologiya va unga aloqador boshqa fanlar (jumladan, tibbiyot) boʻyicha bakalavriatdan keyingi taʼlimni olishni hamda karyera qilishni xohlovchi talabalar ariza topshirishi mumkin.

Amaliyot sanasi: 2024-yil 4-iyundan 6-avgustgacha.

Imtiyozlar:
– Bepul turar joy
– 270 000 JPY (1804 dollar) stipendiya
– Yaponiyaga borish-kelish uchun aviachipta

Arizalar 2023-yil 15-noyabrdan 2024-yil 1-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/utokyo-amgen-scholars-program-bakalavrlar-uchun-yaponiyada-8-haftalik-amaliyot/

@grantlar